RELATIONSHIP OF PSYCHOLOGICAL CONDITIONS WITH EDUCATIONAL FACTOR IN "AL-ADAB AL-MUFRAD"

HAC
Google Scholar
To share
Hamroyeva, R. (2024). RELATIONSHIP OF PSYCHOLOGICAL CONDITIONS WITH EDUCATIONAL FACTOR IN "AL-ADAB AL-MUFRAD". Modern Science and Research, 3(2), 15–18. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30638
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the content of Imam Bukhari's work “al-Adab al-Mufrad”, as well as analytical approaches to the work on the role of moral and educational factors between parents and children in the psychological conditions of today.

Similar Articles


background image


15

“AL-ADAB AL-MUFRAD” ASARIDA PSIXOLOGIK SHART

-

SHAROITLARNING

TARBIYA OMILI BILAN O’ZARO BOG‘LIQLIGI

Hamroyeva Robiya

Osiyo Xalqaro Universiteti

Pedagogika-psixologiya yo’nalishi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10911191

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Imom Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad” asarining

mazmun mohiyati hamda asardagi ota-ona va farzand o’rtasidagi odob -axloq va tarbiyaviy

omillarning bugungi kun psixologik sharoitlarida tutgan o’rni haqidagi tahliliy yondoshuvlar

yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Jome’us-sahih, Al-adab al-mufrad, odob, ma’daba, Sahih, Kitobul Vo’iy,

muhaddis, Kitobul adab, Hadis, Mo’mina.

СВЯЗЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ УСЛОВИЙ С ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМ

ФАКТОРОМ В «АЛЬ-АДАБ АЛЬ-МУФРАД»

Аннотация.

В этой статье освещается содержание работы имама Бухари “аль-

Адаб аль-муфрад”, а также аналитические подходы к работе о роли моральных и

образовательных факторов между родителями и детьми в психологических условиях

сегодняшнего дня.

Ключевые слова:

Джомеус-Сахих, Аль-адаб Аль-муфрад, адаб, Мадаба, Сахих,

Китабул Воъий, мухаддис, Китабул адаб, хадис, Мумина.

RELATIONSHIP OF PSYCHOLOGICAL CONDITIONS WITH EDUCATIONAL

FACTOR IN "AL-ADAB AL-MUFRAD"

Abstract

. This article highlights the content of Imam Bukhari's work “al-Adab al-Mufrad”,

as well as analytical approaches to the work on the role of moral and educational factors between

parents and children in the psychological conditions of today.

Keywords:

Jomeus Sahih, Аl-adab Аl-mufrad, adab, Madaba, Sahih, Kitab ul Voiy,

muhaddis, Kitabul adab, hadith, Muminah.

Imom Buxoriy mashhur «Jome'us-sahih» kitoblarida ham «Kitobul adab» degan qism

ochib, uning ichida odob-axloqqa oid hadisi shariflardan bir yuz yigirma sakkiz bobda uch yuzdan

ortig‘ini keltirganlar.

Lekin imom Buxoriy bu bilan kifoyalanmay, «Jome'us-sahih»ga o‘zlariga yetib kelgan

boshqa hadislarni ham qo‘shib, «Al-adab al-mufrad» nomli kitob tasnif qilganlar. U kishi bu


background image


16

mavzuni o‘ta muhim hisoblaganlaridan unga alohida kitob bag‘ishlashni lozim ko‘rgan bo‘lsalar

kerak.

Bizning tilimizda «odob» tarzida talaffuz qilinishiga odatlanib qolingan arabcha «adab»

so‘zi aslida «ma'daba» o‘zagidan olingandir. «Ma'daba» esa, odamlarni da'vat qilingan ziyofatni

anglatadi. Odob ham odamlarni doimo da'vat qilinadigan ma'naviy ma'daba – ziyofat bo‘lgani

uchun shu nomni olgan.

Abu Muhammad o‘zining «Kitobul Vo'iy» nomli asarida: «Odob kishilarni maqtalgan

narsalarga chaqirgani uchun «odob» deb nomlangan», deydi.

Abu Zayd rahmatullohi alayhi: «Odob fazilatlardan biriga eltuvchi yaxshi urinishga

ishlatiladigan ismdir», degan.

Odobning ta'rifida juda ko‘p gaplar aytilgan. Jumladan:

«Maqtovga sazovor so‘z va amalni ishlatish odobdir».

«Karamli axloqlarni ushlash odobdir».

«O‘zingdan kattani ulug‘lab, o‘zingdan kichikka mehr ko‘rsatishing odobdir».

Shu va shunga o‘xshash barcha ta'riflar bir joyga to‘plansa, odobning Islomda ko‘zlangan

ta'rifi kelib chiqadi.

Hozirgi kunda g‘arb madaniyatiga tobelik ta'sirida «odob»ni «madaniyat» deyish ham joriy

bo‘lgan. Misol uchun, «ovqatlanish odobi» deyish o‘rniga «ovqatlanish madaniyati» deyiladi.

«Al-Adab al-mufrad» kitobi ana shu muhim masalaga bag‘ishlangandir. Kitob nomidagi

«al-mufrad» so‘zi «fard», ya'ni yolg‘iz degan ma'noni anglatadi. Boshqacha qilib aytganda, faqat,

yolg‘iz odob masalasiga bag‘ishlangan kitob, desak ham bo‘laveradi.

Imom Buxoriyning ushbu «Al-Adab al-mufrad» kitobi ham juda mo‘'tabar hisoblanadi.

Unda imom Buxoriy faqat adabga oid 1322 ta hadisi sharifni keltirganlar va o‘z odatlariga

binoan, ularni 644 ta bobga bo‘lganlar.

Bu kitobda ijtimoiy aloqalarga va kishilarning o‘zaro muomalalariga oid odoblarga bog‘liq

hadisi shariflar keltirilgan.

«Al-Adab al-mufrad»da ham imom Buxoriy «Jome'us-sahih»dagi uslubni qo‘llaganlar.

Ba'zi o‘rinlarda Qur'oni Karim oyatlaridan hamda sahobalarning asarlaridan ham

keltirganlar.

Yana ta'kidlab aytilishi lozim narsalardan biri shuki, «Al-Adab al-mufrad»da kelgan barcha

hadislar ham «Jome'us-sahih»dagi hadislar darajasida emasdir.

Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bu kitobdagi hadislarning yarmi sahihlik darajasi

bo‘yicha «Jome'us-sahih»dagi hadislar bilan bir hil darajadadir. Qolgan yarmi imom Muslimning


background image


17

«Sahih»idan joy olgan hadislardan keyingi va imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja hamda Abu

Dovudlarning kitoblaridagi hadislardan yuqori o‘rinda turadi. Bu ilmiy haqiqatni alloma Yusuf

Bannuriy ham ta'kidlagan.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Bir arabiy Nabiy (s.a.v) ning huzurlariga

kelib: “Sizlar yosh bolalaringizni o‘pasizlarmi? Biz o‘pmaymiz” dedi. Shunda Nabiy (s.a.v.)

“Alloh qalbingdan rahmatni sug‘urib olgan bulsa, men nima ham qila olardim”-dedilar. Demak,

yosh bolalarni o‘pish, kishi qalbida rahmat borligining alomati ekan. Bola boqish mashaqqatli

ekanligi, hamda bola doim mehr va rahm-shafqatga muhtoj bo‘lgani uchun ham Islomda bolaga

rahmli bo‘lish katta savobli ish darajasiga ko‘tarilgan.

Rasululloh (s.a.v.) Hasan ibn Alini o‘pdilar. Ul-zotning huzurlarida Akra' ibn Xobis

Tamimiy o‘tirgan edi. Aqra' “mening o‘nta bolam bor, ularning birortasini ham o‘pganim yo‘q”-

Dedi. Rasululloh (s.a.v.) unga nazar soldilar va “Kim rahm qilmasa, unga ham rahm qilinmaydi”-

dedilar. Rasululloh (s.a.v.) aytgan bu gaplarinig ma'nosi- kim bandaga rahm qilmasa. Unga ham

Alloh taolo rahim qilmaydi deganidir. Bandalarga rahm qilishning eng oliy namunasi yosh bolaga

rahm qilishdir. Valid ibn Numayr ibn Avsdan rivoyat qilinadi: “U otasining: “Solihlik Allohdan

odob otalardan” deyishar edi” deganini eshitgan ekan. Bu rivoyatdan bolalarining kim bo‘lib

yetishishiga, ota-ona tomonidan beriladigan tarbiyani sabab qilib qo‘ygan. Shuning uchun har bir

ota-ona farzandlarining tarbiyasi islomiy bo‘lishi uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni ko‘rishi

matlubdir.

No‘'mon ibn Bashirdan rivoyat qilinadi: “Otam meni ko‘tarib Rasululloh (s.a.v.)

huzurlariga olib bordilar”, Yo Rasululloh! guvoh bo‘ling men No‘'monga o‘z molimdan buni

berdim”-dedi. Hamma bolalaringa berdingmi?-dedilar, “yo‘q”-dedi. “mendan boshqani guvoh

qil!”-dedilar. So‘ngra “Ularning barchasi senga birdek yaxshilik qilishi seni xursand

qilmaydimi?”-dedilar. “qiladi”-dedi. “unday bo‘lsa haligiday qilma!”-dedilar. Ushbu hadisda ota-

onalar bolalariga nisbatan adolatli bo‘lishlari ta'kidlanmoqda. Ota-onalar har bir farzandiga bir xil

munosabatda bo‘lishi lozim.

Shuningdek, «Al-Adab al-mufrad»da imom Buxoriy «Jome'us-sahih»da sanadi

yetkazilmagan mu'allaq hadislardan ba'zilarining sanadini oxiriga yetkazganlar. Ko‘plab

muhaddislar aniqlay olmagan roviylarni va ba'zi so‘zlarni aniqlab berganlar.

«Al-Adab al-mufrad»da boshqa kitoblarda yo‘q xabarlar kelgan. Ayni paytda ushbu

kitobga kiritilgan ba'zi hadislarning yana o‘xshashi bo‘lsa, imom Buxoriy rahmatullohi alayhi ana

shu o‘xshash rivoyatning roviylar sanadini bayon qilib, ular ham yuqoridagiga o‘xshash rivoyatni


background image


18

keltirganlariga ishora qilganlar. Bizning maqsadimiz sanadlarni o‘rganish bo‘lmagani uchun

ularni zikr qilmaslikni ma'qul topdik.

Shubhasiz, bu kitob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning adablarini o‘zida jamlagan,

islomiy odob va axloqlarni keng targ‘ib qilgan kitobdir.

Ko‘pchilik olimlarimizning ta'kidlashlaricha, «Al-Adab al-mufrad» kitobi odob va axloq

bobida bitilgan eng yaxshi kitoblardan biridir. Unda keltirilgan odob va axloqlarni o‘zida

mujassam qilish har bir mo‘min-musulmon uchun zarurdir.

«Al-Adab al-mufrad»ni imom Buxoriydan Ahmad ibn Muhammad Bazzor rivoyat qilgan.

«Al-Adab al-mufrad» kitobi bir necha bor nashr etilgan. Jumladan, Toshkentda ham 1970

yilda nashr qilingan.

«Al-Adab al-mufrad»ni Muhibiddin Xatib sharh qilgani haqida turli manbalarda

ma'lumotlar bor.

«Al-Adab al-mufrad»ni keyinroq, hijriy 1399 sanada vafot etgan Haydaroboddagi

«Usmoniy» dorilfununi ustozi Sayyid Fazlulloh Jiyloniy rahmatullohi alayhi sharh qilgan. U kishi

o‘z kitobini «Fazlullohis-Somad fiy tavziyhi «Al-Adab al-mufrad» deb nomlagan.

Kitobning nomidan ham uning to‘laqonli sharh emasligi, balki tavziyh – oydinlashtirish

ekani ko‘rinib turibdi. Muallif o‘z kitobida «Al-Adab al-mufrad»da kelgan roviylar haqidagi

ma'lumotlarni hamda hadis va rivoyatlardagi tushunish qiyin bo‘lgan joylarni yoritish bilan

kifoyalangan. Shuning uchun ham bu kitobga ahli ilmlarga yordamchi omil sifatida qaraladi.

Ushbu kitobning muallifi o‘z muqaddimasida o‘ta ahamiyatli bo‘lishiga qaramay, «Al-

Adab al-mufrad»ning asl nusxalarini topishda qiynalganini ta'kidlab o‘tadi.

Xulosa qilib aytganda, Imom al-Buxoriyning “Al-Adab Al-Mufrad” asarida keltirilgan ota-

ona va farzand munosabatlari o’rtasidagi tarbiyaviy xarakterga ega bo’lgan qarashlar bugungi kun

yoshlar va jamiyat tarbiyasiga o’zining ijobiy, barkamollikka yetaklovchi omillariga ta’sir etishi,

psixologik tajribalarda katta ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1.

Имом ал-Бухорий Ал-адаб ал-муфрад асари биринчи жуз Т-2011

2.

Imom al-Buxoriy “Al-Jome’ as-Sahih”1-jild.T-2022

3.

Islam.uz.

4.

“Maʼnaviyat yulduzlari”

(Abdulla

Qodiriy

nomidagi

xalq

merosi

nashriyoti,

Toshkent,

1999)

References

Имом ал-Бухорий Ал-адаб ал-муфрад асари биринчи жуз Т-2011

Imom al-Buxoriy “Al-Jome’ as-Sahih”1-jild.T-2022

Islam.uz.

“Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов