LEXICAL-SEMANTIC RELATIONS IN LINGUISTICS

HAC
Google Scholar
f
133-136
0
0
To share
Husanova, D. (2024). LEXICAL-SEMANTIC RELATIONS IN LINGUISTICS. Modern Science and Research, 3(2), 133–136. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30365
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about semantic relations between lexemes. Semantic relations between lexemes and their types are analyzed.

Similar Articles


background image


133

TILSHUNOSLIKDA LEKSIK-SEMANTIK MUNOSABATLAR

Husanova Dildora Begimqul qizi

dildora.husanova1@icloud.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10874803

Annotatsiya.

Ushbu maqolada leksemalar orasidagi ma’no munosabatlar haqida so’z

yuritiladi. Leksemalar orasidagi semantik

aloqalar va ularning turlari tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

leksema, semema, sinonimiya, antonimiya, graduonomiya.

LEXICAL-SEMANTIC RELATIONS IN LINGUISTICS

Abstract.

This article talks about semantic relations between lexemes. Semantic relations

between lexemes and their types are analyzed.

Key words:

lexeme, sememe, synonymy, antonymy, graduonomy.

ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОТНОШЕНИЯ В ЯЗЫКОЗНАНИИ

Аннотация.

В данной статье говорится о семантических отношениях между

лексемами. Анализируются семантические связи между лексемами и их типами.

Ключевые слова:

лексема, семема, синонимия, антонимия, градуономия.

Til jamiyat mahsuli sifatida shakillangan murakkab, ijtimoiy biologik, psixik hodisa ekan,

insonning olamni anglashi, dunyoni bilish sezgilari jamlangan a’zolarning nutq apparati sifatida

takomillashuvi muayyan tarixiy davr hamda tizim talablari asosida amalga oshgan.

1

Ya’ni, til

kishilik jamiyatida eng muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri hisoblanadi. Tilda so’zlar

ma’no anglatadi, biror-bir obekt yoki narsa hodisani ifodalaydi va ularga belgi va ishora beradi.

Bizga ma’lumki, tilshunoslik juda ham keng qamrovli va ko’p qirrali soha hisoblanadi.

Ushbu sohaning aynan leksik birliklar bilan shug’ullanuvchi, o’rganuvchi bo’limi bu leksikologiya

bo’lsa, uning ham leksik birliklarni qaysi jihatdan o’rganilishiga ko’ra tarmoqlari juda ham ko’p.

Leksikologiyada leksemalar orasidagi munosabatlar ham tilshunoslik uchun juda ahamiyatli

holatlardan biridir. So’zlar orasidagi munosabatlarni asosiy ikki turga bo’lish mumkin. Bular

leksik-semantik va leksik-shakliy munosabatlar hisoblanadi. Leksik-semantik munosabatlar

deganda leksemalarning o’zaro ma’no asosida o’xshashlik va farqlari tushunilsa, leksik-shakliy

munosabat sifatida leksemanlarning o’zaro shakl asosidagi o’xshashlik va farqlari e’tiborga

olinadi.

2

1

Zulxumor X. Tilshunoslik nazariyasi. – T.: Nodirabegim, 2020.- 9b.

2

O’zbekiston milliy entiklopediyasi T; 2000B


background image


134

Leksik-semantik munosabat deganda yuqorida ta’kidlanganidek, so’zlarning ma’no

jihatdan bir biri bilan o’xshash yoki farqlariga ko’ra aloqaga kirishishiga aytiladi. Lisonda

leksemalar ma’nolari jihatdan bir biri bilan munosabat hosil qiladi va ushbu munosabatlar turli xil

paradigmalarni paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Ushbu paradigmalarga antonimlar, sinonimlar,

giponimlar va graduonimlarni misol qilib olishimiz mumkin.

Leksik shakildoshlika esa omonimlar va paronimlar paradigmasini kiritishimiz mumkin.

Chunki omonimlar bu shakil jihatdan o’xshash ammo ma’no jihatidan umuman bir biriga mos

kelmaydigan so’zlar hisoblanadi, masalan ingliz tilida

mean- baxil, mean-ma’no anglatmoq

bu

ikki holatda mean so’zida omonimlikni ko’rish mumkin. Paronimlar esa talaffuzdosh so’zlar

hisoblanib, ular talaffuzda o’xshash bo’lganligi bilan ma’no jihatdan bir birlaridan farq qiladi.

Ingliz tilida paranomlar anchagina bo’lib, yozilishi va ma’nosi umuman boshqa ammo talaffuzi

bir xil so’zlar hisoblanadi. Misol uchun,

are [a:]- tobe fe’li, our [a:]- bizning.

Bu leksemalar

ma’no jihatdan bir biri bilan aloqada bo’lmaganligi sababli ularni leksik-semantik munosatdagi

paradigmalar qatoriga kirita olmaymiz.

Endi ma’no jihatdan bir biriga bog’liq so’zlarning paradigamalarini o’rganib chiqadgan

bo’lsak, avvalambor sinonimiya hodisasiga qaraylik. Bir umumiy ma’noga ega bo’lgan, ya’ni

denotativ ma’nosi bir xil, ammo qo’shimcha (konnotativ) ma’nosi, ifodaliligi, uslubiy va boshqa

munosabat ifodalovchi xususiyatlari bilan farqlanuvchi til birliklari sinonimlar deyiladi.

Leksemalar orasidagi bu munosabat sinonimiya yoki sinonimlik munosabati deyiladi. Sinonimlar

so’zlar bir narsani turli ko’rinishda atab kelayotganligi uchun ham atash semasi bir xil bo’ladi va

albatta vazifa semasi jihatdan ham bir xil vazifani bajaradi, ya’ni bir so’z turkumlari orasida

amalga oshiriladi. Ammo ifoda semasi jihatidan ular bir biridan farq qiladi. Misol uchun chiroyli

so’zining sinonimlariga qarasak,

kelishgan-chiroyli-ketvorgan

kabi soniminlar bir xil sifat so’z

turkumiga mansub, bir xil go’zallik ma’nosini ifodalaydi, ammo ifoda qilish usulidan bir biridan

farq qiladi. Masalan

ketvorgan

so’zi ko’pincha ko’cha tiliga mansub bo’lib, bu so’zni rasmiy

muloqotda yoki ijobiy jihatdan biror kishini tariflaganda ishlatish ifodani buzilishiga olib keladi.

Bu holat so’zlarning uslubiy bo’yoqdorligi ham deyiladi. Ingliz tilida ham shu holat mavjud

bo’lib,

average-looking, good-looking, pretty, beautiful, gorgeous

so’zlari misol bo’la oladi va

ushbu sinonimlar qatori ma’no jihatdan o’rtacha ko’rinishda degan ma’nodan to juda ham chiroyli

ma’nosini ifodalaydi va bu yerda uslubiy bo’yoqdorlikdan tashqari sinonimlarning daraja

ifodalashi ham ko’zga tashlanadi. Sinonimlarning ifoda semasi ham turli xil bo’ladi.

-

Ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi;

-

Leksemaning qo’llanilish davrini ko’rsatuvchi sema: eskirgan, yangi, arxeik;


background image


135

-

Leksemaning qo’llanilish doirasini ko’rsatuvchi semalar: shevaga xos, kitobiy, rasmiy.

Sinonimlar qatorida dominanta (bosh) ma’nodagi so’z yuqoridagi barcha xususiyatlarga

nisbatan betaraf bo’ladi. Ya’ni dominanta ma’nodagi leksema na salbiy va na ijobiy ma’no

bermaydi, qo’llanilish doirasi va davri boshqa ma’nodoshlariniiga nisbatan keng va ko’p bo’ladi.

Ma’nodosh so’zlar doim nutq uchun juda muhim hamiyat kasb etgan. Undan to’g’ri foydalanish

Qadimgi Yunonistonda ham muhim hisoblanib, notiqlikning bir belgisi hisoblanilgan. Sinonimlik

qatori davrlari o’tishi bilan kengayib, torayib, yangilanib boradigan qator hisoblanadi.

Antonimlar bir biriga qarama-qarshi, zid ma’noli lisoniy birliklar hisoblanadi. Antonimlar

leksik yoki morfemik antonimlar bo’lishi mumkin. Leksik antonimlar so’zlar bilan ifodalanhgan

antonimlar bo’lib, ularga

katta kichik, yosh-qari

kabilarni misol qilishimiz mumkin. Leksik

antonimlar asosan, sifat, ravish va fe’l so’z turkumlarida ko’p uchraydi. Ot turkumiga oid so’zlarda

ham antonimlar mavjud bo’lsa-da, ular o’z mohiyatiga ko’ra ot kabi predmetlik ma’nosiga ega

emas. Ular ma’nosi asosida hamma vaqt belgi yoki harakat yotadi.

3

Ot so’z turkumidagi so’zlada

tomonni bildirgan (g’arb-sharq, o’ng-chap), kun qisimlarini bildiruvchi so’zlar (kun-tun), yoki

abstrak otlarda (sevgi-nafrat, baxt-qayg’u) asosan bir-biriga zid ma’nolikni ko’rishimiz mumkin.

Qolgan holatlarda kontkret otlar predmetni ifodalaganligi uchun ham ko’pincha o’zining zid

ma’noli juftiga ega bo’lmaydi. Fe’llarda antonimlik hodisasini bo’lishli-bo’lishsiz shakil bilan

adashtirib qo’ymaslik zarur. Fe’llarning bo’lishsiz shakli ularning antonimlik shakli

hisoblanmaydi.

Keldi-kelmadi

bu ikki fe’l antonimlar emas, antonimlik ma’nosini berish uchun

ikki musytaqil ma’noli leksik birlik bir biriga zidlik ma’nosini berishi kerak, misol uchun

keldi-

ketdi

bu ikki fe’llarni antonim deyish mumkin. Ingliz tilida ham fe’llarning bpo’lishsiz shakli

asosan yordamchi fe’l va

not

inkor yuklamasi orqali yasalganligi uchun ular antonym deyilmaydi,

come-don’t come.

Ammo ma’no jihatdan zid ma’nolilarini esa antonimlar deyish mumkin,

open-

close.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, affikslar orasida ham antonimlik holatini kuzatish mumkin,

suvli-suvsiz, puldor-pulsiz.

Bir so’z bilan aytgandan antonimlik hodisasi ikki holat yoki narsani bir

biriga zidlash ma’nosini ifodalaydi, ammo bu zidlik biror narsani inkor etish emas, balki unga

qarama-qarshi bo’lgan tushunchani qo’yish orqali hozil bo’ladi.

Tilshunoslikda yana bir leksik-semantik paradigma mavjudki, bu paradigma ham

antonimlar, ham sinonimlar orasida uchrashi mumkin. Bu graduonomiya paradigmasidir.

Garduonomiya so’zi grekcha gradatio-“ko’tarilish”, “o’sish” , onymo-“nom”

4

so’zlaridan olingan

3

Mirtojiyev M. O’zbek tili semesiologiyasi. – T.: Mumtoz so’z , 2010. -B.227

4

Mengliyev B. Hozirgi o’zbek tili. Darslik.Toshkent. Tafakkur bo’stoni. 2018. -B.169


background image


136

bo’lib, lisoniy birliklar orasida biror bir belgi yoki miqdorning ozayishi yoki ko’payishiga ko’ra

darajalar hosil qilishiga nisbatan aytidai. Dastavval graduonomiya hodisasi alohida paradigma

sifatida emas, balki faqat sinonimlar orasida o’rganilgan. Masalan, o’rtacha ko’rinishda, chiroyli,

jozibador kabi sinonimlar qatori go’zallikning ortib borishi bilan daraja hosil qilib, graduonomik

qator hozil qilgan. Ammo graduonomiya faqatgina sinonim so’zlar orasida mavjud emas. Misol

uchun,

chaqaloq, bola, o’smir

bu qatorda darajalanish yoshga nisbatan o’sish bilan yasalgan.

Undan tashqari graduonomiya hodisasi antonym so’zlar orasida ham uchraydi. Antonym so’zlar

orasida graduonomiya hodisasi yuz berganda ular orasida bitta neytral so’z mavjud buladi.

Katta-

o’rta-kichik

bu qatordagi so’zlarda o’rta neytral so’z bo’lib, u ikkita zid ma’noli so’zlar orasida

graduonomik qator hosil qilgan.

Xulosa qilib aytganda, leksemalar orasidagi semantic aloqalar har xil bo’lib, ular bir biriga

ma’no jihatdan bo’lgan munosabati orqali farqalanadi.

REFERENCES

1.

Mengliyev B. Hozirgi o’zbek tili. Darslik.Toshkent. Tafakkur bo’stoni. 2018.

2.

Mirtojiyev M. O’zbek tili semesiologiyasi. – T.: Mumtoz so’z , 2010.

3.

Zulxumor X. Tilshunoslik nazariyasi. – T.: Nodirabegim, 2020.

4.

O’zbekiston milliy entiklopediyasi T:2000.

References

Mengliyev B. Hozirgi o’zbek tili. Darslik.Toshkent. Tafakkur bo’stoni. 2018.

Mirtojiyev M. O’zbek tili semesiologiyasi. – T.: Mumtoz so’z , 2010.

Zulxumor X. Tilshunoslik nazariyasi. – T.: Nodirabegim, 2020.

O’zbekiston milliy entiklopediyasi T:2000.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов