Authors

  • Nasiba Yarashova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.31602

Keywords:

Literature language humanity powerful spiritual force.

Abstract

If water is an element that gives life to every flower, then the torch that illuminates the two worlds of man is literature. However, he created the world. Sometimes the world adorns a mind capable of change. It changed a person. In short, literature is a force that can hold the whole of humanity in its system. Well, when did literature become literature. When did he stay with such a powerful force.

background image


521

UCH BUYUK DAHO

Nasiba Jumayevna Yarashova

Navoiy innovatsiyalar universiteti kafedrasi professori v.b., f.f.d. (DSc)

https://doi.org/10.5281/zenodo.11096298

Annotatsiya.

Har giyoh-u har bir gulga jon baxshida etadigan bir unsur suv boʻlsa,

insonning ikki dunyosini yorituvchi mashala adabiyotdir. Vaholanki, u dunyoni yaratdi. Kezi kelsa

dunyo oʻzgartirishga qodir boʻlgan ruhiyatni bezadi. Insonni oʻzgartirdi. Tugal fikrni aytadigan

boʻlsak, adabiyot butun bashariyatni oʻz tizimida ushlay oladigan kuchdir. Xoʻsh, adabiyot

qachon adabiyot boʻldi. U qachon shunday qudratli kuch bilan qoldi.

Kalit so‘zlar:

Adabiyot, til, bashariyat, qudratli ma’naviy kuch.

THREE GREAT GENIUS

Abstract.

If water is an element that gives life to every flower, then the torch that

illuminates the two worlds of man is literature. However, he created the world. Sometimes the

world adorns a mind capable of change. It changed a person. In short, literature is a force that

can hold the whole of humanity in its system. Well, when did literature become literature. When

did he stay with such a powerful force.

Keywords:

Literature, language, humanity, powerful spiritual force.

ТРИ ВЕЛИКИХ ГЕНИЯ

Аннотация.

Если вода – это стихия, дающая жизнь каждому цветку, то

литература – это факел, освещающий два мира человека. Однако он создал мир. Иногда

мир украшает разум, способный к переменам. Это изменило человека. Короче говоря,

литература — это сила, способная удержать в своей системе все человечество. Ну и

когда же литература стала литературой? Когда он успел остаться с такой мощной

силой?

Ключевые слова:

Литература, язык, человечность, мощная духовная сила.

Ilk adabiyot Odam ato davridan yartilgan deb qarasak, yillar davrlar, oʻtib adabiyot

chinakam, qudratli adabiyot boʻldi. Uning qudratini oshirgan

ADABIYOT

yaratuvchilari sifatida

turli tosh bitiklarini tarixiy yodgorlik boʻlishiga hissa qoʻshgan insonlar, Yusuf Xos Hojib,

A.Yugnakiy, Otoiy Yassaviy, Sakkokiy, Firdavsiy, Abulgʻozi Bahodirxon, Ubaydullaxon,

A.Navoiy, Bobur, keyingi davrlarda esa Emil Zolya, G.De Mopassan, Bulgakov, Remark, Kafka,

Joyes, Said Ahmad, Oʻtkir Hoshimov va boshqa koʻplab ijodkorlar oʻzlarning zalvorli mehnati va

isteʼdodlari ila adabiyotning rivojiga hissa qoʻshganlar. Toʻgʻri, shunday vaqtlar boʻldiki, siyosat,


background image


522

ijtimoiy hayot adabiyotni “zugʻum”ga oldi. Dunyo egalari adabiyot hayotni boricha koʻrsatishini

xoxlashmadi.

Ularning nazdida, adabiyot ular istagan narsani koʻrsatsin. Hayot doim “oq” boʻlsin.

“Oq”larsiz hayotni koʻrsatganlar har qaysi davrda ham toʻsiqqa uchradilar. Bunday

insonlarga Firdavsiy, Remark va Bulgakovlarni koʻrsatish mumkin.

Oʻzbek adabiyoti jahon adabiyoti ravnaqiga ulkan hissa qoʻshgan desak mubolagʻa

boʻlmaydi. Chunki bizning adabiyotda Navoiy, Bobur, Muqimiy singari sheʼriyat ustunlari mavjud.

Ularning ijod namunalari butun adabiyot ixlosmandlarining ruhiga jon ato etadi. Ular

yaratgan meros shunchalar ulkanki, ularning hali ochilmagan qirralari, tahlil talab meroslari bisyor.

Jumladan, Navoiy bobomizning meroslarini oladigan boʻlsak, bu meros millatning eng

bebaho boyligidir. Navoiy asarlarida har bir maslada yechim bor, hayotning har qanday davrida,

har qanday sharoitda bir toʻgʻri yoʻl koʻrsata oladi. Bu yoʻl faqat adolat, toʻgʻrilik, rostgoʻylik

maslagini tutganlar uchun. Misol uchun “Xamsa” tarkibidagi ilk doston ham aynan ana shu kabi

masalalarga bagʻishlangan.

Biri-aning ne'matigʻa shukr erur,

Kimsaki, shukr aylasa koʻprak berur.

Yuqorida keltirilgan misralar “Hayrat ul-abrorda”gi “Salotin” bobidan olingan boʻlib,

Navoiy bunda Gado ham, Shoh ham shukr qilmogʻi haqida fikr yuritadilar. Olloh bergan isteʼdod

tufayli bobomiz turli janrlarda ijod qildilar. Aruzning oʻn oltita janrida oʻz oʻlmas asarlarini

yaratdilar. Doʻst-u birodarlariga bagʻishlab holotlar yozdilar. Adabiyotshunoslik nazariyasiga oid

“Majolis-un nafois”, “Muhokamat ul-lugʻatayn”, tilshunoslikka oid “Sabbat ul-abhur”, tarixiy

yoʻnalishda “Tarixi mulki ajam” va “Tarixi anbiyo va hukamo” va hamda turli janglarni oʻz ichiga

olgan hajman katta boʻlgan asar “Chor devon”ni yaratdilar. Undan ishqiy, may tarifidagi gʻazallar,

tarjiband va tarkibandlar, musaddas va musammanlar, Husayn Boyqaro ta’rifida bitilgan qasida,

ruboiy, tuyuqlarni, hajman u qadar katta boʻlmgan ibratli, tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan fard-

u qita’lar oʻrin olgan. Misol uchun, quyida keltiriladigan fard ham oʻzida axloqqa oid gʻoyani

ilgari suradi:

Ablah ani bilki, olamdan baqo qilgʻay ta’ma,

Ahmoq ulkim, olam ahlidan vafo qilgʻay taʼma.

Hazrat Alisher Navoiyning yana bir ulkan xazinalaridan biri boʻlgan “Xamsa” Nimoziy

“Panj ganj”iga javoban yozilgan. Uning ilk dostoni yuqorida aytganimizdek, turli odob-axloq

masalasini oʻzida qamrab olgan. Bundan tashqari, keyingi dostonlarda ham axloqiy masalalar,

komil inson gʻoyasi kabilar ustunlik qiladi. “Xamsa” dostonidagi Farhodni komil inson sifatida


background image


523

taniymiz. Komil inson Farhoddek turli toʻsiqlarni yengib oʻtmogʻi darkor. Shu oʻrinda Navoiy

bobomizning aql durdonalariga tan bersak arziydi. Misol uchun, Farhod Shirinni oyinayi jahonda

koʻrib oshiq boʻladi, bundan tashqari, u koʻzguda oʻzini ham ariq qaziyotgan holda koʻradi. Bu

bugun biz tomosha qiladigan oyinayi jahon-telvizordir. Ha, bobomizning asarlarini qanchalik koʻp

mutolaa qilib, uning ichiga kirib, mohiyatini anglar ekanmiz, hayotni boshqacha tasvirda koʻra

boshlaymiz.

Navoiyga shogird yana bir daho bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzodirlar. U

kishining shoxlik va shoirlik faoliyatlari davomida Navoiy ijodiga koʻp marotaba murojaat

qilganlar va shunga tayanib ish koʻrganlar. Bobur Mirzo Navoiy ijodiga shunday ta'rif beradilar:

“...hech kim oncha xoʻp va koʻp yozgʻon emas”. Lekin kezi kelganda ustozidan oʻtmagan shogird

shogirdmas deganlaridek, Bobur ham ustozi Navoiy asarida kuzatgan aruz vaznidagi baʼzi xatoni

oʻz asarida “oncha yanglish” deb mulohaza yuritadi. Bundan koʻrinadiki, Bobur turli sarson

sargardonlikda yursa-da, turkiy til asoschisi, oʻz ona tilida bitilgan asarlarga befarq boʻlmagan.

Yurtdan olisda ham oʻz yurtiningni tuprogʻini qumsab uni yod etish ham asl insoniylik

fazilatidir.

Ma’lumki, Bobur Mirzo oʻz yurtiga qaytishni qanchalik orzu qilmasin, qanchalik harakat

qilmasin, lekin uning chekiga Hindistonni boshqarish tushdi.

Tole yoʻqi jonimgʻa baloligʻ boʻldi,

Har ishniki ayladim, xatoligʻ boʻldi.

Oʻz yerni qoʻyib, Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qaroligʻ boʻldi.

Boburning aksar sheʼrlariga ahamiyat beradigan boʻlsak ularda asosiy mavzu yurt

sogʻinchi hamda alamli iztirob. U yana bir gʻazalida oʻzining tuprogʻini olib ul yorning

koʻchalaridan aylantirishlarini soʻraydi.

Bu joyda muqim boʻlolmagan shoir Bobur shoh sifatida turli yurtlarda sargardon boʻldi.

Yaqinlaridan judolik yosh Boburning boshiga koʻplab tashvishlarni soldi. Oʻzi aytganidek,

“Gʻurbat bu umrni kam qiladi” Haqiqatda, tinimsiz iztiroblar, sargardonliklar, xalq tashvishi,

ulamolar xatti-harakati ham Boburning umrini kam qildi. Va shoir endi ijodiy kamol bosqichida

vafot etadi:

Hijron qafasida jon qushi ram qiladur,

Gʻurbat bu aziz umrni kam qiladur.

Ne nav bitay firoq-u gʻurbat sharhin,

Kim koʻz yoshi nomaning yuzin nam qiladur.


background image


524

She’riyatimizning yana bir yorqin vakili Muqimiydir. Inson zoti umri davomida koʻplab

qiyinchiliklarga duch keladi va ular insonni toblaydi, vaqti kelib esa oʻrnini topishiga

koʻmaklashadi. Shoirning hayoti shunday davrda toʻgʻri kelib qoldiki, bu davrda oila boqish, pul

topish mushkul davr boʻlib qoldi. Jamiyatdagi qiyinchliklar, moddiy ahvoli shoirning shaxsiy

hayotiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatamay qolmadi. Oilada notinchlik boshlandi, rafiqasi tashlab ketdi.

Har tamonlama siniq muhit shoirni tang ahvolga soldi. Shoir paromda pattachilik qila

boshladi. Hazrat madrasasidan hujra olib kun kechirdi. Shunday boʻlsa ham, ijod davom etdi.

Shoirning sheʼrlariga eʼtibor beradigan boʻlsak, ularning aksariyati ezilgan xalq, xalqning

tashvishi namoyon boʻlgan. Muqimiy sheʼrlarini tushkunlik, hayotdan norozilik ohangida

yozilibgina qolmay, ularda hayotning qadriga yetish, uni yaxshilash, yaqinlar diydori bilan

oʻtkazish tarafdori hamdir.

Ey yaxshilar, kelaylik, bir joyga yigʻilaylik,

Oʻynaylik, kuylaylik, omon boʻlaylik.