THE ARMY AND ITS MANAGEMENT DURING THE SELJUK PERIOD

HAC
Google Scholar
f
166-168
0
0
To share
Baybajanova, D. (2024). THE ARMY AND ITS MANAGEMENT DURING THE SELJUK PERIOD. Modern Science and Research, 3(2), 166–168. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29816
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the armed forces of the Seljuk Empire, the Turkish kingdom that emerged in the Middle Ages in Khorasan and was able to influence the entire Middle East, as well as its administration. The political and military role of the army in the Seljuk state is also partially covered.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

SALJUQIYLAR DAVRIDA QO‘SHIN VA UNING BOSHQARUVI

Baybajanova Dildora

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)

mutaxassisligi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10782532

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘rta asrlarda Xuroson hududida vujudga kelgan hamda

butun O‘rta Sharqqa o‘z ta’sirini o‘tkaza olgan turkiy saltanat – Saljuqiylar imperiyasinning
qurolli kuchlari hamda unning boshqaruvi tahlil qilingan. Qo‘shinning Saljuqiylar davlatidagi
siyosiy va harbiy roli ham qisman yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

saljuqiylar,

turkmanlar, otliq va piyoda qo‘shin, muntazam armiya,

Nizomulmulk.

THE ARMY AND ITS MANAGEMENT DURING THE SELJUK PERIOD

Abstract.

This article analyzes the armed forces of the Seljuk Empire, the Turkish kingdom

that emerged in the Middle Ages in Khorasan and was able to influence the entire Middle East, as
well as its administration. The political and military role of the army in the Seljuk state is also
partially covered.

Key words:

Seljuks, Turkmens, cavalry and infantry, regular army, Nizamulmulk.

АРМИЯ И ЕЕ УПРАВЛЕНИЕ В ПЕРИОД СЕЛЬДЖУКОВ

Аннотация.

В данной статье анализируются вооруженные силы Империи

Сельджуков – турецкого королевства, возникшего в средние века в Хорасане и способного
влиять на весь Ближний Восток, а также его администрацию. Частично освещена также
политическая и военная роль армии в государстве Сельджуков.

Ключевые слова:

сельджуки, туркмены, конница и пехота, регулярная армия,

Низамулмульк.

IX asrning boshlaridan Arab xalifaligi markazi bo‘lgan Bag‘dod siyosiy kurashlar va

o‘zaro qarama-qarshi kuchlarning ziddiyatlari orasida qoldi. Bu kurashlarda kimning qo‘lida
harbiy qudrat bo‘lsa, o‘sha tomonning qo‘li baland kelardi. Xususan, 809-813-yillarda xalifa
Horun ar-Rashidning ikki o‘g‘li – Amin va Ma’munlar o‘rtasida fuqarolar urushi taqdirini hirotlik
turk zodagoni Tohir ibn Husaynning Ma’munga ko‘rsatgan harbiy yordami hal etgan. Turk
qo‘shinlari endilikda xalifalik markazida real hokimiyatni qo‘lga kiritib, xalifa va vazirlarni
almashtirish darajasiga borib yetgan.

XI asrdan e’tiboran Arab xalifaligidan ajralib chiqqan sharqiy hududlarda saljuqiy

turklarning nufuzi orta boshladi. Saljuqiylar o‘g‘uz qabilasining katta bir urug‘i bo‘lib, X-XI asr
boshlarida somoniylar va g‘aznaviylar qo‘shini tarkibida muhim o‘rin tutgan. Saljuqiylarning
harbiy nufuzi yanada ortishiga asosiy sabab 1040-yili sodir bo‘lgan Marv yaqinidagi Dandanakon
jangida qoraxoniylar va g‘aznaviylarning birlashgan qo‘shini ustidan g‘alaba qozonishi edi.

1

Bu

jang natijasida Xurosonda yangi davlat – Saljuqiylar davlati tashkil topa boshladi, G‘aznaviylar
davlati esa siyosiy tushkunlik bosqichiga kirdi, buning oqibatida saljuqiylar bilan siyosiy jihatdan

1

аль-Истахри. Книга путей и стран // Хрестоматия по истории Халифата. — М.: МГУ, 1968.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

167

yetarlicha raqobat qila olmadi. Qoraxoniylar esa Movarounnahr bilan cheklanishga hamda
Xurosonga bo‘lgan da’volaridan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Saljuqiylarning qo‘shin tuzilishi Abbosiylar davrida xalifalik mudofaasi uchun yollangan

turk g‘ulomlaridan iborat muntazam armiyadan keskin farq qilgan. Saljuqiylarning dastlabki
qo‘shin birliklari muntazam bo‘lmay, oilasi va chorva mollari bilan ko‘chib yuruvchi aholidan
tuzilgan edi. Ular yangi hudud va yaylovlarni o‘zlashtirish hamda u yerlarda muqim o‘rnashish
uchun kerakli vaziyatda birlashib harakat qila olgan. Shuning uchun garchi muntazam armiyaga
birlashmagan bo‘lsa-da, urushga tayyorlik qabilaning doimiy mashg‘ulotiga aylangan edi.

2

Saljuqiylar davlati bosh vaziri Nizomulmulkning yozishicha, sulton Malikshoh

hukmronligi davrida (1072-1092) podshoh ixtiyorida juda katta muntazam qoʻshin boʻlgan.

Qo‘shin turkman qabilalari va mamluklarlardan tuzilgan bo‘lib, piyodalar, otliqlar va

sultonning shaxsiy qoʻriqchilari kabi tarkibiy qismlarga ajratilgan. Nizomulmulk saljuqiylarning
umumiy qo ‘shinlari sonini 400 ming deb xabar bergan. U sulton Malikshohning qo‘shinlar sonini
70 ming kishiga tushirish haqidagi takliflariga doimo qarshilik bildirgan va mamlakat qaltis
siyosiy vaziyatda turganda qo‘shinlar zarurligini ro‘kach qilgan.

3

Saljuqiylar imperiyasining madaniy markazlari Eron shaharlari edi. Vazir Nizomulmulk

qo‘shinni mustahkamlash bilan birga madaniyat va ilm-fan rivojiga ham homiylik qilgan.

Jumladan, astronom va matematik olim Umar Xayyomning 1079-yili Nishopurda

rasadxona qurishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan. Saljuqiylar davlati tashkil topgandan
keyin turkmanlar Anadoludagi saljuqiylar ekspansiyasining harakatlantiruvchi kuchi boʻlib qoldi.

Malikshoh hukmronligidan keyin turkmanlarning harbiy nufuzi pasayib ketgan.

4

Turkmanlarni siyosiy jihatdan boshqarish qiyin edi, ular talon-taroj qilishga moyil edilar.
Biroq eng katta muammo ularning chorva uchun yaylovlarga bog‘liqligi edi. Saljuqiylar

davlatini tashkil etgan koʻplab viloyatlar koʻchmanchi armiyani taʼminlash uchun tabiiy jihatdan
noqulay edi. Turkmanlarning cheklanishini arab olimi Sibt ibn al-Javziy juda yaxshi ta’riflagan:

5

“Sulton To‘g‘rul askarlariga oʻzlarini tayyorlab, chodirlari, bolalari va oilalarini Iroqqa olib

kelish va u bilan birga Suriyaga joʻnashni buyurdi. Ular: “Bu yer vayron bo‘ldi, bu yerda na oziq-
ovqat, na yem-xashak, na mablag‘ bor. Biz otlarning orqasida butun ume tura olmaymiz (ya’ni
faqat otliq jangchi sifatida hayot kechira olmaymiz). Agar oilamiz, otlarimiz va hayvonlarimiz bu
yerlarga kelsa, ularning yashashi uchun kerakli sharoit qilib bo‘lmaydi”. Turkmanlarning vatanga
qaytish talabi tufayli uzoq yurishlarni to‘xtatishga, turkmanlarning talablarini qondirish uchun
istilolar rejalashtirishga to‘g‘ri keldi. Turkmanlarning qisqa muddatli ehtiyojlari uzoq muddatli
harbiy rejalarni amalga oshirib bo‘lmaydigan qilib qo‘ydi.

Turkmanlar qo‘shini o‘rnini bosishga muqobil variant mamluk jangchilari edi. Mamluklar

turkmanlardan farqli o‘laroq ko‘chmanchi emas, ularga keng yaylovlarning keragi yo‘q edi.
Saljuqiylardan avval ham mamluk jangchilaridan Abbosiylar va Somoniylar sulolalari
foydalangan edi. G‘aznaviylarning o‘zi esa ana shu mamlulardan kelib chiqqan edi. Mamluk

2

Peacock, Andrew C. S. (2010). Early Seljūq History: A New Interpretation. pp. 83–84.

3

Peacock, Andrew (2015). The Great Seljuk Empire. Edinburgh University Press Ltd, p 218.

4

Durand-Guedy, David (2015). “Goodbye to the Turkmen? The Military Role of Nomads in Iran after the Saljuq

Conquest”.

5

al-Jawzi, Sibt (1968). Sevim, Ali (ed.). Mir’at al-Zaman fī Ta’rikh al-A’yan: al-Oawadith al-kha’a bi-ta’rikh al-

Salajiqa bayna al-sanawat 1056–1086. Ankara. p. 5.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

168

jangchilari sulton Sanjar davrida qo‘shinlarning asosiy qismini tashkil etgan va saljuqiylarning
Xorazmdagi harbiy yurishlarida qatnashgan. Biroq 1141-yilgi Qatvon jangida saljuqiylarning
qaqshatqich mag‘lubiyatga uchrashi sultonning mamluk jangchilari ustidan nazoratining
susayishiga sabab bo‘ldi. Bu ziddiyatlar natijasida XII asrning 50-yillari oxiriga kelib Marv
(Xuroson markazi) dagi saljuqiylar hukmronligiga chek qo‘yiladi. Saljuqiylar faqat Iroq, Shom va
Ko‘niyadagina hukmronlikni saqlab qoldilar. Iroq shimoli va Suriyadagi saljuqiylarni zangiylar
sulolasi surib chiqardi. 1194-yilda Xorazmshohlar sultoni Takash Iroqdagi saljuqiylarga zarba
berdi va Erondagi nazorat to‘liq Xorazmshohlar saltanatiga o‘tdi. Saljuqiylar Kichik Osiyo
janubidagi Ko‘niya shahridan turib Rum sultonligini 1308-yilgacha idora etdilar.

REFERENCES

1.

аль-Истахри. Книга путей и стран // Хрестоматия по истории Халифата. -М.:МГУ, 1968.

2.

Peacock, Andrew C. S. (2010). Early Seljūq History: A New Interpretation. pp. 83–84.

3.

Peacock, Andrew (2015). The Great Seljuk Empire. Edinburgh University Press Ltd, p 218.

4.

Durand-Guedy, David (2015). “Goodbye to the Turkmen? The Military Role of Nomads in
Iran after the Saljuq Conquest”.

References

аль-Истахри. Книга путей и стран // Хрестоматия по истории Халифата. -М.:МГУ, 1968.

Peacock, Andrew C. S. (2010). Early Seljūq History: A New Interpretation. pp. 83–84.

Peacock, Andrew (2015). The Great Seljuk Empire. Edinburgh University Press Ltd, p 218.

Durand-Guedy, David (2015). “Goodbye to the Turkmen? The Military Role of Nomads in Iran after the Saljuq Conquest”.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов