Dekabr, 2024-Yil
601
OILA SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIR KO’RSATUVCHI MUHIM OMIL
SIFATIDA
Ilyasova Gulnaz
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi.
Sipatdinov Arman
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi.
Mambetiyarova Venera
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika psixologiya kafedrasi
o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14331531
Annotatsiya.
Biz ushbu maqola orqali shaxs ijtimoiylashuvida oilaning ahamiyati, uning
asosiy vazifalari va zarur bo’lgan oilaviy muhit to’grisida so’z yuritamiz. Shuningdek oilada shaxs
ijtimoiylashuvining dastlabki bosqichlarini to’g’ri tashkil qilish bo’yicha asosiy shartlarni taqdim
etamiz.
Kalit so’zlar:
Oila, ijtimoiy institut, shaxs, ijtimoiylashuv.
СЕМЬЯ – ВАЖНЫЙ ФАКТОР, ВЛИЯЮЩИЙ НА ЛИЧНОСТНУЮ
СОЦИАЛИЗАЦИЮ
Аннотация.
В этой статье мы поговорим о значении семьи в социализации
человека, ее основных задачах и необходимой семейной среде. Также представлены
основные условия правильной организации начальных этапов социализации человека в
семье.
Ключевые слова:
Семья, социальный институт, личность, социализация.
THE FAMILY IS AN IMPORTANT FACTOR THAT INFLUENCES PERSONAL
SOCIALIZATION
Abstract:
Through this article, we will talk about the importance of the family in the
socialization of a person, its main tasks and the necessary family environment. We also present
the basic conditions for the proper organization of the initial stages of socialization of a person in
the family.
Key words.
Family, social institution, person, socialization.
Har birimizning jamiyatdagi o’rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo
bo’lgani, jamiyatga qo’shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada
Dekabr, 2024-Yil
602
ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb ataladi. Ijtimoiylashuv- bu shaxs o’z hayoti davomida o’zi
tegishli bo’lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va madaniy qadriyatlarini o’zlashtirish jarayoni.
Ijtimoiylashuvning maqsadi- bola egallashi kerak bo’lgan shaxsiy xususiyatlar va u
o’rganishi kerak bo’lgan ijtimoiy xatti-harakatlardir. Ijtimoiylashuv ob’ekti-bu shaxs hisoblanadi.
Shaxs ijtimoiylashuvini ta’minlovchi ijtimoiy institutlar ham mavjud bo’lib, ularga oilalar,
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar yoki oliy ta’lim yurtlari, shuningdek har xil ish
korporativlari va tashlilotlari kiradi. Ushbu maqolada shulardan eng asosiysi, ya’ni oilaning
ijtimoiy psixologik ahamiyati haqida so’z yuritamiz.
Oila- kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarizi, axloqiy
mas’uliyat hamda o’zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. Oila mikromuhit sifatida bolaning
ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Ishonch va qo‘rquv, xotirjamlik
va xavotirlanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha, kirisha olmaslik va
sovuqlik - bu xislatlarning barini shaxs oilada egallaydi. Shu sababdan bolaning ijtimoiylashuviga
eng dastlab oila doirasida e’tibor qaratish juda katta ahamiyat kasb etadi. Oila inson deb ataluvchi
binoning faqat poydevorini qo`yish bilan cheklanmasdan, balki uning so`nggi g`ishti
qo`yilgunicha javobgardir. Negaki, oila omili insonga butun umri davomida ta’sir etadi. Ijtimoiy
jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi.
Axir oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Jamiyatga har
tomonlama yetuk, bilimli va zukko bolalarni tayyorlashni ta’minlash maqsadida davlatimiz ham
o’z siyosati markaziga oilani qo’ygani ham bejiz emas. Xususan, 2022-yil 20-iyun sanasida
Konstitutsion komissiya a’zolari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev bugungi globallashuv zamonida oila institutini har tomonlama himoya qilish, qo‘llab-
quvvatlash va mustahkamlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish zarurati tobora
kuchayib borayotganligini, shuningdek Bosh qonunga oila ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi
va teng huquqliligi asosida shakllanishini belgilab qo‘yish zarurligini ta’kidlab o’tgani
so’zimizning yaqqol isbotidir.
Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining asosiy
funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval, oilada amalga oshadi.
Oila- bu maskanning ahamiyatini anglash uchun «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» degan
maqolni tahlil qilishning o’zi kifoya. Ya’ni har qanday bola o’z oilasida o’zlashtirgan
tajribalaridan hayoti davomida foydalanadi va uni keyinchalik farzandlariga ham o’rgatadi.
Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy
me’yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.
Dekabr, 2024-Yil
603
Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va
qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o’rganadi. Oilada olib boriladigan
ijtimoiy ta’lim jarayoni ham ikkita asosiy yo’nalishda o’tadi. Bir tomondan, ijtimoiy tajribani
egallash bolaning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari bilan to’g’ridan-to’g’ri o’zaro munosabati
jarayonida yuzaga keladi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiylashuv boshqa oila a’zalarining bir-biri bilan
ijtimoiy o’zaro ta’sirining xususiyatlarini kuzatish orqali amalga oshiriladi.
Oilaning roli bolani jamiyatga bosqichma-bosqich kiritishdan iborat bo’lib, uning
rivojlanishi insonning tabiatiga va u tug’ilgan mamlakat madaniyatiga mos keladi. Bolaga
insoniyat to’plagan ijtimoiy vazifani, u tug’ilib o’sgan mamlakat madaniyatini, uning axloqiy
me’yorlari va xalq urf-odatlarini o’rganish otaonalarning bevosita vazifasidir. Ota-onalar ushbu
vazifalarni amalga oshirishining 4 asosiy parametrlarini hisobga olish kerak. Ular: aloqa, nazorat,
yetuklikka talab va yaxshi niyatlardir.
Ota-onalar yoki oiladagi boshqa yaqin kishilar bola bilan ishonchli va yaqin aloqa
o’rnatishi, bolaning fikrini yoki biror narsaga o’z munosabatini tushintirishini bilish bilan amalga
oshiriluvchi omillardan biri bu aloqadir. Oilan o’z navbatida kommunikativ vazifasini, ya’ni oila
a’zolarining o‘zaro muloqot va o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiluvchi
vazifasini bajaradi. Psixologik tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy yo‘nalganlik,
ustanovkalar, hissiy madaniyat, odamning axloqiy, ma’naviy va psixologik salomatligi — oiladagi
o‘zaro, ichki muloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning muloqotda psixologik ustanovkalarni
namoyon qilishlari, oiladagi axloqiy psixologik iqlimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqdir.
Shuningdek bola tarbiyasida uning xatti-harakatlarini nazorat qilish ham asosiy omillardan
biridir. Chunki har xil salbiy oqibatlarning oldini olish va unga o’z vaqtida chek qo’yish juda
muhimdir. Ayni shu munosabat bilan oila muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifasidan yana biri
oilaning regulyativ vazifasi oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini,
shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni o‘z ichiga
oladi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma’naviy
tomondan qo‘llab quvvatlash nazarda tutiladi.
Ota-onalar bolalarni aqliy qobiliyatlari chegarasida, yuqori ijtimoiy va hissiy darajada
harakat qilishiga ya’ni yetuklikka intilishiga talab qo’yishi bilan tarbiyalaydilar. Bu borada oila
o’zining tarbiyalash vazifasini amalga oshiradi. Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik
tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi binoni nafaqat poydevorini qo‘yish bilan
cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir.
Dekabr, 2024-Yil
604
Ota-ona — san’atkor, bola — san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning o‘zidir.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimiz
azaldan saqlab kelayotgan milliy urf odatlarimiz, an’analarimiz (bola tarbiyasida ota-onadan
tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug‘, mahallaning ham ta’siri) bu borada katta ahamiyatga ega.
Ota-onalar bolaga qanchalik qiziqish ko’rsatish ya’ni maqtov, uning muvaffaqiyatlaridan
xursandchilik, iliqlik, sevgi, g’amxo’rlik va unga mehr qo’yish kabilarni amalga oshirishi orqali
yaxshi niyat parametrini amalga oshiradi. Bu borada oila yana bir asosiy vazifalaridan biri
bo’lmish relaksatsiya vazifasini bajaradi. Bu degani oila a’zolarining bolalarning emotsional
faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash imkoniyatini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, insonning jamiyat a’zosi sifatida shakillanishi, uning
kelajakdagi hayoti oilaning qay darajada ijtomoiy jihatdan farovon bo’lishiga, oilada farzand bilan
shug’ullanish darajasiga bog’liqdir. Bunnan ko’rmoqdamizki, oila bu ijtomoiy institut, insonning
ijtimoiylashuvi sodir bo’ladigan jamiyatning hujayrasi. U inson o’sib-ulg’ayishida va dastlabki
hayot saboqlari, tajribalari va ko’nlikmalariga ega bo’lishida juda katta ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun ham oiladagi muhit va uning vazifalarini to’g’ri tashkil qilish shaxs
ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning biridir.
REFERENCES
1.
Sh.M.Mirziyoev “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning
poydevoridir” T.: “Tasvir”-2021;
2.
Андреева Т. В. Семейная психология: Учеб. пособие. - СПб.: Речь, 2019
3.
G’oziyev.E.G. Ijtimoiy psixologiya. — Тоshkent., 2020.
4.
Karimova.V.M. Sotsiyal psixologiya— Тоshkent., 2022.
5.
Elektronnaya biblioteka,
6.
Сайт “Психология на русском языке”: http://www.psvchology.ru/Librarv
