Kasbiy Mobillikni Shakllantirish- Bolajak Mutaxassislarni Tayyorlashning Bosh Omili Sifatida

HAC
Google Scholar
To share
Tuychiyeva, S., & Salayeva, M. . (2024). Kasbiy Mobillikni Shakllantirish- Bolajak Mutaxassislarni Tayyorlashning Bosh Omili Sifatida. Modern Science and Research, 3(1), 1–7. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28143
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article deals with the issues of formation of professional mobility of teachers-educators of the future preschool educational organization.

Similar Articles


background image

1

Kasbiy Mobillikni Shakllantirish- Bolajak Mutaxassislarni

Tayyorlashning Bosh Omili Sifatida

Tuychiyeva Saodat Tuychiyeva

1

, Salayeva Muborak Saburovna

2

psixologiya f.n., Toshkent Amaliy fanlar universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri, Toshkent, Oʻzbekiston

psixologiya f.n., Toshkent Amaliy fanlar universiteti dotsenti, Toshkent, Oʻzbekiston,

muborakxon71@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10466989


Annotatsiya:
Maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarining kasbiy mobilligini

shakllantirish masalalari yoritilgan.

Kalit so’zlar: maktabgacha ta’lim, pedagog-tarbiyachi, kasbiy mobillik, maktabgacha ta’lim dasturi, bolalar ta’limi,

kasbiy faoliyat, kasbiy rivojlanish trayektoriyasi, kasbiy bilim, ijtimoiy tajriba.

Аннотация: В статье рассмотрены вопросы формирования профессиональной мобильности педагогов-

воспитателей будущей дошкольной образовательной организации.

Ключевые слова: дошкольное образование, педагог-воспитатель, профессиональная мобильность, программа

дошкольного образования, образование детей, профессиональная деятельность, траектория профессионального
развития, профессиональные знания, социальный опыт.

Abstract: The article deals with the issues of formation of professional mobility of teachers-educators of the future

preschool educational organization.

Key words: preschool education, teacher-educator, professional mobility, preschool education program, children's

education, professional activity, professional development trajectory, professional knowledge, social experience.

I KIRISH

Konfutsiy:

“Eskini o‘zlashtirgan va yangini

tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo‘la
oladi”

degan edi. Mustaqillikning dastlabki

yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta’lim-
tarbiya, ilm-fan, kasb-hunarga o‘rgatish sohalarini
isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Bugungi kunda tarbiya jarayonida ham qator
o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. SHuni ta’kidlash
lozimki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir.
An’anaviy sharqona karashga ko‘ra, ma’rifatlilik
faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur
ma’naviyat va go‘zal axloq degani hamdir.

Bir

ijtimoiy

jamiyatning

ikkinchisiga

almashishi, shuningdek, milliy mustaqillik va
uning ne’matlari, respublikamiz fuqarolarida tub
o‘zgarishlarni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg‘u,
qiyofa, xarakter, ta’b, kuy, raqs, ma’naviyat,
qadriyat hamda ruhiyat ta’siri ostida o‘zining tub
mohiyatini aks ettira boshladi. O‘tmishning boy
merosi, uning an’analari milliy istiqlol tufayli o‘z
egalariga qaytarib berildi. Fuqarolarning ijtimoiy
ongi

asta-sekin

o‘zgarib borishi natijasida

etnopsixologik xususiyatlar tiklana boshladi, milliy,
umumbashariylik xislatlari o‘rtasida adolatlilik, teng
huquqlilik aloqalari o‘rnatilmoqda.

Pedagog-psixologning kasbiy kompetentligi –

ko‘p omilli holat bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni
oladi:

-pedagog-psixologning nazariy bilimlari;
- ularni aniq pedagog-psixologik holatlarda

qo‘llay bilishi;

-

pedagog-psixologning

muhim

orientatsiyalari;

- kasbiy kompetensiyalarning egallanganlik va

pedagog-psixologik

faoliyatda

qo‘llanilishi,

shuningdek,

uning

uyg‘unlashgan

madaniy

ko‘rsatkichlari (nutqi, muomala usuli, o‘ziga va o‘z
faliyatiga

munosabati,

boshqa

bilimlarga

munosabati).

Kompetentli pedagog-psixolog o‘zida kasbiy

pedagog-psixologik,

ijtimoiy

sifatlarni

yuqori

saviyada uyg‘unlashtiradi.

“Yanada ko‘proq ishlash” uchun iborasi ba’zi

oliy ta’limda ishlayotgan pedagog-psixologlarimiz
uchun erish tuyulishi mumkin va “Nahotki kam
ishlayotgan bo‘lsak?” deb taajjublanishi mumkin.
Bugungi kunda shudday shiddatli, informatsion rang-
barang zamon va makonda yashayapmiz-ki, yoshlar
informatsion savodxonlik jihatdan biz pedagog-
psixologlardan ilgarilab ketishmoqda. Bu degani
pedagog-psixologlar har kuni bor bilimi, ko‘nikmasi
va malakasini mustahkamlashi emas, balki har kuni
yangi

ma’lumotlar

bilan

bilimi,

malakasini

takomillashtirib borishi kerak. Bunda esa ulardan
tanqidiy savodxonlik kompetensiyasi talab etiladi. Bu
borada tanqidiy kompetentlik, eng avvalo, pedagog-
psixolog kasbiy faoliyati samaradorligini belgilashga
va shaxs barkamolligini ta’minlashga xizmat qilishi
tayin.

Zero,

mazkur

muammo

doirasida

tadqiqotimizda to‘plangan ma’lumotlar alohida
ahamiyatga ega bo‘lib, unda kasbiy kompetentlik
talablariga mos ravishda pedagog-psixologlarda o‘z
ustida ishlash ehtiyojini yanada oshirishga xizmat
qiladi.

Kasbiy-pedagog-psixologik

faoliyatning

muvaffaqiyati

xususiy

pedagog-psixologik


background image

2

qobiliyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Pedagog-psixologik
qobiliyatlarning quyidagi guruhlari farqlanadi:

obyektga (talabaga) nisbatan sezgirlik;

kommunikativlik – insonlarga yuz tutish,

xayrixohlik, muomalalik;

perseptiv qobiliyatlar – kasbiy etuklik,

empatiya, pedagog-psixologik tuyg‘u;

shaxs dinamikasi – irodaga ta’sir eta

olish va mantiqiy ishontira olish qobiliyati;

hissiy barqarorlik - o‘zini boshqara olish;

kreativlik – ijodiy ish qobiliyati.

Pedagog-psixologik jarayonga qaratilgan

pedagog-psixologik qobiliyatlarga quyidagilar
kiradi:

boshqa insonning ichki holatini to‘g‘ri

baholash, unga hamdardlik bildirish, hamnafas
bo‘lish qobiliyati (empatiya qobiliyati);

taqlid qilish uchun namuna bo‘lish

qobiliyati;

tarbiya

jarayonida

individual

xususiyatlarni inobatga olish qobiliyati;

muloqotning lozim topilgan uslubini, o‘z

o‘rnini topish, kelisha olish qobiliyati;

hurmat qozonish, talabalar O‘rtasida

obro‘ga ega bo‘lish qobiliyati.

2 Material va metodlar

Zamonaviy ta’limning vazifalaridan biri

insonning tez o’zgaruvchan sharoitlarda - ham
ijtimoiy,

ham

kasbiy

faoliyatga

tayyorligini

ta’minlashdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi
bilim va tajribalarning tez eskirib borayotgani
bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarning yangi kasbiy
bilimlarni mustaqil o’zlashtirish va ularni o’z
faoliyatida qo’llash ko’nikmasi orqali yangi mehnat
sharoitlariga moslashtirishni taqozo etadi.

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda

turli shakldagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim
tashkilotlari tarmoqlari shakllangan. Masalan, oliy
ta’lim muassasalari huzurida professor-o’qituvchilar
farzandlari uchun tashkil etilgan maktabgacha ta’lim
guruhlari, umumiy o’rta ta’lim maktablari qoshidagi
maktabgacha ta’lim guruhlari, o’quv markazlaridagi
qisqa muddatli maktabga tayyorlov guruhlari va
xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari turlari
mavjud.

Shuningdek,

maktabgacha

yoshdagi

bolalarning ota-onalari ehtiyojlariga yo’naltirilgan
pullik ta’lim xizmatlari - o’qish, chet tillari,
xoreografiya, musiqa asboblarini o’rgatish kabi
yo’nalishlar faollashtirilgan.

Demak, bundan maktabgacha ta’lim bugungi

kunda aholiga katta hajmdagi ta’lim-tarbiya
xizmatlarini

ko’rsatishga

yo’naltirilganligini

ko’rinishimiz

mumkin.

Ayniqsa,

bolalarni

rivojlantirish, ularni erta ijobiy ijtimoiylashtirish,

maktabga tayyorligini ta’minlash va oilalarning turli
ehtiyojlariga moslashish va h.k.

Shu

munosabat

bilan

mamlakatimizda

maktabgacha ta’lim tizimi oldiga yangi talablar
qo’yilishi maktabgacha ta’lim tashkilotining bo’lajak
tarbiyachi-pedagoglarini kasbiy tayyorlash jarayonida
ham yangicha o’zgarishlar kiritilishini taqozo
qilmoqda[1, 2].

Bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarni kasbiy

tayyorlash jarayonini tashkil etishda butun e’tibor
maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyoj, qiziqish
va istaklarini hisobga olgan holda ta’lim muhitiga
moslashuvchanligini

ta’minlay

oladigan

mutaxassislarni etkazib chiqarilishiga qaratilmoqda.
Bunda, eng avvalo, bo’lajak tarbiyachi-pedagoglar
maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiylashuvini
muvaffaqiyatli ta’minlashlari uchun maktabgacha
ta’lim dasturini to’laqonli o’zlashtirishlari va ularning
oilalari bilan o’zaro munosabatlarni o’rnata olishlari
darkor.

Maktabgacha ta’lim tizimini modernizatsiya

qilish undagi ta’lim-tarbiya jarayonini bolalar
faolligiga asoslangan holda ularni kattalar bilan
birgalikdagi faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan
modelini o’zlashtirish zarurligini belgilaydi [3, 4].
Biroq,

bugungi

kunda

bo’lajak

tarbiyachi-

pedagoglarning

maktabgacha

yoshdagi

bolalar

ta’limini tashkil etishda o’quv va intizomiy modeli
doirasida ish tutishlari ustunligini ko’rishimiz
mumkin. Ular ta’lim-tarbiya jarayonida bolalar bilan
qadriyatli mazmunga ega bo’lgan tenglikni nazarda
tutadigan

faoliyat

modelini

qabul

qilishda

qiyinchiliklarga

duch

keladilar.

Qadriyatli

mazmunga ega

ta’limda shaxsning xulq-atvori

mo’ljalga

olinib,

ularning

insonparvarlikka

yo’nalganligi aniqlanadi.

Ayni paytda ham maktabgacha ta’lim

sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar davom
etmoqda, chunki maktabgacha ta’lim dinamikasi
doimiy

ravishda

o’sib

borayotgan

ijtimoiy

jarayonlarga javob beradi [5, 6]. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida

tarbiyachi-pedagoglarning

kasbda

o’zini namoyon qilishi va zamonaviy jamiyatda
o’zini qulay his qilishi, mehnat bozoridagi talabga
javob berishi uchun yangi mehnat sharoitlariga tezda
moslashishi

va

ijtimoiy-kasbiy

faoliyatning

navbatdagi o’zgarishlariga tayyorgarligini taqozo
qiladi.

Demak,

pedagog-tarbiyachining

kasbiy

mobilligi

unga

kasbiy

faoliyat

mazmunidagi

oʻzgarishlarga

tez

moslashish

qobiliyatini

taʼminlovchi zaruriy shartga aylanadi [7, 8]. Bu esa,
o’z navbatida, maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyachi-pedagoglarning

kasbiy

mobilligini


background image

3

shakllantirish bugungi kunda eng muhim dolzarb
muammolardan biri ekanligini ko’rsatadi.

Ilmiy manbalar va olib borilgan tadqiqotlar

tahlili shuni ko’rsatadiki, pedagogika va psixologiya
sohalarida ushbu muammoni nazariy tushunishga
imkon beradigan bir qancha asos-dalillar mavjud.

2.1.

ADABIYOTLAR TAXLILI

"Mobillik"

tushunchasiga

dastavval

psixologik tadqiqotlar negizida aniqlik kiritilgan.
Jumladan, rus psixologlari - Yu.Yu.Dvoretskaya,
G.E.Zborovskiy,

E.A.Nikitina,

I.V.Nikulina

va

M.N.Rutkevichlar mobillikni kognitiv va kasbiy
sohalarda

harakat

qilish

qobiliyati

sifatida

o’rganilgan bo’lsa, G.E. Zborovskiy, M.N. Rutkevich
va E.A.Nikitinalar tomonidan esa insonni doimiy
ravishda o’zgarib turadigan atrof-muhit sharoitlariga,
shaxsga sub'ektivlik va kasbiy xulq-atvor resurslarini
boshqarishga

imkon

beradigan

moslashish

mexanizmi sifatida tadqiq qilingan [9, 10].

Shuningdek,

rus

pedagog

olimlari

L.V.Vershinina,

L.V.Goryunova,

S.G.Jeltova,

B.M.Igoshev, Yu.I.Kalinovskiy, I.V.Nikulina, va
S.V.Nujnovalar kasbiy mobillik shaxsning muhim
sifati yoki qobiliyati ekanligini o’rganishgan bo’lsa,
L.A.Amirova,

T.V.Kanaeva,

G.N.Sokolova

va

I.V.Shcherbakovlar kasbiy mobillik shakllanish
jarayonini tadqiq qilishgan. Ayniqsa, L.V.Vershinina,
L.V.Goryunova, T.V.Kanaeva, D.S.Murashov va
L.A.Sorokinalar kasbiy mobillikni vertikal va
gorizontal yo’nalishlar bo’yicha tadqiq qilishga
musharraf bo’lganlar. Ya’ni kasbiy mobillikning
vertikal yo’nalishida - mutaxassisning martaba
zinapoyasi

bo’ylab

ko’tarilishi,

gorizontal

yo’nalishida, odamning bir lavozimdan ikkinchisiga
yoki bir muassasadan boshqasiga o’tishi aniqlangan
[11, 12].

L.A.Amirova,

L.V.Goryunova,

B.M.Igoshev, Yu.I.Kalinovskiy, I.V.Nikulina, va
S.V.Nujnovalarning tadqiqotlarida kasbiy mobil
shaxsning zarur shaxsiy fazilatlari orasida yuqori
ijtimoiy

faollik,

moslashuvchanlik,

ijodkorlik,

egiluvchanlik kabi sifatlar to’g’risida fikr bildirilgan
[13, 14].

Yuqorida

keltirilgan

tadqiqotlari

samaradorligini ta’kidlab, shuni ham e'tirof etish
kerakki, bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti
tarbiyachi-pedagoglarining

kasbiy

mobilligini

shakllantirish muammosi hali hanuz pedagogika va
psixologiya sohalari doirasida maxsus tadqiqot
ob’ekti sifatida to’liq tadqiq qilinmagan. Ilmiy
bilimlardagi bu bo’shliqni to’ldirish uchun dastlab
maktabgacha

ta’lim

tashkilotlari

tarbiyachi-

pedagoglarning

kasbiy

mobilligini

o’rganish

jarayonida yuzaga keladigan muammolar aniqlash,
maktabgacha

ta’lim

tashkilotlari

tarbiyachi-

pedagoglarning kasbiy faoliyatini ilmiy jihatdan
tadqiq qilish zarur. Bunda, asosan, bo’lajak
tarbiyachi-pedagoglarni tayyorlash jarayonida kasbiy
mobilligini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan
pedagogik

shart-sharoitlarni

o’rganish, kasbiy

mobillikni shakllantirish modelini ishlab chiqish va
uning komponentlari rivojlanishini ta’minlaydigan
mazmun, shakl va usullarini aniqlash zarur.

Pedagogika

va

psixologiya

sohalari

amaliyotidagi

ushbu

muammolarning

manbai

mamlakatimiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarida
kasbiy

mobil

tarbiyachi-pedagoglariga

bo’lgan

ehtiyojning kundan-kunga ortib borayotganligi va
bunday mobillikni shakllantirish modelini ishlab
chiqish uchun esa nazariy asoslarning etarli darajada
taqdim etilmayotganligi o’rtasida ziddiyatlar mavzud
[15, 16]. Mazkur qarama-qarshilikni hal qilish
yo’llarini topish istagi bizni mana shu tadqiqot
mavzumizni tanlash imkonini berdi. Tadqiqotimiz
muammosi nazariy jihatdan – maktabgacha ta’lim
muassasasi bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarini oliy
ta’lim muassasalarida tayyorlash jarayonida kasbiy
mobilligini shakllantirish modelini ishlab chiqish
bo’lsa, amaliy jihatdan - ularning kasbiy mobilligini
rivojlantirishni ta’minlaydigan pedagogik shart-
sharoitlarni aniqlash bilan belgilanadi.

Biroq, hozirgi jamiyatni modernizatsiyalash

sharoitida

maktabgacha

ta’lim

tizimida

bir

mutaxassislik

doirasida

ham,

turdosh

mutaxassisliklarni o’zlashtirishda ham o’z kasbiy
professionalizmini oshirishga qodir bo’lgan pedagog
kadrlarga bo’lgan ehtiyoji bilan ularning keyingi
faoliyat

davomida

kasbiy

kompetentsiyalarni

mustaqil to’ldirib borish zarurligini anglamasligi
o’rtasida ham ziddiyatlar mavjud. Bu ziddiyatlar
asosan kasbiy bilim va kasbiy fazilatlar, jumladan,
faollik, ijodkorlik, moslashuvchanlik, egiluvchanlikni
rivojlantirish hamda kasbiy rivojlanish traektoriyasini
mustaqil loyihalashda yaqqol ko’rinadi. Agar mazkur
qarama-qarshilikni bartaraf etish uchun maktabgacha
ta’lim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy
mobilligi oliy ta’lim muassasalarida tayyorlash
jarayonida shakllantirib borilsa, bu jarayon ularning
bir kasbiy darajadan boshqasiga oson o’tishini
ta’minlaydi. Bunda albatta bo’lajak maktabgacha
ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglarining kasbiy
mobilligining qadriyatli-motivatsion, shaxsiy, faollik
va kognitiv komponentlarini hisobga olish maqsadga
muvofiq [17, 18]. Chunki har bir tarkibiy qism o’z
mazmuniga egadir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak

tarbiyachi-pedagoglarini oliy ta’lim muassasalarida


background image

4

tayyorlash

jarayonida

kasbiy

mobilligini

shakllantirish modelini ishlab chiqish vertikal
yo’nalish bo’yicha - bir malaka toifasidan
ikkinchisiga, yuqori yoki o’tish davrida ifodalangan
kasbiy darajani oshirish g'oyasiga asoslanishi kerak.
Gorizontal vertikal yo’nalish bo’yicha esa – bo’lajak
tarbiyachi-pedagogni bosqichma-bosqich lavozim-
maqomi ko’tarilishini ta’minlaydigan maktabgacha
ta’lim

tizimiga

pedagogik

kompetentsiyalarni

o’zlashtirishi masalasi ko’riladi. Agar maktabgacha
ta’lim

tashkilotlari

bo’lajak

tarbiyachi-

pedagoglarining

oliy

ta’lim

muassasalarida

tayyorlash

jarayonida

kasbiy

mobilligini

shakllantirishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari
bilan

birga

uzviylikda

ularning

kasbiy

professionalizmini shakllantirishning real hayotiy
imkoniyatlari izlab topilsa, bu masalaga osonlikcha
erishish mumkin. Chunki kasbiy tayyorlsh jarayoni
bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining amaliy
faoliyatida bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy
mobilligini shakllantirishni ta’minlaydigan juda keng
pedagogik shart-sharoitlar mavjud.

2.2. METODLAR

.

tarixiy, retrospektiv va nazariy-uslubiy

manbalarni tahlil qilish, olingan ma’lumotlarni
umumlashtirish va sharhlash, kuzatish, suhbat,
anketa, kontent tahlil, kvalimetriya va ekspert
baholash.
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak
tarbiyachi-pedagoglarning oliy ta’lim muassasalarida
tayyorlash jarayonida kasbiy mobilligini pedagogik-
psixologik jihatdan maqsadga muvofiq shakllantirish

tizimli-faollik,

kompetensiyaga

asoslangan,

andragogik

va

akmeologik

yondashuvlarni amalga

oshirish orqali ta’minlanadi.

Tizimli-faollik

yondashuvi

bo’lajak

tarbiyachi-pedagoglarni

kasbiy

tayyorlash

jarayonining yangi sharoitlariga moslashtirishga
yo’naltirilgan "Maktabgacha ta’lim tashkilotlari
tarbiyachi-pedagoglarning

kasbiy

mobilligi"

dasturiga muvofiq amalga oshirishni ta’minlaydi.

Kompetensiyaga

asoslangan

yondashuv

bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarning oliy ta’lim
muassasalarida egallayotgan bilimlarini ijtimoiy va
kasbiy tayyorlash jarayonining yangi vaziyatlariga
yo’naltirilganligini ta’minlaydi.

Akmeologik yondashuv

bo’lajak tarbiyachi-

pedagoglarning oliy ta’lim muassasalarida kasbiy
tayyorlash jarayonida faol usul va metodlar - davra
suhbatlari, ijodiy guruhlarda ishlash, ishbilarmonlik
o’yinlari,

muammoli

pedagogik

o’yinlardan

foydalanish orqali kasbiy professionalizmi va kasbiy
faoliyatga

ijodiy

munosabatini

shakllantirishga

yordam beradi.

Andragogik

yondashuv

ta’lim-tarbiya

jarayonida muammoni yaratish va uni bartaraf etish
bo’lajak

tarbiyachi-pedagoglarning

kasbiy

kompetentsiyalarini

shakllantirishni

ta’minlaydi.

Ya’ni, bunda jamoaviy aqliy faoliyatni tashkil
qiluvchi texnologiyalardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak

tarbiyachi-pedagoglarining oliy ta’lim muassasalarida
kasbiy tayyorlash jarayonida kasbiy mobilligini
shakllantirishda uning shaxsiy integral xususiyatlarini
hisobga olish lozim. Ya’ni pedagogik faoliyatning
mavjud ijtimoiy-kasbiy tajribasi bilan shaxsiy
munosabatlarni yangilash, moslashuvchanlik va
dinamizm asosida amalga oshirish orqali samarali
kechishi mumkin [19, 20].

Nazariy tahlil asosida ishlab chiqilgan

maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak tarbiyachi-
pedagoglarning oliy ta’lim muassasalarida kasbiy
tayyorlash

jarayonida

kasbiy

mobilligini

shakllantirishning

pedagogik

shart-sharoitlari

maqsadli tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishni
talab qildi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak

tarbiyachi-pedagoglarning oliy ta’lim muassasalarida
kasbiy tayyorlash jarayonida kasbiy mobilligi
tarkibiy qismlarining mavjudligi quyidagi psixologik-
pedagogik metodlar yordamida aniqlandi:

V.F.Sopova va L.V.Karpushkinalarning

kasbiy faoliyat va ta’lim sohasidagi hayotiy
qadriyatlarning moslashtirilgan morfologik testi;

K.Rojers va R.Diamondlar tomonidan

ishlab

chiqilgan

ijtimoiy-psixologik

moslashuv

diagnostikasi;

ijodiy salohiyatni aniqlash testi;

"Siz faol odammisiz?" testlari orqali

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlari

tarbiyachi-

pedagoglarning faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek,

maktabgacha

ta’lim

tashkilotlari bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarning oliy
ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorlash jarayonida
kasbiy mobilligini aniqlash bo’yicha test sinovi va
so’rov natijalarining ishonchliligini ta’minlovchi
ekspert baholash anketasi shakli ishlab chiqildi.
Mazkur metodlarni tanlash mantig'i maktabgacha
ta’lim

tashkilotlari

bo’lajak

tarbiyachi-

pedagoglarning kasbiy mobilligini qamrab oluvchi
tarkibiy qismlarni aniqlash va ularni shakllanish
darajalarini zarur miqdoriy va sifat jihatidan tahlil
qilish vazifasi bilan belgilanadi.

Shu asosda tanlagan tadqiqot metodlarimiz

maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’lajak tarbiyachi-
pedagoglar

kasbiy

mobilligining

u

yoki

bu


background image

5

komponenti mavjudligini har tomonlama aniqlash
imkonini berdi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lajak

tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy mobillik darajasini
aniqlash testi barcha belgilangan ko’rsatkichlar
bo’yicha kasbiy mobillik darajasini aniqlashni o’z
ichiga oldi. Biz kognitiv, qadriyatli-motivatsion,
shaxsiy rivojlanish va kasbiy tayyorlash jarayoni
komponentlari ko’rsatkichlariga mos keladigan
bayonotlarni

tuzdik.

Bo’lajak

tarbiyachi-

pedagoglardan 5 balli tizimda rozilik darajasini
bildirish so’ralib, ular tomonidan taqdim etilgan
ballar

asosida

kasbiy

mobillik

darajasining

shakllanishini aniqlab oldik.

NATIJALAR VA ULARNING

TAHLILI

Kasbiy mobilligi past bo’lgan bo‘lajak tarbiyachi-
pedagoglarga maktabgacha pedagogika, bolalar va
pedagogik psixologiya, ta’lim texnologiyalari va
qonunchilik me'yorlari sohasidagi bilimlar bolalar
bilan ishlash jarayonini malakali tashkil etish uchun
etarli bo’lmasligi o’z isbotini topdi. Chunki ularning
bu jarayondagi harakatlari asosan intuitiv va
tizimsizdir. Bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglar bilan
o’quv mashg'ulotlarini o’tkazishda bir faoliyat
turidan boshqasiga o’tish va uzoq vaqt davomida
kasbiy shakllanish jarayonining yangi sharoitlariga
moslashishlari juda qiyin kechadi. Shu sababdan ular
uchun yangi ma’lumotlarni izlash, ularni qayta
ishlash va o’z faoliyatida qo’llash murakkab bo’ladi.
Ular bunda o’z harakatlari va mavjud kasbiy
bilimlarini ob'ektiv baholay olmaydilar. Natijada
bo’lajak tarbiyachi-pedagoglar kamdan-kam hollarda
turli ommaviy tadbirlarda qatnashadilar va kasbiy
muammolarini o’zlari mustaqil bemalol hal
qilolmaydilar. Bu holat ko’pincha maktabgacha
yoshdagi

bolalar,

ota-onalar

va

hamkasblar

guruhlarida nizolarga olib kelishi munkin. Ularning
yangi

kasbiy

kompetentsiyalarni

egallashi,

maktabgacha ta’limning yangi texnologiyalarini
o’zlashtirishi,

o’zini

kasbiy

aks

ettiririshga

qiziqishlarining etarli darajada shakllanmaganligi va
kasbiy

rivojlanish

traektoriyasini

loyihalash

qobiliyating sustligi bilan belgilanadi.

Kasbiy mobillikning

o’rtacha darajasiga

ega

bo’lgan

bo‘lajak

tarbiyachi-pedagoglar

maktabgacha ta’limning yangi paradigmasiga mos
keladigan maktabgacha pedagogika, bolalar va
pedagogik

psixologiya,

maktabgacha

ta’lim

texnologiyalari

sohasidagi

zaruriy

bilimlarga

egaliklari,

ammo

ularda

bu

bilimlar

tizimlashtirilmagan

holda

bo’lishi

mumkin.

Shuningdek, ular huquqiy normalarni yetarli darajada
bilmasligi, bu esa ularga ishonib topshirilgan

bolalarning ehtiyojlari va yosh xususiyatlariga
yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishda
qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Ularda tegishli
mutaxassisliklar

doirasida

ham,

yangi

kasbiy

kompetentsiyalarni

egallashga

qiziqishlari

ham

beqarordir. Biroq maktabgacha ta’limning yangi
texnologiyalarini o’zlashtirishga bo’lgan intilishlari
barqarorligi bilan ajralib turadilar. Ushbu bo‘lajak
tarbiyachi-pedagoglar vaqti-vaqti bilan maktabgacha
yoshdagi bolalarning shaxsini rivojlantirish va
ijtimoiy tajribasini boyitishni ta’minlaydigan turli
ijtimoiy tadbir va loyihalarda ishtirok etishga
moyilliklari

yuqoridir.

Ularning

oliy

ta’lim

muassasalarida kasbiy tayyorlash jarayonida kasbiy
muammolar va muammoli vaziyatlarga o’ziga xos va
ijodiy echim topish, shuningdek, ular bir faoliyat
turidan ikkinchisiga tez o’tishlari mumkin, biroq bu
ko’pincha harakatlar stereotipiga aylanadi. Kasbiy
faoliyatning yangi sharoitlariga moslashishda ichki
xotirjamlik yuqori bo’lib, o’z faoliyatlarini haddan
tashqari hissiy zo’riqishsiz amalga oshiradilar. Ushbu
toifadagi

bo’lajak

tarbiyachi-pedagoglar

o’z

harakatlari va mavjud kasbiy bilimlarini ob'ektiv
baholashga qodirdirlar. Ular o’z faoliyatida
muvaffaqiyatli

qo’llashlari

mumkin

bo’lgan

ma’lumotlar bilan ishlash ko’nikmalarini tezda
egallaydilar, ammo ularda o’zlarining kasbiy
rivojlanish traektoriyasini loyihalash qobiliyati etarli
darajada shakllanmagan.

Tadqiqotimizning

dastlabki

bosqichida

kasbiy

psixologik etukligining umumiy holatini ham
o‘rganishga erishildi. Buning uchun E. V. Kalyaeva,
T. V. Prokofevalarning “Shaxs etukligini aniqlash”
ga qaratilgan so‘rovnoma, N.Safayev va
U.Butayevalarning maxsus ishlab chiqilgan “NOM-
nosituativ mas’uliyat so‘rovnomasi”dan foydalanildi.
Birinchi

navbatda

psixologlarni

bir

necha

metodikalar bo‘yicha so‘rovnomalarga javoblari
umumlashtirilgan jadval asosida tahlil qilindi.
Shuningdek, psixologik etuklik xususiyatlari
bo‘yicha ijtimoiy va psixologik yosh ko‘rsatkichlari,
nosituativ mas’uliyat va vaziyatning asosiy sababini
aniqlash mezonlariga tayanildi. Respondentlarning
natijalari tahlili metodikalarning mezoniga muvofiq
psixologik etuklikning darajalari bo‘yicha amalga
oshirildi. Psixologik etuklik darajalari metodikaning
xususiyatidan kelib chiqib, quyi, o‘rta, o‘rtachadan
yuqori, yuqori va juda yuqoriga ajratildi. Natijalar
o‘zaro darajalar bo‘yicha qiyosiy talqin etiladi.


background image

6

1-jadval

Shkala

r

Psixol

ogik

yos

h

Ijt

imoiy yosh

Vaz

iyat

ik

k

il

a

n

is

h

NOM

VAS

Psixolo

gik

yosh

1

-

0,029

0,078

-

0,104

0,018

0,177

*

Ijtimoi

y yosh

1

0,085

-

0,045

-0,039

-

0,020

Vaziyat

1

-

0,558

**

-0,035

0,112

Ikkilani

sh

1

-0,029

-

0,050

NOM

1

0,118

VAS

1

izoh:*р≤0,05, :**р≤0,01,

Jadvalda olihgan metodikalar o\rtasida korrelarsiya
borligi anaqlandi. Bundan ko’rinadiki, psixologning
etukligi vaziyatning sababini aniqlash, holisona
xulosa chiqarishda namoyaon bo’ladi.

XULOSA


Xulosa

o’rnida

ta’kidlash

joizki,

mamlakatimizda

maktabgacha

ta’lim

tizimini

rivojlantirish bo’yicha davlat va jamiyat talablariga
muvofiq

bo’lajak

tarbiyachi-pedagoglarining

manfaatlariga mos keladigan maktabgacha ta’lim
mazmunining ishlab chiqilishi bilan birga ularning
oliy ta’lim muassasalarida kasbiy tayyorlash
jarayonida

kasbiy

mobilligini

shakllantirishni

ta’minlaydigan boshlang'ich imkoniyat va yutuqlarini
baholash imkonini beruvchi nazorat o’rnatilgan.
Shuningdek, bo’lajak tarbiyachi-pedagoglarning o’z-
o’zini

tarbiyalashga

bo’lgan

qiziqishini

rivojlantirishga

yordam

beradigan

motivatsion

maydon yaratilgan bo’lib, u bo’lajak tarbiyachi-
pedagoglarning o’z traektoriyasiga ega kasbiy
rivojlanish dinamikasiga ijobiy ta’sir qiladi.

Umuman olganda, bo’lajak tarbiyachi-

pedagoglarning maktabgacha ta’lim tashkilotlari

faoliyatida o’zini kasbiy namoyon qilishi hamda
zamonaviy jamiyatda o’zini qulay his qilishi, mehnat
bozoridagi talabga javob berishi uchun yangi mehnat
sharoitlariga tezda moslasha olishi ularning kasbiy
mobilligini taʼminlovchi zaruriy shart bo’lib
hisoblanadi.



ADABIYOTLAR

[1

]. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-

sentabrdagi PQ-3261-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi

Qarori.

https://lex.uz/docs/-3334234

[2]. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-
maydagi

PQ-4312-sonli

“O’zbekiston

Respublikasi

Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini

tasdiqlash

to’g‘risida”gi

Qarori.

https://lex.uz/ru/docs/-4327235
[3]. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017-yil

21-noyabrdagi

929-sonli

“O’zbekiston

Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g‘risidagi
nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va
mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi
Qarori.
https://lex.uz/docs/-3422069
[4]. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g‘risida”gi
Qarori.

https://lex.uz/ru/docs/-

4333062

[5]. Salayeva M.S., Shayunusova F.S., Kichik maktab
yoshidagi o’quvchilar kognitiv mobilligini xalqaro
dasturlar asosida baholanishning o’ziga xos jihatlari /
“Халқ

таълими

соҳаси

бошқарув

тизимини

такомиллаштиришнинг долзарб масалалари” мавзусида
Республика илмий-амалий анжуман материаллари. 14-
декабрь 2022 йил. - Б.64-71
[6]. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab
yoshdagi o’quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish //
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ March,
2022.

ISSN:

2181-1601.

Uzbekistan

www.scientificprogress.uz

Pages

380-383.

http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-
3.%20064.%20380-383.pdf
[7]. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Формирование
мобильности личности как педагогическая проблема //
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz
Pages

384-390.

http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-
3.%20065.%20384-390.pdf
[8].

Салаева

М.С.,

Мамадалиева

У.С.Развитие

когнитивной мобильности учащихся в начальном
образовании / “Xorijiy tillarni o’qitishda yangicha
yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn
anjumani. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat


background image

7

o’zbek tili va adabiyoti universiteti – T.: “Firdavs-Shoh”
nashriyoti, 2022 – B. 276-281.
[9].

Salaeva

M.S.,

G’ulamova

S.R.

Ta’limni

axborotlashtirish sharoitida bo’lajak pedagoglarning virtual
akademik mobilligini shakllantirish / “Xorijiy tillarni
o’qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro
ilmiy-amaliy onlayn anjumani. Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti – T.:
“Firdavs-Shoh” nashriyoti, 2022 – B. 209-213.
[10]. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошланғич
таълим

ўқувчиларини

ижтимоий

мобиллигини

ривожлантириш //

Eurasian journal of social sciences,

Philosophy and culture Innovative

. Academy Research

Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051. Volume 2 Issue
April

2022.

Pages

136-139.

https://zenodo.org/record/6511330#.Y1G0jnZByUk

[11]. Salaeva M.S. Psychological conditions for personal
and professional development of future teachers. //
Washington DC, USA International Journal of Engineering
and Information Systems (IJEAIS). ISSN: 2643-640X.
With Impact Factor: 3.2. Vol.5 Issue 3, March - 2021.-
P.231-233.

http://ijeais.org/wp-

content/uploads/2021/3/IJEAIS210342.pdf

[12]. Salaeva M.S. Personal and professional self-
development of a teacher to achieve a professional level. //
Washington DC, USA International Journal of Engineering
and Information Systems (IJEAIS) ISSN: 2643-640X. With
Impact Factor: 3.2. Vol.5 Issue 3, March - 2021. - P.234-
237.

http://ijeais.org/wp-

content/uploads/2021/3/IJEAIS210343.pdf

[12]. Salaeva M.S. Formation of teacher professionalism as
an integration psychological event in the context of
globalization of education // Hindiston. International
Journal of Trend in Scientific Research and Development
(IJTSRD) eISSN: 2456-6470 Impakt faktor: 6.005. Special
Issue

– IDMR2021. April 2021. - P.109-111.

https://www.slideshare.net/yogeshijtsrd/formation-of-
teacher-professionalism-as-an-integration-psychological-
event-in-the-context-of-globalization-of-education

[13]. Salaeva M.S., Djumabayeva M. Formation of virtual
academic mobility of future teachers in the context of
education information // International Multidisciplinary
Scientific Journal (IMSJ) ISSN: 2091-573X. With Impact
Factor: 3.2. Volume 1. Issue 1, June 2021.- P. 36-37.
Google scholarship

https://www.sciencepublish.org/

[14]. Туйчиева, С. М. (2021). Акмеолингвистический
подход и оценка знаний по международным
исследовательским программам в процессе подготовки
будущих специалистов. Academic research in educational
sciences, 2(CSPI conference 2), 564-567.

[15]. Туйчиева, С. М. (2017). Проблемы качества
образования и совершенствования компетентности
педагога. Современные

социально-экономические

процессы:

проблемы,

закономерности,

перспективы (pp. 141-144).

[16]. Melikuzievna, T. S. Use of Professional Terminology
in the Educational Process. International Journal on
Integrated Education, 3(12), 311-315.

[17]. Melikuzievna, T. S., & Alidzhanovna, N. A.
Innovative Methods of Interaction of Participants of the
Educational Process. JournalNX, 546-551.

References

. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-sonli “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/-3334234

. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g‘risida”gi Qarori. https://lex.uz/ru/docs/-4327235

. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-sonli “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida”gi Qarori. https://lex.uz/docs/-3422069

. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi Qarori. https://lex.uz/ru/docs/-4333062

. Salayeva M.S., Shayunusova F.S., Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar kognitiv mobilligini xalqaro dasturlar asosida baholanishning o’ziga xos jihatlari / “Халқ таълими соҳаси бошқарув тизимини такомиллаштиришнинг долзарб масалалари” мавзусида Республика илмий-амалий анжуман материаллари. 14-декабрь 2022 йил. - Б.64-71

. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ March, 2022. ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как педагогическая проблема // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 3 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

. Салаева М.С., Мамадалиева У.С.Развитие когнитивной мобильности учащихся в начальном образовании / “Xorijiy tillarni o’qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti – T.: “Firdavs-Shoh” nashriyoti, 2022 – B. 276-281.

. Salaeva M.S., G’ulamova S.R. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida bo’lajak pedagoglarning virtual akademik mobilligini shakllantirish / “Xorijiy tillarni o’qitishda yangicha yondashuvlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti – T.: “Firdavs-Shoh” nashriyoti, 2022 – B. 209-213.

. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошланғич таълим ўқувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // Eurasian journal of social sciences, Philosophy and culture Innovative. Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051. Volume 2 Issue April 2022. Pages 136-139. https://zenodo.org/record/6511330#.Y1G0jnZByUk

. Salaeva M.S. Psychological conditions for personal and professional development of future teachers. // Washington DC, USA International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS). ISSN: 2643-640X. With Impact Factor: 3.2. Vol.5 Issue 3, March - 2021.- P.231-233. http://ijeais.org/wp-content/uploads/2021/3/IJEAIS210342.pdf

. Salaeva M.S. Personal and professional self-development of a teacher to achieve a professional level. // Washington DC, USA International Journal of Engineering and Information Systems (IJEAIS) ISSN: 2643-640X. With Impact Factor: 3.2. Vol.5 Issue 3, March - 2021. - P.234-237. http://ijeais.org/wp-content/uploads/2021/3/IJEAIS210343.pdf

. Salaeva M.S. Formation of teacher professionalism as an integration psychological event in the context of globalization of education // Hindiston. International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) eISSN: 2456-6470 Impakt faktor: 6.005. Special Issue – IDMR2021. April 2021. - P.109-111. https://www.slideshare.net/yogeshijtsrd/formation-of-teacher-professionalism-as-an-integration-psychological-event-in-the-context-of-globalization-of-education

. Salaeva M.S., Djumabayeva M. Formation of virtual academic mobility of future teachers in the context of education information // International Multidisciplinary Scientific Journal (IMSJ) ISSN: 2091-573X. With Impact Factor: 3.2. Volume 1. Issue 1, June 2021.- P. 36-37. Google scholarship https://www.sciencepublish.org/

. Туйчиева, С. М. (2021). Акмеолингвистический подход и оценка знаний по международным исследовательским программам в процессе подготовки будущих специалистов. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 564-567.

. Туйчиева, С. М. (2017). Проблемы качества образования и совершенствования компетентности педагога. Современные социально-экономические процессы: проблемы, закономерности, перспективы (pp. 141-144).

. Melikuzievna, T. S. Use of Professional Terminology in the Educational Process. International Journal on Integrated Education, 3(12), 311-315.

. Melikuzievna, T. S., & Alidzhanovna, N. A. Innovative Methods of Interaction of Participants of the Educational Process. JournalNX, 546-551.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов