SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF EMOTIONAL RELATIONS OF THE PEDOGOGICAL COMMUNITY

HAC
Google Scholar
To share
Botirova, Y., & Toshtemirova, M. . (2024). SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF EMOTIONAL RELATIONS OF THE PEDOGOGICAL COMMUNITY. Modern Science and Research, 3(1), 972–976. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28564
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides feedback on the social and psychological factors of emotional relations of the pedagogical community. Within the framework of events that occur in the pedagogical community, the extent to which the pedogogue matures is manifested. The extent to which the educator is involved in team activities, to what extent he cooperates with students is seen as a result of socio-psychological factors.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

972

PEDOGOGIK JAMOA EMOTSIONAL MUNOSABATLARINING

IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Botirova Yorqinoy Dilshod qizi

Guliston davlat pedagogika instituti stajyor o’qituvchisi

Toshtemirova Mavjuda To’lqinovna

Guliston davlat Pedagogika instituti maktabgacha

Ta’lim yo’nalishi 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10573516

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogik jamoa emotsional munosabatlarining jtimoiy-

psixologik omillari xususida mulohazalar berilgan. Pedagogik jamoada ro’y beradigan voqealar
doirasida pedogogning qay darajada yetukligi namoyon bo’ladi. Pedagogning jamoa faoliyatiga
qay darajada kirishib ketganligi, o’quvchilar bilan qay darajada hamkorlik qilishi ijtimoiy-
psixologik omillar natijasida ko’riladi.

Kalit so’zlar: ta’lim samaradorligi, pedagogik-psixologik faoliyat, boshqaruv siyosati,

emotsional daraja.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL FACTORS OF EMOTIONAL RELATIONS OF THE

PEDOGOGICAL COMMUNITY

Abstract. This article provides feedback on the social and psychological factors of

emotional relations of the pedagogical community. Within the framework of events that occur in
the pedagogical community, the extent to which the pedogogue matures is manifested. The extent
to which the educator is involved in team activities, to what extent he cooperates with students is
seen as a result of socio-psychological factors.

Keywords: educational effectiveness, pedagogical-psychological activity, management

policy, emotional level.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ЭМОЦИОНАЛЬНЫХ

ОТНОШЕНИЙ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО КОЛЛЕКТИВА

Аннотация. В данной статье даны рассуждения о социально-психологических

факторах эмоциональных отношений педагогического коллектива. В рамках событий,
происходящих в педагогическом коллективе, проявляется степень зрелости педагога.
Насколько педагог вовлечен в коллективную деятельность, в какой степени он
сотрудничает с воспитанниками, видно в результате социально-психологических
факторов.

Ключевые слова: образовательная эффективность, педагогико-психологическая

активность, политика управления, эмоциональный уровень.

Ta’lim muassasi ishini har jihatdan toʻgʻri tashkil qilish, uning samaradorligi natijasi

garovidir. Bu esa jamoa mehnati jarayonlarini oqilona yoʻlga qoʻyishni taqazo etadi. Binobarin,
yoshlarni tarbiyalash koʻplab kishilarning umumiy mehnati jarayonida hal qilinar ekan, demak bu
mehnatning muvaffaqiyati koʻp jihatdan ularning kuchlari qanchalik toʻgʻri yoʻnaltirilganligiga,
maqsadlar birligi va harakatlar muvofiqligi qanday ta’minlanayotganligiga bogʻliqdir. Aks holda
birgalikda qilinayotgan jamoa mehnatining samaradorligi pasayib ketishi mumkin. Maqsadlarni
tushunish birligini amalga chiqarish, soʻngra bu maqsadlarga erishish jarayonida oʻzaro aloqalarni
ta’minlash maktabni boshqarishning muhim vazifasi boʻlib, bu vazifaning pirovard natijasi asosan
rahbarning faoliyatiga bogʻliq.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

973

O‘qituvchilar jamoasining psixologik xususiyatlarini o‘rganish, pedagogik faoliyat va

o‘qituvchi muloqotining o‘zaro munosabati masalasi psixologiya fanida bir qadar tadqiq qilingan
muammolardan biridir. Biroq mamlakatimizda, hozirgi zamon bolalariga pedagogik ta’sir
o’tkazishda o’qituvchi ishlayotgan mikromuhitning ta’siri, bu sohada o’qituvchilarda shaxslararo
muloqot madaniyatini shakllantirish, pedagogik jamoani boshqarish orqali u yerda ijodiy muhit va
hamkorlikni, kasbga fidoyilik va qiziqishni shakllantirish va bu muammoning psixologik
imkoniyatlarini aniqlash o’z yechimini kutayotgan muammolardan biri hisoblanadi. Chunonchi,
o’qituvchining o’z jamoasidagi muloqot ko’nikmalarini shakllantirishda guruhning ruhiyati,
pedagogik jamoa intellektual taraqqiyoti, irodasi, dunyoqarashi va e’tiqodi, kasbiy rivojlanish
darajasini aniqlash, boshqaruv tarkibining psixologik taraqqiyoti kabi psixologik yondoshuvlarga
tayanish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda boshqaruvning ilmiy asoslangan va tajribada sinab ko’rilgan qoidalariga

tayanmay turib, xalq xo’jaligini hamda korxonalarni samarali rivojlantirib va boshqarib bo’lmaydi.
Ushbu qoidalar jamoalarni boshqarish va unga rahbarlik qilishni belgilab beradi. Hozirgi sharoitda
jamoani boshqarish shakllari va usullarini belgilovchi asosiy qoidalar quyidagilardan iborat:

1. Boshqarishning ilmiylik qoidasi. Bu qoidani amalga oshirish ijtimoiy taraqqiyot

qonunlarini tobora to’laroq bilib borishini va ulardan kundalik yuritish amaliyotida borgan sari
to’laroq foydalanishni taqazo etadi.

2. Siyosiy va xo’jalik rahbarlarining birligi qoidasi. Bu qoida boshqaruvga siyosat bilan

chambarchas bog’liq holda qarashga asoslanadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi:

1

a) Umumiy xo’jalik vazifalari bilan iqtisodiy vazifalarni hal etishga siyosiy yondashuv;
b) Boshqaruv faoliyatini yaxshilash uchun jamoaning barcha a’zolarini jalb qilish;
v) Boshqarishni umumdavlat maqsadlariga yo’naltirish.

2

3. Tarmoq va hududlar bo’yicha boshqarishni bog’lab olib borish qoidasi. Bunda tarmoq

va bo’linmalar o’rtasida uzviy bog’liqlik yaratilishi nazarda tutiladi.

4. Boshqarishni demokratlashtirish qoidasi. Bu qoida ishlab chiqarishni boshqarish eng

muhim qoidalari jumlasiga kiradi. Boshqarishni demokratlashtirish mehnatkashlar oilasini ishlab
chiqarishni boshqarishga keng ko’lamda jalb qilish uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi.
Boshqaruv faoliyatida mehnatkashlarning bevosita qatnashishi aholi o’rtasida ishonchni
uyg’otadi.

5. Reja asosida xalq xo’jaligini rivojlantirish qoidasi. Bu rejalashtirish vazifasining

muhimligini va o’sha boshqarishning markaziy bo’g’iniga aylanishini belgilaydi.

6. Boshqarishning yakka hokimlik qoidasi. Bunda boshqaruv bir shaxs tomonidan amalga

oshiriladi.

Yakka hokimlik asosida boshqarish ba’zan yaxshi, ba’zan salbiy natijalar berishi mumkin.
Bu boshqaruvchining layoqatiga, dunyoqarashi, tashkilotchiligiga, ma’naviy va axloqiy

yetukligiga bog’liq bo’ladi. Boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo’yilgan vazifalarning o’z
vaqtida yuqori sifatli qilib, bajarilishini ta’minlash uchun ularga nisbatan ko’riladigan zarur chora

1

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

2

Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils’ Learning and

Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02),
1337-1346.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

974

tadbirlarni va ta’sirchan usullarning qo’llanilishini bildiradi. Pedagogik jamoani boshqa yosh va
individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta’siri ostida har xil
ko’rinishda namoyon bo’ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari
ta’sir etib, uning individual o’zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.

3

O’zaro munosabat doirasida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi ta’sirlashuvning

emotsional darajasini tadqiqot predmeti tarzida qo’yilishi, xususan, tarbiyachilik faoliyatining
yo’nalishida kam uchraydi. Bu muammoga oid ishlar jumlasiga G.S.Abramova, A.A.Beknazarov,
R.Berns, I.B.Shuvanov va boshqalarning tadqiqotlarini kiritish mumkin. Aynan ushbu muammoga
aloqador o’zbek o’qituvchisiga bag’ishlangan ilmiy izlanishlar nihoyatda kamchilikni tashkil
etadi. Bu sohada A.A.Beknazarov, F.S.Ismagilova, E.G’.G’oziyev va boshqalarning ishlarini
namuna sifatida sanab o’tish joiz.

4

L.Ya.Kolominskiy o’z tadqiqotida o’qituvchining o’quvchilarga munosabati so’zsiz

muallim mehnati muvaffaqiyatlarida hal qiluvchi rol o’ynashini ta’kidlagan edi. Uning fikricha,
bu pedagogik mahoratning muhim tomoni bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilarning o’zaro
munosabati ko‘p jihatdan aynan mana shu jarayonga bog‘liqdir.

Har oʻquv yilining oxirida pedagoglar jamoasi faoliyati yakunlari muayyan shaklda

aniqlanadi va baholanadi. Bu ish bundan keyingi ishlarning tashkil etuvchisi va boshlanishi boʻlib
xizmat qiladi. Pedagog oʻquv yili oxirida qilingan barcha ishlardan olingan natijalarni solishtirib
u ѐki bu metodlarning qanchalik muhim ekanligiga baho berishi va shu asosda tajriba toʻplashi,
oʻz ishini takomillashtirib borishi mumkin.

Yil davomida pedagoglar jamoasida muhokama qilish uchun barcha pedagoglarning bir

xildagi tushunishi mumkin boʻlgan prinsipial masalalarni qoʻyib borish ham yaxshi natija beradi.
Jamoa rahbari ma’naviyat-ma’rifat ishlarining kundalik ahvolini, mashgʻulotlarga, suhbatlarga,
majlislarga, turli mavzulardagi yigʻilishlarga kirish hamda ota-onalar, talabalar, pedagoglar bilan
doimiy suhbatlar oʻtkazish orqali oʻrganib boradi va ayrim juz’iy kamchiliklarni yoʻl-yoʻlakay
tuzatib boradi.

Shunday qilib, jamoaning rahbari va jamoa a’zolarining faolligisiz, ta’lim-tarbiya berishda

samarali natijalarga erishib boʻlmaydi. Shu sababli ta’lim muassasasi rahbari doimo ularning
kuchiga tayangan holda ish yuritishi va ular bilan muntazam ravishda aloqada boʻlib turishi zarur.
Umuman olganda, rahbar hodimga tarbiyaviy ta’sir koʻrsatar ekan, G.Salening quyidagi soʻzlari
foydadan holi emas: “Shuni unutmangki, hamma uchun mos andoza yoʻq. Biz, hammamiz – turli
toifadamiz va muammolarimiz ham turlicha”

5

Ta’lim-tarbiya ishlariga yangicha munosabat mustaqillik, ma’naviyat negizi asosida

hukumat qarorlarida ta’lim islohatlarida olimlar va ijodkor oʻqituvchilarning izlanishlarida oʻz
aksini topmoqda.

O‘qituvchi eng avvalo o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar faolligini oshirishni esdan

chiqarmasligi, yuzaga kelgan muammolarni mustaqil yechishga o’rgatishi, o’quvchi
tashabbuskorligi va ijodkorligi asosida o’zining kimligini namoyish etishiga yordamlashishi zarur.

3

Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil Competencies. International Journal

of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

4

Davletshin M.G. va boshqalar. «Yosh davrlar va pedagogik psixologiya». ’ Т.: TDPU. 2009.

5

Очилов М., Очилова Н. Ўқитувчи одоби. – Т.: Ўқитувчи, 1997.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

975

Buning uchun o’qituvchi shaxsiy hamda kasbiy sifat va fazilatlarni to’liq egallagan bo’lishi

lozim, bunday o’qituvchilar o’quvchilar bilan ko’proq do’stona muloqotda bo’ladilar, o’zaro fikr
almashadilar, mavzuga doir muammoni tahlil qiladilar va bir qarorga keladilar. O’qituvchi bu
o’rinda butun e’tiborini mavzu mohiyatini o’quvchilarga singdirishga qaratib, o’quvchilar
e’tiborini kechinmalarini va o’zlashtirish imkoniyatlarini alohida e’tiborga oladi.

O’qituvchi shaxsiga xos bo’lgan bilimdonlik, ijodkorlik, mustaqillik hamda pedagogik

faoliyati uchun mas’uliyat va javobgarlikni chuqur his etish o’quvtarbiya jarayoni samaradorligini
ta’minlashning eng muhim omillaridir. Talabalarda kasbni egallashning shakllanishi ularda
majburiyat va javobgarlik hissining tarkib topishi bilan bog’liqdir.

Ularda ana shunday sifat va kechinmalar to’la shakllangan bo’lsa, bilimlarni egallash yoki

kasbiy kamoloti uchun hech narsa to‘siq bo‘la olmaydi.


REFERENCES

1.

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

2.

Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing
Pupils’ Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International
Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

3.

Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil
Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-
274.

4.

Davletshin M.G. va boshqalar. ’Yosh davrlar va pedagogik psixologiya’. ’ Т.: TDPU.
2009.

5.

Очилов М., Очилова Н. Ўқитувчи одоби. – Т.: Ўқитувчи, 1997.

6.

Rozimatov, J. (2023). ENHANCING THE METHODOLOGY FOR UTILIZING
DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AMONG FUTURE PRIMARY
SCHOOL

TEACHERS

(USING

NATURAL

SCIENCE

AS

AN

EXAMPLE). Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 11-13.

7.

Ravshan, A., Sirojiddin, G., Azamat, Z., & Gulizahro, T. (2023). DEVELOPING
EFFECTIVE APPROACHES TO THE USE OF MODERN INFORMATION
TECHNOLOGY IN EDUCATION. Horizon: Journal of Humanity and Artificial
Intelligence, 2(6), 53-55.

8.

Tovbaevna, M. N., & Hayrinso, O. (2022). Pedagogical fundamentals of developing the
creative professional activity of future primary school teachers.

9.

Mukhammatovna, E. D., Tovboevna, M. N., Kushakovna, A. S., Egambaevich, U. K.,
Shakirovich, Y. S., & Yusufovna, S. D. (2021). Improving the Methodology for Preparing
Future Primary School Teachers for Innovative Professional Activities. Annals of the
Romanian Society for Cell Biology, 5490-5498.

10.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons
For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

11.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., &
Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of
Critical Reviews, 7(4), 2020.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

976

12.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy
generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6),
892-895.

13.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL
EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ
ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ
(pp. 104-106).

14.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL
CREATIVITY.














References

Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojibayeva R.N. Mustaqil fikrlash. — Т.: Sharq. 2000.

Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272-274.

Davletshin M.G. va boshqalar. Yosh davrlar va pedagogik psixologiya. Т.: TDPU. 2009.

Очилов М., Очилова Н. Ўқитувчи одоби. – Т.: Ўқитувчи, 1997.

Rozimatov, J. (2023). ENHANCING THE METHODOLOGY FOR UTILIZING DIGITAL EDUCATIONAL TECHNOLOGIES AMONG FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS (USING NATURAL SCIENCE AS AN EXAMPLE). Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 11-13.

Ravshan, A., Sirojiddin, G., Azamat, Z., & Gulizahro, T. (2023). DEVELOPING EFFECTIVE APPROACHES TO THE USE OF MODERN INFORMATION TECHNOLOGY IN EDUCATION. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(6), 53-55.

Tovbaevna, M. N., & Hayrinso, O. (2022). Pedagogical fundamentals of developing the creative professional activity of future primary school teachers.

Mukhammatovna, E. D., Tovboevna, M. N., Kushakovna, A. S., Egambaevich, U. K., Shakirovich, Y. S., & Yusufovna, S. D. (2021). Improving the Methodology for Preparing Future Primary School Teachers for Innovative Professional Activities. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 5490-5498.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., & Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of Critical Reviews, 7(4), 2020.

Ilhomovna, M. S. (2021). Eco-friendly environment-the foundation of a healthy generation. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(6), 892-895.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 104-106).

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов