Oʻzbekistonda ta’lim tizimini raqamlashtirish va oʻqitishning imkoniyatlari

HAC
Google Scholar
To share
Ergashev, S., & Yuldashev , S. . (2024). Oʻzbekistonda ta’lim tizimini raqamlashtirish va oʻqitishning imkoniyatlari. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28239
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada mamlakatimizda maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim va oliy ta’lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda oʻrganishning ahamiyati, hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar va imkoniyatlar tahlil qilingan.

Similar Articles


background image

Oʻzbekistonda ta’lim tizimini raqamlashtirish va oʻqitishning

imkoniyatlari

1

Ergashev Shoxrux Narzulla o‘g‘li,

2

Yuldashev Sherzod Ismoiljonovich

1

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko‘chasi. 1, Toshkent 100149, O‘zbekiston

(shoxrux.ergashev,

sherzod.yuldashev)@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10471516

Kalit so’zlar:

Masofaviy ta’lim, raqamli texnologiya, raqamlashtirish, «EDU LINK» axborot tizimi,

HEMIS dasturi.

Annotatsiya:

Maqolada mamlakatimizda maktabgacha ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim va oliy ta’lim tizimida raqamlashtirish
va raqamli dunyoda oʻrganishning ahamiyati, hozirgi kunda olib borilayotgan ishlar va imkoniyatlar tahlil
qilingan.

KIRISH

Hozirgi vaqtda kundan kunga

raqamli texnika va bulutli texnologiyalar shiddat
bilan yangilanib borayotgan davrda jamiyatni
dunyoqarashi va zamonga moslashuvini tubdan
oʻzgartirishi tabiiy holat boʻlib bormoqda. Bu
holatda ta’lim olish holatlarini yangilanishiga sabab
boʻladi. Bugungi kunda oliy ta’lim muassalarida
masofaviy ta’limlarning yoʻlga qoʻyilishi bunga bir
misol sifatida koʻrishimiz mumkin. Masofaviy
ta’lim, tabiatning oʻzgarishi (Covid-19 davri) va
soʻngi texnologiyalarning ta’lim tizimiga samarali
tadbiqi oʻqitishni va oʻqishni oʻzgartirishga undadi.
Bu esa raqamli dunyoda oʻqitish va oʻrganish
borasida koʻplab pedagogik tadqiqotlar oʻtkazish
zaruratini ifodalaydi.

ADABIYOTLAR

TAHLILI

VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda

soʻnggi yillarda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish
va ta’lim sifatini baholash hamda raqamli ta’limni
rivojlantirish boʻyicha keng ko`lamli ishlar olib
borilmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining

2019-

yil

29

apreldagi

“Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini
tasdiqlash toʻgʻrisidagi PF-5712-sonli Farmonida
“PISA” (The Programme for International Student
Assessment) oʻquvchilarni baholash xalqaro dasturi
reytingida Oʻzbekistonning 2021 yilda birinchi 70
talikka, 2025 yilda 60 talikka va 2030 yilga kelib
esa, birinchi 30 ta ilgʻor mamlakatlar qatoriga
kiritish koʻzda tutilgan[1].

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli “Raqamli
Oʻzbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmonida

raqamli

dunyoda

raqamlashtirish,

raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish, raqamli
iqtisodiyot sohasida yangi loyihalarni koʻrib
chiqish va raqamli ta’limni rivojlantirish dasturlari
amalga oshirilmoqda. Ushbu

farmonda ta’lim

sohasida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida

quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

Ta’lim

pogʻonasining

boshlangʻich

bosqichida oʻquvchilarga raqamli texnologiyalarni
taqdim

etish

orqali

raqamli

koʻnikmalarni

oʻzlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy
va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur
boʻladigan keng ko`lamli raqamli transformatsiya
sharoitida yoshlarga bilim va koʻnikmalar berish;

Yagona masofaviy ta’lim platformasini

kelajakda ta’limning barcha yoʻnalishlarida tatbiq
etish maqsadida yaratish va amalga oshirish;

oʻquvchilar

uchun

raqamli

texnologiyalardan

foydalanishning

umumiy

darajasini

oshirish

maqsadida

umumta’lim

maktablarining asosiy oʻquv dasturlariga doimiy
oʻzgartirishlar kiritish;

texnologik kasblar va innovatsion faoliyat

sohasida oʻqishni tashkil etishga qaratilgan yuqori
samarali xalqaro amaliyotni ta’lim tizimiga joriy
etish;

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalari

bilan bogʻliq yo`nalishda kadrlar tayyorlovchi oliy
ta’lim muassasalari bitiruvchilari sonini, axborot
texnologiyalar

sohasida

oʻrtacha

darajada

kompetensiyaga ega boʻlgan oʻrta maxsus kasb-
hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish;

axborot

texnologiyalar

sohasidagi

tashkilotlarining oʻquv jarayonlarga qatnashishini
ragʻbatlantirish orqali umumta’lim maktablarda
informatika

fanini

oʻqitish

metodlarini

takomillashtirish;

oliy

ta’lim muassasalarida tegishli

sohalarda “Buyumlar interneti”, robototexnika,
sun’iy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va
oʻrganish bo`yicha laboratoriyalar, shuningdek,
xorijiy

qogʻoz

shaklidagi

materiallarni

raqamlashtirish formatlaridan foydalanish boʻyicha
davlat yagona talabini ishlab chiqish va qoʻllab-
quvvatlashni ta’minlash orqali ta’limda oʻquv
materiallarini raqamlashtirish;

raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-

tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish,
ularning

tashkiliy

mexanizmlarini

takomillashtirish;

gʻoyalar va yangi texnologiyalar yaratishni


background image

targʻib qiluvchi respublika tanlovlari va tadbirlarini
(konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) oʻtkazish;

yangi

qidiruv

tizimlarini

yaratish

yoʻnalishini ishlab chiqish va aniqlash, shu
jumladan audio va video materiallarni izlash va
aniqlash uchun yechimlar, axborotni qidirish va
olishda semantikadan foydalanish, mashinaviy
tarjima

tizimidagi

yangi

texnologiyalar,

shuningdek,

mashinaviy

oʻqitishning yangi

algoritmlari va texnologiyalarini rivojlantirish;

robototexnika komplekslari va odamlar

oʻzaro ta’sirining algoritmlarini ishlab chiqish,
ma’lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini,
oʻrnatilgan sensorlar va sensor tarmoqlarni
takomillashtirish,

shuningdek,

“bulutli”

xizmatlarini taqdim etishning turli xil modellarini
amalga oshirish uchun dasturiy ta’minot yaratish
boʻyicha ilmiy ishlarni olib borish;

maktabgacha, oʻrta va oliy ta’lim tizimi

uchun elektron ta’lim resurslarini yanada
takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta’lim
resurslaridan foydalanishni ta’minlash;

inson

kapitalini

rivojlantirish,

shu

jumladan, ixtisoslashgan ta’limni rivojlantirish
hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-
korxonalar

uchun

institutsional

sharoitlarni

yaxshilash va ma’muriy toʻsiqlarni kamaytirish;

maktab va maktabgacha ta’lim tizimiga

raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalar
bo`yicha innovatsion oʻquv dasturlarini joriy etish
[3].

NATIJALAR

VA

MUHOKAMA

Yuqoridagi

qaror

va

farmonlarning ijrosini ta’minlashda maktabgacha
ta’lim, umumiy oʻrta ta’lim va oliy ta’lim
muassalarida

amalga

oshirilayotgan

ishlarni

oʻrganish, tahlil qilish, mavjud imkoniyatlarni
safarbar qilish, yangi gʻoyalarni roʻyobga chiqarish
boʻyicha tahlillarni koʻrib chiqamiz.

Avval maktabgacha ta’lim muassasalarida

raqamlashtirish va raqamli dunyoda oʻqitish
boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va yangi
gʻoyalarni roʻyobga chiqarish tahlilini koʻramiz.

Mamlakatimiz

maktabgacha

ta’lim

muassasalarida bolalarimizning aksariyat, ya’ni 3-6
yoshdagilari tarbiyalanadi. Xalqimizda bir naql bor:
“Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan
naqshdir”. Mana shu yoshda bolalarning
rivojlanishi juda kuchli boʻladi. Atrof muhitning
ta’siri va atrofdagilarning tarbiya berishi ularning
qolgan hayotiga ham ta’siri kuchli hisoblanadi. Hali
boshlangʻich maktabga kirmagan bolalarning
hozirgi zamon texnologiyalarning oʻrganishi va uni
qoʻllay bilishi soʻngi yillarda tezlik bilan rivojlanib
kelmoqda.

Dastlabki

bolalalik

davrida

raqamli

dunyoda ta’lim berish va bilim olish yoʻllarini
samarali tashkil etish bugungi kunning dolzarb
muammolaridan biri. Bu muammoning nazariy
yechimi tarbiyachilar, bollalar va ularning ota-
onalarini raqamli dunyoda oʻqitishga yangicha

yondasshishlarni amalga oshirish hisoblanadi. Turli
dasturlar, mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlardagi
guruhlar kabi bir qator yangi texnologiyalar bolalar
ta’limiga yangi innavatsion investitsiyalarni joriy
qilishning asosiy ta’lim vositalari vazifalarini
bajaradi.

Xorijiy

davlatlarda

“Aflatot” dasturi

maktabga kirmagan bolalar uchun moʻljalllangan
boʻlib, u ijtimoiy va iqtisodiy savodxonlikka asos
soluvchi dastur hisoblanadi. Bunday dasturlar
balalarning birinchi ta’lim olishlari va hayotiy
koʻnikmalarini shakllantirishda juda muhimdir.

Maktabgacha

ta’lim

muassasalarida

raqamlashtirish borasida YUNISEF tomonidan
O`zbekistondagi maktabgacha ta’lim sohasini
rivojlantirish uchun “Learning passport” nomli
raqamli

ta’lim

platformasini

yaratish,

Oʻzbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi
tomonidan “Oʻzbekistonda alohida parvarishga
muhtoj bolalar

bilan

ishlaydigan

pedagog

kadrlarning malakasini oshirish boʻyicha” loyihasi,
Koreya-Oʻzbekiston biznes assosiyasi tomonidan
maktabgacha ta’lim tizimi uchun yaratilayotgan
“EDU LINK” axborot tizimi loyihasi kabi ishlar
amalga oshirildi [4]. Mamlakatimiz maktablarida
xalq ta’lim vazirligi tomonidan maktab ta’limini
raqamlashtirish,

maktab

ta’limiga

axborot

kommunikatsion texnologiyalarini integratsiya
qilish, oʻqituvchi, oʻquvchi va ota-onalarning
interaktiv muloqatlarini rivojlantirish, masofaviy
va mustaqil ta’lim olish uchun imkoniyatlarni
amalga oshirish maqsadida kundalik.com raqamli
ta’lim platformasini ishlab chiqildi va amalda
tadbiq etildi. Bu platformada oʻqituvchilar uchun
dars jadvallari elektron jurnal, uy vazifalarni
boshqarish va turli hisobotlarni avtomatik ravishda
amalga oshiriladi, ota-onalar uchun oʻquvchining
kundaligi, uy vazifalari va muloqotlar uchun
boʻlimlari orqali oʻz farzandlarini toʻliq nazoratga
oladi, oʻquvchilar uchun kundalik daftari, portfolio,
muloqot boʻlimlari orqali kelasi dars mavzularini
bilishadi, oʻqituvchilari bilan oʻzaro muloqotlarini
amalga oshiradi, davlat organlari uchun umumiy
statistik ma’lumotlarni toʻplash, yangiliklarni quyi
tizimlarga yetkazishda aloqa va xabardor boʻlish
uchun ishlarini amalga oshiradi.

Oliy ta’lim tizimida r

aqamli universitet

loyihasi davom etmoqda. Hozirgi kunda ta’lim
jarayoniga oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan
turli hisobot va ma’lumotlar sonini keskin
kamaytirish,

ularni

tayyorlashning

qogʻoz

shaklidan

voz kechish, boshqaruv tizimini

raqamlashtirish maqsadida Raqamli universitet
loyihasi doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini
boshqarish axborot tizimi” (HEMIS Higher
Education Management Information Systems)
ishlab chiqildi. Ushbu axborot tizimi “Ma’muriy
boshqaruv”, “Oʻquv jarayoni”, “Ilmiy faoliyat”
va “Moliyaviy boshqaruv va statistika” axborot
tizimlarini oʻz ichiga oladi. Oliy ta’lim
jarayonlarini boshqarish axborot tizimini joriy
etishdan maqsad:


background image

-

OTM faoliyatining ochiqligi va shaffofligini
ta’minlash;

-

Oliy ta’lim tizimida oʻquv, ilmiy, ma’muriy
va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;

-

Oliy ta’lim tizimida byurokratik toʻsiqlar

yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy
xarajatlarni qisqartirish;

-

OTM, talaba, va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida
uzviylikni ta’minlash;

-

Boshqaruv jarayonlari uchun sarf qilinadigan

vaqtni qisqartirish va mehnat samaradorligini
oshirish;

-

Ta’lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati
samaradorligini monitoring qilish;

-

Tahliliy

ma’lumotlarni shakllantirish va

qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va
tezlashtirish.

Oliy ta’lim muassasalarida raqamlashtirish

va raqamli texnologiyalar vositasi yordamida
ta’limni

tashkil

etish

talabalarning

dars

mashgʻulotlarga faol

qatnashishi, mavzularni toʻliq

oʻzlashtirishi, kelajakdagi kasbiga mehrinin oshishi
va turli kompetensiyalarini rivojlanishiga sabab
boʻladi [5].

XULOSA

Bugungi kunda raqamli

ta’lim ta’lim tizimlarimizda oʻrni beqiyos boʻlib,
bunda oʻquvchilar va talabalarimizning fanni
oʻzlashtira olishi emas, balki ular bir vaqtning
oʻzida qanday oʻqiyotganini, fanni qanday
oʻrganayotganini, vazifalarga qiziqishi, oʻz
darajasidagi muammolarga fikr bildirishlarini
kuzatish

mumkin.

Buning

natijasida

oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil oʻrganishi,
shaxsiy oʻrganishga moslashishi va oʻzini ustida
ishlashi kabi qobiliyatlari rivojlanadi. Dars
jarayonlari raqamli kontekntda jonli olib borish va
darslarda interfaol topshiriqlarni berish, virtual
lobaratoriyalarda o`rganish talabalarni yanada
fikrlashlarini oʻstiradi. Oʻzi qiziqqan sohadagi
kasbiy kompetensiyalari rivojlanadi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

1.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538- sonli “Xalq
ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
farmoni.

2.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi 997-sonli qarori.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-

yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli “Raqamli
Oʻzbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni
amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi
farmoni.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538- sonli “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 997-sonli qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli “Raqamli Oʻzbekiston 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов