Authors

  • Yorqinoy Botirova
  • Muxlisa Osganova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31612

Keywords:

junior school age mental development interpersonal relationships skills.

Abstract

this article talks about the development of interpersonal skills and the problems involved in the mental development of children during the junior school age.

background image


561

KICHIK MAKTAB YOSH DAVRIDA PISIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATIDAGI

BOLALARNING SHAXSLAR O’RTASIDAGI MUNOSABATI VA MUNOSABATIDAGI

MUOMMOLAR

Botirova Yorqinoy

Guliston davlat pedagogika instituti stajor - o‘qituvchisi.

Osganova Muxlisa

Guliston davlat pedagogika instituti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11096605

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kichik maktab yosh davrida bolalarning psixik

rivojlanishida shahslar o‘rtasidagi munosabat ko‘nikmalarini rivojlanishi va bundagi

muammolar haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

kichik maktab yosh davri, psixik rivojlanish, shahslar o‘rtasidagi munosabat,

ko‘nikma.

PROBLEMS IN INTERPERSONAL RELATIONSHIPS AND RELATIONSHIPS OF

CHILDREN WITH PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT DURING THE JUNIOR

SCHOOL AGE

Abstract.

this article talks about the development of interpersonal skills and the problems

involved in the mental development of children during the junior school age.

Key words:

junior school age, mental development, interpersonal relationships, skills.

ПРОБЛЕМЫ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ И ВЗАИМООТНОШЕНИЙ

ДЕТЕЙ С ПСИХОЛОГИЧЕСКИМ РАЗВИТИЕМ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО

ВОЗРАСТА.

Аннотация.

В данной статье говорится о развитии навыков межличностного

общения и проблемах психического развития детей младшего школьного возраста.

Ключевые слова:

младший школьный возраст, психическое развитие,

межличностные отношения, умения.

Bolalarning kichik maktab yosh davri 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha boshlang’ich sinflarda

o’qish yillariga to’g’ri keladi. Bog’cha yoshidagi bolalik davri tugaydi. Maktab hayoti boshlanadi.

Shu payt ular uchun katta hayot davri hisoblanadi. Ularning oldida 11 yillik maktab hayoti

turadi. Kichik maktab yoshdagi bolalarning maktab davriga moslashishi biroz qiyin bo’ladi.

Chunki, ular o’yin faoliyatidan o’qish faoliyatiga o’tishadi. O’qish faoliyatiga o’rganib, bir

muncha moslashishi qiyinroq bo’ladi. Kichik maktab yoshdagi bolalarning maktab hayotiga


background image


562

moslashishida ota-onaning hamda o’qituvchining xissasi juda katta. Ularning bergan tarbiyasi

hamda ularga ko’rsatiladigan yordam juda zarur hisoblanadi. Ularning xarakterlari turli, bir biriga

o’xshamagan bo’ladi. Ba’zi bolalar juda sho’x, ba’zilari esa juda og’ir-bosiq bo’lishadi. Kichik

maktab yoshidagi bolalarning shaxslar o’rtasidagi munosabati biroz qiyin kechadi. Ota-onalari

o’rtasida, tengdoshlari o’rtasida hamda o’qituvchilari o’rtasidagi munosabatga kirishish biroz

murakkab bo’ladi. Ota-onalar bilan juda yaxshi muloqot qilishadi, ularni juda yaxshi tushunishadi,

ammo ba’zan buning aksi bo’ladi. Ota-onasiga o’zining shaxsiy gaplarini ba’zan oddiy gaplarni

ham yoritib berishga qiynaladi, uyaladi ba’zan tortinadi ham. Bunday hollarda ota-onalar

farzandini to’g’ri tushunishi, uning qiynalayotgan muomosini sekin-astalik bilan yoritib, uning

fikrlarini to’g’ri bayon qilishga yordam berishi kerak. Bunday bolalar atrofdagilarga ham fikrini

aytishga qiynaladi va ba’zi hollarda umuman gapirmay, jim turishni maqul ko’rishadi. Bunday

qilish kelajakda ham ko’p hollarda indamay yurishga majbur bo’lishadi yoki o’rganib qolishadi.

Buning oldini olishda nafaqat ota-ona, balki o’qituvchining ham xissasi kattadir. Ota-ona

erkin fikrlashga o’rgatishi va o’qituvchi darslarda to’g’ri yoki xato gapirishidan qattiy nazar uni

tinglashi va kerak joyida gaplarini to’g’irlashi kerak.

Tengdoshlari uning ustidan kulmasligiga qattiq e’tibor berishi zarur. Shundagina bolaga

to’g’ri yordam ko’rsata oladi va bu keyinchalik fikrlarini bayon qilishda hech qanday to’siqqa

uchramaydi.

Kichik maktab yoshdagi bolalarning tengdoshlari bilan ham munosabatga kirishishi qiyin

bo’ladi. Ular o’zlariga yaqin deb hisoblaganlar bilan birga bo’lishadi, birga o’ynashadi hamda

birga yurishadi. Boshqalar ham shunday qilishadi va bir bolani doim chetga chiqarib qo’yishadi,

uni o’yinlariga, jamoasiga qo’shishmaydi, ajratib qo’yishadi. Odatda otasi yoki onasi yo’q,

muomosi bor, kamchiligi bor yoki nuqsoni bor bolalarni ustidan kulishadi, ajratib qo’yishadi,

ularni saflaridan chiqarishadi. Ba’zan bunday hollarga ota-ona yoki o’qituvchi sababchi bo’lishadi.

Ular bunday bolalar bilan o’ynamaslikni, do’stlashmaslikni aytishadi. Aslida bunday qilish

to’g’ri emasligini tushunishmaydi. Kamsitish, ustidan kulish, ajratish yaxshi ish emasligini

bilishmaydi. Bunday paytlarda ota-ona hamda o’qituvchi to’g’ri yo’l bilan bolalarga to’g’ri

tushuntirishi zarur. O’qituvchi darslarda hamda darsdan tashqari to’garaklarda, tadbirlarda barcha

o’quvchilarni bir- biridan ajratmasdan, birga guruh qilib ishlashga, o’ynashga yo’naltirishi kerak.

Ular bilan birga ishlashi, o’ynashi va albatta o’sha qaysidir kamchiligi uchun ajratayotgan

bolani ko’proq ular bilan birga bo’lishiga yordam berishi maqsadga muofiq ish bo’ladi. Shu bilan

bir qatorda bolalarning bir-biri bilan bo’lgan munosabatida hamjixat bo’lishiga va bir- birining

ustidan kulib, kamsitishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Kichik maktab yosh davridagi bolalarning bir-


background image


563

biri bilan bo’ladigan munosabatiga qanday qarashi, uning ota-onasi hamda asosan o’qituvchisining

munosabatiga va e’tiboriga bog’liq.

Kichik maktab yosh bolalarning davrida ba’zi hollarda o’qituvchi bilan bo’lgan

munosabatda qaysidir o’quvchini qaysidir jihati bilan ajratishi ya’ni kamsitilishi yoki ajratib

boshqa o’quvchilardan ustun qo’yishi kuzatiladi. Bunday holat o’quvchi ruhiyatiga qattiq tasir

qiladi.

Yaxshi o’qiydigan o’quvchi bo’lsa, uning o’qishlari pasayishiga, yaxshi

o’zlashtirmaydigan bo’lsa, umuman o’qimay qo’yishiga yoki o’zidan ustun qo’yilgan bolaga,

o’qituvchiga bo’lgan munosabati o’zgarishiga olib keladi. Bunday munosabat davomiy bo’lsa

hech kimni yaxshi ko’rmaydigan va hech kimga yaxshi gapirmaydigan bo’lib qoladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki kichik maktab yosh davri eng muhim davr hisoblanadi.

Bu davrda bola qanday shakllangan bo’lsa deyarli umrining oxirigacha shunday bo’ladi.

Shunday ekan farzand tarbiyasiga jiddiy qarashimiz zazur. Har bir ota-ona hamda

o’qituvchi har bir bolaning shakllanishida o’z xissasini qo’shar ekan, bundan to’g’ri va unumli

foydalanishi kerak.

Yoshlar bizning kelajagimiz ekanini xis qilgan holda ularni to’g’ri fikrli, yetuk qilib,

o’ziga, ota-onaga, yaqinlariga, tengdoshlariga, uyiga, mahallasiga hamda vataniga mehrli,

oqibatli, tarbiyali qilib tarbiyalashimiz bu bizning kelajagimizdir.

REFERENCES

1.

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK

BOSHLANG‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI

VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ

TAJRIBASI. Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

2.

Ergashevna, N. G. (2023). Improving Educational Mastery Opportunities in Primary

School.

3.

Nurqulova, G. (2023). ACCENTUATION FOR TEENAGERS. Modern Science and

Research, 2(6), 274-276.

4.

Haydarova, S., & Nurqulova, G. (2023). EMERGENCE OF AGGRESSION AND

NEGATIVISM IN PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENT

PERIOD. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 62-64.


background image


564

5.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF

EDUCATION

AND

DEVELOPMENT

ACCORDING

TO

THE

CHILD'S

TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

6.

Nurkulova, G. (2022). THE PSYCHOLOGY OF SUBORDINATE BEHAVIOR.

Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 204-

207.

References

Xudoyberdiyevich, R. B., & Abdurazzoqovna, S. A. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O ‘QITUVCHILARDA PEDAGOGIK MAXORATINI VIRTUAL TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI. Ustozlar uchun, 25(1), 191-198.

Ergashevna, N. G. (2023). Improving Educational Mastery Opportunities in Primary School.

Nurqulova, G. (2023). ACCENTUATION FOR TEENAGERS. Modern Science and Research, 2(6), 274-276.

Haydarova, S., & Nurqulova, G. (2023). EMERGENCE OF AGGRESSION AND NEGATIVISM IN PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF ADOLESCENT PERIOD. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 62-64.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

Nurkulova, G. (2022). THE PSYCHOLOGY OF SUBORDINATE BEHAVIOR. Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 3(12), 204-207.