Authors

  • Maxammad Rahmonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.58787

Keywords:

Sina Boysun Denov qasaba beqasam bo‘z janda to‘y jelak kebanak cholbar mo‘kki chakmon.

Abstract

Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining an’anaviy kiyimlari va kiyim bezaklari, taqinchoqlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qolaversa, aholining mato tayyorlash va rang berish usullari haqida faktlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

949

SURXON VOHASI AHOLISINING AN’ANAVIY KIYIMLARI VA TAQINCHOQLARI

Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘li

Termiz davlat unversiteti

Jahon tarixi kafedrasi o‘qituvchisi.

+99891-582-25-25

Muhammad19940208@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.14589151

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining an’anaviy kiyimlari va kiyim

bezaklari, taqinchoqlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qolaversa, aholining mato tayyorlash va
rang berish usullari haqida faktlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Sina, Boysun, Denov, qasaba, beqasam, bo‘z, janda, to‘y, jelak, kebanak,

cholbar, mo‘kki, chakmon.

ТРАДИЦИОННАЯ ОДЕЖДА И ЮВЕЛИРНОСТИ ЖИТЕЛЕЙ СУРХАНСКОГО

ОАЗИСА

Аннотaция. В данной статье собрана информatsiя о традиционной одежде,

украшениях одежды и украшениях жителей Сурханского оазиса. Кроме того, имеются
факты о способах подготовки тканей и окраски населения.

Ключевые слова: Сина, Бойсун, Денов, касаба, бекасам, боз, джанда, той, желак,

кебанак, чалбар, мокки, чакмон.

TRADITIONAL CLOTHES AND JEWELRY OF THE RESIDENTS OF THE

SURKHAN OASIS

Abstract. This article provides information about the traditional clothing, clothing

decorations, and jewelry of the residents of the Surkhan oasis. In addition, facts are provided
about the methods of fabric production and dyeing of the residents.

Key words: Sina, Boysun, Denov, kasaba, bekasam, boz, janda, toy, jelak, kebanak,

chalbar, mokki, chakmon.


O‘zbek xalqining ananaviy kiyimlari moddiy madaniyatning bir qismini tashkil etib,

o‘zbek xalqining milliy xususiyatlari, urf odatlari hamda estetik didini namoyon etgan. O‘zbek
xalqining ananaviy kiyimlari boshqa millat kiyimlaridan o‘ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi.

Boshqa xalq kiyimlari singari o‘zbek xalq ananaviy kiyimlari uzoq tarixiy jarayonlar

davomida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda urf-odat, marosim, ananalar tasirida davrlar o‘tishi
davomida o‘ziga xos xususiyatda shakllanib, rivojlanib kelgan. Elshunos olim O.A.Suxareva
ta’biri bilan aytganda: «Kiyimning yuzaga kelishi va turlarining ko‘payishida kishilarning yashash
tarzi, mehnati va iqlim sharoitidan tashqari ularning madaniy rivojlanishi, estetik didlarining
o‘sishi ham asosiy omillardandir».

Kiyimning asosiy vazifasi badanni har qanday havf-xatar, issiq, sovuqdan himoya qilishdir.
Shuningdek, insonlarni jismoniy va jinsiy ayirish hamda estetik bezak berish kabi

vazifalarni bajargan.

Kiyimlar davrlar o‘tishi bilan, ijtimoiy siyosiy rivojlanish jarayonida o‘ziga xos tarzda

rivojlanib boradi. Bu esa etnograf olimlardan kiyimlar tarixini o‘rganish va uni yoritishda
ma’suliyat talab etadi. Chunki xalqlarning etnik tarkibini o‘rganishda hamda ilmiy asoslanishda
kiyimlarning davrlar o‘tishiga qaramasdan o‘z milliyligini saqlab qolganligi o‘ziga xos o‘ringa


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

950

ega. Xususan, XVI asr miniatura san’atida tasvirlanlgan O‘rta Osiyo xalqlari kiyimlarida o‘tgan
asr oxiri (ya’ni XIX asr oxiri)gacha tojik va o‘zbek kiyimlariga o‘xshashaligi bilan tavsiflanadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek uzoq ijtimoiy-siyosiy, tarixiy davrlar o‘tishi bilan kiyimlar

o‘zgargan bo‘lsada biroq kiyimlardagi bichish va tikish uslublari o‘ziga xos darajada o‘zgarmagan.

Yana shuni ta’kidlash joyizki, kiyimlar tabiiy iqlim sharoitiga qarab turlicha bo‘lgan.
Masalan, tog‘li hudud bilan cho‘l mintaqalarida ayrim tomonlari farq qilgan. An’anaviy

xalq kiyimlari asrlar osha takomillashib, shakllanib kelgan.

Mato tayyorlash usullari O‘zbekiston hududi, qolaversa Surxon vohasida asosan uy

sharoitida tayyorlangan. Vaho aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan ko‘proq mashg‘ul
bo‘lganligi uchun matolar paxta va jundan, ma’lum miqdorda esa pilladan tayyorlangan. Denov
markazi, Vaxshivor, Sangardak, Xonjiza, Sina, Sho‘rchi, Qorliq kabi hududlarda teriga ishlov
berib, bosh, ustki va oyoq kiyimlar hamda shu kabi boshqa kiyimlar ishlab chiqarish o‘ziga xos
tarzda rivojlangan.

Markaziy Osiyo xususan, O‘zbekistonda uy sharoitida mato to‘qish va uning texnologiyasi

haqida A.D.Grebenkin, S.M.Mahkamova, R.G.Muqminova, O.A.Suxareva kabi elshunos olimlar
tomonidan ko‘pgina ilmiy ishlar yaratilgan. Paxta va jundan mato to‘qishda vohaning tog‘li
hududlari bo‘lgan Poshxurd, Zarobog‘, Bobotepa, Xitoy , Novbog‘, Darband , Sayrob , Gilambob,
Tallimoron ,, Muzrobot, Jobi, Qorliq .Vaxshivor, Sangardak, Sina, Xonjiza kabi qishloqlari hamda
Denov, Yurchi, Qorluq, Mirshodi, Sariosiyoda ancha taraqqiy etgan. Chunki bu jarayon Surxon
vohasining hamma hududida bir xil tartibda emas edi. Surxon vohasining Denov, Yurchi hamda
Sariosiyo bozorlari tumanlar o‘rtasida katta ahamiyatga ega bo‘lib, dehqonlar va chorvadorlar
iste’moldan ortiqcha bo‘lgan bir qator mahsulotlari kabi paxta, jun hamda mol terilarini bozorlarda
sotganlar. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tog‘li hudud aholisi paxtani asosan shu bozorlarda xarid
qilganlar. Sariosiyo va Uzun tumanlari hududida joylashgan Debodom, Desurx, Xo‘jaasmin,
Chosh, Pastikalon, Por, Pushtivaraq, Xufar, Xur Vatan, Maland, Kishtut kabi tog‘ qishloq aholisi
tog‘ orqali yo‘l bilan Shaxrisabz va Samarqand bozorlaridan kiyim-kechak hamda boshqa
mahsulotlarni harid qilganlar.

Ilmiy tadqiqotlarda matolar va kiyimlar tayyorlash bo‘yicha quyidagi manbalarni tahlili

qayd etildi.

Tabiiy rang olish tartibi

— tabiiy ranglar asosan tabiatda sof xolda o‘sadigan ayrim o‘t-

o‘lanlarning tomir va ildizlaridan, meva-sabzavotlar, daraxtlar barglaridan, po‘choq hamda
po‘stloqlaridan olingan. Chunki bu usulda olingan ranglar asrlar osha bo‘lsa-da, o‘z tabiiy
xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Rang tayyorlash yoki iplarni bo‘yash unchalik murakkab bo‘lmagan,
lekin qunt va xiylagina ko‘p vaqtni qamrab oladigan jarayon xisoblanadi. Masalan, tabiiy rangli ip
tayyorlash uchun kalava iplar mis qozonga solinib, bir kecha davomida saqlanib, ivitiladi. Bir kundan
so‘ng iplar olinib, siqiladi.

Janda-

o‘ziga xos bo‘yoqlar jilosi – navbatma-navbat to‘qilgan to‘q-sariq, to‘q-qizil va

oq-qora yo‘llardan iborat. Ular xuddi Surxon vohasida tabiatiga xos bo‘yoqlarni, uning o‘rmonsiz
tog‘ yonbag‘rini, qo‘yosh orqali kuydirilgan qoyali yerni, chuqur do‘vallar va jarlik soyasini
o‘zgacha tasvirlaydi. Boysun tumanidagi Sariosiyo qishlog‘ida yashovchi usta Musulmon
Qahhorov tomonidan to‘qilib kelayotgan qadimiy janda matosining rangi – to‘q sariq, to‘q qizil
va oq-qora chiziqlarning navbatma-navbat tasvirlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, usta o‘zi yashaydigan
Sariosiyo qishlog‘i tabiatining ranglarini, uning o‘rmonsiz tog‘ yon bag‘irlarini, oftobda kuygan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

951

toshloq yerlarini, dovol va jarliklarning chuqur soyalarini o‘zida mujassamlashtirgan janda
matosini to‘qigan. Usta tayyorlagan chopon (to‘n) da ingichka yashil – mahalliy tabiatni
ifodalovchi yana bir belgi – tog‘lar o‘simliklarga xasis-tasma ifodasi tushirilib, Sariosiyodan bir
necha kilometr uzoqlikda xushmanzara, gullagan vodiylar dunyosi matolarda o‘z aksini topgan.

Sariosiyoda ustaning avlodlaari mato to‘qish bilan shug‘ullanib, uni bu hunarga o‘rgatgan

onasi, nasliy to‘qimachi Narzi Qahhorova bo‘lib, ustaning onasi dastgohda atlas va alachani
to‘qigan.

Bo‘z-

qadimiy mato bo‘lib, ko‘proq erkaklar uchun kiyim-kechak tikilgan. Ilgari ayollar

kiyimi uchun ishlatiladigan mato-olachadir. Olachaning qizil, xavorang, yashil kabi turlari mavjud
bo‘lib ola ya’ni yo‘llari mayda va tor bo‘lgan.

Beqasam -

yo‘l-yo‘l mato bo‘lib, to‘qishda orqog‘i urishidan yo‘g‘onligi uchun yuzida

ko‘ndalang chiviqlar hamda o‘ziga xos tovlanma naqshlar mavjud. Beqasamning o‘rish iplari
to‘qishdan oldin, bo‘yaganligi bois uning naqshi ikki tomonlama, xilma-xil va turli-tumandir.

Beqasamdan tuman aholisi chopon, kamzul hamda ko‘rpachalar tikishda foydalanganlar.

Paranji

- (arabcha-faraji-keng ko‘ylak) ko‘pchilik musulmon ayollarining yopinchig‘i,

chachvon bilan ansambl’ xosil qilgan. Ayollar gavdasini boshidan oyoq yashirib turishga xizmat
qiladi. Bichimi keng to‘n shaklida bo‘lib, yelkadan pastga tomon torayib boruvchi uzun bandagi
(engi) etakka yaqin joyda bir-biriga chatib birlashtiriladi. Ayol yuzini chachvon to‘sib turadi.

Avra-astrali qilib tikiladi. Avrasi baxmal kimxob, banoras, olacha va boshqa matolardan

tikilib, chetlari kashta tikib, kashtali jiyaklar tutib bezatiladi. Astari chit, satindan tayyorlanadi,
hamda chetlariga zangori, pushti yoki sidirg‘a shoyidan adip qilinadi. Paranjini ikki yoni (cho‘ntak
urni)ga tik tushgan (25 sm uzunlikda) 2 ta jiyak tutashtirib chatiladi, jiyaklar uchidan popukchalar
chiqarilgan, ba’zan qo‘ng‘iroqchalar osilgan. Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan va boshqa
mamlakatlarga tarqalgan. XVI asrdan ayolni begona ko‘zlardan yashiruvchi yopinchig‘iga, uzun
yenglari bezak qismiga aylangan. Paranji yopinish islom shariatiga mos kelgan. XX asrdagi
ijtimoiy o‘zgarishlar jarayonida (ayniqsa 1930 yillardan boshlangan «Hujum» harakati va boshqa
tufayli) paranji deyarli urfdan qolgan.

REFERENCES

1.

Головик. Кустарное промышленность Туркестана // Туркестанский сборник. Т. 512.
– С. 31 – 32.

2.

Tursunov S. va boshqa. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi. – B.
94.

3.

Tursunov S. Boysun Akadem nashr. – B. 101.

4.

Tursunov S, Pardayev T. Surxondaryo – etnografik makon. “Akademnashr” 2012 yil

5.

Qobilov E Surxon vohasi xo‘jaligi - Toshkent “Akademiknashr”. 2012. 259- bet.

6.

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod, Panjob, Sariosiyo va Alachopon qishloqlari 2021-2023
yillar

7.

Rahmonov, M. (2024). ТOQCHI QAVMI AHOLISINING HUNARMANDCHILIGI VA
UY-RO ‘ZG ‘OR KASBKORLIGI.

Modern Science and Research

,

3

(5).


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

952

8.

Rahmonov, M. (2023). SURXON VAHASI TOKCHI XALQINING AN'anaviy turmush
TARZI.

Zamonaviy fan va tadqiqotlar

,

2

(4), 720-722.

9.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI BOYSUN TUMANI PANJOB QISHLOG ‘I
AHOLISINING

NOMODDIY

MADANIYATIDAN.

TAMADDUN

NURI

JURNALI

,

6

(57), 78-81.

10.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA
XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATI RIVOJLANISHI.

Modern Science and

Research

,

3

(7).

11.

Erkin o’g’li, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO’LIMLARI VA
ULARNING

TARIX

UCHUN

AHAMIYATI.

Лучшие

интеллектуальные

исследования, 9(2), 121-125.

12.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING
ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576.

13.

Xabibullo o‘g‘li, M. R. (2024). THE FAMOUS CHOPOGAN OF TAKCHI RESIDENTS
OF ALACHOPON. Journal of Learning on History and Social Sciences, 1(5), 42-44.

References

Головик. Кустарное промышленность Туркестана // Туркестанский сборник. Т. 512. – С. 31 – 32.

Tursunov S. va boshqa. O‘zbekiston tarixi va madaniyati- Surxondaryo etnografiyasi. – B. 94.

Tursunov S. Boysun Akadem nashr. – B. 101.

Tursunov S, Pardayev T. Surxondaryo – etnografik makon. “Akademnashr” 2012 yil

Qobilov E Surxon vohasi xo‘jaligi - Toshkent “Akademiknashr”. 2012. 259- bet.

Dala yozuvi Boysun tumani Avlod, Panjob, Sariosiyo va Alachopon qishloqlari 2021-2023 yillar

Rahmonov, M. (2024). ТOQCHI QAVMI AHOLISINING HUNARMANDCHILIGI VA UY-RO ‘ZG ‘OR KASBKORLIGI. Modern Science and Research, 3(5).

Rahmonov, M. (2023). SURXON VAHASI TOKCHI XALQINING AN'anaviy turmush TARZI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (4), 720-722.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI BOYSUN TUMANI PANJOB QISHLOG ‘I AHOLISINING NOMODDIY MADANIYATIDAN. TAMADDUN NURI JURNALI, 6(57), 78-81.

Rahmonov, M. (2024). SURXON VOHASI TOQCHI QAVMI AHOLISIORASIDA XALQ AMALIY BEZAK SAN’ATI RIVOJLANISHI. Modern Science and Research, 3(7).

Erkin o’g’li, J. M. (2023). TOPONOMIKANING ASOSIY BO’LIMLARI VA ULARNING TARIX UCHUN AHAMIYATI. Лучшие интеллектуальные исследования, 9(2), 121-125.

Jumayev, M. (2023). TARIXIY NOMLARNING MANBALARI VA TA’LIQNING ILMIY ASOSLARI. Zamonaviy fan va tadqiqotlar , 2 (10), 568-576.

Xabibullo o‘g‘li, M. R. (2024). THE FAMOUS CHOPOGAN OF TAKCHI RESIDENTS OF ALACHOPON. Journal of Learning on History and Social Sciences, 1(5), 42-44.