THE IMPORTANCE OF THE INSTITUTION OF THE PRESIDENT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Malikova, M. (2023). THE IMPORTANCE OF THE INSTITUTION OF THE PRESIDENT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(12), 401–404. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27313
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article will talk about the emergence, legal framework of the presidential Institute in the Republic of Uzbekistan and aspects of the improvement of this institute.


background image


401

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PREZIDENTI INSTITUTINING AHAMIYATI

Malikova Madina Maqsudjon qizi

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Yuridik xizmat” yo‘nalishi

2-bosqich 22-22-guruh o‘quvchisi

Telefon: +998330672020

madina.malikova2004@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10409629

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining paydo

bo‘lishi, ushbu institutni takomillashtirishning huquqiy asoslari va jihatlari xususida fikr

yuritiladi.

Kalit so‘zlar: mustaqillik, prezident, o‘zbek modeli, bir-birini tiyib turish, muvozanat

saqlash, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafili.

THE IMPORTANCE OF THE INSTITUTION OF THE PRESIDENT IN THE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. This article will talk about the emergence, legal framework of the presidential

Institute in the Republic of Uzbekistan and aspects of the improvement of this institute.

Key concepts: independence, president, Uzbek model, restraint, balance, guarantor of the

rights and freedoms of citizens.

ЗНАЧЕНИЕ ИНСТИТУТА ПРЕЗИДЕНТА В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье речь пойдет о возникновении института

президентства

в

Республике

Узбекистан,

правовых

основах

и

аспектах

совершенствования данного института.

Ключевые понятия: независимость, президент, узбекская модель, сдержанность,

баланс, гарантия прав и свобод граждан.

Maʼlumki, O‘zbekiston sobiq ittifoq davlatlari ichida birinchi bo‘lib Prezident lavozimini

joriy qilgan hamda o‘zbek modeli asosida zamonaviy prezidentlik institutiga asos solgan

davlatlardan biri hisoblanadi. Mazkur lavozim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi

tomonidan 1990 yilning 24 martida taʼsis etilib, mustaqil, demokratik davlat barpo etish borasida

tashlangan ilk tarixiy qadamlardan biri edi deyish mumkin.

O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda demokratik rivojlanishning muhim talabi —

“hokimiyatlar tizimida bir-birini tiyib turish va muvozanat saqlash” prinsipini amalga oshirishning


background image


402

huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, prezidentlik institutining konstitutsiyaviy-huquqiy

maqomini oshirish borasida izchil islohotlar amalga oshirildi.

1

Mamlakatimizda prezidentlik lavozimining taʼsis etilganiga o‘ttiz uch yildan ko‘proq vaqt

o‘tdi. Ushbu o‘tgan davr davomida Respublikada davlat va jamiyat hayotida amalga oshirilgan

islohotlar barobarida ushbu institutning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat qurilishi va

boshqaruvida o‘ziga xos ahamiyati nuqtai nazaridan takomillashtirishga qaratilgan demokratik

islohotlar olib borildi.

Zero mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy davlatchilik asoslarini shakllantirishga

qaratilgan islohotlar natijasida siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha

jabhalarini yana-da demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini, inson huquq va

erkinliklarini munosib himoya qilish, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy faolligini

yuksaltirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam poydevori yaratildi.

Dastlab prezident davlat rahbari hamda ayni vaqtda ijro hokimiyatining boshlig‘isi sifatida

faoliyat yuritib kelgan va bu o‘z vaqtida to‘g‘ri edi. Chunki o‘sha paytlari davlat uchun demokratik

islohotlar o‘tkazish hamda fuqarolik institutlarini shakllantirish borasida kuchli ijro

hokimiyatining mavjud bo‘lishi talab etilar edi. 2007 yil 11 aprelda “Davlat boshqaruvini

yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy

partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun hamda “O‘zbekiston

Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida (89-moddasiga, 93-

moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)”gi Qonunning qabul qilinishi

munosabati bilan davlat boshlig‘i ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i, deyilgan norma olib tashlandi.

Dunyoda prezident lavozimi mavjud bo‘lgan davlatlarni shartli ravishda 3 ga ajratilib,

prezidentlik va parlamentar, aralash respublikalar degan tasniflash mavjud. Bunda asosiy

mezonlardan biri bo‘lib, prezidentning saylanish usuli hisoblanib, bevosita xalq tomonidan

to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangan prezident kuchli vakolatlarga ega bo‘ladi. Prezident to‘g‘ridan-to‘g‘ri

saylanganda fuqarolar uning saylovoldi dasturi bilan bevosita tanishish, mamlakat va fuqarolarni

qiziqtirayotgan masalalarga nomzodlar eʼtiborini qaratish imkoniyati mavjuddir.

2

1

H.Tursunov. Prezidentlik institutining o‘zbek modeli.https://toshkent-

vil.adliya.uz/qashqadaryo/uz/publikatsii/detail.php?ID=16254

2

M.Mirakulov. Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati.

https://constitution.uz/uz/pages/Prezidentlik_instituti .


background image


403

Ushbu yil ham mamlakatimiz uchun siyosiy jarayonlarga boy yil bo‘ldi. Avvalo,

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilindi hamda shunga mutanosib

ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun demokratik ruhda saylov bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

3

ning

105-moddasida

O‘zbekiston

Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan

holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini taʼminlaydi deb ko‘rsatib qo‘yildi.

Ushbu konstitutsion normadan kelib chiqib, O‘zbekistondagi prezidentlik institutining

o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, O‘zbekistonda davlat boshlig‘ining vakolatida fuqarolarning

huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy

rioya etilishiga kafillik belgilanganligi, davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat

yuritishini hamda hamkorligini taʼminlashi, Prezident saylovi kuni Konstitutsiyada aniq belgilab

qo‘yilgani, saylov komissiyalarining aʼzolari saylovdan manfaatdor biron bir partiya aʼzosi, yoki

nomzod, uning ishonchli vakili bo‘lishi mumkin emasligi, Prezident saylovining moliyaviy

taʼminoti davlat mablag‘lari tomonidan qoplanishi va teng taqsimlanishi, nomzodlardan hech

qanday saylov garovi, saylov fondini tashkil etish talab qilinmasligi, nomzodlarga saylovoldi

tadbirlarini o‘tkazish uchun davlat hisobidan teng efir vaqti va bosma maydon ajratilishi,

yig‘ilishlar va uchrashuvlar o‘tkaziladigan vaqt hamda joy haqida saylovchilarga qonun hujjatlari

talablari tartibida xabar qilinishi, davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalarning,

muassasalarning, tashkilotlarning rahbarlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar

o‘tkazishni tashkil etishda, zarur maʼlumot va axborot materiallari olishda amaliy yordam

ko‘rsatishlari shartligi kabi holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Konstitutsiyaning 106-moddasi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga

nomzodlik uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlagan bo‘lib, unga ko‘ra, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi

biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan

ortiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari

tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.


background image


404

bilan yetti yil muddatga saylanadi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini saylash tartibi

qonun bilan belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga,

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi siyosatini amalga oshirishning

eng muhim masalalari yuzasidan murojaat qilish huquqiga ega, mamlakat ichida va xalqaro

munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish olib boradi.

So‘zimiz intihosida ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizda prezidentlik instituti

O‘zbekistonni davlat mustaqilligiga erishishining asosiy omili bo‘ldi, respublikamiz uchun

suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildirdi hamda

prezidentlik instituti qaysidir maʼnoda davlat mustaqilligi kafili hamda davlat ramziga aylandi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

2007 yil 11 aprelda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda

mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish

to‘g‘risida”gi

konstitutsiyaviy

qonun

hamda

“O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida (89-moddasiga, 93-

moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)”gi Qonuni.

3.

H.Tursunov.

Prezidentlik

institutining

o‘zbek

modeli.https://toshkent-

vil.adliya.uz/qashqadaryo/uz/publikatsii/detail.php?ID=16254

4.

M.Mirakulov.

Prezidentlik

institutining

mohiyati

va

ahamiyati.

https://constitution.uz/uz/pages/Prezidentlik_instituti.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2007 yil 11 aprelda “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga tuzatishlar kiritish to‘g‘risida (89-moddasiga, 93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga)”gi Qonuni.

H.Tursunov. Prezidentlik institutining o‘zbek modeli.https://toshkent-vil.adliya.uz/qashqadaryo/uz/publikatsii/detail.php?ID=16254

M.Mirakulov. Prezidentlik institutining mohiyati va ahamiyati. https://constitution.uz/uz/pages/Prezidentlik_instituti.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов