Authors

  • Atabay Daribaev
  • Arman Sipatdinov
  • Venera Mambetiyarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32261

Abstract

This article talks about the study of crisis changes in adolescence and conflict situations with parents, which are becoming a global problem in our modern society. The main purpose of the article is to provide instructions for eliminating such problematic situations.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

245

GLOBALLASHUV ASRIDAGI YOSHLARIMIZNING O’SMIRLIK DAVRIDAGI

OTA-ONALAR BILAN MUNOSABATI

Daribaev Atabay Baxit o'g'li

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo'nalishi 1-kurs student.

Sipatdinov Arman Sharafatdinovich

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika psixologiya kafedrasi amaliy psixologiya yo'nalishi 1-kurs student.

Ilmiy rahbar.

Mambetiyarova Venera Reyimbaevna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Pedagogika psixologiya kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11176657

Annotatsiya.

Ushbu maqolada hozirgi jamiyatimizda global muommaga aylanib

kelayotgan yoshlarimizning o’smirlik davridagi inqirozli o’zgarishlar va ota-onalar bilan kelib
chiqadigan ziddiyatli vaziyatlarni o’rganish to’g’risida so’z yuritiladi. Shu kabi muommali
vaziyatlarni bartaraf etish bo’yicha ko’rsatmalar berish maqolaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Kalit so’zlar:

Psixologiya, o’smir, inqiroz, avtonomiya, empatiya, muloqat.

THE RELATIONSHIP OF OUR YOUTH IN THE ERA OF GLOBALIZATION WITH

THEIR PARENTS DURING ADOLESCENCE

Abstract.

This article talks about the study of crisis changes in adolescence and conflict

situations with parents, which are becoming a global problem in our modern society. The main
purpose of the article is to provide instructions for eliminating such problematic situations.

Keywords:

Psychology, teenager, crisis, autonomy, empathy, communication.

ОТНОШЕНИЯ НАШЕЙ МОЛОДЕЖИ В ЭПОХУ ГЛОБАЛИЗАЦИИ С

РОДИТЕЛЯМИ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ

Aннотация.

В данной статье говорится об исследовании кризисных изменений

подросткового возраста и конфликтных ситуаций с родителями, которые становятся
глобальной проблемой в нашем современном обществе. Основная цель статьи – дать
инструкции по устранению подобных проблемных ситуаций.

Ключевые слова:

Психология, подросток, кризис, автономия, эмпатия, общение.


Hozirgi bizning globallashuv davrimizda ko’pgina ota-onalarda bolalarning o’smirlik

davriga kelib ularning tarbiyasida qiynalishlari va ularni tushunmasliklari, shuningdek ularda
kuzatiladigan tushunarsiz xolatlar to’g’risida birmuncha savollar yuzaga kelmoqda. Shu va shu
kabi boshqa savollar yuzasidan javob topish maqsadida ko’pgina tajribali psixolog va pedagoglar
katta ilimiy tadqiqotlar amalga oshirishmoqda. Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat
ham bunga yaqqol misoldir.

Xususan, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev BМТ Bosh Assambleyasining 72-

sessiyasida so‘zlagan nutqida “Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday
inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

246

namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat”

[1]

deb ta’kidlab o’tdi. Yoshlarimizning

kamol topishida alohida e’tibor talab qiluvchi davrlardan biri bu o’smirlik davri hisoblanadi.

O'smirlik-bolalikdan kattalikka o'tish davri bo'lib, fiziologik va psixologik jihatidan o'ziga

xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti
juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri
shakllanadi, ma'naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O'smirlik balog'atga yetish davri
bo'lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan
ham xarakterlanadi. Shu bois ko’pgina olimlar bu davrni “o’tish davri”, “inqirozli davr” va “qiyin
davr”

[2]

kabi nomlar bilan atagan. Chunki, bu yoshdagi o'smirlarning xatti-harakatida muqobil,

yangi sharoitlarda o'z o'rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. Shu
sababdan ko’pgina ota-onalar farzandlaridagi bu o’zgarishlarni tushunmaslik holatlari
kuzatilmoqda. Buning natijasida ota-ona va farzandlar o’rtasida nizolar kelib chiqmoqda.

Nizolarning asl sababi sifatida o’smirlardagi zarurat va talab-ehtiyojlari ortishi bilan atrof-

muhitning ushbu talablarni qondira olmasliklari ko’rsatiladi. Shu tufayli o’smirlarda injiqlik,
qaysarlik, qo’pollik va o’zboshimchalik kabi bir qator o’zgarishlar kuzatiladi.

Shu davrning yana bir o’ziga xos hususiyatlaridan biri avtonomiya hodisasidir.
Avtonomiya hodisasi tufayli o’smirlar o’zlarini katta insondek his qilishlari, endilikda

ularga murakkab vazifalar berilishini istashlari, lekin ota-onalar tomonidan bu talablar
o’rinlanmaganligi sababli o’smirlar o’z ota-onalariga qarshi chiqishlari, ularga bo’ysinmaslik
holatlari kuzatiladi. “Meni tushunmaysizlar”, “Meni yoqtirmaysizlar”, “Mening sizlarga keragim
yo’q” va “Meni nimaga dunyoga keltirdinglar?” kabi so’zlarni aytishlari ota-onalarda xavotirni
keltirib chiqaradi. Shu masala yuzasidan ota-onalar tomonidan psixologlarga ko’plab murojatlar
kelib tushmoqda. Bu murojatlar yuzasidan psixologlarimiz ota-onalar va farzandlarga bir nechta
psixologik uslublar va metodikalar taklif etadilar. Masalan “Liri metodikasi” bunday vaziyatlarda
samarali metodikalardan biri hisoblanadi. Bu metodika texnikasi shaxsning boshqalarga nisbatan
dominant tipidagi munosabatini baholash uchun ishlatiladi. Unga ko’ra shaxs xususiyatlari 8
shkala bo’yicha 3 xil darajada ajratiladi. Maktabning 7-8-sinf o’quvchilarida o’tkazilgan ushbu
metodika tahlili bo’yicha eng yuqori ko’rsatgichlar hukmronlik (69%), o’ziga bo’lgan ishonsh
(66%), talabkorlik (48%), skeptitsizm (48%), muloyimlilik (76%), itoatkorlik (79%), haddan
tashqari konformizm (62%), xudbinlik (55%) ni ko’rsatdi. Bu natijalar bo’yicha o’smirlar va
ularning yaqinlariga tegishli maslahatlar berildi.

Psixologlarimiz vaziyatni chuqur o’rganib chiqib uni tahlil qilganidan so’ng ota-onalar va

farzandlar o’rtasidagi sog’lom muloqotni ta’minlash maqsadida quyidagi strategiyalarni tavsiya
qiladilar:

-

Empatiya: Ota-onalar o’smirlarining hissiy tajribalarini tushunishga harakat qilishlari va

ularga hamdard bo’lishlari kerak. Empatiya kuchli aloqa o’rnatishning asosidir.

-

Ochiq muloqot: Muammolar haqida gapirish va hissiyotlarni baham ko’rish oila ichidagi

ochiq muloqotni rag’batlantiradi. Ota-onalar farzandlariga o’z fikrlarini erkin ifoda etish
imkoniyatini berishlari kerak.

-

Chegaralarni belgilash: Sog‘lom munosabatlar chegaralarni belgilash va ularni hurmat

qilishni talab qiladi. Ota-onalar farzandlari bilan aniq muloqot qilishlari va qoidalarni kelishib
olishlari kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

-

Qo‘shma qarorlar qabul qilish: O‘smirlarning qaror qabul qilish jarayonlaridagi ishtiroki

ularning mustaqillik tuyg‘usini qo‘llab-quvvatlaydi. Birgalikda qaror qabul qilish oilada ishonchni
oshirishi mumkin.

Bu strategiyalar ota-onalar va o’smirlarning bir-birlarini tushunishlariga, ular o’rtasidagi

aloqaning yanada yaxshilanishiga, o’smirlarning o’z ota-onalariga bo’lgan ishonchining ortishiga
yordam beradi. Ushbu strategiyaning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagicha maslahatlar
berilishi mumkin. O‘smirlar tarbiyasida turli cheklovlar, do‘q-po‘pisalar samarasiz bo‘lib va
farzandingiz uchun xavfli ekanligini unutmang. Haddan tashqari ko‘p taqiq va bola erkinligini
cheklash o‘smirning agressiv bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘smirlik davrida ota-ona farzandi
bilan ko‘proq muzokara olib borsa, ijobiy natijaga erishiladi. Taqiqlash zarur bo‘lsa, taqiqning
sababini tushuntirishga alohida vaqt ajrating. Agar bola norozilik bildirishni davom etsa, u holda
sizga ham, unga ham mos keladigan yechim topishga harakat qiling. Ishdan uyga qaytganingizda,
bola noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa ham, uni koyimang. Avval bu nojo‘ya ishning sababini so‘rang.

Farzandingiz kun davomida nima ishlar qilganiga qiziqing. Suhbatlashgandan so‘ng to‘g‘ri

yo‘l ko‘rsatib, do‘stona nasihat qilish yaxshi samara beradi. Bolaga uning hayotidagi istiqbollar
va kelajak haqida gapiring. Farzandingiz nimani xohlashini, o‘z maqsadiga qanday erishmoqchi
ekanligini bilib oling, unga aniq va real harakat rejasini ishlab chiqishga yordam bering. Agar
ayrim sabablarga ko‘ra bola bilan til topisha olmasangiz o‘z vaqtida mutaxassis bilan
maslahatlashing. Psixolog bilan individual ravishda birga ish olib boring. Shundagina bolangiz
bilan munosabatlaringizda iliqlik, ishonch va hamjihatlikni tiklashga ko‘mak beradigan zarur
ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

REFERENECES

1.

Z. T. Nishanova Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/. Toshkent:
«Innovatsiya-Ziyo", 2020, 418 bet.

2.

https://strategy.uz/index.php?news=615&lang=uz

3.

Sipatdinov, Arman Maturazova, Zulfiya The composition of psychology as an
independent science and directions of psychology in the period of open crisis // Modern
Science And Research, 3(2), 1226-1236, ISSN: 2181-3906, 2024.

4.

Daribaev A., Sagindikova N. HISTORY OF PSYCHOLOGY //Modern Science and
Research.2024. Т. 3. №. 1. С. 1162-1166.

5.

Venera M. Socio-Psychological Features of Relationships of Children and Their Parents
//American Journal of Social and Humanitarian Research. 2022. Τ. 3. №. 8. С. 151- 152.

6.

https://strategy.uz/index.php?news=615&lang=uz

7.

Z. T. Nishanova Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/. Toshkent:
«Innovatsiya-Ziyo", 2020, 218 bet.

References

Z. T. Nishanova Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/. Toshkent: «Innovatsiya-Ziyo", 2020, 418 bet.

Sipatdinov, Arman Maturazova, Zulfiya The composition of psychology as an independent science and directions of psychology in the period of open crisis // Modern Science And Research, 3(2), 1226-1236, ISSN: 2181-3906, 2024.

Daribaev A., Sagindikova N. HISTORY OF PSYCHOLOGY //Modern Science and Research.2024. Т. 3. №. 1. С. 1162-1166.

Venera M. Socio-Psychological Features of Relationships of Children and Their Parents //American Journal of Social and Humanitarian Research. 2022. Τ. 3. №. 8. С. 151- 152.

Z. T. Nishanova Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiya /darslik/. Toshkent: «Innovatsiya-Ziyo", 2020, 218 bet.

Most read articles by the same author(s)

Dilnaz Maxsetbaeva, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, MILLIY XARAKTER VA ETNIK IDENTIKLIKNING SHAKLLANISHI VA ULARNING GLOBAL O‘ZGARISHLARDAGI ROLI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Diynara Bekbergenova , Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, DINNING SHAXS SHAKLLANISHIDAGI O'RNI VA MOHIYATI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Nargiza Sirgabaeva, OILA PSIXOLOGIYASINING ASOSIY TUSHUNCHALARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Umida Abduraxmanova, MILLIY XARAKTER VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SHAKLLANISHI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Ermag'anbet Mirzambetov, PSIXOLOGIK EHTIYOJ , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Aytbike Oralbaeva, DIN PSIXOLOGIYASINING ZAMONAVIY FANLAR TIZIMIDAGI TUTGAN O’RNI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Gulnaz Ilyasova, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, OILA SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL SIFATIDA , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Jansulu Tursinbaeva, Arman Sipatdinov, Venera Mambetiyarova, TATBIQIY IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA UNING AMALIY QO’LLANILISHI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Venera Mambetiyarova, Feruza Xojametova, ETNIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI TIZIMIDA ETNOSENTRIZMNING YUZAGA KELISH BOSQISCHLARI , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 12 (2024): Modern science and research

Arman Sipatdinov, Diynara Bekbergenova, Jansulu Tursınbaeva, SHAXSIY VA IJTIMOIY IDENTIFIKATSIYANING SHAKLLANISHIDA GENDER SOTSIALIZATSIYASINING ROLI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

1 2 3 4 > >>