525
ESKIRGAN SO‘ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI
Nasiba Jumayevna Yarashova
Navoiy innovatsiyalar universiteti kafedrasi professori v.b., f.f.d. (DSc).
https://doi.org/10.5281/zenodo.11096320
Annotatsiya.
Har bir til leksik qatlamida boshqa tillardan so‘z o‘zlashtiriladi va zarur
bo‘lmagan so‘zlar unutiladi. Badiiy asarlarda yozilgan davrdagi faol so‘zlar ishlatilishi hisobga
olinsa, asosan tarixiy va avvalgi asrlarda yozilgan asarlarda eskirgan so‘zlar uchrashi tabiiy
holdir. Xususan, maqolada ko‘rib o‘tiladigan “Sudxo‘rning o‘limi” asarida istorizmlar va
arxaizmlar juda ko‘p qo‘llanilgan. Asar tili leksik jihatdan o‘rganilgan va eskirgan so‘zlar
yuzasidan tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
o‘z qatlam, o‘zlashgan qatlam, leksik birliklar, istorizmlar, arxaizmlar,
etnografizmlar.
LINGUOPOETIC CHARACTERISTICS OF OBSOLETE WORDS
Abstract.
In the lexical layer of each language, words from other languages are learned
and unnecessary words are forgotten. Taking into account the use of active words of the period in
which they were written in works of art, it is natural to find obsolete words in works written in
historical and previous centuries. In particular, historicisms and archaisms are used a lot in the
work "Death of the Usurer" discussed in the article. The language of the work was lexically studied
and analyzed for obsolete words.
Key words:
own layer, assimilated layer, lexical units, historicisms, archaisms,
ethnographisms.
ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА УСТАРЕВШИХ СЛОВ
Аннотация.
В лексическом слое каждого языка усваиваются слова других языков и
забываются ненужные слова. Принимая во внимание использование в произведениях
искусства активных слов того периода, в который они были написаны, естественно
обнаружить устаревшие слова в произведениях, написанных в исторических и предыдущих
веках. В частности, в произведении «Смерть ростовщика», рассматриваемом в статье,
много используются историзмы и архаизмы. Язык произведения был лексически изучен и
проанализирован на наличие устаревших слов.
Ключевые слова:
собственный слой, ассимилированный слой, лексические единицы,
историзмы, архаизмы, этнографизмы.
526
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda boʻlib turadi. Bu uning ijtimoiy
mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur oʻrtasidagi ikki tomonlama
aloqadorlik ularning bir-biriga taʻsirini belgilaydi – jamiyatda yuz beradigan ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lugʻat
boyligida yangi-yangi soʻz va terminlarning vujudga kelishini, ayni paytda, ma’lum
leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqazo qiladi. [Jamolxonov.H. Hozirgi
o’zbek adabiy tili. 2-qism.T., 2004.]
Xuddi shunday, til davr va ijtimoiy hayot talabi bilan o‘ziga yangi so‘zlarni qabul qiladi,
bir atamani boshqacha nomlaydi, natijada neologizmlar, o‘zlashma so‘zlar orqali leksik qatlam
boyib boradi. Shuningdek, vazifasini o‘tab bo‘lgan so‘zlar gohida butkul unutiladi, eskiradi.
Demak, tarixiylik nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bo‘linadi:
1) zamonaviy qatlam;
2) eski qatlam;
3) yangi qatlam.
[Sh.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, H.Doniyorov. Hozirgi o’zbek
adabiy tili. T., O’qituvchi. 1980.122-bet.]
Leksema ifodalagan tushunchani anglatuvchi boshqa soʻzning shakllanishi natijasida [u
ichki imkoniyat asosida yasalgan yoki olinma leksema boʻlishi mumkin] uning iste’mol doirasi
toraya boradi. Bir qator semalari bilan faol qoʻllangan soʻzlar semantikasida torayish kuzatiladi.
Keng qoʻllanilmagan leksemalar iste’moldan chiqib arxaizmga aylanadi. Bu jarayon
tilning ichki qonuniyati asosida yuz beradi. .[ Dadaboyev.H. va b. O’zbek adabiy tili leksikasi
tarixi. T.,2008.]
So‘zlarning eskirishi ham ma’lum doiralarda bo‘lib o‘tadi. Ma’lum bir so‘zlar qaysidir
davrda eskirib, unga ehtiyoj tug‘ilganda yana tilda qo‘llanila boshlaydi.
Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi:
1. Tarixiy soʻzlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik soʻzlar yoki arxaizmlar.
Shavkat Rahmatullayevning tarixiy so‘zlar va arxaizmlar haqidagi fikrlari bilan ularning
bir-biridan keskin farq qilishini tushunib olamiz. Eskilik bo‘yog‘i bor til birligi arxaizm deyiladi
(yunoncha arshaios – qadimgi). Leksemalardagi turiga leksik arxizm deyiladi. [Sh.Rahmatullayev.
Hozirgi o’zbek adabiy tili.T., 2006.88-bet.]
527
O‘tmish voqeligini nomlash zaruriyati bilan hozirgi tilda ishlatilgan eski leksik birlik
istorizm deyiladi (yunoncha historia - tekshirish, tadqiqot). [Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o’zbek
adabiy tili.2006.90-bet.]
Ya’niki, istorizm yoki tarixiy so‘z hozir o‘zi ham, uning muqobili ham qo‘llanilmaydigan
so‘zdir. Arxaizm esa hozir mavjud bo‘lgan narsaning eski nomi hisoblanadi. Arxaizimda so‘z
yoki uning ma’nosi eskiradi. Shunga ko‘ra leksik va semantik arxaizmga bo‘linadi.
Shuningdek, eskirgan leksik birliklar deganda faqat va faqat so‘zlar tushunilmaydi.
Qo‘shimchalar ham eskirishi tabiiy holdir. Frazemalarda ham bu tabiiy holdir. Ular o‘rnini
til talabi bilan boshqa ma’nodoshi egallaydi.
Fikrlarimiz tasdig‘i o‘laroq, quyida Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” asarida
uchragan eskirgan so‘zlarni ko‘rib o‘tamiz:
Devonbegi, xonqoh
___
Qori Ishkamba shunday muhokama qilganidan keyin passajning
sementlangan devori bilan
Devonbegi хonaqohi
tomoniga qarab yo‘naldi.[1-176]
Saroybon
___
Saroybon
lampani ko‘tarib zina boshida turdi, biz uning yorug‘ida zinadan
tushdik. [1-63-bet]
Muallavachcha
___
Men hozir shu va’dasiz
mullabachcha
ning oshini yeb chiqdim. [1-42-
bet]
Cho‘t
___
Qori Ishkamba o‘tirgani hamon yonboshlab, qo‘lini
cho‘t
ning orqasiga uzatdi-
da, u yerdan bir narsani olib og‘ziga tiqdi. [1-14-bet]
Attorlik, timcha
___
Bu
“timcha”
deb atalgan bozor chinnifurushlik rastasi bilan
attorlik
rastasi orasida ko‘ndalang bo‘lib, ikki rastani bir-biriga tutashtiradigan usti yopiq torgina bir
yo‘lakcha edi. [1-14-bet]
–
Samovarхonada
ham gapirib bo‘lmaydi, unda do‘st bor, dushman bor, odamlarni tanib
va ularga ishonib bo‘lmaydi. [1-97-bet]
Chayqovchi
___
Odamlar meni “puldor” deb gumon qiladilar, shuning uchun bundan bir
qanch vaqt burun o‘g‘ri va
chayqovchilar
mening orqamga tushgan edilar.[1-37-bet]
kabilarni
ko‘rsak, ba’zi o‘rinlarda biz uchun yangi bo‘lgan atamalarga duch kelamiz.
Yuqoridagi misollarda eskirgan so‘zlarning har ikki guruhidagi so‘zlarni guvohi bo‘lamiz.
Xususan, hozirda “samovarxona” so‘zining muqobili “choyxona” so‘zi hisoblansa,
“saroybon” so‘zini esa o‘zini ham, muqolibini ham uchratmaymiz, darhaqiqat “saroy” o‘rin-joy
atamasi ham yo‘q.
Shu bilan birga, asarda kelgan boshqa eskirgan so‘zlarni ham ko‘rib o‘tamiz. Bunda
eskirgan so‘zlarni asosan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” orqali izohlashni joiz deb bildik.
528
Faqat shu orada g‘arb tomondan kelayotgan mirshabning dovil sasi eshitildi. [1-50-bet]
Dovul - II. esk. Ovchilar, to‘pchi qorovullar yoki harbiylar uchun mo‘ljallangan, teridan
yoki po‘latdan yasalgan maxsus nog‘ora. [O’zbek tilining izohli lug’ati. D harfi. 6-bet.]
Mirshab so‘zi tarixiy so‘z hisoblanib, avvalgi asrlarda shu kasbga oid, ya’ni shu kasb egasi
ishlatgan buyum hisoblanmish “dovul” so‘zi ham eskirgan so‘z hisoblanadi. Negaki hozir bu ikki
so‘z ham muloqot doirasida yo‘q.
Men u bilan shunaqa
“ijtimoana”
lardan birida tanishgan edim. [1-21-bet.
] “Ijtimoana”
so‘ziga muallifning o‘zi “o‘tirishlar” deya ta’rif berib o‘tadi. Asardagi izoh va voqealar tizmasi
orqali asar yozilgan davrda o‘tirish, yig‘ilish va hozirda qo‘llaniladigan “gap” so‘zi o‘rniga
yuqoridagi isteloh qo‘llanganligi haqida tasavvur uyg‘onadi.
Sallangiz shunday kata va og‘irki, agar u yerga ilsangiz, qoziq sinib,
lungi
lar yerga tushib,
tuproqqa belangan bo‘lur edi, - dedi va sallani supacha ustiga qo‘ydi.[1-6-bet]
“Lungi” [f.bel va songa o‘raluvchi mato parchasi] 2. Sartaroshlarda soch-soqol oldiradigan
kishining ko‘ksiga tutiladigan sochiq [O’zbek tilining izohli lug’ati .L harfi. 511-bet.] ma’nosini
anglatadi. Bu so‘zning shakli eskirgan va uning o‘rniga faqat sochiq so‘zi ishlatiladi, xolos.
O‘n besh kun qamalib chiqib, keyin
qozixona
eshigiga qatnay-qatnay bu janjal majjonan
tugagan bo‘lsa ham… [1-65-bet]
“Qozixona” so‘ziga izohli lug‘atda [qozi+xona] tar. Qozi tomonidan sudlov ishlari amalga
oshiladigan mahkama[O’zbek tilining izohli lug’ati .Q harfi. 322-bet.] , deya izoh berilsa,
“Majjonan” so‘ziga ham muallif “tekin, bexarajad” izohini keltirib o‘tadi. Zamonaviy dunyoda
sud ishlari takomillashganligi o‘laroq ma’muriy va jinoiy ishlar sud idoralarida bo‘ladi.
Men bunday mumsik odamning oldida o‘z qashshoqligimni izhor qilishni va “bu shartni
ado etishga qurbim yetmaydi” deyishni or sanab, unga bunday javob berdim. 24-bet.
Mumsik - [a. baxil, xasis] O‘ta ketgan xasis, baxil, ziqna. Mumsik odam. [O’zbek tilining
izohli lug’ati .M harfi. 638-bet.]
Demakki, “mumsik” so‘zi leksik arxaizm sanaladi. So‘z eskirgan, ammo ma’no
eskirmagan.
Yangi dars boshlash uchun albatta domlaga sulukat qilish kerak edi.[1-13-bet]
Sulukat- [a. hatti-harakat va turmush tarzi] Kishilar bilan muomilada, jamiyatda o‘zini
tutish tarzi; xulq-atvor, qiliq. [O’zbek tilining izohli lug’ati.S harfi. 586-bet.]
Shuningdek, bu so‘zga Sadriddin Ayniyning o‘zi “Madrasa talabalarining mudarrislarni
ziyofat qilib fotixa olishlari” deb ta’rif beradi. Hozir bunday urf-odat uchramagani kabi uni
ifodalovchi atama ham eskirganligi tabiiydir.
529
Menda sunba yo‘q! Sunbani nima qilasiz? – dedi
.
[1-46-bet]
Sumba-1. ayn.shompol. 2. Tex. Teshik teshish yoki belgi solish uchun xizmat qiladigan,
uchi nayza po‘lat asbob. [O’zbek tilining izohli lug’ati.S harfi. 587-bet.] Asarda bu so‘z orqali
satira yaratilgan. Bugungi kunda xalq orasida bunday nom ataladigan buyum uchramaydi. So‘z
ham xalq tilidan yo‘qolgan.
Endi bu yerda kutib o‘tirishning foydasi yo‘q, balki zarari bor, chunki bu yerda ortiq
qolsam «хudoyi» janozalarning «
yirtish
»idan mahrum qolaman, foydasiz bir kun turib, foydani
qo‘ldan berish aqlsizlarning ishi. [1-176-bet]
Yirtish 2. etn. Marhumni ko‘mish marosimida qatnashgan kishilarga va uning yaqinlariga
beriladigan bir bo‘lak ro‘molchabop mato; durra, oqlik. [O’zbek tilining izohli lug’ati. Y harfi.270-
bet]
Avval aytganimizdek, narsa yoki voqea eskirsa, uning ma’nosini o‘zida jam qiluvchi so‘z ham
eskiradi. Xuddi shunday “yirtish” so‘zi ham xalq orasida yuruvchi ibora bilan ta’riflasak – avvalgi
zamonda eskilarda bo‘lgan urf-odat, ya’ni etnografizm hisoblanadi, bu gapimizga yuqoridagi
izohli lug‘atdan olingan izoh ham isbot bo‘la oladi.
Og‘zingni yop, sen oq podsho hazratlarining
zakonlarini
insofsizlik demoqchi demoqchi
bo‘layoturmisan. [1-127-bet]
“Zakon” so‘zi ruscha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “qonun” so‘zi sifatida tarjima qilinadi. Bu
so‘z avvalgi asrlarda muloqotda faol bo‘lgan o‘zlashma so‘z hisoblanadi. O‘tgan asrlarda aholi
qonun so‘zini emas aynan shu so‘zni qo‘llagan va bu hozir o‘zbek tilida odatiy so‘zlashuv uslubida
ishlatilmaydi. Bu o‘zlashma so‘z o‘z davri tili singib ketgan, odatiy nutqda faol bo‘lgan. O‘zbek
tiliga e’tibor kuchaygani munosabati bilan bu so‘z o‘zbek tili leksik qatlamidagi o‘zbekcha so‘zga
almashtirilgan.
REFERENCES
1.
Sadriddin Ayniy. Sudxo‘rning o‘limi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016.
2.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006-2008.
3.
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2-qism. – Toshkent, 2004.
4.
Abdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov H. Hozirgi o‘zbek
adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
5.
Dadaboyev H. va b. O‘zbek adabiy tili leksikasi tarixi. – Toshkent, 2008.
6.
Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent, 2006.
