THE FOREIGN POLICY OF THE EMIRATES IN THE PERIOD OF AMIR OLIMKHAN

HAC
Google Scholar
To share
Rahmonov, O. (2024). THE FOREIGN POLICY OF THE EMIRATES IN THE PERIOD OF AMIR OLIMKHAN. Modern Science and Research, 3(2), 286–290. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30755
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, some information about the foreign and domestic policy of the Bukhara Emirate during the time of Syed Amir Alim Khan, the shortcomings and mistakes of the emir in politics are given. In addition, information is given about the trade relations of the command with other countries and information given by tourist historians who visited the country.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

286

АMIR OLIMXON DAVRIDA AMIRLIKNING TASHQI SIYOSATI

Rahmonov Oybek Ravshan oʻgʻli

Buxoro davlat universiteti

Tarix va yuridik fakulteti.

70220303 Tarixshunoslik manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

(mamlakatlar buyicha) mutaxassisligi magistiranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10962585

Annotatsiya. Ushbu maqolada Buxoro amirligining tashqi va ichki siyosati Sayid Amir

Olimxon davrida qanday bo`lganligi, amirning siyosatdagi kamchiliklari va xatolari haqida bir
qancha ma`lumotlar keltirib o`tilgan. Bundan tashqari amrlikning boshqa davlatlar bilan olib
borgan savdo aloqalari va mamlakatga tashrif buyurgan sayyoh tarixchilarning bergan
ma`lumotlari haqida ham ma`lumotlar berilgan.

Kalit so`zlar: Buxoro amirligi, tashqi siyosat, ichki siyosat, savdo-sotiq aloqalari, tarixchi

sayyohlar.

THE FOREIGN POLICY OF THE EMIRATES IN THE PERIOD OF AMIR

OLIMKHAN

Abstract. In this article, some information about the foreign and domestic policy of the

Bukhara Emirate during the time of Syed Amir Alim Khan, the shortcomings and mistakes of the
emir in politics are given. In addition, information is given about the trade relations of the
command with other countries and information given by tourist historians who visited the country.

Key words: Emirate of Bukhara, foreign policy, domestic policy, trade relations, historical

tourists.

ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА ЭМИРАТОВ В ПЕРИОД АМИРА ОЛИМХАНА

Аннотация. В данной статье приводятся некоторые сведения о внешней и

внутренней политике Бухарского эмирата во времена Сайеда Амира Алим-хана, о
недостатках и ошибках эмира в политике. Кроме того, приводятся сведения о торговых
отношениях командования с другими странами и сведения историков-туристов,
посетивших страну.

Ключевые слова: Бухарский эмират, внешняя политика, внутренняя политика,

торговые отношения, исторические туристы.


KIRISH

1910-yilda otasi Abdulahad Xon vafot etgach, taxtga Sayid Amir Olimxon oʻtirdi. Oʻsha

yili Rossiya Imperiyasi Imperatori Nikolay II tomonidan Oliy martabaga koʻtariladi. 1911-yilda
Said Olimxonga Hazrati Oliylari Imperator Svitasida general-mayor unvoni beriladi.

Boshqaruvining boshida u sovgʻalar olmasligini, boshqa vazir va boshliqlarga pora olishni

man etishini va soliqchilar va boshliqlarni xalqdan olgan soliqni oʻz manfaatlarida qoʻllamaslikni
amr etdi. Biroq vaqt oʻtib vaziyat oʻzgarib ketdi, ushbu intrigalar oqibatida yangi qonunlar
chiqarmoqchi boʻlganlar Moskva va Qozonga yuborildi. Said Olimxon esa boshqaruvini anʼanaviy
tarzda davom ettirdi.

Sayid Olimxon o`z boshqaruvi davomida boshqaruvda ko`plab xatolarga yo`l qo`ydi,

mamlakat tobora tanazzulga yo`l tutdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

287

Buxoro amirligi Rossiya Imperiyasiga qaram hisoblansada Said Olimxon oʻz davlatida

Amir maqomiga ega edi. Said Olimxinning pullariga Sankt-Peterburgda Masjid va Buxoro Amiri
Uyi qurildi. 1915-yilning 30-dekabr kuni general-leytenent maqomiga ega boʻldi va Ter Kazaklari
qoʻshinida general-adyutant maqomigacha koʻtarildi.

Buxoro amirligining podsho Rossiyasiga tobeligi amir Olimxon zamonida (1910—20)

yanada ortdi. Amirlikda yettita rus xususiy bankining shuʼbasi ish olib borardi. Birinchi jahon
urushi boshlanishi bilan amirlik aholisining ahvoli yanada ogʻirlashdi. Xuddi shu davrga kelib
jadidlik harakati asosida yosh buxoroliklar partiyasi faoliyati kuchaydi. 1917-yil Fevral inqilobi
munosabati bilan bu partiya amirlikni podsho Rossiyasi boʻyinturugʻidan qutqazish, baʼzi
islohotlar oʻtkazish ishiga kirishdi. Yosh buxoroliklar rus bolsheviklari bilan hamkorlikda 1918-
yil martida amir hukumatini agʻdarishga urindilar. Ammo bu harakat muvaffaqiyatsizlikka
uchradi. 1920-yil 2-sentabrda Buxoro bosqini natijasida amirlik tugatildi.

Amir Olimxon Yevropa va Osiyoning rivojlangan davlatlaridan mamlakat hududiga kirib

kelayotgan taʼlim tizimiga oid oʻzgarishlarga ijobiy munosabatda boʻlib, dunyoviy fanlarni
oʻqitilishiga qarshilik qilmagan. Shu o`rinda Amir Olimxon va u yuritgan ichki va tashqi siyosat
haqida qisqacha o`z xulosalarimni bildirib o`tsam: Buxoro amirlari chor Rossiyasining sodiq
xizmatkori sifatida mamlakatda ruslar manfaatiga zid keladigan biror bir yangilik qila olishmagan.

Afg`oniston, Eron, Hindiston, Xitoy, Angliya, Turkiya bilan juda zaif diplomatiya saqlanib

qolingan, bu ham aslida ruslar nazoratida bo`lgan. Buxoro hukmdorlari ichida Olimxon davri
o`zgarishlar davriga to`g`ri kelganligi bilan bog`liq. Bir tomondan tashqi siyosat ruslar nazoratida,
bir tomondan yangi maktab va mamlakatni rivojlantirish uchun harakat qilishmoqda, bir tomondan
oddiy xalq og`ir soliq va ruslar zulmiga qarshi sabr-kosasi to`lib borayotgan edi. Yana bir
tomondan diniy muttasiblik kuchayib ketganligi natijasida aniq fanlar rivojlanishi ancha ortda
qolgan edi. Natijada esa Buxoro rivojlanishdan to`xtab chet davlat qaramligiga tushib qolgan edi.

Buxoro amirligi Amudaryoning sharqiy sohillaridan, ya`ni Rossiya Pomiridan to Xivaning
Toshkent dashtlarigacha cho`zilib boradi. Rossiya bilan Buxoro amirligi o`rtasida bo`lgan

urushdan oldin 1868-yili va bolsheviklar hukumati tasarrufida(1920) bo`lgan chog`da Buxoro
amirligi shimol tarafdan Qizilqum sahrosi bilan chegaradosh edi. G`arb tarafdan Sirdaryo bilan
hamda Qo`qon xonligi yerlari bilan, janubdan esa Afg`oniston, sharqdan turkman o`lkasi va Xiva
dashti bilan chegaradosh. Buxoro amirligi aholisi XX asr boshlarida 2,5-3 mln atrofida (ruslar
bosib olishdan oldin 3-3,5 mln) Uning maydoni 225000 km. Buxoro amirligi aholisining asosiy
qismi o`zbek, turkman, qirg`iz, tojik, qozoq, yaxudiy va arablardan iborat. Mehnatkashlar
Qashqadaryo, Surhondaryo, Zarafshon, Kofirnahang va G`iyshlar tevaragida dehqonchilik
qilishgan. XIX-asr oxiri-XX asr boshlarida Buxoro amirligi hududiga Angliyaning e`tibori yanada
kuchayishi va ular tomonidan Mir Izzatuloh, J. Trebek kabi vakillarini yuborilishi rus hukumatini
ancha havotirga solib qo`ydi. Bunga javoban ruslar ham mintaqada savdo munosabatlarini va o`z
ta`sir doirasini kengaytirish, rus savdogarlari uchun imkon qadar ko`proq imtiyoz va
imkoniyatlarga ega bo`lish maqsadida Buxoro amirligi va unga qo`shni hududlarga o`z elchilarini
yuborishga jiddiy e`tibor qarata boshladi.

Buxoro amirligi Xiva, Qo`qon, Afg`oniston, Eron, Xitoy bilan ham tashqi siyosat olib

borgan, bu siyosat ko`pincha savdo-sotiq, fan sohalari bilan cheklangan. Buxoro amiri Afg`on
amiri bilan yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini o`rnatgan. Chor Rossiyasi va bolsheviklarga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

288

qarshi Afg`on amiridan harbiy yordam ham olib turgan. Bilamizki, o`sha davrda Angliya
Afg`onistonga, Rossiya esa O`rta Osiyoga siyosiy-hududiy jihatdan da`voda edi. Shunday holatda
Buxoro amiri ruslar zulmidan qutulish uchun afg`onlar va ular orqali inglizlardan har tomonlama
yordamlar olib turgan. Inglizlarni Buxoro amiri bilan keng diplomatiya o`rnata olmasligiga bitta
sabab bor edi: Ingliz va rus shartnomasi (1870-1885). Bu shartnomaga ko`ra inglizlar afg`on bilan
cheklanadi va O`rta Osiyoga bo`lgan da`vosidan voz kechadi. Ruslar esa Buxoro, Xiva bilan
cheklangan holda afg`on va Hindistonga hududiy da`vo qila olmas edi. Lekin shunday holatda
ham baribir bu kelishuvga doimiy ham amal qilishmagan.

Buxoro amirligining tashqi siyosatida asosiy rolni savdo-sotiq aloqalari tashkil qiladi.
Ko`plab mamlakatlar bilan savdo aloqalari amalga oshirilgan bular haqida esa tarixchi

sayyohlarning kitoblaridan ma`lumotlarni bilib olishimiz mumkin.

Buxoro amirligining tashqi siyosat va diplomatiya tarixi birqator sharqshunos, oʼlkashunos

va tarixchi olimlar tomonidan muayyan darajada ilmiy asosda o’rganilgan. Shu bilan birga, mazkur
izlanishlarda tashqi siyosat va diplomatiya tarixiga oid boʼlgan manbalar yetarli tarzda tahlil
etilgan deb boʼlmaydi. Masalan, А.А.Semenov tomonidan amir Haydarning Rossiya podshohi
Аleksandr-I ga yoʼllagan maktublari, G.А.Mixaleva tomonidan esa Buxoro amirligi bilan Rossiya
oʼrtasidagi savdo-sotiqqa oid aloqalar oʼrganilgan. Lekin shunga qaramay, ushbu masalalar
yuzasidan bir qator sharqshunos, o’lkashunos va tarixchi olimlar tomonidan muayyan darajada
ilmiy tadqiqotlar olib borilganligini eʼtirof etish lozim. Ular qatorida xususan, Y.K. Meyendorf,
А.А. Semyonov, P. Ivanov, O.D. Chexovich, N.А. Xalfin, G.А. Mixaleva, А. Vildanova, А.R. va
boshqalar Bular qatorida Orenburg general-gubernatori Perovskiyning Buxoroning siyosiy
ahvolini, uning ichki va tashqi savdosini bilishga qiziqib, shu maqsadda Buxoroga maxfiy
koʼrsatma bilan P.I.Demezonni elchi qilib joʼnatadi.

Elchi Buxoroning Rossiyaga munosabati masalasini va Oʼrta Osiyoning boshqa davlatlar

bilan savdo aloqalarini oʼrganishi kerak edi.

P.I.Demezon mulla kiyimida Mulla Jafar ismi bilan Buxoroga joʼnagan. Tarjimonlik va

oʼqituvchilik faoliyati unga sharq tillari, sharq urf-odatlari va sharqona odobni doimo
takomillashtirib borishga imkon yaratgan, hamda Sharq mamlakatlarida sodir boʼlayotgan
voqealardan doimo xabardor boʼlib turishiga yordam bergan. P.I.Demezon 1833-1834-yillarda
Buxoroda boʼlib, Buxoro tarixi bilan bogʼliq koʼp maʼlumotlarni to’plagan.Keyinchalik bu
xabarlar tarixchi N.А.Xalfin tomonidan nashr qilingan. Sayohatchi oʼzining esdaliklarida
Buxoroning qoʼshni davlatlar bilan savdo aloqalari toʼgʼrisida juda muhim maʼlumotlar qoldirgan.

Uning xabariga koʼra, “Shaxzoda Аbbos Mirzoning Xurosonga soʼnggi yurishi

Buxoroning Eron bilan savdo aloqalarini toʼxtatib qoʼygan”. Buxorodan Eronga ketayotgan
karvon Xuroson chegarasida talangan. Shunday qilib, Demezon, Buxoroni Eron bilan bogʼlovchi
savdo yoʼli yopib qoʼyilgan va bu holat buxorolik savdogarlarining Аstraxan orqali Eron bilan
savdo qilishiga sabab boʼlgan edi, deb xabar beradi. Erondan Buxoroga boradigan anʼanaviy
karvon yoʼlining xavfsizligiga ishonmaslik oqibatida Аbbos Mirzo vafotidan keyin 1833-yilda
Mashhaddan Buxoroga bor yoʼgʼi 63 ta tuyadan iborat boʼlgan karvon kelganligi aytib o’tiladi.

Demezon Buxoro bilan Hindiston oʼrtasidagi anʼanaviy savdo aloqalarining

rivojlanganligini taʼkidlab oʼtadi. Shu bilan birga, boshqa tadqiqotchilardan farqli oʼlaroq,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

289

Demezon Buxoro bozorlarining torligini, Hindiston uchun talabgor boʼlgan tovarlarni ishlab
chiqarishning Buxoroda yoʼlga qoʼyilmaganligini eslatib oʼtadi.

Bu esa, deb yozadi u, hind va afgʼon savdogarlarining Buxorodan faqat qimmatbaho

metallar va unchalik koʼp boʼlmagan buxoro mollarini olib ketishiga sabab boʼlgan. Buxorodagi
hind mollaridan asosan indigo buyogʼi eslatib oʼtiladi. Uning taʼkidlashicha, soʼnggi 8 yilda
Buxoroda nil bo’yogʼining 1 pudi 12 tillo turgan.1 tillo 15 rublga teng boʼlgan.Buxoroda
pullarning kamligi sababli nil boʼyogʼining 1 pudi 12 tillodan 4 tilloga tushib qolgan.

Demezon, Hindistondan Buxoroga anʼanaviy mollar qatorida koʼplab ingliz mollarining

kirib kelishini tashvish bilan tilga oladi. Uning aytishicha, inglizlar Buxoroga zar parcha matosi,
muslin deb ataluvchi yupqa gazlama, ip gazlama, chit, gulli hamda yoʼl-yoʼl matolar
keltirilgan.Zar parchaning katta qismi Qoʼqon orqali Buxoroga keltirilgan.Qizigʼi shundaki, zar
parcha matosi Buxoroga koʼproq Qoʼqon orqali kirib kelgan.

Ingliz tovarlari Buxoroga Eron orqali ham kirib kelgan. Demezon Buxorodalik vaqtida

Mashhaddan soʼnggi karvon kelgan boʼlib, bu karvonda 3 toy ingliz matolari - gulli boʼz, chit,
muslin va boshqa tovarlar keltirilgan. Uning fikricha, bu ingliz tovarlari Rossiyadan keltirilgan
tovarlarga qaraganda ancha sifatli boʼlib, tez sotilgan. Ingliz tovarlarining doimiy ravishda koʼplab
keltirilishining oqibatida ular Oʼrta Osiyo bozorlarini butunlay egallagan, bu esa rus savdosi uchun
xavfli boʼlib, Demezonni tashvishga solgan. Shuning uchun, u Oʼrta Osiyo, jumladan, Buxoro
bozorlarida Rossiyaning manfatlarini himoya qilish uchun zudlik bilan iqtisodiy va siyosiy
choralar koʼrish zarurligini taklif qilgan. Demezon oʼz axborotida Buxoroning Eron bilan savdo
aloqalarini toʼliq tahlil qiladi.

U "Buxoroda Eron elchilari juda kam, chunki bu yoʼl xavf-xatarga toʼliq, ularni yoʼlda

turkmanlar tutib olib qul qilib Xivaga sotib yuborishidan qoʼrqadilar. Shuning uchun Buxoroda
savdo qilayotgan eronliklar oʼzlarining ishonchli kishilariga ega boʼlishlarini xoxlaydilar.

Demak amirlikning siyosatini o`rganmoqchi bo`lsak bunga sahifalar ham ozlik qiladi,

chunki amirlik katta hududni va ko`plab aholini o`z ichiga olgan.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlamoq lozimki, Buxoro amirligi O‘rta Osiyo xonliklari, Xitoy,

jumladan Sharqiy Turkiston, Hindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan
savdo-iqtisodiy aloqalari o‘rnatgan. Buxoro amirligi ayniqsa, Xitoy, jumladan, Koshg‘ar bilan
yaqin savdo munosabatlariga kirishgan. Buxoro Koshg‘ar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo qilishdan
tashqari Xitoyning O‘rta Osiyo xonliklari, Hindiston, Eron va Rossiya bilan savdo aloqalarida
vositachi rolini ham bajargan. Buxoro karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Koshg‘ar, Quqon
xonligi va Xiva xonligi, Afg‘oniston, Rossiyadan olib kelingan mollar to‘plangan. Mazkur savdo
aloqalarida Buxoroning tashki savdo aloqalarida, uning ko‘shnilari Marv va Hirot aholisi alohida
rol o‘ynagan. Buxorolik savdogarlar Marvga har xil rus tovarlarini olib kelganligini alohida
ta’kidlanishi lozim.

REFERENCES

1.

Cеменов А.А. К истории дипломатических сношений между Россией и Бухарой в
начале XIXвека. Изв АН Уз ССР. -1951. -№ 1. -С. 85-95


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

290

2.

Михалева Г.А. Торговые и посолъские связи России со среднеазиатскими ханствами.
–Т.: 1982. –С. 80-81

3.

Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.; Наука, 1975. -С. 56

4.

Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии ( XVI середина ХIХ в.). М.: ИВЛ, 1958.

5.

Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX в.). М., Наука.
1974.

6.

Maqsud, B. (2021). Buxoro bozorlari. panjakent-2021. treasury of.

7.

Beshimov, M. (2020). BERUNIY “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN
YODGORLIKLAR” ASARINING AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz), 6(2).

8.

Beshimov, M. (2021). ТАРИХ ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ ВА УЛАРНИНГ
ТУРКУМЛАНИШИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 6(6).

References

Cеменов А.А. К истории дипломатических сношений между Россией и Бухарой в начале XIXвека. Изв АН Уз ССР. -1951. -№ 1. -С. 85-95

Михалева Г.А. Торговые и посолъские связи России со среднеазиатскими ханствами. –Т.: 1982. –С. 80-81

Мейендорф Е.К. Путешествие из Оренбурга в Бухару. М.; Наука, 1975. -С. 56

Иванов П.П. Очерки по истории Средней Азии ( XVI середина ХIХ в.). М.: ИВЛ, 1958.

Халфин Н.А. Россия и ханства Средней Азии (первая половина XIX в.). М., Наука. 1974.

Maqsud, B. (2021). Buxoro bozorlari. panjakent-2021. treasury of.

Beshimov, M. (2020). BERUNIY “QADIMGI XALQLARDAN QOLGAN YODGORLIKLAR” ASARINING AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 6(2).

Beshimov, M. (2021). ТАРИХ ЎҚИТИШ МЕТОДЛАРИ ВА УЛАРНИНГ ТУРКУМЛАНИШИ. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 6(6).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов