ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
748
BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA O‘QITISH METODLARI
Hamrayev Ilg’or Aktamovich
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi.
Do‘smurodova Sevinch Temurovna
G’afurova Rayhona
Shirinboy qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti.
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1 – bosqich 103 – guruhi talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15401579
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta‘lim o‘quvchilari uchun qo‘llanadigan
metodlar haqida tushuncha beriladi. Boshlang’ich sinflar dars jarayonida qo‘llanilgan har
bir metod ta‘lim metodi hisoblanadi. Ta‘lim metodi birgina usul bilan chegaralanib
qoladigan metod emas. Unda o‘quvchilarni har tomonlama yetuk va barkamol qilib yetkazish
bosh maqsadimiz deb qaraladi.
Kalit so‘zlar: Metod, ta‘lim metodi, klaster metodi, qiziqtirish metodi, ta‘lim, tarbiya.
Abstract. This article provides an understanding of the methods used for primary school
students. Each method used in the primary school classroom is considered an educational
method. An educational method is not a method that is limited to one method. In it, our main
goal is to make students well-rounded and well-rounded.
Keywords: Method, educational method, cluster method, method of interest, education,
upbringing.
Аннотация. В данной статье дается представление о методах, используемых
для учащихся начальной школы. Каждый метод, используемый в начальной школе,
считается образовательным методом. Метод обучения не ограничивается одним
методом. Наша главная цель — воспитать студентов всесторонне развитыми и
разносторонними во всех отношениях.
Ключевые слова: Метод, образовательный метод, кластерный метод, метод
интереса, образование, воспитание.
Kirish.
Bizga ma‘lumki dars davomida berilgan bilimlarni kelasi kunda ham eslay olishi
o‘qituvchining qo‘llagan metodiga bog‘liq. Boshlang‘ich sinflarda dars jarayonida qo‘llanilgan
har bir metod ta‘lim metodi hisoblanadi. Avvalo biz ta‘lim metodiga tushuncha berib
o‘tsak. Metod-yunoncha atama bo‘lib, voqelikni amaliy va nazariy egallash, o‘zlashtirish va
o‘rganish kabi va shu bilan birgalikda bilish uchun yo‘l-yo‘riqlar usullar degan ma‘noni
anglatadi. Shunday ekan o‘qituvchi tanlagan metod samarasiz qolmasligi kerak, o‘qituvchi
va o‘quvchi uchun eng katta yutuq shu hisoblanadi. Zamon talabiga javob beradigan
o‘quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan ta‘lim beruvchining o‘zaro bog‘liq
faoliyat turi-ta‘lim metodi hisoblanadi. Ta‘lim metodi orqali o‘quvchida aqliy qobiliyat va
qiziqishlari xususiyatlarini namoyon qiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
749
Bu usulni maktab amaliyotida qo‘llanganida tarbiyalanuvchi ya‘ni o‘quvchining
ongi irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta‘sir etuvchi usul hisoblanadi. O‘qituvchilar dars
jarayonida o‘qitish, o‘rgatish qisqacha qilib aytganda bilim berish bilan birgalikda
o‘quvchining tarbiyasi bilan shug‘ullanish o‘qituvchining burchi hisoblanadi. O‘qituvchi
ta‘lim degan so‘zini ishlatganda, ta‘limning tarbiya so‘zi bilan bir-biriga uzviy bog‘liqligini
ham ta‘kidlab o‘tishimiz lozim.
Boshlang‘ich tarbiyaning 60%i bolaning go‘daklik davridan boshlab oila tomonidan
beriladi. Tarbiyaga oiladan keyingi o‘rinda boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchisi tomonidan
pedagik metodlarga tayangan holda chora-tadbirlar ko’rilishi lozim deb topiladi. Bu
bolalar davr psixologiyasiga asoslangan holda o‘qituvchi ota-onalar bilan uzviy aloqada
bo‘lishi ta‘lim metodining samarali usuli hisoblanadi. Ta‘lim metodi asosan har qanday
muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab ularni uch guruhga ajratish mumkin:
So‘z orqali ifodalanadigan (maruza) metodi
Ko‘rgazmali metod
Amaliy metod
Bulardan biri so‘z orqali ifodalanadigan metod hisoblanadi. Ta‘lim oluvchi ta‘lim
beruvchi tomonidan hikoya, ma‘ruza, suhbat va boshqa metodlarni qamrab olgan holatda
eshitish orqali qabul qilinadi. Bu metod o‘quvchilarda qabul qilish, anglash va amalda
qo‘llash faoliyatini yuzaga chiqarish uchun katta yordam beradi. Bunda mavzuning asosini
tushuntirishda va anglashda hikoya usulidan foydalaniladi. Bu metod orqali o‘quvchining
diqqatining jamlanishiga va rivojlanishiga keng imkoniyat yaratib beradi. Bu bilan
birgalikda voqealar rivojini xayolda tasavvur qilish natijasida o‘sha hikoya va maruzaning
ma‘no mazmuniga sho‘ng‘ib ketishi uni tushinib va anglab yetishi uchun xizmat qiladi.
1-4 sinfdagi o‘quvchilar asosan rangli va tushunib yetishi qiyin bo‘lmagan rasm va
videorolik tomosha qilishni yoqtirishadi. Hozirgi kunda matematika faniga oid ma‘lumotlar
ham rasm orqali ifodalanmoqda. Shu jumladan boshqa fanlarda ham rasm asosida matn
tuzish va xulosa qilish degan shartlar ham qo‘yilmoqda. Rasmlar bilan ishlash
o‘quvchining dunyoqarashini kengaytirishda yordam beradi. Shunday ekan o‘quvchini
darsga qiziqtirish usuli va doim qo‘llanilib keladigan usul bu ko‘rgazmali metod
hisoblanadi. Ko‘rgazmali metod orqali o‘quvchining qiziqishini uyg‘otish va o‘quvchining
psixologiyasi ya‘ni qanday rangni yaxshi ko‘rishini, nimaga qiziqishini yoki salbiy
tomonlama qaraganda nimaga bo‘lgan ishtiyoqi sust va darsga bo‘lgan munosabati yomon
bo‘lgan holatlarni imkon qadar aniqlash uchun samarali metodlardan biri hisoblanadi
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitish metodlaridan biri suuhbat metodi hisoblanadi. Biz
suhbat metodi orqali o‘quvchida qanday jarayon kechayotganini va psixologik jihatdan
mukammal o‘rganishimiz mumkin. Bolaning dars jarayonida qiziqishi, o’zi haqida xulosa
qila olmasligi va o‘z fikriga ega bo‘lmasligi xususiyatlari asosan yosh davr
psixologiyasining bolalikning ikkinchi davriga to‘gri keladi, ya‘ni ta‘lim oluvchini ruhan
cho‘ktirib qo‘yishimiz kelajak uchun xavf . Bunday holatda o‘qituvchi va ota-onalar
o‘rtasida uzviy bog‘liqlik bo‘lishi o‘quvchini o‘rganish uchun imkoniyat bo‘ladi. Bu davrda
o‘quvchining 70% fikri atrofdagi shaxslarga bog‘liq bo‘ladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
750
Bu davr psixologiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, o‘quvchining oxirini o‘ylab ish qilish,
kelajagi uchun qayg‘urish, o‘z fikriga ega bo‘lish va boshqa hissiyoti rivojlanmagan
bo‘ladi. Bunday holatda o‘qituvchi albatta o‘quvchini tinglashi, uning fikri qandayligini
bilishi va psixikasiga asosan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi o‘qituvchi uchun katta mas‘uliyat kasb
etadi. O‘qituvchi o‘quvchining qalbiga shunday kirib borishi kerakki ota-onasi bilmaydigan
odati va qiziqishlarini bilishi o‘qituvchining asosiy metodi hisoblanadi. Shu bilan birga
bolaning uydagi va maktabdagi qat‘iy harakatlarini taqqoslab turishi, biror bir ziddiyat
paydo bo‘lishining oldini olish o‘qituvchi va ota-onalar o‘rtasida hal etilishi samarali
yo‘ldir. Har qanday holatda o‘quvchi ruhiy zarba yemasligi bizning muvaffaqiyatimiz
hisoblanadi.
Endi esa boshlang‘ch sinflarning dars metodlaridan biri klaster metod haqida
tushuncha berib o’tsam. Bu metod aniq bir mavzuga yo‘naltirilmagan metod hisoblanadi. Bu
metod erkin va mustaqil tanlangan mavzuga dars o‘tish usulini tashkil etadi. Shu bilan
birgalikda ta‘lim oluvchi o‘z fikrini bayon etganda ta‘lim beruvchining ham fikri bir
joydan chiqishi samarali hisoblanadi.
Shu orqali ta’lim oluvchi va ta‘lim beruvchining fikrlari o‘rtasida bog‘lanish hosil
bo‘ladi. O‘quvchi fikrining xato emasligini anglagach uning aqliy faoliyatida rivojlanish
paydo bo‘ladi va o‘quvchining darsga bo‘lgan shtiyoqi so‘nmaydi. Bu metod har qanday
holatda ya‘ni yakka va guruh shaklida tashkil etilgan mashg‘ulot davomida keng
foydalanish mumkin. Bu metod o‘quvchining fikrlash doirasi kengayishiga yordam beradi
va bir mavzuga yo‘naltirilmagan bo‘lganligi uchun ta‘lim oluvchining fikrini bayon eta
olish uchun keng imkoniyat yaratib beradi. O‘z fikrini bayon eta olmaslik ruhan
cho‘kkanligi yoki ta‘lim beruvchiga bo‘lgan salbiy munosabati orqali yuzaga kelishi
ehtimoli katta. Lekin tanganing ikkinchi tomoni bor deganlaridek klaster metod orqali
qanchadan qancha yoshlar o‘z hayoti, o‘z maqsadi, o‘z muvaffaqiyati yo‘lini davom
etmoqda. Shunday ekan o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, intilishni davom etishdir. Tushuntirish
metodi. Tushuntirishning bosh maqsadi-o‘rganilayotgan predmetning mohiyatini, rivojlanish
sabablarishartlarini va manbaalarini aniqlashdan iborat. Tushuntirish odatda tavsiflash bilan
bog‘liq desak adashmagan bo‘lamiz. Tushuntirish bilan bir qatorda-tushunish ham kiradi.
Oldin tushunib so‘ngra o‘quvchilar ongida tasavvur uyg‘ota olish ham pedagogik
metod hisoblanadi. Shu holatda tushunish bilan tushuntirish bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq. Ammo tushunishni o‘rganilayotgan hodisani qonunga va sababga bog‘lashni
nazarda tutmaslikni unutmaslik kerak. Tushuntirish metodi boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishida
ta‘lim beruvchining ta‘lim oluvchilarga yangi bilim va ko‘nikmalarni og‘zaki bayon qilish
orqali tushuntirib berish usullaridan biri desak adashmagan bo‘lamiz.
Tushuntirish metodi orqali murakkab tushunchalar, hodisalar yoki jarayonlar oddiy
va tushunarli tarzda izohlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hali mustaqil tahlil qilish,
mustaqil fikr yuritish va chuqur fikrlash ko‘nikmasiga to‘liq ega bo‘lmagan shaxs
hisoblanadi. Shu sababli tushuntirish metodi ularning bilim olish jarayonida muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu metod asosan darsda o‘tiladigan yangi mavzu yoki tushunarli
bo‘lmagan mashq va masalalarni o‘rgatishda qo‘llaniladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
751
Talim beruvchi mavzuni tushuntirayotganda hayotiy misollar, ko‘rgazmali qurollar,
rasmlar va texnologik kabi vositalardan foydalanadi. Tushuntirish metodining samarali
bo‘lishi uchun o‘qituvchi sodda, aniq va ravon tilda gapirishi lozim.
Shuningdek o‘quvchilarning e‘tiborini jalb etish, ularning darsga bo‘lgan qiziqishini
orttirish va ularni darsda faol ishtirok ettirish ham muhim omillardan biri hisoblanadi.
Tushuntirish metodi boshqa metodlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda dars
samaradorligi oshadi. Masalan: tushuntirishdan so‘ng savol-javob, suhbat, mashq bajarish
kabi metodlar bilan mustahkamlash mumkin. Tushuntirish metodi boshlang‘ich ta‘limda
eng ko‘p qo‘llaniladigan va samarali metod hisoblanadi. 1-4 sinf o’quvchilari uchun
mavzuni o‘zlashtirishda tushunarli va sodda til orqali tushuntirish metodi orqali mavzuni
aniq, lo‘nda va qiziqarli tarzda tushuntirish katta ahamiyatga ega.
Bu metod ta‘lim beruvchining bilimlarni og‘zaki bayon qilish orqali
o‘quvchilarga yetkazishga yordam beradigan samarali usul hisoblanadi. O‘qituvchi
o‘quvchilarga tushuntirish jarayonida nutq madaniyatiga rioya qilishi, ifodali, ravon va
o‘quvchilarga tushunarli tilda so‘zlashi lozim.
Qiziqtirish metodi. Qiziqtirish metodi-bu o‘quvchilarda o‘rganilayotgan mavzuga
nisbatan ichki qiziqish uyg‘otish orqali ularni faol o‘rganishga undaydiga o‘qitish
metodidir. Qiziqtirish metodining asosiy vazifalaridan biri “O‘quvchining darsga bo‘lgan
motivatsiyasini oshirish” hisoblanadi. Qiziqtirish metodi faqatgina dars boshida emas, balki
butun o‘quv jarayonida qo‘llaniladi. Qiziqtirish metodi asosan o‘quvchilar uchun tasodifiy
rag‘batlar va shunga o‘xshash jarayonlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shunday holatlarga o‘xshagan tasodifiy voqealar yuz beradigan o‘yinlar va
raqslarni taqdim etish ham qiziqtirish metodidir.
Qiziqtirish metodiga yana bir misol ko‘rib chiqsak. Dars jarayonida qandaydir ertak
yoki hikoya aytib berishda ertakning o‘rtalariga kelgan holatda davomini aytmaslik ya‘ni
uni kelasi darsga qoldirish ham qiziqtirishga kiradi. So‘ngra oxirining qanday tugaganligi
bilan qiziqadi. Har xil tahlil qiladi, fikr yuritadi va bu aqliy rivojlanishga olib keladi.
Xulosa.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, yosh avlod kelajakni qiziq, oson va
yaqindek tasavvur qiladi. Yosh avlodni kelajakka bilimli, tarbiyali va yetuk qilib yetkizish
esa bizning burchimiz hisoblanadi. Birinchi o‘rinda oiladan tarbiya, boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilaridan ham ta‘lim, ham tarbiya berish kelajak avlod uchun samaralidir.
Boshlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilari bergan bilim o‘quvchilar uchun fundament
hisoblanadi. Ta‘lim deganda tarbiya so‘zi ham teng ma‘noda ishlatilishi haqiqat, albatta.
Taniqli ma‘rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo, hayot-yo
mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir ” degan chuqur ma‘noli
so‘zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz.
REFERENCES
1.
Beloshistaya A.V. Boshlangʻich taʼlimda oʻqitish metodikasi. M.: Vlados.2016.456bet
http://www.lexuz
2.
Vygotskiy L.S.Tafakkur va nutq.Sank-Peterburg.2019.432-bet
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
752
3.
Visitova L.S.Boshlangʻich maktabda oʻqitishning innovatsion usullari// Ta'lim va
tarbiya.2016-yil.16-19- ber
4.
Jumaboyev M.Oʻzbek va jahon adabiyoti-T.:1996.
