EFFECTIVENESS AND TECHNIQUES OF APPLYING ORGANIC FERTILIZERS AND COMPOSTS TO COTTON UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS

HAC
Google Scholar
To share
Raimova , N., Ibragimov , D., Baxtiyorov , A., & Bobonazarov, M. . (2024). EFFECTIVENESS AND TECHNIQUES OF APPLYING ORGANIC FERTILIZERS AND COMPOSTS TO COTTON UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS. Modern Science and Research, 3(2), 1133–1136. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29586
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Organic fertilizers and composts play an important role in improving soil fertility and increasing the quality of agricultural products. In the agriculture of our country, the demand for organic fertilizers is high, and in some cases there is a shortage of them. fertilizer should be applied in fact. However, it is not possible to collect this amount of organic fertilizers. According to statistics, the annual demand for nitrogen fertilizers in agriculture is 85-90%, and the demand for phosphorus fertilizers and potash fertilizers is even less (45 -55% and 45-50%) are satisfied. With organic fertilizers, along with all the nutrients necessary for the plant, a large amount of microorganisms also fall into the soil.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1133

UDK: 631.

TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA G‘O‘ZADA ORGANIK O‘G‘ITLAR

VA KOMPOSTLARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGI VA TEXNIKASI

Raimova Nasiba Sherqo’zi qizi

Toshkent davlat agrar universiteti magistranti

nasibaraimova33@gmail.com

Ibragimov Dilmurod Ziyodullajon oʻg‘li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

dilmiro@mail.ru

Baxtiyorov Abdulaziz Sanjar oʻg‘li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Bobonazarov Maqsud Salim oʻg‘li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10701576

Annotatsiya. Tuproq unumdorligini yaxshilash va olinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari

sifatini oshirishda organik o‘g‘itlar va kompostlar muhim o‘rinni egallaydi. Mamlakatimiz qishloq
xo‘jaligida organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib,ayrim hollarda ularning yetishmasligi
kuzatiladi. Masalan O‘zbekiston sharoitida gumus balansini defitsitsiz holatda ushlab turish
uchun har bir gektar sug‘oriladigan yerga har yili 20 tonna organik o‘g‘it qo‘llanilishi kerak
aslida.

Lekin, hozircha ushbu miqdordagi organik o‘g‘itlarni to‘plash imkoniyati yo‘q. Statistik

ma’lumotlarga qaraganda, har yili qishloq xo‘jaligini azotli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi 85-90 %,
fosforli o‘g‘itlarga hamda kaliyli o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi esa undan ham kamroq (45-55% va
45-50%) qondirilmoqda. Organik o‘g‘itlar bilan tuproqqa o‘simlik uchun zarur bo‘lgan barcha
oziq elementlar bilan bir vaqtda ancha miqdorda mikroorganizmlar ham tushadi.

Kalit so‘zlar: Organik va kompostli o’g’it, g’o’za o’simligini o’sishi va rivojlanishiga,

tasiri o’simlikni o’sish davrlari o’g’itlar samaradorligi.

EFFECTIVENESS AND TECHNIQUES OF APPLYING ORGANIC

FERTILIZERS AND COMPOSTS TO COTTON UNDER TYPICAL GRAY SOIL

CONDITIONS

Abstract. Organic fertilizers and composts play an important role in improving soil fertility

and increasing the quality of agricultural products. In the agriculture of our country, the demand
for organic fertilizers is high, and in some cases there is a shortage of them. fertilizer should be
applied in fact. However, it is not possible to collect this amount of organic fertilizers.

According to statistics, the annual demand for nitrogen fertilizers in agriculture is 85-90%,

and the demand for phosphorus fertilizers and potash fertilizers is even less (45 -55% and 45-
50%) are satisfied. With organic fertilizers, along with all the nutrients necessary for the plant, a
large amount of microorganisms also fall into the soil.

Keywords: Organic and compost fertilizers, the growth and development of cotton plants,

the growth periods of cotton plants, the effectiveness of fertilizers.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ И ПРИЕМЫ ВНЕСЕНИЯ ОРГАНИЧЕСКИХ УДОБРЕНИЙ И

КОМПОСТОВ ПОД ХЛОПЧАТНИК В ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЕМНЫХ УСЛОВИЯХ.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1134

Аннотация. Органические удобрения и компосты играют важную роль в

повышении плодородия почвы и повышении качества сельскохозяйственной продукции. В
сельском хозяйстве нашей страны потребность в органических удобрениях высока, а в
ряде случаев наблюдается их нехватка. Однако собрать такое количество органических
удобрений невозможно.

По статистике, годовая потребность сельского хозяйства в азотных удобрениях

составляет 85-90%, а в фосфорных и калийных еще меньше (45-55% и 45-50%). С
органическими удобрениями вместе со всеми необходимыми растению питательными
веществами в почву попадает и большое количество микроорганизмов.

Ключевые слова: Органические и компостные удобрения, рост и развитие

растений хлопчатника, периоды роста растений хлопчатника, эффективность
удобрений.


Kirish.

Respublikamizda hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy paxta yetishtirish

evaziga hosil mustaqilligiga erishilib, bir qismini xorij davlatlariga sotish imkoniyatlariga
erishildi.

Endigi vazifa sug‘oriladigan yerlarda dehqonchilikni intensiv rivojlantirish, resurstejamkor

texnologiyalar orqali mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshirishdan iborat. Oʻzbekiston
Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga moʻljallangan
strategiyasida “...aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim,
axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida intensiv innovatsion
texnologiyalarni joriy qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish,
ekologik sof mahsulot yetishtirish” kabi vazifalar belgilangan. Kuzda yoki qishning boshida
maydonning butun yuzasi bo‘ylab 1 m2 ga 10 kg hisobidan dag‘al organik o‘g‘itlarni sepib
chiqing. O‘g‘itlar ildizmevalilar va butgullilar oilasiga mansub o‘simliklar ekiladigan
maydonlarga beriladi, ammo oriq yerlarga chirigan go‘ng yoki kompost bir tekis yaxshilab sepib
chiqiladi. Maʼlumki, hamma xo‘jaliklarda ham qishloq xo‘jalik hayvonlari boqilavermaydi,
go‘ngni sotib olish esa ancha qimmatga tushadi.

Shu bois xo‘jalik sharoitida o‘simlik qoldiqlari va oshxona chiqindilaridan kompost

tayyorlashni o‘rganib olish maqsadga muvofiq.

Kompost tayyorlashda kletchatkaga boy bo‘lgan somon, hazon, qirqilgan eski gazeta

qog‘ozlari kabilarni qo‘shishni ham unutmang. Kompostning qotib qolishiga yo‘l qo‘ymang
hamda uni yomg‘ir suvlari tushishidan asrang. Yerni chopishdan oldin panshaxa vositasida
tuproqqa dag‘al organik o‘g‘itlarni sepib chiqing. Organik o‘g‘itlarni har yili berish, hech
bo‘lmaganda maydonning bir qismiga berish zarur. Bu esa tuproqda ozuqaviy moddalar
miqdorining ko‘payishi, tuproq nam sig‘imining ortishi hamda tuproq strukturasining yaxshilanib
borishiga imkon beradi.

Tadqiqot uslubiyati.

Kuzgi bugʻdoy oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliq holda

maʼdan oʻgʻitlar jumladan mineral oʻgʻitlarni maqbul meʼyorlarining samaradorligi koʻpgina
izlanishlarda jumladan, F.X. Xoshimov, A.Ergashev, I.N.Niyazaliev, T.P.Piraxunov,
D.S.Sattarov, D.U.Gʻofurov., B.K.Atoyev, S.K.Maxammadiyev, M.A.Usmonova va boshqa
olimlar – tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Ammo, respublikamiz tuproqlarida fosfor, kaliy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1135

va organik oʻgʻitlarning yetishmaganligi, almashlab ekish tizimi oʻzgarganligi, maʼdan oʻgʻitlarni
bir tomonlama qoʻllanilishi tufayli tuproq unumdorligi pasayib bormoqda.

Bugungi kunda dunyoda yangi holatdagi organik o‘g‘itlar, biogumus, qoramol go‘ngi,

o‘simlik qoldiqlari va daraxt barglarining aralashmalaridan turli nisbatlarda kompost tayyorlash
va organik paxta xom ashyosini olishda ularni g‘o‘zada qo‘llashning samaradorligi borasida
tadqiqotlar yetarlicha o‘rganilmagan. Tuproq va oʻsimlik namunalarining agrokimyoviy tahlili
“Metodы agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnыx
xlopkovыx rayonax” usulnomasiga binoan amalga oshiriladi.

Tadqiqot natijalar

Taʼkidlab oʻtamizki, Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida

o‘tkazilgan tajribaning natijalari o‘rtacha eng yuqori paxta hosili (40,0 va 39,7 s/ga) N

150

R

100

K

75

kg/ga bilan birgalikda kompost (18 t/ga) va biogumus (8 t/ga) qo‘llanilganda olinib, nazoratga
nisbatan qo‘shimcha paxta hosili 23,1-23,2 s/ga ni, N

150

R

100

K

75

kg/ga qo‘lllanilgan variantga

nisbatan 11,5-11,8 s/ga ni, faqat go‘ng (20 va 30t/ga) qo‘llanilgan variantlarga nisbatan 11,5-
12s/gani tashkil etganligi kuzatildi.

Demak, o‘simlik tomonidan umumiy organic o;g;it va NPK miqdorlarini o‘zlashtirilishiga,

ayniqsa barg, poya va hosil unsurlarida to‘planishiga ijobiy ta’sir etdi.

G‘o‘zani quruq massa to‘plashi haqidagi ma’lumotlar ichida uning pishish davridagi

vegetativ va hosil bo‘laklarini og‘irligi diqqatga sazovordir, chunki o‘simlik oziqa Demak,
o‘simlik tomonidan umumiy NPK miqdorlarini o‘zlashtirilishiga, ayniqsa barg, poya va hosil
unsurlarida to‘planishiga ijobiy ta’sir etdi.

G‘o‘zani quruq massa to‘plashi haqidagi ma’lumotlar ichida uning pishish davridagi

vegetativ va hosil bo‘laklarini og‘irligi diqqatga sazovordir, chunki o‘simlik oziqa moddalar bilan
to‘yingan bo‘lsa, uning organlarida to‘plangan quruq massa og‘irligi sezilarli darajada
bo‘ladimoddalar bilan to‘yingan bo‘lsa, uning organlarida to‘plangan quruq massa og‘irligi
sezilarli darajada bo‘ladiG‘o‘zani 1 gektar maydondan o‘zlashtirilgan azot, fosfor va kaliy
miqdorlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida 1 tonna paxta hosili uchun sarflangan oziqa
moddalar miqdorini hisobladik. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘itsiz qo‘llanilgan 1-variantda
(nazorat) 1 tonna paxta hosili uchun 33.4 kg/ga azot, 12.8 kg/ga fosfor va 38,2 kg/ga kaliy
sarflangan bo‘lsa, qoramol go‘ngi gektariga 10,20,30,40 tonna qo‘llanilgan 2, 3, 4, 5 variantlarda
azot 43.0; 49.3; 44.5; 45.37 kg va fosfor 15.7; 20.6; 19.2; 19.26 kg, kaliy 44.0; 50.0; 45.7; 44.47
kg o‘zlashtirilgani aniqlandi.

G‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi qo‘llanilgan organik o‘g‘itlarni mineral o‘g‘itlar fonida

g‘o‘zani gullash davridan boshlab sezila boshladi. 1-avgust kuni o‘tkazilgan fenologik
kuzatuvlarning natijalariga ko‘ra nazorat (1) variantda bosh poya balandligi 66,3 sm ni, hosil
shoxlar soni 6,16 donani va ko‘saklar soni 7,12 donani tashkil etganligi aniqlangan.

Tuproqda o’g’itsiz, nazorat variantida harakatchan fosfor miqdori erta bahordan yoz

oylariga qarab ortib bordi, keyin o’simlikni o’suv javrining avj olishi bilan harakatchan fosfatlar
miqdori kamaydi, o’suv davri oxirida ular yana ortdi. Tovuq go’ngi qo’llash natijasida
harakatchan fosfor miqdori nazoratga nisbatan sezilarli ortdi. Bu ayniqsa vegitasiya davrining
oxirlariga kelib yanada yaqqolroq namoyon bo’ldi.

Organik o’g’itlar qo’llanilgandan keyin ayniqsa tuproq oziq rejimining muqobillashishi,

g’o’za oziqlanishini kuchayishi natijasida g’o’zaning o’sishi va rivojlanishi jadallashdi. Demak


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1136

organik o’g’itlar qo’llash natijasida tuproq unumdorligi, jumladan harakatchan oziq moddalar
miqdori ortishi g’o’za o’sishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. O’g’it berilmagan nazorat
variantida g’o’za asosiy poyasi balandligi dinamikasi sekin o’zgardi. Ushbu variantda g’o’zaning
o’sish jadalligi gullash fazasida ham kuchsiz namoyon bo’ldi. 30 t/ga tovuq go’ngi qo’llash
natijasida g’o’zaning o’sishi sezilarli darajada kuchaydi. Bu ayniqsa azotli uning tarkibida
azotning ko’pligi bilan bog’liq bo’ldi. Shonalash fazasiga kirishi bilan barcha variantlarda
g’o’zaning o’sishi keskin kuchayish tomonga o’zgardi. Tovuq gungi yarim chirigan qoramol
go’ngiga nisbatan g’o’za asosiy poyasi balandligiga ta’siri kuchli bo’ldi. Yarim chirigan qoramol
go’ngi g’o’za asosiy poyasining balandligiga tovuq go’nginikidan nisbatan kuchsiz ta’sir qildi.

Xulosalar.

Tabiiyki organik o’g’it sifatida qo’llanilgan tovuq go’ngi va yarim chirigan qoramol

go’ngi tuproqdagi harakatchan oziq moddalar miqdorini-ammoniy shaklidagi azot, nitrat
shaklidagi azot, mineral azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kalliy miqdorini butun o’suv
davri davomida nazoratga nisbatan barqaror oshirib boradi. Bu holat har ikala organik o’g’it
qo’llanilganida ham kuzatiladi.

Organik o’g’itlarni 30 t/ga me’yorida qo’llash g’o’zaning o’sishi rivojlanishiga ijobiy ta’sir

ko’rsatadi. Bunda nazoratga nisbatan g’o’za o’simligining bo’yi, barg soni, simpodial shoxlar soni,
shona soni, gul soni va ko’saklar sonini sezilarli oshiradi.

G‘o‘za o’simligida 1 tonna paxta hosili uchun oziqa unsurlarini nisbatan maqbul sarflashi

14 va 15-variantda kuzatilib, N 150 kg/ga,P

2

O

5

100kg/ga,K

2

O 45 kg/ga bilan birgalikda kompost

18t/ga va biogumus 8t/ga qo‘llanilganda 42,4-43,2 kg azot, 17,4-18,2 kg fosfor va 46,6-47.5 kg
kaliy sarflagani, , N 150 kg/ga, P

2

O

5

100kg/ga, K

2

O 75 kg/ga qo‘llanilganga yuqori bo‘lganligi

aniqlangan. (gʻoʻza va kuzgi bugʻdoy qisqa rotatsiyali navbatlab ekish tizimida) mineral va
organic o’g’itlarni qoʻllash meʼyor va muddatlarini aniqlashdan iborat. Kirish, adabiyotlar sharhi,
tajriba olib borish uslubiyoti, tuproq-iqlim sharoitlari, asosiy qismda esa- olib borilgan tajriba
natijalarining ilmiy taxlili, mavzuda o‘rganilgan ekin hosil ko‘rsatkichlari tahlili, xulosa va
takliflardan iborat.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-
fevral.

2.

Xoliqulov Sh., Ortiqov T., Bobobekov I. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning texnogen
ifloslanishi va unga o‘g‘itlarning ta’siri. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ilovasi AGRO-
ILM 4 (16) son. 2010. 26-27bet.

3.

49 Xoliqulov Sh.T., Toshmatov N.E. Organik chiqindilardan tayyorlangan kompostlarning
tuproq hajm massasiga ta’siri. // Тезисы докладов II съездa почвоведов и агрохимиков
Узбекистана (16-18 ноября 1995 г, Ташкент). Ташкент, 1995 -С.173.

4.

Niyazaliyev B.I., Nazarov R.S., Tillabekov B.X. Yangi organo-maʼdan oʻgʻitlarining
gʻoʻzadagi samaradorligi. Paxtachilik va donchilikni rivojlantirish muammolari. Ilmiy-
amaliy konferensiya. Toshkent-2004. 162-264 b.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevral.

Xoliqulov Sh., Ortiqov T., Bobobekov I. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning texnogen ifloslanishi va unga o‘g‘itlarning ta’siri. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ilovasi AGRO-ILM 4 (16) son. 2010. 26-27bet.

49 Xoliqulov Sh.T., Toshmatov N.E. Organik chiqindilardan tayyorlangan kompostlarning tuproq hajm massasiga ta’siri. // Тезисы докладов II съездa почвоведов и агрохимиков Узбекистана (16-18 ноября 1995 г, Ташкент). Ташкент, 1995 -С.173.

Niyazaliyev B.I., Nazarov R.S., Tillabekov B.X. Yangi organo-maʼdan oʻgʻitlarining gʻoʻzadagi samaradorligi. Paxtachilik va donchilikni rivojlantirish muammolari. Ilmiy-amaliy konferensiya. Toshkent-2004. 162-264 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов