MANAGEMENT OF THE SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT IN HIGH SCHOOLS

HAC
Google Scholar
To share
Quldashova, S. (2024). MANAGEMENT OF THE SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT IN HIGH SCHOOLS. Modern Science and Research, 3(2), 494–497. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29611
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the support of social pedagogy in the organization and management of the social and psychological environment in general secondary schools of Uzbekistan and the pedagogical capabilities of the teacher.


background image


494

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MUHITNI

BOSHQARISH

Quldashova Sadokat Xoshimovna

Oriental universiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10702129

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston umumiy o’rta ta’lim maktablarida ijtimoiy –

psixologik muhitni tashkil etish va boshqarishda ijtimoiy pedagogikaning ko’magi hamda

o’qituvchi shaxsining pedagogik imkoniyatlari haqida fikr mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

maktab, ijtimoiy pedagogika, islom ta’limoti, madaniy muhit, mentalitet,

o’qituvchi, qomusiy olimlarning fikrlari va o’quvchilar.

MANAGEMENT OF THE SOCIAL-PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT IN

HIGH SCHOOLS

Abstract.

This article describes the support of social pedagogy in the organization and

management of the social and psychological environment in general secondary schools of

Uzbekistan and the pedagogical capabilities of the teacher.

Key words:

school, social pedagogy, Islamic teachings, cultural environment, mentality,

teacher, opinions of encyclopedists and students.

УПРАВЛЕНИЕ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ СРЕДОЙ В ВУЗЕ

Аннотация.

В данной статье описывается поддержка социальной педагогики в

организации и управлении социально-психологической средой в общеобразовательных

школах Узбекистана и педагогические возможности учителя.

Ключевые слова:

школа, социальная педагогика, исламское учение, культурная

среда, менталитет, учитель, мнения энциклопедистов и учащихся.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol etib

tarbiyalash pedagogik jarayonning asosiy tarkibiy qismidir. O’quvchilarga o’z qobiliyatlarini

namoyon qilishga imkon berish ijodiy potensialini rivojlantirish hamda ularda kreativlik

ko’nikmalarini shakllantirish uchun maktablarda madaniy muhitni tashkil etish lozim. Bugun

maʼnaviyat naqadar kerakligini, xalqimiz kechagi xalq emasligini, yangicha ishlashni, yaxshi

boʻlish uchun hamma oʻzgarishi zarurligini koʻrsatmoqda.

Zero, moddiyat va maʼnaviyatni teng koʻrilishi faqat shiorimizda emas, balki ongimizga

hamda qalbimizga mustahkam oʻrnashishiga erishish zarurdir. Zamonaviy ta’lim-tarbiya

konsepsiyasida madaniyatni ommalashtirish muammosi alohida o‘rin tutadi. Umumiy o’rta ta’lim


background image


495

maktab o’quvchilarining shaxs sifatida ijobiy fazilatlarining rivojlanishi uning yuksak tarbiyasi,

milliy madaniyatni o’zlashtirish darajasi bilan bog’liq. Shaxsning hayotda ma’lum bir tarzda

harakat qilishi, fikrlashi his qilish, idrok qilishi xullas madaniy va ma’naviy jamiyatga kirib borishi

madaniylashuv demakdir.

Shu o’rinda K.D.Ushiniskiy: “Har bir mamlakatda bolalarning tarbiyalash tizimi, xalqning

rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va talablari bilan belgilangandir”-deb aytgan edi u. Albatta

bolalarning ongida ijtimoiy madaniy muhitni kamol toptirishda nafaqat pedagog balki oila,

mahalla milliy qadriyatlar hamda islom talimotining o’rni beqiyos. Maktab-o’qituvchi

rahbarligida yosh avlodga ma’lumot, bilim beradigan va tarbiyaviy ishlar olib boradigan o’quv

muassasasidir. Maktabda bolani katta hayotga tayyorlanadi. Maktab hayoti har bir bola hayotida

yetakchi o’rindadir. Bu maskanda bola ulg’ayadi, kamol topadi va komil inson bo’lib voyaga

yetadi.

Bugungi kunda asosiy e’tibor maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga qaratilyapti.

Chunki bola asosiy bilimni shu maskanlardan oladi va o’z hayot yo’lini tanlaydi. O’quvchi

yoshlarning hayotida ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb

integratsiyalashgan muammosi bo’lib, falsafa, sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologoya,

pedagogika va ijtimoiy madaniy faoliyatning muammoli sohalari chorraxasida joylashgan.

Vigotskiyning fikricha:” Eng samarali ta’lim: ijtimoiymadaniy jihatdan uyushgan,

rivojlanish jarayonining universal va zaruriy tomonidir” deya ta’kidlaydi. Shu nazariyaga

tayangan holda o’quvchining kognitiv o’sishiga erishish uchun maktablarda ijtimoiy-madaniy

muhitni tashkil etish naqadar zarur ko’rsatkich ekanligi shubhasizdir. Masalan: yosh bolada xotira

biologic omillar bialn cheklanadi. Biroq, madaniyat biz ishlab chiqadigan xotira strategiyasining

turini belgilaydi. Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilari qiziquvchan va o’zlarining ta’lim olishlarida

va yangi tushuncha shakllarini kashf etishlarida hamda bu fikrlarni rivojlantirishda faol ishtirok

etadilar. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bolaning har tomonlama yetuk va o’z mustaqil fikriga ega

bo’lishi uchun maktablarda ijtimoiy muhitning roli beqiyosdir. Ijtimoiy-madaniy muhitning

bolalarga bo’lgan o’zaro ta’siri:

- Mustaqil fikrga ega bo’lish

- O’zini erkin xis qilish

- Kreativlik

- Dunyoqarashning o’zgarishi

- Individuallik

- Faollik


background image


496

Shu o’rinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning: ta’lim-tarbiya - bu bizning

kelajagimiz, hayot-momot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz

yo’q. Qanchalik murakkab bo’lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo’yish

kerak. Chunki biz ko’p vaqt yo’qotganmiz. Agar kimda kim maktab bu faqat Xalq ta’limi

vazirligining ishi, deb o’ylasa mutlaqo yanglishadi. Maktab vazirliklar, idoralar, tarmoq rahbarlari,

barcha ilmiy tashkilotlar va keng jamoatchilikning vazifasi bo’lishi shart va zarur. Shundagina

kutilgan natijaga erishish mumkin-dedi davlatimiz rahbari maktab ta’limini rivojlantirish

masalalari yuzasidan o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida. Haqiqatdan ham bu fikrlarga e’tibor

qaratadigan bo’lsak, bolani yoshligidan tarbiyalash kerak. Unga erkin fikr bildira olishi uchun

zamin yaratish juda muhim sanaladi. Shuning uchun ham maktabda ta’lim olayotgan bolaning ilk

qadam qo’ygan kunidan boshlab mustaqil fikrlashga o’rgatisg zarur. Shaxs mustaqil fikrga ega

bo’lgandagina jamiyatda ijtimoiy faol fuqaro va barkamol shaxs bo’lib voyaga yetadi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3- iyundagi 345-sonli qaror

tahririda: umumiy o’rta ta’limning vazifalari quyidagicha etib belgilandi:

- O’quvchilar tomonidan muntazam bilim olishni ta’minlash;

- Ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish

- Bazaviy o’quv

- Ijtimoiy va umummadaniy muhitni tashkil etish

- Umumbashariy qadriyatlarga hurmat bilan qarash kabi vazifalar belgilab qo’yildi.

Bugungi kunda ta’lim tarbiya jarayonida o’qitishning zamonaviy va inovatsion pedagogik

uslublari hamda axborot- komunikatsiya texnologiyalari orqali maktablarda ham ta’lim sifati

oshirilmoqda. Hayotimizning ta’lim sohalaridagi amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar

va yaratilayotgan pedagogik imkoniyatlarning samaradorligi o’quvchi yoshlar tafakkurining

o’zgarishi va yetuk kadr bo’lib yetishishiga xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1.

Nodira Egamberdiyeva: “Ijtimoiy Pedagogika”Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent-2009.

2.

M.U.Xamidova. Maxsus Pedagogika, o’quv qo’llanma-Toshkent “NIF MISH”2020.

3.

M.A.To’xtaxo’jaeva: “Pedagogika’’

4.

R.Mavlonova,N.Vohidova,N.Rahmonqulova:”Pedagogika nazariyasi va tarixi”.


background image


497

5.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda

o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika

universiteti ilmiy habarlari.

6.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF

METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL

THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

7.

Мусурмонова, Ш. И. (2021). IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS-INTEGRATIVE

CONTENT OF EDUCATION. Интернаука, (24-3), 84-85.

References

Nodira Egamberdiyeva: “Ijtimoiy Pedagogika”Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent-2009.

M.U.Xamidova. Maxsus Pedagogika, o’quv qo’llanma-Toshkent “NIF MISH”2020.

M.A.To’xtaxo’jaeva: “Pedagogika’’

R.Mavlonova,N.Vohidova,N.Rahmonqulova:”Pedagogika nazariyasi va tarixi”.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy habarlari.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

Мусурмонова, Ш. И. (2021). IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS-INTEGRATIVE CONTENT OF EDUCATION. Интернаука, (24-3), 84-85.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов