HISTORY AND HISTORIOGRAPHY OF THE SOCIO-ECONOMIC AND POLITICAL SITUATION IN THE BUKHARA EMIRATE DURING THE TIME OF AMIR OLIM KHAN

HAC
Google Scholar
To share
Rahmonov, O. (2023). HISTORY AND HISTORIOGRAPHY OF THE SOCIO-ECONOMIC AND POLITICAL SITUATION IN THE BUKHARA EMIRATE DURING THE TIME OF AMIR OLIM KHAN. Modern Science and Research, 2(10), 888–891. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24802
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the history and historiography of the socio-economic and political situation in the Emirate of Bukhara during the time of Amir Olim Khan. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

888

АMIR OLIMXON DAVRIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY VA

SIYOSIY AHVOL TARIXI VA TARIXNAVISLIGI

Rahmonov Oybek Ravshan oʻgʻli

Buxoro davlat universiteti

Tarix va yuridik fakulteti.

70220303 Tarixshunoslik manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari

(mamlakatlar bo’yicha) mutaxassisligi magistiranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10051657

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Аmir Olimxon davrida Buxoro amirligidagi ijtimoiy-

iqtisodiy va siyosiy ahvol tarixi va tarixnavisligi haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr
va mulohazalardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol, Аmir Olimxon, Buxoro amirligi.

HISTORY AND HISTORIOGRAPHY OF THE SOCIO-ECONOMIC AND

POLITICAL SITUATION IN THE BUKHARA EMIRATE DURING THE TIME OF

AMIR OLIM KHAN

Abstract.

This article talks about the history and historiography of the socio-economic and

political situation in the Emirate of Bukhara during the time of Amir Olim Khan. Reasonable
opinions and comments are used throughout the article.

Key words:

socio-economic and political situation, Amir Olimkhan, Bukhara Emirate.

ИСТОРИЯ И ИСТОРИОГРАФИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЙ И

ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИТУАЦИИ В БУХАРСКОМ ЭМИРАТЕ ВО ВРЕМЕНА

АМИРА ОЛИМ-ХАНА

Аннотация.

В данной статье говорится об истории и историографии социально-

экономической и политической ситуации в Бухарском эмирате во времена Амира Олим-
хана. На протяжении всей статьи используются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова:

социально-экономическая и политическая ситуация, Амир

Олимхан, Бухарский эмират.


Said Mir Muhammad Olimxon — Buxoro amirligini 1910 — 1920-yillarda boshqargan

soʻngi oʻzbek mangit hukmdor. U 1880-yilning 3-yanvar kuni Buxoroda tugʻilgan.

Said Muhammad Olim Turkiylarning Mangʻit ulusi Oʻzbeklari oilasida tugʻilgan. Said

Olim oʻn uch yoshdaligida otasi Abdulahad tomonidan uch yilga davlatni boshqarish va harbiy
maʼlumotlarni oʻzlashtirish uchun Sankt-Peterburgga yuboriladi. 1896-yilda u Rossiyadan Buxoro
Shahzodasi sifatida Buxoroga qaytib keladi.

Ikki yildan soʻng u Nasaf xokimi etib tayinlanadi va ushbu lavozimida oʻn ikki yil faoliyat

yuritadi. Keyingi ikki yilda u Karminning shimoliy provinsiyasini boshqaradi. 1910-yilda otasi
Abdulahad Xon vafot etadi. Oʻsha yili Rossiya Imperiyasi Imperatori Nikolay II tomonidan Oliy
martabaga koʻtariladi. 1911-yilda Said Olimxonga Hazrati Oliylari Imperator Svitasida general-
mayor unvoni beriladi.

Taxtga 1910-yilda oʻtirdi. Boshqaruvining boshida u sovgʻalar olmasligini, boshqa vazir

va boshliqlarga pora olishni man etishini va soliqchilar va boshliqlarni xalqdan olgan soliqni oʻz
manfaatlarida qoʻllamaslikni amr etdi. Biroq vaqt oʻtib vaziyat oʻzgarib ketdi, ushbu intrigalar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

889

oqibatida yangi qonunlar chiqarmoqchi boʻlganlar Moskva va Qozonga yuborildi. Said Olimxon
esa boshqaruvini anʼanaviy tarzda davom ettirdi.

Buxoro amirligi Rossiya Imperiyasiga qaram hisoblansada Said Olimxon oʻz davlatida

Amir maqomiga ega edi. Said Olimxinning pullariga Sankt-Peterburgda Masjid va Buxoro Amiri
Uyi qurildi. 1915-yilning 30-dekabr kuni general-leytenent maqomiga ega boʻldi va Ter Kazaklari
qoʻshinida general-adyutant maqomigacha koʻtarildi.

Amir Said Olim Toʻra 13 yoshida otasi amir Abdulahadxon buyrugʻi bilan harbiy taʼlim

olish uchun Peterburgga borib, harbiy muhandislik mutaxasisligi boʻyicha bilim oladi. Said Olim
Toʻra Nikolaev kadet korpusida imperator oliy hazratlarining faxriy qorovullari vazifasini
bajaradigan „pajlar“ boʻlimida oʻqishni boshlaydi.

Uch yil oʻqigach, 1897-yilda diplom olib otasi yoniga Karmanaga qaytadi va oʻz otasidan

iqtisodiy, siyosiy, savdo, davlat boshqaruvi, ichki taʼlim masalalarini oʻrganadi. SHu oʻrinda Yosh
buxoroliklar partiyasining asoschilaridan biri Fitratning yozishicha Abdulahad oʻgʻlining tahsilni
tugatishi munosabati bilan Peterburgga borib, katta ziyofat va inʼomlar berib, Amir Said
Olimxonni oʻzining valiahdi deb eʼlon qilgan ekan.

Amir Said Olimxon Qarshida 12 yil hukmronlik qilgach, Amir Abdulahadxonning sogʻligi

yomonlashgach, Karmanaga hokim etib tayinlanadi. 1910-yil 22-dekabr kuni Amir Abdulahadxon
vafot etdi. Bu vaqtda maxsus topshiriq bilan Toshkentga yuborilgan Amir Olimxon esa zudlik
bilan Buxoroga qaytdi va 30-dekabr kuni amirlik taxtiga oʻtiradi. Amir Said Olimxon Buxoro
taxtini egallagach ham qator islohotlarga qoʻl urdi.

Xususan, bu haqida Amir Said Olimxonning oʻzi shunday deydi: „ Taxtga oʻtirganimdan

soʻng bu banda dargohi oliyda mamlakatimning bir yillik xiroj toʻlashdan ozod qilish farmoyishini
berdim. Buxoro minorasining past tomonida bozorning ichki tomonida oʻz nomimdan Dorul-ulum
— Bilim uyi boʻlgan bir madrasa qurdirdim; har xil ilmdan dars beruvchi muallimlar tayin
ettirdim. Mazkur madrasada istiqomat qiladigan talabalar sarf-xarajatlari, maosh va kiyim-kechagi
xam oʻz tarafimdan belgilanib, unga bir nafar nozir tayin etdim; ularning yemak-ichmak, maosh
va kiyim-kechaklarini muayyan bir vaqtda yetkaztirardim. Bozor va yul obodligiga koʻp harakat
kildim, uch yil ichida Buxoro mamlakati ancha obod boʻldi, unga zeb-ziynat va tartib-intizom
oʻrnatdim“.

Amir Olimxon Yevropa va Osiyoning rivojlangan davlatlaridan mamlakat hududiga kirib

kelayotgan taʼlim tizimiga oid oʻzgarishlarga ijobiy munosabatda boʻlib, dunyoviy fanlarni
oʻqitilishiga qarshilik qilmagan. SHu oʻrinda turkiyalik tarixchi olim Nurettin Hatinogʻlu
Olimxonning dunyoqarashi va shaxsi haqida sotqin, mustabid, yangilikka qarshi, sivilizatsiya
dushmani, layoqatsiz va xudbin shaxs degan fikr jamiyatda hukm suradi. Biroq Olimxon haqidagi
bu fikrlar siyosiy maqsadlarni koʻzlab yuritilgan siyosat natijasidir deydi.

Tarixiy faktlarga ko‘ra:
Uning bakovuli Safar bakovul bo‘lgan.
Amir Olimxonga tegishli bo‘lgan va sobiq amirlik hududida bo‘lgan ayrim qarorgoh va

tarixiy obektlar saqlanib qolgan.

Uning uchun qadrdon joylardan biri Karmana (hozirgi Navoiy viloyati, Karmana tumani)

bo‘lgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

890

Said Olimxon ham otasi kabi qator davlatlar, jumladan, Rossiya imperiyasi, Britaniya

imperiyasi, Afgʻoniston amirligi, Eron davlati, Usmonlilar imperiyasi bilan yaxshi aloqada
boʻlgan. Qoʻshni Xorazm davlati (Xiva xonligi), shuningdek, Buxoro amirligining janubi-
gʻarbidagi turkman qabilalalari bilan munosabatlar sovuq edi.

Otasi Abdulahad hukmronligi davridan boshlab amirlikda jadidlar harakati vujudga kelib,

ular erkin taʼlim, demokratik islohotlar, maorif, adabiyot, xususan, sheʼriyat va publitsistikani
rivojlantirish tarafdorlari edi. Rossiya imperiyasining Oʻrta Osiyo mulklari hududiga qrim-tatar
pedagogi Ismoil Gasprinskiy tashrif buyurgan [1]. U 1893- va 1907-yillarda Buxoro amiri Said
Abdulahadxon va mahalliy ziyolilar vakillari bilan uchrashdi.

Amirlikda jadidchilar tomonidan bir qancha yangi usuldagi dunyoviy maktablar ochilib,

ularda aholining turli qatlamlari farzandlariga dunyoviy ilmlar va fanlardan bepul o‘qitilgan.
Ijtimoiy-siyosiy gazeta va jurnallar nashr etila boshlandi, jadidlar oʻzlarining alohida risola va
kitoblarini nashr eta boshladilar. Bu davriy nashrlarda ular amir va uning safdoshlarini masxara
qiluvchi maqolalar, satirik sheʼrlar ham chop etganlar.

1917-yildan keyin bularning barchasi Said Olimxon atrofidagilar tomonidan amirlik

siyosatiga qarshi harakat sifatida qabul qilindi; jadidchilarning bir qismi hibsga olinib, Buxoro
zindoniga qamalgan, baʼzilari shariat bo‘yicha turli jazolarga, jumladan, qamchilashga hukm
qilingan[2]. Sadriddin Ayniy ham shunday jazoga mahkum qilingan. Jadidlar ommaviy quvgʻinga
uchragach, ularning koʻpchiligi amirlikni tark etishga qaror qilib, asosan Samarqand va
Toshkentda qoʻnim topgan. Bu ikki shahar Rossiya imperiyasining Turkiston oʻlkasi tarkibiga
kirgan va ularda amirlik qonunlari amal qilmasdi.

U yerda jadidlar o‘zlarining gazeta-jurnallari va boshqa adabiyotlarini nashr eta

boshladilar, ular yashirincha Buxoroga olib ketildi. Shunga qaramay, amirga yaqin bo‘lganlarning
bir qismi hamon jadidlarni qo‘llab-quvvatlardi. Biroq Said Olimxonga uning dunyoviy ishonchli
kishilari emas, balki o‘ta radikal islomga amal qilgan islomiy (maʼnaviy) ishonchli va
maslahatchilar katta taʼsir ko‘rsatgan. Amirlikda shariat qonunlari amalda bo‘lgan va Buxoro
musulmon dunyosini „islomning mustahkam qal’asi“ sifatida butun dunyoga tanilgan edi.

1917-yil bahorigacha amir qurshovida boʻlgan taniqli shaxslar orasida Rossiya podshosi

armiyasining birinchi oʻzbek generallaridan biri Mir Haydar Mirbadalev ham bor edi.

1913-yil 22-fevralda Said Olimxon Xiva xoni Asfandiyorxon bilan birgalikda Sankt-

Peterburgdagi birinchi sobor masjidining ochilishida qatnashgan [3].

1917-yil Rossiya imperiyasida inqilob boshlanganidan va Buxorodagi koʻrinishlardan

soʻng amir demokratik islohotlar tarafdorlariga (qarang: Yosh buxoroliklar) qatagʻonlar bilan
hujum qildi. Qizil askar Buxoroga bostirib kirganida u qushbegi, mamlakat bosh vaziri
Nizomiddin Urganjiy kabi bir guruh amaldorlarni U.Frunze huzuriga elchi qilib jo'natadi. Amir
Said Olimxon iloji boricha tarixiy obidalarni va muqaddas joylarni saqlab qolish, katta
vayronagarchiliklarni kamaytirishmaqsadida Buxoroni tashlab chiqishga majbur bo'ldi. Shundan
so'ng Buxoro amirligining sharqiy tomoniga, soʻngra Afgʻonistonga qochib, oʻsha yerda boshpana
topdi.

Surgunda qorako‘l savdosi bilan tirikchilik qilgan; baʼzi maʼlumotlarga koʻra, u

bosmachilarni qoʻllab-quvvatlagan. Keksaligida deyarli koʻzlari koʻr boʻlib qolgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

891

REFERENCES

1.

I.Qodirov, F.Shirinova. So'nggi sulola tarixi. Toshkent Muharrir 2009 — 69 bet. ISBN
978-9943-354-44-9.

2.

Rustambek Shamsutdinov. Vatan tarixi. 3-kitob. Toshkent: Sharq nashriyoti 2016 — 179
bet. ISBN 978-9943-26-566-0.

3.

"Sankt-Peterburgskie vedomosti", 23 fevralya (8 marta) 1913, № 44, 3-bet


References

I.Qodirov, F.Shirinova. So'nggi sulola tarixi. Toshkent Muharrir 2009 — 69 bet. ISBN 978-9943-354-44-9.

Rustambek Shamsutdinov. Vatan tarixi. 3-kitob. Toshkent: Sharq nashriyoti 2016 — 179 bet. ISBN 978-9943-26-566-0.

"Sankt-Peterburgskie vedomosti", 23 fevralya (8 marta) 1913, № 44, 3-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов