“RAQAMLI OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

HAC
Google Scholar
To share
Xolov, A. ., & Abdusalyamov, F. (2024). “RAQAMLI OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI. Modern Science and Research, 3(1), 1–9. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28251
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirishning mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, raqamli infratuzilmani, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, Raqamli texnologiyalar milliy bozori va axborot texnologiyalari sohasida ta'lim berish va malaka oshirishni rivojlantirish masalalari sharhlangan hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasin samarali amalga oshirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.


background image

“RAQAMLI OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA UNI

AMALGA OSHIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

Aktam Xolov

1

, Faxriddin Abdusalyamov

2

1

Academy of Public Administration under the President of the Republic of Uzbekistan, 45 Islam Karimov

Street, Tashkent

,

Uzbekistan. (aktam-xolov@mail.ru)

2

Tashkent University of Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

(istiqbol1985@mail.ru)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10471629

Keywords:

Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi, raqamli strategiya, raqamli infratuzilma, Elektron hukumat,
Raqamli iqtisodiyot, Raqamli texnologiyalar, Axborot texnologiyalari.

Abstract:

Mazkur maqolada “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va uni amalga oshirishning mazmun-mohiyati
yoritilgan. Shuningdek, raqamli infratuzilmani, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, Raqamli
texnologiyalar milliy bozori va axborot texnologiyalari sohasida ta'lim berish va malaka oshirishni
rivojlantirish masalalari sharhlangan hamda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasin samarali amalga
oshirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

1 KIRISH

Oʻzbekiston Respublikasi shakllanayotgan

global axborot jamiyatida munosib oʻrinni
egallashga intilmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish
uchun

mamlakat

Hukumati

tomonidan

Oʻzbekistonda

axborotlashtirish

jarayonlarini

faollashtirish, zamonaviy axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini tez sur'atlarda rivojlantirish, ularni
iqtisodiyot va jamiyatning barcha sohalarida joriy
etish hamda foydalanishning strategik ustuvorliklari
belgilandi.

Oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab,

sanoati rivojlangan davlatlarda ijtimoiy sohalar,
taqsimot

va

maishiy

xizmat

koʻrsatish

yoʻnalishlarida band boʻlganlar soni ortib bordi.
Asrimiz boshlarida esa ishlab chiqaruvchilar uchun
ta'lim va sogʻliqni saqlash sohasi bilan bogʻliq
xizmatlar tez sur'atlarda oʻsdi. Xizmat koʻrsatish
sohasi bugunga kelib zamonaviy texnologiyalarga
chambarchas bogʻlanib qoldi. Shu nuqtai nazardan
tilimizga “Raqamli xizmatlar” jumlasi oʻrnashdi.

2023 yil 24 may kuni Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar
qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va
hududlarni raqamli transformasiya qilish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e'lon qilindi. Hujjat
aholi

va

tadbirkorlik

sub'ektlariga

raqamli

xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar
yaratish,

ishbilarmonlik

muhitini

yaxshilash,

byurokratik tartibotlarni qisqartirish, shuningdek,
davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning real sektori
tarmoqlarini

hamda

hududlarni

raqamli

transformasiya qilishda muhim ahamiyatga ega.

Davlat boshqaruvida axborot-kommunikasiya

texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish
jamiyatni axborot jihatidan keng koʻ-lamli qayta
oʻzgartirishning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu
davlat boshqaruvi samaradorligini jiddiy ravishda
oshirish, davlatning umuman jamiyat bilan hamda
uning ayrim institutlari va fuqarolar bilan oʻzaro
munosabatlarini optimallashtirish imkonini beradi.

2023-yil 20 mayda Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy
ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot-
kommunikasiya

texnologiyalarini

rivojlantirish

uchun mas'ul xodimlari malakasini oshirish va
reyting baholashni tashkil etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida” 208-son qarori qabul qilingan. Qaror
bilan 2023-yil 1-iyuldan respublika va mahalliy ijro
etuvchi

hokimiyat

organlarining

axborot-

kommunikasiya

texnologiyalarini

rivojlantirish

uchun mas'ul xodimlarining malakasini uch yilda bir
marotaba majburiy oshirish va ularni malakasini
reytingli baholab borish tartibi joriy etilgan.

Shuningdek,

mazkur

qaror

bilan

xodimlarning malakasini oshirish tashkiliy-huquqiy
shaklidan qat'iy nazar, barcha turdagi ta'lim
tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli
texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan
oʻquv dasturlari asosida amalga oshirilishi
belgilangan. Vazirlik tomonidan elektron hukumat
tizimini joriy etish, raqamli iqtisodiyot, axborot
xavfsizligini ta'minlash, AKT infratuzilmasi tashkil
etish hamda davlat organining faoliyatiga AKTni
joriy etish yoʻnalishlari boʻyicha namunaviy oʻquv
dasturlari tasdiqlandi.


background image

Respublikamizda keyingi yillarda amalga

oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida
raqamli texnologiyalar sohasida aholi uchun
qoʻshimcha qulayliklar va shart-sharoitlar yaratildi
hamda telekommunikasiya xizmatlari, shu jumladan,
axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasini
rivojlantirishni

yangi bosqichga olib chiqish

boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Shu bilan birga, ushbu vazifalarni amalga

oshirish doirasida davlat organlari va tashkilotlari
faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish,
aholining

zamonaviy

telekommunikasiya

xizmatlaridan barcha hududlarda toʻliq foydalanish
imkoniyatini ta'minlash, shuningdek, bino va
inshootlarni

loyihalashtirish

jarayonida

telekommunikasiya

infratuzilmasining

inobatga

olinishi kabi muhim ishlarni muvofiqlashtirish
zarurati yuzaga kelmoqda.

Davlat fuqarolik xizmatchilarida AKTga

asoslangan

zamonaviy

axborot

tizimlari

va

texnologiyalari

haqida

nazariy

va

amaliy

tushunchalarni

shakllantirgan

holda

ularga

boshqaruv

jarayonida

zamonaviy

axborot

texnologiyalari va axborot tizimlaridan samarali
foydalanish, Internet tarmoqlari, elektron hujjat
aylanishi, “elektron hukumat” tizimi axborot tizimi
komplekslari, interaktiv davlat xizmatlari, davlat
xizmatlarini an'anaviy shakldan interaktiv shaklga
oʻtkazish,

“elektron

hukumat”

tizimini

rivojlantirishda xorijiy davlatlar tajribasi, elektron
savdo, xavfsiz shahar, 4-sanoat revolyusiyasi,
boshqaruvda

AKT

va

“elektron

hukumat”

tizimlarining oʻrni, elektron hukumat tizimini joriy
qilish va undan samarali foydalanish, biznes
jarayonlarni optimallashtirish boʻyicha bilim va
koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

Metodologiya

Tadqiqotning

metodologik

asosini

Oʻzbekiston davlatchiligi tarixini oʻrganishning
ilmiy-nazariy

asoslari,

menejment

fanining

fundamental qonuniyatlari, Oʻzbekiston davlatchiligi
tarixini yangi bosqichiga doir tadqiqot olib borgan
xorij va Oʻzbekistonlik olimlar, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston
— 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali
amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil
5 oktyabrdagi PF-6079-son Farmonida belgilangan
ustuvor vazifalar tashkil qiladi.

Mazkur tadqiqot jarayonida tizimli tahlil,

institusional tahlil, kontent tahlil, funksional tahlil,
qiyosiy tahlil, analiz va sintez kabi ilmiy tadqiqot
usullaridan foydalanildi.

2.2

Tahlil va natijalar.

Bugungi kunda jamiyat hayotining qaysi

jabhasi

boʻlmasin

axborot-kommunikasiya

texnologiyalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Shunga
muvofiq, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol
rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng
avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sogʻliqni saqlash
va qishloq xoʻjaligida zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish
boʻyicha

kompleks

chora-tadbirlar

amalga

oshirilmoqda.

Jumladan, shunday chora-tadbirlarning yangi

bosqichini, ustuvor vazifalarni belgilab berishga
qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-
6079-son Farmoni alohida ahamiyatga egadir.

Ushbu

Farmon

Respublikada

raqamli

industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot
tarmoqlarining

raqobatbardoshligini

oshirish,

shuningdek, 2017 - 2021 yillarda Oʻzbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm,
ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan
vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida qabul
qilingan.

Farmon bilan “Raqamli Oʻzbekiston – 2030”

strategiyasi, 2020 - 2022 yillarda hududlarni raqamli
transformasiya qilish dasturlari, 2020 - 2022 yillarda
tarmoqlarni raqamli transformasiya qilish dasturlari,
hududlardagi

29

ta

namunaviy

tumanlarda

(shaharlarda) 2020 yilda va 2021 yil I choragi
yakuniga qadar raqamli transformasiya qilish
loyihalarini koʻzda tutuvchi “yoʻl xarita”lari hamda
strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl
xarita”lari tasdiqlanib, ularda amalga oshiriladigan
tadbirlar, ularning muddatlari va mas'ul ijrochilari
aniq belgilab qoʻyildi.

Shu bilan birga, Farmon bilan Strategiyani

amalga

oshirishni

muvofiqlashtirib

borilishi

yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
raisligida komissiya tuzildi.

Axborot-kommunikasiya

texnologiyalarini

keng joriy etish boʻyicha mas'ul shaxsni belgilash
maqsadida 2020 yil 1 noyabrdan boshlab barcha
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat
organlarida amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga
raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosar (Chief Digital
Officer) vakolatlari yuklatilib, ularning ustuvor
vazifalari belgilab qoʻyildi.

Farmon

bilan

tasdiqlangan

Strategi

iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat


background image

boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini
ta'minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini
koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish
maqsadida ishlab chiqilgan boʻlib, quyidagilar
raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va
ustuvor yoʻnalishlari etib belgilangan:

1.1-rasm. Raqamli rivojlanish strategiyasining

ustuvor yoʻnalishlari.

Shuningdek, Strategiyada har bir yoʻnalish

boʻyicha amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar
belgilab olingan hamda unda belgilangan vazifalarni
amalga oshirish uchun maqsadli koʻrsatkichlar
tasdiqlab qoʻyilgan.

Ushbu Farmonda belgilangan vazifalarning

ijrosi ta'minlanishi jamiyat

hayotida raqamli

texnologiyalar yanada keng tatbiq etilishiga hamda
mamlakatimizning

xalqaro

reytingi

yangi

pogʻonalarga koʻtarilishiga xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda hayotimizni Internet va

raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmasligi
barchaga ayon boʻlib qoldi. Butun dunyo hozirgi
vaqtda raqamlashtirilgan olamga kirib bormoqda. Bu
barcha sohalar boʻlgani kabi oʻz navbatida davlat
boshqaruvi sohasida ham qoʻllanishi keng quloch
yoyib bormoqda. Koʻpgina davlatlar tomonidan
davlat darajasida raqamlashtirish borasida qonun,
farmon, qaror, konsepsiya va boshqa hujjatlar qabul
qilingan holda ishlar olib borilmoqda.

Davlat boshqaruvda raqamlashtirishni tatbiq

etish borasida har bir davlat oʻzining strategik
loyihalarini olib bormoqda. Masalan, Qozogʻistonda
-Digital Kazakstan

1

, Rossiyada - Sifrovaya

Rossiya

2

, Buyuk Britaniyada - UK Digital

Strategy

3

kabi

boshqa

davlatlarda

ham

raqamlashtirish boʻyicha loyihalar olib borilmoqda.
Yurtimizda ham raqamlashtirish borasida ishlar olib
borilmoqda,

lekin

ular

tartibsiz

shaklda

raqamlashtirilgan.

Shuni alohida nazarda tutish kerakki, har bir

tashkilot yoki davlat muassasasi tomonidan ishlab

chiqilayotgan axborot tizimi komplekslari tartibli
ravishda faqatgina oʻz manfaatlarini emas, balki
boshqa davlat muassasalari axborot tizimlari bilan
raqamli integrasiyani hisobga olgan holda ishlab
chiqilsa katta samara beradi. Bunda albatta fuqaro va
tadbirkorlar manfaatlarini ham hisobga olish lozim.

Masalan,

2013

yildan

ishga

tushgan

my.gov.uz - yagona interaktiv davlat xizmatlari
portali orqali koʻrsatilayotgan interaktiv davlat
xizmatlari soni oydan oyga oshib bormoqda

4

.

Statistikaga qaraydigan boʻlsak, my.gov.uz -

yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan
roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni, 2023
yilning avgust oyidagi koʻrsatkichlarga koʻra 554.6
mingtani tashkil etmoqda.

1-jadval

my.gov.uz - yagona interaktiv davlat xizmatlari

portali

5

Statistika

ko`rsatkichlari

2020

yil

oktyabr

2020

yil noyabr

2021

yil

dekabr

2023

yil

аvgust

1

Xizmatlar soni

211

213

303

468

2

Foydalanuvchilar
soni

322

332.4

483.7

554.6

3

Murojaatlar soni

38

mln.

39 mln.

41.6
mln.

45.2
mln.

Bu

ishlarni

samaradorligini

oshirish

maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 12 dekabrdagi «Aholiga davlat xizmatlari
koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish
chora-tadbirlari

toʻgʻrisida»gi

PF-5278-sonli

Farmoni qabul qilindi

6

. Unga koʻra Oʻzbekiston

Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat
xizmatlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari,
ya'ni Davlat xizmatlari markazi tashkil qilindi.

Oʻzbekistonda

dastlabki

“Raqamli

Oʻzbekiston

2030”

termini

Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi
Oliy Majlisga Murojaatnomasida ishlatilgan edi,
ya'ni, “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli
texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan
Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab
chiqishimiz kerak.

Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston-2030”

dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur. Raqamli
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga
oʻstirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini
beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻtkazgan
tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun
Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga
oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish
topshiriladi. Bu borada axborot xavfsizligini
ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur”, fikrni
alohida ta'kidlab oʻtgan edilar.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish

Raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirish

Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim berish va malaka
oshirishni rivojlantirish


background image

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020

yil

24

yanvardagi

Oliy

Majlisga

Murojaatnomasida ham “Raqamli Oʻzbekiston –
2030”

dasturiga

alohida

toʻxtalib

oʻtib,

raqamlashtirish boʻyicha quyidagi fikrlarni aytib
oʻtdi “...kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga
bosh-qosh boʻlishi uchun hukumatda – Bosh vazir
oʻrinbosari,

vazirlik

va

idoralarda

hamda

hokimliklarda esa – alohida oʻrinbosar lavozimlari
joriy etiladi. Parlament ilm-ma'rifat va raqamli
iqtisodiyotni

rivojlantirish

borasida

amalga

oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida hukumat, tarmoq va
hududlar rahbarlarining hisobotini muntazam eshitib
borishi lozim.” - deb ta'kidlagan edi.

“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” dasturining

zamirida barcha sohalarni raqamlashtirish va ular
orasidagi raqamli integrasiyani ta'minlash yotadi.
Illinoys texnologiya instituti professor Richard
Uorner aytganidek, bu ishni amalga oshirishda
barcha soha vakillari ishtirok etishi lozim. Bu
faqatgina AKT soha vakillarini ishi emas. AKT
faqatgina “elektron hukumat” tizimini qurishni 20%
nigina

tashkil

etadi.

Qolgan

80%ini

esa

quyidagilarni samarali yoʻlga qoʻyish talab etiladi:

davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;

− jarayonlarni optimallashtirish;
− axborot ochiqligini ta'minlash;
− davlat xizmatlari sifatini oshirish;
− me'yoriy-huquqiy

bazasini

takomillashtirish.

Barcha axborot tizimi komplekslari orasidagi

raqamli integrasiyani toʻliq yoʻlga qoʻshish
borabarida

biz

asta

sekinlik

bilan

raqamli

iqtisodiyotga oʻtamiz.

Ma'lumki, shu vaqtgacha raqamlashtirish

boʻyicha yagona vakolatli organ yoʻq edi. Bu
sohadagi

ishlarni

Adliya

vazirligi,

Loyiha

boshqaruvi milliy agentligi, Davlat xizmatlari
agentligi, “UZINFOCOM” yagona integratori kabi
tashkilotlar olib borishar edi. Bu esa oʻz-oʻzidan bu
ishlarni jadallik bilan olib borishga ma'lum ma'noda
toʻsqinlik

qilar

edi.

Mazkur

ishlarning

samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 aprelda
«Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng
joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4699-
son qarori qabul qilindi

7

. Hujjatga muvofiq,

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini
rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan
shugʻullanadigan yaxlit tizim yaratildi va «Elektron
hukumat», iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq
xoʻjaligini raqamlashtirish, IT-parklarni tashkil etish
va boshqarish kabi vazifalar toʻliq vazirlik

vakolatiga oʻtdi. Axborot texnologiyalari va
kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi:

− raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni

rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi;

− raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni

rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari
va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy
etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarning
loyihalari va texnik hujjatlari hamda normativ-
huquqiy

hujjatlari

loyihalarini

majburiy

ekspertizadan oʻtkazadi.

Hozirgi vaqtda davlat idoralarida mavjud 700

dan ortiq axborot tizimlarining atigi 30 foizi
“Elektron hukumat” tizimiga ulangan. Davlat
xizmati koʻrsatuvchi 80 ta idoraning atigi 27 tasi
Davlat xizmatlari agentligiga integrasiya qilingan.
Bu

ham

“elektron

hukumat”

tizimidagi

muammolardan biri.2020 йилнинг 5 октябрь куни
Ўзбекистон

Республикаси

Президентининг

“Рақамли

Ўзбекистон-2030”

стратегиясини

тасдиқлаш ва уни самарали амалга ошириш чора-
тадбирлари

тўғрисида”ги

ПФ-6079-сонли

Фармони қабул қилинди

8

. Фармоннинг pdf

формати ҳажми 804 бетни ташкил этиши

ҳам

унинг қандай муҳим аҳамиятга эга эканлигини
тасдиқлаб турибди.

Farmonga koʻra, Axborot texnologiyalari va

kommunika-siyalarini

rivojlantirish

vazirligi

tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes
hamjamiyati va ilmiy doiralar vakillari hamda
xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan
«Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi koʻra,
2020-2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli
transformasiya qilish doirasida quyidagilar amalga
oshiriladi:

aholi punktlarini Internet tarmogʻiga ulash

darajasi, shu jumladan, keng polosali ulanish
portlarini 2,5 milliongacha koʻpaytirish, 20 ming

“Elektron hukumat qurish “eski hammom,

eski tos” qabilida ish koʻruvchi juda koʻplab
mansabdor shaxslarning toʻgʻanogʻini yorib
oʻtishdek katta sabr va matonat talab etiladigan
jarayon. Turli mijozlarga birdek maqbul, shuning
barobarida jamiyat va davlatga foyda keltiradigan
mukammal

tizimni

shakllantirish

uchun

chinakamiga katta mehnat qilish kerak. Elektron
hukumat qurish esa yanada murakkabroq:
muhandislar, rahbarlar, yuristlar bir yoqadan bosh
chiqarishlari shart.”

Illinoys texnologiya instituti professor Richard Uorner


background image

kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va
mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78
foizdan 95 foizga etkaziladi;

hududlarni

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq
axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa
dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;

587 ming nafar kishini, shu jumladan «Bir

million dasturchi» loyihasi doirasida 500 ming nafar
yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash
asoslariga oʻqitish tashkillashtiriladi;

iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi

korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va
logistika jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha
280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy
mahsulotlar joriy etiladi;

hududlarda hokimlar, davlat organlari va

tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va
malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari
va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitish uchun
tegishli oliy ta'lim muassasalari biriktiri-ladi hamda
ularning

12

ming

nafar

xodimi

axborot

texnologiyalari sohasida oʻqitiladi.

Raqamli

transformasiya

raqamli

texnologiyalarni barcha sohalarda integrasiya qilish
jarayoni boʻlib, yangi xizmat va yangi mahsulotlar
ishlab chiqishda tamoyillar, usullar, prinsiplar va
texnologiyalarni

oʻzgartirishni

talab

qiladi.

Raqamlashtirish zamirida raqamli transformasiya
yotadi.

Raqamli

transformasiya

raqamli

texnologiyalarni barcha sohalarda integrasiya qilish
jarayoni boʻlib, yangi xizmat va yangi mahsulotlar
ishlab chiqishda tamoyillar, usullar, prinsiplar va
texnologiyalarni

oʻzgartirishni

talab

qiladi.

Raqamlashtirish zamirida raqamli transformasiya
yotadi;

− idoralar

faoliyatining

ochiqligi

va

shaffofligini ta'minlash, Internet tarmogʻida ochiq
ma'lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib
borish boʻyicha choralar koʻrish;

− idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot

xavfsizligini, shuningdek, elektron ma'lumotlar va
hujjatlarning himoyasini ta'minlash.

Raqamlashtirish boʻyicha oʻrinbosarlarning

tegishli yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish
Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini
rivojlantirish

vazirligiga

yuklatilgan.

Demak,

bundan koʻrishimiz mumkinki davlat tomonidan
iqtisodiyotni

raqamlashtirishga

katta

e'tibor

qaratilmoqda.

Dunyoda raqamli iqtisodiyot oʻsishining

sur'atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda.
Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga etgan. Ular
hozirning oʻzida raqamli iqtisodiyotning joriy
qilinishidan juda katta naf koʻrishmoqda. Xususan,
Amerika Qoʻshma Shtatlari yiliga 400 mlrd. AQSh
dollaridan koʻproq raqamli xizmatlarni eksport
qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining
5 foizidan koʻprogʻi bevosita internet va AKT bilan
bogʻliq sohalarga toʻgʻri keladi.

2025

yilgacha

AQSh

sanoatni

raqamlashtirishdan qoʻshimcha 20 trln. dollar
daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy
samaradorlik, ayniqsa, iste'mol tovarlari ishlab
chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8
trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori
boʻlishi ta'kidlanmoqda.

Ekspertlarning fikricha, kelgusi 3 yilda

iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22
foiz ish oʻrinlari internet texnologiyalari yordamida
koʻrsatilar ekan.

Oʻzbekiston ham “Raqamli Oʻzbekiston -

2030” strategiyasini amalga oshirishi natijasida katta
imkoniyatlarga ega boʻladi, ochiqlik va shaffoflik
ta'minlanadi va eng asosiysi korrupsiyani oldi
olinadi. Bu ishlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston
iqtidorli dasturchilar va yuqori malakali davlat
fuqarolik xizmatchilariga ega. Mamlakatimizda
raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat
boshqaruvi, ta'lim, sogʻliqni saqlash va qishloq
xoʻjaligida

zamonaviy

axborot-kommunikasiya

texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan,
elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy
mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy
bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha
hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek,
sohani malakali kadrlar bilan ta'minlashni koʻzda
tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga
oshirish boshlangan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq
axborot

tizimlari

bilan

integrasiyalashgan

geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va
kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot
tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va
keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy
qilishni nazarda tutuvchi «Raqamli Toshkent»
kompleks

dasturi

amalga

oshirilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrda
“«Raqamli Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-

Tarmoq

va

hududlarda

raqamli

iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy
qilish masalalari - rivojlanish va xalqimiz
hayotini yaxshilash borasidagi ishlarimizning
eng katta zamini.

Sh.Mirziyoev


background image

tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoni
imzolandi.

Ushbu

farmon

bilan

quyidagilar

tasdiqlandi. Ya'ni:

“Raqamli

Oʻzbekiston

2030”

strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha
“Yoʻl xaritasi”;

2020-2022 yillarda hudud va tarmoqlarni

raqamli transformasiya qilish dasturlari.

«Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi

iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat
boshqaruvi tizimining jadal raqamli rivojlanishini
ta'minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini
koʻrsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish
maqsadida ishlab chiqilgan.

Raqamli rivojlanish strategiyasining ustuvor

yoʻnalishlari:

• Raqamli infratuzilmani rivojlantirish
• Elektron hukumatni rivojlantirish
• Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
• Raqamli texnologiyalar milliy bozorini

rivojlantirish

• Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim

berish va malaka oshirishni rivojlantirish

Raqamli

infratuzilmani

rivojlantirish

maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

optik tolali aloqa liniyalari, xalqaro

kommutasiya markazlarini modernizasiya qilish va
rivojlantirish

orqali

mintaqaviy

va

xalqaro

telekommunikasiya tarmoqlarining, Oʻzbekiston
Respublikasining chegaradosh Markaziy Osiyo
davlatlari bilan tranzit aloqalarining oʻtkazuvchanlik
qobiliyatini kengaytirib borish;

taqdim etilayotgan xizmatlar hajmini

oshirish, rezervlash, tizimlarning ishonchliligini
ta'minlash, shuningdek, aholi punktlari va ijtimoiy
ob'ektlarni keng polosali xizmatlardan foydalanish
imkoniyati bilan ta'minlash uchun ma'lumotlar
uzatish tarmogʻini kengaytirish;

mobil va yoʻldosh aloqa operatorlarining

investision

faolligini

ragʻbatlantirishning

qoʻshimcha mexanizmlarini yaratish;

mobil aloqa tarmogʻini 4G va 5G

texnologiyasi boʻyicha rivojlantirish, Toshkent
shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha
viloyatlar markazlarini beshinchi avlod aloqa
tarmogʻi bilan bosqichma-bosqich qamrab olish;

barcha aholi punktlari va ijtimoiy

ob'ektlarni

optik

va

mobil

keng

polosali

xizmatlardan foydalanish tarmoqlari bilan qamrab
olish;

avtomagistral va temir yoʻllari, turistik

ob'ektlarni mobil aloqa tarmoqlari bilan qoplashni
ta'minlash;

Raqamli

infratuzilmani

rivojlantirish

maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish

tariflarini takomillashtirish va optimallashtirish;

geografik joylashuvidan qat'iy nazar,

fuqarolarning

oʻsib

borayotgan

axborotga

ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali
simsiz

va

mobil

texnologiyalarni

yanada

rivojlantirish;

iste'molchilarga

televizion

signalni

uzatish, er usti televizion eshittirish, kabel
televideniesi, IP-televidenie, ma'lumotlar uzatish
tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan
foydalangan holda teleradioeshittirish, televizion va
radio xizmatlarining barcha turlarini toʻliq qamrab
olgan holda raqamli eshittirishni takomillashtirish;

«bulutli»

hisoblashlar

asosida

ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini
rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq,
Oʻzbekiston Respublikasining axborot resurslariga
doimiy ulanishni ta'minlash;

bozorning erkin rivojlanishi imkoniyatini

saqlab, telekommunikasiya sohasini rivojlantirish
uchun sharoitlarni yaxshilash, biznes yuritish va
telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish
uchun ma'muriy toʻsiqlarni kamaytirish;

elektron hukumat doirasida elektron

davlat xizmatlaridan foydalanish uchun barcha
davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy
boʻlinmalarini idoralararo ma'lumotlar uzatish
tarmogʻiga

ulagan

holda

ushbu

tarmoqni

rivojlantirish;

Raqamli

infratuzilmani

rivojlantirish

maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanish

tariflarini takomillashtirish va optimallashtirish;

geografik joylashuvidan qat'iy nazar,

fuqarolarning

oʻsib

borayotgan

axborotga

ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali
simsiz

va

mobil

texnologiyalarni

yanada

rivojlantirish;

iste'molchilarga

televizion

signalni

uzatish, er usti televizion eshittirish, kabel
televideniesi, IP-televidenie, ma'lumotlar uzatish
tarmoqlari, mobil aloqa, Internet texnologiyalaridan
foydalangan holda teleradioeshittirish, televizion va
radio xizmatlarining barcha turlarini toʻliq qamrab
olgan holda raqamli eshittirishni takomillashtirish;

«bulutli»

hisoblashlar

asosida

ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini


background image

rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq,
Oʻzbekiston Respublikasining axborot resurslariga
doimiy ulanishni ta'minlash;

bozorning erkin rivojlanishi imkoniyatini

saqlab, telekommunikasiya sohasini rivojlantirish
uchun sharoitlarni yaxshilash, biznes yuritish va
telekommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish
uchun ma'muriy toʻsiqlarni kamaytirish;

elektron hukumat doirasida elektron

davlat xizmatlaridan foydalanish uchun barcha
davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy
boʻlinmalarini idoralararo ma'lumotlar uzatish
tarmogʻiga

ulagan

holda

ushbu

tarmoqni

rivojlantirish;

Raqamli

infratuzilmani

rivojlantirish

maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

mamlakatimiz hududida davlat organlari,

jismoniy va yuridik shaxslar uchun axborotni
saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron
davlat

xizmatlarining

foydalanuvchanligini

ta'minlash mexanizmlarini takomillashtirish;

davlat

organlari

faoliyatini

raqamlashtirish va elektron davlat xizmatlarini
koʻrsatish doirasida «xizmat sifatida dasturiy
ta'minot», «xizmat sifatida platforma», «xizmat
sifatida infratuzilma» texnologiyalarini keng joriy
etish;

shahar

infratuzilmasini

boshqarishda

raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali transport
logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining
sifati,

shahar

rivojlanishini

boshqarish

samaradorligi, jamoat, biznes va yashash joylari
bilan bogʻliq muammolarni hal qilish uchun «aqlli»
va «xavfsiz» shahar loyihalarini izchil amalga
oshirish;

keng polosali ulanishni rivojlantirishning

texnologik

asosi

iste'molchilarga

asosiy

va

qoʻshimcha xizmatlarni, shu jumladan texnologik
jarayonlarni

avtomatlashtirish

xizmatlarini,

aholining hayotini qoʻllab-quvvatlashda aqlli
tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida
individual

infratuzilma

loyihalarini

amalga

oshirishga bosqichma-bosqich kirishni ta'minlash
uchun yagona infratuzilma yordamida multiservis
tarmoqlarini rivojlantirish;

mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va

simsiz

aloqa

texnologiyalari

va

tizimlari,

shuningdek, yangi geografik axborot va navigasiya
tizimlarining samaradorligini oshirish yoʻllarini oʻz
ichiga olgan aloqa va navigasiya texnologiyalarini
rivojlantirish;

aloqa operatorlari oʻrtasida raqobatni

rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni

raqamli transformasiya qilish doirasida:

aholi punktlarini Internet tarmogʻiga ulash

darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish
portlarini 2,5 mlngacha koʻpaytirish, 20 ming
kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va
mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali
78%dan 95%ga etkaziladi;

hududlarni

ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq
axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa
dasturiy mahsulotlar joriy etiladi;

587 ming nafar kishini, shu jumladan «Bir

million dasturchi» loyihasi doirasida 500 ming nafar
yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash
asoslariga oʻqitish tashkillashtiriladi;

iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi

korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va
logistika jarayonlarini avtomatlashtirish boʻyicha
280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy
mahsulotlar joriy etiladi;

hududlarda hokimlar, davlat organlari va

tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va
malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari
va axborot xavfsizligi boʻyicha oʻqitish uchun
tegishli oliy ta'lim muassasalari biriktiriladi hamda
ularning

12

ming

nafar

xodimi

axborot

texnologiyalari sohasida oʻqitiladi.

Dastlab

29

ta

namunaviy

tumanlarda

(shaharlarda) 2020 yilda va 2021 yil I choragi
yakuniga qadar raqamli transformasiya qilish amalga
oshirildi.

Axborot

texnologiyalari

va

kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, uning
tasarrufidagi

tashkilotlar

va

hududiy

boshqarmalarining

mas'ul

rahbarlarini

tegishli

tumanlarga (shaharlarga) biriktirildi. Hududiy ishchi
guruhlari tashkil etildi va ular har 10 kunlikda
loyihalarni amalga oshirish samaradorligi va
joylarda oʻtkazilayotgan tadbirlarning amaliy
ahamiyatini baholadi.


XULOSA

Strategiya doirasida 2020–2022 yillarga

moʻljallangan «Yoʻl xaritasi» Strategiya doirasida
2020–2022

yillarga

moʻljallangan

«Yoʻl

xaritasi»da toʻrtta asosiy sohani rivojlantirish
nazarda tutilgan:

1.

Elektron hukumatni rivojlantirish;

2.

Raqamli industriyani rivojlantirish;

3.

Raqamli ta'limni rivojlantirish;

4.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish.

Elektron hukumatni rivojlantirish:


background image

01.01.2021 yildan boshlab - Tajriba tariqasida

«Raqamli Toshkent» kompleks dasturi doirasida
jismoniy shaxsga identifikasiya ID-kartasini
berishda davlat organlari va tashkilotlari bilan
oʻzaro elektron munosabatlarni yoʻlga qoʻyish
uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi;

01.07.2021 yildan boshlab - Oʻzbekiston

Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portalida davlat
organlari va tashkilotlari tomonidan davlat
xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori
vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatga olish,
jamoat transporti harakati, er resurslaridan
foydalanish va boshqa umumfoydalanishdagi
statistik ma'lumotlar onlayn rejimda joylashtirib
borilishi ta'minlanadi;

01.08.2021 yildan boshlab - jismoniy va

yuridik shaxslarga barcha belgilangan davlat
bojlari, yigʻimlar, jarimalar va boshqa majburiy
toʻlovlarni

elektron

toʻlov

tizimlaridan

foydalangan holda onlayn rejimda toʻlash
imkoniyati taqdim etiladi.

Raqamli industriyani rivojlantirish

:

01.11.2020

yildan

boshlab

-

Dasturiy

mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik
parki

rezidenti

maqomini

axborot

texnologiyalariga

oʻqitish,

apparat-dasturiy

vositalarni ishlab chiqish va realizasiya qilish,
roboto-texnika, Internet tarmogʻi orqali axborot
xizmatlarini

eksport

qilish,

shuningdek,

ma'lumotlarni saqlash va hisoblab qayta ishlash
sohasida xizmat koʻrsatadigan OʻzR rezidenti
hisoblangan yuridik shaxslar olishi mumkin
boʻldi;

01.01.2022 yilga qadar - Masofadan kredit

mahsulotlarini realizasiya qilish, omonatlar va
hisobraqamlarni ochishni oʻz ichiga olgan keng
turdagi onlayn xizmatlar koʻrsatishni ta'minlash
orqali

tijorat

banklarining

raqamli

transformasiyasi yakuniga etkaziladi.

Raqamli ta'limni rivojlantirish:

01.01.2021 yildan boshlab - fuqarolar

tomonidan tizim boshqaruvi, ma'lumotlar bazasi
va «bulutli» platformani boshqarish, axborot
xavfsizligini ta'minlash va boshqa talab yuqori
boʻlgan yoʻnalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni
olish xarajatlarining 50%gacha boʻlgan qismini
qoplash tizimi joriy etiladi;

01.01.2021 yilga - har bir tuman va shaharda

mavjud infratuzilma ob'ektlari negizida keng
aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun
raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari ochiladi;

2023 yil yakuniga qadar - barcha tuman va

shaharlarda oʻquvchilarning ijodiy rivojlanishi va
kompyuter dasturlash asoslarini oʻrganishi uchun

mavjud ta'lim muassasalari negizida 200 dan ortiq
informatika

va

axborot

texnologiyalarini

chuqurlashtirib

oʻqitishga

ixtisoslashtirilgan

maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish:

2022 yil yakuniga qadar - har bir aholi punkti

10 Mbit/sdan kam boʻlmagan ma'lumotlarni
uzatish tezligidagi Internet tarmogʻiga ulanish
imkoniyati bilan ta'minlanadi;

01.01.2022 yilga qadar - barcha mashhur

sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi Internet bilan
ta'minlanadi.

Strategiyada

belgilangan

vazifalarni

amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga
erishish rejalashtirilgan:

yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot

va mobil aloqa tarmoqlaridan sifatli, xavfsiz,
arzon va oqilona foydalanish;

aloqa

va

telekommunikasiyalarning

ochiq va raqobatbardosh bozori;

barcha ijtimoiy ob'ektlarni Internet jahon

axborot tarmogʻi bilan ta'minlash;

respublika boʻylab optik tolali aloqa

tarmogʻining uzunligini kengaytirish;

aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa

texnologiyalari (4G va b.) bilan qamrab olish
darajasini oshirish;

shaharlar va qishloqlar oʻrtasidagi

raqamli tafovutni kamaytirish;

elektron hukumatni rivojlantirish xalqaro

reytingida eng rivojlangan mamlakatlar qatoriga
kirish;

elektron

davlat

xizmatlari

ulushini

oshirish;

elektron davlat xizmatlariga ishonchni

mustahkamlash, aholining davlat organlari bilan
xavfsiz va oson oʻzaro hamkorlik qilishini
ta'minlash;

davlat, biznes va aholining ehtiyojlariga

qarab, hisoblash quvvatini samarali taqsimlash va
undan foydalanish;

respublika boʻylab kommunal sohada

elektron hisoblagichlar ulushini oshirish;

an'anaviy qogʻoz yoki elektron hujjatga

nisbatan elektron yozuvning ustunligi;

dasturiy mahsulotlarning eksport hajmini

kengaytirish;

IT-parkda rezidentlari sonini oshirish;

investisiya muhitini yaxshilash, axborot

texnologiyalari

sohasida

investisiyalar

samaradorligini oshirish;


background image

aholining raqamli iqtisodiyot va elektron

hukumat vositalaridan foydalanish koʻnikmalarini
rivojlantirish;

aholining

barcha

qatlamlari

uchun

axborot texnologiyalari sohasida ta'lim olish
boʻyicha keng imkoniyatlarining mavjudligi;

axborot

texnologiyalari

sohasidagi

professional kadrlar zaxirasining, shu jumladan
boshqaruv kadrlari zaxirasining mavjudligi;

IT-yoʻnalishi

boʻyicha oliy ta'lim

muassasalari bitiruvchilari sonini oshirish;

respublikaning

barcha

tumanlarida

(shaharlarida) raqamli texnologiyalar oʻquv
markazlarini tashkil etish.

“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi

doirasida

Davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy

etish

«Mahalla» yagona axborot tizimi;

«Ijtimoiy himoya» yagona reestri;

«FHDYo yagona elektron arxivi»

axborot tizimi;

«Raqamlashtirish darajasini baholash»

axborot tizimi;

«Xalq deputatlari mahalliy kengashlari

faoliyatini boshqarish» axborot tizimini joriy
qilish;

«Yoʻl xaritalarini» boshqarish axborot

tizimi joriy etish;

«Investisiya loyihalari monitoringi»

axborot tizimi;

Tashqi yoritish chiroqlarini boshqarishni

avtomatlashtirilgan axborot tizimi;

«E-Mehmon» axborot tizimi;

«Bozor narxi» axborot tizimi;

«Hudud» axborot tizimi;

«Fuqaro nazorati» axborot tizimi;

«I-Ko’mak» - Saxovat monitoring tizimi;

«Elektron

hokimiyat»

namunaviy

axborot tizimi va boshqalar.

REFERENCES

[1] https://digitalkz.kz - Raqamli Qozogʻiston
rasmiy sayti.
[2] https://d-russia.ru- Raqamli Rossiya rasmiy
sayti.
[3] https://www.gov.uk

-

Raqamli

Buyuk

Britaniya rasmiy sayti.
[4] my.gov.uz

-

Yagona

interaktiv

davlat

xizmatlari portali
[5] https://my.gov.uz/oz/site/statistic-page
[6] https://lex.uz/docs/3454989

[7] https://lex.uz/docs/4800657
[8] https://lex.uz/docs/5030957

References

https://digitalkz.kz - Raqamli Qozogʻiston rasmiy sayti.

https://d-russia.ru- Raqamli Rossiya rasmiy sayti.

https://www.gov.uk - Raqamli Buyuk Britaniya rasmiy sayti.

my.gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali

https://my.gov.uz/oz/site/statistic-page

https://lex.uz/docs/3454989

https://lex.uz/docs/4800657

https://lex.uz/docs/5030957

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов