TRANSLATION OPTIONS OF THE NOVEL "THE PAST DAYS" INTO ENGLISH

HAC
Google Scholar
To share
Nosirova, A. (2024). TRANSLATION OPTIONS OF THE NOVEL "THE PAST DAYS" INTO ENGLISH. Modern Science and Research, 3(2), 291–295. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30045
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the translation options and translators of Abdulla Qadiri's novel "O'tkan Kunlar" in English. Also, the process of translating this novel into English, its place and time, and the researchers' comments on the quality and potential of the translation will also be discussed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

291

“O‘TKAN KUNLAR” ROMANINING INGLIZ TILIGA TARJIMA VARIANTLARI

Nosirova Arofat Erkinovna

ToshDO‘T AU mustaqil tadqiqotchisi.

arofat.nosirova@mail.ru.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10809604

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ingliz

tilidagi tarjima variantlari va tarjimonlar haqida ma‘lumotlar keltiriladi. Shuningdek, ushbu
romanni ingliz tiliga tarjima qilinish jarayonlari, makon va zamoni, tarjimaning sifati va
salohiyatiga tadqiqotchilarning izohlariga ham to‘xtalib o‘tiladi.

Kalit so‘zlar:

O‘tgan kunlar, Mark Eduard Reese, Bygone Days, Qo‘shma Shtatlar,

Tinchlik korpusi ko‘ngillisi, Qoqondagi maktab, ingliz tili.

TRANSLATION OPTIONS OF THE NOVEL "THE PAST DAYS" INTO

ENGLISH

Abstract.

This article provides information about the translation options and translators

of Abdulla Qadiri's novel "O'tkan Kunlar" in English. Also, the process of translating this novel
into English, its place and time, and the researchers' comments on the quality and potential of the
translation will also be discussed.

Keywords:

Bygone Days, Mark Edward Reese, Bygone Days, United States, Peace Corps

Volunteer, School in Kakon, English language.

ВАРИАНТЫ ПЕРЕВОДА РОМАНА «МИНИЕ ДНИ» НА АНГЛИЙСКИЙ

ЯЗЫК

Аннотация.

В данной статье представлена информация о вариантах перевода и

переводчиках романа Абдуллы Кадири «Откан Кунлар» на английский язык. Также будет
обсуждаться процесс перевода этого романа на английский язык, его место и время, а
также комментарии исследователей о качестве и потенциале перевода.

Ключевые слова:

«Минувшие дни», Марк Эдвард Риз, «Минувшие дни», США,

волонтер Корпуса мира, школа в Каконе, английский язык.

Tarjima qandaydir fan sohasi emas, balki

muallifning fikrini yetkazib berish san‘atidir.

Mark Eduard Reese


“O‘tkan kunlar” yozilganidan yuz yil o‘tib, asar deyarli bir vaqtda uch tarjimon tomonidan

ingliz tiliga tarjima qilindi. Tarjimonlar: Ilhomjon To‘xtasinov, Karol Ermakova va Mark Eduard
Reeselardir. Mazkur tadqiqotda “O‘tkan kunlar”ning asliyat tilidagi hamda yuqorida ketma-ket
nomlari keltirilgan tarjimonlar tomonidan qilingan inliz tilidagi tarjimalarda keltirilgan
frazeologik birliklarning milliy-madaniy xususiyatlarini taqqoslab o‘rganishni maqsad qilinganligi
sababli, ushbu tarjimonlar va ular tomonidan amalga oshirilgan “O‘tkan kunlar” romani tarjima
xususiyatlariga batafsil to‘xtalib o‘tilish joizdir.

Hozirgi davrdagi ”O‘tkan kunlar” romanining yuqori beshlik reytingni egallab turgan

ingliz tilidagi tarjimasi Amerikalik tarjimon Mark Eduard Reese tomonidan amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

292

Ushbu tarjima asar milliy va xorijiy o‘quvchilar tomonidan qizg‘in kutib olinishi bilan

birga, asar tarjimoni Mark Eduard Reese va uning tarjimasi yurtboshimiz hamda ko‘pgina o‘zbek
adabiyoti namoyondalari tomonidan yuksak olqishlarga muvaffaq bo‘ldi.

Mark Reese Amerika Qo‘shma Shtatlarining Arizona shtatidagi chet bir qishloqda tug‘ilib,

voyaga yetgan. U Markaziy Osiyodagi deyarli yigirma besh yillik ish faoliyatini 1994-1996-
yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi “Tinchlik Korpusi” ikkinchi guruh
ko‘ngillisi sifatida boshlagan. Bungacha u O‘zbekiston haqida mutlaqo bexabar bo‘lgan.

U sakkiz yillik faoliyati davomida ikki yil Qo‘qondagi 23-sonli maktabda ingliz tilidan

dars berdi, o‘zbek tilini o‘rgandi, shu bilan birgalikda dala ishlarini o‘rgandi. Qo‘qon xalqi tili,
madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishdi, davlat departamentining qiyosiy dinshunoslik
boʻyicha Oʻzbekistondagi hamkorlik dasturining mamlakat direktori, Mudofaa vazirligi uchun
tarjimon va maslahatchi, shuningdek, mamlakat ichidagi akademik tadqiqotlar va ilmiy tarjima
ishlari bilan shug‘ullandi.

Mark Reese Qo'shma Shtatlar Mudofaa vazirligida tarjima va madaniy maslahat

shartnomalarini boshqaradigan sayt menejeri bo'lib faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik u Amerika
Qo‘shma Shtatlari dengiz akademiyasida ishlagan, Yaqin Sharq va Islom tadqiqotlari markazi
direktori o‘rinbosari va Mintaqaviy tadqiqotlar markazining ta’sischi direktori lavozimlarida
ishladi. Afg‘onistonga tarjimon sifatida yuborilgan. Shuningdek, Mark Reese Termiz, Samarqand
va Qo‘qon shaharlarida an‘anaviy o‘zbek maktablarida bolalarga ingliz tilidan dars bergan va
o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlarida faol qatnashgan. Hozirda Mark Reese o‘zbek
tarjimonlari, yozuvchilari va ijodkor rassomlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Muloqot”
madaniy hamkorlik dasturi direktori lavozimida faoliyat olib bormoqda. Uning “The Uzbek
Modernist” vebsaytida Abdulla Qodiriyning hayoti, ijodi hamda “O‘tkan kunlar” romani va
tarjimonning o‘z bibliografik ma‘lumotlari berilgan. Ayni paytda Mark AQSHning Tennesi Shtati
Nashvil shahrida istiqomat qiladi.

Mark Reese Farg‘ona vodiysidagi xizmat safari davomida ko‘pgina taassurotlarga ega

bo‘lib, o‘ziga berilgan vazifani nihoyasiga yetkazgach, vataniga qaytib, Vashington universitetida
Turkiy tillar va adabiyoti, xususan o‘zbek tili, jadidchilik va islom fikhi bo‘yicha tahsil oldi.

O‘zbek va uyg‘ur tillarini chuqur o‘rgana boshladi.
Mark Reese Abdulla Qodiriyning ijodi bilan o‘zining ustozi- professor Elza Sirtiut orqali

tanishdi. Mark Eduard Reesening so‘zlariga ko‘ra, Elza Sirtiut Toshkent va Qo‘shma Shtatlardagi
Sietl shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish tashabbuskorlaridan biri bo‘lgan.
Sirtiut rahbarligida Mark qadimiy turkiy tilning qadimgi shakllaridan O‘rxun yozuvini va
chig‘atoy tilini o‘rgandi.

2002-yilda aspiranturada o‘qib yurgan kezlarida Markga imtihon topshirish uchun “O‘tkan

kunlar” romanining dastlabgi bobini tarjima qilish vazifasi yuklatiladi. Mark Reesening o‘zbek
adabiyoti durdonasi bo‘lmish “O‘tkan kunlar” romaniga qiziqishi shundan boshlanadi. Mark
romanning oxiri nima bilan tugashini ishtiyoq bilan o‘qib chiqadi. Uni ilhomlantirgan yana bir
omil- Mark Reese Qo‘qonda yashab, ishlab yurgan kezlarini so‘z bilan ifodalashga ojizligi,
“O‘tkan kunlar” esa tarjimonga o‘sha tushuncha va hissiyotlarni so‘z bilan chuqur ifodalay olgani
bo‘ldi. Chunki tarjimonning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek tabiati, ruhiyati, tili va dunyoqarashi Abdulla
Qodiriy asarida yaqqol aks etganligini ko‘rsatadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

293

Mark Reese Toshkentdalik paytida aksariyat o‘zbekistonliklar Abdulla Qodiriy va “O‘tkan

kunlar” romani haqida yaxshi bilimga egaligiga guvoh bo‘lgan. Shunday qilib, Mark Eduard Reese
“O‘tkan kunlar” tarjimasi uchun asarning 1926-yildagi arab yozuvidan kirill yozuviga o‘girilgan
matnidan foydalanadi [1]. Xondamir Qodiriy Mark Reese bilan uchrashuv chog‘ida bu asarni
shoshmasdan, sifatli tarzda tarjima qilish kerakligini maslahat beradi [2]. –Har bir tilning o‘z
shirasi bo‘lganidek, Abdulla Qodiriy tilining ham o‘z jozibasi, shirasi bor. Tarjimon asarni ingliz
tiliga o‘girish jarayonida ayni jihatlarning saqlanib qolishiga erishgani uning yutug‘idir, deydi
Xondamir Qodiriy o‘z nutqida.

1

Romanni ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida Mark Eduard Reese Qodiriy davridagi

Markaziy Osiyoni, madaniy muhitni tushuntirib berish uchun muallif tomonidan ishlatilgan turli
xil atamalar va frazeologik birliklarning 500 ga yaqin izohlari va o‘zbek xalqining o‘ziga xos
madaniyati, urf-odatlarini tushuntiruvchi sharhlar qo‘shadi. Mark bu sharhlarni tekshirtirish uchun
Umida Xoshimova va Umida Hikmatullayeva kabi o‘zbek tili va adbiyoti namoyondalaridan
ko‘mak oladi. Abdulla Qodiriyning romanda qo‘llagan “ko‘cha tili” da ifodalagan joylari Markga
tarjima jarayonida biroz qiyinchilik tug‘diradi. Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” xotira
kitobida berilishicha roman ustida ishlay turib, Qodiriy romanga asl tilni singdirish uchun
qishloqma-qishloq kezgan. Mark bu o‘zi uchun jumboqli bo‘lgan so‘z va iboralarini Toshkentga
kelganida tushunishi osonroq bo‘lgan, deb izohlaydi.

Shuningdek, Mark Reese o‘zgarishlarga qaramasdan, hali ham mukammal, zamonaviy

o‘zbek-ingliz lug‘atini ko‘rmaganligi achinarli holat ekanligini ham qo‘shimcha qiladi. Roman
nomini ingliz tilida gapiradigan o‘quvchiga to‘g‘ri taqdim etish uchun Mark asarning asl
o‘zbekcha nomini qoldirib, “Bygone Days” deb qo‘shimcha qiladi. Buni tarjimon quyidagicha
izohlaydi: Qur‘onni boshqa nom bilan atalmaganligini - barcha tillarda bir xil nom bilan atalishini,
shuningdek “Shohnoma” da ham asliyat tilidagi nomi saqlab qolinganligi, “Shohlar kitobi” deb
o‘zgartirilmaganligini misol qilib ko‘rsatadi.

Xullas, Mark Eduard Reese o‘n besh yillik (2004-2019) umrini sarflagan tarjima asar

“Bygone Days” nomi bilan 2019-yilning 11-aprel kuni Qodiriy tavalludining 125 yilligiga
bag‘ishlab Vashingtonda chop etiladi. 2019-yilning 27-dekabrida O‘zbekistonning
Vashingtondagi elchixonasida “O‘tkan kunlar” romanining ingliz tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib
o‘tadi. Ushbu kitobni “Amazon” platformasida sotib olish mumkin. Tarjima o‘quvchilar
tomonidan yuqori baholanmoqda va “besh yulduzli” reytingni saqlab qolmoqda. Bu tarjima asar
AQSHning Kongress kutubxonasidan ham o‘rin olgan.

2021-yil 27- Aprel kuni yurtimizning Adiblar xiyobonida “O‘tkan kunlar” romanining

ingliz tilidagi yana bir taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Unda asar tarjimoni Mark Eduard Reesening o‘zi
ham ishtirok etadi. Tadbirda shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, taniqli
adib Xurshid Do‘stmuhammad, adabiyotshunos Suvon Meli, professor Bahodir Karimov, Abdulla
Qodiriy uy muzeyi rahbari Xondamir Qodiriy, tilshunos va adabiyotshunos Gulnoza Odilova va
ko‘pgina yozuvchi va shoirlar ishtirok etishdi va tarjima, tarjimonning yutuqlari haqida so‘zladilar.

1

https://uza.uz/uz/posts/mark-edvard-riz-halqingizning-mentaliteti-dunyoqarashi-ruhiyati-zhozibador-tili-abdulla-

qodiriy-asarida-muzhassam_261789


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

294

Taqdimot tadbirida Abdulla Qodiriy haykali poyiga gullar qo‘yildi. Mark Eduard Reesega
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasiga a‘zolik guvohnomasi topshirildi. Tadbir davomida A.
Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy tarjimon asarda muallif tilining jozibadorligini saqlab
qolishga intilgani uning buyuk asarga, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmatini anglatishini ta‘kidladi.

Gulnoza Odilova esa o‘z nutqida Mark Reese tarjima jarayonida xalqning mentalitetini

ifodalay olganligini va tarjimada uning xalqimizga cheksiz muhabbati yaqqol sezilib turganligini
ta‘kidlaydi. Shuni ham ta‘kidlash joizki, prezidentimiz tomonidan amerikalik ijodkor Mark Eduard
Reese madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘lkan hissasi uchun ‘Do‘stlik’ ordeni bilan
taqdirlandi. Mukofot O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida O‘zbekistonning AQSHdagi
elchisi Javlon Vaxabov tomonidan topshirildi.

1980-yil 4-mayda Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug‘ilgan Ilhomjon To‘xtasinov

Madaminovich 2017-yilda Samarqand Davlat Chet tillari instituti rektori lavozimida faoliyat olib
borishi bilan bir paytda hamkasblari O. M. Muminov, A. A. Hamidovlar “O‘tkan kunlar” romanini
ingliz tiliga tarjima qilishga milliy tarjimonlardan birinchilardan bo‘lib qo‘l urdilar.

Adabiyotshunos, tarjimashunos, tilshunos olim tarjima qilgan “O‘tgan kunlar” romani

“The Days Gone by” nomi bilan Toshkent shahridagi “Mashhur-Press” nashriyotida 2017-yilda
chop etiladi. Asar o‘quvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinishi bilan birgalikda ilmiy
izlanuvchilar tomonidan ba‘zi bir tanqidlarga ham uchraydi. Masalan, tilshunos va adabiyotshunos
tadqiqotchi Gulnoza Odilova romanning tarjima variantlarini o‘z tadqiqot ishida taqqoslaganligi
haqida quyidagi izohlarni keltiradi:

– Romanni bir yarim yil oldin diqqat bilan o‘qib chiqdim, – deydi Gulnoza Odilova. –

Men doktorlik tadqiqotimda o‘zbek milliy mentalitetidagi ovqatlanish, oila davrasidagi
kommunikativ muloqot jarayonini tarjimada qanday berilganini tadqiqqa tortgandim va bunda
“O‘tkan kunlar”ning Ilhom To‘xtasinov tarjimasiga qarab, juda ham xafa bo‘lgandim. Chunki u
yerda milliylikka oid ko‘p so‘zlar tushib qolgan. Masalan, romanda O‘zbekoyim Otabekni
Zaynabni qaynotasinikiga charlarga oborishga majburlab turgan mahal o‘g‘li borgisi kelmay, xo‘r-
xo‘rlatib choy ichadi. Ya'ni, bu yerda Otabek onasining gapiga yumor bilan javob qaytaryapti,
befarqligini shu yo‘l bilan ko‘rsatyapti. Bu esa O‘zbekoyimning jahlini chiqaradi.

To‘xtasinov tarjimasida Otabek shunchaki ovqatlanib o‘tirardi, deyilgan. Xo‘rillatib choy

ichish effekti yo‘q. O‘zbekoyimning gapiga e'tiborsizlik bilan, nima deyapsiz, deganday yumori
tarjimada aks etmagan. Mark Reese o‘z tarjimasida mana shu effektni saqlagan, ya'ni onasining
gapiga befarq bo‘lib og‘zini to‘ldirib-to‘ldirib choy ichib o‘tirgan Otabekning holatini inglizchada
ko‘rsata olgan

2

.

Ilhomjon To‘xtasinov va O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti bir guruh

tarjimonlari tomonidan amalga oshirilgan ushbu tarjima asar ham ko‘pgina tadqiqot ishlarini
o‘rganishda asosiy manba sifatida o‘rganilib kelmoqda. Aslida ingliz tili xorijiy til hisoblangan
o‘zbek millatiga mansub tarjimonga butun boshli romanni ingliz tiliga tarjima qilishi, bu-katta
jasorat sanaladi. Tarjimon bu asardan tashqari Alisher Navoiy g‘azallari, Abdulla Qodiriyning

2

https://kun.uz/news/2021/04/28/otkan-kunlar-romanini-ingliz-tiliga-ogirgan-tarjimon-ozbekiston-yozuvchilar-

uyushmasi-faxriy-azosi-boldi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2021%2F04%2F28%2Fotkan-kunlar-romanini-ingliz-tiliga-
ogirgan-tarjimon-ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-faxriy-azosi-boldi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

295

“Mehrobdan chayon” romanini, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini, Odil Yoqubov
va Tohir Malik romanlarini, G‘afur G‘ulom qissalarini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilgan.

Islom Karimov fondi o‘zbek adabiyoti durdonalarini tarjima qilish va chop etishga grant

ajratish orqali O‘zbekistonning boy madaniy me‘rosini asrash va targ‘ib etishga hissa qo‘shib
kelmoqda, deb ma‘lumot beriladi fondning Facebookdagi sahifasida. Fond O‘zbekistonning
YUNESKOdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘zbek romanchilik maktabining ilk namunasi
bo‘lgan A. Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanini ingliz va fransuz tillariga tarjima qilinishiga
tashabbuskorlik qiladi. Asarning ingliz tiliga tarjimasi Lola Tillayeva Karimova tashabbusi bilan
Karimov fondi homiyligida amalga oshiriladi. Britaniya universiteti rus adabiyoti fakulteti
magistranti, o‘ttizdan ziyod badiiy tarjimalar muallifi Karol Ermakova tarjima uchun “O‘tkan
kunlar” romanini ingliz tiliga tarjima qilish uchun asarning rus tilidagi varianti “Mинувшие дни”
dan foydalanadi. Abdulla Qodiriy asari “Days Gone by” nomi bilan 2018-yilda Parijdagi
“Nouveau Monde Editions” nashriyotida chop etildi. Tarjima asarga Julie Vikenden muharrirlik
qiladi, rassom Bobur Ismoilov illustriyalar chizadi. Karol tarjimaga 143 ta izohlar keltirgan. Lekin
hozircha asarning yuqorida rejalashtirilgan fransuz tilidagi tarjimasi haqida ma‘lumotlar
keltirilmagan.

Xulosa o‘rnida shuni ta‘kidlash joizki, yuqorida keltirilgan o‘zbek milliy romanchiligining

debochasi bo‘lgan hamda yaratilganiga bir asrdan ortiq vaqt bo‘lishiga qaramasdan milliy va
xorijiy o‘quvchilar qalbidan chuqur joy egallab kelayotgan “O‘tgan kunlar” romanining ingliz
tiliga tarjima qilinishi, bu asarni tarjima qilinishidagi mashaqqatli mehnat jarayoni tarjimonlarning
nafaqat bu asarga, balki o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va muhabbatining izhori hisoblanadi. Bunga,
albatta, o‘quvchigina xolisona baho bera oladi. Shu o‘rinda, ushbu tadqiqotda tarjimonlar Ilhomjon
To‘xtasinov, Mark Eduard Reese va Karol Ermakovaning tarjima variantlari va ularga ba‘zi
tadqiqotchilarning hamda roman o‘quvchilarining fikrlari keltirib o‘tildi.

REFERENCES

1.

Habibulla Qodiriy. “Otam haqida” (Xotiralar, to‘ldirilgan ikkinchi nashr). Toshkent:
G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1983.

2.

I. M. To‘xtasinov, O. M. Muminov, A. A. Hamidov. “The Days Gone by”. Tashkent:
“Mashhur-Press”, 2017.

3.

Karol Ermakova. Abdulla Qadiri. “Days Gone by”. –Parij: Nouveau Monde editions, 2018.

4.

Mark Eduard Reese. Abdullah Qodiriy. “O‘tgan kunlar”/”Bygone Days”.-Nashville TN,
2019.

5.

Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science
and Innovation, 2022 — 342 bet.

6.

https://yuz.uz/uz/news/mark-riz--otkan-kunlar--jahon-adabiyoti-durdonasi

7.

https://kun.uz/news/2021/04/28/otkan-kunlar-romanini-ingliz-tiliga-ogirgan-tarjimon-
ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-faxriy-azosi-
boldi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2021%2F04%2F28%2Fotkan-kunlar-romanini-ingliz-
tiliga-ogirgan-tarjimon-ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-faxriy-azosi-boldi

References

Habibulla Qodiriy. “Otam haqida” (Xotiralar, to‘ldirilgan ikkinchi nashr). Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1983.

I. M. To‘xtasinov, O. M. Muminov, A. A. Hamidov. “The Days Gone by”. Tashkent: “Mashhur-Press”, 2017.

Karol Ermakova. Abdulla Qadiri. “Days Gone by”. –Parij: Nouveau Monde editions, 2018.

Mark Eduard Reese. Abdullah Qodiriy. “O‘tgan kunlar”/”Bygone Days”.-Nashville TN, 2019.

Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet.

https://yuz.uz/uz/news/mark-riz--otkan-kunlar--jahon-adabiyoti-durdonasi

https://kun.uz/news/2021/04/28/otkan-kunlar-romanini-ingliz-tiliga-ogirgan-tarjimon-ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-faxriy-azosi-boldi?q=%2Fuz%2Fnews%2F2021%2F04%2F28%2Fotkan-kunlar-romanini-ingliz-tiliga-ogirgan-tarjimon-ozbekiston-yozuvchilar-uyushmasi-faxriy-azosi-boldi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов