GUARANTEES OF WOMEN'S RIGHTS IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Mirjavharova , F. (2024). GUARANTEES OF WOMEN’S RIGHTS IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(1), 1066–1069. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28657
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides some information about women's rights, women's opportunities, conditions and facilities created for women in our Republic.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1066

O‘ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR HUQUQINING KAFOLATLARI

Mirjavharova Feruzaxon Usmonjonovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi 3-darajali yurist.

E-Pochta:

Mirzavharovaferuzaxon@gmail.com

Tel:94 399 30 01

https://doi.org/10.5281/zenodo.10579434

Annotatsiya. Ushbu maqolada xotin-qizlar huquqlari, xotin-qizlarning imkoniyatlari,

Respublikamizda xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar haqida bir qancha
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Gender tushunchasi, ayollar huquqlari, ayollarga berilgan imkoniyatlar.

GUARANTEES OF WOMEN'S RIGHTS IN UZBEKISTAN

Abstract. This article provides some information about women's rights, women's

opportunities, conditions and facilities created for women in our Republic.

Key words: Concept of gender, women's rights, opportunities given to women.

ГАРАНТИИ ПРАВ ЖЕНЩИН В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. В данной статье представлена некоторая информация о правах

женщин, возможностях женщин, условиях и льготах, созданных для женщин в нашей
Республике.

Ключевые слова: Понятие пола, прав женщин, возможностей, предоставляемых

женщинам.


KIRISH

So‘nggi yillarda mamlakatimizda demokratik ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy

islohotlarni amalga oshirishda xotin-qizlarning faol ishtiroki inobatga olgan holda xotin-qizlarning
ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini yanada oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‘z
qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy
manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirilmoqda.

Mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga

ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Natijada oilaga, ayol zotiga bo‘lgan munosabatimiz tobora
yuksalib, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hayotimizning ma’no-mazmuniga, asosiy maqsadiga
aylandi.

Bugun O‘zbekiston ayollari barcha jabhalarda o‘z o‘rni va munosib mavqeiga ega bo‘lib

bormoqda. Keyingi saylovlarda yurtimiz tarixida birinchi marta milliy parlament tarkibidagi xotin-
qizlar soni dunyo miqyosida namunali ko‘rsatkichga ko‘tarilgani ham bu fikrimizni yaqqol
tasdiqlaydi.

Gap shundaki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48

nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizga yetdi.
Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham jonkuyar, faol ayollardir. Ana shunday natijalar
tufayli O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1067

belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, milliy parlamentimiz ayol deputatlar va senatorlar
soni bo‘yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o‘rtasida 37-pog‘onaga ko‘tarildi.

Shuningdek, boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi – 27 foizga, siyosiy partiyalarda

– 44 foizga, oliy ta’lim tizimida – 40 foizga, tadbirkorlik sohasida esa 35 foizga yetdi. Bularning
barchasi so‘nggi yillarda gender tenglikni ta’minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi
rolini oshirish borasidagi tizimli ishlarning samaralaridir

Tenglik va kamsitilmaslik 1945-yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar tashkiloti

Nizomining asosiy tamoyillaridandir. Ayollar huquqlari – inson huquqlari bo‘lganligi sababli,
ayollar barcha inson huquqlariga ega va ulardan foydalanadi. Shu ma’noda, gender tengligi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lib, jinsiy kamsitish deyarli
barcha inson huquqlari to‘g‘risidagi shartnomalarida taqiqlangan.

Zo‘ravonliklarsiz yashash huquqi, jismoniy va ruhiy salomatlikning eng yuqori darajasiga

erishish huquqi, ta’lim olish huquqi, mulk huquqi, teng ish haqi olish huquqi va boshqa barcha
inson huquqlari jinsidan qat’i nazar ayollar uchun ta’minlanishi kerak. Biroq, butun dunyo bo‘ylab
millionlab ayollar ushbu huquqlardan foydalanishda kamsitishlarga duch kelishda davom
etmoqdalar. Gender tengsizligi ayollar va qizlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab
muammolarning sababchisi hisoblanadi. Bular maishiy va jinsiy zo‘ravonlik, ish haqining pastligi
yoki ishga joylashishdagi muammolar, ta’lim olish va boshqalar bo‘lishi mumkin.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi shunchaki asosiy tamoyillarni belgilaydi,

Ammo faqat shuning o‘zi bilan ayollar va qizlarning huquqlarini haqiqiy ta’minlashga erishib
bo‘lmasdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ushbu bo‘shliqni to‘ldirish uchun qilingan
qadamlardan biri 1979-yil 18-dekabrda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishining barcha
shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiya (CEDAW) edi. Ayollar huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiya sifatida tanilgan ushbu hujjat, uni ratifikatsiya qilgan davlatlarga madaniyat, jamiyat,
ta’lim, siyosat va qonunchilik sohalarida ayollarning kamsitilishini bartaraf etish majburiyatini
yuklaydi.

O‘zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta’minlashga alohida e’tibor beradi.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, 1995-yil 6-mayda BMTning Xotin-qizlarni
kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shildi.

Shuningdek, Onalikni himoya qilish to‘g‘risida, Mehnat va kasb sohasidagi kamsitish

to‘g‘risidagi konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 58-moddasida Xotin-qizlar va erkaklar teng

huquqliligi, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda,
shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni
ta’minlanishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat

huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qonunni tayyorlashda Inson huquqlari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi mutaxassislari, O‘zbekiston Xotin-qizlar
qo‘mitasi hamda Adliya vazirligi vakillari bilan samarali faoliyat olib borgan. Bunda davlatimiz
rahbarining xalqaro talablar doirasida xotin-qizlar ahvolini tubdan yaxshilashga doir qonun


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1068

ijodkorligi faoliyatida faollik va tashabbuskorlikni oshirishga qaratilgan da’vati dasturilamal
bo‘lgan.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi

qonun haqida so‘z borganda, mamlakatimizda xotin-qizlarning turmush tarzini yaxshilash,
ularning jamiyat hayotining barcha jabhalarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, onalik va
bolalikning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy himoya qilinishini ta’minlashning mustahkam huquqiy
kafolatlari mavjud ekanini qayd etish lozim.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi asosida Oliy Majlis Senatida yangi qo‘mita – Xotin-

qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha qo‘mita tuzildi. O‘z navbatida, “Xotin-qizlar va
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning qabul
qilingani gender tenglikni ta’minlash yo‘lidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi.

O‘z navbatida, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi

qonun xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida va boshqa joylarda tazyiq
hamda zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

Shu jumladan, ushbu qonunda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-

tadbirlar, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlik, tazyiq hamda zo‘ravonlikni
boshidan o‘tkazgan shaxslarni himoya qilishni, shuningdek jamiyatda ayollarga nisbatan tazyiq va
zo‘ravonlikning har qanday namoyon bo‘lishiga murosasiz munosabat muhitini qaror toptirishni
nazarda tutuvchi protsessual kafolatlarni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rsatilgan.

Xorijiy tajribani o‘rganish hozirda zo‘ravonlikka, xususan maishiy zo‘ravonlikka, xotin-

qizlarga nisbatan qo‘llaniladigan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashish muammosiga katta
e’tibor berilayotganidan darak bermoqda. Bu masalani tartibga soladigan maxsus qonunlar 120
dan ortiq mamlakatda qabul qilingan.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda xotin-qizlarning og‘irini yengil

qilish, huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadida qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlar
jamiyatda xotin-qizlar faollligini yanada oshirish, oshirish, ularga nisbatan hurmat va ehtiromni
yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

So‘nggi yillarda milliy qonunchiligimiz va xalqaro konvensiyalar orqali bu yo‘nalishda

zimmaga olingan majburiyatlarni bajarish yuzasidan amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar
natijasida yigirmadan ortiq normativ-huquqiy hujjat imzolandi. Xususan, “Xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va
zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar, Prezidentimizning xotin-qizlar huquqlarini
va gender tenglikni ta’minlash, ayollarni zo‘ravonlik va zulmdan himoya qilish, ularning
tadbirkorlik maqomini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmon va qarorlari shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, navqiron yoshlarimizni, ayniqsa, qizlarimizni sog‘lom va yetuk etib

tarbiyalash, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, Vatanga muhabbat va sadoqat,
milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol toptirish ishlari bundan buyon ham davlatimiz
va jamiyatimizning e’tibor markazidadir.

Xulosa qilib aytganda, hozirgi vaqtda xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo‘lgan,

farzandlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotgan ayollarimiz
barcha islohotlarimizda faol ishtirok etmoqdalar. Bu, o‘z navbatida, hurmatli onalarimiz, opa-


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1069

singillarimizga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat
siyosatining uzviy qismi bo‘lib kelayotganining yorqin dalolatidir.

REFERENCES

1.

http://pravacheloveka.uz/oz/articles/m6551

2.

https://lex.uz/docs/-4494849

3.

https://yuz.uz/uz/news/yangilanayotgan-ozbekistonda-gender-tenglikning-huquqiy-
asoslari

4.

http://www.insonhuquqlari.uz/oz/menu/hotin-izlar-uulari

5.

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник
для вузов. — М.: «Норма»,2004.

6.

https://oltinsoy.uz/uz/blog/gender-tengligi/426

References

http://pravacheloveka.uz/oz/articles/m6551

https://lex.uz/docs/-4494849

https://yuz.uz/uz/news/yangilanayotgan-ozbekistonda-gender-tenglikning-huquqiy-asoslari

http://www.insonhuquqlari.uz/oz/menu/hotin-izlar-uulari

Бахрах Д.Н., Россинский Б.В., Старилов Ю.Н. Административное право: Учебник для вузов. — М.: «Норма»,2004.

https://oltinsoy.uz/uz/blog/gender-tengligi/426

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов