ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
774
O‘TKIR HOSHIMOVNING “DUNYONING ISHLARI” HIKOYASINING BUGUNGI
KUNDAGI O‘RNI
Hamrayev Ilg’or Aktamovich
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi.
Mamadaliyeva Bibiorifa Zafarboy Qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali, Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti
O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2 – bosqich 206 – guruhi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15091175
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri, yozuvchi O‘tkir Hoshimovning
hayoti va ijodidagi o‘ziga xoslik hamda yozuvchi qalamiga mansub “Dunyoning ishlari” qissasi
haqida badiiy tahlillar, uning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etiladi.
Kalit soʻzlar:
O‘zbekiston xalq shoiri, adabiy-estetik qarashlar, elimiz suygan adib, "Ona",
onalik tuygʻusi, "Ayol", ona obrazi, jafokash onalarimiz.
THE PLACE OF UTKIR KASHIMOV'S STORY "THE WORKS OF THE WORLD" IN
TODAY
Abstract.
This article presents the uniqueness of the life and work of the People's Poet of
Uzbekistan, writer Utkir Khashimov, as well as artistic analyses of the story "The Works of the
World" by the writer, and its significance today.
Keywords:
People's Poet of Uzbekistan, literary and aesthetic views, beloved writer of our
country, "Mother", maternal feeling, "Woman", image of mother, our suffering mothers.
МЕСТО ПОВЕСТИ УТКИРA ХАШИМОВА «ДЕЛА МИРА» В СЕГОДНЯШНЕМ
ВРЕМЕНИ
Аннотация.
В статье рассматривается своеобразие жизни и творчества
народного поэта Узбекистана, писателя Уткирa Хашимова, а также дается
художественный анализ повести писателя «Дела мира», ее значение в наши дни.
Ключевые слова:
Народный поэт Узбекистана, литературно-эстетические
взгляды, наш любимый писатель, «Мать», чувство материнства, «Женщина», образ
матери, наши страдающие матери.
UTKİR KAŞİMOV'UN "DÜNYANIN İŞLERİ" HİKÂYESİNİN BUGÜNKÜ YERİ
Özet
.
Bu makalede, Özbekistan Halk Şairi, yazar Otkir Haşimov'un eşsiz yaşam ve
eserlerinin yanı sıra yazarın "Dünyanın işleri" öyküsünün sanatsal analizi ve günümüzdeki önemi
ele alınmaktadır.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
775
Anahtar Sözcükler:
Özbekistan Halk Şairi, edebi ve estetik görüşleri, ülkemizin sevilen
yazarı, "Anne", annelik duygusu, "Kadın", anne imgesi, acı çeken annelerimiz.
Kirish.
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘tkir Hoshimov Toshkentning Do‘mbirobod dahasida 1941
yilning 5 avgustida tavallud topgan bo‘lib, bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida
kechgan. Shu tufayli u o‘rta maktabni a’lo baholar bilan bitirgan bo‘lsa ham oilaviy sharoiti
yuzasidan ishlab turib o‘qishga majbur bo‘lgan. Elimiz suygan adib badiiy ijodda hikoya, qissa va
roman janrining takomiliga samarali hissa qo'sha olgan. Ko'rinadiki, adibning adabiy tanqidiy
qarashlari va estetik dunyoqarashi badiiy ijodlari qatori publissistikada ham yorqin ko‘zga
tashlanib turadi. Oʻtkir Hoshimov oʻz ijodini sheʼr va ocherklar yozishdan boshladi.
XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek adabiyoti, she'riyati rivojida shoirning munosib o‘rni bor.
O‘tkir Hoshimovning adabiy-estetik qarashlari, adabiyotning yangi jilolari, xalqona
ohanglari, nafis va betakror she'riyati bilan boyitdi. Hamda o‘z asarlari va she'rlarida adabiy-
tanqidiy, ilmiy, publitsistik, qarashlar ham xalqimiz orasida o‘z o‘rniga ega.
O‘tkir Hoshimov qissalari 60-70-yillar o‘zbek adabiyotimizdagi ma'naviy -axloqiy
muammolarni o‘z adabiy-estetik qarashlarini markazida tutganligi bilan ajralib turadi.
Adibning qissalaridan biri “Dunyoning ishlari” asari bo‘lib, asar katta-kichik hikoyalardan
iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va toʻliq tarzda 2005-yilda “Sharq nashriyoti” tomonidan
nashr etilgan.
Shoir bu asarni dunyodagi barcha onalarga bagʻishlab yozgan. Asarda "Ona", "Ayol"
siymolari dunyoning barcha millatlari hayotida eng ulug’ va mo‘tabar zotlar hisoblanib,
xalqlarning adabiy hayotida asosiy g’oya va obraz shaklida gavdalanib kelinadi. Har bir millatda
"Ona" obrazini, ayollik xususiyatlarini birlashtirib turuvchi mushtarak fazilatlar bisyor bo‘lsada,
ayni paytada har bir xalqning ona siymosini boshqa xalqlardan undagi ichki va tashqi dunyosi,
fe'l-atvori, tabiati va dunyoqarashi bilan ajralib turuvchi, farqli jihatlari ham ko‘zga yaqqol
tashlanadi.
Jumladan 2015-yilda Yangi asr avlodi nashriyoti tomonidan 336 betli qattiq muqovada
nashr etildi. Shu yili Meriyus nashriyoti tomonidan 272 betda, 3000 nusxali qattiq muqovada nashr
etildi. Ushbu nashrning ustki qismida qishloq koʻchasidagi uylar va adibning onasi tasvrilangan.
Kitobning orqa tomonida adibning quyidagi soʻzlari keltirilgan: "Dunyoda hech bir
chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turadigan sehrli kuch bor.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
776
Bu Ona mehri! Alloh Onani shunday yaratgan! Darhaqiqat “Odam qalbida qanday
oliyjanob tuyg'ular mavjud bo‘lsa, bularning barchasi avvalo ona dandir”. Asarni 2005-yilgi
nashrida shunday taʼriflagan: “Bu qissa katta-kichik novellardan iborat. Biroq ularning barchasida
eng aziz odam — onam siymosi bor. Bundagi odamlarning hammasini oʻz koʻzim bilan
koʻrganman. Faqat baʼzilarining ismi oʻzgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir
jihatdan onamga bogʻlangan”. Yuqorida aytilganidek O‘tkir Hoshimov ushbu asarini dunyodagi
barcha onalarga bagʻishlab yozgan. Shoir yana asarda jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona
yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar ham asarda o‘z o‘rniga ega asardagi
onalar siymosi uning badiiy ifodasi juda go‘zal va betakror tarzda yoritilib berilgan. Asar adibning
bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar
turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov shu kichik
asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan: “Dunyoning ishlari”
asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz
onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas
qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda
koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi.
Darhaqiqat asarni o‘qib turib onalarimiz siymosi ko‘z oldimizga keladi. Asardagi har bir
novella, hikoyalar onalarga bog'langani ham asarni yanada betakror qilgani tahsinga sazovordir.
Asarni o‘qir ekanmiz ba'zi joylarida yig'laymiz ba'zi joylarida kulamiz. Shukronalar
keltirasiz va onangizga bo‘lgan munosabatingiz ijobiy tarafga o‘zgarib boradi albatta.
Asarning "Gilam paypoq" hikoyasida, onaning deyarli yalangoyoq holatida bolasining
umri, uning sog'lig'i uchun o‘zining sog'lig'idan voz kechishga, kerak bo‘lsa, uning o‘rniga o‘zi
ajalga tik qarashga tayyorligidan buni yaqqol ko‘rish mumkin. O‘zini joni oʻgʻrisa ham bolasining
qutqarish istagi ona uchun o‘z ogʻriqlarini ham sezmasligiga olib keladi. Onaning yagona istagi
bolasini kasallikdan qutqarish ilinjida o‘zini soligʻini o‘ylamay, soligʻidan voz kechib bolasi uchun
kurashadi. Muallif hikoyasining mantig'i hech bir narsa ona hissiyotidan ustun emasligidan dalolat
beradi. “Gilam paypoq” hikoyasi hajman kichik bo‘lsa-da, undagi ona obrazi hamda uning
kechinmalari, uning tuygʻulari kechinmalari hikoyaga nisbatan ancha keng yoritilgan. Hikoyadagi
ona obrazi xarakterini quyidagicha tasniflash mumkin:
U farzandi uchun o‘z jonidan kechishga tayyor ayol timsoli;
har qanday qiyinchilikka, dardga bardosh bera oladigan matonat sohibasi;
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
777
soddalik, oqko‘ngillik ham uning muhim fazilatidir.
Qisqa qilib aytganda, ijodkor shu kichik hikoyada ham onalarga xos ezgu fazilat va
hislatlarning barchasini jamlashga erishgan. Asardagi har bir hikoya bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq. Chunki undagi ona va farzand shoirning o‘zi hamda uning onasi. Asar onalarga
bag‘ishlangani bois uning xarakterini ochishda adib farzand obrazidan foydalanib ish tutadi. Shu
bois qissadagi voqealar boshidan oxirigacha ona va farzand bilan bog‘liq holda kechadi.
Onalar millatning tayanchi, asosi. Milliy qadriyatlar va oʻziga xoslikning bebaho gavhari,
yuksak axloq, ezguliklar javhari. Millat ona tufayli mangu yashaydi. Avlodlar shajarasi u tufayli
davom etadi. Millat shaʼni, oriyati, gʻururi timsoli. Ona nafasida olam ohangi, borliqning musiqasi
mujassam, uning iliq, yoqimli sasida hayotbaxsh kuch bor. Biz u orqali, faqat u orqaligina olamni
kashf etamiz, uning qatlarini ochamiz. Olam ichra olam boʻlib yashaymiz. Bir lahza boʻlsada
undan uzilolmaymiz. Ana shunda oʻktam, jasur, botir, mard oʻgʻlonlar – qalbi mehrga toʻla
mushfiq, mehribon, suvratiyu siyrati goʻzal qizlar – shonli, sharafli, barkamol avlodni dunyoga
keltirishga umrini bagʻishlaydigan moʻtabar onalar dunyoga keladi.
Xususan, asarning “Xiyonat” novellasida ona farzandini faqat halolikka, insonlarga
yaxshilik qilishga, yomonliklardan qaytishga undaydi. Hayotimiz davomida ko‘plab insonlar
bilan yuzlashamiz. Ularning qaysilaridir yaqin do‘stimiz, qaysisidir sevgan yorimiz. Ammo
oradan vaqtlar o‘tgandan so‘ng har bir insondan ham xiyonat ta'mini totishingiz mumkin ekan.
Hikoyada esa onalar farzand uchun eng yaqin zot sifatida tasvirlanib, undan hech qachon
xiyonat ko‘rmaslik ta’kidlangan. Adib ushbu qissaning oxirida: “Onang-chi, onang hech qachon
xiyonat qildimi senga!”, degan so‘zlar bilan o‘quvchini mulohaza qilishga chorlaydi.
Onalik mehri, ona muhabbati, faqatgina bolaga gʻamxoʻrlik yoki javobgarlikkina emas,
ayni paytda u oʻz olamining naqadar ulugʻvor va barkamol ekani, hayot degan oliy qadriyatga nur
va tiriklik baxsh etayotgani timsolidir. Bu muhabbat bola hayotini saqlab qolish, uning bekamu
koʻst, sogʻlom oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgan va butun olamga mehr ulashadigan moʻjizaga aylanadi.
Ona muhabbati, iliq mehri har qanday xavf-xatardan, hatto, oʻlimdan ustun. Ona farzandi
uchun hamma narsaga hamisha tayyor. Jigargoʻshasi, bir parcha goʻsht holidagi poloponi xatar
oldida boʻlsa hech ikkilanmay hayotning barcha zavqu shafqidan, sururidan ikkilanmay voz
kechadi. Oʻzini qurbon qilib boʻlsada farzandini asraydi. Ona ana shunday ruhiy va maʼnaviy
qudrati bilan baʼzi holatlarda erkaklardan ustun turadigan noyob xilqat. Jafokash onalarimiz
hattoki farzandini asrab qolish uchun hayotidan voz kechishdan toymaydigan, qaytmaydigan
buyuk qudrat timsoli.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
778
"Iltijo” qissaning eng so‘nggi hikoyasi. Adib ushbu qissasida o‘z hayotidagi muhim
voqeani eslaydi. Oxirgi parchada yozuvchi onasi hayotligida qancha asar yozgan bo‘lsa ham,
onasiga atab bir asarini bag‘ishlamagnligiga afsuslanadi. Ushbu parchadagi eng ta'sirli jumla:
“Meniyam kitob qilib yozsang-chi, o‘g‘lim”, degan so‘zlar bo‘ladi.
Darhaqiqat, qissada оna qiyofasi kеng va to‘laqоnli tavsiflanadi. Bu tavsiflanish jarayonida
adibning adabiy mahоrati va individual uslubi ko‘zga tashlanadi. Ona mavzusi O‘tkir Hоshimоv
uchun navqirоn, abadiy tugallanmas ilhоm manbaidir. “Dunyoning ishlari” qissasi muallif har bir
farzand vaqtida onasini qadriga yetishi va uning oldidagi burch hamda vazifalarni bajarishi
lozimligini eslatadi. Yo‘qsa, vaqtlar o‘tgandan so‘ng afsus qilishi tayin. O‘ttizta novellani o‘zida
jamlagan ushbu asar, o‘zbek onalarining kechinmalari, his-tuyg‘ulari, go‘zal xislatlarini ochib
berish bilan birga, farzandlar uchun nasihat hamdir.
Haqiqatan ham, ona bu buyuk zot. Biz ularni yerdagi farishtalarga qiyoslashimiz kerak.
Quyida shoir tomonidan “Dunyoning ishlari” asarida ko’pchiligimizga qadrdon bo’lgan
parchalarni keltiramiz
“Yulduzlar to’la osmonga tikilaman. Ehtimol, osmondagi eng yorug’ yulduzlar onalarning
jonidir. Ehtimol, onalarning so’ngan yulduzlari birlashib quyoshga aylangandir. Oftobni ona
deyishlari, ehtimol, shundandir”. Deya onalarga tarif ham bergan adib ushbu kichik-kichik
qissalarini o‘z onasiga va dunyodagi barcha onalarni ulugʻlab yozadi. U bu asarini dunyodagi
barcha onalar o‘qishini xohlashini ham aytib o‘tadi.
Adibning onalar haqida yana bir tarifi asarda shunday bayon etilgan.
“Ehtimol, dunyoning bu chetida turib bir odam aytgan qo’shiqni dunyoning narigi
chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, dunyoning bu chekkasida turib bir odam
aytgan eng oqilona fikrni dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq
dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning narigi chekkasidagi go’dak bemalol
orom oladi. Nega shunaqa? Nahotki, go’dak tushungan narsaga biz tushunmasak? Ehtimol, buning
boisi boshqa joydadir. Ehtimol ona tushungan narsani bizlar tushunmasmiz. Balki shuning uchun
ham ona – tabiatning eng buyuk ixtirosidir”.
Darhaqiqat onalar borki hayot bor. Onalar farzandlari hamisha birga bo’lishini istaydilar.
Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu
masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. Degan jumlalar bilan ham yoritilgan. Asarda onalar
haqidagi hikoya va novellalar o‘ziga xos tarzda badiiy mahorat bilan hayotiy tarzda yozilgani bilan
bu asarni óqishimiz bilan ko‘z oldimizga o‘z onalarimizning gavdalanishi hamda ba'zi bir
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
779
qissalarda mushfiq onalar haqida gap ketganda ko‘zimizga yosh olishimiz ham asarning o‘quvchi
qalbiga yetib borishi bilan birgalikda insoning o‘z onasiga nisbatan bo‘lgan muhabbati mehri
oshishini ham guvohi bo‘lamiz. Shoir aytganidek: “Jannat onalar oyogʻi ostida”.
Shoir “Dunyoning ishlari” asarida onalarning tuygʻusi, hayotiy kechinmalari ular doim
farzandi uchun yashashi, onalarning umidlari, onalarning farzandiga bo‘lgan mehr muhabbati
asarda juda serjilo tarzda ifoda etilgani uchun ham xalqimiz bu asarni sevib o‘qiydi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda O‘tkir Hoshimov she'riyati o‘zining samimiy sodda hamda
betakrorligi bilan o‘ziga chorlab turadi. Shoir serqirra ijod sohibi. Shoir “Dunyoning ishlari”
asarida jonli va hayotiy tasvirlar, sof o‘zbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar o‘rtasidagi
suhbatlar o‘quvchini o‘z ta’siriga oladi. Nafaqat millat, balki chin insoniylik tarannumi yozuvchi
asarlarida yetakchilik qilishi kitobxon uchun tarbiyaviy va hayotiy saboq bo‘ladi. Xoh jiddiy, xoh
hajviy bo‘lsin O‘tkir Hoshimov asarlarida hayot qaynaydi: unda har birimiz o‘zimizni, oilamizni,
do‘st-u yorimizni, hatto hech kimga o‘xshamagan onamizni ko‘ramiz... Bir inson umrini qamragan
roman bo‘lsin, qator novellalardan iborat qissa yoki hikoya bo‘lsin, janridan qat’i nazar, O‘tkir
Hoshimov asarlarida dunyoning ishlari mujassam. Mutolaa har qanday o‘quvchi uchun katta
hayotiy xulosa berishiga ishonamiz.Shoir, yozuvchi, jamoat arbobi O‘tkir Hoshimov xotirasi
xalqimiz qalbida abadiy barhayotdir.
REFERENCES
1.
Abdullayeva O, Hakimov B. O‘tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari qissasida badiiy-
falsafiy xususiyatlari va İltijo hikoyasi haqida. 2022-yil.
2.
Abdushukirova G. O‘tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari qissasi badiiy tahlili. 2020 –yil.
3.
Atajonova A. O‘tkir Hoshimovning Dunyoning ishlari qissasida ayol va zamon qiyofasi.
2022-yil.
4.
Hoshimov O‘. Yarim asr daftari. – Toshkent 2004-yil.
5.
Hoshimov O‘. Dunyoning ishlari. Qissa. – Toshkent.: O‘qituvchi. 2018-yil.
6.
Hoshimov, O‘.Tanlangan asarlar. 2-jild. – Toshkent.: Sharq, 2009-yil.
