PERODUCTIVE BIOLOGY OF PISTACHIO (PISTACIA VERA. L) IN ANGOR DISTRICT

HAC
Google Scholar
f
975-978
0
0
To share
Ergasheva, L. (2024). PERODUCTIVE BIOLOGY OF PISTACHIO (PISTACIA VERA. L) IN ANGOR DISTRICT. Modern Science and Research, 3(2), 975–978. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31286
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes how to breed pistachios from rare fruit plants that are difficult to reproduce in Uzbekistan today, how to reduce the period of its entry into the harvest, and how to increase its productivity. In addition, information about pistachio rodent pests and their control measures is provided.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

975

ANGOR TUMAN SHAROTIDA PISTA (PISTACIA VERA. L) NING PERODUKTIV

BIOLOGIYASI

Ergasheva Lobar Xudoyshukurovna

Termiz davlat universiteti.

Magistratura bo'limi.

Botanika kafedrasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11034364

Annotatsiya.

Maqolada, hozirgi kunda O'zbekistonda ko'paytirilishi qiyin bo'lgan noyob

mevali o'simliklardan pistani ko'paytirish, uni hosilga kirish mudadtini qisqartirish,
mahsuldorligini oshirish haqida bayon etiladi. Bundan tashqari pistaning kemiruvchi
zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari haqida ham ma'lumotlar beriladi.

Kalit so‘zlar

: pista, tuproq unumdorligi, hosildorligini oshirish, quritilgan mevalar,

kemiruvchi zararkunandalar, biologik kurash, kimyoviy kurash.

PERODUCTIVE BIOLOGY OF PISTACHIO (PISTACIA VERA. L) IN ANGOR

DISTRICT

Abstract.

The article describes how to breed pistachios from rare fruit plants that are

difficult to reproduce in Uzbekistan today, how to reduce the period of its entry into the harvest,
and how to increase its productivity. In addition, information about pistachio rodent pests and
their control measures is provided.

Key words:

pistachio, soil fertility, productivity improvement, dried fruits, rodent pests,

biological control, chemical control.

ПРОДУКТИВНАЯ БИОЛОГИЯ ФИСТАШКИ (PISTACIA VERA. L) АНГОРСКОГО

РАЙОНА

Аннотация.

В статье описано, как вывести фисташку из редких плодовых

растений, трудно размножаемых в Узбекистане, как сократить сроки ее вступления в
урожай и как повысить ее продуктивность. Кроме того, представлена информация о
вредителях фисташек и мерах борьбы с ними.

Ключевые слова:

фисташка, плодородие почвы, повышение продуктивности,

сухофрукты, грызуны-вредители, биологический контроль, химический контроль.


Respublikamizda mevachilikni jadal rivojlantirish, tuproq unumdorligini ko‘tarish, meva

ekinlari hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash hamda ulardan qayta ishlash sanoatida
tayyorlanadigan mahsulotlarni ko‘paytirishga, xalqimizning mevaga bo‘lgan talabini to‘la
qondirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimiz
tomonidan chiqarilgan 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonning 3.3.-bandi “paxta va
boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa
va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish
hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish.....” muhim strategik vazifalardan qilib
belgilandi.

Hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish hamda meva-sabzavot ekinlarini

yetishtirishni uzluksiz zanjirni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi meva-sabzavot mahsulotlari ishlab


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

976

chiqarishni tashkil etishning klaster usulini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva- sabzavotchilikni jadal
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388-son farmoni soha
rivojida muhim o‘rin tutmoqda.

Mamlakatimiz aholisini yong‘oqmevali mahsulotlar bilan ta’minlash qishloq xo‘jaligi

oldidagi asosiy vazifalardan biridir. Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini uzluksiz
qondirish borasida yil sayin yetishtirilayotgan mahsulotning hajmi va sifatini oshirib borish zarur.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda aholi jon boshiga kuniga kamida 330-400 g yoki yiliga

115-120 kg meva, shundan 15 kg uzum va 10 kg rezavor-meva yetishtirilishi kerak. O‘zbekiston
tibbiyot olimlari respublika aholisining uzum iste’mol qilish normasini 25 kg ga oshirishni va
bunga qo‘shimcha yana 10-11 kg quritilgan mevalar iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

O‘rta Osiyo respublikalarida dunyodagi eng yirik yovvoyi pistazorlar joylashgan. Ularning

maydoni qariyib 300 ming gektarni tashkil etadi. Pistazorlar bilan qoplangan maydonlarning 42%
Tojikistonda, 33% Qirg‘izistonda, 15% Turkmanistonda va 10% O‘zbekistonda joylashgan.

Xandon pistaning butun areali shimoli-g‘arbdan janubi-sharqqa tomon to‘rt tog‘ tizmasi

(Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Paropamiz va Turkman-Xuroson tog‘lari) hududida joylashgan.

Arealning shimoli-g‘arbiy chegarasi markaziy Tyan-Shanda Issiqko‘l yaqinida joylashgan

bo‘lib, shimoliy qismi Qirg‘iziston tog‘ tizmasining janubiy tog‘ yonbag‘ridan o‘tadi. Arealning
janubiy chegarasi Afg‘oniston hududidan, Hindikush tog‘larining shimoliy tarmoqlari,
Paropamiz, Hirotdan biroz janubda o‘tadi; janubi- g‘arbiy qismi – Eron, Xuroson tog‘
yonbag‘irlarida, g‘arbiy qismi – g‘arbiy Kopetdog‘da, Sumbar va Chandir daryolari oralig‘ida
joylashgan, janubi-g‘arbiy qismi esa Pomir- Oloy tizmasining Vanch tog‘ tarmog‘igacha yetadi.

O‘zbekiston hududida xandon pista Farg‘ona vodiysini o‘rab olgan tog‘ tizmalarida:

Chotqol, Qurama, Farg‘ona tog‘ tizmalarida, undan so‘ng O‘zbekistonning janubiy tizmalari:
Karjantov, Pskem, Ugom- Chotqol tog‘ tizmalari va nihoyat, eng g‘arbiy nuqtasi Tyan-Shan –
Nurota va Pistalitovda uchraydi.O‘zbekiston janubida – Kuhitangtov va Bobotog‘ tog‘ tizmalarida
pistazorlar mavjud.

“Dunyo bo‘yicha hozirgi kunda xandon pista yetishtiriladigan umumiy maydon 0,82 mln

gektarni tashkil yetadi. So‘nggi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Dunyo bo‘yicha
915717 tonna pista hosili oligan bo‘sa shundan: AQSh 523900 tonnani, Eronda 135000 tonna,
Turkiyada esa 119355 tonnani tashkil qilgan. O‘zbekistonda 2021 yilda bu ko‘rsatkich 400
tonnani tashkil yetgan”. Bugungi kunda mazkur davlatlarda yetishtiriladigan xandon pista
hosilining miqdoriga zararkunanda hashoratlarning ham salbiy ta’siri oshib bormoqda. Zararning
oldini olishda zararli hashoratlarning tarqalishi va rivojlanishi aniqlash, iqtisodiy zarar miqdor
mezoniga asoslangan holda kurash usullarini olib borish zarur.

Yong‘oqmevali daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilishda o‘g‘itlash va sug‘orish

ishlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, agrotexnik va biologik va kimyoviy kurash tadbirlariga
tayangan holda parvarish qilishni amalga oshirish zarur. Yong‘oqmevali daraxtlardan yuqori hosil
olish uchun yuqori agrotexnika qoidalari asosida parvarish qilish bilan bir qatorda erta bahordan
o‘simlikka va uning hosiliga zarar keltiruvchi turli xil zararkunanda hasharotlarning tarqalish
areali, tur tarkibini, zararlanish davri va zarar keltirish darajasini bioekologiyasi chuqur o‘rganib
ularga qarshi agrotexnik, biologik va kimyoviy kurash choralari majmuini takomillashtirib borish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

977

talab etiladi. Keyingi vaqtlarda yong‘oqmevali va boshqa ekinlarga zarar yetkazuvchi
hasharotlarlarning ko‘payishi va tarqalishi uchun qulay bo‘lganligi sababli turli xil zararkunanda
hasharotlar zarari yildan-yilga oshib borayotganligi kuzatilmoqda.

Pistazorlardan sifatli va yuqori sifatli hosil olishda ularda uchraydigan kasallik va

zararkunandalardan asrash muhim bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatimiz iqlim sharoitida yuqoridagi
zararkunandalarning tarqalish areali, tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, zarar keltirish davri,
zararlanish darajasi, iqtisodiy zararlash miqdor mezonini aniqlangan holda entomofaglardan
foydalanib, ekologik xavfsiz va atrof muhitga salbiy ta’sir qilmaydigan, yuqori biologik va
iqtisodiy samara beradigan ilmiy asoslangan uyg‘unlashgan kurash tizimini ishlab chiqish va
amalda tadbiq qilish hozirgi kunning muhim vazifalardan hisoblanadi. Pista daraxtlarini barg,
tana va meva zararkunandalaridan asosan qipcha tanali pista tilla qo‘ng‘izi (Agrilus schisehyeri
ninni Sem.), Pista daraxtining qovurg‘ali tilla qo‘ng‘izi (Capnodis parumstriata ball), pista
bargxo‘ri (Labidostomis stenostomci Ws.), Hisor pista bargxo‘ri (Luperus hissaricus Oglob.),
pista urug‘xo‘ri yoki pista yo‘g‘onoyog‘i (Yeurytoma plotnirovi Nik), pista po‘stloqxo‘ri
(Chaltoptelius vestitus Rey. ) kabi zararkunandalar kuchli zarar yetkazadi.

Avvalo hamma yuqumli manbalarini yo‘qotish, daraxtlarning chirishiga sabab bo‘ladigan

buqoqlarni yo‘qotib, buqoqlar qirqilgan joyga dezinfeksiyalovchi modda surkash yoki ularni
iyul oyigacha to‘plash va kuydirish kerak; Mevalar to‘kilgan vaqtdan boshlab to kelgusi yil
mart oyigacha to‘kilgan mevalarni, barglarni yo‘qotish shuningdek hosil pishgandan so‘ng
daraxtda to‘kilmay qolgan pistalarni terib olish kerak.

Biologik kurash. Pista daraxtlari zararkunandalariga qarshi may va iyun oylarida

mikrobiopreparatlarni qo‘llanilganda yuqori samadorlikka erishiladi.

Kimyoviy kurash. Pistazorlarda hosil yig‘ib olingan so‘ng va erta baxorda o‘simlik

gullagunga qadar zararkunandalarga qarshi insektisidlar bilan ishlov berish.

Shu jihatdan, pistazorlarda uchraydigan zararkunandalarning dominant turlarni aniqlash,

oziqlanish statsiyalarini o‘rganish, tabiiy entomofaglarning tur tarkibi, zararkunandalar sonini
kamaytirish, zararkunandalarga qarshi istiqbolli kimyoviy vositalarni aniqlash va ularni qo‘llash
asosida yong‘oqmevali daraxtlarda uchraydigan zararkunandalarga qarshi kurashda biologik
va iqtisodiy samaradorligi o‘rganish asosida ilmiy asoslangan himoya qilish chora-tadbirlarini
ishlab chiqish talab etiladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni https://lex.uz/docs/3107036

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2030 yillarda O‘zR qishloq xo‘jaligini
rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-5853 sonli farmoni. 28.01.2020 yil.

3.

Юсупов А.Х., Холиқов Ш.А. писта зараркунандаларини тарқалиши, зарари ва хаёт
кечириш тарзи, 677-б.

4.

Sulaymonov OA, Madiev AJ. EFFECTIVENESS OF THE CHRYSOPIDAE
ENTHOMOPHAGY AGAINST APHID SUPERFAMILY (APHIDIDAE) ON APPLE
TREES. Academic research in educational sciences. 2022;3(Speical Issue 1):134- 7.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

978

5.

Mashrabov MI, Makhmatmurodov AU, Kadirova GA. THE CHANGING OF
PHOSPHATE REGIME OF SOILS WITH CARBONMAGNESIA SALTING UNDER
THE INFLUENCE OF NEW COMPLEX FERTILIZERS AT COTTON CULTIVATION.
Academic research in educational sciences. 2022;3(Speical Issue 1):64-74.

6.

OА Poʻlatov, SEO Negmatov, MSQ Xotamova - SAMARQAND VILOYATI
SHAROITIDA YONG‘OQNING SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA
QARSHI KIMYOVIY KURASH Academic research in educational sciences, 2023

7.

Махматмуродов А, Пўлатов О, Содиқов Э. БОДОМНИНГ СЎРУВЧИ
ЗАРАРКУНАНДАСИ ОДДИЙ ЎРГИМЧАККАНА (TETRANYCHUS URTICAE
KOCH.) ВА УНГА ҚАРШИ КИМЁВИЙ ПРЕПАРАТЛАРНИ БИОЛОГИК
САМАРАДОРЛИГИ. Development and innovations in science.

2023 Oct 27;2(10):108-13.

8.

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online
conference.

9.

Международный научный журнал PISTA BIOLOGIYASI VA MORFOLOGIYASI
AREALI TURLI TUPROQ IQLIM SHAROITLARIGA MOSLASHUVCHANLIGI

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-sonli Farmoni https://lex.uz/docs/3107036

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2030 yillarda O‘zR qishloq xo‘jaligini rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-5853 sonli farmoni. 28.01.2020 yil.

Юсупов А.Х., Холиқов Ш.А. писта зараркунандаларини тарқалиши, зарари ва хаёт кечириш тарзи, 677-б.

Sulaymonov OA, Madiev AJ. EFFECTIVENESS OF THE CHRYSOPIDAE ENTHOMOPHAGY AGAINST APHID SUPERFAMILY (APHIDIDAE) ON APPLE TREES. Academic research in educational sciences. 2022;3(Speical Issue 1):134- 7.

Mashrabov MI, Makhmatmurodov AU, Kadirova GA. THE CHANGING OF PHOSPHATE REGIME OF SOILS WITH CARBONMAGNESIA SALTING UNDER THE INFLUENCE OF NEW COMPLEX FERTILIZERS AT COTTON CULTIVATION. Academic research in educational sciences. 2022;3(Speical Issue 1):64-74.

OА Poʻlatov, SEO Negmatov, MSQ Xotamova - SAMARQAND VILOYATI SHAROITIDA YONG‘OQNING SO‘RUVCHI ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KIMYOVIY KURASH Academic research in educational sciences, 2023

Махматмуродов А, Пўлатов О, Содиқов Э. БОДОМНИНГ СЎРУВЧИ ЗАРАРКУНАНДАСИ ОДДИЙ ЎРГИМЧАККАНА (TETRANYCHUS URTICAE KOCH.) ВА УНГА ҚАРШИ КИМЁВИЙ ПРЕПАРАТЛАРНИ БИОЛОГИК САМАРАДОРЛИГИ. Development and innovations in science. 2023 Oct 27;2(10):108-13.

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference.

Международный научный журнал PISTA BIOLOGIYASI VA MORFOLOGIYASI AREALI TURLI TUPROQ IQLIM SHAROITLARIGA MOSLASHUVCHANLIGI

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов