GAME TECHNOLOGY AND ITS IMPORTANCE IN THE ORGANIZATION OF LITERATURE CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Ro’ziyeva , Q. (2024). GAME TECHNOLOGY AND ITS IMPORTANCE IN THE ORGANIZATION OF LITERATURE CLASSES. Modern Science and Research, 3(1), 739–743. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28417
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the role and importance of game technologies in literary education, the types of games, and the technology of their use. In the course of the article, the issues of organizing literature classes based on game technologies are highlighted separately


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

739

ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA O’YIN TEXNOLOGIYASI VA UNING

AHAMIYATI

Ro’ziyeva Qunduz Mahmudovna

Buxoro viloyati, Olot tumani 17-IDUMning

ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10557028

Annotatsiya.

Mazkur maqolada adabiy ta’limda o’yin texnologiyalarining o’rni va

ahamiyati hamda o’yin turlari, ulardan foydalanish texnologiyasi haqida so’z boradi. Maqola
davomida o’yin texnologiyalari asosida adabiyot darslarini tashkil etish masalalari alohida
yoriyib berilgan.

Kalit so’zlar:

adabiy ta’limda o’yin texnologiyalarining o’rni, o’yin turlari, adabiyot, ona

tili ta’limi.

GAME TECHNOLOGY AND ITS IMPORTANCE IN THE ORGANIZATION OF

LITERATURE CLASSES

Abstract.

This article talks about the role and importance of game technologies in literary

education, the types of games, and the technology of their use. In the course of the article, the
issues of organizing literature classes based on game technologies are highlighted separately.

Key words:

role of game technologies in literary education, types of games, literature,

mother tongue education.

ИГРОВАЯ ТЕХНОЛОГИЯ И ЕЕ ЗНАЧЕНИЕ В ОРГАНИЗАЦИИ ЗАНЯТИЙ ПО

ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

В данной статье говорится о роли и значении игровых технологий в

литературном образовании, а также о видах игр и технологии их использования. В ходе
статьи отдельно освещаются вопросы организации занятий литературой на основе
игровых технологий.

Ключевые слова:

роль игровых технологий в литературном образовании, виды игр,

литература, обучение родному языку.

Hozirgi kunda dars jarayonini jonli tarzda o`tkazish, undagi yangi mazmunni o`quvchilarga

to`larok etkazish uchun pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamonaviy texnologiyaning
dolzarb talabi bo`lib xizmat kiladi.

O`qituvchilardan

ham

dars

samaradorligi

oshiradigan,

o`quvchilar

faollligini

kuchaytiradigan texnologiyalarni qo`llash talab etilmokda. Bunday talablarga asosan o`quvchilarda
o`zaro rakobatni o`rnatish uchun adabiyot darslarida

o`yin mashg`ulotlaridan

foydalanish

maksadga muvofikdir.

Chunki o`yin texnologiyasi o`quvchilar orasida faollikni yanada kuchaytiradi va mavzuga

oid bo`lgan qiziqishni yanada oshiradi. Adabiy ta`limda asosiy faollik o`qituvchining o`zida
mujassam bo`lishi kerak. Shundagina o`quvchilar orasidagi faollikni ta`minlay oladi.

Zamonaviy ta`limni tashkil etishda turli xil o`yinlardan samarali foydalanishga alohida

e`tibor berilmokda. Bugungi kunda adabiy ta`lim jarayonida qo`llash nihoyatda kulay bo`lgan bir
kator o`yinli texnologiyalar yaratilmokda. O`yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

740

mustahkamlash, ularning amaliy malaka va ko`nikmalariga aylanishini ta`minlabgina qolmay, balki
ta`lim oluvchilarda muayyan axloqiy irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o`z ulushini qo`shadi.

D.B.El`koninning fikriga ko`ra, “Xuddi shu oddiygina o`yin orqali o`sib kelayotgan bolaning

tasavvuri ilk marotaba qaror topa boshlaydi”

1

. Bir qancha izlanishlar shu fikrga olib keladiki, o`yin

- bu tarakkiyotning rolidir, uning kelajakka, rivojlanishga qaratilgan, undan kelib chikadigan konun-
koidalar, iroda hamda matonat maktabidir.

Zakovat o`yini

Bu o`yinni o`tkazishda dastlab auditoriyani o`yinga moslashtirish lozim bo`ladi. O`yin

ishtirokchilari test yordamida saralab olinadi. Yuqori ball olgan o`quvchilar o`yinda ishtirok etish
huquqiga ega bo`ladi. O`yin qatnashchilari 6-8 kishidan iborat bo`ladi. Qolgan o`quvchilar esa
o`yinni tamoshabin sifatida kuzatib turishadi. O`yin uchun mo`ljallangan savollar konvertga
joylashtirib ko`yiladi. Guruh sardori savolni olib o`qituvchiga beradi. O`qituvchi savolni o`qib
eshittiradi. Javobni aniklash uchun bir dakika vakt ajratiladi. Bu vakt orasida o`yin ishtirokchilari
javobni maslahatlashib topishga harakat kilishadi. Bu o`yinni asosan, yukori sinfda o`tkazish tavsiya
etiladi.

Zakavot o`yinlarida asosan, o`rtaga muammoli savollar tashlanib, shu muammoni hal etishga

dikkat qaratiladi.

9 cinfda Ogahiy hayoti va ijodini o`rganishda bu o`yinni qo`llash va kuyidagi savollardan

foydalanish mumkin:

Savol: Shoir she`rlarida mumtoz adabiyotning kaysi san`at turlaridan foydalangan. Misollar

keltiring.

Javob: Ogahiy o`z baytlarida ma`no jihatidan bir-biriga yakin tushunchalarni ko`llab

tanosub

san`tini yaratgan. Masalan:

Ne tong ko`nglum kushi gar etsa maksad oshyonig`a,
Ki, sa`yu shavkdin uchmokda bolu par kilur paydo.
Ogahiy

iyhom

san`ati xususiyatlaridan ham mohirona foydalangan:

Meni bemor o`lar holatga etganda ikki la`lin,
So`rub bildim alarning biri shakar, biri kavsardur.
Savol: Ogahiyning kuyga solingan mashhur g`azali kaysi va uning matla`si kanday?
Javob: “Ustina” radifli g`azali Ogahiyning mashhur g`azallaridan biridir. U ishk mavzusida,

vasf va izhor uslubida bitilgan yakpora g`azaldir. Bu g`azal tanikli xonandalar (Komiljon
Otaniyozov, Otajon Xudoshukurov va b.) tomonidan ko`shik kilib ijro etilgan. Ғazal to`kkiz band,
o`n sakkiz misradan iborat. Ғazalning matla`si:

Mushkin koshining hay`ati ul chashmi jallod ustina,
Qatlam uchun “nas” keltirur “nun” e`tibor “sod” ustina.
O`yin shu tarzda davom etadi. Savollarga to`g`ri javob bergan guruh g`olib sanaladi.

6X6X6

Mazkur metodlarning adabiy ta`lim jarayonida foydalanish mumkin bo`lganlaridan yana biri

6X6x6 metodidir. Bu metoddan adabiy asarlar ustida ishlashda foydalanishda adabiyot
o`qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni okilona shakllantira bilish talab kilinadi.

1

Эльконин Д.Б. Психология игрў. Москва. Педагогика. 1978.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

741

Bu metodda sinfdagi o`quvchilar oltita-oltitadan guruhlarga bo`linadi. Guruhlarga muayyan

nomlar beriladi. Dars mavzusi e`lon kilinadi, o`qituvchi guruhning a`zolarini almashtiradi. Yangi
guruhda avvalgi guruhdan bitta vakil koladi va o`z guruhining mavzu yuzasidan chikargan
xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. Yangi guruh a`zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini
o`rganadilar, unga o`z munosabatini bildiradilar. Shu tarika kiska vakt ichida o`quvchilar tomonidan
ham mavzu yuzasidan fikr bildiriladi, ham bu fikrlar ularning o`zlari tomonidan tahlil kilinadi va
baholanadi.

“To`g`ri top” o`yini

uchun ikkita plakat kerak bo`ladi. O`qituvchi birinchi navbatda biror

makolning boshlanishini yozib ko`yadi, ikkinchisi esa tartabni o`zgartirgan holda makolning
davomini yozib ko`yadi. O`yinni 5 sinflarda “Makollar” mavzusini o`rganishda qo`llash mumkin.

1. Qari bilganini...
2. Avval o`yla...
3. Otdan tushsa ham...
4. Yaxshi topib gapirar...
5. O`z uying...
1. egardan tushmaydi
2. yomon kopib
3. pari bilmas
4. o`lan to`shaging
5. keyin so`yla

“Kim biladi?” o`yinida

o`quvchilar ikki guruhga bo`linadi. Birinchi guruh a`zolari biror

she`rdan parcha o`qishadi. Ikkinchi guruh a`zolari esa she`rning muallifini aniklashadi. Keyingi
navbatda ikkinchi guruh a`zolari she`r o`qishadi. Birinchi guruhdagilar esa she`r muallifini
topishadi. Har bir to`g`ri javob uchun yutukli kartochkalar berishadi. Bu o`yinni xohlagan shoirning
lirikasini o`rganishda yoki dars jaryonida o`quvchilarni zeriktirishga yo`l ko`ymaslik, kiziktirish
maksadida ham o`tkazish mumkin. Masalan, 9-sinfda Navoiy lirikasini o`rganishda kuyidagicha
foydalanish mumkin:

1-guruh:

Ul sanamkim, suv yakosinda paritek o`ltirur,
Ғoyati nozuklikindin suv bila yutsa bo`lur.

2-guruh . Atoiy

Bu gulshan ichra yo`ktur bako guliga sabot,
Ajab saodat erur chiksa yaxshilik bila ot.

1-guruh. Navoiy

O`yin shu tarzda davom etadi. Ushbu o`yin o`quvchilarda she`riyatga nisbatan qiziqish

uyg`otadi. She`riyatga bo`lgan ijodiy yondashuvni o`stiradi, ifodali o`qishga malakalarini oshiradi.

Adabiyot darslarida bunday o`yin texnologiyalarini ko`llash, ulardan foydalanish juda katta

samara beradi. O`kuvchilarning bunday darslarda ko`llaniladigan o`yin texnologiyalari orqali
dunyoqarashi kengayadi, faolligi kuchayadi, bilim va ko`nikmalari mustahkamlanadi. eng muhimi,
adabiyot darsiga, badiiy adabiyotlarni o`qishga qiziqish kuchayadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

742

“ertaklar olamiga sayohat” o`yini

kuyi

sinflarda o`tkaziladi. O`kuvchilar guruhlarga

bo`linadi. Mustakil va sinfdan tashkari o`qish soatlarida kanday ertaklar o`qilgan bo`lsa(o`quvchilar
tomonidan) ertaklar nomi, kahramonlar ismi yoziladi. Qaysi kator yoki o`quvchi ko`p yozsa engadi.

5-sinfda ”ertaklar olamida» ruknida «To`maris» rivoyati

,

Nazariy ma`-lumot: Rivoyat

va afsona tushunchalari. «Uch og`a-ini botirlar» ertagi, «Susambil» ertagi. Nazariy ma`lumot:
ertaklar va ularning turlari. Sinfdan tashkari o`qish darslarida bu o`yindan foydalanish
mumkin.

ertaklar nomi

Qahramonlar nomi

“Sehrli uch so`z” o`zbek adabiy

ertagi

Maksudxo`ja, xotini, besh kizi,

to`rt o`g`li

Pirimkul Qodirovning “Najot”

adabiy ertagi ertagi

Shahzoda Abusaid, podsho

Kamolxon, vazir Zuhurbek, Sanobar,
Ashur, uch og`ayni botirlar:To`lan botir,
O`ktam botir, Kenja botir va boshkalar

O`yin darslari vositasida o`quvchilarni mustakil fikrlashga, ijodkorlikka yo`naltiriladi.

O`kuvchi o`zlashtirgan bilim va malakalariga tayanib o`yin darsi vositasida mustakil harakat kiladi,
o`kuv topshiriklarini bajaradi. Ko`yilgan muammolarni echadi. Yukori sinflarda sahna asarlarini
rollarga bo`lib o`qish ijro etish vositasida bahri bayt musobakalarini o`tkazish kabi dars shakllaridan
foydalanish mumkin.

9-sinfda Zahriddin Muhammad Bobirning lirikasini o`rganishda kuyidagicha bahri-bayt

shaklidan foydalanish mumkin.

1-o`quvchi:
Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi,
Shod etmas emish ko`ngilni mehnatda kishi,
Ko`nglim bu g`ariblikda shod o`lmadi, oh,
Ғurbatda sevinmas emish, albatta, kishi.
2-o`quvchi:
Ishkingda ko`ngil xarobdur, men ne kilay?
Hajringda ko`zum purobdur men ne kilay?
Jismim aro pechutobdur, men ne kilay?
Jonimda ko`p iztirobdur, men ne kilay?
Yukori sinflarda, ayniksa, xilma xil asar kahramonlariga xos portret kiyofalarini o`quvchi

ko`z o`ngida jonlantirish vositasida u kaysi asar kahramoni ekanini topish o`yinini olib borish
mumkin.

Masalan, 8-sinfda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig” dostonida kuyidagicha o`yin

turidan foydalanish mumkin:

1. U benukson akl timsoli, vazirning o`g`li bo`lib. Davlat ishlarida emas, dunyo ishlarida akl,

idrok bilan ish ko`radi. (O`g`dulmish)

2. U takvodor, zohid, davlatning karindoshi kanoat timsoli bo`lib. Foniy dunyoni o`tkinchi

deb biladi. U dunyoviy ishlarning barchasi kerak, u hayotiy zarurat, lekin bu dunyo tuzilishiyo`lida
umrini kurbon berish donolik belgisi emas deb biladi. (O`zg`urmish)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

743

O`qituvchi yukoridagi fikrni bayon etib, kim ta`riflanganini so`raydi. O`kuvchilar esa

o`qigan asari yuzasidan kimligini eslab topib aytadi.

Ma`lumki akademik licey talabalariga ikkinchi boskichda Boburning hayoti va ijodini

o`rganishga alohida e`tibor qaratilgan. Bunday darslarda “Shoh va Shoir” nomi bilan ham o`yin
mashg`ulotini uyushtirish mumkin.

Bunda birinchi guruh nomi “Shoh”, ikkinchi guruh nomi “Shoir” deb nomlanadi. Har bir

guruhga berilgan nomidan kelib chikib savollar beriladi. “Shoh” guruhiga beriladigan savollar:

1. Boburning avlodlar shajarasini tuzing.
2. Boburning o`z yurtidan bosh olib ketish sabablarini ko`rsating.
3. Boburning Hindistonda amalga oshirgan obodonchilik ishlari.
4. Bobur va Shayboniyxonga kiyosiy tavsif bering.
“Shoir” guruhiga savollar:
1. Bobur kanday devonlar tuzgan?
2. Xazon yafrog`i yanglig` gul yuzing hajrida sarg`ardim,
Ko`rub rahm aylagil, ey lolaruh, bu chehrai zardim
matla`li g`azal tahlili va undagi sarik rangni ifodalash uchun ko`llangan so`z va so`z

birikmalarini ifodalab bering.

3. Shoirning takdiri bilan bog`lik bo`lgan ruboiylaridan misollar keltiring va sharhlang.
4. Boburning ijodiy salohiyati va iste`dodiga baho bering.
Cavollar yozilgan kartochkalar o`quvchilarga tarkatiladi. Dars jarayonida o`quvchilar

guruhlarning faolligiga qarab baholanadi.

O`yin darslari mustakil fikrlashga, ijodkorlikka, faollikka undaydi. Bunday darslarning

fanlararo alokasi hakida to`xtaladigan bo`lsak, u tarix (Qodiriyning “O`tgan kunlar” ida XIX asrdagi
Buxoro, Qo`kon xonliklari; tarixiy vokealar, sanalar), geografiya (Boburning “Boburnoma” sidagi
geografik joy nomlari), psixologiya (ruhiyat tasviri), mantik, matematika, tilshunoslik kabi fanlarga
chambarchas bog`lik.

Biror bir adabiy asarni o`rganishda, davrlarga sharh berishda, ma`lum asarda kamrab olingan

tarixiy vokealarni o`quvchilarga eslatishda, obrazlarni tahlil kilishda tarix faniga murojaat kilinadi.
Asardagi ruhiyat tasvirini o`rganishda psixologiyaga, klassik adabiyot namunalarini o`rganishda
falsafaga, mantikka, badiiy asar matnini tahlil kilishda tilshunoslik faniga murojaat kilinadi. Demak,
o`qituvchi fanlararo alokadan foydalanib yozuvchi yashagan davr, kalamga olingan hayotiy
hodisalar va inson shaxsi to`g`risida asosli, dalillangan ilmiy hakikatlarga tayanib ish yuritadi.

REFERENCES

1.

Innovacion texnologiyalar yordamida ta`lim samaradoligini oshirish yo`llari. Tuzuvchi:
R.Ishmuxammedov. Toshkent, 2003. 3-11-betlar.

2.

K.Usmonova. Adabiy ta`limda ilg`or pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2004, 3-13-
betlar.

3.

D.Abdurazzokova. Interfaol usullardan foydalanish. Toshkent, 2005, 3-9-betlar.

4.

El`konin D.B. Psixologiya igriu. Moskva. Pedagogika. 1978.

5.

www.ziyonet.uz

References

Innovacion texnologiyalar yordamida ta`lim samaradoligini oshirish yo`llari. Tuzuvchi: R.Ishmuxammedov. Toshkent, 2003. 3-11-betlar.

K.Usmonova. Adabiy ta`limda ilg`or pedagogik texnologiyalar. Toshkent, 2004, 3-13-betlar.

D.Abdurazzokova. Interfaol usullardan foydalanish. Toshkent, 2005, 3-9-betlar.

El`konin D.B. Psixologiya igriu. Moskva. Pedagogika. 1978.

www.ziyonet.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов