IMPROVING THE MECHANISM OF TAXATION OF COMMERCIAL BANKS

HAC
Google Scholar
To share
Mirramazonova , M. (2024). IMPROVING THE MECHANISM OF TAXATION OF COMMERCIAL BANKS. Modern Science and Research, 3(2), 309–312. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30759
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article examines the theoretical basis for improving the mechanism of taxation of commercial banks. The positive and negative aspects of the tax on financial activities have been studied. Relevant conclusions were formed based on the studies of the conducted research. Attention is paid to the potential ways to improve the mechanisms of profit tax calculation and collection in commercial banks. By evaluating various scientific works and conducting comparative analysis, this study aims to recommend effective strategies designed specifically for commercial banks in Uzbekistan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

309

TIJORAT BANKLARINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Mirramazonova Madinabonu

Soliq va soliqqa tortish yo’nalishi 2-kurs

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10962773

Annotatsiya. Ushbu maqolada tijorat banklarini soliqqa tortish mexanizmini

takomillashtirish bo'yicha nazariy asoslari ko‘rib chiqilgan. Moliyaviy faoliyatga soliqni ijobiy va
salbiy jihatlari tadqiq qilingan. Olib borilgan tadqiqotlarni o‘rganishlar asosida tegishli xulosalar
shakllantirilgan. Tijorat banklarida foyda solig'ini hisoblash va undirish mexanizmlarini
takomillashtirishning potensial yo'llariga e'tibor qaratiladi. Turli ilmiy ishlarni baholash va
qiyosiy tahlillarni o‘tkazish orqali ushbu tadqiqot O‘zbekistondagi tijorat banklari uchun maxsus
ishlab chiqilgan samarali strategiyalarni tavsiya etishdan iborat.

Kalit soʻzlar: tijorat banklari, tartibga solish, soliqqa tortish, moliyaviy faoliyatga soliqlar,

foyda solig'i, qo’shilgan qiymat solig’i, tijorat banklari soliqlari, soliqni hisoblash, soliq yig'ish.

IMPROVING THE MECHANISM OF TAXATION OF COMMERCIAL BANKS

Abstract. This article examines the theoretical basis for improving the mechanism of

taxation of commercial banks. The positive and negative aspects of the tax on financial activities
have been studied. Relevant conclusions were formed based on the studies of the conducted
research. Attention is paid to the potential ways to improve the mechanisms of profit tax calculation
and collection in commercial banks. By evaluating various scientific works and conducting
comparative analysis, this study aims to recommend effective strategies designed specifically for
commercial banks in Uzbekistan.

Key words: commercial banks, regulation, taxation, taxes on financial activities, profit tax,

value added tax, taxes of commercial banks, tax calculation, tax collection.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МЕХАНИЗМА НАЛОГООБЛОЖЕНИЯ

КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ

Аннотация. В данной статье рассматриваются теоретические основы

совершенствования механизма налогообложения коммерческих банков. Изучены
положительные и отрицательные стороны налога на финансовую деятельность. На
основании результатов проведенных исследований были сформированы соответствующие
выводы. Уделяется внимание потенциальным путям совершенствования механизмов
исчисления и сбора налога на прибыль в коммерческих банках. Оценивая различные научные
работы и проводя сравнительный анализ, данное исследование направлено на то, чтобы
рекомендовать эффективные стратегии, разработанные специально для коммерческих
банков в Узбекистане.

Ключевые слова: коммерческие банки, регулирование, налогообложение, налоги на

финансовую деятельность, налог на прибыль, налог на добавленную стоимость, налоги
коммерческих банков, расчет налогов, сбор налогов.


Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni

taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

310

amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga)
ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.

Tijorat banklari faoliyatini tashkil qilish asoslari bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat

banklarining faoliyati foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank
foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib bormoqda. Chunki tijorat
banklarining foydasi bank kapitali to‘planishining va bank rivojlanishining asosiy manbasidir.

Bank foydasining o‘sib borishiga ta’sir qiladigan bir necha xil omillar mavjud bo‘lib, bular:

bankning rentabelligi, vaqtincha bo‘sh mablag‘larning samarali ishlatilishi, turli xil pullik
xizmatlar ko‘rsatish doirasini (faktoring, lizing xizmatlari va h.k.) kengaytirish, foyda
keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish va boshqa omillar
hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish tamoyillaridan biri-
yuqori darajada foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Banklarning faoliyati doimo foyda ko‘rish bilan
bog‘liq bo‘lmasdan, ular faoliyatida zarar ko‘rish ehtimoli ham uchrab turishi mumkin. Banklar
faoliyati ijobiy bo‘lgan hollarda, ularning foyda olish va salbiy faoliyat natijasida, banklarning
zarar ko‘rish ehtimoli yuqori darajada bo‘ladi. Yuqorida aytilgan foyda keltiruvchi rezervlarni
amalda tatbiq qilish jarayonida, bankning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan risk (zarar ko‘rish
ehtimoli) bilan bog‘liq bo‘ladi.

Bugungi kunda tijorat banklari faoliyatini soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlari

quyidagilar bilan xarakterlanadi: keng ko‘lamdagi soliq chegirmalaridan keng foydalanish
(kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga rezervlar, foyda bazasini ko‘rilgan zararlar
summasiga kamaytirish va boshqalar), foizli daromad olish bilan bog‘liq foizli xarajatlar bo‘yicha
cheklovsiz chegirmalarni taqdim etilishi, bank faoliyati bilan bog‘liq asosiy operatsiyalarni QQS
to‘lashdan ozod qilinishi. Global moliyaviy inqirozni kelib chiqish sabablari va uning oqibatlarini
bartaraf etishda bank sektorini tartibga solish va soliqqa tortish o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan
muammolarni ko‘rsatib berdi.

Keynes (1936) ta’kidlashicha, soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga

solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu
funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o‘sishni ta’minlash vositasi
sifatida foydalanish zaruriyatidan kelib chiqadi. Yevropa komissiyasining (moliyaviy sektorni
soliqqa tortish to‘g‘risidagi ma’ruzasida soliq solishda muhim bo‘lgan uchta argument keltirib
o‘tilgan. Soliqqa tortish moliyaviy sektorni faoliyati bilan bog‘liq risklarni pasaytirish maqsadlari
uchun qo‘llaniladigan tartibga solishga muhim vosita deb qaralgan. Ikkinchidan, daromad manbai
bo‘lib, banklar soliq to‘lovchi sifatida davlat moliyasiga adolatli xissa qo‘shishi mumkin va
uchinchidan, banklar moliyaviy muammolarini yechimida moliyalashtirish manbasi hisoblanadi
(EC, 2010).

Taxminlarga ko‘ra, moliyaviy soliqlardan tushumlar umumiy daromadlar tarkibiga kirib,

umumiy zarar miqdoriga teng bo‘lmasligi lozim bo‘lsada, biroq bu soliqlar moliyaviy sektorni
haddan ziyod riskli faoliyatini cheklashga yoki oldini olishini ta’minlashi lozim. Shuningdek,
tizimli risklarni bevosita korrektirovka qiluvchi soliqlar tartibga solish qoidalariga kiritilgan yangi
o‘zgarishlar bilan uzviy muvofiqlashtirish (masalan, kapital yetarliligi va likvidlikni ta’minlash
bo‘yicha qo‘shimcha talablar) zarur hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

311

O‘zbekiston tijorat banklari yangi tahrirda tasdiqlangan Soliq kodeksida yirik soliq

to‘lovchilar toifasiga kiritilgan bo'lib, jumladan, tijorat banklari yirik soliq to‘lovchilar toifasiga
kiritilganligi hamda ularning alohida bo‘linmalari hisobga olinib, Soliq kodeksining 20-moddasiga
asosan banklar (Bosh bank) markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etishi va belgilangan
tartibda soliqlarni (yig‘imlarni) to‘lashi qayd etilgan.

Bizga ma’lumki dunyoning yetakchi iqtisodiyotiga ega AQSh, Kanada, Germaniya,

Shveytsariya mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan tijorat banklariga soliq solish tizimini tahlil
qilish muhim ahamiyatga ega. Umuman olganda barcha soliq to'lovchilar uchun, ularning
faoliyatining o'ziga xos xususiyatlaridan qat'iy nazar, soliqqa tortish umumiy normativ-huquqiy
hujjatlar bilan tartibga solinadi, ular qonunlar, qoidalar, ko'rsatmalar, ko'rsatmalar shaklida alohida
davlat organlarining qarorlari bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, bir qator soliqlar bo'yicha moliya
institutlarining soliq solinadigan bazasini aniqlash muhim aniqlashtirishni talab qiladi. Birinchi
navbatda, daromad solig'iga tegishli bo'lgan alohida holatlar aniqlashtirish kerak. Avvalambor
tijorat banklarini soliqqa tortish davlatning ichki qonunlari asosida hosil bo’ladi. Davlatning tijorat
banklariga soliq solish tizimini tahlil qilishdan oldin umumiy soliq tizmi haqida tasavvurga ega
bo’lish lozim.

Samarali va aniq soliqqa tortish siyosati bilan mashhur bo’lgan Singapurda Singapur ichki

daromadlar boshqarmasi hamkorlikda muvofiqlik yondashuvini qo’lladi. Bunday yondashuv
banklarni soliq tavakkalchiligi bo‘yicha shaffof bo‘lishga, o‘zaro ishonchni mustahkamlashga va
soliq organlari va tijorat banklari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni kamaytirishga chaqiradi. Ushbu
faol chora soliq to’lashdan bo’yin tovlash holatlarining kamayishiga va Singapur bank sektorida
umumiy soliq majburiyatlarining oshishiga olib keldi Germaniya esa soliq yig’ish jarayonlarini
raqamlashtirishga katta e’tibor qaratmoqda. Mamlakat o‘z tijorat banklari uchun soliq
hisobotlarini elektron shaklda taqdim etish majburiyatini yuklaydi, bu nafaqat soliq yig‘ish
samaradorligini oshiradi, balki inson xatolarini ham minimallashtiradi. Texnologiyani qo’llash
orqali Germaniya soliqlarni hisoblash va undirish jarayonlarini soddalashtirib, umumiy soliq
qonunchiligini yaxshilashga muvaffaq bo’ldi. Kanada soliqlarni hisoblash va undirishning
samarali usullarini ham namoyish etadi. U o’z bank sektori uchun tushunarli va aniq soliq
yo’riqnomalarini taklif qiladi, chalkashliklarni kamaytiradi va qonunbuzarlik holatlarini
kamaytiradi. Kanada soliq organi, shuningdek, banklarning soliq majburiyatlarini bajarishini
ta’minlash uchun muntazam audit o’tkazish zarurligini ta’kidlaydi

Soliq solinadigan daromad toifalari: Tijorat banklarini daromadidan soliqqa tortiladiganlari

quyidagilar, tovarlar, ishlar, xizmatlar, foizlar, dividendlar, yalpi royalti, yalpi ijara haqi va kapital
o‘sishidan tushgan daromadlarga soliq solinadi. Davlat nuqtai nazaridan ushbu manbalar bankning
soliqqa tortiladigan daromadlar sirasiga kiradi. Agar Tijorat banki mahalliy kompaniya bo’lsa unda
kompaniyalarning ishidan olingan dividendlar qisman soliqqa tortiladi Tijorat bankini soliq
to'lashdan ozod qilingan daromadlari quydagi holatda bo’lsa : masalan, qonun talablariga javob
beradigan davlat va munitsipal obligatsiyalar bo'yicha olingan foizlarni va korporatsiyaning 80%
dan ko'prog'iga egalik qiladigan bo'lsa, korporatsiya tomonidan sho’ba korxonadan olingan
dividendlarni ko'rsatadi. sho'ba korxona va konsolidatsiyalangan guruhning bir qismi sifatida
hisoblanib daromadning shu turiga olinishi kerak bo’lgan soliqdan ozod qilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

312

Tijorat banklarini ya’ni quydagi holatda daromad soliqlari kamaytiriladi ya’ni tijorat

banklari banklar boshqa ixtisoslashgan moliya institutlari va sug'urta kompaniyalari bilan
birgalikda kechiktiriladigan qarzlar uchun zaxira yaratish imkoniyatiga ega ekanligi ta'kidlangan.

Ushbu zaxiralar, asosan, qaytarilmasligi mumkin bo'lgan kreditlar bo'yicha potentsial

yo'qotishlarni qoplash uchun ajratiladi. Banklar kechiktiriladigan qarzlar uchun ajratilgan
summalarni xarajatlar sifatida kiritishlari mumkin, bu esa o'z navbatida ularning soliqqa
tortiladigan daromadlarini (soliq bazasini) kamaytiradi.

Tijorat banklari foydasi va xodimlar mukofotlarini soliqqa tortish doirasida ekspertlar

asosiy e’tiborlarini muhim va murakkab bo‘lgan masalaga, ya’ni soliqqa tortish maqsadida
moliyaviy sektordagi qo‘shilgan qiymatni aniqlashning amaliy imkoniyatlariga qaratilgan. MFS
ning ko‘p jihatdan QQS xarakteriga ega bo‘lishi, QQS kabi banklarning faoliyati strukturasiga
bevosita ta’sir etmaydi, chunki soliq xizmatlardan tushum yoki tovar aylanmasidan emas, balki
qo‘shilgan qiymat summasiga bog‘liqligini tasdiqlaydi. Albatta, mazkur soliqni QQS bilan farqi
shundaki, soliq yuki faqat oxirgi iste’molchilarga emas, ma’lum qismi banklarga ham tushadi.

Binobarin, mazkur soliqni amalga oshirilishi banklarni faoliyatiga bevosita ta’sir etmaydi,

chunki MFS aslida iqtisodiy rentaga soliq sifatida, bank faoliyatini o‘zgartirmagan xolda uni
hajmini qisqartirishga olib keladi.

Tijorat banklarida foyda solig'ini hisoblash va undirish mamlakat moliya tizimining

murakkab, ammo hal qiluvchi jihati hisoblanadi. O‘zbekiston ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish
orqali bank sohasida soliq amaliyotini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Aniq reglamentlar,
raqamlashtirish va kooperativ muvofiqlik yondashuvining kombinatsiyasi bu borada muhim
qadam bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasining O’RQ-814-sonli “Korporativ boshqaruv tizimi yanada
takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun
hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni

4.

S.Qudratov.,M.Nazarova. Tijorat banklarida korporativ boshqaruv.Toshkent. TDIU. 2019 y

5.

A.A. Azlarova, M.M. Abduraxmanova “Bank marketingi va menejmenti” Toshkent –
Iqtisodiyot – 2019 199

6.

Yuldasheva G. Tijorat banklarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish istiqbollari // Moliya
va bank ishi. № 4, 2020. – 34-41 b.

7.

Toshmatov Sh. Tijorat banklarini soliqqa tortish xususiyatlari // Soliq solish va buxgalteriya
hisobi. – Toshkent, 2014. - № 12. – 6 b.

References

O'zbekiston Respublikasining O’RQ-814-sonli “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5992-sonli “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni

S.Qudratov.,M.Nazarova. Tijorat banklarida korporativ boshqaruv.Toshkent. TDIU. 2019 y

A.A. Azlarova, M.M. Abduraxmanova “Bank marketingi va menejmenti” Toshkent – Iqtisodiyot – 2019 199

Yuldasheva G. Tijorat banklarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish istiqbollari // Moliya va bank ishi. № 4, 2020. – 34-41 b.

Toshmatov Sh. Tijorat banklarini soliqqa tortish xususiyatlari // Soliq solish va buxgalteriya hisobi. – Toshkent, 2014. - № 12. – 6 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов