STAGES OF THE FORMATION OF PHOTO CAMERAS IN THE FIELD OF PHOTOGRAPHY IN THE WORLD COMMUNITY

HAC
Google Scholar
To share
Inayatov, J. (2023). STAGES OF THE FORMATION OF PHOTO CAMERAS IN THE FIELD OF PHOTOGRAPHY IN THE WORLD COMMUNITY. Modern Science and Research, 2(12), 940–945. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27348
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The content of the article is about the history of the development of photography, and with the development of views on photography, the creation of photo parks in the new RUSM began. This innovation, which caused a lot of hype around the world, prompted many scientists to conduct scientific research. Many of our research scientists have made a number of scientific advances in this regard.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

940

DUNYO HAMJAMIYATIDA FOTOGRAFIYA SA’NATI SOHASIDA

FOTOAPPARATLARNING SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Inayatov Jaxongir G‘opurjonovich

Perfect Unversiteti Gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10417568

Annotatsiya. Maqolaning mazmuni fotografiya sa’natining rivojlanish tarixi haqida

to‘xtaladigan bo‘lsak fotografiya haqida qarashlar rivojlanishi bilan yangi rusmdagi
fotoapparatlarning yaratilishi boshlandi. Butun dunyo bo‘ylab katta shov-shuvlarga sababchi
bo‘lgan bu yangilik ko‘plab olimlarni ilmiy tadqiqot olib borishga chorladi. Bu borada ko‘plab
tadqiqotchi olimlarimiz bir qancha ilmiy yutuqlarga erishdilar.

Kalit so'zlar: fotografiya sa’nati, fotoapparatlarning yaratilishi, ilmiy izlanishlar va

nazariy yondashuvlar, lavhalar, kashfiyot va ixtirolari, ilmiy fikr mulohazalar.

STAGES OF THE FORMATION OF PHOTO CAMERAS IN THE FIELD OF

PHOTOGRAPHY IN THE WORLD COMMUNITY

Abstract. The content of the article is about the history of the development of photography,

and with the development of views on photography, the creation of photo parks in the new RUSM
began. This innovation, which caused a lot of hype around the world, prompted many scientists to
conduct scientific research. Many of our research scientists have made a number of scientific
advances in this regard.

Keywords: photographic science, the creation of photographic Instruments, Scientific

Research and theoretical approaches, plates, discoveries and inventions, scientific thought.

ЭТАПЫ СТАНОВЛЕНИЯ ФОТОАППАРАТОВ В ОБЛАСТИ ИСКУССТВА

ФОТОГРАФИИ В МИРОВОМ СООБЩЕСТВЕ

Аннотация. Содержание статьи остановимся на истории развития искусства

фотографии с развитием взглядов на фотографию началось создание фотоаппаратов
нового типа. Эта новость, вызвавшая большой резонанс во всем мире, побудила многих
ученых заняться научными исследованиями. В этом отношении многие из наших ученых-
исследователей добились ряда научных достижений.

Ключевые слова: искусство фотографии, создание фотоаппаратов, научные

исследования и теоретические подходы, кадры, открытия и изобретения, научная
обратная связь.


Kirish.

Jahonda kechayotgan keng ko‘lamli ilmiy tadqiqotlar albatta fotografiya sohasini

ham chetlab o‘tmadi. Tadqiqotchi olimlarning bir qancha say-harakatlari bilan tez va qisqa fursat
ichida bir qator ilmiy natejalarga erishildi. Jumladan

fotosurat olish jarayonini o‘rganish bilan bir

vaqtda obskur-kamerasining yangi turlarini yaratish ishlari davom etgan. Turli mamlakatlar
olimlari, tadqiqotchilari va dizaynerlarining uzoq va mashaqqatli mehnati zamonaviy kameralar,
foto tasvirni olish usullari yaratilishiga olib kelgan. Dagerreotip fotoapparatining kamchiliklari bor
edi.

Jumladan, mis plastinkaga tushirilgan tasvirlarni qayta ishlab bo‘lmagan. Mis plastinkalar

past sezuvchanlikka ega bo‘lib, bu esa ta’sir qilish vaqtini uzoqroq davom etishi va portretni
suratga olish uchun inson yuzi bilan, sochlar esa kukun bilan qoplanishi shart edi. Yana bir sabab


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

941

dagerreotiplar og‘ir va qimmat bo‘lgan. Ammo fotografiya ixtirochilari bu bilan to‘xtab
qolmaganlar, 1840-yilda yod va brom aralashmasi mis plastinkalarning fotosensitivligini oshirish
uchun ishlatila boshlangan.

Uilyam Genri Foks Talbot fotografiya rivojiga katta hissa qo‘shgan. Aynan uning sa’y-

harakatlari fotografiyada fotografik qog‘oz va negativlar paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ular orqali
fotosuratlarni deyarli cheksiz miqdorda chop etish mumkin edi. Talbot o‘z tajribalarini Dager bilan
parallel ravishda o‘tkazgan. 1834-yilda Talbot yorug‘likka ta’sirchan (fotosensitiv) qog‘oz
yaratadi. Uning tasvirlari natriy xlorid yoki kaliy yodid eritmasi bilan qog‘ozga tushirilgan.
Dastlab Talbot eng oddiy fotogrammalar – o‘yib ishlangan tasvir ustiga qog‘oz qo‘yib, bu orqali
fotonusxalar yaratgan. Keyinchalik Talbot mikroskop va tabiiy yorug‘likdan foydalanib, obskur-
kamerasini yaratgan, uning yordamida ijobiy tasvirlarni olishga erishgan.

1835-yil Talbot o‘zi yashagan uyning panjarali oynasini kumush xlorid bilan ishlov

berilgan fotoqog‘ozga suratga olgan. Fotosuratga olish jarayoni bir soat davom etgan. Bu
fotografiya uchun muhim yutuq edi. U yangi usulni kalotip deb atagan (yunoncha “kalo” –
“yaxshi”, “tinos” – “taassurot”). 1839-yil 31-yanvarda Talbot London Qirollik jamiyati
yig‘ilishida o‘zining fotografiya ixtirosi bo‘yicha ma’ruza qiladi. Keyinchalik Jon Gerschelning
xizmatlari evaziga Talbotning ixtirosi “fotografiya” deb atala boshlangan, shuningdek, u sohaga
“negativ” va “pozitiv” atamalarini ham kiritgan

1

.

Ko‘plab olimlarning bir qator ajoyib kashfiyot va ixtirolari natijasida fotografiya keng

miqyosda amaliy jihatdan qo‘llanila boshlagan. Bu ishlarni amalga oshirishda rus va Yevropa
ixtirochi olimlarining mehnatlari beqiyos. Biz ta’kidlab o‘tgan dagerreotip yo‘nalishi alohida
ahamiyatliki, kumush ma’dani bilan yopilgan maxsus qutidagi sayqallangan plastinkaga yod bug‘i
bilan ta’sir qilingan, natijada plastinka yuzida yupqa kumushli yod qatlami hosil bo‘lgan. Shundan
so‘ng, plastinka obskur-kamerasi ichiga kiritilib, tasvir olingan, keyin ishlov berilgan. Plastinkani
qayta ishlash ikkinchi qutida amalga oshirilgan. Uning ichiga spirtli lampa chiroq bilan isitiladigan
plastinka va simobli idish qo‘yilgan.

Yorug‘lik ta’sirida simob bug‘i plastinkaning yuzida kumush qatlam hosil qilgan. Simob

ta’siri natijasida plastinkada osh tuzi yoki giposulfit bilan tasvirga olingan manzara aksi ko‘ringan.
Yorug‘lik sirlangan kumushga ta’sir qilmagan joylarda qatlam erib, plastinkaning kumush yuzasi
ochilgan. Tasvirda bu joylar qorong‘u bo‘lib, simob bug‘idan ta’sirlangan joylar esa kumush
qatlamli oq rangda ko‘ringan. Metall plastinkada yaxshi tasvir bitta nusxada olingan. Shuni
ta’kidlash kerakki, suratga olish vaqti tezligi 3-4 daqiqa davom etgan, tasvir juda mo‘rt bo‘lib,
oyna yaltirashi sababli uni ko‘rish qiyin edi.

Ixtirochi A.F.Grekov oyna yaltirashini yo‘q qilishga erishdi, nafaqat mis plastinalarda,

balki bronza va boshqa metallarda ham ishonchli tasvir olish yo‘lini topdi. Fotosurat kashf
etilganidan keyingi ikki yil ichida A.F.Grekov fotosuratga olish tezligi 2 daqiqadan sal ko‘proq
bo‘lgan plastinkani yaratgan, Yevropada o‘zi tayyorlagan “sezgir qog‘ozda” dagerreotip
portretlarni suratga olgan ilk fotosuratchilardan biridir.

1841-yilda A.F.Grekovning “Turli tasvirlar, portretlar, landshaftlar va boshqalarni

oladigan mo‘yqalamsiz va bo‘yoqsiz rassom” kitobi nashr etiladi. Bu kitobda u o‘zi kashf qilgan

1

Морозов С. Искусство видеть. Очерки из истории фотографии стран мира. – М.: Искусство, 1963. – С. 21.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

942

usullar orqali olingan tasvirni ularning haqiqiy rangi va barcha soyalari bilan bir necha daqiqada
qayta ishlash usullarini taklif qilgan. A.F.Grekovning kashfiyot va ixtirolari “Moskovskiye
vedomosti” gazetasida e’lon qilinganiga qaramay, Sankt-Peterburgda chiqadigan “Posrednik”
jurnalida uning barcha kashfiyotlarini xorijliklar o‘zlashtirib olganligi haqida yozishgan. 1840-
yilda A.F.Grekov birinchi rus fotoapparatini yaratadi.

U uchta yog‘och qutidan iborat edi: birinchisi, yorug‘lik kamerasi, ikkinchisi,

plastinkalarni yodlash, uchinchisi esa simob bug‘lari bilan plastinkalarga ishlov berib tasvirlarni
ishlab chiqish uchun xizmat qilgan. Kamera qismi bir-biriga qarab siljiydigan ikkita yog‘och
qutidan iborat bo‘lib, ularning birida (tashqi) ikki tomonlama qavariq shishadan yasalgan linza,
ikkinchisida kassetada yorug‘likka sezgir yodlangan kumush plastinka mavjud bo‘lgan.
Fokuslash, ya’ni obyektivdan qavariq oynasigacha masofani o‘zgartirish ichki qutini siljitish
orqali amalga oshirilgan. A.F.Grekov qurilmalaridan o‘sha davr fotograflari ham muvaffaqiyatli
foydalanganlar

2

.

S.L.Levitskiy fotografiya tarixida birinchi bo‘lib pavilyon uchun dekorativ fonlardan

foydalangan va negativlarni retushlashni qo‘llashni boshlagan, uning bu kashfiyotlari keyinchalik
rus fotografiyasi ustuvorligini belgilab, ko‘plab xorijiy fotograflar tomonidan qo‘llanila
boshlangan.

U “Retushlashning ahamiyati va fotografik portretlarni tugatishni osonlashtirishning ba’zi

usullari haqida” nomli maqolasida fotografiya sohasidagi o‘z fikrlarini bayon qilgan.
S.L.Levitskiy ko‘plab olimlar, yozuvchilar, rassomlarning portretlarini, shu jumladan,
I.S.Turgenev, L.N.Tolstoy, I.A.Goncharov, N.A.Nekrasov, A.N.Ostrovskiylarning portretlarini
o‘zi ishlab chiqqan usullar yordamida yaratgan. Uning texnik jihatdan mukammal va yuksak
badiiy asarlari Rossiya hamda xorijdagi fotoko‘rgazmalarda bir necha bor namoyish etilgan.
S.L.Levitskiy Rossiyada tashkil etilgan barcha fotoko‘rgazmalarda ekspert etib saylangan, uch
marta jahon ko‘rgazmalarida hakamlar hay’ati raisi bo‘lgan.

Yevropadagi barcha fotograf-ixtirochilarni kattaroq o‘lchamga ega bo‘lgan fotosurat olish

masalasi qiziqtirgan. Buning uchun obyektni suratga olishda o‘ng va chap ko‘z bilan alohida
ko‘rish imkonini beradigan stereoskopik juftlikni yaratish lozim. Stereoskop ixtirosi fotografiya
kashf etilishidan bir necha yil oldin, ya’ni 1832-yilga to‘g‘ri keladi

XIX asr 70-yillar oxirida fotografiyada nam kolloid jarayonidan brom-rux jelatinli

(qotishma) jarayoniga o‘tish tadqiqotchilar va sayohatchilar, shuningdek, havaskor
fotosuratchilarning keng doirasi uchun qulay usul sifatida yanada ommalashgan. Brom-rux jelatin
usulining paydo bo‘lishi havaskor fotosuratchilar, to‘garaklar va fotografik jamiyatlar soni
sezilarli darajada oshishiga olib kelgan.

Bu davr fotoapparatlarining yangi konstruksiyalarini yaratish va fotografiya jarayonlarini

takomillashtirish bilan ham xarakterlanadi. 1871-yilda ingliz Richard Maddoks brom-rux jelatin
emulsiyasini yaratish uchun birinchi foydali usulni taklif qildi, bu plastinkalarning yorug‘likka
sezuvchanligini oshirib, ularni quruq holda saqlashga imkon bergan. Nam kolloid jarayonini
takomillashtirish bilan bir vaqtda rangli fotografiya ustida ish olib borilgan. 1861-yil 17-mayda
buyuk ingliz fizigi Jeyms Maksvell fotografik usullar yordamida dunyodagi birinchi rangli tasvirni

2

Чибисов К.В. Очерки по истории фотографии. – М.: Искусство, 1987. – С. 42.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

943

olishga erishgan. U uch komponentli (qizil, yashil va ko‘k) ko‘rinish nazariyasini isbotlab, rangli
fotosurat yaratish yo‘lini ko‘rsatib bergan

3

.

Rossiyada birin-ketin I.I.Filipenko, D.P.Yezuchevskiy, V.I.Sreznevskiy, I.I.Karpov va

boshqalarning o‘ziga xos dizayndagi fotoapparatlari paydo bo‘ldi. Bu fotoapparatlar geograflar,
arxeologlar, etnograflar professional va havaskor fotograflar uchun ishlatishi jihatdan birdek
tushunarli edi. Rossiyalik ixtirochilar tomonidan yaratilgan fotoapparatlar har doim chidamliligi
va nafisligi bilan ajralib turgan. Ular portativ, nisbatan yengil vaznli, olib yurish uchun ancha qulay
edi. 1885-yilda ixtirochi I.I.Filipenko sayohat uchun mos fotoapparatni loyihalashtiradi va
yaratadi. Uning fotoapparat jamlanmasi (fotoapparat va yorug‘lik ta’sirida plastinka ishlab
chiqarish uchun moslama) kichik jomadonga sig‘ardi. Bu vaqtda G‘arbiy Yevropa va dunyoning
ko‘plab boshqa mamlakatlarida sayohatchilar va tadqiqotchilar tomonidan foydalanilgan
fotoapparatlar katta hajmli, og‘ir (aksessuarlar bilan birga 10 funtga yetgan) va olib yurish uchun
noqulay bo‘lgan. Quruq bromojelatin plastinkalarning tarqalishi bilan fotoapparatlarning vazni 10-
12 kg. ni tashkil etgan, uzoq vaqt davomida foydalanilgan. Biroq, Rossiyada D.P.Yezuchevskiy
vazni 2,5 kg. og‘irlikdagi xaridorgir qurilma yaratadi. Bu fotoapparat, asosan, geograflar va ilmiy
tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan. D.P.Yezuchevskiy o‘sha davrdagi ekspeditsiya va reportajlar
uchun portativ fotoapparatni yaratish borasida dunyoning boshqa mamlakatlari ixtirochi va
dizaynerlaridan bir necha qadam oldinda edi.

Blankar-Evrar 1850-yilda ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan alyuminiy fotografiya

qog‘ozini ixtiro qilib, ishlatishni yo‘lga qo‘ygan. Bu qog‘oz XIX asr oxirigacha standart
fotoqog‘oz sifatida ishlatilgan. Quyosh kamerasi deb ataladigan katta hajmli fotografik
kattalashtiruvchi qurilma 1857-yilda amerikalik D.Vudvord tomonidan ixtiro qilingan. Yon
yorituvchi lampalarning paydo bo‘lishi bilan qorong‘u xonada fotosuratlar chop etish mumkin
bo‘lgan, ammo fotosurat qog‘ozining mustahkamligi muammosi hal qilinmagan. 1874-yilda
Angliyada P.Maudsley kumush-brom qotishmali (jelatinli) fotografiya qog‘ozini yaratgan, 1879-
yilda Dj.Svan ushbu fotografiya qog‘ozini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Fotoapparat ixtirosidagi taniqli olimlardan biri V.I.Sreznevskiy rus geografik jamiyatining

a’zosi N.M.Prjevalskiyning Tibetga qilgan ilmiy ekspeditsiyasi uchun maxsus fotoapparat ishlab
chiqqan

4

. Podpolkovnik I.I.Filipenko tomonidan 1885-yilda ishlab chiqilgan “ko‘chma fotografiya

qurilmasi” geodeziya ishlari uchun mo‘ljallangan edi. Sayohatga mo‘ljallangan
fotolaboratoriyaning paydo bo‘lishi dala hududlarida tadqiqot olib borish ishlarini yanada
rivojlanishiga zamin yaratdi. Keyinchalik parda tirqish nomini olgan fotografik “plastinka bilan
zatvor” rus fotografi S.A.Yurkovskiy tomonidan ixtiro qilingan. Bu lahzali suratga olish
muammosiga mukammal yechimlardan biri bo‘lib, u harakat vaqtida bir zumda suratga olish
uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Birinchi jahon urushi yillarida aerofoto suratga olish razvedka vositalaridan biri sifatida

sezilarli rivojlanishga erishdi. Bu vaqtda rus olimi S.A.Ulyanin fokus masofasi bir metr bo‘lgan
razvedka fotoapparati va telekamerasini yaratdi. Rossiyalik polkovnik V.Potte tomonidan ixtiro
qilingan yarim avtomatik aerofoto kamerani alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ushbu ixtiro dunyoda

3

Ермилов Н. Краткая история фотографических процессов в хронологических датах. – М.: Огонек, 1930. – С.

203.

4

Сыров А.А. Первые русские фотоаппараты. – М.: Госкиноиздат, 1951. – С. 5.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

944

birinchi marta suratga olish uchun uzun metrajli plyonkadan foydalanib, samolyotdan turgan holda
yo‘nalish va hududni suratga olish muammosini hal qildi. S.A.Ulyanin, V.Pottening
aerofotoapparatlari rus armiyasi tomonidan keng miqyosda foydalanilgan.

Biroq, texnika va fotoapparatlar sohasida qilingan ixtirolar podsho Rossiyasining zodagon-

byurokratik hukumati tomonidan har doim ham moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-
quvvatlanmagan. Mahalliy sanoat rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan podsho Rossiyasining hukmron
doiralari ko‘proq e’tiborni xorijiy chorvachilik mahsulotlarni olib kelishga qaratganlar. Sanoatga
mas’ul amaldorlarning bunday reaksion siyosati XIX asr 80-yillar boshlarida chorvachilik, asbob-
uskunalar va fotoapparat ehtiyot qismlari savdosi butunlay chet el firmalari qo‘lida bo‘lishiga olib
kelgan.

Xorijiy firmalarning tadbirkor agentlari va L.Varnerke kabi quvg‘inda yurgan rus

fuqarolari bir qancha rus olimlari ixtirolarini turli yo‘llar bilan qo‘lga kiritib, ularni o‘z firmasi
nomi bilan mualliflik huquqini buzgan holda Rossiyaga olib kelib sotganlar

5

. Kumush bilan

qoplangan mis plastinkalar yordamida suratga olishning doimiy takomillashtirilishiga qaramay,
XIX asr 80-yillari oxirida fotosuratga olishning mutlaqo yangi usuli paydo bo‘ldi. Amerikaning
Kodak kompaniyasi moslashuvchan sellyuloid substratda negativ plyonkalar, shuningdek, tegishli
fotoapparatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. 1888-yilda Kodak tomonidan chiqarilgan
fotoapparat qismlarga ajralmaydigan fotoapparat bo‘lib, zavoddan yuzta plyonka yuklangan holda
chiqarilgan. Fotograf barcha kadrlarni ishlatib bo‘lgandan keyin fotoapparatni ishlab
chiqaruvchiga yuborgan, u yerda qurilmaga qaytadan yangi plyonkalar o‘rnatilgan va
foydalanuvchiga oldingi fotoplyonkalardan tayyor, chop etilgan fotosuratlar berilgan. Xizmat
narxi 10 dollar (fotoapparat narxi 25 dollar)ni tashkil qilgan. Tez orada butun Amerika bo‘ylab
Kodak firmasining minilaboratoriyalari paydo bo‘lgan.

Talbot tomonidan olingan birinchi fotosuratlar 6,45 sm. kv. maydonga ega bo‘lgan

fotografik plastinkalarda olingan. Biroq, uning fotoapparatini tezkor deb atab bo‘lmasdi, chunki u
uzoq vaqt davomida quyosh nuri ta’sirini talab qilgan. 1858-yilda T.Skayfe sezilarli yorqinlikka
ega portativ (ko‘chma va tezkor) fotoapparat yaratadi. 1892-yilda J.Karpentiyer ikki linzali
aniqlikdagi fotoapparatni loyihalashtiradi, u bir juft ko‘zli durbinga o‘xshab ketgani uchun uni
fotobinokl deb ataydi. Linzaning biri obyektiv tasvirni boshqarish uchun, ikkinchisi esa suratga
olish uchun foydalanilgan. Ushbu fotoapparatda 5,7x3,8 sm. o‘lchamdagi quruq fotografik
plastinka va 1/60 sekund tezlik vaqtiga ega bo‘lgan prujinadan foydalanilgan. Fotoapparatda
ishlatiladigan birinchi qaytargich mexanizmlardan biri 1869-yilda E.Maybridj tomonidan ishlab
chiqilgan.

Bu qaytargich mexanizmdan E.Maybridj chopayotgan otlarni suratga olish uchun

foydalangan. Bu jarayon qaytargich mexanizmdan fotosuratga olish vaqtida 1/1000 sekunddan
tezroq ishlashni talab qilgan. Fotobinokllar Karpentiyeomonidan ko‘p marta qayta ishlangan,
uning samaradorligi yaxshilangan. 1899-yilda G.Sigriste tashqi ko‘rishni sozlash va ta’sir vaqti
1/2500 sekundgacha bo‘lgan qaytargich mexanizmga ega bo‘lgan old linzasi yopiq ushbu turdagi
bitta linzali fotoapparat yaratgan. 1914-yilda germaniyalik O.Varnak kichik hajmli fotoapparat

5

Сыров А.А. Первые русские фотоаппараты. М.: Госкиноиздат, 1951. – С. 5.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

945

yaratgan, bu fotografiya tarixida inqilob bo‘lgan. 1924-yildan boshlab “Leitz” kompaniyasi ushbu
fotoapparatni “Leyka” nomi bilan ishlab chiqara boshlagan.

Xulosa.

Xulosa o‘rnida shuni takidlab o‘tishimiz joizki dunyo bo‘ylab har bir soha

bo‘yicha bir qancha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu ilmiy izlanishlar natejasida har bir soha
bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishib kelinmoqda. Shunday ilmiy tadqiqotlar natejasida serg‘ayrat
olimlarimiz tamonidan, fotografiya sanati sohasida ham bir qancha yutuqlarga erishildi. Biz bu
ilmiy tadqiqotlar natejasida albatta fotoapparatlarning takomillashishiga etibor qaratadigan
bo‘lsak, ilm-fan rivojlanishi bilan qisqa fursat ichida fotoapparatlarning yangi rusumlari ham
rivojlanib borganligini ilmiy izlanishlarimiz davomida guvohi bo‘ldik.


REFERENCES

1.

Морозов С. Искусство видеть. Очерки из истории фотографии стран мира. – М.:
Искусство, 1963

2.

Чибисов К.В. Очерки по истории фотографии. – М.: Искусство, 1987.

3.

Ермилов Н. Краткая история фотографических процессов в хронологических датах.
– М.: Огонек, 1930.

4.

Сыров А.А. Первые русские фотоаппараты. – М.: Госкиноиздат, 1951

5.

Документы по истории фотографии, 1949.

6.

Митчел Э. Фотография: Пер. с англ. – Москва: Мир, 1988.

7.

https://3dnews.ru/573318 (2020

йил 10 сентябрь)

8.

Akhmedov S. B. Analysis of Information on Local Embassy Relations in Abdurazzak
Samarkandi's Work" Matlai Sadayn Wa Majmai Bahrain" //REVISTA GEINTEC-
GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS. – 2021. – Т. 11. – № 3. – Р. 234-244. (DOAJ,
CiteFactor)

http://revistageintec.net/wp-content/uploads/2022/02/1930.pdf

9.

Akhmedov S.B. Analysis of information of embassy relations in Abdurazzak Samarkandi's
work "Matlai sadayn wa majmai bahrain" // International scientific and practical
conference "Youth, science, education: topical issues, achievements and innovations". –
Prague, 2022. –Р. 137-147.

References

Морозов С. Искусство видеть. Очерки из истории фотографии стран мира. – М.: Искусство, 1963

Чибисов К.В. Очерки по истории фотографии. – М.: Искусство, 1987.

Ермилов Н. Краткая история фотографических процессов в хронологических датах. – М.: Огонек, 1930.

Сыров А.А. Первые русские фотоаппараты. – М.: Госкиноиздат, 1951

Документы по истории фотографии, 1949.

Митчел Э. Фотография: Пер. с англ. – Москва: Мир, 1988.

https://3dnews.ru/573318 (2020 йил 10 сентябрь)

Akhmedov S. B. Analysis of Information on Local Embassy Relations in Abdurazzak Samarkandi's Work" Matlai Sadayn Wa Majmai Bahrain" //REVISTA GEINTEC-GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS. – 2021. – Т. 11. – № 3. – Р. 234-244. (DOAJ, CiteFactor) http://revistageintec.net/wp-content/uploads/2022/02/1930.pdf

Akhmedov S.B. Analysis of information of embassy relations in Abdurazzak Samarkandi's work "Matlai sadayn wa majmai bahrain" // International scientific and practical conference "Youth, science, education: topical issues, achievements and innovations". – Prague, 2022. –Р. 137-147.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов