CORRECT AND STEP-BY-STEP USE OF INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Shodmonqulova , S. ., & Umarxonova, D. . (2024). CORRECT AND STEP-BY-STEP USE OF INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY CLASSES. Modern Science and Research, 3(1), 1246–1249. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28809
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The purpose of writing this article is to make primary school students interested in lessons, to help them master lessons well and to express their independent opinion by effectively using various interactive methods. It is to organize a discussion and free exchange of ideas among students to solve a problem situation.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1246

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTERAKTIV METODLARDAN TO‘G‘RI VA

BOSQICHMA BOSQICH FOYDALANISH

Shodmonqulova Sevara Rahmonqul qizi

kafedrasi o‘qituvchisi

Umarxonova Dilbegim G‘ulom qizi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

Toshkent amaliy fanlar universiteti

“Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi”

https://doi.org/10.5281/zenodo.10611122

Annotatsiya. Bu maqolani yozishdan maqsad boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini darslarga

qiziqtirish, turli interaktiv metodlardan samarali foydalangan holda o‘quvchilarni darslarni
yaxshi o‘zlashtirishlariga va o‘z mustaqil fikrini bayon qila olishlariga yordam berishdir.
Muammoli vaziyatni hal etish uchun o‘quvchilar o‘rtasida munozara, erkin fikr almashinuvini
tashkil etishdir.

Kalit so‘zlar: pedagog, interaktiv, metod, addaptatsiya, ta‘lim, tarbiya, muammoli vaziyat.

CORRECT AND STEP-BY-STEP USE OF INTERACTIVE METHODS IN

PRIMARY CLASSES

Abstract. The purpose of writing this article is to make primary school students interested

in lessons, to help them master lessons well and to express their independent opinion by effectively
using various interactive methods. It is to organize a discussion and free exchange of ideas among
students to solve a problem situation.

Key words: pedagogue, interactive, method, adaptation, education, training, problem

situation.

ПРАВИЛЬНОЕ И ПОЭТАПНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ

МЕТОДОВ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ.

Аннотация. Цель написания данной статьи – заинтересовать младших

школьников уроками, помочь им хорошо усвоить уроки и выразить свое независимое
мнение путем эффективного использования различных интерактивных методов. Это
организация дискуссии и свободного обмена идеями среди учащихся для решения
проблемной ситуации.

Ключевые слова: педагог, интерактив, метод, адаптация, воспитание, обучение,

проблемная ситуация.


Interaktiv (inglizcha Interaction-o‘zaro ta’sir) metodlar - bu jamoa bo‘lib fikrlash deb

yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib ta`lim mazmunining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o‘quvchilarning
birgalikda faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. O‘qitishning interfaol (aktiv)ligi-
o‘quvchining bilish faoliyatini faollashtirish va o‘zaro ta`sir asosida tayyorgarlik samaradorligini
oshirishning asosiy usullaridan biridir.

Bugungi kunda pedagogik texnologiyalarning eng ommaviylashgan turlaridan biri-bu

interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi faoliyati


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1247

bo‘lib, asosan o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov
ta’kidlaganidek “Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar.

Albatta bu bilim ham kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga mustaqil fikrlash ham katta boylik.”
Biz bu so‘zlaridan ham shuni anglasak bo‘ladiki, o‘quvchini mustaqil fikri biz uchun juda

muhim. Aynan interaktiv metodlar orqali biz o‘quvchilarda kerakli xulosalarga kelishni, ular o‘z
fikrlarini tahlil qilishni va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatishimiz zarur. O‘qituvchining asosiy
vazifasi bu yerda o‘quvchilarga yo‘l ko‘rsatish, yo‘nalish berish, eng to‘g‘ri xulosani aytishdan
iborat. Interaktiv usullar yana shunisi bilan ham ahamiyatliki, o‘qituvchi o‘quvchining fikrini hech
qachon keskin rad etmaydi, faqatgina vaqti bilan to‘g‘ri xulosani aytib o‘tib ketadi, natijada
o‘quvchi xatosini o‘zi tushunib oladi. Bu esa ularni tushkunlikka tushish, fikrlashda tormozlanish
kabi holatlarning oldini oladi. Interaktiv metodlar o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro
hurmatga asoslanadi. O‘qituvchi qanday bo‘lmasin o‘quvchining fikrini tinglaydi va hurmat bilan
qarashini bildiradi, shu bilan birga o‘quvchilarni bir-birlarini tinglashga o‘rgatadi.

E’tirozlar, qo‘shimchalar ham “hurmatli”, “sizning fikringizga qo‘shilgan holda”, “bizning

ham ayrim fikrlarimiz bor edi” “sizning bu haqida fikringizni bilmoqchi edim” kabi so‘zlar orqali
bildiriladi. Bunday tarzda tashkil etilgan darsda o‘quvchi o‘zini hurmat qilinayotganligini sezadi
va bunday sharoitda hech qanday tayziqsiz erkin fikrlay boshlaydi va uni ochiq bayon eta oladi.

Ushbular bilan birgalikda u boshqalarni ham hurmat qilishga o‘rganadi.
Bizga ma’lumki, bola maktabgacha ta’lim muassasida tarbiyalanib maktabga keladi va u

xohlagan paytida o‘tirib turib o‘ynab uxlab turadigan davrdan endi muhim tizimlangan davrga
keladi va bu jarayonda bu addaptatsiya bo‘lishi uchun bu qiyin davr hisoblanadi. Pedagoglar bu
jarayonda har bitta bolani individual o‘ziga xos bo‘lgan imkoniyatlarini o‘rganib chiqishlari kerak
bo‘ladi. Boshlang‘ich sinfga kelgan o‘quvchilarni ko‘proq kuzatish natijasida ba’zi o‘quvchilarni
matematika fanidan yaxshi o‘zlashtirishlarini, yana qaysidir o‘quvchilarni o‘qishdan, yoki rasm
chizishni juda ham sevib bajarishlarini aniqlanadi. Biz pedagoglar shunga qarab topshiriqlarni
ularga mos holda tashkil qilishimiz kerak bo‘ladi. Biz bu jarayonda ularning ota onalari bilan ham
hamkorlik qilishimiz kerak bo‘ladi. Albatta bu jarayonda har bitta bolaning ota onasi bilan qilgan
hamkorlik bolaning bu jarayonga tezroq moslashtirib olishga yordam beradi. Yana eng muhimi
o‘yin ta’limini tashkil qilishdir. Bola maktabgacha ta’lim muassasasidan endigina maktabga
chiqganligi uchun hali juda o‘yinqaroq va u o‘yin orqali darslarga qiziqadi va o‘yin orqali ta’lim
olishi osonroq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda turli didaktik o‘yin orqali darslarni tashkil
qilganimizda mavzularni tezroq o‘zlashtirishga yordam bo‘ladi. Bu jarayonda albatta bolalarni
rag‘batlantirib turish kerak bo‘ladi.

O‘quvchilarni darslarga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida interaktiv metodlardan

to‘g‘ri va bosqichma-bosqich foydalanish zarur. Quyida interaktiv metodlardan namunalar
keltiramiz hamda to‘g‘ri foydalanish haqida fikr yuritamiz.

Gugurt donalari metodi uning afzaliklari birinchidan o‘quv materalini qay darajada

o‘rganilganligini aniqlashda turli muammolar va vaziyatlar yaratishda va asosiy tushunchalarni
tahlil qilish va ta’riflashda shu bilan birga o‘z ustida mustaqil ishlash imkonini beradigan metod
turlaridan biridir. Gugurt donalari metodining darsni mustahkamlash jarayonida bu metodni
o‘tkazish uchun biz gugurt donalarini olamiz va o‘quvchilarga biz gugurt donachalaridan kim
nechta olishini tavsiya qilib chiqamiz va har biz o‘quvchi olgan gugurt donalariga qarab mavzu


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1248

yuzasidan o‘zlarini o‘rgangan bilimlarini bizga aytib beradi. Bu bilan darsda o‘qituvchini o‘zini
baholash tizim ham aniqlanadi va berilgan ma’lumotni o‘quvchilar qanday darajada
o‘zlashtirganliklarini aniqlanadi va mustahkamlanadi. Ba’zida gugurt donalari metodidan
o‘quvchilar charchab qolgan holatda biz ranglar olamiga sayohat usulidan ham foydalanishimiz
mumkin biz gugurt donalari metodini ranglar olamiga sayohat deb davom etirishimiz mumkin
o‘quvchilarda ranglar tavsiya qilinadi va siz qaysi ranglarni ko‘proq yoqtirasiz u yerda ranglarni
turlari ko‘p ham qilsak bo‘ladi va bolalar o‘zlari tanlab olishadi va mavzu bo‘yicha kim nechta
rang tanlagan bo‘lsa shuncha ma’lumot aytib berishadi albatta bu ranglar istagi bo‘ladi.

O‘quvchilar mavzu yuzasidan har bitta tanlagan rangga yana bittadab ma’lumot aytib

beradi. Bu usul o‘quvchilarda birinchi o‘rinda mustaqil fikirlashga va mavzu bo‘yicha olingan
bilimlarni mustahkamlashga va albatta mavzu yuzasidan ma’lum bir kompitensiyaga ega
bo‘lishga yaqindan yordam beradi.

Bilimlar soyaboni metodi bu matodni har qanday fanda qo‘llasak bo‘ladi. O‘tgan mavzuni

mustahkamlash jarayonida qo‘llashingiz mumkin. Bizga soyabon metodiga avvaldan tayyorlangan
o‘tgan mavzuga doir savollar yoki atamalar va kartochlakar kerak bo‘ladi. Biz u kartochlarni
barglarda yoki soyabondan tushgan yomg‘ir tomchilariga yopishtirishimiz mumkin ularni tartib
bilan joylashtirish kerak. Agar o‘quvchilaringiz soni ko‘p bo‘lsa savollarni qog‘ozlarga yozib
soyabonni chekkalariga ilib chiqishingiz mumkin. O‘quvchilar aylana shaklda bo‘lib turib olishadi
va biz soyaboni ochgan vaqtingizga o‘quvchilar bittadan savolni yoki atamani tanlab olib uning
javobini yoki mazmunini aytib berishlari kerak bo‘ladi. Darsning yangi mavzu bayoni qismida esa
avvaldan tayyorlangan A4 formatdagi qog‘ozga mavzuga doir kerakli so‘z va atamani chiqartirib
olamiz va ularni soyabonga yopishtirib olamiz. Biz soyaboni aylantirgan vaqtimizda o‘quvchilar
ana shu so‘zlarni ma’nosini aytishi kerak bo‘ladi.

Kutuvlar daraxtlar metodi ushbu metodni ta’lim jarayoniga tadbiq etish uchun bizga kerak

bo‘ladi vatmin qog‘ozi flamaster va maxsus tayyorlangan qog‘oz bo‘laklari. Bu metod 3 bosqichda
amalga oshiriladi. 1-bosqichda qog‘ozga daraxt rasmini chizib olamiz, 2-bosqichda
o‘quvchilarimiz

qog‘oz

bo‘laklariga

bugungi

mashg‘ulotdan

qanday

yangiliklar

kutayotganliklarini yozib daraxtga joylashtirib ketishadi.3-bosqichda har bir ishtirokchi chiqib
o‘zi yozgan varaqalarini topib o‘qishadi va bugungi mashg‘ulotdan kutayotgani bilimlarni
olishdimi yo‘qmi ishtirokchilar bilan o‘rtoqlashadi. Agar ishtirokchi o‘zi kutayotgan yangiligini
ololmagan bo‘lsa o‘zaro fikr almashishlari yoki ustozdan so‘rab o‘zlashtirib olishi mumkin.

Kutuvlar daraxti metodining afzalliklari shundaki, har bir o‘quvchi dars mashg‘ulotlariga

qanchalik darajada puxta tayyorgarlik ko‘rganligi yoki bilimlari sayoz ekanligi ma’lum bo‘ladi.

O‘quvchilar bir-birlari bilan fikr almashishadi va o‘tilgan mavzu hamda yangi mavzu

yuzasidan bilimlarni mustahkamlaydi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, interaktiv o‘qitish metodida muammoli vaziyatni

hal etish uchun o‘quvchilar o‘rtasida munozara, erkin fikr almashinuvini tashkil etish “aqliy hujum
texnologiyasidan” foydalanish mumkin. Bunday metodlar orqali o‘quvchilar hozirjavoblikka
o‘rganadi, ularning lug‘at boyligi ko‘payadi, ilmiy-nazariy bilimi yanada mustahkamlanadi va
darsga qiziqishi ortadi. Bu metodlar bolalarni xotirasini mustahkamlashga, darslarni yaxshi va
oson o‘zlashtirishiga va diqqatini jamlashiga yordam beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1249

REFERENCES

1.

Karimov. “Barkamol avlod – O‘zbеkiston taraqiyotining poydеvori”. T.,1997

2.

Yo‘ldoshеv.J.G‘ “Yangi pеdagogik tеxnologiya yo‘nalishlari, muammolari, yеchimlari”
“Xalq ta'limi”, 1999

3.

Мусурмонова, Ш. И. (2019). Инсонларнинг табиатга эстетик муносабатини
шакллантиришда экологик таьлим тарбиянинг роли. Интернаука, (37), 91-92.

4.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL
CREATIVITY.

5.

Ilhomovna,

M.

S.

(2021,

July).

HEALTHY

ENVIRONMENT-HEALTHY

COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

6.

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give
Environmental Education To Primary School Students. The American Journal of Applied
sciences, 3(06), 65-69.

7.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF
METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

8.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini mantiqiy fikrlashga
tayyorlashning

pedagogik

shart-sharoitlari.

МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ

БИЛИМЛЕНДИРИЎ.

9.

Ganiyeva, M. (2018). Yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashning asosiy
yo'nalishlari. INTELLEKTUAL SALOHIYAT-TARAQQIYOT MEZONI.

10.

Ganiyeva, M. (2018). Uzluksiz ta'limda o'qitish samaradorligini oshirishga pedagogik-
psixologik yondashish. NamDU ilmiy axborotnomasi.

References

Karimov. “Barkamol avlod – O‘zbеkiston taraqiyotining poydеvori”. T.,1997

Yo‘ldoshеv.J.G‘ “Yangi pеdagogik tеxnologiya yo‘nalishlari, muammolari, yеchimlari” “Xalq ta'limi”, 1999

Мусурмонова, Ш. И. (2019). Инсонларнинг табиатга эстетик муносабатини шакллантиришда экологик таьлим тарбиянинг роли. Интернаука, (37), 91-92.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

Shahlo-Ilhomovna, M. (2021). On The Basis Of An Integrated Approach, Give Environmental Education To Primary School Students. The American Journal of Applied sciences, 3(06), 65-69.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini mantiqiy fikrlashga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari. МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ.

Ganiyeva, M. (2018). Yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalashning asosiy yo'nalishlari. INTELLEKTUAL SALOHIYAT-TARAQQIYOT MEZONI.

Ganiyeva, M. (2018). Uzluksiz ta'limda o'qitish samaradorligini oshirishga pedagogik-psixologik yondashish. NamDU ilmiy axborotnomasi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов