PSYCHOLOGICAL FEATURES OF TEACHING ADULTS

HAC
Google Scholar
f
84-88
0
0
To share
Bazarova, G. (2024). PSYCHOLOGICAL FEATURES OF TEACHING ADULTS. Modern Science and Research, 3(2), 84–88. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30159
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, the need for new approaches to the organization of the adult education process and the growing importance of adult education are particularly felt. This article talks about the psychological features of the organization of adult education.


background image


84

KATTALARNI OʻQITISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Bazarova Gulnoza

Guliston davlat pedagogika instituti stajor-o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10826799

Annotatsiya.

Hozirgi kunda katta yoshdagilarni oʻqitish jarayonini tashkil qilishda yangi

yondashuvlarga boʻlgan zarurat va kattalar taʼlimi ahamiyatining oʻsib borishi alohida

sezilmoqda. Ushbu maqolada kattalar ta’limini tashkil etishning psixologik xususiyatlari haqida

so’z boradi.

Kalit so‘zlar:

Kattalar ta’limi, pedagogika, psixologiya, ta’lim, metodlari, ta’lim

texnologiyalari.

PSYCHOLOGICAL FEATURES OF TEACHING ADULTS

Abstract.

Today, the need for new approaches to the organization of the adult education

process and the growing importance of adult education are particularly felt. This article talks

about the psychological features of the organization of adult education.

Key words:

Adult education, pedagogy, psychology, education, methods, educational

technologies.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ ВЗРОСЛЫХ

Аннотация.

Сегодня особенно остро ощущается потребность в новых подходах к

организации процесса образования взрослых и возрастающая значимость образования

взрослых. В данной статье говорится о психологических особенностях организации

образования взрослых.

Ключевые слова:

Образование взрослых, педагогика, психология, образование,

методы, образовательные технологии.

"Kattalar ta’limi" deganda biz katta yoshli insonning har tomonlama kamol topishini

nazarda tutamiz. Katta yoshli insonning bilimi, malakasi, ko’nikmasini kengaytirish bilan bog’liq

har qanday ish kattalar ta’limi xisoblanadi. Ushbu atama bilan bog’liq yana bir qiziq xolat, - kimni

katta yoshli deb atash mumkin? - degan mulohazaga chorlovchi fikr keladi.

Ko’pincha, kata yoshdagilar deganda 30 dan oshganlardan boshlab va xatto nafaqadagilar

ham nazarda tutiladi. Ammo o’rta ma’lumotga ega bo’lgan va mustaqil pul ishlab topishni

boshlagan har qanday inson katta yoshli hisoblanadi.

Ya’ni, bu toifaga ishlaydigan yoshlar ham, o’rta yoshlilar ham, qariyalar ham kiradilar. Biz

insonning o’rta yoki oliy ta’lim tizimida asosiy mutaxassislikga ega bo’lishi bilan bog’liq


background image


85

bo’lmagan ma’naviy va intellectual rivojlanishi haqida so’z yuritamiz. Katta yoshli inson qanday

ta’lim olishi, uning o ’quvchi yoki talabadan qanday farqlari borligi, ular bilan ishlashda qanday

usullar samarali ekani, bu soxada qanday muammolar borligi va ulami qanday vositalar yordamida

xal etish mumkinligini muhokama qilamiz.

Hozirgi kunda ta’lim tizimiga berilayotgan katta e’tibor tizimning turli bosqichlariga

alohida etibor qaratilishini va ushbu bosqichlarning o‘ziga hos xususiyatlaridan kelib chiqqan

xolda jarayonni tashkil etishni taqazo etmoqda.

Ushbu nuqtai-nazardan, xalq ta’limi va oliy va undan keyingi ta’lim tizimi vakillari orasida

ko‘p muhokamaga sabab bo‘luvchi pedagogika va andragogika tushunchasiga oydinlik

kiritmoqchimiz. So‘zimizni boshini ko‘pchiligimizga tanish bo‘lgan pedagogika, ya’ni soha vakili

bo‘lgan “pedagog” tushunchasidan boshlamoqchimiz. Pedagog (Pedagogue), maktab o‘qituvchisi

– juda sinchkovlik yoki qat’iyatlik bilan ta’lim beruvchi kishi deb ta’riflanadi. Pedagogik modelda

nimani, qachon va qanday o‘qitilish kerakligini o‘qituvchi hal qiladi.

Kattalarni o‘qitish, o‘rgatish sohasi hisoblangan “androgogika” esa, aksincha, kattalarga

ta’lim beruvchi san’at va fan hisoblanadi. Androgogik model quyidagi beshta asosga tayanadi:

1) o‘rganuvchilarga biror narsani o‘rganish nima uchun muhimligi bildiriladi;

2) o‘rganuvchilarga ma’lumotlar ichida o‘zlarini qanday boshqarishni ko‘rsatadi;

3) mavzu o‘quvchilar tajribasiga bog‘lanadi;

4) odamlar o‘rganishga tayyor bo‘lmagunicha yoki motivlanmagunicha ishga

kirishmaydilar;

5) Bu esa o‘rganish bo‘yicha to‘siqlarni, xatti harakatlar va e’tiqodlarni bartaraf etishni

talab qiladi.

J.Rachal androgogikani kattalarga ta’lim berish vositasi sifatida o‘rganib, oliy ta’limda

talabalar o‘z motivatsiyalariga o‘zlari mas’ul bo‘lishlari kerakligini ta’kidlaydi. Androgogika

talabalarni nazorat qilishga, egallanayotgan bilimlarni mavjud standartlarga asoslanib baholab

borishga va talabalarni o‘rganishga ixtiyoriy jalb etishga chorlaydi. Lekin bu shartlarning

aksariyati oliy ta’limda qo‘llanmaydi.

Androgogikaning asosiy nazariyalaridan yana biri, o‘qish , o‘rganish haqiqiy qadriyat

sifatida ta’qib qilinishidir. Androgogika qoniqishni ko‘lamini va talaba belgilagan natija darajasini

talab qiladi. Bu shartlarning hech birini oliy ta’lim mazmuni orasidan osonlikcha topib bo‘lmaydi,

ayniqsa, o‘qitilishi nazarda tutilayotgan kursning maqsadiga qoniqish asosiy aniqlovchi sifatida

kiritilmagan bo‘lsa.

Bolalar ta’limida o‘qituvchilar tashqi motivatsion omillar (baho olish, ota-onaning yoki


background image


86

o‘qituvchining talabi, uyalib qolishdan qo‘rqish va h.z.) sifatida muhim o‘rinni egallasa, oliy

ta’limda esa tashqi omillar o‘quv faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatsa-da, talaba mas’uliyatini

kuchaytirmaydi. Bunday farqni ajrata bilgan oliy ta’lim o‘qituvchisigina tegishli metod,

texnologiya va yondashuv orqali talabalarga bilim olish ko‘nikmalarini o‘rgatishda

muvaffaqiyatga erishadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli o‘qishga bo‘lgan motivatsiya omili

ko‘pincha intellekt omilidan kuchliroqdir. O‘rganish jarayonini yoqimli qilishda o‘rganuvchilar

motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlash muhimdir. Shu sababli motivatsiyani shakllantirish,

rivojlantirish, kerakli darajada saqlashga doir metod hamda yondashuvlarni inobatga olib, darslar

va o‘quv materiallarini tashkillashtirgan holda olib borish talab etiladi.

Birinchidan, taqdim etilayotgan matnlar, audiovizual materiallar, vazifalar va dars

mashg‘ulotlari talabaning qiziqishlariga mos bo‘lishi lozim.

Ikkinchidan, o‘qituvchi talabalarga vazifalarni bajarilishini baholash imkonini berishi va

ularning ehtiyojlari boshlang‘ich rolni o‘ynashi talab etiladi.

Uchinchi muhim narsa – mashg‘ulotlardagi yumor, musiqa singari dars mavzusidan

tashqari, qo‘shimcha mashg‘ulotlar komponentlari talabalarning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini

oshirish xususiyatlari hisoblanadi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar sifatida nafaqat yumor yoki

ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, balki talabalarning orasida kurs maqsadiga mos bellashuvlar

uyushtirish, misol uchun, poster taqdimotlar, video taqdimotlar, loyiha ishlari, guruhlarda loyiha

ishlarini tashkillashtirish va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Andragogik bilimlaming ilmiy talqini quyidagi kategoriyalar orqali belgilanadi:

-odam (kattalik bilan xarakterlanuvchi hayot faoliyati davridagi yaxlitlik);

-kattalik (katta odamning o’qitish sub’ekti sifatidagi o’ziga xos jixati);

-ta’lim (tizimli ta’lim va tarbiya asosida, insoniy sifatlami shakllantirish va

rivojlantirishning ijtimoiy-madaniy mexanizmi);

-kattalar ta’limi (uzluksiz ta’lim jarayoni kontekstida odamning kasbiy-shaxsiy jixatdan

ulg’ayishi);

-uzluksiz ta’lim (kishi hayot faoliyatining bir butunligi, davomiyligi asosidagi ta’lim);

andragog (kattalar ta’limi soxasida faoliyat ko’rsatuvchi mutaxassislarning umumiy nomi).

Andragogikaning asosiy vazifasi shundan iboratki, u katta yoshdagi insonga o’ziga kerak

bo’lgan axborotni qabul qilish, ma’lumot olish va o’z sohasini qayta kо’rib chiqish imkoniyatini

yaratib beradi. Andragog uchun eng zarur tushuncha bu, katta yoshli insonni ta’limning turli

tashkiliy shakllariga jalb etish yoki mavjud ishlab chiqarishni, uzluksiz ta’lim tizimi orqali


background image


87

yuksaltirish ishidagi ishtirokini ta’minlashdir. Inson hayotining o’zi uzluksiz ta’lim hisoblanadi va

aniq o’quv muddatlari bilan chegaralanmaydi.

Kattalar ta’limi amaliyotini o’rganuvchi va umumlashtiruvchi fan sifatida andragogika

kattalarning ta’lim olish maqsadini shakllantirishni va ro’yobga chiqarishni asoslab beradi.

Faoliyatning nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqar ekan, andragogika insonnning butun

hayot yo’li davomida o’qitishni ko’zda tutadi. U kattalarga ta’lim berish tamoyillarini, usul xamda

vositalarini aniqlaydi.

Ular yordamida kattalar hayoti rivojlantiruvchi, ijtimoiylashtiruvchi va moslashtiruvchi

ta’lim bilan boyitiladi. Pedagogikadan farqli ravishda androgogikaning ta’limiy maqsadi

o‘rganuvchilarga mazmunni qabul qilishga va unga tanqidiy fikr bildirishga zamin yaratish hamda

uni hayotda amaliy qo‘llay olishda namoyon bo‘ladi.

Albatta kattalar ta’limi va malaka oshirishning о‘ziga xosligini anglash hamda uni tashkil

etish bо‘yicha xorij olimlarining yondashuvlari qatorida mamlakatimiz olimlarining ham

qarashlari mavjud. Jumladan, mana shunday qarashlarda ta’lim olishning о‘ziga xosligini anglash

hamda uni tashkil etish bо‘yicha tо‘rtta tamoyil ilgari surilgan. Ular:

Birinchisi –

tenglik tamoyili

. Unda kattalar ta’limidagi pedagog mashg‘ulot boshidanoq

о‘zini tinglovchilar kabi, ya’ni, huddi ushbu guruh ishtirokchisi sifatida kо‘rsatishi kerak. Undan

tashqari tenglik tamoyili darsning barcha jihatlariga: jihozlarning joylanishi (masalan. о‘quv

stollarni qatorlar о‘rniga davra shaklida joylashtirish), pedagogning joyi (u guruh oldida

turmasdan, balki davraga qо‘shilib о‘tirishi mumkin), sо‘zlash uslubi (ma’ruzani о‘qimaslik balki

suhbat olib borish), guruhga murojaat qilish («ishtirokchi» yoki «о‘rtoqlar» deb emas, balki

«azizlar», «hamkasblar») kabilarga ham taaluqlidir.

Ikkinchi tamoyil –

faol ijod.

Ma’lumki, kattalar о‘z faoliyati davomida muayyan tajriba

orttirishadi. Mazkur tajriba esa, о‘ziga xos stereotiplarni shakllantiradi. Shuning uchun ham

pedagoglar garchi tajribali bо‘lsada, yangi vazifani eskicha usullarda bajarishga intiladi. Kattalar

ta’limida faol ijod tamoyili muhim bо‘lib, u stereotiplarni yо‘q qilish hamda pedagoglarni yangi

g‘oyalarni qabul qilishga tayyorlaydi.

Uchinchi tamoyil –

shaxsiyatlilik.

Kattalar ta’limida yosh xususiyatlari, ijtimoiylashganlik

darajasi, xayotiy muammolari, sog‘lik va diqqatni jamlash bilan bog‘liq jihatlar yoshlar ta’limidan

farqlanadi. Bu jihatlar ta’lim jarayonida kо‘zga tashlanishi tabiiy bо‘lib, mana shunday

vaziyatlarda ham kattalar ta’limidagi har bir ishtirokchi о‘ziga xos xususiyatlarga ega bо‘lgan

«shaxs» ekanligini unutmaslik lozim bо‘ladi.


background image


88

Tо‘rtinchi tamoyil –

komfort (qulaylilik).

Yuqorida aytilganidek, kattalar ta’limida yosh

xususiyatlari, ijtimoiylashganlik, xayotiy muammolar, sog‘lik va boshqa jihatlar о‘ziga xos

hisoblanadi. Mazkur omillarni ta’lim jarayoniga imkon qadar ta’sirini kamaytirish uchun kattalar

ta’limida komfort (qulaylilik) – xonaning jihozlanishi, xavo xarorati, tanaffuslar oralig‘i, axborot

yetkazish tezligi va metodikasi kabilarni inobatga olish zarur hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki:

Andragogika tushunchasi bizga yaqinda yetib kelganiga qaramay, yurtimizda kattalar

ta’limini rivojlantirish bo‘yicha turli hil islohotlar olib borilmoqda. Kattalarning o‘qishni

istamaslik eng avvalo, insonning shaxsiy va ijtimoiy maqsadlari bilan qaraganda o‘qish uchun endi

kech degan fikr va do‘stlari, qo‘shnilari, qarindoshlari ko‘zi o‘ngida kulgiga qolishdan qo‘rqish

bilan izohlanadi. Kattalarni o‘qitish ta’limida noan’anaviy ta’lim metodlari va

texnolgiyalarnining samarasi an’anaviy darsning samarasidan ko‘ra ancha sezilarli natijani kasb

etadi. Ta’lim sifatini ta’minlashda eng asosiy omillardan biri – malaka oshirish jarayonida

tinglovchilarning kasbiy malakasining yuqori darajasini, uning kompetentligini ta’minlash

hisoblanib, kasbiy malakaning rivojlanganlik darajasini aniqlash, kichik hajmdagi topshiriqlar

berish orqali o‘z-o‘zini takomillashtirishga qat’iy intilishni qaror toptirish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1.

O‘.M.Asqarova, M.A.Abdullaeva, M.Boltaeva “Andragogika” o‘quv qo‘llanma.

Namangan-2014.

2.

Mirsoliyeva M.T. Andragogikaning taraqqiyot yo‘nalishlari. Zamonaviy ta’lim ta’lim. –

2021.

3.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

4.

Ivanov D.A., Mitrofanov K.G., Sokolova O.V. Ta’limda kompetentsiya yondashuvi.

Muammolar, tushunchalar, vositalar. O’quv qo’llanma. - M.: APK va PRO, 2003.- 101 b.

5.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF

METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL

THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

References

O‘.M.Asqarova, M.A.Abdullaeva, M.Boltaeva “Andragogika” o‘quv qo‘llanma. Namangan-2014.

Mirsoliyeva M.T. Andragogikaning taraqqiyot yo‘nalishlari. Zamonaviy ta’lim ta’lim. – 2021.

O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi 637-son qarori bilan tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.

Ivanov D.A., Mitrofanov K.G., Sokolova O.V. Ta’limda kompetentsiya yondashuvi. Muammolar, tushunchalar, vositalar. O’quv qo’llanma. - M.: APK va PRO, 2003.- 101 b.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов