LEGAL SIGNIFICANCE OF EVIDENCE IN ECONOMIC CRIMES

HAC
Google Scholar
To share
Boltayev, U. (2024). LEGAL SIGNIFICANCE OF EVIDENCE IN ECONOMIC CRIMES. Modern Science and Research, 3(1), 1293–1311. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28835
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, in today’s developing period, instead of obvious bloody wars all over the world, there are economic crimes that increasingly threaten security, stability and the political, cultural and spiritual spheres of every society, the discovery of these crimes, the perpetrators, property and moral property practical recommendations are given on the evidence that is important in determining the damage.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1293

IQTISODIYOT SOHASIDAGI JINOYATLARDA DALILLARNING HUQUQIY

AHAMIYATI

Boltayev Uktam Utkir o’g’li

E-mail:

uktamboltayev1994@gmail.com

Phone: +998 93 766-99-35

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”

mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10613612

Annotasiya.

Maqolada bugungi rivojlanib borayotgan davrda butun dunyoda yaqol qonli

urushlarning o’rniga, tobora kuchayib xavfsizlikka, barqarorlikka, qolaversa har bir
jamiyatning siyosiy, madaniy hamda maʼnaviy sohalariga katta xavf solayotgan iqtisodiy
jinoyatlar va ushbu jinoyatlarni ochish, aybdorlarni hamda etkazilgan mulkiy, ma’naviy zararni
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etuvch dalillar to’g’risida amaliy tavsiyalar bildirilgan.

Tayanch so’zlar:

iqtisodiyot, iqtisodiy jinoyatlar, yashirin iqtisodiyot, iqtisodiy

jinoyatlarning sodir etish usullari, dalillar, dalillarni to’plash usullari, javobgarlik, jazo, jamoat
xavfsizligi, jamoat tatibi.

LEGAL SIGNIFICANCE OF EVIDENCE IN ECONOMIC CRIMES

Abstract.

In the article, in today’s developing period, instead of obvious bloody wars all

over the world, there are economic crimes that increasingly threaten security, stability and the
political, cultural and spiritual spheres of every society, the discovery of these crimes, the
perpetrators, property and moral property practical recommendations are given on the evidence
that is important in determining the damage.

Base words:

economy, economic crimes, hidden economy, methods of committing

economic crimes, evidence, methods of evidence collection, responsibility, punishment, public
safety, public order.

ЮРИДИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ДОКАЗАТЕЛЬСТВ В ЭКОНОМИЧЕСКИХ

ПРЕСТУПЛЕНИЯХ

Аннотация.

В статье вместо очевидных кровавых войн сегодняшнюю

развивающуюся эпоху происходят экономические преступления, которые все больше
угрожают безопасности, стабильности, политической, културьной духовной сферам
каждого общества, а также раскрытие этих преступлений, виновников и причиненный
имущественный ущерб, даны практические рекомендации по доказательствам, имеющим
значение для определения ущерба.

Базовые слова:

экономика, экономические преступления, скрытая экономика,

способы

совершения

экономических

преступлений,

доказательства,

сбора

доказательства, ответственность, наказание, общественная безопастность,
общественный порядок.

Kirish.

О‘zbekiston Respublikasi Bosh qomusida inson qadr-qimmati oliy qadriyat sifatida e’tirof

etilgan bо‘lib, Konstitusiyaning 28-moddasida «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs
uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1294

isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb
hisoblanashi» takidlab o’tilgan. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar
ta’minlanadi. Fuqarolarni huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida Jinoyat protsessual
kodeksida ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda
aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi
bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning ta’biri bilan aytganda, “Xalqimiz

tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish ishlarini yangi bosqichga
kо‘tarish talab etiladi.”

1

2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha

Harakatlar strategiyasining ikkinchi yо‘nalishi qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada
isloh qilishga qaratilgan bо‘lib, unda jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini takomillashtirish va
liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini
insonparvarlashtirish belgilangan.

Bugungi kunda О‘zbekiston Respublikasining huquqni muxofaza qiluvchi organlari oldida boshqa

jinoyatchiliklar bilan bir qatorda bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishi bilan bog‘liq jinoyalarga
qarshi kurashish eng muhim vazifalardan biri bо‘lib turibdi.

2

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Jinoyat va jinoyat-

protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ 3723-
sonli qaroridan kelib chiqib, jinoyat va jinoyatprotsessual qonunchiligi tizimida fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish asosiy bosh maqsadlardan
biri sifatida e’tirof etildi.

О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq jinoyat ishlari bо‘yicha odil

sudlovni faqat sud amalga oshiradi (О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 12-
moddasi). Faqatgina sud shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb hisoblashi mumkin.
Protsessning boshqa ishtirokchilari esa dalillar taqdim qilish yо‘li bilan odil sudlovni amalga
oshirishga yordamlashadilar, chunki ishni muhokama qilish va hukm chiqarish yoki boshqa qaror
qabul qilish vakolatlari sudga tegishlidir Fuqarolarning jinoyat-sudlov ish yuritish sohasida faol
ishtirok etishining bir kо‘rinishi – bu ular tomonidan tegishli organlarga dalillar taqdim
qilinishidir.

Jinoyat protsessida dalillarni tо‘plash, taqdim qilish, baholash va foydalanishga oid

murakkab faoliyatni tadqiq qilishga, bu borada qonun normalari va ularning amaliyotini tahlil
qilish va takomillashtirishga bag‘ishlangan isbot qilish jarayoni xatolardan holi bо‘lmas ekan,
haqiqatni aniqlash va binobarin adolatga erishish amri mahol. Bu jarayonning takomil bо‘lishiga
erishish xozirgi kundagi dolzarb masalalardan biridir.

Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugun

yurtimiz yangilangan mamlakat sifatida bо‘y chо‘zmoqda deb aytishimiz mumkin. Amalga

1.

1

SH.M. Mirziyoyevning 29.12.2018 dagi Parlamentga Murojaatnomasi nutqidan.

2

.

2017-2021 yillarda Oʻzbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha

Xarakatlar strategiyasining 2.3-bandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1295

oshirilayotgan keng kо‘lamli yangilanishlar zamirida esa olib borilayotgan oqilona siyosat va
milliy qonunchilik tizimining yangilanishi va buning amaliy hayotda bо‘y kо‘rsatayotgani bilan
izohlashimiz mumkin.

Shu bilan birgalikda bugungi kunda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va ularning

oldini olish masalalari jahon miqyosda tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunga asosiy sabab
iqtisodiy jinoyatlar natijasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilmoqda.
Bunday zarar byudjet mablag‘larini talon-taroj qilish, soliqlarni tо‘lamaslik, davlat manfaatlariga
zid ravishda bitim tuzish kabi turli kо‘rinishlarda sodir etilmoqda. Bunday jinoyatlarni fosh etish,
qilmishning jinoyat ekanini isbotlash va sodir etilgan jinoyat uchun О‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining “javobgarlikning muqarrarriligi” prinsipidan kelib chiqqan holda unga jazo
berish maqsadida dalillardan foydalanish maqsadga muvofiq.

2

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar о‘z navbatida iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy

jarayonlar shuningdek xususiy mulk va mulkchilikka qarshi qaratilgan g‘ayriqonuniy xavfli
qilmish sifatida baholasak bо‘ladi.

Umuman olganda, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar biror hudud yoki mintaqada sodir

etiladigan ijtimoiy-huquqiy о‘zgaruvchan va salbiy ommaviy hodisa sifatida qaralishi mumkin.

Iqtisodiy jinoyatchilik tushunchasi kriminologiya va huquqni muhofaza qilish

organlarining tushunchalari apparatidan mustahkam о‘rin olgan. Iqtisodiy jinoyatchilik о‘z
tabiatiga kо‘ra о‘zgaruvchan va murakkab bо‘lganligi uchun uni doimiy ravishda о‘rganishning
talab etilishi va shu jihatlari tufayli unga qat’iy ta’rif berish imkonini mavjud emasligi bilan
izohlanadi. Bu esa, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash qonunchiligini mukammallashtirishda
bir qator qiyinchiliklarni vujudga keltirmoqda.

Iqtisodiy jinoyatchilik muammolari bu fenomen paydo bо‘lgan ilk davrlardanoq

tadqiqotchilarni qiziqtirib kelgan. Bu sohadagi dastlabki tadqiqotlar uning mulkka tajovuz bilan
bog‘liq turlarini о‘rganishdan boshlangan.
Masalan, bu sohaning kо‘zga kо‘ringan Fransiyalik tadqiqotchilaridan biri M.Paten 1861 yildayoq
о‘zining «Biznes sohasidagi jinoyat huquqi va jinoyat qonunlarining umumiy qismi» deb
nomlangan ishida, qisman quyidagi masalalarni tezkorlik bilan yechish zarurati paydo
bо‘lganligini sanab о‘tadi:

- iqtisodiy jinoyatlar, xususan, tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlar tushunchasini belgilash;
- iqtisodiy, shu jumladan, soliq sohasini jinoiy-huquqiy jihatdan tartibga keltirish va jinoiy-

huquqiy jihatdan himoyasini ta’minlash;

- tadbirkorlik, shu jumladan soliq tо‘lovchilarning jinoiy javobgarligini belgilash.

3

Iqtisodiy jinoyatchilik tushunchasining har xil ta’riflari mavjud, biroq, u jamoatchilikka ilk

bor “oq yoqalilar jinoyatchiligi nomi bilan tanilgan. Bu iboraning muallifi amerikalik kriminolog
E.Saderlend bо‘lib, u о‘zining 1940 yilda yozilgan ilmiy ishida yuksak martabali shaxslar о‘z
kasbiy vazifasi doirasida о‘zlariga kо‘rsatilgan ishonchni buzib, sodir etuvchi huquqbuzarliklar
majmuini “oq yoqalilar jinoyatchiligi” deb nomlaydi. Shvetsiyalik taniqli olim B.Svenson

3

Sobirova M. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakillanish jarayonida iqtisodiy jinoyatchilik - Toshkent:

Yangi asr avlodi

nashriyoti, 2002.-B. 17-18.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1296

iqtisodiy jinoyatlarga xо‘jalik faoliyati doirasida sodir etiladigan ta’magirlik xususiyatiga ega
jinoiy qilmish deb ta’rif bergan.

4

Kо‘pchilik rus olimlari, shu jumladan, N.F.Kuznetsova iqtisodiy jinoyatlar mulkka tajovuz

va tadbirkorlik sohasidagi jinoyatlardan tashkil topadi, deb hisoblaydi.

5

V.V. Luneyevning fikriga kо‘ra, bozor iqtisodiyoti hukm surayotgan mamlakatlarda

iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning asosini korporatsiyalar tomonidan davlat iqtisodiga, boshqa
korporatsiyalarga, iste’molchilarga, shuningdek, korporatsiyalarning xizmatchilari tomonidan esa,
shu korporatsiyalarga qarshi amalga oshiriladigan jinoiy harakatlar tashkil etadi.

6

YE.YE.Dementyeva esa, AQSH va Germaniya kriminologlari fikrlarini umumlashtirib,

iqtisodiy jinoyatchilik bu

- umumiy tarzda olganda davlat iqtisodiyoti, shuningdek xususiy

tadbirkorlik va fuqarolarning ayrim guruhlari manfaatlariga tajovuz qilishga qaratilgan, ham
jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan qonuniy iqtisodiy faoliyat niqobi ostida doimiy ravishda
amalga oshiriladigan noqonuniy faoliyat ekanligini ta’kidlaydi.

7

U chet el kriminologik

adabiyotlarni chuqur tahlil etish natijasida iqtisodiy jinoyatchilikning quyidagi belgilarini ajratadi:

1. Iqtisodiy jinoyatchilikning g‘arazli maqsadda amalga oshirilishi. Bunda, jinoyatchi о‘z

manfaatlarini kо‘zlab ekvivalentlik prinsiplarini buzgan holda, iqtisodiy resurslarni о‘zlashtirib
oladi. Iqtisodiy jinoyatchilikka ta’rif berishda bu narsa asosiy belgi hisoblanadi. Ushbu holatda
jinoiy harakat о‘z manfaatlarini kо‘zlash bilan bir qatorda ikkinchi bir shaxs yoki tashkilot
manfaatlarini kо‘zlab sodir etilgan bо‘lishi ham mumkin.

2) Iqtisodiy jinoyatchilikning kasbiy faoliyat doirasida sodir etilishi.
3) Subyektlarning о‘zaro va davlat bilan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, qayta ishlash,

sotib olish, taqsimlash va almashish bо‘yicha tuziladigan shartnoma va majburiyatlari bilan
bog‘liqligi.

4) Jabrlanishning jamoa shaklidagi, jinoyat tabiati (xarakteri)ning jamiyatdan yashirinligi,

jabrlanuvchi bilan jinoyatchi orasidagi masofaning uzoqligi. Bunda, tajovuz obyekti sifatida butun
iqtisodiyot, uning alohida tarmoqlari, xususiy tadbirkorlik va fuqarolar guruhi tushuniladi.

5) Iqtisodiy jinoyatchilikda ikkita subyektning – tashkilot nomidan ish yurituvchi va uning

manfaatlarini ifoda etuvchi yuridik (korporatsiyalar jinoyatchiligi) va jismoniy (kasbiy faoliyat
doirasidagi jinoyat sodir etuvchi) shaxsning mavjud bо‘lishi.

6) Davlat, xususiy tadbirkor va fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdorining yuqori

darajadaligi.

7) Kо‘plik shaklida ekanligi.
8) Iqtisodiy jinoyatchilik oqibati sifatida moddiy boyliklar qayta taqsimlanishining sodir

bо‘lishi.

9) Uzoq davom etuvchi, doimiy shaklda ekanligi.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy jinoyatlar - milliy iqtisod, uning tarmoqlari yoki sohalariga

ziyon yetkazishi mumkin bо‘lgan va jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli

4

Abdurasulova Q.R. Kriminalogiya: TDYUI, 2007. – B.205-206.

5

Kuznesova N.S Кодификация норм о хозяйственных преступлениях// Вестник Московского университета. -

Сер.11. Право, 1993.

№4. –

С.12

6

Luneev V.V Преступность ХХ века.

М.: 1997.

С.257

7

Dementova E.E Экономическая преступность и борьба с ней в странах с развитой рыночной экономикой (на

материалах США и Германии).

М.: 1992.

С.12-13.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1297

qilmish (harakat yoki harakatsizlik)dir. Bunda jinoyatlar sodir etish bilan, jamoatga, jamoat
birlashmalariga yoki ayrim fuqarolarga moddiy ziyon yetkaziladi, jamiyatning iqtisodiy
negizlariga tajovuz qilinadi.

8

Iqtisodiy jinoyatchilik– bu jinoyat qonunida nazarda tutilgan bir necha о‘n jinoyat

tarkiblari (о‘zganing mulkini talon-toroj qilish)ning murakkab majmuidir. Ayrim tadqiqotchilar
iqtisodiy jinoyatlar jumlasiga tamagirlik niyatidagi mansabdorlik jinoyatlari, ayniqsa, alohida
holat sifatida poraxо‘rlikni kiritishadi. Shunday qilib, iqtisodiy jinoyatchilik ijtimoiy xavflilik
darajasining yuqoriligi, uning jamiyat institutlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi, davlatning moddiy
negizi hisoblangan iqtisodiyot faoliyatining belgilangan tartibini buzilishida ifodalanadi. U ayrim
о‘ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

1. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning latentlik darajasi ancha yuqori. Ularning aksariyat

qismi fuqarolar va mansabdor shaxslarning arizalariga kо‘ra aniqlanmaydi. Ularni mulkni
boshqarish va ularning butunligini ta’minlash vakolati berilgan shaxslar sodir etadi. Iqtisodiy
jinoyatlar ayrim yangi turlarining
latentlik darajasi nisbatan past (masalan, bank kreditlarini olishda firibgarlik) hisoblanadi. Qalbaki
pul yasashdek xavfli jinoyatning latentlik darajasi haqida ham shunday deyish mumkin.

2. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar natijasida jamiyatga ancha katta zarar yetkaziladi.
3. Iqtisodiy jinoyatchilik aholi aksariyat qismining turmush tarziga aylanishi, yarim jinoiy

mentalitetni shakllantirishi mumkin.

4. Iqtisodiy jinoyatchilik о‘z tabiatiga kо‘ra, deyarli tо‘la uyushgan xususiyatga ega.

Aksariyat chet mamalakatlarda uyushgan jinoyatchilik asosan jinoiy daromad manbalari –
sanaladigan qimorxonalar, narkotijorat, reket hamda qurol savdosini nazarot qilsa, ba’zi
mamlakatlarda esa, u butun iqtisodiyotni boshqaradi.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni о‘rganishdagi ilmiy yondashuvlarga tо‘xtalib о‘tar

ekanmiz, “Iqtisodiy jinoyatchilik” (yoki iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar) tushunchasi “uyushgan
jinoyatchilik” va “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonunlashtirish” tushunchalari bilan bir
qatorda, kriminologlar hamda huquqni muhofaza qilish organlarining tushunchalar apparatidan
mustahkam о‘rin olgan.

9

Ikkinchi jahon urushi yillarida M.Klaynard, kо‘rsatib о‘tilgan jinoyatlar natijasida

iste’molchilar va soliq tо‘lovchilar juda katta zarar kо‘rganligini aniqladi (1952 y). Keyinchalik,
korxonalarning rahbarlari о‘z ishchilarining ijtimoiy huquqlariga qarshi sodir etgan jinoiy
harakatlarni Skott о‘rgandi (1974 y). M.Klaynard va P.Yiger 582 ta yirik korxonada xо‘jalik
sohasida sodir etilgan jinoyatlarni tahlil qilib, ular orasida 1975-1976 yillarda yuqoridagi
korxonalarning egalari tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar natijasida ayrim jinoyatchilarning
hayotga qarshi sodir etgan jinoyatlari qurbonlaridan ham kо‘proq odam halok bо‘lganligini
aniqlashdi. Amerikalik taniqli kriminologlar R.Klark va E.Shchur ham о‘z tadqiqotlarida iqtisodiy
jinoyatchilik masalalariga tо‘xtalgan. Kriminologlar G.Kayzer va G.Matsir-Brepsher korxonalar
va korporatsiyalardagi jinoyatchilikni о‘rganib, ularda jinoiy jazoga loyiq barcha jinoyatlarning
84% ni mulkka qarshi jinoyatlar tashkil etishini ta’kidlab о‘tishadi (1976 y). Shvetsiyalik taniqli

8

Sobirov M. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakillanish jarayonida iqtisodiy jinoyatchilik -Toshkent:

Yangi asr avlodi

nashriyoti, 2002.-B.21

9

Abdurasulova

Q

.R. Kriminalogiya.

Тоshkent: ТDYUI, 1997.

B.205.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1298

kriminolog B.Svensson iqtisodiy jinoyatlarga xо‘jalik faoliyati doirasida sodir etiladigan
tamagirlik xususiyatiga ega jinoiy qilmish deb ta’rif bergan.

10

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga keladigan bо‘lsak, О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat

Kodeksining XII bobi. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar deb nomlanadi lekin mazkur
tushuncha ta’rifi ushbu kodeksda keltirilmagan Rossiya Federatsiyasi manbaalariga asosan

11

Iqtisodiy jinoyatlar bu noqonuniy deb topilgan fuqarolarga korxonaga yoki davlatga moddiy

zarar yetkazadigan harakatdir.Bunday hatti harakatlar kam emas va ular milliy iqtisodiyotning turli
sohalarida sodir etiladi. Eng keng tarqalgan turlari sifatida esa mijozlar firibgarligi va soxta
tadbirkorlikni kо‘rsatishimiz mumkin. Shuningdek Fransiya Respublikasining “Umumiy jinoiy
huquqni muhofaza qilish” qonunlar tо‘plamida “Biznes jinoiy qonunlari va tartibi bobi”da aynan
iqtisodiy jinoyatlarga kiradigan jinoyatlar turi sifatida biznesga oid jinoyatlar keltirilgan.

12

Amalda iqtisodiy jinoyatchilik bu - jinoyat qonunida nazarda tutilgan bir necha о‘n jinoyat

tarkiblari (о‘zganing mulkini talon-toroj qilish, valyuta boyliklari bilan g‘ayriqonuniy bitimlar
tuzish, qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlar yasash yoki ularni о‘tkazish, daromadlarni soliq
organlaridan yashirish, g‘ayriqonuniy tadbirkorlik, kontrabanda va boshqalar)ning murakkab
majmuidir.

Ayrim mualliflar iqtisodiy jinoyatlar jumlasiga tamagirlik niyatidagi mansabdorlik

jinoyatlari, ayniqsa poraxо‘rlikni kiritadi. Shunday qilib, iqtisodiy jinoyatchilik ijtimoiy xavflilik
darajasining yuqoriligi u jamiyat institutlariga salbiy ta’sir kо‘rsatishi, davlatning moddiy negizi
– iqtisodiyot faoliyatining belgilangan tartibi buzilishida ifodalanadi. U ayrim о‘ziga xos
xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

1. Iqtisodiy jinoyatlarning latentlik darajasi ancha yuqori. Ularning aksariyat qismi

fuqarolar va mansabdor shaxslarning arizalariga kо‘ra aniqlanmaydi. Ularni mulkni boshqarish va
ularning butligini ta’minlash vakolati berilgan shaxslar sodir etadi. Iqtisodiy jinoyatlar ayrim yangi
turlarining latentlik darajasi nisbatan past (masalan, bank kreditlari olishda firibgarlik). Qalbaki
pul yasashdek xavfli jinoyatning latentlik darajasi haqida ham shunday deyish mumkin.

2. Iqtisodiy jinoyatlar natijasida jamiyatga ancha katta zarar yetkaziladi.
3. Iqtisodiy jinoyatchilik aholi aksariyat qismining turmush tarziga aylanishi, yarim jinoiy

mentalitetni shakllantirish mumkin.

4. Iqtisodiy jinoyat о‘z tabiatiga kо‘ra deyarli tо‘la uyushgan xususiyatga ega. Aksariyat

chet mamlakatlarda uyushgan jinoyatchilik asosan jinoiy daromad manbalari – qimorxonalar,
narkotijorat, reket, qurol savdosini nazorat qilsa, ayrim mamlakatlarda (masalan, Rossiyada) u
butun iqtisodiyotni boshqaradi.

Iqtisodiyotning normativ negizini har xil huquqiy normalar, chunonchi: konstitusiyaviy,

fuqarolik-huquqiy normalar, ma’muriy huquq va xо‘jalik huquqi normalari tashkil etadi. Shu bois
iqtisodiy jinoyatlarni о‘rganish va ularning oldini olish muammosi jinoyat huquqi normalarini
iqtisodiyotda yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarga va iqtisodiyotning normativ negiziga bog‘lab
tahlil qilishni nazarda tutadi.

13

10

Abdurasulova

Q

.R. Kriminalogiya.

Тоshkent: ТDYUI,, 1997.

B.205-206

11

https://saldovka.com/nalogi-yur-lits/proverki/ekonomic news-prestupleniya-vidyi-i-nakazanie.html

12

https://iclg.com/practice-areas/business-crime-laws-and-regulations/france

13

Kriminalogiya.

М., 1997.

– 482-

б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1299

Shu о‘rinda iqtisodiyot sohasidagi huquqbuzarliklarning о‘ziga xos jihatlariga tо‘xtalib

о‘tish joiz.

Jumladan Bosh prokuratura Akademiyasi katta о‘qituvchisi Bobir Turdiyev

“Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik: Milliy va xorijiy tajriba” nomli maqolasida iqtisodiy
jinoyatlarning quyidagi о‘ziga xos jihatlarni sanab о‘tgan.

Jumladan

, Birinchidan,

iqtisodiy huquqbuzarliklar yetkazilgan zarar miqdoriga qarab

kvalifikatsiya qilinadi.

Ikkinchidan,

iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar asosan blanket, ya’ni havolaki normalardan

iborat bо‘lib, sodir etilgan qilmishni baholash uchun boshqa qonun hujjatlari normalarini kо‘rib
chiqish talab etiladi. Masalan, byudjet intizomini kо‘p miqdorda buzganlik uchun jinoiy
javobgarlik belgilangan. Bunda byudjet intizomini buzish nimada ifodalanishi yoki qanday sodir
etilishi va uning mazmunini aniqlash uchun Byudjet kodeksiga murojaat qilish hamda aynan qaysi
norma talabi buzilganligini aniq kо‘rsatib о‘tish lozim

14

. Bizningcha, esa masalan Bojxona

tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish uchun ham jinoiy javobgarlik belgilangan bо‘lib, buni bilish
uchun esa Bojxona kodeksiga murojaat qilish talab etiladi

15

. Chunki bojxona oid normalar va

ularning tartibi aynan shu kodeks bilan tartibga solinadi.

Uchinchidan,

iqtisodiyot sohasidagi huquqbuzarliklar asosan latent, ya’ni yashirin

xususiyatga ega jinoyatlar toifasiga kiradi. Iqtisodiyot sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etish
usullari doimiy о‘zgaruvchanlik xususiyatiga ega bо‘lib, ular murakkablashib borish,
qonunchilikdagi bо‘shliqlardan foydalanish, turli jinoiy sxemalar orqali sodir etilishi hollari
kuzatiladi

16

. Bu esa ularni aniqlash va fosh etish murakkab ekanligini anglatadi, ya’ni ularni fosh

etish va jinoiy harakatlarga chek qо‘yish uchun protsessual harakatlarni qonuniy amalga oshirish
va maqbul dalillarni tо‘plash ularni tekshirish va adolatli baholashni amalga oshirish lozim bо‘ladi.

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishning ham bir qator о‘ziga xos

xususiyatlari mavjud. Bulardan biri preyuditsiya, ya’ni ayrim turdagi qilmishlar uchun shaxs
muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan bо‘lsagina jinoiy javobgarlik kelib chiqadi

17

.

Masalan, fuqarolarning qonunga xilof ravishda valyuta qimmatliklarini ancha miqdorgacha olishi
yoki о‘tkazishi holati bо‘yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqishi uchun shaxs oldin mazkur
harakatlarni sodir etganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan bо‘lishi lozim hisoblanadi.
Shaxs mazkur harakatlari uchun muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmagan bо‘lsa jinoiy
javobgarlik kelib chiqmaydi.

Ikkinchidan,

iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlik yetkazilgan zarar

miqdoriga qarab farq qiladi. Zarar miqdori huquqbuzarlik tugallangan vaqtda amalda bо‘lgan
miqdorlardan kelib chiqib hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka binoan zarar miqdori ekspertiza
asosida aniqlanib, bazaviy hisoblash miqdori bazaviy hisoblash miqdori (

245 000 sо‘m 01.02.2021

dan

)ga

18

bog‘lab qо‘yilganini kо‘rishimiz mumkin.

Uchinchidan,

iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishda zararning

bartaraf etilganligi yoki etilmaganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyat kodeksiga muvofiq

14

O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi 187-modda. http://lex.uz/docs/2304138

15 O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi https://lex.uz/docs/2876354
16 Mamlaakat iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash asosiy yoʻnalishlari Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ilmiy
maqola va tezislar toʻplami Т-2019й 8 noyabr 7-b

17

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 177, 182, 183, 184, 185

1

, 185

2

-moddalar.

18

Oʻzbekiston Respublikasi Prizidentining 2020 йил 30 dekabrdagi PQ-4938-son Qarori


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1300

shaxs bir qator hollarda iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod etilishi
mumkin. Masalan О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 184-moddasi “Soliqlar yoki boshqa
majburiy tо‘lovlarni tо‘lashdan bо‘yin tovlash” moddasida

Birinchi marta jinoyat sodir etgan

shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini kо‘rib chiqish natijalari bо‘yicha davlat soliq xizmati
organining qarorini yoki О‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy
jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini olgan
kundan e’tiboran о‘ttiz kun ichida soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar, shu jumladan penyalar
va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning о‘rnini tо‘liq qoplasa,
javobgarlikdan ozod qilinadi

deb keltirib о‘tilgan.

Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e’tiboran о‘ttiz

kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy
sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning о‘rnini qoplasa jinoiy javobgarlikdan ozod
etiladi.

19

Ayrim jinoyatlar uchun esa yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan

taqdirdagina shaxs jazodan ozod etilishi belgilab qо‘yilgan.

20

Boshqa bir holatda, shaxs tomonidan yetkazilgan moddiy zararning о‘rni qoplangan

taqdirda shaxs javobgarlikka tortilsada, shaxsni javobgarlikka tortishda ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo choralari qо‘llanilmaydi.

21

Xususan, olib borilgan tadqiqotlar iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish va oldini olishda
nazoratni kuchaytirish va tekshiruvlar sonini kо‘paytirish moliyaviy xarajatlar va resurslarni
(inson, vaqt) safarbar etishni talab etishi, barcha resurslarni iqtisodiy huquqbuzarliklarni
aniqlashga safarbar etishning imkoni yо‘qligi va nazoratni kuchaytirishning samaradorligi
pastligini e’tirof etadi.

22

Mazkur muammolarni kam xarajat talab etadigan boshqa chora-tadbirlar, xususan, soliq

tо‘lovchilar о‘z soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarish, sodir etilgan huquqbuzarliklar tо‘g‘risida
ixtiyoriy arz qilishiga erishish orqali hal etishni ustuvor yо‘nalish sifatida qaraydilar.

Ushbu yо‘nalishda ishlab chiqilgan dastlabki nazariyalardan biriga kо‘ra iqtisodiy

huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning mavjudligi shaxslarga profilaktik ta’sir etib, ularni
iqtisodiy huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishi ilgari surilgan.

23

Boshqa tadqiqotda iqtisodiy jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik sanksiyalarining ta’siri

о‘rganilib, shaxs huquqbuzarlikning aniqlanishi ehtimoliga qarab huquqbuzarlik sodir etishi,
bunda jarima miqdorining ahamiyatsizligi, shu sababli sanksiyalarni kuchaytirish emas, balki
shaxsning huquqbuzarlik uchun albatta javobgarlikka tortilishi muqarrarligini tushunib yetishi
muhimligi ta’kidlangan.

24

Shu kabi, boshqa bir tadqiqotda nazorat qiluvchi organlarning audit (tekshirish, taftish)

vakolati va bu uchun “kuchli” resurslarga (tekshiruvchi mutaxassis-auditor, axborot almashinuvi

19

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 180, 181, 181

1

, 184, 185

2

-moddalar

20

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 175-modda

21

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167, 168, 180, 181, 181

1

, 184, 185

2

-moddalar.

22

Bobir Turdiev “Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik: Milliy va xorijiy tajriba” Т-2019 6-bet

23

Michael G. Allingham & Agnar Sandmo, Income Tax Evasion: A Theoretical Analysis. 1 Journal of Public

Economics. 323 (1972).

24

Kimberly N. Varma and Anthony N. Doob, Deterring economic crimes: The case of tax. Centre of Criminology

University of Toronto. Toronto, Ontario Canadian Journal of Criminology, pp. 165-184 (April/1998).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1301

va h.k.) egaligi orqali har qanday iqtisodiy huquqbuzarlik hollarini aniqlash ehtimolidan
chо‘chigan shaxslarning huquqbuzarlik sodir etmasligiga ijobiy ta’sir qilishi ilgari surilgan.

25

Irlandiyada xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashishda nazorat qiluvchi organlar

jamoatchilik nazorati mexanizmlari va insofli soliq tо‘lovchilar yordamiga tayanishi e’tirofga
loyiq. Bunda soliqdan qochish va nosog‘lom raqobat hollari haqida fuqarolar, tadbirkorlar, jamoat
birlashmalari, kasaba uyushmalariga turli vositalar orqali elektron, og‘zaki yoki yozma shaklda,
shu jumladan anonim tarzda xabar berish imkoniyati berilgan va murojaatchilarning shaxsi oshkor
qilinmaydi.

26

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda iqtisodiy jinoyatlar va yashirin iqtisodiyotni

jilovlashning muhim omillaridan biri bu jamoatchilik nazorati demakdir.

Manbaalarda keltirilishicha, iqtisodiy jinoyatlarni quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin:

1)moliyaviy jinoyatlar; 2) raqobat qoidalariga zid jinoyatlar; 3) iste’molchilar huquqlarini poymol
qiluvchi jinoyatlar; 4) iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tartibiga putur yetkazuvchi
jinoyatlar; 5) tabiiy muhitni noqonuniy yekspluatatsiya qilish bilan bog‘liq jinoyatlar; 6) mehnatni
muhofaza qilish sohasidagi jinoyatlar; 7)kompyuter jinoyatlari

27

singari jinoyatlarga bо‘lish

mumkin. О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bо‘yicha esa iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar
JKning III bо‘limi ya’ni iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar о‘z navbatida bir necha boblardan tashkil
topadi. X bob bu о‘zgalar mulkini talon taroj qilish bilan bog‘liq jinotlar 164-169 moddalarni о‘z
ichiga olsa XI bob. О‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq bо‘lmagan jinoyatlar bobida
esa 170-174 moddalar berilgan. Shuningdek XII bob. Iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar bobi
175-185

2

-moddalarni о‘z ichiga oladi. JKda XIII bob. Xо‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlar deb

nomlanib, 186-192 moddalardan tashkil topgan. Kodeksdagi XIII

1

bob. Tadbirkorlik faoliyatiga

tо‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xо‘jalik
yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar
bobi sanaladi va bu bob о‘z ichiga 192- moddadan 192

11

-moddagacha bо‘lgan normalarni qamrab

oladi

28

.

О‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‘mitasin ma’lumotlari

(ilova qilinadi).

Iqtisodiy jinoyatchilik muammosi tashqi va ichki kriminologiya doirasida turli

pozitsiyalardan о‘rganiladi. Bizningcha, yangi jinoyat kodeksini yaratishda iqtisodiy deb
belgilangan jinoyatlarni belgilashga keng yondashuv amalga oshirilishi lozim.

Mohiyatan, iqtisodiy jinoyat bu - davlat iqtisodiyotining manfaatlariga, shuningdek,

xususiy tadbirkorlik faoliyatiga va fuqarolarning alohida guruhlari manfaatlariga tajovuz qiladigan
noqonuniy faoliyat bо‘lib, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qonuniy iqtisodiy faoliyat
doirasida va qonuniy iqtisodiy faoliyat niqobi ostida foyda olish maqsadida doimiy va muntazam
ravishda amalga oshiriladi.

Iqtisodiy jinoyatchilik quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi

29

:

1. О‘z-о‘ziga xizmat qiluvchi xarakter. Ularning maqsadi iqtisodiy resurslarni

yekvivalentlik prinsipiga zid ravishda о‘zlashtirish natijasida foyda olishdir. Bu xususiyat

25

Maciej H. Kotowski, David A. Weisbach & Richard J. Zeckhauser, Audits as Signals, 81 The University of

Chicago Law Review. 179, 190 (2014).

26

Irlandiya Soliq va bojxona daromadlari idorasining rasmiy sayti:

www.revenue.ie

ma’lumotlaridan

27

https://studopedia.ru/23_61483_vopros--ekonomicheskaya-prestupnost.html

28

Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодекси

http://lex.uz/docs/2304138

29

https://studwood.ru/882811/pravo/osobennosti_ekonomicheskih_prestupleniy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1302

majburiy hisoblanadi. Bunday holatda jinoyat shaxsiy daromad uchun, uchinchi shaxslar yoki
tashkilotlar manfaatlari uchun sodir etilishi mumkin;

2. Kasbiy faoliyat jarayonida sodir yetilgan. 2009 yilgi xalqaro seminarda bu xususiyat

iqtisodiy jinoyatchilik konsepsiyasini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga yega yekanligi alohida
ta’kidlandi;

3. Moddiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotib olish, tarqatish va

ayirboshlash uchun zarur bо‘lgan subyektlar о‘rtasida va davlat bilan yuzaga keladigan shartnoma
va majburiyatlar bilan bog‘liq.

4. Jabrlanuvchilarning kollektivligi, jamiyat uchun jinoyatlarning yashirin xususiyati,

jabrlanuvchi va jinoyatchi о‘rtasidagi katta masofa. Tajovuz obyekti esa butun iqtisodiyot, alohida
tarmoqlar, xususiy tadbirkorlik faoliyati, fuqarolar guruhlari.

5. Jabrlanganlarning anonimligi. Bu xususiyat jinoyat jarayonining asosan jabrlanuvchidan

yashiringanligini kо‘rsatadi.

6. Ikki shaxsning mavjudligi-korxona nomidan va manfaatlarini kо‘zlab harakat qiluvchi

yuridik shaxs (korporativ jinoyat) va jismoniy shaxs (bandlik jinoyati). Yuridik shaxs qonunda
yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi nazarda tutilgan mamlakatlardagina jinoyat obyekti
hisoblanadi (Aqsh, Fransiya Germaniya Gruziya va boshq).

7. Davlat, xususiy korxona va fuqarolarning iqtisodiy manfaatlariga yetkazilgan sezilarli

zarar.

8. Moddiy ashyolarni iqtisodiy jinoyatlar natijasida qayta taqsimlanishi.
9. Uzluksiz, sistematik tabiat.
Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi davlat organlari tomonidan qо‘llaniladigan

ana shu xususiyatlarga muvofiq, avvalo, bevosita motiv sifatida iqtisodiy manfaatga yega bо‘lgan
jinoyatchilikka munosabat qilinishi lozim. Iqtisodiyotdagi mavjud jinoiy vaziyatning sabablaridan
biri iqtisodiy jinoyatchilik muammosini ilmiy jihatdan о‘rganmaslik, unga qarshi kurash
strategiyasi va mafkurasi haqida aniq g‘oyalarning mavjud yemasligidir. Bu turdagi
jinoyatchilikka qarshi kurashning zamonaviy tashkil yetilishi hamon markazlashgan iqtisodiyot
sharoitida samarali bо‘lgan, ammo zamonaviy sharoitlarda amalga oshirish mumkin bо‘lmagan
eski usullar bilan amalga oshirilmoqda.

Nemis kriminologi G. Keyzer iqtisodiy jinoyatlarni tо‘rt guruhini aniqlab, bu guruhlarni

о‘ziga xos jihatlarini sanaydi.

Anti-raqobat shartnomalar, raqobat va narx qonunlar buzilishi, shu jumladan,

g‘azab, mualliflik huquqi va savdo belgisi buzilishi; va qurilish firibgarlik, kompaniyalar
tomonidan soxta bankrotlik, ishonch va notо‘g‘ri bankrotlik deklaratsiyalaring suiiste’moli;

Soliqlar, yig‘imlar va bojlar, bojxona jinoyatlaridan bо‘yin tovlash, shuningdek,

firibgarlik va poraxо‘rlik yо‘li bilan kredit olish;

Yoshlar muhofazasi va mehnat muhofazasi tо‘g‘risidagi, shuningdek, ijtimoiy

sug‘urta tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi; atrof-muhitdan foydalanish va muhofaza
qilish tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi; oziq-ovqat va sanoat mollarini soxtalashtirish;

Katta miqdordagi turli tovarlarning tovlamachilik yо‘li orqali sotilishi fibgarlik

yо‘li orqali shaxslarning uy-joylariga egalik qilish.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1303

Chet yel kriminologlari tomonidan olib borilgan iqtisodiy jinoyatchilik tadqiqotlari

natijalari tahlil qilinganda shuni ta’kidlash lozimki, ular kо‘pincha sotsiologlardan iborat
bо‘lishgan. Shuning uchun ta’riflardagi noaniqlik va kо‘pincha о‘rganilayotgan hodisani
tushunish uchun asos bо‘lgan huquqiy kategoriyalarga aniq ta’rif berilmagan deyishimiz mumkin.

Kо‘pgina mutaxassislar iqtisodiy jinoyatchilik hodisasini uning belgilari orqali aniqlashga

harakat qiladilar:

30

*

Tadbirkorlik sohasida, biznes sohasida qonuniy iqtisodiy faoliyat niqobi ostida amalga

oshirish;

*

Bevosita xо‘jalik faoliyati davomida, uning chegaralari doirasida va vakolati doirasida

amalga oshirish;

*

Tadbirkorlik subyektlari (biznes) tomonidan amalga oshirilishi;

*

Rasmiy bozor iqtisodiy muhiti tomonidan takror ishlab chiqarilgan iqtisodiy va huquqiy

shartlarda parazitlik qilish, qonuniy iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida iqtisodiy
imtiyozlarni о‘zlashtirishning jinoiy usullaridan foydalanish;

*

Anonimlik, jabrlanuvchi identifikatsiya yо‘qligi;

*

Tajovuz obektlarining о‘ziga xosligi va kо‘pligi;

*

Jabrlanuvchi bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri aloqa yо‘qligi;

*

Iqtisodiy jinoyat subyektlarining о‘ziga xosligi;

*

Jinoyatlarning ommaviy xarakteri va tipikligi;

*

Jamiyatning iqtisodiy jinoyatchilikka befarq, befarq munosabati hodisasining mavjudligi;

Iqtisodiy jinoyatchilik oddiy о‘z-о‘ziga xizmat qiluvchi jinoyatchilikka qaraganda ancha

katta darajada aholining muhim qismining turmush tarziga ta’sir qilishi mumkin. Moliyaviy
inqiroz, millatlararo munosabatlar muammolari odamlarning xulq-atvoriga, ularning
psixologiyasiga, axloqiga va tamoyillariga ta’sir qila olmaydigan obyektiv shartlardir.

Ushbu jinoyatning о‘ziga xos xususiyati ham iqtisodiy sohadagi jinoiy tajovuzlarning

turlarini doimiy ravishda kengaytirish hisoblanadi. Shunday qilib, an’anaviy jinoyatlar bilan bir
qatorda, noqonuniy tadbirkorlik, pul yuvish, valyuta qadriyatlari bilan noqonuniy bitimlar va
hokazolar keng tarqaldi.

Iqtisodiy jinoyatlarning shakllari va turlarining har xilligi bilan ularning quyidagi

sohalardagi yо‘nalishlarini ta’kidlash zarur: moliya-kredit, tashqi iqtisodiy faoliyat, iste’mol
bozori, kо‘chmas mulk operatsiyalari sohasida, shuningdek, soliq va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash
borasida kuzatilishi mumkin.

Keyingi kriminologik xususiyati iqtisodiy jinoyat maxsus ijtimoiy xavf u oqibatida

tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri zarar ham bо‘ladi, va iqtisodiy jinoyatlar mamlakat iqtisodiyotiga putur
yetkazadi. Aslida davlat rezervlarini о‘ziniki qilib olishga urinish noqonuniy boyishga zamin
yaratadi. Bu esa jamiyatda umumiy boylik (YAIM) о‘sishiga yemas, balki shaxsiy boyishdan
manfaatdorlik hisini shakllantirishga olib keladi. Bu esa qolgan aholi ongida davlat tashkilotida
ishlash uning boyliklarin о‘marish degan g‘oyani shakllanishiga zamin yaratadi.

30

“ Специфика объекта преступлений в сфере экономической деятельности” T.Ekatirinova М-2017


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1304

Shu tariqa iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar, jinoiy harakatlarning о‘ziga xos tipik

tuzilishini namoyish etib, о‘ziga xos usullarda namoyon bо‘ladi va о‘ziga xos shakllarda sodir
etiladi. Bu mulkka, iqtisodiyot negizlariga va davlat mulkiga qaratilishi mumkin.

Jinoyat protsessining maqsadlariga, ya’ni jinoyat sodir etgan har bir shaxsga adolatli jazo

berilishi hamda aybi bо‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligi va hukm qilinmasligi,
aybdorlarni fosh etishga erishish uchun zaruriy bir shartga amal qilinishi lozim.

Dalillar haqida gap ketganda bevosita dalillar tushunchasi va ta’rifiga e’tibor qaratish lozim

bо‘ladi. Jumladan,

Dalil deb

– Jinoyat protsessual kodeksning 81-moddasiga kо‘ra, ijtimoiy xavfli

qilmishning yuz bergan bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan shaxsning aybli-aybsizligini va
ishni tо‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni surishtiruvchining, tergovchining
va sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bо‘ladigan har qanday haqiqiy
ma’lumotlar jinoyat ishi bо‘yicha dalil hisoblanadi.

Bu ma’lumotlar guvohning, jabrlanuvchining, gumon qilinuvchining, ayblanuvchining,

sudlanuvchining kо‘rsatuvlari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar,
videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlardan iborat materiallar, tergov va sud harakatlarining
bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.

Qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda о‘tkazilgan tezkor-qidiruv

tadbirlarining natijalari JPK normalariga muvofiq tekshirilganidan va baholanganidan sо‘ng
jinoyat ishi bо‘yicha dalillar deb e’tirof etilishi mumkin.

31

Shuningdek yuridik adabiyotlarda ashyoviy dalil tushunchasi ham mavjud bо‘lib,

ashyoviy

dalil bu

- kelib chiqishini, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda foydalanilganligini yoki

foydalanishga yaroqliligini, qо‘ldan-qо‘lga о‘tganligi yoki turgan joyi о‘zgarganligini, u yoki bu
moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin bо‘lgan fizikaviy
alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan har qanday
boshqa alomatlar va belgilarga ega bо‘lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi.

32

Bizga ma’lumki, daliliy ashyolar bojxona sohasidagi jinoyatlarni ochishda aybdorni qidirib

topishda, tergovga qadar tekshiruv organi va surishtiruvchining faoliyatida muhim ahamiyat kasb
etadi.

Dalillarni tasniflash bir necha asoslarga kо‘ra amalga oshirilib, u kо‘p tarmoqli tizim

hisoblanadi. Tasniflashning amaliy ahamiyati shundan iboratki, u dalillarni tо‘plash, tekshirish va
baholashda ularning hisobga olinishi lozim bо‘lgan turli jihatlarini ochib beradi.

Ma’lumki, dalillar quyidagi tasniflovchi guruhlarga ajratiladi

33

:

-shaxsiy va ashyoviy dalillar.

Dalillarning bunday bо‘linishi haqiqiy ma’lumot turlari,

ularni shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmi farqlanishiga asoslanadi.

Huquqbuzarlik hodisasi unda ishtirok etgan yoki uni kuzatgan odamlar ongida hamda

moddiy vaziyatda – uning turli о‘zgarishlari kо‘rinishida aks etiladi. Bunday aks etishlarning
mexanizmi jiddiy farqlanadi: birinchi holda ongda tasavvur va tushunchalar tarzida ruhiy aks etadi,
ikkinchi holda – ashyolar, ularning xususiyatlari va munosabatlarining jismoniy, mexanik va shu

31

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat prosessual kodeksi 22. 09.1994 81-modda

32

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat prosessual kodeksi 22. 09.1994 203-modda

33

Kaz S.M Доказательства в уголовном процессе. Саратов. 1960. Б. 23-25


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1305

kabi о‘zgarishlari haqida fikr yuritiladi. Ikkala holda ham ruhiy hamda moddiy aks etishlar yuz
bergan hodisa haqida muayyan ma’lumot beradi.

-shaxsiy dalillar – xabarlardir. Xabar deganda odam qabul qilgan va ruhan qayta ishlov

bergan axborotning uzatilishi tushuniladi. Ekspertning xulosasi ham shaxsiy dalil hisoblanadi.
Axborot ekspertdan yozma xulosa shaklida olinadi, shaxsiy dalillar og‘zaki (yozma) xabar
shaklida (huquqbuzarning, gumon qilinuvchi, guvohning kо‘rsatuvlari va hokazo) hosil bо‘ladi
hamda bayonnomalarda aks ettiriladi. Ular sirasiga ish yuritishda tuziladigan bayonnomalari
kiradi.

-ashyoviy dalil – “Kelib chiqishi, kimga tegishliligini, ma’lum maqsadlarda

foydalanilganligini yoki foydalanishga yaroqliligini, qо‘ldan-qо‘lga о‘tganligi yoki turgan joyi
о‘zgarganligi, u yoki bu moddalar, narsa, jarayon va hodisalar ta’sir etganligini aniqlash mumkin
bо‘lgan fizikaviy alomatlar yoki belgilarga, shuningdek ish holatlarini aniqlashga xizmat qiladigan
har qanday boshqa alomatlar va belgilarga ega bо‘lgan narsa ashyoviy dalil hisoblanadi”.

Undan tashqari, hujjatlar va boshqa xatlar ham ashyoviy dalil bо‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ashyoviy dalilning murakkab tuzilishini ham ta’kidlash zarur. Ushbu tushunchaning tо‘liq

va qat’iy ma’nosi haqida quyidagi 3 ta tarkibiy qism mavjud bо‘lgan taqdirda gapirish mumkin

34

:

a) huquqbuzarlik hodisasi natijasida vujudga kelgan iz, barmoq izlari, narsaning

joylashuvi, holat va boshqa xususiyatlarining о‘zgarishi;

b) hodisa joyidan olingan, bu о‘zgarishlar, xususiyatlar, izlar va hokazolarni о‘zida aks

ettiruvchi narsalar;

v) hodisa joyidan olingan va ishga qо‘shilgan narsaning xususiyatlarini ifoda etuvchi

ma’lumotlar (voqea sodir bо‘lgan joyni kо‘zdan kechirish bayonnomasida).

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 25-bobi Narsa va hujjatlarni

ashyoviy va yozma dalil sifatida ishga qо‘shib qо‘yish bobida keltirilganidek, shuningdek,
О‘zbekiston

Respublikasi

Oliy

Sudi

plenumining

17-son qarori “Jinoyat ishlari bо‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qо‘llashning ayrim
masalalari tо‘g‘risida”gi tushuntirishiga muvofiq, Ashyoviy dalil sifatida, jumladan, quyidagilar
e’tirof etiladi:

a) jinoyat quroli — ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan, jinoyatga tayyorgarlik kо‘rish yoki

jinoyat sodir etish uchun maxsus mо‘ljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar
(masalan, odam о‘ldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita bо‘lgan
narsalar, о‘qotar qurol, brakonyerlik qurollari — qopqonlar, tо‘rlar, soxta hujjat va h.k.),
shuningdek jinoiy maqsadga erishish uchun jinoyat sodir etish jarayonida bevosita foydalanilgan
mol-mulk (masalan, transport vositalari);

b) о‘zida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud yoki jinoyat

sodir etilishi jarayonida shikastlangan kiyim, narsalar, shu jumladan, о‘q otilishi yoki portlash
natijasida shikastlangan narsalar, barmoq, qо‘l, oyoq, poyafzal, transport, buzish qurollarining
izlari va h.k.);

34 Jinoyat prosessi. Umumiy qism: Yuridik instituti va fakultetlari talabalari uchun darslik. / Dosent Z.F.
Ino\omjonovaning umumiy tahriri ostida. Toshkent, «Yangi asr avlodi», 2002. B. 147-171.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1306

v) jinoiy harakatlar obyekti bо‘lgan narsalar (masalan, olib qochilgan avtomobil, talon-

toroj qilingan pullar, qimmatli qog‘ozlar, qurol, giyohvandlik vositalari, boshqa moddiy
qimmatliklar, buyumlar va h. k.);

g) jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoiy yо‘l bilan topilgan mablag‘lar evaziga

topilgan mol-mulk, pullar va boshqa qimmatliklar (masalan, о‘g‘irlangan pullarga sotib olingan
qimmatbaho buyumlar, jinoiy faoliyat natijasida, jumladan, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik
bilan shug‘ullanishdan topilgan naqd pullar, nodir metallar va toshlardan iborat xom ashyo va
buyumlar, boshqa qimmatliklar, deb keltirib о‘tilgan.

Faktlar haqida ma’lumotlarni olish xususiyatiga kо‘ra dalillar

dastlabki va hosila

dalillarga

bо‘linadi.

35

Oraliqdagi daliliy axborot uning tashuvchisi borligi yoki yо‘qligi bо‘lish uchun asos bо‘lib

xizmat qiladi.

Masalan, huquqbuzarlik hodisasini kuzatgan guvohning kо‘rsatuvlari shaxsiy dastlabki

dalil hisoblanadi. Bunday guvohning kо‘rsatuvlari, shuningdek uni sо‘roq qilish bayonnomasi
dastlabki dalillardir.

Mazkur hujjatda aytilayotgan qandaydir hodisadan shaxsan xabardor bо‘lgan shaxs

tomonidan tuzilgan hujjat dastlabki dalil hisoblanadi. Shuning о‘zi ekspert xulosasiga ham
taalluqlidir.

Agar hodisani bitta shaxs kuzatib, sо‘ng bu haqda boshqasiga xabar bergan bо‘lsa,

shuningdek bu ikkinchi shaxs guvoh sifatida hodisa haqida kо‘rsatuvlar berayotgan bо‘lsa, bunday
kо‘rsatuvlar hosila dalil hisoblanadi. Bu holda axborotning ikkita tashuvchisi bor bо‘lib kо‘rinadi:
birinchisi – hodisani kuzatgan (dastlabki tashuvchi) va ikkinchisi – hodisa haqida birinchi
shaxsdan bilgan (ikkinchi tashuvchi).

Hujjat nusxasi ham hosila dalil hisoblanadi. Bu holda hujjat (asl nusxasi)ning tuzuvchisi

axborotning birinchi tashuvchisi, undan nusxa olgan va tasdiqlagan shaxs esa axborotning ikkinchi
tashuvchisi hisoblanadi.

Bir necha birlamchi manbalardan olingan axborotni qо‘shish natijasida vujudga keladigan

«qо‘shiladigan» deb ataluvchi hosila dalillar ishi esa qiyinroq. Masalan, taftish hujjatlari, erkin
buxgalteriya hujjatlari va hokazo.

Huquqbuzarlik qurollari va boshqa shu kabi obyektlarning fotosurati, hajmli va boshqa xil

hujjat nusxalari ilmiy adabiyotda kо‘pincha hosila ashyoviy dalillar deb ataladi.

Haqiqatan ham, fotosurat hajmli surat kabi original obyektdagi axborotni о‘zgartirgan

holda qaytadan hosil qiladi.

Mumkin qadar dastlabki dalillardan foydalanishga intilish hosila dalillar ishonchli

xulosalarga olib kelolmasligini anglatmaydi. Hosila dalillardan dastlabki dalillarni topish uchun,
ma’lum sharoitlarda esa ularni dalillarning yig‘indisida tekshirish uchun foydalaniladi.

Hosila dalillar dastlabki dalilning tо‘liqligi va ishonchliligini aniqlashga yordam berishi

mumkin. Masalan, agar hodisani о‘z kо‘zi bilan kо‘rgan guvoh о‘z vaqtida boshqa shaxsga aytib
bergan holatlarni esidan chiqargan bо‘lsa, bunday shaxsni guvoh sifatida sо‘roq qilish hodisani

35

Z.F. Inomjonova Jinoyat prosessi. Umumiy qism:Т 2002. B. 147-171.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1307

о‘z kо‘zi bilan kо‘rgan guvohning kо‘rsatuvlarini tо‘ldirishga, kimning kо‘rsatuvlari haqiqatga
tо‘g‘ri ekanligini hal qilishga imkon beradi.

Ayblovchi va oqlovchi dalillar.

Bunday bо‘linish haqiqiy ma’lumotlar mazmuniga

asoslangan.

Mazkur shaxs tomonidan huquqbuzarlik sodir etilganini kо‘rsatadigan dalillar yoki

javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlar ayblovchi dalillar deb e’tirof etiladi.

Oqlovchi dalillar – huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblanayotgan yoki gumon

qilinayotgan shaxsni oqlaydigan yoxud uning javobgarligini yengillashtiradigan holatlarni
aniqlaydigan dalillardir.

Dalillar xolisona voqelik faktlarini bilishga xizmat qiladi hamda ularning tahlili barcha

holatlarni о‘rganishga va haqiqatni aniqlashga imkon beradi. Bunday bо‘linish dalillarni ayblovga
nisbatan tizimlashtirishga kо‘maklashadi, holbuki qonun har bir ish bо‘yicha huquqbuzarni ham
fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham
og‘irlashtiradigan holatlarni aniqlashga va hisobga olishga majbur etadi.

Har bir dalilni tо‘g‘ri baholash hamda uni ayblovchi yoki oqlovchi dalillar sirasiga kiritish

uchun barcha dalillar birgalikda kо‘rib chiqilishi lozim. Bu bо‘linish shartlidir. Ish yuritish
borasida shunday hollar bо‘lishi mumkinki, bir qarashda oqlovchi dalillar sifatida bо‘lganlar
keyinchalik ayblovchi dalillar deb baholanadi va aksincha bо‘lishi mumkin.

Oqlovchi dalillar orasida ayblanuvchining alibisi (lotincha alibi – qayerdadir boshqa joyda)

alohida о‘rin tutadi. Ishonchli isbot qilingan alibi shaxsni huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblash
imkoniyatini yо‘qqa chiqaradi. Alibi har tomonlama tekshirilishi lozim.

Dalillar ayblovchi va oqlovchilarga bо‘linishi munosabati bilan tez-tez uchraydigan

«qoralovchi dalillar» tushunchasini aniqlab olish zarur. Avval adabiyotda bu tushuncha orqali
ayblovchi va oqlovchi dalillar yoki faqat ayblovchi bilvosita dalillar ifoda etilar edi. Barcha
ayblovchi, ham bevosita, ham bilvosita dalillarni qoralovchi dalillar deb atash tо‘g‘riroq bо‘ladi.

Isbotlash predmetida bosh faktga, ya’ni shaxsning aybdorligi yoki aybsizligiga nisbatan

dalillar

tо‘g‘ri va egri

dalillarga

bо‘linadi. Bu bо‘linishning asosini isbot qilinadigan holatni

asoslash jarayoni tuzilishidagi farq tashkil etadi.

Isbot qilinadigan holatni tо‘g‘ridan tо‘g‘ri va bevosita belgilaydigan dalil tо‘g‘ri dalil,

«oraliqdagi fakt» orqali bu holatni belgilaydigan dalil esa egri dalil deb ataladi.

Jinoyatni о‘z kо‘zi bilan kо‘rgan guvohning kо‘rsatuvlari, huquqbuzarning bosh egib,

keyinchalik о‘z aybini tan olish va huquqbuzarlik sodir etilgan holatlar haqida sо‘zlab berish sharti
bilan kelishi – tо‘g‘ri dalil.

Masalan, guvohlarning huquqbuzarlik sodir etilgan kunda huquqbuzarni uyda

uxlamaganligi, u huquqbuzarlik sodir etilgan joydan ketayotganini kо‘rganligi, avval
jabrlanuvchiga ta’zirini berish bilan qо‘rqitgani haqidagi kо‘rsatuvlari, huquqbuzarlik sodir etilgan
joyda huquqbuzarga tegishli ashyo topilgani va hokazolar – egri dalillar. Ular shunchaki
«ikkilamchi holatlar»ni yoki «oraliqdagi faktlar»ni kо‘rsatadi, tergovga qadar tekshiruv va
surishtiruv organlari esa bular yordamida mazkur huquqbuzarlikni aynan kim sodir etganligi
haqida xulosa chiqarishlari mumkin.

Huquqiy adabiyotda tо‘g‘ri va egri dalillarni farqlash mezoni yuzasidan turli nuqtai

nazarlar mavjud.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1308

Tо‘g‘ri va egri dalillarni farqlash katta amaliy ahamiyatga ega bо‘lib, u quyidagilardan

iborat:

1) Tо‘g‘ri dalillar egri dalillardan yaxshiroq emas, egri dalillar esa tо‘g‘ri dalillardan

yomonroq emas degan fikrni anglab olishdan, tо‘g‘ri dalillarning bahosini oshirishga hamda egri
dalillarning bahosini kamaytirishga yо‘l qо‘ymaslikdan.

Amaliyotda shunday ishlar bо‘ladiki, ular bо‘yicha ayblov faqat egri dalillarga asoslanadi.

Egri dalillarga asoslangan qaror tо‘g‘ri dalillarga asoslangan qaror qanday qonuniy kuchga ega
bо‘lsa, shunday qonuniy kuchga ega bо‘ladi.

2) Garchi egri dalillarning ahamiyati tо‘g‘ri dalillarning ahamiyatidan kam bо‘lmasada,

ishlarni yuritish tajribasida egri dalillardan foydalanish tо‘g‘ri dalillardan foydalanishga qaraganda
qiyinroqdir. Tо‘g‘ri dalil ushbu qidirilayotgan muhim faktni bevosita, hech qanday
kо‘maklashuvchi bо‘g‘inlarsiz kо‘rsatadi. Egri dalil ikkilamchi, erkin faktni bevosita kо‘rsatadi
hamda faqat u orqali isbotlash burchi yuklatilgan shaxsga qidirilayotgan muhim fakt haqida xulosa
chiqarish imkonini beradi.

3) Egri dalil aynan ikkilamchi faktni bevosita kо‘rsatganligi uchun u boshqa dalillar bilan

uzviy о‘zaro bog‘langan holda yuridik ahamiyatga ega bо‘ladi. Tegishincha, faqat egri dalilga
ishni hal qilish uchun yetarli isbotlovchi material deb qarash mumkin emas.

4) Haqiqiy faktlar huquqni muhofaza qilish organlarining gumon va taxminlari bilan

almashtirib qо‘yilmagani uchun egri dalillarning tasodifiy emas, balki xolisona bog‘liqligini
aniqlash zarur, sababli bog‘liqlik nafaqat egri dalilni, balki egri dalillar yig‘indisini isbotlash
predmeti, huquqbuzarlik tarkibi bilan birga qamrab olishi lozim.

5) Nihoyat, egri dalillar yig‘indisi ushbu shaxsning unga ayb qilib qо‘yilayotgan

huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdorligi haqida xulosa chiqarish uchun yetarli deb, basharti
о‘zining tugallangan holida u qandaydir boshqa taxminlar, boshqa xulosalar mumkinligini istisno
etsa, shuningdek ushbu xulosa faqat yagona sababli, tegishli haqiqiy ma’lumotlar yig‘indisidan va
ular haqidagi ma’lumotlardan kelib chiqadigan bо‘lsa, e’tirof etilishi mumkin. Shuni nazarda
tutish kerakki, isbot qilinmagan aybdorlik isbotlangan aybsizlikka teng, ayblov qarori taxminlarga
asoslanishi mumkin emas va u ish yuritishda huquqbuzarning huquqbuzarlik sodir etganlikda
aybdorligi sо‘zsiz isbotlangan taqdirdagina chiqariladi.

Demak, egri dalillar tarqoq faktlar va ular haqidagi ma’lumotlar emas, balki yagona

tarkibiy qismlari о‘zaro sababli uzviy bog‘liqlikda va о‘zaro bir-birini taqozo etgan yaxlit birlikdir.
Aynan shunday kо‘rinishda ular isbotlovchi va muqarrar kuchni tashkil etib, u muayyan shaxsning
ma’lum huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdorligi haqida fikr yuritishga imkon beradi.

Keltirilgan egri dalillarning tasnifidan ulardan foydalanishning quyidagi qoidalari kelib

chiqadi:

1) egri dalillar ish bо‘yicha faqat о‘zining yig‘indisida ishonchli xulosalarga olib keladi;
2) egri dalillar о‘zaro va isbotlanadigan qoida bilan xolisona bog‘langan bо‘lishi kerak;
3) egri dalillarning tizimi (yig‘indisi) shunday asoslangan xulosaga olib kelishi kerakki, u

aniqlangan holatlarning boshqacha talqinini istisno etadi, holatlar bu dalillar asosida aynan
aniqlanganidek bо‘lganligidan oqilona shubhalarni istisno etadi.

Huquqshunos olim A.F.Koni yozganidek, egri dalillar “о‘z yig‘indisida va muayyan

guruhda bо‘lganida bir-birini mustahkamlab, tasdiqlab va bog‘lab alohida ahamiyatga va kuchga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1309

ega bо‘ladi. Bu ikkilamchi mayda holatlar huquqbuzarlik va uning uchun ma’lum bir shaxsning
aybdorligi mavjudligi haqidagi taxmin atrofida oydinlashadi, bosqichma-bosqich alohidagi
shubhani gumonga aylantirib, shuningdek unga kuchli ehtimollik va sо‘ngra unga vujudga kelgan
mustahkam ishonchlilik xususiyatlarini bag‘ishlaydi”

36

Dalillarni talqin qilish yuzasidan turlicha fikrlar, nazariyalar va qarashlar mavjud bо‘lib,

bu fikrlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

1) Dalillarning arxaik konsepsiyasi.
Mazkur konsepsiya (tarafdorlari–A.Y.Vishinskiy

37

va L.YE.Vladimirov lar

38

) 1958

yildagi Jinoyat-sudlov ishlarini yuritish Asoslari qabul qilingunga qadar keng tarqalgan bо‘lib,
unga kо‘ra sud dalillariga-bu odatiy faktlar, hayotdagi hodisalar, narsalar, odamlar, odamlarning
harakatlari, deb qaralardi.

2) Dalillarning mantiqiy modeli.
Bu

konsepsiya

(tarafdorlari-S.A.Golunskiy,

39

S.M.Kaz

40

M.A.Chelsov

41

va

R.S.Belkinlar

42

) ga asosan, jinoyat ishlari bо‘yicha dalillar deb real voqelikda mavjud bо‘lgan

ma’lumotlarga aytiladi. Bu konsepsiya 1958 yilda Jinoyat-sudlov ishlarini yuritish Asoslari qabul
qilingandan keyin tarqalgan.

3) Dalillarning «ikkiyoqlamalik» konsepsiyasi.
Bu konsepsiya (tarafdorlari-A.I.Trusov

43

V.D.Arsenyev

44

va M.S.Strogovichlar

45

) ga

binoan dalil deb faktlarga va ular olingan manbalarga aytiladi.

4) Dalillarning informatsion modeli.
Bu konsepsiya (tarafdorlari-V.Y.Doroxov

46

L.M.Karneyeva

47

A.A.Xmirov

48

A.D.Boykov

va I.I.Karpets

49

lar) ga asosan, dalil deb ma’lumot (axborot) va uning manbasi (moddiy

tashuvchisi) birligiga aytiladi. Unga kо‘ra, dalil tushunchasiga faktlar emas, balki faktlar
tо‘g‘risidagi axborotlar, ma’lumotlar kiritiladi.

5) Dalillarning aralash (sintezlashgan) konsepsiyasi.

36

Lukin V.M. Уголовно-процессуальная деятельность органов дознания: Автореф. дисс. канд. юрид. наук. –

СПб.: Санкт-Петербургский университет МВД России, 2003. – С. 9.
37 Vishinskiy A.Ya. Теория судебных доказательств в советском праве. - М., 1941. 146-б.

38

Vladimirov L.E.Учение об уголовных доказательствах. -СПб. 1910. 100-б.

39

Golunuskiy S.A. Вопросы доказательственного права в Основах уголовного судопроизводства Союза ССР и

союзных республик. Сб. «Вопросы судопроизводства и судоустройства в новом законадательстве Союза
ССР». - М., 1959. Б. 144-150.

40

Kaz S.M. Доказательства в уголовном процессе. Саратов. 1960. Б. 23-25.

41

Chelsov M.A.Советский уголовный процесс. - М., 1962. Б. 132-135.

42

Belkin R.S.Собирание, исследование и оценка доказательств. - М., 1969. Б. 10-12.

43

Trusov A.I. Основы теории судебных доказательств. - М., 1960. Б. 48-51

44

Arsenev V.D. Вопросы общей теории судебных доказательств. - М., 1964. 92-б.

45

Strogovich M.S. Курс советского уголовного процесса. - М., 1968. Т. 1. Б. 288-289

46

Doroxov V.Ya. Понятие доказательства в советском уголовном процессе // Советское государство и право.

1964. №9. -Б. 108-117.; Doroxov V.Ya. Понятие доказательства // Теория доказательств в советском
уголовном процессе. 2-ое изд. / Под ред. Н.В. Жогина. - М., 1973. Б. 197-228.

47

Karneeva L.M. Доказатеьства и доказывание при производстве расследования. Горький. 1977. 7-б.

48

Xmirov A.A. Косвенные доказательства. - М., 1979. Б. 6-7.

49

Курс советского уголовного процесса. Общая часть.Под ред. А.Д.Бойкова и И.И.Карпеца. -М., 1989. 551-б.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1310

Bu konsepsiya (tarafdori-Y.K.Orlov

50

)ga kо‘ra dalil deb faktlarga ham, ular tо‘g‘risidagi

ma’lumotlarga ham, shuningdek ularning manbalariga ham aytiladi.

Yuqoridagi konsepsiyalardan ham dalillarning jinoyat protsessida markaziy о‘rin

egallaganligini anglash mumkin.

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga muvofiq, Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan,

aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qо‘llash tahdidi bilan jinoyat deb
topiladi.

Ushbu Kodeks bilan qо‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar

yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.

51

XULOSA VA TAKLIFLAR:

bugungi kunda iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni aniqlash

va ularni fosh etish va isbot qilish dolzarbligicha qolmoqda. Chunki iqtisodiyot sohasidagi
jinoyatlar asosan havolaki normalardan tashkil topgan bо‘lib, ularni aniqlash uchun aynan о‘sha
sohani bilish talab etiladi. Masalan bojxona tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik

52

jinoyatining mohiyatini anglash uchun bojxona qonunchiligini birinchi navbatda Bojxona
kodeksini bilish talab etiladi. Shuningdek iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar

(asosan iqtisodiyot

asoslarni buzishga qaratilgan jinoyatlar)

odatda foyda olish yoki iqtisodiy maqsadni kо‘zlagan

holda xalqning, mamlakatning umumiy mulkiga zarar yetkazish orqali sodir etiladi. Buni isbotlash
va mazkur zararning о‘rnini qoplatish va aybdorni javobgarlikka tortish uchun esa albatta ushbu
jinoyatni fosh etish, uni isbotlash lozim bо‘ladi. Albattaki, isbotlashning bosh asosi bu dalil
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda iqtisodiyot sohasiga oid jinoyatlarni aniqlash va
ularni fosh etish bilan bog‘liq jarayonlarda dalillarning huquqiy ahamiyatini о‘rganish muhim
ahamiyat kasb etmoqda.

1-taklif:

hozirgi kunda “iqtisodiy jinoyatlar” iqtisodiyot sohasiga oid jinoyatlar

tushunchasiga aniq ta’rif shakllantirilmaganini kо‘rish mumkin. Shu sababli, ilmiy adabiyotlar va
ilmiy tadqiqot ishlarni tahlil qilish natijasida, ushbu tushunchalarga quyidagicha mualliflik ta’rifi
shakllantirildi:

Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning tushunchasi

bu

-

О‘zbekiston Respublikasi

Jinoyat kodeksida belgilangan, milliy iqtisod, uning tarmoqlari yoki sohalariga zarar
yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli
qilmishlardir.

2-taklif:

О‘z

bekiston Respublikasi JPK 81-moddasini quyidagi tahrirda bayon

qilish:

81-modda Dalillar va ularning turlari.

Ijtimoiy xavfli qilmishning yuz bergan-bermaganligini, shu qilmishni sodir etgan

shaxsning aybli-aybsizligini va ishni tо‘g‘ri hal qilish uchun ahamiyatga molik boshqa holatlarni

tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsining,

surishtiruvchining, tergovchining va

sudning qonunda belgilangan tartibda aniqlashiga asos bо‘ladigan har qanday haqiqiy,

shu

jumladan Elektron yoxud raqamlima’lumotlar

jinoyat ishi bо‘yicha dalil hisoblanadi.

50

Orlov Yu.K. Структура судебного доказывания и понятие судебного доказательства. «Вопросы борьбы с

преступностью». Вып. 28. - М., 1978. Б. 86-101.

51

Oʻzbeksiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 14-modda

52

O’zbekiston Respublikasi JK 182-modda.

http://lex.uz/docs/111453


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1311

Bu ma’lumotlar:
1)

guvohning,

jabrlanuvchining,

gumon

qilinuvchining,

ayblanuvchining,

sudlanuvchining kо‘rsatuvlari,

2)

ekspertning xulosasi va

kо‘rsatuvlari

3)

ashyoviy dalillar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasvir va fotosuratlar

4)

Elektron yoxud raqamli dalillar,

5)

tergov va sud harakatlarining bayonnomalari va boshqa yozma dalillar

6)

tergovga qadar tekshiruv natijasida olingan ma’lumotlar

.

7)

mutaxassisning xulosasi va kо‘rsatuvlari

bilan aniqlanadi

.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

4.

SH.M. Mirziyoyevning 29.12.2018 dagi Parlamentga Murojaatnomasi nutqi.

5.

2017-2021 yillarda Oʻzbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasining 2.3-bandi.

6.

Sobirova M. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakillanish jarayonida
iqtisodiy jinoyatchilik - Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2002.-B. 17-18.

7.

Abdurasulova Q.R. Kriminalogiya: TDYUI, 2007. – B.205-206.

8.

Kuznesova N.S Кодификация норм о хозяйственных преступлениях// Вестник
Московского университета. - Сер.11. Право, 1993. №4. – С.12

9.

Luneev V.V Преступность ХХ века. –М.: 1997. – С.257

10.

Dementova E.E Экономическая преступность и борьба с ней в странах с развитой
рыночной экономикой (на материалах США и Германии). – М.: 1992. – С.12-13.

11.

https://studopedia.ru/23_61483_vopros--ekonomicheskaya-prestupnost.html.

12.

12.

https://studwood.ru/882811/pravo/osobennosti_ekonomicheskih_prestupleniy.

13.

Bobir Turdiev “Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik: Milliy va xorijiy tajriba” Т-2019 6-
bet.

14.

Michael G. Allingham & Agnar Sandmo, Income Tax Evasion: A Theoretical Analysis. 1
Journal of Public Economics. 323 (1972).

15.

Kimberly N. Varma and Anthony N. Doob, Deterring economic crimes: The case of tax.
Centre of Criminology University of Toronto. Toronto, Ontario Canadian Journal of
Criminology, pp. 165-184 (April/1998).

16.

Maciej H. Kotowski, David A. Weisbach & Richard J. Zeckhauser, Audits as Signals, 81
The University of Chicago Law Review. 179, 190 (2014).

17.

Irlandiya Soliq va bojxona daromadlari idorasining rasmiy sayti: www.revenue.ie
ma’lumotlaridan.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

SH.M. Mirziyoyevning 29.12.2018 dagi Parlamentga Murojaatnomasi nutqi.

2017-2021 yillarda Oʻzbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Xarakatlar strategiyasining 2.3-bandi.

Sobirova M. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakillanish jarayonida iqtisodiy jinoyatchilik - Toshkent: “Yangi asr avlodi” nashriyoti, 2002.-B. 17-18.

Abdurasulova Q.R. Kriminalogiya: TDYUI, 2007. – B.205-206.

Kuznesova N.S Кодификация норм о хозяйственных преступлениях// Вестник Московского университета. - Сер.11. Право, 1993. №4. – С.12

Luneev V.V Преступность ХХ века. –М.: 1997. – С.257

Dementova E.E Экономическая преступность и борьба с ней в странах с развитой рыночной экономикой (на материалах США и Германии). – М.: 1992. – С.12-13.

https://studopedia.ru/23_61483_vopros--ekonomicheskaya-prestupnost.html.

12.https://studwood.ru/882811/pravo/osobennosti_ekonomicheskih_prestupleniy.

Bobir Turdiev “Iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlik: Milliy va xorijiy tajriba” Т-2019 6-bet.

Michael G. Allingham & Agnar Sandmo, Income Tax Evasion: A Theoretical Analysis. 1 Journal of Public Economics. 323 (1972).

Kimberly N. Varma and Anthony N. Doob, Deterring economic crimes: The case of tax. Centre of Criminology University of Toronto. Toronto, Ontario Canadian Journal of Criminology, pp. 165-184 (April/1998).

Maciej H. Kotowski, David A. Weisbach & Richard J. Zeckhauser, Audits as Signals, 81 The University of Chicago Law Review. 179, 190 (2014).

Irlandiya Soliq va bojxona daromadlari idorasining rasmiy sayti: www.revenue.ie ma’lumotlaridan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов