Authors

  • Feruzaxon Mirjavharova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.30714

Keywords:

legal literacy women's rights women's and men's equality women's role in society.

Abstract

This article discusses the issues of improving the legal literacy of our women, who educate young morals, who are the pillars of society, ensuring that they can demand their rights everywhere, and comprehensively ensuring the rights and freedoms of women in our society.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

267

XOTIN-QIZLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH DAVR TALABI

Mirjavharova Feruzaxon Usmonjonovna

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o'qituvchisi. 3-darajali yurist.

Mirzavharovaferuzaxon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10956844

Annotatsiya. Ushbu maqolada jamiyat ustuni bo‘lgan yosh avloqni tarbiyalovchi xotin-

izlarimizning huquqiy savodxonligini oshirish ularning o‘z huquqlarini har yerda talab qila
olishlarini ta`minlash, jamiyatimizda ayollar huquq va erkinliklarini har tomonlama ta`minlash
masalalari haqida fikir yuritilgan.

Kalit so`zlar: huquqiy savodxonlik, ayollar huquqlari, ayol va erkak tengligi, jamiyatda

ayollarning o‘rni.

IMPROVING THE LEGAL LITERACY OF WOMEN IS THE NEED OF THE TIME

Abstract. This article discusses the issues of improving the legal literacy of our women,

who educate young morals, who are the pillars of society, ensuring that they can demand their
rights everywhere, and comprehensively ensuring the rights and freedoms of women in our society.

Key words: legal literacy, women's rights, women's and men's equality, women's role in

society.

ПОВЫШЕНИЕ ПРАВОВОЙ ГРАМОТНОСТИ ЖЕНЩИН – ТРЕБОВАНИЕ

ВРЕМЕНИ

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы повышения правовой

грамотности наших женщин, воспитывающих молодёжь нравственности, являющихся
опорой общества, обеспечивающих возможность повсеместно требовать своих прав,
комплексного обеспечения прав и свобод женщин в нашем обществе.

Ключевые слова: правовая грамотность, права женщин, равенство женщин и

мужчин, роль женщины в обществе.

KIRISH

Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni ilg‘or fikrlaydigan, yetuk va barkamol

shaxs etib tarbiyalash, yurtimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirishda xotin-qizlarning o‘rni har
qachongidan muhim. Shu bois, mamlakatimizda islohotlar jarayonida xotin-qizlarning yangi g‘oya
va tashabbuslar bilan chiqishini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok
etishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Konstitutsiyamizda xotin-­qizlar va erkaklar teng huquqliligi belgilangan. O‘z navbatida,

mamlakatimiz inson huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qildi. “Xotin-
qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul
qilindi. Ushbu qonunga binoan, teng huquq va imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy
tamoyillari qonuniylik, demokratiya, ayollar va erkaklar teng huquqliligi, ochiqlik va shaffoflikdir.

O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, salohiyatini

ro‘yobga chiqarish, jamiyatning teng huquqli, faol va tashabbuskor a’zosiga aylantirishga
qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasida shu yo‘nalishda muhim chora-tadbirlar belgilangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

268

Bundan tashqari mamlakatimizning turli viloyatlarida ham xotin-qizlar huquqiy

savoxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar, o‘quv seminarlari va treninglar o‘tkazilmoqda.

Bunday tadbirlar xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirishga yordam beradi.
Mamlakatimizda ayollarning o‘z iqtidorlarini namoyon qilish qobiliyatiga yarasha ishlashi

uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ana shu imkoniyatlardan foydalanish darajasi esa unga bog‘liq.

Agar ayol o‘zini nafaqat ayol, balki inson sifatida jamiyatdagi o‘rnini anglasa, unga tabiat

ato etgan qobiliyatni to‘g‘ri yo‘naltira olsa, faqat oila qurishni emas, balki halol mehnati bilan
jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi lozimligini hayotining maqsadi deb bilsa, bu ayol
albatta o‘z hayotidan qanoatlana oladi.

Mustaqil O‘zbekistonda xotin-qizlarga demokratik davlatlar uchun xos bo‘lgan barcha

huquq va erkinliklar taqdim etilgan. O‘tgan yillar mobaynida bu borada muayyan ishlar amalga
oshirilgan Respublikamiz BMTning ―Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini
yo‘q qilish haqidagi konvensiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining ―Onalikni muhofaza qilish
to‘g‘risidagi, Mehnat va mashg‘ulotlar sohasidagi kamsitishlar to‘g‘risidagi konvensiyalariga
MDH davlatlari orasidan birinchilar qatorida qo‘shildi. Bu hujjatlar xotin-qizlar manfaatlarini
muhofaza qilish, ularning oila va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan
me’yoriy-huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish,
salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib
mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini

qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 66- maqsadida xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy
ko‘nikmalarini oshirishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama ko‘maklashish,
tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini
to‘g‘ri yo‘naltirish belgilangan.

Shu bilan birga Inson huquqlarini demaklashtirish muamollari ilmiy zehn, xalqning tarixan

tarkib topgan ana`analari, urf-odatlari , ma`naviy qadriyatlarini inobatga olgan holda aholining
huquqlarini kafolatlari ta`minlash bo`yisha tegishli organlarga vazifalar taqsimlab berildi.

Xotin- qizlarni huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularni davlat organlarida faoliyat olib

borish erkinliklarini yaratish, ayollarning oiladagi o`rnini kuchaytirish, jamiyatimizdagi gender
diskriminatsiyaga chek qo`yish va shu kabi boshqa muamoga sabab bo`layatgan masalalar
bo`yicha keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Yangi O‘zbekistonda xotinqizlarning jamiyat va
davlat boshqaruvida faol ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratib kelinadi. Bu jihatlar xalqaro
miqyosda ham keng e’tirof etilmoqda. Shu jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni xalqaro doiralarda ham
targ‘ib qilib, butun dunyo jamoatchiligi diqqat e’tiborini ayni masalaga qaratib keladi.

Muhokamalarimiz davomida shuni ma`mnuniyat bilan ko`rsatib o`tish lozimki, ayollarimiz

huquqlari, ularning huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi qilinayatgan keng ko`lamli
islohotlar nafaqat davlatimizda balkim butun dunyo miqiyosida e`tiborga olinib, himoya qilinib
kelinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

269

Bungga yaqqol misol tariqasida, Pekinda bo‘lib o‘tgan 1995-yildagi To‘rtinchi Jahon

Konferensiyasida muhokama etilgan masalalardan biri – ayollarning bilim olishini ta’minlash va
kasbiy mahoratni oshirish masalasi hisoblandi. Bu holatni amalga oshirish ayollarning o‘z kuchi
va imkoniyatlariga ishonchini oshirish bilan birga jamiyatning barqaror taraqqiyotini
ta’minlashda, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida faol ishtirok etishini ta’minlashga imkoniyat
yaratadi. Har tomonlama chuqur bilimga ega bo‘lish ayollar uchun nashr etilgan turli
ma’lumotlarni o‘zlashtirishga, zaruriy amaliy malaka hosil qilishga, yangi texnologiyalarni
o‘zlashtirishga yordam beradi.

O‘z navbatida ayollarning bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishi ularning hayotini

yaxshilaydi. Shuning uchun ham investitsiyalarni ayollarning ma’lumot olishi va bilimining
mukamallashtirishga sarflash maqsadga muvofiqdir, deb topildi. Ayollarning bilim olish huquqi
insonning asosiy huquqlaridan va, eng muhimi, tenglik, taraqqiyot, tinchlik kabi maqsadlarga
erishish vositalaridan biridir. Lekin bu huquq har bir kishining shaxsiy huquqi deb hisoblanishi
xato bo‘lur edi. Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi sur’atlari shu qadar ildamki, muttasil bilim
olish muammosini yuzaga keltirmoqda.

Kamsitilishlarga yo‘l qo‘ymay bilim berish nafaqat qizlarga, balki o‘g‘il bolalarga ham

foyda keltiradi va shu bilan pirovardida erkaklar va ayollar orasida teng huquqli munosabatlarni
o‘rnatishga ko‘maklashadi. Bilim olishda tenglik va uni olish imkoni ko‘p sonli ayollar hukumat
islohotlarining faol ishtirokchilariga aylanishlari uchun zarurdir.

1

Zamonaviy ayolga shunchaki savodli bo‘lish: o‘qish, yozish, hisobni bilishi yetarli emas,

uning oldida ta’limning sifati, muammosi paydo bo‘lib, doim mustaqil ta’lim ustida ishlab,
tinimsiz o‘z bilimlarini orttirib,chuqurlashtirib borishni talab etadi. Xotin-qizlar orasida
savodxonlik ular oilasida farzandlarning sog‘lig‘ini saqlash, ovqatlanish va ta’lim olishini
ta’minlashda qo‘l keladi. Zotan yurt kelajagi yosh avloqdning qo`lida. Shunday ekan onalar yuqori
darajada bilimga ega bo`lishlari kerak.

XULOSA

Xulosa o‘rnida mamlakatimizda xotin-qizlarga oid davlat siyosatini qo‘llabquvvatlash

hamda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunmohiyatini keng
jamoatchilikka yetkazish hamda targ‘ib etish zarur. Demak, siyosiy

faol, yetuk ma’naviyatli,

jamiyatning muhim tayanchi bo‘lgan xotin-qizlar rolini

yanada kuchaytirish uchun quyidagilar

taklif etiladi: birinchidan, ayollarimizning

davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini

kuchaytirish maqsadida siyosiy

partiyalar dasturlarini keng jamoatchilikka yetkazishi lozim.

Ikkinchidan, OAVlarda

siyosiy, huquqiy bilimini oshiruvchi ko‘rsatuvlarni xalqchil tilda

yetkazish zarur.

Uchinchidan, - xotin-qizlarning oilada huquqiy savodxonligini oshirishga alohida

e’tibor

qaratish lozim. Toki oilaviy zo‘ravonlik qurboniga aylanib qolmasligi uchun,

qizlarimizning haq-

huquqi bilan birga ma’naviy yuksak bo‘lishi davr talabidir.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.O‘zbekiston. 2019. -40

1

Xolmatova M., Muraveva N.M. Yoshlar oilaviy hayot bo‘sag‘asida. T.: o‘zbekiston, 2000. – 64 b


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

270

2.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi
Qonun lex.uz/docs/4494849. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y.,
03/19/562/3681-son

3.

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar.
https://lex.uz/docs/4494849. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y.,
03/19/562/3681-son

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4235-son qarori. “Xotin-
qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”. https://lex.uz/docs/4230944

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.O‘zbekiston. 2019. -40

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun lex.uz/docs/4494849. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y., 03/19/562/3681-son

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar. https://lex.uz/docs/4494849. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019 y., 03/19/562/3681-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4235-son qarori. “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”. https://lex.uz/docs/4230944