THE SIGNIFICANCE OF WORD COMBINATION IN THE FORMATION OF SPEECH

HAC
Google Scholar
To share
Atajanova, F. (2024). THE SIGNIFICANCE OF WORD COMBINATION IN THE FORMATION OF SPEECH. Modern Science and Research, 3(2), 12–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29711
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article comments on the role of the syntactic section and the function of the phrase in the formation, continuation and termination of speech communication. Some comments about the linguistic possibilities of speech communication and the role of speech phraseology are highlighted.


background image


12

SO‘Z BIRIKMASINING NUTQNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Atajanova Farangis

Navoiy davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10735773

Anotatsiya.

Ushbu maqolada nutqiy muloqotning shakllanishi, davom etishi va tugashida

sintaksis boʻlimining o‘rni va so‘z birikmasining vazifasi haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Nutqiy muloqotning lisoniy imkoniyatlari va nutqiy so‘z birikmasining roli haqida ayrim

mulohazalar yoritilgan.

Kalit soʻz:

Nutq, monolog, nutqiy muloqot, dialog, tilshunoslik, sintaksis, moslashuv,

bitishuv, boshqaruv.

THE SIGNIFICANCE OF WORD COMBINATION IN THE FORMATION OF SPEECH

Abstract.

This article comments on the role of the syntactic section and the function of the

phrase in the formation, continuation and termination of speech communication. Some comments

about the linguistic possibilities of speech communication and the role of speech phraseology are

highlighted.

Key word:

Speech, monologue, speech communication, dialogue, linguistics, syntax,

adaptation, negotiation, management.

ЗНАЧЕНИЕ СЛОВОСОЧАСТИЯ В ФОРМИРОВАНИИ РЕЧИ

Аннотация.

В данной статье комментируется роль синтаксического отдела и

функция словосочетания в формировании, продолжении и завершении речевого общения.

Освещены некоторые замечания о языковых возможностях речевого общения и роли

речевой фразеологии.

Ключевые слова:

Речь, монолог, речевое общение, диалог, лингвистика, синтаксис,

адаптация, общение, управление.

Kundalik faoliyatimizda insonlar bilan lisoniy va nolisoniy shakllarda nutqiy muloqatga

kirishamiz. Albatta, bu nutq sharoiti va vaziyatiga bog‘liq holda amalga oshadi. Shu bois nutqning

ham har xil turlari yuzaga keladi. “Nutq arabcha so‘z bo‘lib, “so‘zlash”, “gapirish” qobilyati degan

ma’noni bildiradi

1

. Albatta, bu faqat gapirish va so‘zlash orqaligina amalga oshadi degan fikrdan

1

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 67.


background image


13

yiroqmiz. Nutq – insonlarning fikrini ifodalash va boshqa insonlar bilan fikr almashinishga xizmat

qiluvchi vosita ekanligini hisobga olsak, uning amalga oshishi turli turli xil kechadi. Masalan,

og‘zaki nutq, yozma nutq, imo-ishoralar asosida(noverbal) amalga oshadigan nutqlar asosida

muloqotga kirishamiz.

Nutq inson ongi bilan uzviy bog‘liq hisoblanadi. Chunki, inson ongida o‘ylagan fikr va

g‘oyalarini nutqi orqali boshqalarga yetkazadi. Shu boisdan u vaziyatga, nutq sharoitiga, makonga,

nutq holatiga bog‘liq. Xususan, og‘zaki va yozma nutq faol nutqiy jarayonlardan biri hisoblanadi.

Og‘zaki leksemasining lug‘atlardagi ta’rifiga asoslanadigan bo‘lsak, nutqiy muloqat natijasida

yuzaga keladigan jarayondir

2

. O‘TILdagi

yozma

leksemasiga qaraydigan bo‘sak, xat, yozuv

vositasida ifodalangan, yozilgan, yozma ma’lumot

3

. Albatta, grammatik qoidalarga asoslangan,

maxsus qoliplarga ega bo‘lgan nutqning shakllanishiga muhim jarayonlar sabab bo‘ladi. Xususan,

sintaksis bo‘limining bundagi ahamiyati muhim sanaladi. “matnda so‘z birikmasi leksema

ma’nosini batafsil yoritishga xizmat qilishga ham xizmat qiladi

4

.”

Sintasis [yun.syntaxis tuzish, biriktirish; tuzilma, tarkib, birikma] ma’nosini anglatadi.

Ular: a) biror tildagi so‘zlarning so‘z birikmalariga va gaplarga ajratish usullari, shuningdek, so‘z

birikmalari va gaplarning turlari va ma’nolarini qamrab oladi. b) so‘z birikmalari va gaplarning,

sodda gaplarning esa qo‘shma gaplarga birikish usullarini, so‘z birikmalari va gaplarning tuzulishi,

ma’nosi va vazifalarini o‘rganadigan bo‘limi

5

. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan shunday xulosa

kelib chiqadiki, sintaksisda so‘z birikmasining o‘ziga xos xususiyatlarini va gap va uning turlariga

oid bo‘lgan xususiyatlarni tekshiradi, uning asosi gap haqidagi ta’limotdir.

Tobe bo‘lakning hokim bo‘lakka kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va

tobelashtiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi

6

. So‘z birikmasi tobe va

hokim so‘zning qaysi vosita orqali bog‘lanishiga ko‘ra 3 ga bo‘linadi:

1)boshqaruv; 2)moslashuv; 3)bitishuv.

Tobe so‘zning hokim so‘zga tushum(-ni), jo‘nalish(-ga, -ka,-qa), o‘rin-payt kelishigi(-da),

chiqish kelishik(-dan) qo‘shimchalari va ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi boshqaruv deyiladi.

2

Bu haqida qarang. Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. III. – Тошкент:

ЎзMЭ, 2006. – Б. 184.

3

Bu haqida qarang. Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. – Тошкент:

ЎзMЭ, 2006. – Б. 27.

4

Qarang. Yuldashev F. “Ma’naviyat” leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini”: Filol.

fan…dokt.. (DSc) ... diss. avtoref. – Qarshi, 2023. – B. 12

5

Qarang. Р.Сайфуллаева, Б.Менглиев, Г.Боқиева ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили, Тошкент, 2009.–

Б. 267

6

Qarang. Р.Сайфуллаева, Б.Менглиев, Г.Боқиева ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили, Тошкент, 2009.–

Б. 267


background image


14

Masalan: kitobni o‘qimoq, institutga bormoq, ruchkada yozmoq, uydan chiqmoq, dugonam bilan

bormoq.

Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi(-ning) yordamida, hokim so‘zning tobe

so‘zga egalik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi moslashuv deyiladi. Masalan:opamning

kitobi.

So‘z birikmalari tarkibida tobe va hokim so‘zning hech qanday qo‘shimchasiz faqat ohang

yordamida bog‘lanishi bitishuv deyiladi. Masalan: chiroyli yozmoq.

Aynan yuqoridagi bog‘lanishlar nutqning eng kichik turlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa

savol-javob jarayonidagi nutqda javob tariqasidagi nutq aksariyat hollarda so‘z birikmasi

ko‘rinishida bo‘ladi. Anashu jarayonda bir nechta holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, nutqning

uslubiy qulayligi; nutqning uslubiy g‘alizligi; nutqning ixchamligi, nutqning soddaligi kabi nutqiy

jarayonlar shakllanadi. Quyida nutqiy g‘alizlik haqidagi ayrim mulohazalarni ko‘rib o‘tsak.

Nutqimiz davomida so‘zlarni bog‘lashda kelishik va ko‘makchilardan foydalanishimiz ikki

xil jarayonni yuzaga keltiradi. Birinchidan, takror va bir xillikni bartaraf etadi.

Do‘stim uchun

olmoq va do‘stimga olmoq; do‘stim haqida gapirmoq va do‘stimdan gapirmoq shaklida

Ikkinchi holatda nutqiy noaniqlikni yuzaga keltiradi, natijada nutqimiz noaniq shaklga

kelib qoladi. Masalan: Ba‘zi kishilar nutqida o‘rin payt kelishigi o‘rnida jo‘nalish kelishigi

qo‘lanilishi natijasida yuzaga keladi.

Uyda o‘tirmoq va uyga o‘tirmoq ; avtobusda o‘tirmoq va

avtobusga o‘tirmoq ; telefonga gapirmoq va telefonda gapir shakllari uchraydi

. To‘g‘ri, bular bir

qaraganda sezilmaydi, nutqiy jarayonda anglashilib ketilaveradi, lekin nutqi ravon va so‘z qo‘llash

mahoratini puxta egallaydigan yoshlarni tarbiyalash uchun bu jarayonlar muhim hisoblanadi. Shu

boisdan nutqimiz ravon va chiroyli bo‘lishi uchun o‘zbek tilidagi mavjud hamma tilshunoslik

bo‘limining o‘z o‘rni bor. Shu sababdan so‘z birikmasini o‘rgatayotgan vaqtimizda o‘quvchilarga

mazkur masalalar yuzasidan o‘z fikrimizni aytib tushunchalar berib borishimiz zarur deb

o‘ylaymiz.

REFERENCES

1.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. –

Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 67.

2.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. III. –

Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 184.


background image


15

3.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. –

Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 27.

4.

Yuldashev F. “Ma’naviyat” leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik

talqini”: Filol. fan…dokt.. (DSc) ... diss. avtoref. – Qarshi, 2023. – B. 12

5.

Р.Сайфуллаева, Б.Менглиев, Г.Боқиева ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили,

Тошкент, 2009.– Б. 267

6.

Yuldashev F. A. HUMANITY AND TOLERANCE-A VITAL FACTOR IN THE

INDEPENDENT LIFE OF THE NATION AND THE YOUNG GENERATION

//Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology.

– 2020. – Т. 2. – №. 3. – С. 278-284.

7.

Yuldoshev I. et al. Modeling the operation of a 10 kW grid-tied photovoltaic power plant

and its features //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Т. 2552. – №. 1.

8.

Yuldashev

F.,

Yuldasheva

M.,

Djalolova

M.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL

DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan)

//International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

9.

Yuldashev

F.,

Yuldasheva

M.,

Djalolova

M.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL

DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan)

//International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

10.

Yuldashev F. USE OF SOFTWARE TOOLS IN DIAGNOSIS OF PRIMARY SCHOOL

LEARNING //SCIENCE AND EDUCATION: PROBLEMS AND INNOVATIONS. –

2020. – С. 204-206.

11.

Yuldashev F. DIAGNOSIS OF KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

//ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ ПЕДАГОГИКИ. – 2020. – С. 111-113.

12.

Юлдашев, Ф. (2022). “MA’NAVIYAT” VA “MAFKURA” LEKSEMALARINING

INTEGRAL VA DIFFERENSIAL XUSUSIYATLARI.

Перспективы узбекской

прикладной филологии

,

1

(1).

13.

Шарипова З. Б. и Худаярович Ф. Ю. (2021). Актуальность образования в области

кибербезопасности в классе.

ACADEMICIA: международный междисциплинарный

исследовательский журнал

,

11

(5), 637-645.

14.

Zhabbor M., Matluba S., Farrukh Y. STAGES OF DESIGNING A TWO-CASCADE

AMPLIFIER CIRCUIT IN THE “MULTISIM” PROGRAMM //Universum: технические

науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 43-47.

References

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 67.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. III. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 184.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 80000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси. Ж. II. – Тошкент: ЎзMЭ, 2006. – Б. 27.

Yuldashev F. “Ma’naviyat” leksik kategoriyasi: sistemasi, semantikasi va leksikografik talqini”: Filol. fan…dokt.. (DSc) ... diss. avtoref. – Qarshi, 2023. – B. 12

Р.Сайфуллаева, Б.Менглиев, Г.Боқиева ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили, Тошкент, 2009.– Б. 267

Yuldashev F. A. HUMANITY AND TOLERANCE-A VITAL FACTOR IN THE INDEPENDENT LIFE OF THE NATION AND THE YOUNG GENERATION //Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology. – 2020. – Т. 2. – №. 3. – С. 278-284.

Yuldoshev I. et al. Modeling the operation of a 10 kW grid-tied photovoltaic power plant and its features //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing, 2023. – Т. 2552. – №. 1.

Yuldashev F., Yuldasheva M., Djalolova M. SOCIO-PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan) //International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

Yuldashev F., Yuldasheva M., Djalolova M. SOCIO-PSYCHOLOGICAL DETERMINANTS OF FEELING STUDENTS'LONELINESS (case of Uzbekistan) //International Journal of Early Childhood Special Education. – 2022. – Т. 14. – №. 3.

Yuldashev F. USE OF SOFTWARE TOOLS IN DIAGNOSIS OF PRIMARY SCHOOL LEARNING //SCIENCE AND EDUCATION: PROBLEMS AND INNOVATIONS. – 2020. – С. 204-206.

Yuldashev F. DIAGNOSIS OF KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ ПЕДАГОГИКИ. – 2020. – С. 111-113.

Юлдашев, Ф. (2022). “MA’NAVIYAT” VA “MAFKURA” LEKSEMALARINING INTEGRAL VA DIFFERENSIAL XUSUSIYATLARI. Перспективы узбекской прикладной филологии, 1(1).

Шарипова З. Б. и Худаярович Ф. Ю. (2021). Актуальность образования в области кибербезопасности в классе. ACADEMICIA: международный междисциплинарный исследовательский журнал, 11(5), 637-645.

Zhabbor M., Matluba S., Farrukh Y. STAGES OF DESIGNING A TWO-CASCADE AMPLIFIER CIRCUIT IN THE “MULTISIM” PROGRAMM //Universum: технические науки. – 2022. – №. 11-8 (104). – С. 43-47.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов