THE HISTORY OF THE CREATION OF EARLY PHOTO CAMERAS IN THE WORLD

HAC
Google Scholar
f
423-427
0
0
To share
Inayatov , J. . (2023). THE HISTORY OF THE CREATION OF EARLY PHOTO CAMERAS IN THE WORLD. Modern Science and Research, 2(12), 423–427. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27430
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The content of the article referring to the history of the development of photography, we will witness the spread of views about photography, going back to ancient times. As well as photography, the Obscura-camera of the medieval scientists Yani Rossom served as the main supporting task in the creation of photographic cameras.

Similar Articles


background image


423

JAHONDA DASTLABKI FOTOAPPARATLARNING YARATILISH TARIXI

Inayatov Jaxongir G‘opurjonovich

Perfect Unversiteti Gumanitar fanlar

kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10419839

Annotatsiya.

Maqolaning mazmuni fotografiya sa’natining rivojlanish tarixi

haqida to‘xtaladigan bo‘lsak fotografiya haqida qarashlar qadimgi davrga borib

tarqalishini guvoxi bo‘lamiz. Shuningdek fotografiyani o‘rta asr olimlari yaniy

rossomlarning obskur-kamerasi fotoapparatlarni yaratishda asosiy tayanch vazifa bo‘lib

xizmat qilgan.

Kalit so'zlar:

fotografiya sa’nati, fotoapparatlarning yaratilishi, ilmiy va nazariy

yondashuvlar, yorqin lavhalar, obskur-kamerasi, ilmiy fikr mulohazalar.

THE HISTORY OF THE CREATION OF EARLY PHOTO CAMERAS IN THE

WORLD

Abstract.

The content of the article referring to the history of the development of

photography, we will witness the spread of views about photography, going back to ancient

times. As well as photography, the Obscura-camera of the medieval scientists Yani Rossom

served as the main supporting task in the creation of photographic cameras.

Keywords:

photography, the creation of photo cameras, scientific and theoretical

approaches, bright plates, Obscura-camera, scientific feedback.

ИСТОРИЯ СОЗДАНИЯ ПЕРВЫХ ФОТОАППАРАТОВ В МИРЕ.

Аннотация.

Cодержание статьи если мы остановимся на истории развития

искусства фотографии, мы станем свидетелями того, как взгляды на фотографию

распространились в древние времена. Также фотографию изучали средневековые

ученые яний Россом, чья камера-обскура служила основой при создании

фотоаппаратов.

Ключевые слова:

искусство фотографии, создание фотоаппаратов, научно-

теоретические подходы, яркие кадры, камера-обскура, научная обратная связь.


background image


424

Kirish

Fotografik jarayonlar kashf etilishidan

ancha oldin, odamlarga obskur-kamerasi

(xonasi) ma’lum bo‘lib, bu – maxsus xona yoki quti orqali tashqi dunyodagi obyektlarning

yorug‘lik orqali rangli tasvirini olish imkonini bergan. Obskur-kamerasi termini dastlab

devorlardan birida kichik teshikka ega qorong‘u xonaning nomi bo‘lgan. Uning tuzilishi

haqida eramizdan 350 yil oldin yunon faylasufi Aristotel aytib o‘tgan

1

. Atoqli italyan olimi

va rassomi Leonardo da Vinchi inson ko‘zida nurlarning sinishini tushuntirib, obskur-

kamerasini quyidagicha ta’riflagan: “Yoritilgan jismlarning tasvirlari kichik dumaloq

teshikdan juda qorong‘u xonaga tushib, teshikdan biroz masofada oq qog‘oz varag‘i

qo‘yilganda, unda siz o‘z shakli va rangidagi barcha narsalarni ko‘rasiz; nurlarning

yuqoridagi kesishishi tufayli tasvirlarning hajmi kichiklashadi va asliga teskari ko‘rinadi.

Agar siz yupqa qog‘ozni olib, tasvirni orqa tomondan ko‘rsangiz, quyosh tomonidan

yoritilgan obyektning tasviri xuddi qog‘ozga chizilgandek ko‘rinadi. Tasvirlar aniq aks

etishi uchun xonaga yorug‘lik tushiruvchi teshik juda yupqa metall bo‘lagidan yasalgan

bo‘lishi kerak”

2

.

Shuni ta’kidlash lozimki, obskur-kamerasini yanada takomillashtirish ko‘zoynak,

geodezik, astronomik va boshqa asboblar paydo bo‘lishi bilan parallel ravishda amalga

oshirilgan. Ma’lumki, 1285-yilda ko‘zoynak ixtiro qilingan va ishlab chiqarilgan. 1609-

yilda deyarli bir vaqtning o‘zida Gollandiya va Italiyada osmonni kuzatish jihozi – teleskop

ishlab chiqilgan. Uning ilk mualliflaridan biri Galiley hisoblanadi. Teleskop yaratilishi

samoviy jismlarni kengroq kuzatish imkonini yaratgan. Shuningdek, mikrodunyoni

o‘rganishga turtki bo‘lgan mikroskopning ixtiro qilinishi ham aynan shu davrga to‘g‘ri

keladi. Vaqt o‘tishi bilan obskur-kamerasi old devorida teshigi bor quti deb atala boshladi,

quti old devoriga bikonveks oynasi (linzalar) joylashtirilgan va qutining orqa devoriga

shaffof qog‘oz yoki qavariq shishali ramka o‘rnatilgan. Bunday obskur-kamerasi tahminan

ikki yuz yil davomida mavjud bo‘lib, u tashqi dunyo jismlaridan mexanik usulda nusxa

olish uchun xizmat qilgan

3

. 1686-yilda Yogannes San 45 darajali oyna portativ obskur-

kamerasini yaratgan. Buning uchun u teshikdan qutiga tushayotgan tasvirni qavariq

1

Митчел Э. Фотография: Пер. с англ. – М.: Мир, 1988. – С. 17.

2

Сыров А.А. Путь фотоаппарата. – М.: Искусство, 1954. – С. 3.

3

Бажак К. История фотографии. Возникновение изображения. – М.: Астрал, 2006. – С. 8.


background image


425

gorizontal shisha plastinkaga proyeksiya qilgan. Shisha oynada aks etgan tasvirni

ko‘chirishda plastinka o‘rniga yupqa oq qog‘ozdan foydalangan.

Dunyodagi ko‘plab mamlakatlar olimlari qat’iy yorug‘lik orqali aks etgan tasvirni

(fotosurat) olish ustida tinimsiz izlanishlar olib borishgan. Rus ixtirochilari bu sohada katta

yutuqlarni qo‘lga kiritgan. Ma’lumki, 1725-yilda havaskor kimyogar A.P.Bestujev-

Ryumin fotografiya uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyot qilgan. U temir

tuzlari yorug‘likka sezgirligi va yorug‘lik ta’sirida temir oksidi tuzi rangi o‘zgarishini

kashf etgan. Ikki yil o‘tgach, brom tuzlari bo‘yicha xuddi shunday kuzatishlar nemis olimi

I.Shuls tomonidan amalga oshiriladi. Fotografiya sohasida to‘plangan nazariy tajribalar

XVIII asrdan boshlab amaliyotda qo‘llanila boshlandi. Ingliz tadqiqotchisi Tomas Vedjvut

1802-yilda kumush nitrat eritmasiga namlangan qog‘oz yoki teri yordamida fototasvir olish

usulining tavsifini e’lon qildi. Biroq ushbu tasvirlar o‘z ko‘rinishini yorug‘lik ta’sirida

tezda yo‘qotib, yaroqsiz holatga kelib qolar edi. Shunday bo‘lsa-da, T.Vedjvutning

yangiligi fotografiya sohasida keyingi tadqiqotlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qildi,

ushbu tadqiqotlar fotografiya shakllanishida ma’lum darajada rol o‘ynadi.

Nurning yorug‘likka sezgir moddalarga ta’sir qilish prinsipi (fotokimyoning asosiy

qonuni) birinchi marta rus kimyogari T.Grotgus tomonidan 1818-yilda ishlab chiqilgan. U

fotografiya jarayonida parchalanadigan moddalar miqdori so‘rilgan moddalar miqdoriga

mutanosib bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Bu bilan T.Grotgus ilgari M.V.Lomonosov

tomonidan kashf etilgan energiyaning saqlanish qonunini tasdiqlagan. Amerikalik olim

Draper ham keyinroq shunday xulosaga kelgan. Yorug‘lik natijasida hosil bo‘ladigan

kimyoviy hodisalarni o‘rganish ko‘plab mamlakatlarning kimyogarlari tomonidan amalga

oshirilgan.

Fotografiya sohasida eng katta yangilik fransuz armiyasining iste’fodagi zobiti

Jozef Nisefor Neps (1765 – 1833) tomonidan amalga oshirildi. J.Neps 1820-yilda kumush

bilan qoplangan mis plastinkada tasvirni yaxshilash usulini topdi

4

. 1826-yilda Neps

obskur-kamerasi yordamida o‘z ustaxonasi derazasidan sakkiz soat davom etgan

jarayondan so‘ng Parij manzarasini fotosuratga olgan. Biroq ayrim ma’lumotlarda Jozef

Neps tomonidan olingan birinchi surat 1825-yilda olingan, deb aytilmoqda. Bu ot ustida

4

Документы по истории фотографии, 1949.


background image


426

tushgan odam surati bo‘lib, Parijdagi ko‘rgazmada uning narxi 390 ming dollarga

baholangan. Xorijlik ishqibozlar tomonidan esa surat narxi 600 ming dollardan oshiqqa

baholandi. Ammo fransuz hukumati unga milliy boylik sifatida e’tibor qaratib, surat

mamlakatdan olib chiqib ketilishini taqiqlovchi qaror chiqardi. Hozirgi kunda ushbu surat

Fransiya Milliy galereyasida saqlanmoqda

5

. Bu harakatlar albatta fotografiya soxasini

rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Xulosa

Umuman olganda, olimlar tomonidan fotoapparatlarni yaratish borasida bir qancha

jiddiy izlanishlar olib borilgan. Natijada bir qator olimlarning sa’y-harakati bilan

fotagrafiya sohasida biroz bo‘lsada yutuqlarga erisha boshlashgan. Fotoapparatlarning

yaratish mukammal darajaga erishishda eng katta yutuq, albatta fransuz olimi Daggerning

faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligini tadqiqotimiz davomida ko‘rib chiqishimiz mumkun.

REFERENCES

1.

Митчел Э. Фотография: Пер. с англ. – М.: Мир, 1988. – С. 17.

2.

Сыров А.А. Путь фотоаппарата. – М.: Искусство, 1954. – С. 3.

3.

Бажак К. История фотографии. Возникновение изображения. – М.: Астрал,

2006. – С. 8.

4.

Сто лет фотографии 1839 – 1939. Дагер, Ньепс, Тальбот. – М.: Госкиноиздат,

1938. – С. 11.

5.

Документы по истории фотографии, 1949.

6.

https://3dnews.ru/573318 (2020

йил 10 сентябрь)

7.

Akhmedov S. B. Analysis of Information on Local Embassy Relations in Abdurazzak

Samarkandi's Work" Matlai Sadayn Wa Majmai Bahrain" //REVISTA GEINTEC-

GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS. – 2021. – Т. 11. – № 3. – Р. 234-244.

(DOAJ, CiteFactor)

http://revistageintec.net/wp-content/uploads/2022/02/1930.pdf

8.

Akhmedov S.B. Analysis of information of embassy relations in Abdurazzak

Samarkandi's work "Matlai sadayn wa majmai bahrain" // International scientific and

5

Сто лет фотографии 1839 – 1939. Дагер, Ньепс, Тальбот. – М.: Госкиноиздат, 1938. – С. 11.


background image


427

practical conference "Youth, science, education: topical issues, achievements and

innovations". – Prague, 2022. –Р. 137-147.

References

Митчел Э. Фотография: Пер. с англ. – М.: Мир, 1988. – С. 17.

Сыров А.А. Путь фотоаппарата. – М.: Искусство, 1954. – С. 3.

Бажак К. История фотографии. Возникновение изображения. – М.: Астрал, 2006. – С. 8.

Сто лет фотографии 1839 – 1939. Дагер, Ньепс, Тальбот. – М.: Госкиноиздат, 1938. – С. 11.

Документы по истории фотографии, 1949.

https://3dnews.ru/573318 (2020 йил 10 сентябрь)

Akhmedov S. B. Analysis of Information on Local Embassy Relations in Abdurazzak Samarkandi's Work" Matlai Sadayn Wa Majmai Bahrain" //REVISTA GEINTEC-GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS. – 2021. – Т. 11. – № 3. – Р. 234-244. (DOAJ, CiteFactor) http://revistageintec.net/wp-content/uploads/2022/02/1930.pdf

Akhmedov S.B. Analysis of information of embassy relations in Abdurazzak Samarkandi's work "Matlai sadayn wa majmai bahrain" // International scientific and practical conference "Youth, science, education: topical issues, achievements and innovations". – Prague, 2022. –Р. 137-147.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов