Authors

  • Maxammad Rahmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58789

Keywords:

Navro‘z Chaqaloq ko‘rdi tushov kesdi Kelin chorladi Navro‘z sabo yuz ochdi kampir o‘ldi.

Abstract

Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining marosimlari va rasm-rusumlari ularni o‘tkazish usullari boshqa tumanlar bilan o‘xshash taraflari shuningdek, urf odatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

956

SURXON VOHASIDA MAROSIMLAR VA RASM-RUSUMLAR

Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘li

Termiz davlat unversiteti

Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi.

+99891-582-25-25

Muhammad19940208@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14589244

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining marosimlari va rasm-rusumlari

ularni o‘tkazish usullari boshqa tumanlar bilan o‘xshash taraflari shuningdek, urf odatlari haqida
ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Navro‘z, Chaqaloq ko‘rdi, tushov kesdi, Kelin chorladi, Navro‘z sabo, yuz

ochdi, kampir o‘ldi.

ЦЕРЕМОНИИ И ИЗОБРАЖЕНИЯ В СУРХАНСКОМ ОАЗИСЕ

Аннотaция. В данной статье представлена информatsiя об обычаях и традициях

жителей Сурханского оазиса, схожих с другими районами.

Ключевые слова: Навруз, Малыш увидел, дождь прекратился, Невеста позвала,

Навруз сабо, лицо открыла, старушка умерла.

CEREMONIES AND RULES IN THE SURKHAN OASIS

Abstract. This article presents information about the rituals and customs of the inhabitants

of the Surkhan oasis, their similarities with other districts, and their customs.

Key words: Navruz, The baby saw, the dream ended, The bride called, Navruz was over,

the face was revealed, the old woman died.

Surxon vohasida keng tarqalgan marosim va bayramlardan biri Navro‘z hisoblanib, u yangi

yil, orzu-umidlar ushalishi sifatida keng nishonlanib kelmoqda.

Navro‘z-fors-tojikcha «nav»-

yangi, «ro‘z»-kun so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib, o‘zbek tilida yangi kun yoki yangi yilning birinchi
kuni degan ma’noni bildiradi. Navro‘zning paydo bo‘lishi tarixi mohiyati va fazilatlari to‘g‘risida
Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»sida, Abu Rayhon Beruniyning «Kitob-at-tavhim»
(Tushuntirish kitobi) va «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida muhim
ma’lumotlar berilgan. Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiyning eralar haqidagi risolasini o‘qir
ekanmiz qiziq misolga duch keldik. Baytul muqaddasdagi diniy marosimlar uning vaqti bilan
bog‘liq bo‘lar ekan.

Abu Rayhon Beruniy «Yodgorliklar»ida ham Navro‘z haqida e’tiborli gaplar qayd etilgan.
Ona tilimizga ta’mal toshi qo‘ygan mutafakkir shoir MaxmudQoshg‘ariyning «Devoni

lug‘atit turk» asarida ham Navro‘z haqida dilbar satrlar uchraydi.

Sharqning yana bir latif allomasi Yusuf Xos Xojibning «Qutag‘du bilig» (Saodatga

boshlovchi bilim) kitobida «Sharqdan esgan nasm olamni bezash uchun jannat yo‘lini ochadi,
yerga ifor to‘kiladi», deb lutf etgan. Falsafiy mushohadaga boy o‘tkir satrlar sohibi Umar Xayyom
o‘z «Navro‘znoma»sida tiriklik haqida o‘tli misralar bitgan. Abulqosim Firdavsiy o‘zining
«Shohnoma» asarida Navro‘z haqida qayd etgan bebaho fikrlar asrlar osha xalq qalbida yashab
kelmoqda. Bunday ilg‘or fikrlarni Nosir Rabg‘uziyning «Qissai Rabg‘uziy», Sa’di Sheroziyning
«Guliston», Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Furqat, Zavqiy va boshqa ulug‘ qalam ahllari ijodida ham
kuzatish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

957

Mavlono Muqimiyning:
Navbahor ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar,
Suhbat aylaylik, kelinglar, jo‘ralar, o‘rtoqlar.
Xush bu mahfilda tiriklik ulfati ahbob ila,
O‘ynashib gohi tabiatni qilaylik chog‘lar-
kabi o‘ynoqli, jo‘shqin misralari kimga yoqmaydi. Yoki bo‘lmasa, Xurshidning:
Chun keldi bahor oyi yuz ochdi bu dam navro‘z,
Ko‘k maysalar ustiga yetkurdi qadam navro‘z,
Qadam ila to‘lib dillar, uyg‘ondi butun gullar,
Xush isli havosi-la xo‘p keldi shinam navro‘z- degan qanoatli satrlari qanchalar zavqqa

to‘lgan.

Qadimgi zamonda quyoshning Xamal burjiga kirishi kecha bilan kunduzning barobar

kelishi yil boshi hisoblangan. Bu hodisa eski quyosh yili hisobida 22-martga to‘g‘ri keladi.

Shodiyona 2 qismga bo‘lingan: 1) kichik, 2) katta yoki maxsus Navro‘z bayrami deb

atalgan. An’analarga binoan kichigidan boshlab tabiatdagi Hamma narsa amalga kiradi. Qadimdan
Navro‘z munosabati bilan xalqqa tortiqlar ulashilgan, mahbuslarga ozodlik e’lon qilingan.

Navro‘z odatda 22-martda boshlanib, 1 hafta-10 kun davom etgan. Unga tayyorgarlik esa

ancha ilgari boshlangan. Yangi kiyim tikiladi, hovli va ko‘cha maydonlar tozalanadi, sumalak
uchun bug‘droy ko‘kartiriladi. hunarmandlar qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna,
ro‘zg‘or asboblari, kiyim-kechaklar tayyorlashda astoydil mehnat qilib, bayramni yaxshi kutib
olishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. Dehqonlar bilan bog‘bonlar ekishni boshlab, yerni va
daraxtlarni parvarish qiladilar. Odamlar g‘am-nadomatlarni, tashvishlarni unutishga harakat
qilishadi, urushganlar yarashadi. Qadr-qimmat, olijanoblik, muruvvat kuchayadi. Kasallarni,
keksa kishilarni borib ko‘rish, ko‘nglini ko‘tarish, yetim-yesirlarga yordam berish, «Kelin
chorladi», «Chaqaloq ko‘rdi» kabi odatlar bunga misol bo‘la oladi. Uloq, kurash, xo‘roz, qo‘chqor
urushtirish kabi o‘yinlar rasmga kirgan.

Hayotimiz turfa rang bo‘lsin, degan ma’noda bayram kuni tuxumni yetti rangga

bo‘yaganlar. Yil davomida qushday yengil bo‘laylik, sog‘lom yashaylik degan maqsadda alvonch
uchganlar, mushoira uyushtirganlar. Yoshlar bahor, hayot, muhabbat, do‘stlik, yoshlik haqida
qo‘shiq kuylaganlar. «Navro‘zi ajam», «Navro‘zi arab», «Navro‘zi bayotiy», «Navro‘zi sabo»,
«Navro‘zi xoro» kuylari rasm bo‘lgan. Shu kunda tug‘ilgan chaqaloqqa Navro‘z deb ism qo‘ygan.

Jumladan atoqli shoir va tarixchi Ogahiy o‘z g‘azallaridan bir nechtasini Navro‘zga

bag‘ishlab yozgan:

Qilib oyin mehr og‘oz navro‘z,

Kelib qish faslin etti yoz navro‘z.

Jahon sar to qadam fayzusafoda,

Bo‘lib jannatga tagi andoz navro‘z.

Bayram mazmuni va yo‘nalishi xalqning eng yaxshi odatlari va fazilatlarini, mehnatga

bo‘lgan munosabatlarini, estetik didini, vatanparvarlik, hamjihatlik kabi ajoyib xislatlarni fozilona
jamlash va rivojlantirishga qaratilgan. Bularning bari Navro‘z xalq qalbidan chuqur joy
olganligidan, u xalqimizning bayrami ekanligidan yaqqol dalolat beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

958

Oilaviy marosimlar ijtimoiy hayot zaruriyati natijasida paydo bo‘lib, inson aql zakovati,

ma’naviy - axloqiy va huquqiy ehtityojlari asosida vujudga kelgan. Shu jihatdan oilaviy
marosimlar uzoq davr davom etgan tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Chunki, «Sharqda qadim -
qadimdan oila muqqadas vatan sanalagan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada
tinchlik va osoyishtalikka erishiladi. Binobarin, mahalla - yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda
osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi.

Oyoq to‘yi bola atak - chechak qilib yura boshlagan vaqtda o‘tkazilgan. Bu udumni Surxon

vohasining ayrim hududlarida «tushov kesdi» ham deb atashgan. Tushov kesdi xaqida rivoyatlar
ham mavjud: Ilgarigi zamonlarda bolalar tug‘ilganidan yura boshlagan. Qaysi bir payg‘ambar
zamonida, payg‘ambar namoz o‘qib o‘tirganida yangi tug‘ilgan chaqaloq joynamoz oldidan o‘ta
boshlaganda oyog‘iga «tushov sol» deb aytganlar. Shundan buyon bola tug‘ilganidan keyin
yoshiga yetib yura boshlagan. Bola yurishga harakat qilib toy - toy qila boshlaganda «tushov
kesdi» udumini o‘tkazganlar.

Bolani birinchi marta mustaqil yura boshlashini oilada katta shodu xurramlik bilan kutib

olingan. Ota - ona, qarindosh - urug‘, do‘st - birodarlar ushbu quvonchni turli tarzda to‘y qilganlar.

To‘y qilish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rilib, so‘ngra to‘y kuni belgilangan. To‘y kuni

taklif qilingan kishilar tashrif buyurganlar. Mehmonlar oldiga dasturxon yoyilib turli xil
shirinliklar, noz ne’matlar, to‘y uchun maxsus boqilgan qo‘y so‘yilib, go‘shtidan tayyorlangan
taomlar dasturxonga qo‘yilib, ziyofat berilgan.

To‘y bo‘layotgan vaqtda toy - toy bolaga yangi kiyimlar kiydiriladi va paxtadan ingichka

ip qilinib, bolani oyoqlarini yurishga xalaqit qilmaydigan holatda bog‘lanadi. Bola asta - sekin toy
- toy qilayotganda ikki oyog‘i orasidagi ipni «tushov kesildi», «tushov kesildi» deb qaychi bilan
nomozxon, yoshi ulug‘ kishi tomonidan kesiladi va mehmonlar oldida yurdirilgan. Bolaning
ustidan pul, tanga, har xil turdagi mevalardan «sachala» ya’ni, «sochqi» sochilgan. Sochqini
bolalar qolaversa, bizning ham shunday farzandlarimiz bo‘lsin deb, niyat qilib yangi turmush
qo‘rgan kelin - kuyovlar ham terib olishgan. Oyoq to‘yi deb atalgan bu marosim
respublikamizning boshqa viloyatlarida ham u yoki bu tarzda o‘tkazib kelingan.

Sunnat to‘y O‘zbekistonda keng tarqalgan to‘ylardan biri bo‘lib, Surxon vohasining Oq

tumshuq, Yalti qishloqlarida sunnat to‘y, Bodihavo, Chinor qishloqlarida hatna to‘y, Xo‘jaasmin,
Pastikalon qishloqlarida chukburron deb atalgan. Bunda musulmon kishi farzandini toq yoshga
ya’ni 1, 3, 5, 7 yoshga to‘lganda ayrim hollarda esa 9, 11 yoshga to‘lganda sunnat to‘yini
o‘tkazganlar. Shuni e’tirof etish kerakki tadqiq etilayotgan davrda vohada sunnat qilinayotgan
bolani qo‘lidan «qo‘li halol»lanmagan deb hattoki suv ham ichmaganlar.

REFERENCES

1.

Tursunov S. va boshqa. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi. – B.
94.

2.

Tursunov S. Boysun Akadem nashr. – B. 101.

3.

Tursunov S, Pardayev T. Surxondaryo – etnografik makon. “Akademnashr” 2012 yil

4.

Qobilov E Surxon vohasi xo‘jaligi - Toshkent “Akademiknashr”. 2012. 259- bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

959

5.

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod, Panjob, Sariosiyo va Alachopon qishloqlari 2021-2023
yillar

6.

Rahmonov, M. (2024). ТOQCHI QAVMI AHOLISINING HUNARMANDCHILIGI VA
UY-RO ‘ZG ‘OR KASBKORLIGI.

Modern Science and Research

,

3

(5).

7.

Rahmonov, M. (2023). SURXON VAHASI TOKCHI XALQINING AN'anaviy turmush
TARZI.

Zamonaviy fan va tadqiqotlar

,

2

(4), 720-722.

8.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI BOYSUN TUMANI PANJOB QISHLOG ‘I
AHOLISINING NOMODDIY MADANIYATIDAN.

TAMADDUN NURI JURNALI

,

6

(57),

78-81.

9.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA XALQ
AMALIY BEZAK SAN’ATI RIVOJLANISHI.

Modern Science and Research

,

3

(7).

10.

Erkin o’g’li, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO’LIMLARI VA ULARNING
TARIX UCHUN AHAMIYATI. Лучшие интеллектуальные исследования, 9(2), 121-
125.

11.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING ILMIY
ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar, 2 (10), 568-576.

12.

Xabibullo o‘g‘li, M. R. (2024). THE FAMOUS CHOPOGAN OF TAKCHI RESIDENTS
OF ALACHOPON.

Journal of Learning on History and Social Sciences

,

1

(5), 42-44.

References

Tursunov S. va boshqa. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi. – B. 94.

Tursunov S. Boysun Akadem nashr. – B. 101.

Tursunov S, Pardayev T. Surxondaryo – etnografik makon. “Akademnashr” 2012 yil

Qobilov E Surxon vohasi xo‘jaligi - Toshkent “Akademiknashr”. 2012. 259- bet.

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod, Panjob, Sariosiyo va Alachopon qishloqlari 2021-2023 yillar

Rahmonov, M. (2024). ТOQCHI QAVMI AHOLISINING HUNARMANDCHILIGI VA UY-RO ‘ZG ‘OR KASBKORLIGI. Modern Science and Research, 3(5).

Rahmonov, M. (2023). SURXON VAHASI TOKCHI XALQINING AN'anaviy turmush TARZI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar, 2 (4), 720-722.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI BOYSUN TUMANI PANJOB QISHLOG ‘I AHOLISINING NOMODDIY MADANIYATIDAN. TAMADDUN NURI JURNALI, 6(57), 78-81.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATI RIVOJLANISHI. Modern Science and Research, 3(7).

Erkin o’g’li, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO’LIMLARI VA ULARNING TARIX UCHUN AHAMIYATI. Лучшие интеллектуальные исследования, 9(2), 121-125.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar, 2 (10), 568-576.

Xabibullo o‘g‘li, M. R. (2024). THE FAMOUS CHOPOGAN OF TAKCHI RESIDENTS OF ALACHOPON. Journal of Learning on History and Social Sciences, 1(5), 42-44.