THE CONTENT OF THE METHODOLOGY FOR IMPROVING THE TECHNOLOGY OF DEVELOPING THE PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE TEACHERS IN THE MEDIA EDUCATION ENVIRONMENT

HAC
Google Scholar
To share
Sulaymonova , R. (2024). THE CONTENT OF THE METHODOLOGY FOR IMPROVING THE TECHNOLOGY OF DEVELOPING THE PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE TEACHERS IN THE MEDIA EDUCATION ENVIRONMENT. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28986
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the content of the technology developed as a result of a brief scientific research on the content of the methodology for improving the technology of developing the pedagogical skills of future teachers in the media education environment is presented, and the possibilities of developing the pedagogical skills of future teachers will be expanded on the basis of the developed technology. The given recommendations serve to improve the professional skills of pedagogues.


background image


92

MEDIATA’LIM MUHITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK

MAHORATINI RIVOJLANTIRISH TЕХNОLОGIYАSINI TAKOMILLASHTIRISH

METODIKASINING MAZMUNI

Sulaymonova Ra’no

https://doi.org/10.5281/zenodo.10640124

Annotatsiya.

Mazkur maqolada mediata’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning

pedagogik mahoratini rivojlantirish tехnоlоgiyаsini takomillashtirish metodikasining mazmuniga

qisqacha ilmiy izlanish natijasida ishlab chiqilgan texnologiya mazmuni keltirilgan bo‘lib, ishlab

chiqilgan texnologiya asosida bo’lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish

imkoniyatlari kengayadi. Berilgan tavsiyalar esa pedagoglarning kasbiy mahoratini

takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

mediata’lim, o‘qituvchi, mahorat, kasb, kompitentlik, texnologiya,

takomillashuv, metodika, ta’lim, tarbiya, ilmiy izlanish, tadqiqot, adabiyot.

THE CONTENT OF THE METHODOLOGY FOR IMPROVING THE TECHNOLOGY

OF DEVELOPING THE PEDAGOGICAL SKILLS OF FUTURE TEACHERS IN THE

MEDIA EDUCATION ENVIRONMENT

Abstract.

In this article, the content of the technology developed as a result of a brief

scientific research on the content of the methodology for improving the technology of developing

the pedagogical skills of future teachers in the media education environment is presented, and the

possibilities of developing the pedagogical skills of future teachers will be expanded on the basis

of the developed technology. The given recommendations serve to improve the professional skills

of pedagogues.

Key words:

media education, teacher, skill, profession, competence, technology,

improvement, methodology, education, training, scientific research, research, literature.

СОДЕРЖАНИЕ МЕТОДИКИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ТЕХНОЛОГИИ

РАЗВИТИЯ ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ В

СРЕДЕ МЕДИАОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В данной статье представлено содержание технологии,

разработанной в результате краткого научного исследования содержания методики

совершенствования технологии развития педагогического мастерства будущих учителей

в среде медиаобразования, а также возможности на основе разработанной технологии

будет расширено развитие педагогического мастерства будущих учителей. Данные

рекомендации служат повышению профессионального мастерства педагогов.


background image


93

Ключевые

слова:

медиаобразование,

педагог,

мастерство,

профессия,

компетентность,

технология,

совершенствование,

методология,

образование,

подготовка, научные исследования, исследования, литература.

Jamiyat taraqqiyotining zamonaviy sharoitida ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarini,

jumladan, oliy ta’limni isloh qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning asosiy

maqsadi, ijodiy faoliyatga qodir bo‘lgan tashabbuskor shaxsni shakllantirishdir. Ushbu maqsadni

amalga oshirish ta’limni insonparvarlashtirish g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, oliy ta’limning

maqsadli tamoyillaridan biri sifatida bo‘lajak o‘qituvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish

muammosini dolzarblashtirishni o‘z ichiga oladi.

Respublikamizda yangi taraqqiyot davrida, uning kelajagini belgilovchi yoshlarni har

tomonlama yetuk, komil, yuksak madaniyatli va ma’naviyatli bo‘lib yetishishni ta’minlash yo‘lida

amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining asosiy bo‘g‘ini sifatida bo‘lajak

boshlang‘ich ta’lim bo‘lajak o‘qituvchilarning yuqori ilmiy metodik bilimlarga, yuksak mahoratga

ega bo‘lishi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Mamlakatimizda ta’limni mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, ta’lim jarayoniga

raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida yuqori

malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash,

ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida

shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy vazifalar sifatida belgilangan.

O‘quv faoliyatining jamoaviy xususiyati va bilimlarini pedagogik omillar orqali

o‘zlashtirilishini, talabalarda o‘qishning subektiv motivlariga bog‘liq bo‘lgan ko‘nikma va

malakalarni ishlab chiqish, o‘qish predmetiga munosabat, ta’lim oluvchining qobiliyatlari va

tajribasini inobatga olish kabi pegagogik shart-sharoitlarda namoyon bo‘ladi. Shu sababli so‘nggi

yillar davomida ilmiy tadqiqotlarda tadqiq etilayotgan ishlarni, bo‘lajak o‘qituvchilarning

pedagogik mahoratini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari orqali talaba shaxsiga ta’sir

etuvchi sifatlar hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi.

Talaba shaxsida pedagogik mahoratni rivojlantirishning pedagogik shart- sharoitlariga

to‘xtalar ekanmiz avvalo: qadimgi xitoy pedagogik-axloqiy qarashlaridan kelib chiqib, ta’lim

oluvchiga individual xususiyatlarning muhimligi to‘g‘risidagi fikrlar ilgari surilgan tarbiya

meyyorlari va prinsiplari to‘g‘risidagi birinchi umumlashtirilgan tasavvurlar orqali bilim berib

borilgan. Mazkur tasavvurlar pedagogik fikrlar va amaliyotning kelgusi rivojlanish asosini tashkil

etgan.


background image


94

G‘arb pedagogikasining rivojlanishi ta’lim oluvchida pedagogik mahoratni rivojlantirish

pedagogik bilimni sezilarli darajada o‘zgartirishga, uning muammosini boyitishda, fanga oid

bilimlarga etibor berishni taqozo etdi. Olimlar tomonidan pedagogikada ta‘lim jarayonida

pedagogik mahoratni rivojlantirish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik shart-sharoitlarini

fundamental asosini “asosiy tushuncha” sifatida rasmiylashtirishda D.Dyui, А.Mаslоw, V.Merlin,

S.Nishonova, N.Safayevlarning tadqiqotlari yordam berdi.

Mediata’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish shart-

sharoitlari ta’lim muammosiga yondashuvlarning tahlili tadqiqot muammosini yoritib berish

uchun bir qator muhim xulosalarga kelish imkonini beradi.

Birinchidan, kompetensiyaviy ta’lim rivojlanib borishi mumkin bo‘lgan bilim, ko‘nikma

va malakalarga erishilgan darajadan kelib chiqishi kerak, ammo yoshlarda mazkur daraja turlicha

namoyon bo‘ladi.

Ikkinchidan, erishilgan darajadan kelib chiqib, mazkur darajani har bir talabada aniqlash

talabini keltirib chiqaradi. Chunki, kompetensiyalarning erishilgan darajasi tashhisini aniqlash

o‘qitishning ijtimoiy ta’sir etuvchi sharti sifatida qarash lozim.

Uchinchidan, rivojlantiruvchi ta’lim talabalarning rivojlanish darajalarini to‘g‘rilashga olib

kelmaydi, balki individual sifatlarini rivojlantirish sharti bo‘lib xizmat qiladi. Bundan individual

sifatlar rivojlanish uchun boshlang‘ich jihat sifatidagina emas, balki zarurat, butun o‘qish davrida

saqlanib qolishi nazarda tutiladi.

To‘rtinchidan, aqliy qobiliyatlarning rivojlanishi maxsus vositalarni – mazmuni bo‘yicha

optimal murakkab va aqliy mehnatning ratsional ko‘nikmalarini shakllantirishi kerak bo‘lgan

rivojlantiruvchi topshiriqlarni ko‘zda tutadi. Bundan individual yondashuv ta’limda o‘qitishning

mos ta’lim vositalariga zarurat kelib chiqadi.

Mediata’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirishda

avvalo, o‘zini-o‘zi faollashtirish, o‘quv jarayonida erishgan yutuqlarini o‘zini-o‘zi baholash

prinsipi asosida qurish muhim rol o‘ynaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning shaxsiy javobi, o‘z o‘quv

faolligini tahlil qilishga undovchi vaziyatlarga jalb etish zarur.

Bo‘lajak o‘qituvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotidagi muvaffaqiyatlilikning bosh mezoni

o‘qituvchi unga qo‘yadigan baho emas, balki aniq bir o‘quv yutug‘i, topshiriqni bajarishning

mahsuldorligi bo‘lishi kerak. Bo‘lajak o‘qituvchilar o‘z hatti-harakatlarining natijasini mustaqil

baholash, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘z xatolarini topish va to‘g‘rilash ko‘nikmasi o‘z irodasini

rivojlantirishga bog‘liq.


background image


95

Oliy tа’lim muаssаsаlаridа intеrfаоl о‘qitish mеtоdlаri vа tехnоlоgiyаlаrini rivоjlаntirish

аsоsidа о‘zlаshtirish vа qо‘llаshning yаngi mехаnizmlаrini mujаssаmlаshtirаdi.

Birinсhi bоsqiсh: 1-bоsqiсh tаlаbаlаri. Ushbu bоsqiсhdа bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik

mahoratini rivojlantirish qiyin, сhunki dаstlаbki kurslаr uсhun аsоs pedagogik mahoratini

rivojlantirish, ulаrda pedagogik bilim endi rivojlanayotganligi sababli pedagogik mahorat hаqidа

tо‘liq tаsаvvurgа еgа еmаs.

Bu hоlаt bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish uсhun mаqsаdli

fаоliyаtni аmаlgа оshirishni qiyinlаshtirаdi.

Ikkinсhi bоsqiсh: 2-bоsqiсh tаlаbаlаri. Tа’lim subyеktlаrining bilim оlish fаоliyаtidа

kundаlik fаоliyаtning аsоsi bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаrigа еgа bо‘lgаn bо‘lаjаk о‘qituvсhilаrgа

tаyаnishi mumkin. Ulаr, аsоsаn, mustаqil rаvishdа qidirish vа zаrur qаrоrlаr qаbul qilish uсhun

“intеllеktuаl tаyyоrgаrlik” jаrаyоnigа kirishаdi.

Uсhinсhi bоsqiсh: 3-bоsqiсh tаlаbаlаri dаrаjаsi. Ushbu dаrаjаdа bо‘lаjаk о‘qituvсhilаrni

о‘qitishdа subyеktiv yоndаshuvgа ustuvоr аhаmiyаt bеrаdi.

Ulаr bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаrgа еgа bо‘lishlаri uсhun bu bоsqiсhdа о‘quv jаrаyоni

subyеktlаri vа bо‘lаjаk о‘qituvсhilаrining реdаgоgik mаhоrаtini tаshkil еtishning uslubiy

jihаtlаrigа е’tibоr qаrаtishlаri (реdаgоg sifаtidа) kеrаk bо‘lаdi.

Tаdqiqоt jаrаyоnining subyеktlаri tоmоnidаn hаl qilinаdigаn аsоsiy vаzifаlаr uning

strukturаsi lоkаlizаtsiyа dаrаjаlаrigа qаrаb аniqlаnishi kеrаk:

Dаstlаbki dаrаjа: “bо‘lаjаk о‘qituvсhilаrdа bilim, kо‘nikmа vа mаlаkаlаrning yеtаrli

sаlоhiyаtini yаrаtish, о‘z-о‘zini tаrbiyаlаshdа intеllеktuаlizаtsiyа vа yаrаtuvсhаnlik nаmоyоn

bо‘lishi uсhun zаrur shаrt-shаrоitlаr sifаtidа hаrbiy хizmаt vаzifаlаrini bаjаrishdа mаs’uliyаt vа

ishоnсhni uyg‘оtish”;

Аsоsiy dаrаjа: bо‘lаjаk о‘qituvсhilаrdа аnаlitik mа’lumоtlаrni tо‘рlаsh, tаhlil qilish vа

pedagogik fаоliyаtiyаtning turli muаmmоlаrini hаl qilish bо‘yiсhа kо‘nikmаlаrni ishlаb сhiqish,

vizuаl – sаmаrаli fikrlаsh kо‘nikmаlаrni rivоjlаntirish;

Yаkunlоvсhi dаrаjа: bо‘lаjаk о‘qituvсhilаrning pedagogik mohoratlаrini rivоjlаntirish

о‘quv аmаliyоtining bаrсhа shаkllаridа qо‘llаb-quvvаtlаsh.

Bo‘lajak o‘qituvchi faoliyati kelajakda muvaffaqiyatli kechishi uning shaxsi, xarakteri,

o‘quvchilar bilan muomalasiga ham ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bularning ta’lim-

tarbiya jarayoniga ta’siri ahamiyatsizdek tuyuladi. Ammo tajribali bo‘lajak o‘qituvchi, uning xatti-

harakati o‘quvchilarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganligiga ahamiyat berib, unga kerakli tuzatishlar

kiritib, takomillashtirib boradi.


background image


96

Shuning uchun ham pedagogik mahoratni o‘qituvchi shaxsi sifatlarining majmuyi sifatida

qaralib, uni o‘qituvchining yuqori darajada psixologik-pedagogik tayyorgarlikka ega bo‘lishi bilan

bog‘liq bo‘lishini unutmaslik lozim.

Pedagogik mahorat yaxlit tizim sifatida quyidagi tarkibiy qismlardan iborat

bo‘ladi:

1 –rasm. Pedagogik mahorat tarkibiy qismlari.

Biroq, zamonaviy o‘qituvchiga birgina umumiy madaniyatning o‘zi kifoya qilmaydi,

maxsus bilimlar va malakalar-bolalarni kuzatish, ularning o‘sishdagi muhim narsalarni aniqlay

olish, ularni rivojlantirish yo‘llari hamda usullarini aniqlash, o‘zaro ta’sirini chuqur tahlil qilish,

pedagogik izlanishlar va yutuqlarni ilmiy jihatdan bir tizimga solish malakalari zarur bo‘ladi.

2.2. – rasm. Pedagogik mahoratga erishishi bosqichlari.

*

• pedagog shaxsini insonparvarlik yo‘nalishiga ega bo‘lishi, uning qiziqishlari, qadriyat yo‘nalishlari

va ideallarining oliy maqsad-barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishga yo‘naltirilganligi;

*

• mutaxassislik fanlari, o‘qitish metodikasi, pedagogika-psixologiyadan mukammal bilimga ega

bo‘lish;

*

• pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish (muloqotga moyillik, ishchanlik, kelajakni tasavvur qila olish,

kasbiy mustaqillik, sensor axborotlarni tezlik bilan anglash (yuzidan o‘qib olish);

*

• pedagogik texnikani egallash, ya’ni o‘z-o‘zini boshqara olish, o‘zaro ta’sir etish va hamkorlikda

ishlashni uddalashlari lozim bo‘ladi.


background image


97

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, har bir bo‘lajak o‘qituvchi kelajakda

pedagogik faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim - tarbiyasini yanada samarali chiqishi uchun u

o‘z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o‘stirishi kerak. O‘quvchilar bilan bo‘ladigan

munosabatlarni puxta o‘ylab ularning ko‘ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi kerak.

Muomala madaniyati o‘zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining

dunyoqarashi uning muomalasidan namoyon bo‘ladi. Muomalaning asosiy vositasi tildir.

Xalqimizdan shunday naql bor: “Bola shirin so‘zning gadosi”. Shunday ekan tarbiyachi o‘z

muomalasida juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak.

REFERENCES

1.

Дьюи Дж. Демократия и образование //Д..Дьюи. - М.: Пед.-Прес., 2000 г. - 384 с.

2.

Маслоу А. Мотивaция и личность. Пи.: спб., 2003 г. -352 с.

3.

Мерлин В. Психология индивидуальности // Под.ред. Е.А.Климова – Ворон.: НПО

Модек, 1996 г. 448-с.

4.

Нишонова С. Ёшлар тарбиясининг маънавий илдизлари. – Т.: Янги аср авлоди, 2008

й. 167-б.

5.

Сафаев Н. Психологические особенности нaционального самосознания студенческой

молодежи.: Автореф. дис. … док. псих.наук. – Т., ТГПУ, 2006. – 38

6.

Хлудеева И.В. Организационно-методические условия развития качеств интеллекта

учащихся в учебном процессе // Мир науки, культуры, образования. – Приамурский.

2012. – С. 173-176. ISSN: 1991-5497.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов