ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
269
KATTA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING IJTIMOIYLASHISH
JARAYONINI TO’G’RI TASHKIL ETISH SHARTLARI
Sipatdinov Arman Sharafatdinovich
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika psixologiya kafedrasi
Amaliy psixologiya yo’nalishi student.
Mambetiyarova Venera Reyimbaevna
Ilimiy rahbar.
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika
psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13938223
Annotatsiya. Ushbu maqolada katta maktabgacha yosh davridagi bolalarning
ijtimoiylashuv jarayoni va uning o’ziga xos xususiyatlari, shuningdek bu davrdagi bolalarning
ijtimoiylashuvini to’g’ri tashkil etish shartlari va uning uchun zarur bo’lgan amaliy maslahatlar
to’g’risida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar. Maktabgacha yosh davri, ijtimoiylashuv, etakchi faoliyat tushunchasi, rolli
o’yinlar, ijtimoiylashuv maskanlari.
CONDITIONS FOR CORRECT ORGANIZATION OF THE SOCIALIZATION
PROCESS OF PRE-SCHOOL CHILDREN
Abstract. This article talks about the process of socialization of children of pre-school age
and its characteristics, as well as the conditions for the proper organization of the socialization of
children in this period and practical advice necessary for it.
Key words. Preschool period, socialization, the concept of leading activity, role-playing
games, places of socialization.
УСЛОВИЯ ПРАВИЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ ПРОЦЕССА СОЦИАЛИЗАЦИИ
ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА
Аннотация. В данной статье говорится о процессе социализации детей
дошкольного возраста и его особенностях, а также об условиях правильной организации
социализации детей в этот период и необходимых для этого практических советах.
Ключевые слова. Дошкольный период, социализация, понятие о ведущей
деятельности, ролевые игры, места социализации.
Hozirgi bizning yashayotgan globallashuv davrimizda ko’pchilik ota-onalarni
maktabgacha yo’shdagi farzandlarining tarbiyasini to’g’ri tashkil etish va ularning ijtimoiylashuv
jarayoning o’ziga xos qonuniyatlari bilan bog’lik masalalar o’ylantirib kelmoqda. Chunki,
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
270
bolalarga to’g’ri tarbiya berish va ularning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish juda muhim
ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat va yo’lga qo’yilayotgan
amaliyotlar, shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohatlar ham
buning yaqqol timsolidir.
Xususan, 2022-yil 15-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan kichik yoshdagi
bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalari bo‘yicha jahon konferensiyasiga muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari o’z nutqida «Bu borada,
avvalambor, yoshlar va bolalarga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni jismoniy va
ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga alohida ahamiyat qaratmoqdamiz. Bolalarni kichik yoshdan
boshlab rivojlantirish orqali kelajakda ularning o‘zligini to‘la namoyon etishiga mustahkam zamin
yaratayapmiz. Zero, bu ezgu maqsadimiz yo‘lida sarflangan investitsiyalar ertaga bir necha
barobar ortig‘i bilan qaytishiga shubha yo‘q», - deya ta’kidladilar.
Bu masalani davlat siyosati darajasiga ko’tarish va unga samarali yo’ndashish maqsadida
bu bo‘g‘inga alohida e’tibor qaratib, barkamol avlodni aynan kichik yoshdan tarbiyalash siyosatini
belgilab berdi. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi farmoniga muvofiq,
Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Bog‘chalar qurish va ta’mirlash, ilg‘or tarbiya uslublari
va metodikalarini joriy etish bo‘yicha ko‘p ishlar boshlandi. Natijada so‘nggi yillarda
maktabgacha ta’lim muassasalari soni 6 barobarga ko‘paydi. Tarbiyachi va pedagoglar soni ham
3 barobarga o‘sib, 160 mingga yetdi. Shu tariqa, bog‘cha yoshidagi 2 million 800 ming nafar
boladan 2 million nafari maktabgacha ta’lim bilan qamrab olindi. Shu va shu kabi boshqa
ko’rsatgichlar bolalarni davlatimiz ravnaqiga hissa qo’shuvchi yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga
mamlakatimizning ham befarq emasligidan dalolatdir.
Ijtimoiylashuv
– biron-bir voqea-hodisa, shaxs yoki harakatning ijtimoiy mohiyat kasb
etib, ko'pchilikka daxldor bo'lib, ijtimoiy munosabatlar mujassamiga aylanib borishini
anglatadigan tushuncha.
Ijtimoiylashuv tushunchasidan birinchi bo’lib amerikalik sotsiolog olim
F.G.Keddings o’zining 1987-yili nashr qilingan “Ijtimoiylashuv nazariyasi” asarida foydalangan.
U “Ijtimoiylashuv
–
individ xususiyatlari yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy
hayotga tayyorlash bosqichidir”,
–
deya ta’kidlab o’tgan. Inson ijtimoiylashuv bosqichida
jamiyatga qoshilib yashash va shu jamiyatda mavjud bo’lgan ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishdan
iborat bo’lgan jarayonlarni boshidan kechiradi.
Katta maktabgacha yosh davri
–
bu 6-7 yoshdagi bolaning aqliy rivojlanish bosqichidir.
Bu bosqich rivojlanishning ijtimoiy holati bola va kattalar o'rtasidagi birgalikdagi
faoliyatning parchalanishi bilan tavsiflanadi. Bu davrda rolli o’yinlar asosiy etakchi faoliyat deb
topiladi. Ular rolli o’yinlar orqali o’z pozitsiyasini, dunyo va munosabatlarni idrok etishlari
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
271
mumkin.
Hozirgi davrda ko’pchilik ota-onalar katta maktabgacha yoshdagi farzandlarida o’qishga
bo’lgan xohish-istakning kamligi to’g’rsidagi savollar bilan psixologlarga murojat qilishmoqda.
Psixologlarning ta’kidlashicha bu, albatta, tabiiy holdir. Chunki, yuqorida aytib
o’tkanimizdek, bu davrda bolalardagi asosiy etakchi faoliyat rolli o’yinlar hisoblanadi.
Bola rolli
o'yinlar orqali insoniy munosabatlar dunyosini kashf etadi. O'yinda bola kattalarning harakatlarini
takrorlaydi va shu bilan kattalar kabi bo'lish va harakat qilish tendentsiyasini tushunadi. Ushbu
o’yinlar orqali bolalarda muhim shaxslar doirasi asta-sekin kengayib boradi va ular endi
tengdoshlarga o'yin sheriklari sifatida qaray boshlaydilar.
Katta maktabgacha yosh davri katta
o'zgarishlar va bolalikning yangi bosqichiga - maktabga tayyorgarlik bosqichiga ko’tariluvchi
davridir. Aynan shu davrda bolalarning har tomonlama rivojlanishi, yangi ko'nikmalarni joriy etish
va yangi bilimlarni o'rganish jarayonlari faol davom etadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijtimoiylashish jarayoni assimilyatsiya va jamiyat
a'zolari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning asosiy ko'nikmalarini egallashdir. Ijtimoiylashuv
jarayoni, birinchi navbatda, bolaning hayoti davomida insonlar guruhiga, aniqrog’i, tez orada
qo’shilishi mumkin bo’lgan maktabdagi guruhiga oson moshlashish uchun tayyorgarlik
hisoblanadi. Shu boisdan, bu davrdagi bolalarni jamiyatdan ajratish emas, aksincha, bolalar
guruhlariga, o'yin maydonchalariga, bolalar bog'chasiga tashrif buyurishini va do’stlari bilan
birgalikda o’yinlar o’ynab, muloqat qilishlarini ta’minlash zarur. Ijtimoiylashuv jarayoni bolalarda
turli millat, yosh va jins vakillariga nisbatan bag'rikenglik, o'z etnik qadriyatlarini va tarixiy
meroslariga bo’lgan hurmat, odamlarga, tabiatga, atrof muhitga nisbatan insonparvarlik kabi eng
oliy qadiriyatlarni shakllantirish demakdir.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiylashuv jarayonini boshdan kechirar ekan
ularga oilasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, jamiyati va atrof muhit kabi omillar katta tasir
ko’rsatadi. Ushbu yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuvida bola tarbiyalanayotgan muassasadagi va
u istiqomat qilayotgan oiladagi muhit, ta’lim va tarbiya shakllarining uyg’unligi juda katta
ahamiyatga egadir. Chunki bola uchun bu davrda oilasi referent guruh sifatida katta ta’surot
qoldiradi va bola keyinchalik ulardan namuna olishga, ulardek bo’lishga harakat qilishi so’zsiz.
Ushbu davrda bola uchun oila a’zolarining roli ahamiyatli bo’lib, asosan ota va ona rollari
eng muhimi hisoblanadi. Bu davrda ota-onaning umumiy jihatlari sifatida bolaga g’amxorlik
qilish, uni tarbiyalash va ularga bilim berish kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. Ota-onalar
tomonidan bolaga haddan tashqari g’amxorlik qilish ham, haddan tashqari e’tibordan chetda
qoldirish ham psixo-emotsional jarayonlarga va bolaning ijtimoiy rivojlanishiga salbiy tasir
ko’rsatadi. Shuningdek, ota-onalarning noto'g'ri munosabati, haddan tashqari avtoritar yoki juda
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
272
liberal tarbiya uslubi ham har xil ijtimoiy moslashishdagi buzilishlar va qiyinchiliklarga duch
kelishga sabab bo'lishi mumkin.
Bunday hollarning oldini olish maqsadida asosiy uslub sifatida psixologlar onaning
boladan bir muncha uzoqlashishi, ya’ni bola o’z do’stlari doirasida bo’lishiga imkon yaratishi
zarur deb ko’rsatadi. Natijada bolada tengdoshlari bilan bo’ladigan muloqatga kirishish istagining
ortishiga sabab bo’ladi, bu esa bolada o’z qiziqish doirasining, ko’nlikmalarning
shakillanayotganidan dalolatdir. Boshqa tomondan esa bola o’z o’ziga xizmat ko’rsatish, ya’ni
muayyan ishlarni o’zi tashqi yordamlarsiz bajara olish qobiliyatining yuzaga kelishiga sabab
bo’ladi.
Yuqorida keltirib o’tilganlardan kelib chiqib psixolog va sotsiolog olimlar katta
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiylashuv jarayonini to’g’ri tashkil qilish maqsadida
ilimiy dalillarga asoslangan takliflarni ishlab chiqishdilar. Ularning fikricha, hozirgi globallashuv
davrida ijtimoiylashayotgan katta maktabgacha yoshdagi bolalar turli ijtimoiy rollarni qabul qilish,
ularga muvofiq harakat qilish va turli odamlar bilan munosabatlarni o'rnatish, maqsadlarini
belgilash, tanlov va qarorlar qabul qilish, ularni baholashga qodir harakatlarni amalga oshira olish,
qiziquvchanligini namoyon qila olish, tengdoshlari va kattalarga savollar berish orqali dastlabgi
bilimlarni egallash va shu kabi boshqa bir qancha xususiyatlarga ega bo’lishlari kerak.
Bolalarda bunday hislatlarni rivojlantirishda ijtimoiylashuvni qo’llab-quvvatlash dasturini
yaratish, o’quv mashqlari bilan bog’liq bo’lgan o’yinlarni tashkillashtirish, psixo-gimnastik
mashqlari yoki treninglar o’tkazish, shu bilan birga rasm chizish va suhnatlashish kabi oddiy
uslublarni qo’llash ham samarali natijalar ko’rsatishi mumkin.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, maktabgacha yoshdagi bolalarning
ijtimoiylashuvi psixologik jihatdan ham, sotsiologik jihatdan ham katta e’tibor talab qilinadigan
jarayondir. Chunki ushbu bosqich bolalar hayotidagi jamiyat a’zosi sifatidagi yangi rolga ega
bo’lish, kelajakdagi maqsadli pozitsiyalarini rejalashtirish va ularga etishish uchun zarur bo’lgan
dastlabgi bilimlarni, tajribalarni o’zlashtirish kabi muhim xususiyatlarga ega bo’lgan bosqichdir.
Shunday ekan, yoshlarda ijtimoiylashuv jarayonini to’g’ri tashkil etish va ularga to’g’ri
tajriybalar berish
– jamiyatimizdagi
har bir katta yoshdagi avlodning asosiy ma’suliyatlaridan
biridir.
REFERENCES
1.
Myers D.G. Social psychology. 11 edition. - McGraw-Hill Education, 2022.
2.
Андреева Т. В. Семейная психология: Учеб. пособие. - СПб.: Речь, 2019 - 244
3.
G’oziyev.E.G F. Ijtimoiy psixologiya. — Тоshkent., 2020.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
273
4.
Karimova.V.M. Sotsiyal psixologiya - Тоshkent., 2022.
5.
Elektronnaya biblioteka,
6.
Сайт “Психология на русском языке”: http://www.psvchology.ru/Librarv
7.
Materiali po psixologii, http://www.psvchology-online.net9.
