CHARACTERISTICS OF KHURSHID DOSTMUHAMMAD'S WRITING STYLE IN THE SHORT STORY "KUZA..."

HAC
Google Scholar
To share
Xajikurbanova, N. (2024). CHARACTERISTICS OF KHURSHID DOSTMUHAMMAD’S WRITING STYLE IN THE SHORT STORY "KUZA.". Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29048
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Khurshid Dostmuhammad's short story "Kuza..." shows the unconventionality of the writer's works and the influence of contemporary modern literature.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

669

XURSHID DO‘STMUHAMMADNING “KUZA…” QISSASIDA YOZUVCHI

USLUBIGA XOS XUSUSIYATLAR

Xajikurbanova Nilufar

Urganch davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10546980

Annotatsiya.

Xurshid Do‘stmuhammadning “Kuza…” qissasi orqali yozuvchi

asarlaridagi noan’anaviyliklar, zamonaviy modern adabiyotining ta’siri ko‘rsatib o`tilgan .

Kalit so‘zlar:

Modernizm, kuzatuv, modern adabiyot, “Kuza…” qissasi, noan’anaviylik,

inson ruhiyati, kuzatuvchi, kuzatiluvchi.

CHARACTERISTICS OF KHURSHID DOSTMUHAMMAD'S WRITING STYLE IN

THE SHORT STORY "KUZA..."

Abstract.

Khurshid Dostmuhammad's short story "Kuza..." shows the unconventionality of

the writer's works and the influence of contemporary modern literature.

Key words:

Modernism, observation, modern literature, "Kuza..." story, unconventionality,

human psyche, observer, observed.

ХАРАКТЕРИСТИКА СТИЛЯ ПИСЬМА ХУРШИДА ДОСТМУХАММЕДА В

РАССКАЗЕ «КУЗА...»

Аннотация.

Через рассказ Хуршида Достмухаммеда «Куза…» показаны

нестандартность в творчестве писателя и влияние современной современной
литературы.

Ключевые слова:

Модернизм, наблюдение, современная литература, повесть

«Куза…», нестандартность, человеческая психика, наблюдатель, наблюдаемый.

Istiqlol davri adabiyotida insonning ichki olamini badiiy talqin qilish, turli xil ramzlar,

majoziy talqinlar yetakchilik qiladi. Asarda qahramonlarning ruhiyati asosiy e’tibor markazida
turadi. Hozirgi o‘zbek adabiyoti bugungi kunda jahon adabiyotida bo‘layotgan shiddatli
o‘zgarishlar bilan bog‘liq holda taraqqiyot etmoqda. Shu jumladan, modernizm,
postmodernizm, realizm kabi yo‘nalishlar badiiy adabiyotda o‘z aksini topmoqda. “Keyingi
yillar she’riyati va nasrda ham modernizm adabiy oqimining o‘ziga xos tarzda ta’sirini kuzatamiz.
An’analar bilan bir qatorda, noan’anaviy asarlarning shakllanishida va yaratilishida bu adabiy
oqimning sezilarli ta’siri mavjud”

1

XX asrdan buyon jahon san’ati va adabiyotida qo‘llanib

kelinayotgan modernizm bugungi kunda o‘zbek adabiyotining dolzarb mavzularidan biri
bo‘lib kelmoqda. Hozirgi adabiy jarayonda modernistik yo‘nalishda yozilgan asarlarni
tushunish kitobxondan sinchkovlik va o‘tkir zehn talab qiladi. H.Boltaboyev zamonaviy
modern adabiyoti haqida quyidagicha fikr bildirgan : “Hozirgi adabiy davralarda urf bo‘lgan
“modern” so‘zining adabiy mohiyati haqida so‘z yuritganda bizning she’riyatga G‘arbdan
yuqqan “epidemiya” debgina qarash nafaqat mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yish, balki o‘zbek
she’rining bugungi mushohada tabiati va yangi shakllar ilinjidagi izlanishlarini imkon etish
hamdir”.

2

Adabiyotimizda nasrda Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Erkin A’zam,

1

A.Nosirov.Istiqlol davri adabiy jarayoni va tanqidchilik. Samarqand.2014.19-bet

2

Boltaboyev H. Istiqlol imkoniyatlari : yangilangan an’analar va postmodernism. G’afur G`ulom nomidagi

nashriyot-matbaa ijodiy uyi.2006. 238-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

670

Isajon Sulton ; nazmda esa Bahrom Ro‘zimuhammad, Aziz Said, Shermurod Subhon kabi adiblar
modern yo‘nalishida ijod qilganlar. Yangi davr adabiyotidagi asarlarda asosiy e’tibor
qahramonlarning ruhiyati, ichki kechinmalari, shaxsiyatiga qaratiladi.“Modern yo‘nalishidagi
asar abstrakt rasmlarga o‘xshab, qanday tushunsang shunday angla deb, duch kelgan voqeani
hikoya qilish emas, balki ular ma’lum bir konsepsiyaga ega bo‘lib, ma’lum maqsad sari
yo‘naltiriladi. Bu narsa qahramon orqali amalga oshiriladi. Modern yo‘nalishidagi asar
qahramonlari esa, o‘z o‘y-xayollari ong oqimi misol miyada yo‘nalgan fikrlarda o‘zi yashayotgan
hayotni teran badiiy talqin va tahlil qilib, olam muammosini anglashimizga yordam beradi”.

3

O‘zbek nasrchiligining yetuk vakillaridan biri Xurshid Do‘stmuhammad o‘zbek adabiyotidagi
modern yozuvchilardan biridir. Xurshid Do‘stmuhammad asarlaridagi badiiyat G‘arb va Sharq
an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan.Uning ko‘pchilik asarlarida noan’anaviy, yangicha
uslublar ko‘zga tashlanadi. Barcha janrdagi asarlari kabi qissa janridagi asarida ham bu holatni
ko‘rishimiz mumkin.Hozirgi kunda qissa janri har vaqtdagidan ham ildam rivojlanmoqda.

Unda zamonaviylik chuqurlashib, rang-baranglik ortmoqda.
Xurshid Do‘stmuhammadning “Kuza…” qissasini olaylik. “Kuza…” qissasi o‘zbek

adabiyotidagi o‘ziga xos betakror tasvir usuliga ega asarlardan biridir. Qissada yozuvchining
o‘ziga xos badiiy uslubi asar sujetiga singdirilgan. Voqelikka va inson dunyosiga, uning ruhiy
olamiga o‘ziga xos uslubda yondashilgan. Qahramonlar qalbida ro‘y berayotgan jarayonlar
muallif diqqat markazida turadi. Asar shakl jihatdan mukammal bo‘lsa-da, uning mazmuni
shunchalar chuqur berkitilganki, bir o‘qiganda mazmunni anglab olish qiyin bo‘lib qoladi.
Asarning boshlanish qismida Umid va uning do‘stlari, ustozining kasalligi haqida
gapirilayotgandan paytda birdaniga Umidning o‘y-xayollari ichidagi voqealar davom etib
ketadi. Xayolotidagi kotiba qiz, opasining arazlashlari haqidagi voqealar o‘zgacha sujet
uyushtirib, g‘alizlik tug‘dirgandek bo‘ladi. Ammo buni sinchiklab o‘qigan kitobxon ayni shu
o‘y-xayollar asarning badiiyatidagi o‘ziga xoslik ekanini anglaydi. Bir o‘qiganda asar
mantiqsizdek tuyuladi, hech qanday mazmun, fikr anglashilmagandek bo`ladi. Bundan
chiqadiki, qissada noan’anaviylik ko‘p. Shu bilan bir qatorda asarda insonparvarlik fazilatlari
ham aks etgan. Umid ustozi bilan muomalasida kattalarni ulug`laydigan, milliy qadriyatlarni
hurmat qiladigan inson ekanligini anglab olamiz.

Asarda hamma voqeani bitta narsa, ya’ni kuzatish, kuzatuv bog‘lagan. Ustozning nazar-

e’tibordan qolish haqidagi gaplari, Umidning opasiga yomon odamlarning nazari tekkanligi
haqidagi gap-so‘zlar, kotiba qizning Umidga bo‘lgan e’tibori, kuzatuvlari va do‘sti Azizning
ham fikrlari shunga o‘xshashligi asardagi mohiyat umumiyligini ko‘rsatadi.
- Ota-ona – kuzatuvchi, o‘g‘il-qiz – kuzatiluvchi!
- Ko‘chaga chiqdi deguncha qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y – kuzatuvchi, odamlar -kuzatiluvchi!
- Qarindosh-urug‘, yoru-birodar – kuzatuvchi!
- Bozorda pattachi, nalogchi – nazoratchi, bizga o‘xshash bozorchilar – kuzatiluvchi!
- Ishxonada rahbar – kuzatuvchi, xodimlar- kuzatiluvchi!

3

H.Karimov. Yangi yo`nalishdagi romanlar xususiyati. “Sharq yulduzi”. 2009.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

671

Larisa Latipovnalar – kuzatuvchi, boshqa hamma – kuzatiluvchi!

4

Ya’ni asarning “Kuza” deb

nomlanishi ham mana shundandir. Asarning shunday nomlanishi bilan bog‘liq yana quyidagicha
fikrlar ham bor.“Qissa “Kuza…” deb nomlangan. Dastlab tushunarsizdek, biroz mavhumdek
ko‘ringan qissa nomi asar matnini o‘qiganingiz sari o‘z sirlarini ocha boshlaydi. Kitobxon endi
“Kuza” so‘zini insonni kuzatish va kuzatilish ma’nosida anglay boshlaydi. Asar oxirlagan sari bu
tushunchalar o‘z isbotini topgandek bo‘ladi. Lekin muallif nega “Kuza” so‘zidan so‘ng uch nuqta
belgisini ishlatgan. Bu uch nuqta qo‘shimcha biror-bir so‘zmikin? Agar uch nuqta qo‘shimcha
bo‘lsa, asar matnidan kelib chiqib, bu qo‘shimchalar fe’lning orttirma nisbatdagi –t, majhul
nisbatdagi –il hamda birgalik nisbatidagi –ish qo‘shimchalari bo‘lishi mumkin. Agar uch nuqta
so‘z bo‘lganda-chi? Bu so‘zning ma’nosini to`liq tushunib yetish uchun maxsus lug`atga qarash
zarur. Demak, unda kuza (moq) so`zining uchta ma’nosi berilgan. Ikkita ma’nosi o`zaro ko`p
ma’noli so`z, uchinchi ma’nosi esa har ikkala so`zga omonim tarzida izohlangan.
1.Tekis qilib kesmoq, qirqib tekislamoq. (Yo`lni, soqolni, mo`ylovni).
2.Daraxt va butalarni manzarali tus berish uchun ortiqcha shox-shabbalarini kesib
tekislamoq.3.Ketmoq, jo`namoq. (Biror marosim, mehmondorchilikdan so`ng)”

5

Yozuvchining boshqa asarlari kabi ushbu qissasida ham noan`anaviy ruhdagi voqealar mavjuddir.
Ustoz bilan uchrashganlarini eslaydi-yu, voqea undan to`g`ridan to`g`ri Farhod bilan suhbatga
ko`chadi. Keyin yana shu voqea davom etadi. Davom etayotgan bir voqea ichiga boshqa bir
voqeaning kiritilishi yangicha uslub hosil qilgan.
Vaqt allamahal bo`lib qolganiga qaramay Umid Aziznikiga yetib borganida hovli charog`on
va gavjum edi. Chamasi Aziz ham ancha hayallab endigina kirib kelgan chog`i, uni kutaverib
toqati toq bo`lgan qarindosh-urug`, yor-birodarlar uni o`rtaga olishgan, biri olib-biri qo`yib
chekka-chekkadan savol yog`dirishar. Aziz shunchalik toliqqan ediki, ularning hech biriga
yolchitib javob berolmayotgandi.
Umid esa… Opasidagi o`zgarishni ko`rgan ko`zlariga, gapini eshitgan quloqlariga
ishonmayotgandi.

6

Yuqorida keltirilgan parchada bo`layotgan bir jarayon orasiga ma’lumot

sifatida boshqa voqea kiritilib o`tilgan. Bu shakl jihatdan o`zgachalik, noan’anaviylik kasb
etgan. Shunday bo`lsa ham mazmuni shu yerda bo`layotgan jarayonlarga aloqador emasligini
anglab olsa bo`ladi.

“Kuza…” qissasi sujeti noan’anaviy talqindan iborat. Bundagi voqealar bayonida hayot

hodisalari jiddiy tahlil etilmaydi, asosiy e’tibor inson ruhiyatiga qaratilgan bo`ladi. Asardagi
voqealar mazmuni qahramonlar ruhiyatiga singdirib yuborilgandek tuyuladi.Qissadagi
qahramonlar xarakterikasida ularning hayotdagi ko`rinishi aks etadi. Ularning qanchalik
tajribali ekanligi bir-biri bilan bo`lgan muloqotda yuzaga chiqadi. Noan’anaviy uslublarni
o`zida jamlagan ushbu qissa haqida filologiya fanlari nomzodi Abdulla Ulug`ov quyidagicha
fikr bildirgan: “Kuza…” ni o`qigan har bir odam fe’l-atvorimizga singib ketgan, tushovday
bizni ushlab turgan, xalqimizning hayot tarziga xos muammolar to`g`risida o`ylanib qoladi.
Chunki asarning “Hamma hammani kuzatuv ostida tutishi bir hisobda yaxshi va tabiiy bo`lsa,

4

X.Do`stmuhammad. Kuza…. “Sharq yulduzi”. 2010. 26-bet.

5

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali

6

X.Do`stmuhammad. Kuza…. “Sharq yulduzi”. 2010. 32-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

672

ikkinchi hisobda o`zini muttasil o`zgalarning nazari ostida his qilish odamning erkini,
ixtiyorini bo`g`adi…”

7

Xurshid Do`stmuhammadning ko`pgina asarlarida noan’anaviylik ufurib turadi. Shu

jumladan ham, “Kuza…” qissasida ham bunga guvoh bo`ldik. Yozuvchi qisssalarida ko`pincha
ijtimoiy hayotdagi jarayonlar ta’sirida inson ruhiyatidagi evrilishlar bayon qilinadi. Uning
barcha asarlarini o`qigan kitobxon buni bir qarashda ilg`ab olmasa-da, o`ziga qandaydir
ma’naviy va hayotiy ozuqa ola oladi.

REFERENCES

1.

X.Do`stmuhammad. Kuza…. “Sharq yulduzi”. 2010.

2.

Boltaboyev H. Istiqlol imkoniyatlari : yangilangan an’analar va postmodernism. G’afur
G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.2006.

3.

A.Ulug`ov. Qissalarda qalb egasi. Maqola. “Sharq yulduzi”. 2011.

4.

A.Nosirov. Istiqlol davri adabiy jarayoni va tanqidchilik. Uslubiy qo`llanma.
Samarqand. 2014.

5.

S.Sodiq.Hozirgi o`zbek adabiyoti. “O`zbekiston”. Toshkent. 1992.

6.

H.Karimov. Yangi yo`nalishdagi romanlar xususiyati. Maqola. “Sharq yulduzi”. 2009.

7.

Maxsudova, S. (2019). Boshlang'ich ta'limda integratsiyalashgan darslarni tashkil
etishning o'ziga xos xususiyatlari.

Global ilmiy jarayonda integtatsion ta’limni

rivojlantirish usullari. Respublika ilmiy-amaliy an’anaviy on-line konferensiya
materiallari

.

8.

Maxsudova, S. (2021). Boshlang'ich sinf matematika darslarida innovatsion
texnologiyalardan foydalanishning samarasi.

POLISH SCIENCE JOURNAL

.

9.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING IQTIDORINI
RIVOJLANTIRISHDA" ZUKKO BOLAJON" KURSLARINI TASHKIL ETISH VA
UNING

SAMARADORLIGI.

«МУҒАЛЛИМ

ҲӘМ

ҮЗЛИКСИЗ

БИЛИМЛЕНДИРИЎ»№ 6 Нөкис—2023

. (Maxsudova, S. K. (2023). BOSHLANG’ICH

SINF O’QUVCHILARINING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA “ZUKKO
BOLAJON” KURSLARINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGI.

6-сан

,

492.)

10.

Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF
DEVELOPING

THE

CREATIVITY

OF

FUTURE

PRIMARY

CLASS

TEACHERS.

Science and innovation

,

2

(B11), 540-543.

11.

Taniberdiyev, A., & Maxsudova, S. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE
FORMATION

OF

CREATIVITY

IN

FUTURE

PRIMARY

SCHOOL

TEACHERS.

Modern Science and Research

,

2

(12), 466-472.

12.

Maxsudova, S. (2023). Priority directions for the formation of the effectiveness of the use
of foreign experience in primary grades.

" BioGecko" A Journal for New Zealand

Herpetology

.

7

A.Ulug`ov. Qissalarda qalb egasi. Maqola. “Sharq yulduzi”. 2011.

References

X.Do`stmuhammad. Kuza…. “Sharq yulduzi”. 2010.

Boltaboyev H. Istiqlol imkoniyatlari : yangilangan an’analar va postmodernism. G’afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.2006.

A.Ulug`ov. Qissalarda qalb egasi. Maqola. “Sharq yulduzi”. 2011.

A.Nosirov. Istiqlol davri adabiy jarayoni va tanqidchilik. Uslubiy qo`llanma. Samarqand. 2014.

S.Sodiq.Hozirgi o`zbek adabiyoti. “O`zbekiston”. Toshkent. 1992.

H.Karimov. Yangi yo`nalishdagi romanlar xususiyati. Maqola. “Sharq yulduzi”. 2009.

Maxsudova, S. (2019). Boshlang'ich ta'limda integratsiyalashgan darslarni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari. Global ilmiy jarayonda integtatsion ta’limni rivojlantirish usullari. Respublika ilmiy-amaliy an’anaviy on-line konferensiya materiallari.

Maxsudova, S. (2021). Boshlang'ich sinf matematika darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarasi. POLISH SCIENCE JOURNAL.

Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA" ZUKKO BOLAJON" KURSLARINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGI. «МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ»№ 6 Нөкис—2023. (Maxsudova, S. K. (2023). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING IQTIDORINI RIVOJLANTIRISHDA “ZUKKO BOLAJON” KURSLARINI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGI. 6-сан, 492.)

Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPING THE CREATIVITY OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS. Science and innovation, 2(B11), 540-543.

Taniberdiyev, A., & Maxsudova, S. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF CREATIVITY IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and Research, 2(12), 466-472.

Maxsudova, S. (2023). Priority directions for the formation of the effectiveness of the use of foreign experience in primary grades. " BioGecko" A Journal for New Zealand Herpetology.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов