ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1312
JINOYAT HUQUQIDA SUBYEKT TUSHUNCHASI VA UNING JINOYAT
HUQUQIY AHAMIYATI
O‘ktamjonova Ruxshona Shokirjon qizi
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
“Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-bosqich 24-22-guruh o‘quvchisi
Telefon: +998904083028
roktamjonova@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10441759
Annotatsiya.
Ushbu maqolada muallif tomonidan jinoyat subyetkining tushunchasi hamda
zaruriy belgilari va uning jinoyat huquqiy ahamiyati xususida qisqacha maʼlumotlar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
jinoyat subyekti, odil sudlov, javobgarlikka tortish yoshi, aqli rasolik,
jismoniy shaxs, maxsus subyekt.
THE CONCEPT OF A SUBJECT IN CRIMINAL LAW AND ITS CRIMINAL
LEGAL SIGNIFICANCE
Abstract.
This article covers brief information by the author on the concept and necessary
signs of a criminal subset and its criminal legal significance.
Key concepts:
criminal subject, justice, age of prosecution, sanity, individual, special
subject.
ПОНЯТИЕ СУБЪЕКТА И ЕГО УГОЛОВНО-ПРАВОВОЕ ЗНАЧЕНИЕ В
УГОЛОВНОМ ПРАВЕ
Аннотация.
Эта статья содержит краткую информацию о понятии субъекта
преступления и его необходимых признаках, а также о его уголовно-правовом значении.
Ключевые понятия:
субъект преступления, правосудие, возраст привлечения к
ответственности, вменяемость, физическое лицо, специальный субъект.
Jinoyat huquqi nazariyasi va amaliyotida o‘ziga xos muhim elementlardan biri – bu jinoyat
subyektidir. Chunki subyekt bo‘lmasa jinoyat ham bo‘lmaydi. Aslini olganda, jinoyat huquqidagi
“subyekt” tushunchasi ijobiy ahamiyat kasb etmaydi. Biroq, odil sudlovni taʼminlashda, yaʼni
sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishlarni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish, jinoyatlarni o‘z vaqtida va
to‘liq ochish, munosib jazo tayinlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashda, bundan tashqari
“...jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxslarni aniqlashtirish, har bir jinoyatning
subyektini belgilash, jinoyat subyekti bilan bog‘liq javobgarlikning alohida holatlarini tadqiq
etishga oid muammolarning ilmiy asoslangan yechimlarini topishga qaratilgan ilmiy izlanishlar
muhim ahamiyat kasb etmoqda”
1
.
Jinoyatning subyekti – Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmishni sodir
qilgan va qonunga muvofiq ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan yoshdagi
jismoniy shaxsdir. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasiga ko‘ra, jinoyat
sodir etgunga qadar jinoyat qonunida belgilangan yoshga to‘lgan, aqli raso, jismoniy shaxslar
jinoyatning subyekti bo‘ladi.
1
D.M.Kushbakov Jinoyat subyektining jinoyat-huquqiy tavsifi va xusuiyatlari.12.00.08 – Jinoyat huquqi.
Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, -T.:
– 2021-y. 5-bet.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1313
Amaldagi qonunchilikka asosan, jinoyatning subyekti jismoniy shaxslar bo‘lib, ularga
O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi. Sababi
jismoniy shaxslargina o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi, uning ijtimoiy
xavfli oqibatlariga ko‘zi yetishi va o‘z harakatlarini boshqara olishi mumkin
2
.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasi jismoniy shaxslarning,
aniqrog‘i jinoyat subyektining javobgarligiga oid qoidalarni belgilab beradi.
Umumiy qoidaga ko‘ra, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso
jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Demak, qonunga muvofiq jinoyat subyekti bo‘lish uchun uchta zaruriy belgi bo‘lishi talab
qilinadi:
1. Javobgarlikka tortish yoshiga yetganlik.
2. Aqli rasolik.
3. Jismoniy shaxs bo‘lishi.
Jinoyat subyektining javobgarlik yoshiga nisbatan minimal yosh toifalari belgilangan.
Bundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 17-moddasi 2-qismida
qilmishning ijtimoiy xavfliligi va javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda 14 yosh hamda
boshqa holatlarda ayrim jinoyatlar javobgarlikkatortish yoshi 18 yosh etib belgilangan.
Mazkur yosh jinoyatning ijtimoiy xavfliligi, shaxsning rivojlanish holati, muayyan
lavozimni egallash imkoniyatidan kelib chiqib belgilangan.
Jinoyat subyekti faqat jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin, bu esa O‘zbekiston
Respublikasining jinoyat qonunchiligi bo‘yicha yuridik shaxsning jinoiy javobgarligi bundan
mustasno ekanligini bildiradi. Yuridik shaxslar fuqarolik qonunchiligi bo‘yicha faqat mulkiy
javobgar bo‘ladilar. Ular mabodo jinoyat natijasida mulkiy yoki boshqa zarar yetkazilgan bo‘lsa,
bunda mazkur yuridik shaxsning rahbari jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
Hayvonlar jinoyat subyekti bo‘lishi mumkin emas, masalan, it biror bir odamni tishlab olsa
yoki unint sog‘lig‘ita zarar yetkazsa, uni jinoyat subyekti deya olmaymiz. Sud-tergov amaliyotida
aniqlanishi kerak bo‘lgan yagona holat bu, it jinoyat sodir etish quroli sifatida foydalanilganligi
yoki foydalanilmaganlig‘idir. Masalan, inson tomonidan o‘rgatilgan it buyruq berilishi natijasida
inson sog‘lig‘iga zarar yetkazsa, bunda hayvon tomonidan yetkazilgan zarar uchun uning egasi
javobgarlikka tortiladi. Aytish kerakki, jinoiy javobgarlik shaxs bilan chambarchas bog‘langan
bo‘lib, shaxs o‘zining ijtimoiy xavfli, qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan qilmishi
uchun javobgardir. Bu bilan mazkur holat jinoyat huquqining asoslantirilgan tamoyillari asosida
shaxsning aybini belgilashda ongli va maqsadli jinoiy qilmishi uchun shaxsiy javobgarlik
o‘rnatishga ruxsat beradi.
Shunday qilib, yuridik shaxslarni yoki hayvonlarni emas, balki faqat insonlarni, yaʼni o‘z
qilmishining xususiyatini va ijtimoiy xavflilik darajasini anglab yetish qobiliyagiga ega bo‘lgan,
o‘z qilmishiga hisob bera oladigan va ularni boshqara oladigan aqli raso jismoniy shaxslarni jinoiy
javobgarlikka tortish mumkin.
2
Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD)
X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 75-b.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1314
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida, xususan, 17,18-
moddalarida jinoyat subyektining barcha huquqiy belgilari o‘z ifodasini topgan. Bu esa jinoyat
sodir etgan shaxslarning javobgarlikka tortilishi va ularga nisbatan adolatli jazo tayinlanishiga
zamin yaratmoqda. Shu bilan birga, globallashuv jarayonlari, shakllanayotgan yangi ijtimoiy-
iqtisodiy va huquqiy munosabatlar jinoyat subyektining tavsifi va belgilariga oid chuqur ilmiy
tadqiqotlar olib borish zarurligini taqozo etmoqda
3
.
Maxsus subyektning bir qancha mezonlari mavjud bo‘lib, ular:
1. Fuqarolik holatiga qarab, masalan, JKning 160-moddasiga asosan, josuslik jinoyatining
subyekti faqat chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi mumkin. JKning 156-
moddasiga asosan davlatga xoinlik jinoyatning subyekti esa faqat O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi bo‘lishi mumkin.
2. Jinsiga qarab. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010 yil 29
oktyabrdagi “Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 13-sonli qarorining 2-bandida nomusga tegish jinoyatining
jabrlanuvchisi ayol jinsidagi shaxs bo‘lishi belgilangan.
3. Lavozimiga qarab. Davlat tashkiloti mansabdor shaxsi yoki nodavlat tashkilot
mansabdor shaxsi. Harbiy xizmatchi yoki harbiy mansabdor shaxs. JKning 210-moddasi subyekti
davlat mansabdor shaxsi bo‘lsa, JKning 19211-moddasi subyekti nodavlat mansabdor shaxs
bo‘lishi mumkin. Harbiy jinoyatlarning subyekti esa harbiy xizmatchi (JKning 283-moddasi) yoki
harbiy mansabdor shaxs (JKning 301-moddasi) shifokor yoki tibbiyot xodimi (JKning 114-
moddasi) bo‘lishi mumkin. JKning 230-moddasida belgilangan aybsiz kishini javobgarlikka
tortish subyekti faqat surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror bo‘ladi
4
va boshqa maxsus subyekt
belgilarini ham sanab o‘tish mumkin.
Demak, jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat subyekti mezonlarini (yoshi, kasbi va
boshqalar) aniqlash muhim. Muayyan jinoyat uchun javobgarlikka tortishda jinoyatning maxsus
subyekti barcha mezonlarini inobatga olish lozim. Shu bilan bir qatorda, maxsus subyektli
jinoyatlarda maxsus subyekt bo‘lmagan shaxsning ishtirok etishi uni umumiy jinoyat subyekti
sifatida kelib chiqqan oqibatlarga qarab Jinoyat kodeksi maxsus qismining boshqa tegishli
moddalari bilan javobgarlikka tortishni istisno etmaydi.
Xulosa qilib aytganda, jinoyat qonunchiligiga oid normalarni yana-da takomillashtirish
huquqni qo‘llash amaliyotidagi ayrim muammolarni bartaraf etishga, shu bilan bir qatorda inson
huquqlarini ishonchli himoyasini taʼminlashda muhim hisoblanadi. Bu masalada xorijiy
mamlakatlarning tajribasini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish ham ijobiy ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.
3
D.M.Kushbakov Jinoyat subyektining jinoyat-huquqiy tavsifi va xususiystlari.12.00.08 – Jinoyat huquqi.
Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, -T.:
– 2021-y. 5-bet.
4
X.Karimova.
Jinoyatlarni
kvalifikatsiya
qilishda
jinoyat
subyekti
mezonlarining
ahamiyati.
Yuridikfanlaraxborotnomasi-Vestnik yuridicheskix nauk-Review of Law Sciences 2 (2018) 150-154. 2-bet.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1315
3.
D.M.Kushbakov Jinoyat subyektining jinoyat-huquqiy tavsifi va xususiyatlari.12.00.08 –
Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati, -T.: – 2021-y. 5-bet.
4.
Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun darslik. Mas’ul
muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 75-b.
5.
X.Karimova. Jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishda jinoyat subyekti mezonlarining
ahamiyati. Yuridikfanlaraxborotnomasi-Vestnik yuridicheskix nauk-Review of Law
Sciences 2 (2018) 150-154. 2-bet.