ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1220
METAFORALAR USLUBIY VOSITA SIFATIDA
(ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI MISOLIDA)
Nasiba Jumayevna Yarashova
Navoiy innovatsiyalar universiteti kafedrasi professori v.b., f.f.d. (DSc).
https://doi.org/10.5281/zenodo.11084204
Annotatsiya.
Jozibali, ta’sirchan nutq har qanday kishini o‘ziga jalb qiladi, hissiyot
uyg‘otadi. Tilimizda nutqning ta’sirchanligini oshirishda turli tasviriy vositalar va ko‘chimlardan
keng foydalaniladi.
Kalit so‘zlar.
metafora, metanimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik.
METAPHORS AS METHODOLOGICAL TOOLS
(IN THE EXAMPLE OF ABDULLA ORIPOV'S POETRY)
Abstract.
An attractive, impressive speech attracts any person and evokes emotions. In our
language, various figurative means and metaphors are widely used to increase the effectiveness
of speech.
Keywords:
metaphor, metonymy, synecdoche, task.
МЕТАФОРЫ КАК МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ ИНСТРУМЕНТ
(НА ПРИМЕРЕ ПОЭЗИИ АБДУЛЛЫ ОРИПОВА)
Аннотация.
Привлекательная, впечатляющая речь привлекает любого человека и
вызывает эмоции. В нашем языке широко используются различные образные средства и
метафоры для повышения эффективности речи.
Ключевые слова:
метафора, метонимия, синекдоха, задача.
Jumladan, metafora, metanimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari ma’no ko‘chish turlarini
ko‘rsatish mumkin. Shuni aytish kerakki, tilshunoslikda til zahiramizning bor kuchi, jozibasi mana
shu vositalar yordamida yuzaga chiqadi va tilimizning boyishiga xizmat qiladi.
Rimning mashhur notiqi Kvintilianning ta’kidlashicha, “metaforaning ortiqligi
tinglovchining diqqatini bezovta qiladi. Nutqni taqlid va topishmoqqa aylantiradi”[1]. Haqiqatda,
har qanday narsaning ortiqchasi asliyatni yo‘qotadi. Olim Sh.Rahmatullayevning
ta’kidlashlaricha, “Biror predmet, belgi, harakatning nomi boshqasiga o‘zaro tashqi o‘xshashlik
(shakli, rangi kabi jihatlari bilan) asosida ko‘chirilsa, metafora yo‘li bilan ko‘chirish deyiladi.
(yunoncha “metaphore” – “ko‘chirish) [2].
Tilshunosligimizda bu kabi troplarning keng imkoniyatlarini yaratishda badiiy matnlar
alohida ahamiyatga ega. Xususan, Abulla Oripov she’riyatida metafora o‘zgacha ruh berib, tilning
imkoniyatlarini yanada yaqqol aks ettiradi. Bu bilan shoir badiiy adabiyot ravnaqiga hissa
qo‘shibgina qolmay tilimizning ichki imkoniytalarini, serjiloligini, boyligini ko‘rsatib til rivojiga
ham ulkan hissa qo‘shdi. Abdulla Oripovning o‘zi aytganidek, “ma’lum did va saviyaga ega
bo‘lmagan ijodkor adabiyotning birinchi elemetni bo‘lmish tilning o‘zidayoq kimligini bildirib
qo‘yadi”. Demak, shoir adabiyot dunyosiga kirishda tilning mavqeyi muhim ekanligini
ta’kidlaydi. Tildan to‘g‘ri foydalanilgan asar haqiqiy asar maqomidadir. Bu uchun esa tilning
imkoniyatlaridan o‘z o‘rnida foydalanmoq lozim. Shoir badiiyatida qo‘llangan turli tasviriy
vositalar va iboralar o‘zgacha bir ma’no uyg‘unligini, xalqchillikni vujudga keltirgan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1221
Abdulla Oripov ijodidagi metaforalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, aynan metaforalar
yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘zgacha bir tizimning yaratilishi-yu, kuchli dinamik ruhning vujudga
kelishiga xizmat qilgan. Ijodkor umrining so‘nggi yillarida yozilgan “Yoshlik” she’rida
metaforaning quyidagicha namunasini ko‘rishimiz mumkin.
Yo‘l chetida,
Daryo bo‘yida
Turar edim aso tayanib.
Hayot isini tuymoq avjida,
Dunyolarga boqsam deb qonib. ()
Ushbu misalarda keltirilgan “Hayot isi” birikmasi metafora sifatida qo‘llanib, shoir biz
uchun mavhum bo‘lgan hayot isini tuyishga harakat qilmoqda. Bizga ma’lumki, hayot o‘zidan ifor
taratmaydi, balki xushbo‘y ifor taratish gulga yoki biror hid taratish xususiyatiga ega bo‘lgan
narsaga xos. Bu kabi narsalar ifori bilan kishini o‘ziga jalb qilgani, qancha bo‘yidan tuysangda,
kamligini his qilganingdek, “hayot isi” ham shunday seni o‘ziga tortaveradi. Demak, bu misralar
metaforaning belgi o‘xshashligi asosida ko‘chishiga misol bo‘la oladi.
Shoir “Iymon” she’rida ham metaforalardan unumli foydalangan, hatto, bir bandning
o‘zidayoq uch o‘rinda metaforaning qo‘llanishini ko‘rishimiz mumkin.
Afsus dunyo meni aldadi boplab,
Oldimg‘a tashladi yolg‘onni qoplab.
Ekkan daraxtlarim ko‘sam hisoblab
Yarmini beshik qildi, yarmini dor qildi. ()
Inson va hayvonlar, umuman, jonli narsalarga xos bo‘lgan xususiyat “jonsiz” dunyoga
ko‘chirilmoqda. Dunyo jonlanib, insonni aldashga tushadi. Uning oldiga yolg‘onni qoplab
tashlaydi va yana beshik, dor yasaydi. Ushbu misralardagi metaforalar harakat o‘xshashligi - jonli
narsaga xos xususiyatlarning ko‘chirilishi asosida vujudga kelmoqda.
Hali tugamaydi, bu achchiq qismat,
Kimdir nom talashib aqldan ozar.
Eng mudhishi o‘tmay sal fursat
Seni mavh etganlar xotira yozar. ()
She’rda keltirilgan “achchiq qismat” birikmasi metafora sifatida keltirilgan. Chunki hech
kim hayotning ta’mini totib ko‘rmagan. U shunchaki bir taomga nisbat. Taomdagi achchiqlik
yuzni burishtirib, og‘izni kuydirgani singari hayotdagi qiyinchiliklar-u to‘siqlar yuzingni
burushtirishi, yeyayotgan oshingni zahar bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘zini “achchiq
qismat”da namoyon qiladi. Achchiq qismat metaforasi belgi o‘xshashligi asosida ko‘chirilgan
bo‘lib, bir narsaga xos xususiyatning boshqasiga ko‘chirilishi natijasida vujudga kelgan.
Abdulla Oripov nabirasi Oybekka bag‘ishlab yozgan “Yangi avlod” she’rida ham
metaforaning betakror namunasini uchratamiz.
Dovullar umringni sovurdi butun,
Yetmadi bardoshing, sabr toqating.
Endi bari-birdir kunduz bilan tun,
Endi ortiqchadir qo‘lda soating.
(8-jild,139-b.)
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1222
Dovullar-u shamollar qum barhanlarini yoki xazonlarni sovurishi mumkin. Ammo umrni
butkul yo‘qsizlikka sovurishi dovullarga xos emas. Demak, bu o‘rinda ham metafora harakat
o‘xshashligi asosida vujudga kelgan.
Shoir shunchaki, asarning qimmatini, ta’sir kuchini oshirish uchun metafora qo‘llab
ketavermagan. She’rning butun zalvorini ko‘rsatish, kulminatsion nuqtasini ta’minlash vazifasini
ham metaforaga yuklaydi. Ha, shoir metaforalardan so‘z o‘yinini vujudga keltiradi. Shoirning
“Tug‘ilish” she’rida ushbu holatni kuzatishimiz mumkin.
Men bunday kaslarni topmadim o‘ylab,
She’rni ham yozmadim aslo atayin.
Qofiya ustida yetmish yil o‘ynab,
Bir jiddiy gapni ham endi aytayin. ()
O‘ynash mumkin insonni yukini ko‘taradigan narsalar ustida, ammo bizning buyuk
qalamkashimiz qofiya ustida o‘ynamoqda. Bu metafora o‘zgacha o‘xshashlik asosida yangicha
hissiyot uyg‘otmoqda.
Har bir yozuvchi, shoir ijodida metaforalar qo‘llashga harakat qiladi. Abdulla Oripov
mavjud metaforlarni she’riy misralarda qo‘llabgina qolmay, yangi-yangi, individual metaforalar
o‘ylab topadi:
Hayot – juda katta ummon bilmaydi sarhad,
Shu jumladan, xushomadning yo‘q uchi-keti.
Shoirning “Maslahat” she’ridan olingan ushbu misralarda “hayot-ummon” ga metafora deb
qarashimiz mumkin. Ijodkor nazdida “hayot” – ummon singari jo‘shqin va to‘xtovsiz. Bu
misralarda hayot ummonga o‘xshatilayotgan bo‘lsa, keyingi misralarda she’riyat olami do‘konga
qiyoslanmoqda.
Alisher ellik yil do‘konni ochib,
Qulf-kalit qilib ketganmikan yo.
Saroyda she’riyat durlarini sochib,
Ado qilganmikan yoki Boyqaro.
Bir bandda uch marotaba metafora qo‘llash asarning zalvorini oshirmoqda. She’riyat
do‘konga o‘xshatilishi, she’riyatning durlari-yu, uni Husayn Boyqaro ado qilganligi orqali isbotlab
bergan. Shoir hajviy bir she’rida butun bir she’rni metafora asosiga qurgan:
...maqtov kutar qushdan ham,
Mening aziz qavmim –ziyolilarim. (8-jild, 116-117-b.)
Maqtovni faqat zaboni bor inson bolasidan kutish mumkin. Ammo bizning maqtovni
sevuvchi, uni eshitsa yaltoqlanuvchi “ziyolilarimiz”, hatto, qushlardan ham olqish, maqtov
kutishadi. Shoir o‘zidagi bor achchiq kinoyani metafora asosida ko‘rsatadi. Shu she’rning so‘nggi
misralarida ham metaforaga ko‘chirilgan kinoyani ko‘rishmiz mumkin.
Ba’zida unvonlar hidini sezib,
U darrov o‘zini ramkaga solar.
Goho dabdurustdan kallasi qizib,
Nobel mukofotini talashib qolar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientifijournal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1223
Bu misralarda qo‘llangan metaforalar shunchaki o‘xshatish bo‘libgina qolmagan. Shoir
unga “yuk beradi”. Hissiyotning eng sokin chertiladigan ohanglarini ham metafora bilan
ifodalashga harakat qiladi.
Xullas, metaforaga shunchaki bir o‘xshatish sifatida emas, balki u bir o‘zgachalik, shoir
yuragidagi kechinmani ifoladalashdagi individuallikdir. Abdulla Oripov ham man shu
o‘zgachalikni qalamiga singdira olgan ijodkorlardandir. Shu bois uning she’rlari davr tanlamaydi,
eskirmaydi. Bir so‘z bilan aytagnda, shoir she’rlari qalbdan chiqqan sodda va samimiy va shu
holida qalbga yetib boradi. Ijodkor ta’kidlaganidek, har qanday shoir tilidan foydalanish mahorati
orqali o‘zligini namoyon qiladi.
REFERENCES
1.
Yo‘ldoshev B., Аbdullayev D. O‘zbek tilidagi polesemantik frazemalarni lug‘atlarda
izohlash tamoyillari. – Samarqand: SamDU, 2013. – 146 b.
2.
Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va yning lingvopoetik tahlili asoslari. – Toshkent: Fan, 2007.
– 120 b.
3.
Yoʻldoshev M., Muhamedova S., Saparniyazova M. Matn lingvistikasi. – Toshkent:
Mumtoz so‘z. 2020. – 188 b.
4.
Oʻrinboyev B. Oʻzbek tili soʻzlashuv nutqi masalalari. – Toshkent. 1974. 168 b.
5.
Shodiyev R. Ruhiyat rassomi. – Toshkent: Fan, 1997. – 106 b.
6.
Shomaqsudov А., Rasulov I., Qo‘ng‘urov R., Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi. –
Toshkent: O‘qituvchi. 1983. – 362 b.
7.
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – Toshkent: Universitet, 2006.
8.
http//:osnovaschool.ru
