ESTABLISHMENT OF AN ARCHEOLOGICAL AMATEUR CLUB IN TURKESTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
G‘ofurov , S. (2023). ESTABLISHMENT OF AN ARCHEOLOGICAL AMATEUR CLUB IN TURKESTAN. Modern Science and Research, 2(12), 963–967. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27365
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides detailed information about the organization of the archeological amateur club in Turkestan, its activities and archaeological research.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

963

TURKISTONDA ARXEOLOGIK XAVASKORLIK TO‘GARAGI TASHKIL

ETILISHI

G‘ofurov Sherzod Sobirjon o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti

1-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10421212

Annotatsiya. Ushbu maqolada Turkistonda arxeologik xavaskorlik to‘garagi tashkil

etilishi, faoliyati va olib borgan arxeologik tatqiqotlari haqida batafsil malumotlar keltirilib
o’tilgan.

Kalit so`zlar: ilmiy jamiyatlar, havaskor arxeologlar to’garagi, qadimiyat yodgorliklari,

etnografiya, tabiatshunoslik.

ESTABLISHMENT OF AN ARCHEOLOGICAL AMATEUR CLUB IN

TURKESTAN

Abstract. This article provides detailed information about the organization of the

archeological amateur club in Turkestan, its activities and archaeological research.

Key words: scientific societies, circle of amateur archaeologists, ancient monuments,

ethnography, natural science.

СОЗДАНИЕ АРХЕОЛОГИЧЕСКОГО ЛЮБИТЕЛЬСКОГО КЛУБА В

ТУРКЕСТАНЕ.

Аннотация. В данной статье представлена подробная информация об организации

археологического любительского клуба в Туркестане, его деятельности и археологических
исследованиях.

Ключевые слова: научные общества, кружок археологов-любителей, памятники

древности, этнография, естествознание.

Turkistonda birinchi ilmiy jamiyatlar tuzilishida Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi

alohida o’rin egallaydi. Bir tomondan mustamlaka rejim ilmiy-ijtimoiy tashkilotlar ishlarini
moddiy qo’llab-quvvatlamasada, ikkinchi tomondan mahalliy ziyolilarga e’tibor qaratilmagan
O’rta Osiyoni ilmiy o’rganishga qiziqish bilqirilmagan. Chor Rossiyasining yurishlari davridayoq,
mamlakatdagi geografik tizimni bilishga imkon bo’lsada, iqtisodiyot haqida gapirish mumkin
bo’lmagan. Podsho hukumati mahalliy geografiyaga o’z manfaatlari yuzasidan yondosha boshladi.
Arxivda Turkiston harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondoni yordamchisi general-letenant
Masiyevskiyning nomiga maktub yo’llangan bo’lib, unda general-letenantdan sharqshunoslik
qidiruv ishlarini boshlashga ruxsat so’ralgan. Ammo jamiyat sharqni sharq yoki fan uchun emas,
balki Rossiya uchun o’rganilishi lozim edi.

Turkiston o’lkasining qadimiyat yodgorliklari ko’pdan buyon olimlarning diqqatini o’ziga

jalb qilib kelar edi, XIX asr davomida osori atiqalar ustida arxeologik kuzatishlar, qidiruv va
qisman qazish ishlari olib borildi. Bu sohadagi ishlar P.I.Lerx N.I.Veselovskiy, V.A.Jukovskiy.
V.V.Bartold va mahalliy turkistonshunoslardan M.S.Andreyev. V.L.Vyatkin, A.L.Kun,
A.A.Semenov, I.T.Poslavskiy, N.P.Ostroumov va boshqalarning nomlari bilan bog’liqdir.

Shuningdek, sobiq Turkistonning qadimiy yodgorliklarni hisobga olish va tekshirishga

markaz ilmiy muassasalaridan Imperator arxeologiya komissiyasi, ayniqsa Rus arxeologiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

964

jamiyatining Sharq bo’limi, bundan tashqari, 1903-yilda tashkil qilingan O’rta va Sharqiy Osiyoni
tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik jihatdan o’rganish qo’mitasi ham e’tibor bilan qaradi.

Turkiston o’lkasida arxeologik qiduruv, qazish ishlari ancha vaqt mustaqil olib borilmagan.
Bu jarayon 1886-yilga qadar davom etgan sistematik arxeologik tadqiqotlar ham shular

qatoriga kiradi. 1893-yil 11-dekabr kuni antropologiya, etnografiya, tabiatshunoslik masalalariga
oid o’tkazilgan yig’ilishda N.P.Ostroumov chiqish qilib, kelgusidagi arxeologik tadqiqotlarni
ko’paytirishni talab qilgan. «Bizning o’lkada,- degan edi Ostroumov-arxeologik yodgorliklar
ko’p. Ularni o’rganib chiqish zarurdir.» deb ta’kidlab o’tgan. V.V.Bartold yig’ilish ishtirokchilarini
arxeologik qiduruvdagi dastlabki natijalar bilan tanishtirdi. Bu 1893-yilgi tadqiqot xususida edi.
Ostroumov va Bartoldning chiqishlari yig’ilish ishtirokchilari tomonidan yaxshi kutib olindi.
Toshkentda arxeologik to’garak ochilganligi rasman tasdiqlandi. To’garakning nizomi 1895-yil 31
oktyabr kuni tasdiqlandi. To’garak faoliyati quyidagilardan iborat bo’lishi lozim edi:

a)Turkiston o’lkasidagi yodgorliklar bilan tanishib chiqish;
b)O’lkaning arxeologik xaritasini tuzib chiqish;
v)Arxeologik yodgorliklarni saqlab qolish;
g)Arxeologik qazuv ishlarini yo’lga qo’yish;
d)Mahalliy arxeologik materiallarni qayta ishlash.
Turkiston havoskor arxeologlar to’garagining ochilishi 1895-yil 14-dekabr kuni amalga

oshirildi. «Turkestankiye vedomosti» gazetasida to’garak ochilishi bilan bog’liq holatlar yoritib
borilgan. 1896-yil 22-dekabr kuni Turkiston havoskor arxeologlar to’garagining yig’ilishi bo’lib,
47 ta a’zo kishilarning ro’yxati tuzib chiqildi. M.S.Andreyev, A.A.Devala, N.G.Maliskiylar
to’garakda tashabbuskor bo’lib hisoblangan.

Keyinchalik to’garakning 108 a’zosi bo’lib, bular orasida V.V.Bartold, D.M.Levshin,

N.S.Likoshin, K.V.Ariston, V.F.Oshanin va boshqa mashxur kishilar ham bor edi. To’garakda
ilg’or kayfiyatdagi rus ziyolilarining ta’siri kuchli edi. Ular O’rta Osiyo tarixi va qadimgi
yodgorliklariga hurmat bilan qarab, ilmiy-tekshirish ishlarini jonlantirib yuborgan edilar.

To’garakning yig’ilishlarida arxeologik masalalar muhokama qilinib borgan. Yirik

vakillardan I.T.Smirnov to’garakning 1895-yil 11-dekabr kungi yig’ilishida asosiy masalalarni
o’rtaga tashlagan. Toshkent shahri atrofi va Chirchiq vohasidagi yodgorliklarni o’rganish
masalalari ilgari surildi. Oddiy aholi tomonidan topilgan kolleksiyalar olinib, ro’yhatga kiritildi.

Ushbu topilmalar ham katta ko’rsatkichni tashkil etgan. O’rta Osiyo arxeologiyasini

o’rganishdagi asosiy yo’nalishlarni ko’rsatishga harakat qilgan. Xo’jand tarixi topografiyasini
o’rganishda M.S.Andreyev etakchilik qilgan. Xo’jakentga qarama-qarshi joylashgan Mo’g’ul
tog’dan ko’plab arxeologik ashyolar topilgan. 1896-yil 15-dekabr kuni Toshkentdan Turkiston
havoskor arxeologlar to’garagining telegrammasi Rus Arxeologlar jamiyatiga yuborildi.

Kelgusidagi rejalar taklif qilingan. 1896-yil Toshkentda Rus Geografik Jamiyatining

Turkiston bo’limi tashkil etilishiga ruxsat berildi. Bo’lim o’z faoliyatini 1897-yil 29-noyabr kuni
boshlangan. Turkiston havoskor arxeologlar to’garagi bu vaqtda o’z funksional vazifalarini
belgilab olgan edi. 1901-yilga kelib Sharqshunoslar Jamiyatining bo’limi ochildi. Ularning
barchasi ilmiy-tadqiqot yo’nalishida faoliyat olib borishdi. Turkiston Arxeologlar Jamiyatining
filiallari ham ochildi. Bulardan biri Samarqandda edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

965

XX asr boshlarida ham Turkistondagi ilmiy jamiyatlar, shu jumladan tarix arxeologiya

havaskorlari ham aytarli ishlarni bajarishdilar.

XIX asr 80-yillarida Rossiyadagi siyosiy reaksiya O’rta Osiyoda ilmiy-qidiruv ishlari

rivojiga yo’l qo’ymas edi. Hukumat yangi ilmiy jamiyatlar tashkil topishiga shubha bilan qarar
edilar. Ilmiy-o’lkashunoslik to’garaklari, kutubxonalar ham shular jumlasidandir. Bu faqatgina
ziyolilar tarkibining kengayishi bilan amalga oshishi mumkin edi. Farg’onadagi taniqli tadqiqotchi
Akademik A.Middendorfga qarshi, Farg’ona harbiy uyezd polisiya boshlig’i shubha bilan qarab,
doimo qandaydir izlanishda ekanligini ko’rsatib o’tgan. V.V.Bartold 1893- 1894-yillar O’rta
Osiyoga kelgan vaqtidagi xolatni quydagicha yozib qoldirgan «Tadqiqot olib borish juda qiyin
kechadi. Haqiqiy holatni anglash uchun qandaydir ilmiy maqsadni ko’zlash lozim bo’ladi.
Ma’muriyatning loyihasi ham noqulaylik keltirib chiqaradi».

Turkiston o’lkasining Chor Rossiyasi bilan bog’liqlik tomoni kuchayib, umum rus

iqtisodiyoti uchun ahamiyati oshib borardi. Bunday sharoitda Turkiston iqtisodiyoti va
madaniyatiga qiziqish ortib bordi. Markaziy ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlarining
mutaxassis olimlari Turkistonga kelib, o’z faoliyat, izlanishlarini olib bordi. Rus arxeologlari,
sharqshunoslari oldida bir qancha masalalar mavjud edi. Akademik S.A.Jebeyev (1867-1941) ning
guvohlik berishicha, imperator arxeologik komissiyasi tarkibida bo’lgan rus arxeologiyasi katta
yutuqlardan foydalanmagan. Peterburg arxeologlari numizmatik izlanishlar olib borib, qadimiy
joylarni o’rganish va tadqiqot bilan shug’ullandilar. Rus arxeologiyasining ko’zga ko’ringan
vakillaridan biri N.I.Veselovskiy va A.A.Spisin 1899-yil arxeologiyaning umumiy xususiyatlarini
ko’rsatib o’tgan. Shunday yozadi: «Rus arxeologiyasining yutuqlari sezilarli darajada emas. Rus
arxeologiyasining biror-bir sohasi tizimli ko’rinishda olib borilmagan. «XIX asr ikkinchi yarmiga
kelib, ilmiy arxeologik muassasalar soni oshib bordi.

Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’zolari uning dastlabki tashkil topgan kunlaridan

boshlab qadimgi yodgorliklarga qiziqish bildira boshlagan. 1896-yil 22-yanvardagi majlisidayoq
qadimgi qo’rg’on va shaharlarning qayerda qanday vujudga kelganligi to’g’risida ma’lumotlar
to’plashga harakat qilishgan. Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi a’zosi A.D.Kalmikov 1910-
yilda tepalarning vujudga kelishi to’g’risida gapirib o’tgan. U Buxoro va Samarqand
qo’rg’onlaridan butunlay farq qilishini aytib o’tadi. V.P.Nalivkin Oqtepaning vujudga kelishi
to’g’risida gapirib, Toshkentdan Chimkentga qarab ketadigan 4 kmda joylashganligini va uning
asosiy xususiyatlarini ko’rsatib o’tadi. 1907-yilda qo’pol cho’yan idish, chiroq va boshqa
topilmalarni Xonaboddan topilgan topilmalarni sotuvda ko’radi. Bu Turkiston havaskor
arxeologlar to’garagi a’zosi I.T.Poslavskiyning Xonabodtepani tekshirib ko’rishga chorladi. 1893-
yil iyunida N.T.Astroumov Chimkent uyezdi Mamayevka qishlog’iga borishga va u yerdagi
Qoravultepadan sopol idishdagi 1850 ta kumush va 4000 dan ziyod mis tanga va bir qancha
qimmat baho toshlar ikkita kumush bilak uzuk va boshqalarni topishadi. 1896-yil togarak a’zosi
N. F. Sitnyakovskiy birinchi marta Dobusiya qal’asi xarobalari to’g’risida xabar beradi.

Keyinchalik bu haqda I.A.Kastane qisqacha ma’lumotlar beradi va bir muncha batafsil

ma’lumotlarni L.A.Zimin ko’rsatib o’tadi. Dobusiya qal’asi to’g’risida arab yozuvchilarini IX-X
asrlardagi ma’lumotlari saqlanib qolgan edi. Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi katta
e’tiborni qadimiy Poykand xarobalariga Qadimiy Buxoro shaharlaridan biri, ko’p martalab yozma
manbalarda tilga olingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

966

Turkiston havaskor arxeologlar to’garagi (1895-1917) Samarqandni tarixiy- arxeologik

jihatdan o’rganishga katta e’tibor berdi. 1905-yildan keyin havoskor arxeologlar, tarixchilar,
Etnograflar Samarqand to’garagini tashkil etishga harakat qilib ko’rishdi, biroq to’garakning
amaliy faoliyati keng quloch yozmadi.

1893-yil 15-sentyabr kuni V. V. Bartold N.I.Veselovskiyga: «har qanday holatda men bu

yerda izlanish ishlarini olib borishga harakat qilaman. Bundan unimli foydalanish zarurdir. Ushbu
maqsadida:

1) o’zbekcha, qirg’izcha gapirishni o’rganish;
2) o’lka tarixini biladigan arbob, vakillar bilan yaqindan tanishish, imkon qadar bu yerda

ilmiy jamiyatlarni tuzish.

Oxirgi vaqtda yana quyidagilarni aniqladim:
1) bu yerda xorijiy tillarini bilish keng yoyilmagan; boshqa tildagi katta to’plamlarni

keltirish asosiy zaruriyat hisoblanadi;

2) tarixiy bilimlar ham juda kam darajada;
O’rta Osiyo tarixiga oid qisqa o’quv qo’llanmalarni chiqarish: qo’llanma albatta

Universitet xususiyatida bo’lishi lozim. Bibleografik ko’rsatgichlar zarur. Ishonamanki, bu
qachondir amalga oshadi» so’zlarini yozib yuborgan.Turkistondagi gazetalarda Bartoldning bir
qancha chiqishlari berib borilgan. V.V.Bartold Toshkentga kelgach, o’lkadagi aholining turmush-
tarzi, ijtimoiy ahvol bilan qiziqa boshlagan. Turkiston o’lkasiga ilmiy qiziqishi kuchli bo’lganligi
bir qancha faktlar bilan isbotlanadi. 1893-1896-yillar mahalliy nashriyotlarda uning maqolalari
chop etilgan: «Turkistonda arxeologik izlanishlarga oid masalalar», «XIII asr Turkiston o’lkasi»,
«O’rta Osiyodagi xristianlar to’g’risida» kabilar hisoblanadi. Keyingi maqolalari: «Toshkentda
yangi ilmiyi jamiyat», «Zamonaviy islom va uning vazifalari», «Turkiston o’lkasida fanning
ahvoli» nomi ostida chiqarib borilgan.

Hozir yurtimizda besh mingga yaqin arxeologik yodgorlik mavjud boʻlib, ularni

zamonaviy geofizik, biologik, fizik-kimyoviy texnologiyalarni qoʻllagan holda tadqiq etish va
arxeologik qazib olish ishlari asosan xorijiy ekspeditsiyalar mutaxassislari koʻmagida
bajarilmoqda. Mamlakatimiz hududidagi qadimgi davrga oid arxeologik yodgorliklarning
aksariyat qismi xom gʻisht va paxsadan qurilgan meʼmoriy inshootlar ekanini inobatga olsak,
ularning paleolandshafti va planigrafisini aniqlashda mahalliy oʻziga xos geofizik uskunalar ishlab
chiqish zarurati sezilmoqda. Jumladan, bu sohada milliy kadrlar tayyorlash, ularda amaliy
koʻnikmalarni shakllantirish va malakasini oshirish talab etiladi.

Prezident topshirig‘iga muvofiq 2017-yilda Axsikent tarixiy yodgorligini asrab-avaylash

va tadqiq etish, uning haqqoniy tarixini yaratish bo‘yicha ulkan ishlar boshlandi. «Axsikent»
arxeologiya merosi ob’yektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi» davlat unitar korxonasi
tashkil etildi.

Hozirga qadar Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Pokiston,

Hindiston kabi davlatlardan sayyohlar tashrif buyurgan. Prezidentga Axsikent majmua bosh rejasi,
uning tadqiqot olib borilgan ob’yektlari, hududda barpo etiladigan turistik majmua loyihasi haqida
ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, bu yerda muzey tashkil etiladi. Axsikentning qadimiy dovrug‘ini tiklash

maqsadida ramziy darvoza quriladi. Umarshayx Mirzo va Boburning Kamoliddin Behzod chizgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

967

suratlari asosida ularning haykali bunyod etiladi. Sayyohlar uchun Sirdaryo bo‘ylab qayiqlarda
sayr qilish, tuyada ko‘hna shaharni tomosha qilish imkoniyati yaratiladi.

REFERENCES

1.

2017-2021йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор
йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси
Президентининг 2017 йил 7 февраль ПФ-4947-сон Фармони.WWW.Lex.uz.

2.

2022-2026йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси
тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январь ПФ-60-сон
Фармони.WWW.Lex.uz

3.

Самарканд тарихи. I том. Тошкент. «Фан», 1971 й. 382-бет.

4.

Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане.
Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 43-45.

5.

Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане.
Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 21-22.

References

2017-2021йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февраль ПФ-4947-сон Фармони.WWW.Lex.uz.

2022-2026йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегияси тўғрисида: Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январь ПФ-60-сон Фармони.WWW.Lex.uz

Самарканд тарихи. I том. Тошкент. «Фан», 1971 й. 382-бет.

Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 43-45.

Лунин Б.В. Из истории русского востоковедения и археологии в Туркестане. Туркестанский кружок любителей археологии (1895-1917гг.). Т.,1958. Стр. 21-22.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов