Authors

  • Maxammad Rahmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33558

Abstract

Ushbu maqolada Surxon vohasi toqchi qavmi aholisining uy-ro‘zg‘or kasbkorligi haqida yozilgan bo‘lib, asosan ularning teri oshlash, suv tegirmonchiligi, telpakchilik, po‘stinchilik va boshqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1462

ТOQCHI QAVMI AHOLISINING HUNARMANDCHILIGI VA UY-RO‘ZG‘OR

KASBKORLIGI

Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘li

Termiz davlat unversiteti, Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi

Muhammad19940208@mail.ru

+99891 582 25 25

https://doi.org/10.5281/zenodo.11401767

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Surxon vohasi toqchi qavmi aholisining uy-ro‘zg‘or

kasbkorligi haqida yozilgan bo‘lib, asosan ularning teri oshlash, suv tegirmonchiligi, telpakchilik,
po‘stinchilik va boshqalar haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Avlod, Panjob, Toqchi, po‘stak, supra, teri, telpak, poyabzal, kamarchilik,

meshlar, tulun, pichoq qin.

CRAFTSMANSHIP AND HOUSEHOLD BUSINESS OF TAKCHI PEOPLE

Abstract

. In this article, it is written about the domestic business of the residents of the

Surkhan oasis Takchi tribe, mainly information is given about their leather tanning, water milling,
shoemaking, fur breeding, etc.

Key words:

Avlod, Punjab, Taqchi, podskat, supra, leather, telpak, shoes, belts, meshes,

tulun, knife sheath.

РЕМЕСЛО И ДОМАШНЕЕ ДЕЛО НАРОДА ТАКЧИ

Аннотaция.

В данной статье написано о домашнем хозяйстве жителей

Сурханского оазиса племени Такчи, в основном даны сведения об их кожевенном
производстве, водяном фрезеровании, сапожном производстве, пушном звероводстве и
т.д.

Ключевые слова

: Авлад, Пенджаб, Такчи, подскат, супра, кожа, телпак, обувь,

ремни, сетки, тулун, ножны для ножей.

Hunarmandchilik-milliy an’anaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mexnat qurollari

yordamida yakka tartibda va qo‘l mexnatiga asoslangan sanoat turi. Hunarmandchilik O‘zbekistonda
shu jumladan Surxon vohasi toqchi qavmi yashaydigan Boysun, Sherobod, Denov, Sariosiyo,
Jarqo‘rg‘on va Muzrabod tumanlarining xalq xo‘jaligida hozirda ham muhim ahamiyatga ega.

Surxon vohasi toqchi qavmi yashaydigan hududlarda qadimdan hunarmandchilik qanday

tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab rivojlangan. O‘rta asrlarda ham hozirgi Boysun rayonidagi
ayniqsa, qishloqlarda hunarmandchilik rivojlangan. Avlod, Allachopon, Cho‘yanli va Munchoqtepa
(Xomkon hududi), Xoja Koshkaron, To‘dadagi Oqtepa va Alamlidagi Munchoqtepa, Cho‘inchi,
Xonjizada temirchi-konchilarnig yirik qishloqlari va ustaxonalari bo‘lib xizmat qilgan[8]

Bu qishloqlarda bir necha yuzlab metrlarga cho‘zilgan temir va cho‘yan eritish pechlari va

ruda uyumlari Boysuntog‘ning o‘rta asrlar davrida hunarmandchilikni keng rivojlanishiga ashyoviy
dalidir. Pillachilik rivojlanganligi evaziga to‘qimachilik, kashtado‘zlik, chorvachilik rivojlanganligi
tufayli kunchilik va to‘qimachilik (jun va teri), Boysuntog‘ning o‘rmonga burkanishi evaziga
yog‘ochsozlik, duradgorlik, rivoj topdi.

Toqchi qavmi aholisi orasida uy hunarmandchiligi qadimdan eng ko‘p tarqalgan va bugungi

kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan turi hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1463

XX asrning 20 yillarigacha Boysun xududida hunarmandchilikning barcha turlari saqlanib

qolgan. Boysun tumani toqchi aholisi yashaydigan xududda hunarmandchilikning 30 ga yaqin turi
rivojlangan. O‘zida xilma-xil kasbkorlarni birlashtirgan terini qayta ishlash sohasida kunchilar,
etikdo‘zlar, maxsido‘zlar, kovushchilar, egar-javduqchilar, telpakchilar, po‘stinchilar, kamarchilar,
to‘qimachilik sohasida bo‘zchilar, atlaschilar, gilamchilar, sholcha va namatchilar, alachachilar,
taqachilar, misgarlar, chilangarlar, zargarlar kabi kasblar bo‘lgan. Bular hunarmandchilikning
tarmoq tuzilishini belgilagan. Surxon vohasi tog‘chilari hunarmandchilik bilan qadimdan
dehqonchilik va chorvachilikdan ajralmagan holda birgalikda shug‘ullanib kelishgan. Chorvachilik
bilan shug‘ullanib kelgan toqchi qavmi orasida teri oshlash hunari qadim zamonlardan bera
avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Toqchi aholisi orasida doimiy ravishda ro‘zg‘orda ishlatiladigan
chanochlar, supralar, suv meshlari, charm qutilar, ot jabduqlari, pichoq va qilich qinlari, poyabzal
va qoplar, tuluplar, po‘staklar tayyorlangan hamda bunday buyumlar naqshlar bilan bezatilgan. Teri
oshlash hunari orqali kosiblik ishi rivojlangan[1:32]. Har bir qishloqda 3-4 ta oila teri oshlash bilan
shug‘ullangan. Xususan, Boysun tumani Panjob, Avlod va Alachopon qishloqlarida teri oshlaydigan
maxsus ustaxonalar bo‘lgan[6]. Bu ish bilan shug‘ullanganlarni mahalliy aholi ko‘nchilar deb
aytashadi. C.Tursunov, E. Qobilov, N. Tursunovlar ilmiy ishlarida ko‘n atamasiga ishlov berilgan
terilarning barcha turini o‘z ichiga oladi deb ta’kidlagan[2:94]. Shuningdek, XIX asr oxirida Buxoro
shahrida 150-200 ga yaqin ko‘nchilar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, Vohaning har bir bekligi
markazlarida ko‘nchilik bilan shug‘ullanuvchi mahallalar bo‘lgan. Masalan, Boysun shahridagi
charmgarlar, Sherobod beklikligidagi Egarchi qishloqlari aholisi asosan teriga ishlov berish va
teridan mahsulotlar tayyorlash bilan shug‘ullanganlar[5:39]. Qishloq aholisi va kosiblarning
oshlangan terilarga ehtiyojini qondirish aksariyat hollarda ko‘nchilar zimmasida bo‘lgan. Toqchi
ustalar terini oshlash uchun ustaxonalarini maxsus aholi yashaydigan qishloqdan chekka hududlarda
ariq, soy yoqalarida qurishgan. Toqchi qavmlari orasida teri oshlash bilan ko‘pincha ayollar ham
shug‘ullanishgan[3:101]. Misol uchun, Avlod qishlog‘idan Jummayeva Bibixol momo umri
davomida ro‘zg‘or uchun, bayram kunlari, to‘y va diniy marosimlarda so‘yilgan jonliqni: qo‘y, echki
va ho‘kkiz terilarini tashlab yubormagan[8]. Aksincha, terini oshlab po‘stak, supra va kosiblarga
charm tayyorlab berishgan. Qolaversa, ichki Panjoblik O‘g‘ul momo va Mengnixol momolar ham
o‘z qo‘llari bilan har bitta qizlari va kelinlariga po‘stak va supra tayyorlab berishgan. Mahalliy aholi
ularni mohir usta ayollar deb bilishgan[7].

O‘rganilayotgan davrda toqchi qavmi aholisi terini oshlashda soy yoqalarida tozalashgan,

mahsus hovuzda terini ivitishgan va chayishgan. Shundan so‘ng, terini tozalashda asosan tuz,
xamir, ohak, xascho‘plardan foydalanganlar.

Bu davrda oshlangan terining 6 xil turi qayd etilgan. Misol uchun, ko‘plab tarixchi

olimlarimizning monografiya va ilmiy ishlarida xonaki va yovvoyi hayvonlarning turiga qarab,
tayyorlanadigan mahsulotlarga qarab terilarni xillarga ajratishgan. Teri oshlash orqali bir necha
kasb-korlar, hunar turlari paydo bo‘lib, rivojlanib borgan[4:259].

Hunarmandchilik esa oila uchun qo‘shimcha daromad keltirgan. Hunarmandchilikning

ma’lum turlarining ma’lum mintaqada rivoj topishi avvalambor aholining o‘troq va yarim
o‘troqlik turmushi va hudud tabiatiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lgan.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1464

REFERENCES

1.

Головик. Кустарное промышленность Туркестана // Туркестанский сборник. Т. 512. –
С. 31 – 32.

2.

Tursunov S. va boshqa. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi. – B.
94.

3.

Tursunov S. Boysun Akadem nashr. – B. 101.

4.

Qobilov E Surxon vohasi xo‘jaligi - Toshkent “Akademiknashr”. 2012. 259- bet.

5.

Ведомость заводам, мастерским и ремесленным заведением в Самаркандской области
за 1888 год// Сборник материалов для статистики Самаркандской области за 1887-
1888г. –Самарканд.; 1890. – С. 39.

6.

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod, Panjob, Sariosiyo va Alachopon qishloqlari 2021-2023
yillar

7.

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod qishlog‘i 2023 yil

8.

Dala yozuvi Boysun tumani Panjob qishlog‘i 2021 yil

9.

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING AN’ANAVIY
TURMUSH TARZI.

10.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA

SURXON

VOHASI

YUZ

URUG‘LARINING

ETNIK

TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

2

(1),

43-51.

11.

Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

История и культура центральной Азии

,

1

(1), 341-344.

12.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS.

Modern Science and Research

,

2

(4), 720-722.

13.

Пардаев, Т. Р. (1998). Химизация сельского хозяйства Узбекистана в 60-е годы:
состояние и проблемы.

14.

Турсунов, С., Пардаев, Т., Турсунов, А., & Тоғаева, М. (2012). Ўзбекистоннинг жанубий
ҳудудларида номоддий маданият тарихи.

Тошкент:“Муҳаррир

.

15.

Турсунов, С., Пардаев, Т., Курбанов, А., & Турсунов, Н. (2006). История и культура
Узбекистана:

Сурхандарьинская

этнография.

Национальное

издательство

Национальной библиотеки Узбекистана

, 276.

16.

Пардаев, Т. Р., & Турсунов, Ж. Н. (2019). САНОАТДА МАҲАЛЛИЙ
МУТАХАССИСЛАР ТАЙЁРЛАШГА ТАРИХИЙ НАЗАР.

ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ

,

26

.

17.

Пардаев, Т. Р., & Турсунов, Ж. Н. (2019). МУСТАБИД ТУЗУМНИНГ МИЛЛИЙ ВА
ДИНИЙ ҚАДРИЯТЛАРГА МУНОСАБАТИ.

ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ

,

23

.

18.

Турсунов, С., Пардаев, Т., & Маҳмадиёрова, Н. (2012). Сурхондарё–этнографик
макон.

Т.:“Академнашр”,-2012.-Б.-79

.

19.

Razhabovich, P. T., & Narzullaevich, T. Z. (2019). A LOOK INTO THE HISTORY OF THE
PREPARATION OF LOCAL PROFESSIONALS IN THE INDUSTRY.

Ўтмишга назар

журнали

,

26

(2).

20.

Турсунов, С., Пардаев, Т., & Бегимкулов, О. (2015). Узбекская национальная борьба:
история и традиции (на узбекском языке).

Термез.«Сурхоннашр

,

34

.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1465

21.

Турсунов, С., Пардаев, Т., & Қурбонов А, Т. Н. (2006). Ўзбекистон тарихи ва маданияти:
Сурхондарё этнографияси.

Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон миллий

кутубхонаси нашриёти

,

275

.

22.

Турсунов, С., Умаров, И., Пардаев, Т., Турсунов, А., Холмонова, Ф., & Нарзуллаева, Н.
(2017).

Ўзбекистонда

топонимик

номлар

ва

уларнинг

тарихи.

Термиз:

Сурхоннашр

,

75

(44), 101-102.

23.

Pardaev, T. R., & Tursunov, Z. N. (2019). The Attitude Of The Despotic Regime To National
And Religious Values.

Ўтмишга назар журнали

,

23

(2).

24.

Tursunov, S., Kobilov, E., Murtozoyev, B., & Pidayev, T. (2004). History of Surkhandarya.(p.
177).

Editorial office of oriental publishing and Printing Company

,

2

, 1870-1917.

25.

Tursunov, S., Kabilov, E. A., Pardaev, T., & Murtazaev, B. M. (2001). Surkhandarya in the
mirror of history.

Tashkent: Sharq

, 382.

26.

Турсунов, С. Н., Пардаев, Т. Р., Турсунова, Н. М., & Муртазоев, Б. (2015). Ўзбекистонда
бахшичилик санъатининг шакилланиши ва тараққиёти тарихи.

27.

Tursunov, S., Qobilov, E., Pardaev, T., & Murtazoev, B. (2004). History of Surkhandarya.

T.:

East

.


References

Головик. Кустарное промышленность Туркестана // Туркестанский сборник. Т. 512. – С. 31 – 32.

Tursunov S. va boshqa. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi. – B. 94.

Tursunov S. Boysun Akadem nashr. – B. 101.

Qobilov E Surxon vohasi xo‘jaligi - Toshkent “Akademiknashr”. 2012. 259- bet.

Ведомость заводам, мастерским и ремесленным заведением в Самаркандской области за 1888 год// Сборник материалов для статистики Самаркандской области за 1887-1888г. –Самарканд.; 1890. – С. 39.

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod, Panjob, Sariosiyo va Alachopon qishloqlari 2021-2023 yillar

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod qishlog‘i 2023 yil

Dala yozuvi Boysun tumani Panjob qishlog‘i 2021 yil

Habibullo o‘g‘li, R. M. (2023). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMINING AN’ANAVIY TURMUSH TARZI.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

Рахмонов, М. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. История и культура центральной Азии, 1(1), 341-344.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Пардаев, Т. Р. (1998). Химизация сельского хозяйства Узбекистана в 60-е годы: состояние и проблемы.

Турсунов, С., Пардаев, Т., Турсунов, А., & Тоғаева, М. (2012). Ўзбекистоннинг жанубий ҳудудларида номоддий маданият тарихи. Тошкент:“Муҳаррир.

Турсунов, С., Пардаев, Т., Курбанов, А., & Турсунов, Н. (2006). История и культура Узбекистана: Сурхандарьинская этнография. Национальное издательство Национальной библиотеки Узбекистана, 276.

Пардаев, Т. Р., & Турсунов, Ж. Н. (2019). САНОАТДА МАҲАЛЛИЙ МУТАХАССИСЛАР ТАЙЁРЛАШГА ТАРИХИЙ НАЗАР. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 26.

Пардаев, Т. Р., & Турсунов, Ж. Н. (2019). МУСТАБИД ТУЗУМНИНГ МИЛЛИЙ ВА ДИНИЙ ҚАДРИЯТЛАРГА МУНОСАБАТИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 23.

Турсунов, С., Пардаев, Т., & Маҳмадиёрова, Н. (2012). Сурхондарё–этнографик макон. Т.:“Академнашр”,-2012.-Б.-79.

Razhabovich, P. T., & Narzullaevich, T. Z. (2019). A LOOK INTO THE HISTORY OF THE PREPARATION OF LOCAL PROFESSIONALS IN THE INDUSTRY. Ўтмишга назар журнали, 26(2).

Турсунов, С., Пардаев, Т., & Бегимкулов, О. (2015). Узбекская национальная борьба: история и традиции (на узбекском языке). Термез.«Сурхоннашр, 34.

Турсунов, С., Пардаев, Т., & Қурбонов А, Т. Н. (2006). Ўзбекистон тарихи ва маданияти: Сурхондарё этнографияси. Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 275.

Турсунов, С., Умаров, И., Пардаев, Т., Турсунов, А., Холмонова, Ф., & Нарзуллаева, Н. (2017). Ўзбекистонда топонимик номлар ва уларнинг тарихи. Термиз: Сурхоннашр, 75(44), 101-102.

Pardaev, T. R., & Tursunov, Z. N. (2019). The Attitude Of The Despotic Regime To National And Religious Values. Ўтмишга назар журнали, 23(2).

Tursunov, S., Kobilov, E., Murtozoyev, B., & Pidayev, T. (2004). History of Surkhandarya.(p. 177). Editorial office of oriental publishing and Printing Company, 2, 1870-1917.

Tursunov, S., Kabilov, E. A., Pardaev, T., & Murtazaev, B. M. (2001). Surkhandarya in the mirror of history. Tashkent: Sharq, 382.

Турсунов, С. Н., Пардаев, Т. Р., Турсунова, Н. М., & Муртазоев, Б. (2015). Ўзбекистонда бахшичилик санъатининг шакилланиши ва тараққиёти тарихи.

Tursunov, S., Qobilov, E., Pardaev, T., & Murtazoev, B. (2004). History of Surkhandarya. T.: East.