CAUSES OF WOMEN'S CRIMINALITY AND ITS PREVENTION

HAC
Google Scholar
To share
Sadullayeva , F. (2024). CAUSES OF WOMEN’S CRIMINALITY AND ITS PREVENTION. Modern Science and Research, 3(2), 187–192. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30766
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, he tried to reveal the content and essence of the prevention of crimes among women, to justify that increasing the effectiveness of prevention in this direction is an urgent task. He also commented on the existing problems and their solutions related to the prevention of crimes against women.


background image


187

AYOLLAR JINOYATCHILIGI SABABLARI VA UNI OLDINI OLISH

Sadullayeva Farida Farxod qizi

Termiz Davlat Universiteti Yuridik Fakulteti 2- kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10963515

Annotatsiya. Mazkur maqolada xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasining

mazmun va mohiyatini ochib berishga, ushbu yo‘nalishdagi profilaktika samaradorligini oshirish

dolzarb vazifa ekanligini asoslashga harakat qilgan. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasidagi

huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr-

mulohaza yuritgan.

Kalit so’zlar: ayollar jinoyati, firibgarlik, qo’shmachilik, statistika, ozodlikdan mahrum

qilish.

CAUSES OF WOMEN'S CRIMINALITY AND ITS PREVENTION

Abstract. In this article, he tried to reveal the content and essence of the prevention of

crimes among women, to justify that increasing the effectiveness of prevention in this direction is

an urgent task. He also commented on the existing problems and their solutions related to the

prevention of crimes against women.

Key words: women's crime, fraud, collusion, statistics, deprivation of liberty.

ПРИЧИНЫ ЖЕНСКОЙ ПРЕСТУПНОСТИ И ЕЕ ПРЕДУПРЕЖДЕНИЕ

Аннотация. В данной статье предпринята попытка раскрыть содержание и

сущность профилактики преступлений среди женщин, обосновать тот факт, что

повышение эффективности профилактики в этом направлении является актуальной

задачей. Он также прокомментировал существующие проблемы и пути их решения,

связанные с предотвращением преступлений против женщин.

Ключевые слова: женская преступность, мошенничество, сговор, статистика,

лишение свободы.

Yurtimizda ayollar qadimdan ulug’lanib keladi. Chunki biz uchun muhabbat, vafo va

sadoqat timsoli bo’lgan go’zal va betakror zot bu - ayollardir. Jamiyatning sog’lomligi, uning

barqarorligi va porloq kelajagi yo’lida ishlarni amalga oshirishda ayollarni o’rni beqiyosdir.

Ayol sog’lom, oqila bo’lsa, u tarbiyalab o’stirayotgan farzandlar ham yetuk va barkamol

bo’lib voyaga yetadi va kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo’shadi.

“Ayollar jinoyati” tushunchasi XX asrda paydo bo’lgan. O’z qobiliyatini namoyon etish

imkoniyatining yo’qligi, ishsizlik, turmush darajasining pasayishi, shuningdеk oilaviy


background image


188

qadriyatlarga qiziqishning susayishi shunga olib kеlmoqdaki, ayollar ba’zan tirikchilik uchun

mablag'lar topishga urinib, jinoyat yo'liga kirmoqdalar. To'g'ri, jinoyatchi ayollar ko'pincha

tovlamachilik, firibgarlik, o’g’rilik, xaridorlarni aldash kabi jinoyat turlarini tanlaydilar.

Talonchilik va bosqinchilik jinoyatlarida ular kam ishtirok etadilar. Biroq yildan yilga

vaziyat o'zgarmoqda va ayollar erkaklarni «quvib еtmoqdalar».

Dunyo miqyosida statistik jihatdan keng tarqalgan ayollar jinoyati sirasiga o’g’rilik,

fohishalik, firibgarlik, odam o’ldirish, giyohvand moddalar savdosi, qo’shmachilik qilish va

boshqa shu kabi jinoyatlar kiradi. Bunday jinoyatlar ayollar tomonidan sodir etilayotganligiga

sabab, oson usulda pul topish istagidir. Yengil hayot tarzini kechirish uchun, qonunni chetlab

o’tgan holda yangi jinoyatlar sodir etishning turlicha usullarini o’ylab topadilar. Ozodlikdan

mahrum qilingan ayollarning ko’pchilgi bolali, hart to’rtinchi ayol esa ikki yoki undan ortiq

farzand onasi. Ular orasida yolg’iz onalar ko’p. Demak, yolg’iz ona bolalarini boqish niyatida ana

shunday jinoyat yo’llariga kirib qoladilar. Xalqimizning: “ Ayolni yo’qchilik, erkakni to’qchilik

buzadi” – degani bejizga emas. Qo’lida biror bir kasbi bo’lmagan, uni ustiga aytarli ma’lumotga

ega bo’lmagan ishsiz ayol bolalarini boqish uchun nima qiladi? Albatta yuqorida aytilganidek

qing’ir yo’lga o’zi bilmagan holda kirib qoladi. Uni asl niyati qing’ir yo’lga kirish emas, balki

bolalarini boqish-ku.

Statistik ma’lumotlarda yolg’iz onalar jinoyat sodir etish holati ko’pligi bekorga emas.

Ayol ajrashdi. Ajrashgan ayol erini uyida yashamaydi, keyin esa o’z ota uyiga qaytib

boradi. Ajrashgan ayolni ota uyidagilar har xil qabul qiladi. Axir besh qo’l barobar emasda.

Ko’pchilik bu ishlarga qizini asosiy aybdor deb hisoblaydi. Mana gap qayerda. Qiz bola

ham odam. U ham bu dunyoga bir martagina keladi. Uning ham hayotda sevib-sevilib yashashga

haqqi bor.

Ajrashgan ayol umrini kerakmas buyumdek, yolg’izlikda, toat-ibodatda o’tkazishi

kerakmi? Yo’q, kechirib qo’yasizlar unday emas. Lekin millatimizida qizni ajrashib uyga

qaytganini ko’pchilik ota-onalar o’zlari uchun or deb hisoblashadi. Qiz bolani, bola esa qizni

sevmaydi, ikki taraf ota-onalari bir biri bilan ahdlashib qo’ygan, bu yoqda farzandlar xohish istagi

hamda kelajakdagi yuzaga kelishi umkin bo’lgan muammolar umuman inobatga olinmaydi.

O’zbekchilikda qiz bola oldin ota-onasi, keyin eri va uni uyidagilar ta’siri ostida bo’ladi.

Qiz bolani erki o’zida bo’lmaydi. Ota-onalar tengi chiqsa tekin ber degan naqlga amal

qilishadida guldek qizini yosh bo’lishiga qaramay, so’rab-surishtirmay uzatib yuborishadida uni

umriga zomin bo’lishadi. Qiz bola ota-onasini aybi uchun bir umr badal to’laydi. Hattoki,


background image


189

yurtimizda hozirgi kunda er-xotinning bir-birini rashk motivi tufayli o’ldirish holati ko’p

uchramoqda. Ortiqcha rashk ham nimalarga sabab bo’lmaydi deysiz.

Yoshlik beboshlik deyishadi. Yosh er-xotinlar o’rtasidagi munosabatlarda juda ko’p

muammolar yuzaga keladi. Mamlakatimizda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz

yosh etib belgilangan. Lekin qiz bolani to’liq rivojlanib, hayotning past-balandiga o’rganib

bo’lgandan keyin erga berish kerak. Sababi yosh o’tgani sari qizlarning xulq-atvori, ruhiyati,

dunyoqarashi o’zgarib boradi hamda burch va ma’suliyat hissi shakllanib boradi.

To’ydan oldin yigit va qizni fikrini bilish o’ta muhim. Ayol kishi ojiza bo’ladi. Uning

uchun bir umr suyanchiq bo’ladigan umr yo’ldosh kerak. Bizni millatimizdagi insonlarga “haqiqiy

sevgi to’ydan keyin bo’ladi”- degan parazit fikr o’rnashib qolgan. Odamlarni psixologiyasi har

xil bo’ladi. To’ydan keyin hamma narsa yaxshi bo’lishiga hech kim kafolat bermaydi…

To’g’ri qars ikki qo’ldan chiqadi. Oilaviy munosabatlar darz ketishiga nafaqat ayolning,

balki erkakning ham birdek hissasi bor. Shu o’rinda ayol va erkak qanday sabablarga ko’ra

ajrashishi mukinligiga to’xtalib o’tsak. Axir ayollarni ko’pchiligi yakka bosh bo’lib qolgandan

keyin jinoyat ko’chasiga kirmoqda. Shuning uchun bu ma’lumotlarni bilish muhim deb

o’ylayman.

Ayollar ajrashishiga: erining boshqa ayolda ko’ngli borligi, erning xotiniga nisbatan

doimiy qo’pol munosabati, bolaning ota-onasi aytgan qizga sevmay majburlikdan uylangani va

buning natijasida xotiniga xuddi xizmatkor kabi muomalada bo’layotgani, er va xotinning yosh

ekanligi, erning xiyonati, erning ichkilikka berilib etishi, oiladagi yo’qchilik, bolaning ota-onasi

tomonidan qizning kamsitilishi(agar bola o’z sevgan qiziga uyidagilar qarshiligiga qaramay

uylansa), qizning erka hayot tarzida ulg’aygani natijasida kelinlik hayotiga moslasha olmagani,

agar qiz boy xonadonda ulg’ayib, o’rtahol oilaga kelin bo’lgan bo’lsa hamda uning ehtijojlari

yo’qchilik sababli cheklanishi (qizning ortiqcha sarf-xarajatlariga erning ko’p pul topib

berolmagani natijasida) va boshqa ko’plab shunday holatlar sabab bo’ladi. Ana endi erkaklar

ajrashishiga sabablarni ko’rib chiqsak: xotinini sevmasligi, xotinining kambag’al oiladan bo’lishi(

agar ota-onasi topgan qiz bo’lsa), xotinining faqat qiz tug’ishi( tibbiy nuqta’i nazardan qarasak,

ayolning faqat qiz tug’ishi 100% eriga bog’liq ekan), xotinining xiyonati, xotinining kasal bo’lib

qolishi, bepushtlik ( bu holatda har ikki tomon ham ajrashishi yoki ajrashmay ( agar bir-birini

qattiq sevib, ardoqlasa hamda bir-birisiz hayotni tasvvur qila olmasa) yashashi mumkin) va boshqa

turli xil holatlarning mavjud bo’lishi...


background image


190

O’z umr yo’ldoshi tomonidan yoki uni uyidagilari tomonidan doimiy kamsitilgan ayol

uchun o’z uyidagilar tomonidan bildirilgan ishonchsizlik eng og’ir zarbadir. Har tomonlama ruhiy

ezilgan ayol bora-bora jinoyat ko’chasiga yaqinlashib boraveradi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, er-xotin o’rtasida bo’ladigan jinoyatlarning eng ko’pi rashk

tufayli kelib chiqqan.

Ishsizlik, rеal daromadlarning kamayishi, oila ahamiyatining pasayishi, ajrashishlar

sonining ko’payishi jinoyatchilik darajasining o'sishiga bеvosita ta’sir ko'rsatayotgan omillar

sifatida qayd etilmoqda. Natijada ayollar o'rtasidagi jinoyatlarda ayniqsa katta o’sish

kuzatilayotgan bir nеcha jinoyat turlari mavjud. Ular jumlasiga oila-ro’zg’or munosabatlari

zamirida zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar, tamagirlik jinoyatlari, iqtisodiy jinoyatlar

kiradi.

Siyosiy va iqtisodiy hayotdagi tangliklardan tashqari, ma'naviy inqiroz ham

kuzatilmoqdaki, u odamlar, ayni holda – ayollar mamlakatdagi vaziyatning o'zgarishi natijasida

yuzaga kеlgan qiyinchiliklarni yengishga qodir emasligi bilan bog’liq.

Bu ichkilikbozlik darajasining o'sishiga olib kеlgan omillardan biriga aylandi va o'z

navbatida oilada zo’rlik ishlatib sodir etilgan jinoyatlar sonining ko’payishiga sabab bo'ldi.

Mastlik holatida qarindoshlar, ko’pincha er-xotin o’rtasida chiqqan janjallar aksariyat hollarda yo

odam o’ldirish, badanga har xil og’irlikda shikast еtkazish bilan yakunlanadi.

So’nggi yillarda umumiy jinoyatchilik tarkibida ayollar jinoyatchiligi ulushining

ko’payganligi boshqa sabablar bilan bir qatorda jinslarning huquqiy, ijtimoiy va boshqa jihatlardan

tеnglashuvi bilan ham bog’liq. Agar ayol jamiyatda erkak bilan tеnglashsa, u bеixtiyor erkaklarga

xos bo’lgan agrеssiv xulq-atvor tipini qabul qiladi.

Oilada zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning o’sishi ayni shu holat bilan

bеlgilanadi, chunki ayol uyda ham o’zini agrеssiv tuta boshlaydi. Ayollar tamagirlik jinoyatlarida

ham faolroq harakat qila boshlamoqdalar, chunki unga tabiatan xos bo’lgan oilani tеbratuvchi

xususiyatlari ikkinchi darajali ahamiyat kasb etmoqda.

Endilikda ayol oila uchun javobgarlikni to’liq o’z zimmasiga olishga harakat qilmaydi, u

mazkur javobgarlikni erkak bilan tеng bo’lishadi. Jinoiy faoliyatdan tiyib turuvchi asosiy omil

bo'lgan oila uchun javobgarlik ulushi kamaymoqda, bu esa jinoyatchilikning o’sishiga sabab

bo'lmoqda.

Ayniqsa, iqtisodiy jabhada jinslarning tеnglashuvi ayollar jinoyatchiligi foizining

ko’payishiga ta’sir ko’rsatdi, chunki ayollarda mazkur jinoyat turini sodir etish uchun imkoniyat

paydo bo’ldi. Ilgari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan ayollar soni ancha kam edi,


background image


191

rahbarlik lavozimlarini ham ular kam egallardi, ayollar asosan iqtisodiy jinoyatlar sodir etishga

«moslashmagan» lavozimlar (ish joylari)da band edi.

Shunday qilib, erkak va ayol ijtimoiy rollarining aralashuvi shunga olib kеldiki, ayol ham,

erkak ham ularning ishda va uyda bandligi munosabati bilan yuzaga kеluvchi har xil vaziyatlarga

tushib qolmoqdalar. Ya’ni, jinoyat bilan yakunlanishi mumkin bo’lgan janjallar, iqtisodiy yoki

tamagirlik jinoyatlari sodir etish uchun imkoniyatlarning yuzaga kеlish ehtimoli erkaklar uchun

ham, ayollar uchun ham bir xil.

Tabiiyki, jinsidan qat’iy nazar, har qanday odam ham jinoyatga qo'l uravеrmaydi. Biroq,

ilgari ayol jinoyat sodir etish uchun zarur ma’naviy-ruhiy xususiyatlar majmuiga ega bo'lsa, uning

imkoniyatlari shunday xususiyatlar majmuiga ega bo’lgan erkak bilan bir xil bo'lardi. Endilikda

erkaklar ham, ayollar ham o'z jinoiy niyatlarini amalga oshirishda tеng imkoniyatlarga ega.

Jinslarning bu tеnglashuviga umumiy jinoyatchilik tarkibida ayollar jinoyatchiligi ulushi

ko’payganligining sabablaridan biri sifatida qarash mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, ayol bo’sh qolganligidan emas, balki muhtojlik,

e’tiborsizlik, sevilmaslik, mehr ko’rmaslik sababli jinoyat ko’chasiga kiradi. Ayol eridan

ko’rmagan mehrni boshqadan izlaydida xiyonat ko’chasiga kiradi. Erkaklar esa uyidagi farishta

ayolini qayerdagi bir past ayollarga almashadi.

Ayolni yomon bo’lishiga asosiy sababchi birinchi o’rinda erkak. Erkak ayolini xunukligi

uchun sevmasa ham unga boshqa tarafdan e’tibor qaratib ko’rishi kerak. Aslida ayolni xunugi

bo’lmaydi, faqat insonlarda shunday qarash singib qolgan.

Ayol sal chiroyli bo’lmasa nima qilibdi uniyam Xudo yaratgan. Nima u shunday bo’lishini

istaganmi. Aziz erkaklar hech qachon esingizdan chiqmasin ayolni unga ko’rsatilayotgan mehr-

muhabbat, e’tibor yoshartirib, yanada go’zal qiladi.

Ayol baxtli bo’lsa hech kim bilan ishi bo’lmaydi. Baxtli bo’lgan kishi esa internet

tarmoqlariga kirishgayam vaqt topa olmaydi. Chunki barcha baxtli onlarini sevikli umr yo’ldoshi,

farzandlari bilan o’tkazadi. Ayol baxtli bo’lishi uchun ko’p narsa kerakmas. Ayolga faqat mehr-

e’tibor, baxt, hurmatgina bo’lsa bas. Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat baxtli.

REFERENCES

1.

Kriminologiya darslik /Q.R.Abdurasulova.

2.

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Ilmiy maqolalar


background image


192

3.

Xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish dolzarb

vazifa /M.M.Xo’janazarova

4.

Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning kriminologik tavsifi / D. G’ofurova

References

Kriminologiya darslik /Q.R.Abdurasulova.

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi.

Xotin-qizlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish dolzarb vazifa /M.M.Xo’janazarova

Ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning kriminologik tavsifi / D. G’ofurova

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов