IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

HAC
Google Scholar
To share
Khikmatova, D. (2024). IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28098
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi jamiyatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari, iqtisodiyotni raqamlashtirishda innovatsion texnologiyalarga talabni rivojlantirish tahlil qilingan, “Innovatsiya” tushunchasi yangilik sifatida va iktisodiy kategoriya sifatida ochib berilgan, rakamlashtirish innovatsion rivojlanishga yunaltirilgan iktisodiy jarayonlarni xarakatlantiruvchi sharoitlarda innovatsiyalarni joriy etish xususiyatlari kurib chikilgan


background image

IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISHDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

D.Sh.Khikmatova, O’qituvchi

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti, 100149, Toshkent shahar, Gavhar ko’chasi, 1

Telefon raqam: +998997272999,

dildosh.dh@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467726

Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, innovatsion platformalar, innovatsion texnologiyalar, tarmoq

effekti, telekommunikatsiya infratuzilmasi, iqtisodiyot tarmoqlari

Annotatsiya:

Ushbu maqolada hozirgi jamiyatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish tendentsiyalari, iqtisodiyotni
raqamlashtirishda innovatsion texnologiyalarga talabni rivojlantirish tahlil qilingan, “Innovatsiya”
tushunchasi yangilik sifatida va iktisodiy kategoriya sifatida ochib berilgan, rakamlashtirish innovatsion
rivojlanishga yunaltirilgan iktisodiy jarayonlarni xarakatlantiruvchi sharoitlarda innovatsiyalarni joriy etish
xususiyatlari kurib chikilgan

1 KIRISH

Mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirish,

raqamli texnologiyalar kirib bormagan soha qolmadi
hisob.

Jarayonlarni

raqamlashtirish

orqali

xalqimizning og‘iri yengi, uzog‘i yaqin bo‘lmoqda.

Hozirgi zamonning eng katta yutuqlaridan biri,
shiddatli rivojlanish omili

iqtisodiyotning

raqamlashtirilishidir. Bu yutuq aynan ilm-fan va
ma'rifat

taraqqiyotining

mevasidir.

Raqamli

iqtisodiyot va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha

samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan
kirib kelmoqda. Mamlakatimizda ilm-fanni yanada
ravnaq toptirish, yoshlarni chuqur bilim, yuksak
ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash,
raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida
boshlangan ishlarni jadal davom ettirish va yangi,

zamonaviy

bosqichga

ko‘tarish

maqsadida

O

‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyev

ta'kidlaganlaridek,

“Taraqqiyotga

erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy
axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.

Bu bizga yuksalishning eng qiska yo‘lidan borish

imkoniyatini beradi. Shunga asoslanib, Oliy Majlis
Senati

va

Qonunchilik

palatasiga

qilgan

Murojaatnomasida “2020 yil –

Ilm-ma'rifat va

raqamli iqtisodiyot yili” deb e'lon kilindi. Buning

zamirida

chuqur

ma'no

va

mazmun

mujassamlashtirilgan, chunki, ilm-fan, ma'naviyat-
ma'rifatga tikilgan sarmoya buyuk kelajak uchun
kiritilgan investitsiyadir [1, 2].

Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va

iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli
sezilarli darajada o‘sib bormokda. Zamonaviy

texnologiyalar va innovatsion platformalar mijozlar,
xamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy
muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va
jismoniy shaxslarga harajatlarni qiskartirishda

yordam bermoqda, shuningdek, o‘zaro muloqotni
yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat

yaratmoqda. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan,
raqamli yoki elekt

ron iqtisodiyot paydo bo‘ldi.

Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh
manba

tranzaktsion sektorning o‘sishi hisoblanadi.

Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich YaIMning

70 foizdan ortiq miqdorini tashkil etib, davlat
boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat

ko‘rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo,

shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy
va ijtimoiy) birlashtiradi.

Raqamli iqtisodiyot

bu iqtisodiy, ijtimoiy va

madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash

asosida amalga shirish tizimidir. Ba'zida u internet


background image

iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot
degan terminlar bilan ham ifodalanadi.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish avvalo, insonlarning

turmush xayot darajasini sezilarli darajada oshiradi,
bu uning asosiy foydasidir. Yana bir asosiy jihati

korruptsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy

kushandasi hisoblanadi. Chunki raqamlar hamma
narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda
ma'lumotlarni tez taqdim etadi [3,4].

Iqtisodiyotni

rivojlantirish,

iqtisodiyotni

raqamlashtirishda

innovatsion

texnologiyalarni

rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish
orqali tizimning salohiyati va samaradorligini

oshirishga ko‘maklashish tadqiqot ishining maqsadi

hisoblanadi. Tadqiqotning vazifalari esa sanoatda
raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish

bosqichlarini tadqiq qilish va uning o‘ziga xos

xususiyatlarini asoslash, yuqori texnologiyali

mahsulotlar ulushini oshirishni rag‘batlantirish,
ishlab chiqarishni ko‘paytir

ish, ishlab chiqarish va

eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion

texnologiyalar va ilg‘or boshqaruvni qo‘llashni

kengaytirishga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlashdan
iboratdir. Tadqiqot muammosi sifatida raqamli
iqtisodiyot institutlarini barpo etish va rivojlantirish,
zamonaviy davlatda innovatsion komponentni
shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish

imkoniyatlari

o‘rganib

chiqildi.

Raqamli

texnologiyalardan foydalanish darajasi davlat va
jamiyatni

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishning

istiqbolli yo‘nalishlari dinamikasini belgilab beradi.
Innovatsiyalar bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonlarni

jadallashtirishning harakatlantiruvchi kuchi sifatida
zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
xususiyatlari

zamonaviy

tadqiqotchilar,

shu

jumladan, O.V.Bartyuk, I.L.Kovalev, L.I.Ushvitskiy

va boshka mualliflar ishlarida ko‘rib chiqilgan [5,6].

Tadqiqot maqsadi

raqamli iqtisodiyotning

zamonaviy sharoitida innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yish
xususiyatlarini ko‘rib chiqishdir. Zamonaviy iqtisod

sharoitida aynan bilimlarga asoslangan innovatsion

iqtisodiyotni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish

istiqbollariga erishish va davlatning jahon bozorida
raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Innovatsiya

bu ilmiy va tadbirkorlik faoliyatining yakuniy natijasi

holidagi yangilik bo‘lib, ilmiy loyixaga sarmoya

sifatida talqin etiladi. Innovatsiyalar iqtisodiy
kategoriya sifatida innovatsion jarayonlarda ishtirok

etuvchi bilimlar majmui sifatida qaraladi va o‘z

navbatida bu iqtisodiy samara beradigan va
zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan

texnologik

o‘zgarishlarni

belgilovchi

kuch

hisoblanadi. Innovatsiyalarning roli doimiy ravishda

o‘sib bormoqda va innovatsiya, innovatsion jarayon,

innovatsion salohiyat, innovatsion texnologiya,

raqamlashtirish tushunchalari bilan bog‘liq. Bu jihat
innovatsion rivojlanish dinamikasini ko‘rsatadigan

harakat elementlarining mavjudligini ta'riflaydi.
Ustuvor innovatsion rivojlanishni amalga oshirish
ichki innovatsion salohiyat va boshqaruvning
samarali ta'siri tufayli yuzaga keladi. Innovatsion
rivojlanish strategiyasi davlatdagi innovatsion
jarayonlarni

tartibga

solish,

innovatsion

texnologiyalardan samarali foydalanish uchun ishlab
chiqilgan [6,7].

Innovatsion rivojlanish har qanday hajmdagi va

har qanday o‘ziga xoslikdagi korxona va tashkilotlar
uchun dolzarbdir. Xalqaro ko‘lamdagi tendentsiyalar
(o‘zib ketayotgan texnologiyalarning paydo bo‘lishi,

raqamlashtirish

va

mahsulotlarning

hayot

aylanmasining tezlashishi) aksariyat sohalarda tub

o‘zgarishlarga olib keladi. Qiymat zanjirlari
o‘zgarmoqda, rentabellik zonalari surilib ketmoqda,
yangi sub'ektlar paydo bo‘lmoqda –

bu iqtisodiyot

tarmoqlaridagi kuchlar muvozanatining o‘zgarishiga

keskin ta'sir qi

ladi, yangi g‘oyalar va ishlanmalarni

ilgari surishni sezilarli darajada tezlashtirmoqda.
Yangi imkoniyat va tahdidlarning chastotasi,
shuningdek, ularni bozorlarga kirib borish tezligi
ortib bormoqda.

Innovatsiyalar davlat uchun katta imtiyozlar bilan

ta'riflanadi, chunki turli darajadagi innovatsion

faollik Yalpi Ichki Mahsulotning o‘sishida
(hosildorlikning

o‘sishi,

aholining

ixtiyoriy

daromadlari va soliq tushumlari natijasida) o‘z aksini

topadi va alohida tarmoqlarning jadal rivojlanishini
ta'minlaydi. Shu bilan birga, shuni hisobga olish
kerakki, innovatsiyalarning asosiy samarasiga turli

soha va yo‘nalishlarda mahsuldorlikni oshirish va
texnologik o‘zib ketishlar orqali erishiladi, xususan,

texnolo

gik innovatsiyalar ilg‘or texnologiyalar va

ichki jarayonlarni tashkil etishdagi yondashuvlarni
joriy etish orqali samaradorlikni bevosita oshiradi
[6,7].

2. XULOSA

Xulosa o‘rnida aytish joizki, insoniyat

taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat
boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan

bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Mamlakatimiz

taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot
rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov
darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun
iqtisodiyotni

raqamlashtirishda

innovatsion


background image

texnologiyalarni rivojlantirishning quyidagi asosiy

shartlari va ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tish

maqsadga muvofiq:

instituttsional muhit va raqamli

infratuzilmani yaratish, raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish;

rivojlangan mamlakatlar darajasida

internet global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan
imkon qadar to‘liq qoplashni bosqichma

-bosqich

ta'minlash;

raqamli iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha

kadrlar tayyorlash

ko‘lamini kengaytirish va chuqur

bilimga ega malakali dasturchilar va injener-texnik
xodimlarni yetishtirish;

raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy

tadqiqot ishlarini qo‘llab quvvatlash, aholining keng
qatlamlari o‘rtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib

qilish, ilmiy hamjamiyat va hususiy sohalarida

innovatsion loyihalarni qo‘llab quvvatlash, raqamli
iqtisodiyot

sohasida

“startap”

loyihalarni

rag‘bat

lantirish;

raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro

hamkorlikni mustahkamlash.

ilmiy bilimlar talab qiladigan

mahsulotlar hajmini va aholining daromadlarini

oshirib, byudjetning har xil tushumlarini ko‘paytirish;

yangi turdagi ishlab chiqarish

korxonalari va zamonaviy texnologiyalarni keng
miqyosda jalb qilish.

3. FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR

[1]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021

yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar

strategiyasini «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat

dasturi to‘g‘risida”gi farmoni, 2020 yil 2 martdagi PF-
5053-sonli Farmoni.

[2]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28

apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni
keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4699-
son qarori.

[3]

www.tsue.uz

-

Toshkent

Davlat

Iqtisodiyot

Universiteti rasmiy sayti ma'lumotlari.

[4]

www.kun.uz

[5]

Bartyuk

O.V.

Faktorы

innovatsionnogo

ekonomicheskogo rosta Rossii [Elektronnыy resurs] //
Internet- jurnal «Naukovedeniye». – 2014. – № 6.

[6]

Kovalev I.L. Sifrovaya transformatsiya kak katalizator
innovatsionnыx protsessov v ekonomike // Bolьshaya

Yevraziya: Razvitiye, bezopasnostь, sotrudnichestvo.

– 2019. – № 2-1. – B. 374–380.

[7]

Ushvitskiy L.I., Ter-Grigorьyants A.A., Solovьeva
I.V. Faktorы i usloviya innovatsionnogo razvitiya
ekonomiki // Mir nauki, kulьturы, obrazovaniya. –
2014. – № 6 (49). – B. 271–276.

[8]

S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullayev, G.R.
Baltabayeva.

Raqamli

iqtisodiyotda

blokcheyn

texnologiyalar. T.: TMI, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti,
2019 y.

[9]

Jukovskaya I.E. Sifrovыye platformы – osnovnoy

instrument transformatsii informatsionnыx protsessov
v usloviyax formirovaniya sifrovoy ekonomiki. //
Bizness-Ekspert. 2020. №6 (150).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов