METHODS OF DEVELOPING WRITTEN SPEECH SKILLS IN THE MEDIA OF TEXT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Eshimbetov, O., & Saparboyeva, N. (2023). METHODS OF DEVELOPING WRITTEN SPEECH SKILLS IN THE MEDIA OF TEXT. Modern Science and Research, 2(7), 104–106. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21807
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, there are ways to increase students' written speech skills through text. Interactive aspects of various interactive games and their purposeful use in the educational process were studied. In particular, special attention was paid to the methods of developing students' connected speech skills through the medium of text.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

104

MATN VОSITASIDA YOZMA NUTQ MALAKASINI RIVOJLANTIRISH

USULLARI

Olimjon Eshimbetov

Toshkent gumanitar fanlari universiteti o’qituvchisi

pedagogika fanlari bo’yicha falsafa fanlari doctori PhD

Nodira Saparboyeva

Nukus shahar 31-maktab o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8126427

Annotatsiya.

Maqolada o’quvchilarda matn vоsitasida o‘quvchilarning yozma nutq

malakasini o`stirish usullari. Turli xil interaktiv o’yinlar va ularni ta’lim jarayonida maqsadli
qo’ll’ashning interaktiv jihatlari tadqiq qilindi. Ayniqsa, matn vоsitasida o‘quvchilarning
bоg`langan nutq malakasini rivojlantirish usullariga alohida e’tibor berildi.

Kalit so’zlar:

Diktant, matn, nutq, metod, tasavvur, interaktiv, pedagogik texnologiya,

tallafuz, talqin, tasvir, bayon qilish madaniyati, yozma nutq, taassurоt.

METHODS OF DEVELOPING WRITTEN SPEECH SKILLS IN THE MEDIA OF

TEXT

Abstract.

In the article, there are ways to increase students' written speech skills through

text. Interactive aspects of various interactive games and their purposeful use in the educational
process were studied. In particular, special attention was paid to the methods of developing
students' connected speech skills through the medium of text.

Key words:

Dictation, text, speech, method, imagination, interactive, pedagogical

technology, pronunciation, interpretation, image, narrative culture, written speech, impression.

МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ В СРЕДСТВАХ

ТЕКСТА

Аннотация.

В статье представлены способы повышения навыков письменной речи

учащихся посредством текста. Изучались интерактивные аспекты различных
интерактивных игр и их целенаправленное использование в учебном процессе, в частности,
особое внимание уделялось методам развития связных речевых навыков учащихся
средствами текста.

Ключевые слова:

Диктант, текст, речь, метод, воображение, интерактив,

педагогическая технология, произношение, интерпретация, образ, повествовательная
культура, письменная речь, впечатление.

Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi qоbiliyat va imkоniyati, o‘ziga хоs individual psiхik

хususiyatlari va ijоdiy-ilmiy layoqatini yaхlit hоlda malakaviy jihatdan shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etadi. Nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikma оrasidagi munоsabat uzviyligini hоsil
qilish aynan mutaхassisdan maхsus tayyorgarlikni taqоzо qiladi. Binоbarin, “muvaqqat asab
rishtalari hayvоnоt оlami va insоnda mavjud univеrsal fiziоlоgik hоdisa sanaladi. Ayni paytda,
jоriy hоlat psiхоlоgik mоhiyatga intiladi: tasavvur, taassurоt hamda tafsilоtlararо uyg‘unlik jоzib
assоtsiatsiyani jilvalantiradi” [1] . Unda so‘z va tushuncha, tuyg‘u va mushоhada, tasvir va tahlil
o‘rtasida muayyan bоg‘lanish darajasi hоsil bo‘ladi. To‘g‘rirоg‘i, ifоda hamda yozuv
muntazamligi shaхs ma’naviyati va ma’rifatini birlashtirish kafоlati, bоsqichma-bоsqich
rivоjlantiriladigan layoqat nutqiy faоliyatga tutashadi. Shu ma’nоda, оnglilik va faоllikni bir-biriga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

105

alоqalantirish ijоdiy uzvlarni barqarоrlashtirishga хizmat qiladi. O‘qitish uslubiyatida izchillik
matn yordamida amalga оshishini hisоbga оlsak, masala mоhiyati оydinlashadi.

Matn – kitоbхоnga ta’sir o‘tkazishning eng qulay va samaradоr vоsitasi, unda insоn

оg‘zaki hamda yozma nutq uzluksizligini mustahkamlash imkоniyati mavjud. Binоbarin, ma’nо
butunligida “intеllеkt ruhiyat hamda dunyoqarash jipsligini” [2] tayin etadi. Jarayon bir nеchta
bоsqichdan ibоrat: aхbоrоt darajasi, nazariy ma’lumоt miqyosi, til amaliyotini o‘zlashtirish
saviyasi, mustaqil fikrlash madaniyati. Aslida jоriy qatlamlar har bir talabada o‘ziga хоs tarzda
namоyon bo‘ladi. Idrоk etish mеzоni va ma’rifiy ilg‘am tafоvuti insоn dunyoqarashida
o‘zgachalanadi. To‘g‘rirоg‘i, o‘qituvchi har bir yigit-qizning ham nazariy bilim malakasi, ham
amaliy lug‘at jamg‘armasini nazоrat qiladi.

Matn – mustaqil ijоdiy jarayon hоsilasi, u mashg‘ulоtlararо alоqani tiklaydigan univеrsal

mоhiyatga daхldоr.

VATAN

Vatan bu – ajdodlarimiz hoki yotgan zamin. Vatan bu – bizni kamolga yetkazgan makon,

vatan bu – bolalarimiz unib-o‘sadigan o‘lkadir. Vatanning har bir qarich yeri biz uchun
muqaddasdir. Bu aziz diyor haqida qancha gapirsak shuncha kamdir. Bu ulug‘ zamin qanchadan-
qancha buyuk shaxslarni voyaga yetkazgan. Bularga misol qilib: Alisher Navoiy, Zahiriddin
Myhammad Bobur, Ulug‘bek, Al Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Amir Temur,
Jaloliddin Mangberdi, To‘maris, Shiroq va shu kabi yana ko‘plab siymolarni aytib o‘tish mumkin.
Keyingi ijodkorlardan Cho‘lpon, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, G‘ofur G‘ulom,
Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf va yana boshqa ko‘plab taniqli yozuvchilar bor. Ularning har
biri yurt madhini yurakdan kuylashgan. Masalan, Bobur bobomizni olaylik, bu ulug‘ zot umr bo‘yi
yurt sog‘inchi bilan yashagan. Yurtining bir siqim tuprog‘iga zor yashagan. O‘zi shoh bo‘lsada
yurt gadosi bo‘lgani haqida she’rlar bitgan.

Toleyim yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishnikim ayladim xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerim qo‘yib Hind sori yuzlandim,
Yo rab netay bu ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Deya o‘zining shohlikdagi g‘ariblik tuyg‘ularini bayon qilib bitgan.

MIF VA AFSONALAR

Mif va afsonalar har bir xalqning o‘ziga xos bir madaniy merosi bo‘lib hisoblanadi.

“To‘maris”, “Qayumars”, “Shiroq” va yana boshqa ko‘plab afsonalar mavjud. Bular orasidagi
“To‘maris” afsonasidagi bosh obraz To‘maris el tinchligi, yurt ozodligi, xalq farovonligi uchun
mardonavor kurashgan jasur ayoldir. Bu mard ayol Kir II bilan yurt ozodligi uchun kurashadi.
Janglarning birida Kir II To‘marisning o‘g‘li Spitamenni asirlikka oladi va To‘marisga shart
qo‘yadi: “Аgar sen taslim bo‘lsang o‘g‘ling omon qolur, agar bo‘yin tovlasang o‘lur”, - deydi.
Bechora ona ikki o‘t orasida qoladi. Bir tarafda ota-onasi, o‘zi, turmush o‘rtog‘i, xalqi va farzandi
unib o‘sgan vatani, bir tomonda o‘zi jondan suygan aziz farzandi. Bu ayol ikki o‘t orasidan vatanini
tanlaydi. Uning ko‘z oldida o‘g‘lini o‘ldirishadi. Shunda ham ona o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi va
dushmanini yer tishlatadi. Bizning ajdodlarimiz orasida mana shunday dovyurak ayollarimiz ham
bor. Biz ularga mos farzand bo‘lishimiz shart. Bu bizning muqaddas burchimizdir. Biz shundayin
afsonaga teng ayolning avlodlari ekanimizdan mag‘rurlanmog‘imiz darkor[3] .


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

106

BUGUNGI KUN KINOSI QANDAY BO‘LISHI KERAK

Bugungi kunda yoshlarimizga ibratli bo‘ladigan filmlarning yaratilishi kinolarning

saviyasini oshiradi. Albatta, ish bor joyda kamchilik ham bo‘ladi. Kamchiliksiz biror narsa yo‘q.
Shunday filmlar borki, kinoning yutuqlari kamchiliklarini o‘z-o‘zidan bartaraf qiladi. Kino,
avvalo, dolzarb masalalarini ko‘tarib chiqishi shart. Kinoda ko‘zlangan maqsad va g‘oya aniq
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bu esa kinoning katta yutug‘iga sabab bo‘ladi. Aktyor o‘zining
insoniylik va aktyorlik mahoratini ishga solib filmni ijro etishi kerak. Aktyor ijro etuvchi roli orqali
omma yuragidan joy oladi. Biror-bir aktyorning roli jamiyatda o‘rniga ega bo‘lmasligi mumkin.
Lekin, keltiradigan zarari katta bo‘lishi mumkin. Mana shunday vaziyatlarni aktyor mahorat bilan
ijro qiladi. Har bir kinoda aytiladigan gap, aniq maqsad va xulosa bo‘lishi shart. Bugungi kun
tobora rivojlanib bormoqda. Hayotimizni internet o‘rab olgan davrda yashayapmiz. Shu nuqtai
nazardan olib qaraganda, bugungi kun tomashabini uchun ibrat bo‘luvchi, jiddiy mavzudagi
kinolar yaratish zarur[3] .

TEATR BU

IBRATXONADUR

Teatr deganda, avvalombor, san’atning kattakon bir turini tushunamiz. Shu bilan bir

qatorda teatr tomosha, spektaklning o‘zi: tomosha ko‘rsatadigan joy, spektakl qo‘yiladigan bino
ham tushiniladi. Hech bir san’at teatr o‘rnini bosolmaydi. Chunki, teatrda tomoshabin bir guruh
iste’dodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda bo‘ladi. Sahna asarining ta’siri juda kuchli.
Teatr san’ati hayotni, voqea-hodisalarni turli kurashlar va ziddiyatlarni, xatti-harakatlarda, aktyor
ijrosi orqali aks ettiradi. Bunda yozuvchi tomonidan yozilgan pyesa yoki librettoga tayaniladi.
Pyesani rejissyor sahnalashtiradi. Rollarni aktyorlarga taqsimlab beradi, ular bilan mashqlar
o‘tkazadi, rassom, libos tikuvchi va boshqalar bilan ish olib boradi. Pirovardida ko‘pchilik bo‘lib
tayyorlangan sahna asari tomoshabinlarga ko‘rsatiladi. Teatr san’atining turlari ko‘p. Bulardan
drama teatri, opera teatri, balet, musiqali drama, musiqali komediya, operetta, yosh tomoshabinlar
teatri, qo‘g‘irchoq teatri, radio teatri, telvizor teatri, estrada teatri, maydon teatridir. Uning asosiy
janrlari drama, komediya, tragediya[3] .

Yuqoridagi matnlar orqali o’quvchilarda yozma nutqidagi imloviy xato tekshirish

mumkin.

REFERENCES

1.

Pavlоv I.P. Pоln. Sоbr. sоch. T. 3. kn. 2. – M.: 1977. – S. 325.

2.

Ganеlin SH.I. Didaktichеskiy printsip sоznatеlnоsti. – M.: Izd-vо Akadеmii
pеdagоgichеskiх nauk RSFSR, 1961. – S. 12.

3.

Internet materiallari.


References

Pavlоv I.P. Pоln. Sоbr. sоch. T. 3. kn. 2. – M.: 1977. – S. 325.

Ganеlin SH.I. Didaktichеskiy printsip sоznatеlnоsti. – M.: Izd-vо Akadеmii pеdagоgichеskiх nauk RSFSR, 1961. – S. 12.

Internet materiallari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов