ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1216
TARIXIY SO’ZLARNING SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI
Nasiba Jumayevna Yarashova
Navoiy innovatsiyalar universiteti kafedrasi professori v.b., f.f.d. (DSc).
https://doi.org/10.5281/zenodo.11084061
Annotatsiya.
Har qanday badiiy asarda zamon va makon o‘ziga xos betakror o‘ringa ega.
Chunki bu kategoriyasiz asarning sujeti va kompozitsiyasini tasavvur qilish qiyin. “Navoiy”
romanida ham yuqorida qayd qilingan tamoyil va talablarga amal qilinganligining guvohi
bo‘lamiz. Xususan, tarixiy davr va muhit, hayot va sharoitni yorqin ifodalash, hayot haqiqatiga
mos voqelik tasvirini berish maqsadida asar matnini tarixiy so‘zlarga boy tarzda shakllantiradi,
tarixiy so‘zlarni badiiy maqsadni amalga oshirishga xizmat qildiradi, ulardan unumli
foydalanadi. “Navoiy” romani matnlarida istorizm va arxaizm birliklar ko‘pchilikni tashkil qilib,
ular asar personajlari nutqini individuallashtirish va voqealar bo‘lib o‘tgan davr, zamonni
jonlantirish, uning yorqin tasavvurini hosil qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar.
Istorizm, arxaizm lisoniy, nutqiy, stilistik.
SOCIOPRAGMATIC STUDY OF HISTORICAL WORDS
Abstract.
Time and space have a unique place in any work of art. Because it is difficult to
imagine the subject and composition of the work without this category. In the novel "Navoi" we
can witness that the principles and requirements mentioned above are followed. In particular, in
order to vividly express the historical period and environment, life and circumstances, to give a
realistic image of reality, he forms the text of the work rich in historical words, uses historical
words to fulfill the artistic purpose, and uses them effectively. In the texts of the novel "Navoi",
historicism and archaism constitute the majority of units, and they serve as an important factor in
individualizing the speech of the characters of the work, reviving the period and time in which the
events took place, creating a vivid image of it.
Keywords:
Historicism, archaism linguistic, rhetorical, stylistic.
СОЦИОПРАГМАТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ИСТОРИЧЕСКОГО СЛОВА
Аннотация.
Время и пространство занимают уникальное место в любом
художественном произведении. Потому что без этой категории сложно представить
тематику и композицию произведения. В романе «Навои» мы видим соблюдение
упомянутых выше принципов и требований. В частности, чтобы ярко выразить
исторический период и среду, жизнь и обстоятельства, дать реалистическое
изображение действительности, он формирует богатый историческими словами текст
произведения, использует исторические слова для выполнения художественной цели,
использует их. эффективно. В текстах романа «Навои» историзм и архаизм составляют
большинство единиц и служат важным фактором индивидуализации речи персонажей
произведения, оживления периода и времени, в котором происходили события, создания
яркий образ этого.
Ключевые
слова:
Историзм,
архаизм
лингвистический,
риторический,
стилистический.
Tarixiy so‘zlarning lisoniy va nutqiy, stilistik xususiyatlari, vazifaviy imkoniyatlari,
ayniqsa, tarixiy-badiiy asar leksikasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarixiy so‘zlarning ma’noviy va
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1217
stilistik xususiyatlari, vazifa va imkoniyatlari ilmiy adabiyotlarda
1
qayd qilingan bo‘lib, shular
asosida ularning tarixiy asar leksikasini shakllantirishdagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyatini ham
anglash mumkin. Ayniqsa, tarixiy so‘zlarning stilistik xususiyatlari, vazifa va imkoniyatlari keng
bo‘lib, ulardan maqsadga muvofiq va unumli foydalana olish ijodkorning mahorati, salohiyati va
tajribasiga bevosita bog‘liq. Umuman, istorizm va arxaizmlarning badiiy nutq tarkibida tutgan
o‘rni, vazifasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ular, nafaqat, fikr ifodasi, tarixiy davrni jonlantirish
vositasi, balki nutq egalarining ruhiyati, dunyoqarashi, salohiyati va madaniyati kabi
xususiyatlarini ham namoyon qiluvchi muhim omildir. Bu o‘rinda “Navoiy” romanidagi
matnlarning leksikasini ijtimoiy-lisoniy jihatdan tavsiflash jarayonida tarixiy so‘zlarga e’tibor
qaratishni lozim deb deb topdik.
I.
“Navoiy” tarixiy romani leksikasidagi
istorizmlar
ni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:
1. Ijtimoiy-siyosiy nomlar:
podshoh, vazir, qul, qarol.
2. Mansab, unvon, lavozim nomlari:
a) yuqori mansablar:
qozikalon, miroxo‘r
(podshoh otboqarlarining boshlig‘i),
parvonachi
(podshoh farmonlarini yozib oluvchi va ishlar bo‘yicha podshohga ma’ruza qiluvchi
amaldor),
muhrdor, dorug‘ayi kutubxonai humoyun
(podshoh kutubxonasining boshlig‘i),
beklarbegi
(viloyat va katta shaharlarning boshlig‘i),
shayx ul-islom
(diniy ishlar bo‘yicha
amaldor),
dorug‘a
(shahar idorasi boshlig‘i, bosh mirshab),
muhtasib
(diniy ishlarning
musulmonlar tomonidan bajarilishini taftishlab yuradigan ma’mur),
dorug‘ayi kabutarxonai
humoyun
(podshoh kabutarxonasining boshlig‘i),
sadr
(vaqf va diniy ishlarni boshqaruvchi
ma’murlar),
bosh haram og‘asi
(haramdagi xotin-qizlarni kuzatib yuruvchi bichilgan qullar
boshlig‘i),
qal’a begi
(qal’a boshlig‘i),
boyon
(boylar),
sohibi devon
(mahkama boshqaruvchisi)
.
b) quyi lavozimlar:
eshik og‘asi, muboshir
(soliq yig‘uvchi),
ichkilar
(saroy yumushlarini
bajaruvchi maxsus beklar),
yasovul
(qurolli soqchi, posbon),
tovonchi
(dasturxonchilar, ziyofatni
boshqaruvchi),
mirob
(suv taqsimotini nazorat qiluvchi shaxs),
oqsoqol
(qishloqqa boshliq bo‘lgan
amaldor),
chopar, mulozim, kanizak, g‘unchachi, zakotchi.
d) unvonlar:
mahd ulyo
(Xadichabegimning unvoni),
mu’tamid ul-saltanat va mu’imtan
ul-mamlakat
(podshohlik va mamlakatning ishonchli odami).
3. Kasb-hunarni ifodalovchi istorizmlar:
aslahafurush
(qurol-yarog‘ sotuvchi),
bakovul
(oshpaz)
, bazzoz
(gazlama sotuvchi),
bo‘zchi, kosib
(mayda hunarmand),
halvofurush, munshiy
(kotib),
hakimi hoziq
(usta tabib),
kafshdo‘z, jomado‘z
(tikuvchi),
kosagar, baqqol
(mayda mollar
sotuvchi kichik savdogar),
mudarris
(madrasada dars beruvchi),
muarrix
(tarixchi)
, sahhof
(muqovachi)
, mug‘anniy
(cholg‘uchi),
soqiy
(may quyuvchi),
sarroj
(ot asboblari yasovchi
hunarmand).
4. Ilm-fan, adabiyot va san’at bilan bog‘liq bo‘lgan istorizmlar:
asrori g‘ayb ilmi
(osmon sirlari ilmi),
gushtgirlik ilmi
(pahlavonlik, badan tarbiyasi haqidagi ilm),
ilmi jarri saqil
1
O‘zbek tili leksikologiyasi. –Toshkent: Fan, 1981; Shoabdurahmonov Sh. va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili, 1-qism.
– Toshkent: O‘qituvchi, 1980. 124-126-betlar; Boymirzayeva S.U. Oybek prozasining lingvostilistik tadqiqi: filol.
fanlari nomz. diss... – Samarqand, 2004. 40–bet; Qurbonov T.Tarixiy badiiy asar va davr tili masalalari. Pirimqul
Qodirovning “Yulduzli tunlar. Bobur” romani materiallari asosida. –Toshkent, 2006. 28–bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1218
(mexanika),
ilmi rom
(folbinlik),
qonun
(qadimiy torli-tirnama cholg‘u asbobi),
daf
(childirma,
doira),
ulumi diniya
(diniy ilmlar),
ilmi badi’
(she’r va san’at nazariyasi)
.
5. Davlat va huquqqa oid istorizmlar:
mirob
(suv solig‘i),
ushr
(dehqonchilikdan
keladigan daromadning 1\10 qismi),
qo‘sh solig‘i, sohibjam solig‘i, boj
(hunarmandlardan
olinadigan soliq),
suyurg‘ol
(podshoh tomonidan sovg‘a qilingan yer),
sarona
(jon boshiga
olinadigan soliq),
tarxon
(maxsus imtiyozli oqsuyaklarning yeri, bu yerlar soliqdan ozod bo‘lgan),
vasiqa
(shaxsiy guvohnoma),
zakot
(chorva va mol-mulkdan 1\40 miqdirida olinadigan soliq),
xiroj
(yer solig‘i).
6. Harbiy tushunchalarni ifodalovchi istorizmlar:
birong‘or
(qo‘shinning so‘l tomoni),
hirovul
(qo‘shinning oldingi qismi),
jirong‘or
(qo‘shinning o‘ng tomoni),
sarkarda
(lashkarboshi),
siloh
(qurol),
til tutmoq
(dushmanning vaziyati haqida ma’lumot olmoq uchun dushman
odamlarini qo‘lga tushirmaq),
g‘o‘l
(qo‘shinning o‘rta qismi).
7. Diniy tushunchalar bilan bog‘liq istorizmlar:
faqr-u fano
(darveshlik, so‘filik),
fiqh
(musulmon qonunshunosligi),
go‘shanishinlik
(tarki dunyo qilib, odamlardan uzoq yashash),
rub’i
maskun
(dunyoning inson obod qilgan qismi).
8. O‘rin-joy ma’nosini ifodalovchi istorizmlar:
haram
(hovlining ayollar uchun ajratib
qo‘yilgan qismi)
, xobgoh
(yotoq uy)
, zindon, devon
(bosh idora, mahkama)
, hujra, qal’a, borgoh
(podshoh qabulxonasi),
xirgoh
( chodir, podshoh yashaydigan xos joy),
qasaba
(shahar),
xonaqoh
(xilvatxona, masjidning namoz o‘qiladigan xonasi),
chortoq
(bino, ko‘shk),
madrasa, qo‘ra
(atrofi
devor bilan o‘ralgan hovli joy),
takya
(ko‘knorixona, odamlar to‘planib ulfatchilik qiladigan joy),
guzargoh
(o‘tish joyi, mahalla joylashgan yer),
iydgoh
(bayramlarda xalq sayil qiladigan maydon),
duvozi dahpoya
(maxsus minbarli chodir),
ba’qa
(kambag‘al talabalar, musofirlar yashaydigan
hujra),
obrez
(yuz-qo‘l yuvish uchun maxsus yasalgan, usti berk o‘ra).
9. Kiyim-kechak nomlarini bildiruvchi istorizmlar:
chakmon, jomakor
(ish kiyimi),
taqya
(sidirg‘a
matodan tayyorlangan gulsiz do‘ppi),
jig‘a
(bosh kiyimga taqiladigan, qimmatbaho
toshlar bilan bezatilgan ziynat buyumi),
bo‘rk
(oshlangan qorako‘l teridan silindr shaklida tikilgan
bosh kiyimi),
isqarlot
(qirmizi qizil matodan tikilgan kiyim),
jubbaiy tillodo‘zi va kulohi navro‘z
(u zamonda amirlargina kiyadigan maxsus to‘n va bosh kiyimi),
10. Narsa-buyum nomini bildiruvchi istorizmlar:
juzdon
(xat-hujjatlar solib
qo‘yiladigan jild, xalta yoki muqova),
davot
(siyohdon)
, miqroz
(sham so‘xtasini kesadigan
kichkina qaychi),
manqal
(ko‘mir bilan yoqiladigan ko‘chma o‘choq),
mahofa
(podshohning
aravasi).
11. Narsalarning hisobi bilan bog‘liq istorizmlar (numerativlar):
bir farsah
(6-7
chaqirim),
bir dinor
(tillo tanga),
qari
(bir quloch qadar uzunlik),
botmon
(1.895,5 ga teng og‘irlik
o‘lchovi),
pud
(16,38 kilogrammga teng og‘irlik o‘lchov birligi).
12. Taom, yegulik nomlari bilan bog‘liq istorizmlar:
olihirot
(meva),
qo‘g‘irmoch
(qozonda qovrilgan bug‘doy),
umoch, ubra.
13. Ichimlik nomlari:
bo‘za
(tariqdan qilinadigan ichimlik),
chog‘ir
(may).
14. Tibbiyotga doir so‘zlar:
ma’jun
(turli ziravorlarga afyun qo‘shib tayyorlanadigan
dori),
kasali sakta
(birpasda sezgi va harakatning to‘xtab qolishi).
Yuqorida lug‘aviy ma’noviy guruhlarga ajratilgan istorizmlar asar personajlari nutqida faol
qo‘llangan:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1219
– Obdon yaxshi ish bo‘libdi-ku! – dedi To‘g‘onbek qo‘pol gavdasini xo‘jasi tomon surib.
– Durust,
muboshirlik
chakki ish emas. Lekin yo‘l-yo‘rig‘ini tushuntiring. (53-b.).
Ushbu eskirgan so‘zlar orasida o‘zaro paronimlik
hodisasi ham uchraydi. Masalan,
taqya
(sidirg‘a
matodan tayyorlangan gulsiz do‘ppi),
takya
(ko‘knorixona, odamlar to‘planib ulfatchilik
qiladigan joy).
Oybek “Navoiy” romanida istorizmlardan foydalanish orqali ikki maqsadni ko‘zda
tutganligi seziladi. Birinchidan, asar personajlarini yorqinroq ifodalash, uning bilim saviyasini
ko‘rsatib berish maqsadida yozuvchi ilm-fan, davlat va huquqqa oid, harbiy va diniy atamalar
guruhiga ana shunday o‘rinli murojaat qiladi. Ikkinchidan, asar qahramonlari nutqining ishonarli
tarzda bo‘lishini ta’minlash uchun arxaizmlardan foydalanadi. Qolaversa, o‘sha davrda mazkur
atamalarning umumiste’molda bo‘lganligi va ular vositasida predmet, hodisalarning nomlanishi
fikrlarning tabiiy, ishonarli chiqishini ta’minlashga xizmat qilgan. Eng muhimi, istorizmlar badiiy
asar tilida ma’lum bir tushuncha ifodalovchi atama sifatidagina emas, balki personajlar nutqini
individuallashtirish vositasi sifatida ham muhim uslubiy vazifa bajargan.
Xullas, yuqorida keltirilgan istorizmlar “Navoiy” tarixiy romanida faol qo‘llanilgan bo‘lib,
asar voqealari tasvirlangan davr va ijtimoiy hayotning haqqoniy ifodasini ko‘rsatishni
ta’minlashga xizmat qilgan. Adib o‘sha davrda qo‘llanilgan so‘zlardan o‘z o‘rnida foydalana
olgan, bu orqali tarixiy davr hayot haqiqatini ta’minlashga erishgan.
REFERENCES
1.
Bozorboyev K. O‘zbek so‘zlashuv nutqi frazeologizmlari: filol. fan. nomz. ...diss. –
Samarqand, 2001.
2.
Hazratqulov A. Dialogik nutq sintaksisining ba’zi xususiyatlari. (dialogik birlik haqida
metodologik ko‘rgazma). – Qarshi, 1978.
3.
Hojiyev A. O‘zbek tili terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000.
4.
Hotamov N., Sarimsoqov B. Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli
lug‘ati. – Toshkent, 1981.
5.
Ibragimova O. Boburnomadagi unvon va mansab nomlari. // O‘zbek tili va adabiyoti, 2008,
– №4.
6.
Ibrohimov S. Tilga e’tibor – elga e’tibor. – Toshkent: O‘zbekiston, 1972.
7.
Imomova G. Milliylik va badiiy nutq. – Toshkent, 2004.
8.
Imomova G. Tipik milliy xarakterlar yaratishda badiiy nutqning roli: filol.fan. nomz.
…diss. – Toshkent, 1993.
9.
Ismatullayev N. Hozirgi o‘zbek tilida kakofemizmlar va ularning stilistik roli. Leksika,
stilistika va nutq madaniyati masalalari ilmiy asarlar to‘plami. – Toshkent, 1980.
10.
Iskandarova Sh. O‘zbek nutq odatining muloqot shakllari: fil.fan.nomz...diss. – Toshkent,
1993.
