THE STAGES OF STUDYING THE HISTORY OF THE FIRST HADITH AND KALAM SCHOOLS IN CENTRAL ASIA

HAC
Google Scholar
To share
Gulamova, D. . (2024). THE STAGES OF STUDYING THE HISTORY OF THE FIRST HADITH AND KALAM SCHOOLS IN CENTRAL ASIA. Modern Science and Research, 3(2), 19–24. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30637
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the processes of the origin of Hadith studies, its spread in the Islamic world, the stages of development, scientists who classified Hadith studies, as well as analytical approaches and theories concerning the structural and fundamental study of Hadith studies.


background image


19

O’RTA OSIYODA ILK HADIS VA KALOM MAKTABLARI TARIXINING

O’RGANILISH BOSQICHLARI

Dilafruz Gulamova

“Jo’ybori Kalon” ayol-qizlar

o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi OXU magistranti.

https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10911137

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Hadis ilmining paydo bo’lishi, uning Islom olamiga

tarqalishi jarayonlari, taraqqiyot bosqichlari, Hadis ilmini tasnif etgan olimlar hamda tarkibiy

jihatdan asosiy qismlarni o’rganishga oid tahliliy yondoshuvlar hamda nazariyalar yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Hadis, sahoba, ilm ud-diroya, quvvai hofiza, al-Javomi’ al-mubavabba, As-

Sunan, al-Musnad,

al-Kabir.

THE STAGES OF STUDYING THE HISTORY OF THE FIRST HADITH AND

KALAM SCHOOLS IN CENTRAL ASIA

Abstract.

This article highlights the processes of the origin of Hadith studies, its spread in

the Islamic world, the stages of development, scientists who classified Hadith studies, as well as

analytical approaches and theories concerning the structural and fundamental study of Hadith

studies.

Keywords:

hadith, companion, Ilm al-diraya, Kuwai Hafiz, Al-Jawami Al-mubawabba, as-

Sunan, al-Musnad, al-Kabir.

ЭТАПЫ ИЗУЧЕНИЯ ИСТОРИИ ПЕРВЫХ ШКОЛ ХАДИСОВ И КАЛАМОВ

В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

Аннотация.

В этой статье освещаются процессы зарождения хадисоведения, его

распространение в исламском мире, этапы развития, ученые, классифицировавшие

Хадисоведение, а также аналитические подходы и теории, касающиеся структурно-

фундаментального изучения хадисоведения.

Ключевые слова:

хадис, сподвижник, Ильм уд-дирая, Кувай Хафиза, Аль-Джавами

Аль-мубавабба, ас-Сунан,аль-Муснад, аль-Кабир.

Hadis ilmining paydo bo'lishini Payg'ambar alayhissalomning vafotidan bir asr o'tgandan

keyin bilan bog'lash to'g'ri bo'ladi. Chunonchi Payg'ambar hayot vaqtlarida uning so'zlariyu qilgan

ishlarini avval boshda faqat eshitish va mushohada qilish bilan chegaralangan bo'lsa, so'ngroq

ularni naql etib rivoyat qilina boshlandi. Payg'ambardan hadis eshitgan sahobalar ham har xil

sharoitda bo'lganlar-qay birlari ko'proq, boshqalari kamroq eshitganlar. Bu hol esa naql va


background image


20

rivoyatga ehtiyojning oshishiga sabab bo'lgan. Ayni vaqtda sahobalar hadisni Payg'ambardan

bevosita eshitganlari boisidan, shuningdek quvvai hofizalari o'ta kuchli bo'lganligidan ham rivoyat

qilishgan hadislarda ishtiboh, yolg'on yoki unitish kabi hollar umuman kuzatilmagan.

Payg'ambar alayhissalom vafotlaridan keyin, sahobalar islom diniga kirgan yangi-yangi

o'lkalarga yoyilib tarqab ketgach, Payg'ambar hadislarini bilishga ehtiyoj va zarurat tobora osha

borgan. Yillar o'tishi bilan bu ehtiyoj yanada kuchayib xilma-xil shar'iy ahkomlarni bilish va

Qur'oni karim ma'nolarini idrok etib chuqur anglashga ehtiyoj kuchayadi. Mana shu sabablarga

ko'ra hadislarni izlab topish, ularni aniqlash talabida turli o'lkalarga har xil safarlar va rihlatlar

ko'payadi. Vaqt o'ta borishi bilan hadis roviylarining ko'pligidan ularni aniq bilish, sanadini

tekshirib bilish, ular o'rtasidagi tafovut va qaysinisi to'g'riligiga ishonch hosil qilish kabi qator

masalalar vujudga keldiki, bularni o'rganadigan maxsus ilm-hadis ilmlari paydo bo'ldi. Hadis

ilmining taraqqiyot bosqichlari haqida to'xtalsak, quyidagilarni qayd qilish lozim bo'ladi.

1

.Payg'ambar alayhissalom davrida hadis ilmi.

Bu davrdagi hadis ilmi, yuqorida qayd

etilganidek, sahobalarni Payg'ambardan eshitgan hadislari va uning holatlarini mushohada

etganlari bilan belgilanadi. Keyin ular (sahobalar) g'oyib bo'lganlarga u hadislarni yetkazganlar.

Shu boisdan ham bu dastlabki bosqichda hadis ilmi rivoyat, yodda saqlash (hifz) va

g'oyiblarga yetkazish kabi xususiyatlarga ega bo'lgan.

2.

Sahobalar davrida hadis ilmi.

Bu davr, asosan Payg'ambar vafotlaridan keyin

boshlanadi, chunonchi shu paytdan boshlab hadis rivoyat qilishga alohida talab paydo bo'ladi va

avvalroq zikr qilganimizdek, shu maqsad yo'lida boshqa shahar va mamlakatlarga safarlar ham

boshlanadi. Ayni vaqtda sahobalar katta e'tibor bilan rivoyat qilinadigan hadislarga biror xato

voqe' bo'lishdan ham ogoh bo'la boshladilar. Chunonchi bu xususda Payg'ambar

alayhissalomning

"kimki menga nisbatan yolg'onni so'zlasa, shubhasiz u jahannamdan joy

oladi"

, degan ochiq-oydin hadislari ham bor edi. Darvoqe rivoyatning to'g'ri (haqiqat) ekanligi,

uning shartlari, xillari, ahkomlari, roviylarning holatlariyu sharoitlariga doir hadis ilmidagi turli-

tuman masalalarni tadqiq qiladigan maxsus soha bo'lib, uni

ilm ud-diroya

deb ataladi. Binobarin

ana shu paytdan e'tiboran roviylarning rivoyatlarini aniqligi, ular Payg'ambarni ko'rganlari yoki

undan bevosita eshitganligi haqida shohidlarni talab qilish, bu haqda hatto qasam ichirish kabi

masalalar ko'tarila boshladi. Bunga qo'shimcha rivoyat qilinadigan hadisning matnini tadqiq

etishga ham alohida e'tibor berildi. Bu hol keyinchalik hadisshunoslikda matnni tanqidiy (ilmiy)

tarzda o'rganish (ya'ni

naqd al-matn

) deb ataladi. Mazkur holatlarda matnni aniqlashda islom dini

asoslari-Qur'oni karim oyatlari yoki boshqa shu mavzuga dahldor hadislarga asoslanib, yetarli dalil

va isbotlarga tayangan holda xulosa chiqarilardi. Mana shu jarayonda sahobalar Payg'ambar


background image


21

alayhissalomdan hadislar rivoyat qilishlik naqadar katta mas'uliyatni va ayni vaqtda g'oyatda

muhim va hatarli ekanligini angladilar. Chunki hadislarni ishonchli, to'g'ri rivoyat qilmay uni xato

yoki yolg'on, noto'g'ri holda keltirilishi jamiyat uchun muhimligi ayon bo'ldi. Halol va harom

tushunchalari, hamda boshqa shar'iy ahkomlarni to'g'ri talqin qilish uchun endi sanad zarurati ham

tug'ildi. Bunga ayniqsa, musulmonlar orasida har xil siyosiy fitnalar va mojarolar paydo bo'la

boshlagach, tobora ehtiyoj kuchaya boshladi. Bu masalani aniqlash uchun boshqa shaharlarga

borishlar ham avj olaboshladi. Hatto bitta hadisni aniq bilish uchun qanchadan-qancha masofa,

cho'li-biyobonlarni bosib o'tishga to'g'ri keladi. Masalan Payg'ambar alayhissalomning suhbatida

necha martalar bo'lib undan ko'pdan-ko'p hadislar eshitgan Abu Ayub al-Ansoriy Madinai

Munavvaradan atigi bitta hadis eshitish uchun Misrga, Aqaba ibn Omir huzuriga borgan va o'sha

hadisni eshitgach, yana uloviga minib o'z shahri Madinaga qaytib kelgan. Hijriy ikkinchi asrdan

boshlab, sahobalar davri tugab hadislarni ham matn, ham sanad jihatidan chuqur o'rganib tadqiq

etishga ehtiyoj yanada kuchaydi. Bu masala ayniqsa islom olamida turli-tuman firqalar (guruhlar)

va mazhablar paydo bo'lgandan keyin yanada katta ahamiyat kasb etdi. Shu maqsadda

hadisshunoslikda jarh va ta'diyl ilmi paydo bo'lib, u roviylarning holatlarini tadqiq etib ular

aytganlarini qabul qilish yoki rad etishni o'rganardi. Hadis roviylarining tarixlari va ularning to'liq

tarjimai hollarini o'rganish bilan shug'ullanadigan olimlar paydo bo'lib, bu sohada alohida asarlar

yarata boshladilar.

Hijriy uchinchi asrdan boshlab esa hadis xususidagi izlanishlar yanada kuchayib, mustaqil

asar va tasniflar paydo bo'la boshladi. Bu asrda yashagan mashhur olimlardan Ali ibn al-Madiniy

(vafoti 849 yil), imom al-Buxoriy va boshqalarni ko'rsatish mumkin.

1

Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning yo'l-yo'riqlari va ko'rsatmalari, u zoti

sharifga mansub pandu- nasihatlar yig'indisi hadislar deb atalib, ular har qanday davr uchun ham,

har qanday jamiyat uchun ham juda katta ahamiyatga egadir. Chunonchi, hadislar Qur'oni

karimdan keyin shariat axkomlarining asosini tashkil qiladi.

Ma'lumki, tarixan g'oyatda qisqa muddatda nozil bo'lgan Qur'oni karim oyatlari ba'zi

hollarda umumlashtirilgan, murakkab holda keltirilgan bo'lganligidan Payg'ambarimiz hadislari

ushbu oyati shariflarni kengroq talqin etadi, ularni oddiylashtirib bayon qilib, unda keltirilgan

voqea va hodisalarni ko'pchilikka tushunarli qilib mufassal holatda sharhlaydi.

Payg'ambar alayhissalom hadislari u zoti sharif yashagan davr uchun haqiqiy bir ko'zgu

vazifasini ham o'taydi. Chunki ular sarvari olamning hayotlari, husni axloqlari, adolatli jamiyat

1

Imom Buxoriy taʼrifi” (tarjima va izohlar muallifi Saidazim Muhammad Ali), – T.: Choʻlpon. 1996.19-bet


background image


22

qurish yo'lida ko'rsatgan beqiyos sa'iy-harakatlari, yaxshiligu-xayr barakotga asoslangan

faoliyatlarni o'z ichiga oladi. Mana shularga binoan oldin o'tgan hech bir Payg'ambarlar va

ulug'larga ko'rsatilmagan alohida bir e'tibor bilan ilm ahllari hadislarni to'plashga kirishdilar. Hadis

ilmi bilan shug'ullanish eng aziz va sevimli mashg'ulot hisoblanib, ularni to'plash uchun olimu

ulamolar butun aql-zakovatiyu, qalb qo'ri bilan kirishganlarini alohida ta'kidlash zarur.

Payg'ambar hayot vaqtlarida hadislarni yozib olish odat bo'lmagan. Ayrim sahobalarning

fikricha, Payg'ambarning o'zlari hadislarini yozma qayd etishni ma'n qilganlar.

"Mendan

Qur'ondan boshqa hech narsa yozmanglar, agar kimki biror narsa yozgan bo'lsa, o'chirib

tashlanglar. Mendan faqat hadis aytinglar, xolos. Buni hech zarari yo'q"

, - deb uqdirganlar

avvaliga Payg'ambar alayhissalomning o'zlari. So'ngra Payg'ambarning o'zlari Abdulloh ibn Amr

ibn al-Ossga izn qilganlaridan keyin hadislar zarur hollarda yozma ravishda ham qayd etila

boshlagan. Payg'ambar vafot etganlaridan keyin ma'lum darajada tortishuv va munozaralardan

keyin har xil mavzularga doir hadislar kitobat holiga keltirila boshlandi. Masalan sahobalardan

Jobir ibn Abdulloh haj ziyoratining yo'l-yo'riqlari (Manosik al-haj) xususidagi hadislardan bir

kichik kitob bitgan bo'lsa, Samara ibn Jundab esa Rasulullohdan eshitgan hadislari asosida o'z

o'g'illariga bir vasiyatnoma yozib qoldiradi. Tobe'inlar davrida esa hadislarni kitobat etishga

qarshilik qiluvchilar ozchillikni tashkil etib, uni kitobatini qo'llab-quvvatlagan tobe'iynlar esa

aksariyatni tashkil etardi. Ushbu davrda, ya'ni sahobalar va tobe'iynlar davrida ikki xil fikr qaror

topib, hadislarni ham yozma, ham og'zaki tarzda rivoyat qilish odat tusiga kirgan edi.

Hadislarni tadviyn etish-ularni muayyan bir to'plamga yig'ish demakdir. Dastavval

hadislarni to'plam shaklida qayd etishni boshlagan olim Abdulaziz ibn Marvon (vafoti 704 yil)

hisoblanadi. U Misrda amirlik vazifasida bo'lgan, lekin o'z maqsadiga erishmasdan burun vafot

etadi. Uning ishini o'g'li Umar ibn Abdulaziz (vafoti 720 yil) davom etdiradi. Hadislarni bu tariqa

qayd etilishidan ko'zda tutilgan asosiy maqsadlar-ularni sahih (to'g'ri, ishonchli) larini noqis

mavzulari bilan aralashib ketishlikni oldini olish va muayyan hadisni rivoyat qilgan roviy va

ulomalarning vafotlari tufayli ularni yo'q bo'lib ketish xavfidan edi. Shu boisdan ham Umar ibn

Abdulaziz hadislarni yozma qayd etishni buyurganda Madina ahliga

"Rasululloh-sallolohu

alayhi va sallam

ning hadislarini eshitgan zahotingiz yozib olingizlar, chunki uni

bilgan

ulamolarni dunyodan o'tib ketishlaridan havotirdaman",-deb yozgan edi. Umar ibn

Abdulaziz bu muhim vazifani topshirgan muhaddislarning boshliqlaridan Abu Bakr ibn

Muhammad ibn Amr ibn Hazm, Muhammad ibn Muslim ibn Shihob az-Zuhriylar bor edi.

Hijriy ikkinchi (melodiy sakkizinchi) asrning o'rtalaridan e'tiboran hadislarni tasnif etish

ham boshlanadi. Eng avvalo ularni boblarga ajratib tasnif etgan olimlardan ar-Rabiy' ibn Subayh


background image


23

as-Sa'diy (vafoti 777 yil), basralik Sa'iyd ibn Abu Aruba (vafoti 773 yil), yamanlik Xolid ibn

Jumayl, Muammar ibn Roshid al-Azadiy (vafoti 770-yil), makkalik Abdumalik ibn Abdulaziz ibn

Jurayj (vafoti 768-yil), Sufyon ibn Uyayna (vafoti 812-yil), kufalik Sufyon ibn Sa'iyd as-Savriy

(vafoti 778-yil), basralik Hammod ibn Salma (vafoti 783-yil), Shomdan al-Valiyd ibn Muslim

(vafoti 810-yil), rayylik Jurayr ibn Abdulhamiyd (vafoti 803 yil), Xurosondan Abdulloh ibn al-

Muborak (vafoti 797-yil), Vositdan Xushaym ibn Bashiyr (vafoti 799-yil) kufalik Zakariyo ibn

Abu Zoida (vafoti 767-yil), Muhammad ibn Fuzayl ibn G'azvon (vafoti 810 yil), Vakiy' ibn Jarroh

(vafoti 813 yil), yamanlik Abdurrazoq ibn Hammom (vafoti 827 yil) larni ko'rsatish mumkin. Shu

davrda yaratilgan asarlarni tahlil etib aytish mumkinki, ularning aksariyati muayyan bir mavzuga,

masalan, tafsir, ahloq-odob, g'azot, shar'iy ahkomlar kabi masalalarga bag'ishlangan edi. Mazkur

asarlar Payg'ambar alayhissalomning hadislari, sahoba va tobe'iynlarning so'zlarini o'zida

mujassam etgan edi. Ayni vaqtda ushbu asarlar hadislarning to'plami sifatida bo'lib, ularning

ishonchli (sahih)ligi masalasiga unchalik e'tibor berilmagandi. Hijriy uchinchi (melodiy

to'qqizinchi) asrdan boshlab esa, hadislarni ja'mlovchi (jomi’), musnad va mu'jam shaklidagi yirik

asarlar paydo bo'laboshladiki, tarkibiy jihatdan ularni uch asosiy qismga bo'lish mumkin.

1. Boblarga ajratilgan yirik asarlar

(al-Javomi’ al-mubavabba).

Bu asarlar turli-tuman

mavzularni o'zida qamragan bo'lib, ularga boblarga ajratilgan holda tartib berilgan.

Mana shu asarlardan imom al-Buxoriyning

"Al-Jomi’ as-sahih"

, imom Muslim ibn al-

Hajjojning

"Al-Jomi'

as-sahih"

,

at-Termiziyning

"Al-Jomi’

al-Kabir"

,

imom

Abu

Dovudning

"As-Sunan"

, imom an-Nasoiyning

"As-Sunan"

, imom Ibn Mojaning

"As-Sunan"

,

imom ad-Dorimiyning

"As-Sunan"

kabi asarlarini ko'rsatish mumkin.

2. Musnadlar

(al-Masoniyd).

Bu uslubdagi asarlarda ma'lum bir sahobaning rivoyatlari bir joyda zikr qilinib, undan

keyin ikkinchi sahoba davom ettiriladi. Bu asarlarda keltirilgan hadislarga mavzularga rioya

qilinmaydi. Masalan imom Ahmad ibn Hanbal o'zining

"al-Musnad"

nomli yirik asarida avval

to'rt to'g'ri xalifalarning (chahoryorlar) rivoyatlarini keltirib, keyin birin-ketin boshqa

sahobalarning rivoyatlarini keltiradi. Hammasi bo'lib uning asarida to'qqiz yuz to'rtta sahoba zikr

qilinadi. Muallif o'z asarini boblarga ham bo'lganligini aytish mumkin.

3. Mu'jamlar

(al-mao'jim).

Bu xildagi to'plamlarda musannif asariga o'z shuyux

(ustoz)larining hadislarini kiritib, ularning ismlarini mu'jam (alifbo) tartibida keltiradi.

Payg'ambar alayhissalomning hadislari islom jamiyatining ijtimoiy va ma'naviy hayotida

o'z mazmun-mohiyatiga qarab egallagan o'rinlari ham turlicha bo'lgan. Shunday hadislar bo'lganki,

ularni jamiyatning barcha a'zolari bilishlari zarur bo'lgan, ya'ni bu xildagi hadislar ommaviy


background image


24

iste'molda bo'lgan. Shu boisdan ham ulamolar, muhaddislar mana shunga asoslanib, ularni targ'ib

qilganlar, lekin ba'zi hadislar bo'lganki, ularni ayrim shaxslar bilishining o'zi kifoya bo'lgan. Mana

shu xususiyatlarga ko'ra hadislarni ba'zi olimlar, jumladan imom Muhammad ibn Idris ash-Shofi'iy

ikki asosiy qismga bo'ladi:

Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, islom tarixida buyuk maqom kashf etgan

muhaddisning shoh asari asrlar osha o‘rganilib, islom taʼlimotida Qurʼoni karimdan keyingi manba

sifatida foydalanib kelinmoqda. “Sahih al-Buxoriy” asarining yaratilishi va uning keyingi

avlodlarga yetib kelishida ham buyuk bir ibratli tarix bor. Zero, bu asarning butun musulmonlar

qalbidan joy olishi bejiz emas. Imom Buxoriyning tinimsiz ilm yo‘lida chekkan mashaqqati, qirq

yil sahroi-shaharlarni kezib qiyinchiliklarga sabr qilishi, tunu-kun qilgan ilmiy mehnati, sof

eʼtiqodi va xolis amalining buyuk samarasidir.

REFERENCES

1.

Imom Buxoriy taʼrifi” (tarjima va izohlar muallifi Saidazim Muhammad Ali), – T.:

Choʻlpon. 1996.19-bet

2.

Imom Buxoriy izidan .B.Amonov, N.Qobilov. T:. ”Mumtoz so’z” 2019y

3.

Buyuk siymolar, allomalar. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.T:1995.

4.

Moziydan taralgan ziyo. Imom al Buxoriy, T., 1998.

5.

K.Zaripov. Ta’lim-tarbiyada Qur’oni karim va hadislardan foydalanish. Buxoro. 1999y

References

Imom Buxoriy taʼrifi” (tarjima va izohlar muallifi Saidazim Muhammad Ali), – T.: Choʻlpon. 1996.19-bet

Imom Buxoriy izidan .B.Amonov, N.Qobilov. T:. ”Mumtoz so’z” 2019y

Buyuk siymolar, allomalar. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.T:1995.

Moziydan taralgan ziyo. Imom al Buxoriy, T., 1998.

K.Zaripov. Ta’lim-tarbiyada Qur’oni karim va hadislardan foydalanish. Buxoro. 1999y

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов