UZBEK LANGUAGE AND ITS DEVELOPMENT

HAC
Google Scholar
To share
Qazaqbayeva, D. . (2024). UZBEK LANGUAGE AND ITS DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(12), 1375–1377. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27615
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the role of language in the life of mankind and the progress of the development of the Uzbek language, the attention given to the language in our country, the fact that the Uzbek language was officially accepted as the state language, and what level the Uzbek language has reached today.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 /

MODERNSCIENCE.UZ

1375

O`ZBEK TILI VA UNING TARAQQIYOTI

Qazaqbayeva Dilafruz Abdullayevna

https://doi.org/10.5281/zenodo.10455964

Annotatsiya. Ushbu maqolada insoniyatning hayotida tilning o`rni va o`zbek tilining

rivojlanish taraqqiyoti, yurtimizda tilga berilayotgan e`tibor, o`zbek tilining davlat tili sifatida
rasman qabul qilinganligi hamda bugungi kunga kelib o`zbek tilining qanday darajaga yetib
kelganligi haqida so`z yuritilgan.

Kalit so`zlar: O`zbek tili, taraqqiyot, fikr, inson, mohiyat, adabiy til, tilshunoslik, tarixiy,

axborot.

UZBEK LANGUAGE AND ITS DEVELOPMENT

Abstract. This article talks about the role of language in the life of mankind and the

progress of the development of the Uzbek language, the attention given to the language in our
country, the fact that the Uzbek language was officially accepted as the state language, and what
level the Uzbek language has reached today.

Key words: Uzbek language, development, thought, human, essence, literary language,

linguistics, historical, information.

УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК И ЕГО РАЗВИТИЕ

Аннотация. В данной статье рассказывается о роли языка в жизни человечества

и ходе развития узбекского языка, о внимании, уделяемом языку в нашей стране, о том,
что узбекский язык был официально признан государственным, и о том, что уровня,
которого достиг сегодня узбекский язык.

Ключевые слова: узбекский язык, развитие, мысль, человек, сущность,

литературный язык, лингвистика, историческая, информация.


Til inson hayotida muhim rol o‘ynaydigan hodisadir. Insonning butun hayoti til bilan

bog‘langan bo‘lib, til yordamida insonlar o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shu
bilan birga, inson tili nihoyat darajada murakkab, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan sifatlarni
o‘zida mujassamlashtirgan hodisadir.

Til kishilik jamiyatida eng muhim aloqa quroli bo‘lib, insoniyatning uzoq davom etgan

tarixiy taraqqiyoti jaroyinida yaratilgan barcha madaniy va ilmiy boyliklarni saqlaydigan va
avloddan-avlodga yetkazib beradigan asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Tilning tabiati,
mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi kabi muhim masalalar ilmiy o‘rganishni talab
qiladi.

XX asr oxirida tilga ijtimoiy hodisa sifatida qarash g‘oyasi kеng yoyilgan. Chunki

jahondagi ko‘pgina mamlakatlar o‘z mustaqilligiga erishib, davlat tili yoki rasmiy til maqomiga
ham ega bo‘lgan. 1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasining
muhokamasidan so‘ng o‘zbеk tili davlat tili dеb e’lon qilindi va bu tarixiy hodisa mustaqillikdan
ikki yil oldin ro‘y bеrdi.

Til haqidagi qonunning qabul qilinishi ona tilimiz bo‘lmish o‘zbek tilining muhofazasini

ta’minladi. Hayotimizning barcha sohalarida ona tilimizdan keng qo‘llanila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqil suveren davlat sifatida dunyo xaritasidan joy olishi esa mazkur
qonunning kuchini yanada oshirdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 /

MODERNSCIENCE.UZ

1376

Turkiy tillarni tasniflash va uning taraqqiyoti tarixini davrlashtirish bilan bog‘liq ravishda

o‘zbek adabiy til tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtiriladi. Jumladan, S.Ye.Malov
o‘zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo‘lib o‘rganadi:

1) Uyg'ur adabiy tili;
2) Chig‘atoy adabiy tili;
3) O`zbek adabiy tili
Til taraqqiyotining yuqorida ko‘rsatilgan uch tomoni va adabiy til tarixini o‘rganishning

uch jihati nuqtai nazaridan uning taraqqiyot davrlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi til
tizimining quyidagi asosiy belgilarini ko‘rsatish mumkin. Bu belgilar esa til taraqqiyoti
davrlarini, bosqichlarini aniqlash imkoniyatini beradi:

1. Adabiy til uslublarining miqdori, ularning o‘zaro munosabati va ijtimoiy vazifalari.
2. Adabiy til uslublari hamda uning turlarini aniqlashda asos bo‘lgan tuzilma va

funksional belgilar.

3. Adabiy til tuzilmasi, uning ko`lami va ijtimoiy vazifalari hamda u bilan so‘zlashuv

nutqi ko'rinishlarining o'zaro bog‘liqligi.

Tilshunoslikda zamonaviy yo‘nalishlar. Tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va

rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi
o‘rni, ichki tuzilishi tilning tasnifi, uni tahlil qi-lish usullari va shu

kabi

masalalarni

o‘rganadigan fandir. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liqligi
tufayli til sotsiologlar tomonidan ham o‘rganiladi. Jamiyat tarixiy taraqqiyoti jarayonida sodir
bo‘lgan voqea va ho-disalar tilda aks etmay qolmaydi.

Til va boshqa aloqa vositalari orasida o‘xshashlik va farqlar mavjud.
Bu vositalarni bir biri bilan birlashtiradigan xususiyatlar quyidagilar:
- fikr va hissiyotlarni ifodalaydi;
- ijtimoiy, chunki jamiyat tomonidan yaratilib, unga xizmat qiladi;
-

moddiy

(tovush

to‘lqinlari,

grafik

chizmalar

va

boshqa

vositalar

orqali amalga oshiriladi);

- obektiv borliqni aks ettiradi.

Ular o‘rtasida quyidagi farqlar bor:
- til fikr va hissiyotlarni ifoda qiluvchi vosita. Inson uni barcha faoliyatida qo‘llaydi.
Boshqa aloqa vositalarining ishlatilish ko‘lami cheklangan, masalan, ko‘cha harakati

belgilari asosan haydovchilarga xizmat qiladi, boshqa yerda ishlatilmaydi;

- til quruq axborotning o‘zinigina bir shaxsdan ikkinchi shaxsga yetkazmasdan, balki

gapiruvchining bu axborotga munosabatini, uning xohish- istagi va bahosi, ruhiy holatini aks
ettiradi;

- tildan boshqa barcha signal sistemalari sun’iydir.
Ular odamlar tomonidan yaratiladi va sharoitga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining, ma`lumki, bir qator tarixiy ildizlari bor:
a) eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo‘lgan davr);
b) qadimgi turkiy til(VII-XI asrlar);
v) eski turkiy til (XIXIII asrlar);
g) eski o‘zbek adabiy tili (XIV-XIX asrlar);


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 /

MODERNSCIENCE.UZ

1377

d) yangi o‘zbek adabiy tili ( XIX asrning oxiri – XX-asrning 20-yillari).
Hozirgi o‘zbek adabiy tili ana shu tarixiy ildizlardan o‘sib chiqib, o‘zbek milliy tilining

oliy formasi darajasiga ko‘tarilgan. O‘zbek tilshunosligida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyot
bosqichlarini boshqacharoq tasnif qilish holatlari ham uchraydi.

O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlarini ko‘zdan kechirish qadimgi turkiy tildan Hozirgi

o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan lisoniy taraqqiyot dinamikasini kuzatish, Hozirgi o‘zbek adabiy
tilining qadimgi turkiy, e
ski turkiy va eski O‘zbek adabiy tillaridan farqlarini aniqlash imkonini
beradi.

Bunday farqlarning paydo bo‘lishi, odatda, ikki omilga asoslanadi:
1) muayyan tilning ichki taraqqiyot qonuniyatlariga - tilning o‘zidagi sistemaviy va
strukturaviy hodisalar munosabatiga;
2) ikki yoki undan ortiq tillar o‘rtasidagi kontaktga (interstrat munosabatiga).
O‘zbek tili taraqqiyotida eng qadimgi turkiy til va qadimgi turkiy til substrat (asos

til) vazifasini, arab, tojik-fors va rus tillari esa superstrat (ustama til) vazifasini o`tagan. Substrat
va superstrat tillar o‘rtasidagi aloqa odatda bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (ko‘p
tillilik) sharoitida yuzaga keladi va tillar substratsiyasi deb ataladi: turkiy-arab, turkiy-fors,
o‘zbek-arab, o‘zbektojik, o‘zbek-rus ikki tilliliklari sharoitida asos til bilan ustama tillar o‘rtasida
bog‘langan aloqalar ana shunday substratsiyalar sanaladi. Ayni shu omillar (ichki taraqqiyot
qonuniyatlari bilan birga) qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek adabiy tiligacha bo‘lgan davrda
til strukturasida qator o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan.

Oʻzbek tili bugungi kungacha koʻp ming yillik tarixiy taraqqiyot yoʻlini mardonavor

bosib kelmoqda. Oʻrxun-Enasoy yodgorliklaridagi bitiklardan tortib hozirgi davrgacha yaratib
kelinayotgan ilmiy, adabiy, maʼnaviy-maʼrifiy manbalar oʻzbek tilining shakllanish va
rivojlanish tendensiyalari, adabiy ifodasi, maʼno qatlamlari, lugʻat tarkibi toʻgʻrisida atroflicha
va asosli maʼlumotlar bera oladi.

Bugun ham tilimizga boʻlgan hurmatsizlik holatlar uchramoqda. Biz yoshlar ham xuddi

Navoiy bobomizdek, tilimiz qaddini hamisha sarbaland etmogʻimiz shart. Tilimiz bilan bogʻliq
muammolarning yechimi esa-ona tilimizni sevish, uni ardoqlash bilan bogʻliqdir. Mana shu
pallada koʻp narsa bizga bogʻliqdir. Bir yoqadan bosh chiqarib, tilimiz himoyasi uchun
birlashishimiz, katta maydonga chiqishimiz shart.


REFERENCES

1.

Usmon Sanaqulov – O`zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (V-XIV)

References

Usmon Sanaqulov – O`zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (V-XIV)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов