Authors

  • Ilg’or Hamrayev
  • Sevinch Halilova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.69205

Keywords:

Otabek Kumush Zaynab Yusufbek hoji O‘zbekoyim Mirzakarim qutidor.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining yozilishiga turtki bo’lgan voqea-hodisalar, asarning yaratilish jarayoni va asardagi obrazlar ifodalagan g’oyalar tahlil qilinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1132

ABDULLA QODIRIYNING “O‘TKAN KUNLAR’’ ROMANINING YARATILISHI,

MAZMUN-MOHIYATI VA OBRAZLAR VOSITASIDA IFODALANGAN G’OYALAR

Hamrayev Ilg’or Aktamovich

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi.

Halilova Sevinch Uktamovna

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali

Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 1 - bosqich 106 - guruhi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.14941032

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriyning

“O‘tkan kunlar” romanining yozilishiga turtki bo’lgan voqea-hodisalar, asarning yaratilish

jarayoni va asardagi obrazlar ifodalagan g’oyalar tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar:

Otabek, Kumush, Zaynab, Yusufbek hoji, O‘zbekoyim, Mirzakarim qutidor.

THE CREATION, CONTENT, AND IDEAS EXPRESSED THROUGH CHARACTERS

IN ABDULLA QODIRIY’S NOVEL O‘TKAN KUNLAR

Abstract.

This article analyzes the events and circumstances that inspired the creation of

O‘tkan Kunlar, a novel by Abdulla Qodiriy, the founder of Uzbek novel writing. It explores the

writing process of the novel and examines the ideas conveyed through its characters.

Keywords:

Otabek, Kumush, Zaynab, Yusufbek Hoji, O‘zbekoyim, Mirzakarim Qutidor.

ABDULLA QODIRIY'NIN "GEÇMIŞ GÜNLER" ADLI ROMANININ YARATILIŞI,

IÇERIĞI VE IMGELER ARACILIĞIYLA IFADE EDILEN FIKIRLERI

Özet.

Bu makalede, Özbek romancılığının kurucusu Abdulla Qodiriy'in "Ötken Günler"

adlı romanının yazılmasına ilham olan olaylar, eserin ortaya çıkış süreci ve eserdeki

kahramanların dile getirdikleri düşünceler analiz edilmektedir.

Anahtar Kelimeler:

Otabek, Kumush, Zeynep, Yusufbek Hacı, Özbekoyim, Mirzakarim

Kutidar.

Kirish

O‘zbek adabiyotining zabardast vakili va O‘zbek romanchilik maktabining asoschisi

Abdulla Qodiriy qalamiga mansub “O‘tkan kunlar” romani yozuvchi o‘zi asar boshida qalamga

olganidek: “Yozmoqg’a niyatlanganim ushbu –“O‘tkan kunlar”, yangi zamon romanchilig’i bilan

tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g’risi, bir havasdir. moziyg’a qaytib ish ko‘rish


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1133

xayirlik deydilar. Shunga ko‘ra mavzuni moziyda, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kirli,

qora kunlari bo‘lgan keyingi “xon zamonlari” dan belguladim” deya boshlanuvchi jumlalar bilan

O‘zbek adabiyotidagi birinchi romanga qo‘l uradi. Bu romanni yaratishda adib 1917-1918

yillardan boshlab material yig’ishga kirishadi. Shunga ko‘ra, roman yozishda hayotiy haqiqatlarga

asoslanishga, ularni puxta o‘rganishga alohida e’tibor beradi va shu maqsadda ko’p joylarni yayov

kezib chiqadi., turli toifa odamlar hayotini sinchiklab o‘rganadi, tadqiq etadi.

Ammo, shunga qaramay “O‘tkan kunlar” asarini to’liq haqiqatlarga asoslangan holda

yozilgan deb bo‘lmaydi, unda ham to’qima syujetlar mavjud va bu haqida turli qarashlar ham yo’q

emas.

Ba’zi tadqiqotchilar asarning bosh qahramonlaridan biri bo’lmish Kumush ismli qiz

judayam go’zal bir qiz haqiqatda Marg’ilonda bo’lganligi, lekin yosh bo’lib dunyodan o‘tkanini

aytadilar, yana ba’zi tadqiqotchilar fikricha “O‘tkan kunlar” dagi voqea-hodisalar haqiqatda bo’lib

o‘tganini, Abdulla Qodiriy bu voqealar haqida bobosidan eshitganini, hatto hozirda Marg’ilonda

Kumush va Otabekning avlodlari borligini ta’kidlashadi. Shu bilan birgalikda adib ijodiy prinsipini

“Men turmushda ko‘rmagan, bilmagan narsam haqida hech narsa yozmayman, har bir asarimning

yozilishiga turmushda uchragan biror voqea sababchi bo’ladi”

1

tarzida ifodalagan edi. Adibning

mahorati haqida adabiyotimizning yorqin namayondalaridan biri akademik Oybek quyidagi

fikrlarni bildiradi: “Abdulla Qodiriyning prozasi birinchi navbatda hayotiyligi bilan ajralib turadi.

Qodiriyning tilidan xalqning boy va ajoyib tilini g’oyatda yaxshi bilganligi yaqqol seziladi,

uning romanlari ana shunday go’zal til bilan yozilgan. U tug’ma epik yozuvchi, keng ko’lamdagi

master, yuksak ma’nodagi realistik san’atkor edi”n, - tarzida yuksak baholagan.

Adibga bu romanni yozish g’oyasi o‘z-o‘zidan paydo bo’lib qolmagan, albatta. Adibning

o‘zi aytib o‘tganidek unga bu romanni yozishda boshqa adabiyot vakili bo’lmish arab yozuvchisi

Jurji Zaydon tomonidan yozilgan asarlaridan ilhomlangan. Roman 1920- yillar boshida yozilgan

bo’lsada asar dunyoga kelishi bilanoq baxtsizlikka uchray boshlagan edi.

Besh yillab bosila olmay yotganini hisobga olinsada asar 1918- yili yozilgani haqiqatga

yaqin keladi. Asar 1922- yil ilk bor “Inqilob” jurnaida chop etilgan va 1926- yilda alohida kitob

holida chiqarilgan. 1969-yilda esa “O‘zbekfilm” kinostudyasida ushbu roman asosida “O‘tkan

kunlar” nomli film ham suratga olingan.

1

Sh. Mirzayev XX asr O’zbek adabiyoti.T.: Yangi asr avlodi, 2005. 138-b


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1134

Har bir millat yozuvchisi o‘z milliy tilida fikr yuritgan holda shu milliy tilning lug’at

boyligiga tayanib ijod qiladi. Abdulla Qodiriy bu haqida shunday fikr bildiradi. “So’z so’zlashda

va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak Yozuvchining o‘zigina tushunib, boshqalar

tushunmasligi katta ayb.” Abdulla Qodiriy o‘zi aynan shu fikrlarga amal qilgan holda yozgan

“O‘tkan kunlar” romani XIX asr voqealarini o‘z ichiga olgan holda o‘sha davrdagi insonlarning

yashash tarzi, urf-odatlari, rasm-rusumlari, mehmon kutish, sovchi yuborish, to’y qilish kabi

marosimlarga oid juda ko’p qiziqarli ma’lumotlar ham berib o‘tadi.

Ammo, bu asarni to’liq ishqiy mavzuda deb o‘ylashimiz noto’g’ri. Muallif oshiqlarning

ishqiy sarguzashtlari bahonasida muayyan tarixiy davrni Turkistonning Rossiya davlati tomonidan

zabt etilishi arafasidagi ahvoli, qora kunlarini ko’z oldimizga gavdalantiradi va bu voqeani uzoqni

oldindan ko’ra oluvchi Yusufbek Hojining: “Siz o‘z qipchog’ingiz uchun qabr qazigan fursatda,

sizga ikkinchilar tobut chopadir. Biz qipchoqqa qilich ko’targanda, O‘rus bizga to’p o‘qlaydir. Siz

dunyoda o‘zingizning yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko’rsangiz, men boshqa yovni har

zamon o‘z yaqinimg’a yetkan ko’raman. “degan so’zlari orqali xalqni tobora yaqinlashib

kelayotgan yovdan ogohlantirmoqchi bo’ladi va shu bilan birgalikda qipchoq va qorachoponlarni

birlashgan holda haqiqiy yovga qarshi chiqishi lozimligini ta’kidlaydi.

Ammo, o‘z fikriga ega bo’lmagan, amaldorlar qaysi tarafga yo’naltirsa shu tomonga og’ib

ketaveradigan, ma’nan qoloq xalq uning bu kabi ogohlantirishlarining birortasiga quloq solmaydi

va ayni damda o‘lkaning tutqunlikka tushishining bosh sababi ham jaholat, qoloqlik va o‘zaro

ichki nizolardir. Degan fikrni g’oyat ustalik bilan asarning mazmun- mohiyatiga singdiradi.

Asarning boshlanish qismida ham “qish kunlarning biri, atrofdan shom azoni eshitiladir…”

jumlasini tasvirga bekorga kiritmaydi o’sha davrda Turkiston hududlariga ruslarning bosqinlari

boshlangan, birin–ketin shaharlar ishg’ol etila boshlangan va bu oxir-oqibat 1865-yilda

Toshkentning olinishi bilan yakunlangandi.

Asar boshlangan davr amalda Turkiston o‘zining qish fasliga yetib kelgani, qorong’ulikka

kirib borayotgani ( shom namoziga azon aytilishi ) mahorat bilan bir jumlada aytib ketiladi.

Ammo, bu asarni birinchi marotaba o‘qiyotgan o‘quvchi bu romanda faqat ishq-muhabbat

tarannum etilgan deb o’ylashi tabiiy hol. Chunki bu asrni mohiyatini tushunib yetishda har bir

o‘quvchidan yuqori estetik mahoratni talab qiladi. “O‘tkan kunlar” ning badiiy qiymati shundaki

bu roman har gal o’qilganida yangi ma’no noziklari ko’riladi.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, Abdulla Qodiriy bu asarni hayotiyligini ta’minlash

maqsadida ancha sa’y harakat qilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1135

Jumladan, asar voqealari bo’lib o‘tadigan Toshkent va Marg’ilonda bo’lib, u yerlardan

Usta Olim, Mirzakarim Qutidor, Yusufbek Hojilarning uylarini ham chamalab qaytadi. Adib

hattoki Otabekning kumush qabri yoniga kelgan tasvirini tasvirlash uchun bir oy davomida

qabristonda tunagani haqida ham ma’lumotlar mavjuda. Balki, shuning uchundir asarning shu

qismini o’qiyotgan o‘quvchi o‘zini aynan shu muhitga tushib qolgandek his qilishi.

Adib asarning yana bir achinarli qismi bo’lgan Kumushning vafotini tasvirlash chog’ida

adibning o‘zi ham qahramonlar bilan birgalikda yig’lagan, ularning dardini qalban his qilgan.

Aynan Kumush o‘lgan sahnada kitobxon ham yum-yum yig’laydi. Sababi adibning

titragan, o’ksigan yuragi shu sahifalarga ko’chgan. Badiiy ijoddagi bir qonuniyat shuki yig’lab

yozilgan sahifalar yig’lab o’qiladi.

Adibning o’g’li Hibbatullo otasi haqida eslar ekan bu asar haqida ham bir qancha

ma’lumotlar berib quyidagi fikrlarni bildiradi: “Dadamning yaqin do’stlaridan Akbarxo’ja

amakining xotirlashicha, ular har hafta Gap” yeyisharkan. Har yig’ilishda dadam yozgan “O‘tkan

kunlar” ning boblarini o’qib berar ekanlar. Bir kuni otam kechroq kelibdilar, o’rtoqlari davomini

eshitaylik deyishganida, avval norinni yeb olaylik, keyin yeyolmay qolasizlar, desalar ham

ko’nishmabdi. Keyin oxirgi boblarni o’qib berganlarida, hammalari yum-yum yig’lashgan ekan.

Norinni ham yemay uylariga tarqalishgan ekan. Shu voqeadan bir kun oldin otam

ko’zlarida yosh bilan uydan chiqolmay qolibdilar. Uydagilar hayron bo’lib, nima bo’lganini

so’raganlarida, ular Kumushni o‘ldirib qo’ydim, lekin buni umuman istamagan edim deb kuyingan

ekanlar”. Abdulla Qodiriy o‘z qahramonlari nomiga jiddiy e’tibor beradigan yozuvchilar sirasiga

kiradi. Ism tanlashda hech kimdan andoza olmaydi, o‘quvchining tasavvuriga obrazlar o‘z ismlari

bilan birga muhrlanadi.

Romanning dastlabki sahifalaridayoq Otabek, Yusufbek Hoji, Hasanali, Homid, Rahmat,

Mirzakarim Qutidor, Kumush, O‘zbekoyim va boshqa asosiy qahramonlar ismiga mos ravishda

ta’riflanadi. Jumladan, Yusufbek Hojini: “Hoji bir necha vaqt so’zlag’uvchini o‘z og’ziga tikiltirib

o‘tirg’andan so’ng, agar maqul tushsa “xo’p” deydir, gapga tushinmagan bo’lsa “xo’sh” deydir,

noma’qul bo’lsa “durust emas” deydir va juda ham o‘ziga noma’qul bo’lsa bir iljayib qo’yish bilan

kifoyalanib mundane boshqa so’z aytmaydir va aytsa ham uch-to’rt kalimadan nariga oshmaydir

“deya ta’riflanadi.

Ushbu ta’rifdan Yusufbek Hojining naqadar mulohazali, o‘ziga xos ma’naviy salobatga

ega obraz desak o’rinli bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1136

U asarda ma’nan yetuk obraz sifatida tasvirlanishi bilan bir qatorda xalqning taqdirini

oldindan ko’ra oladigan, xalq uchun qayg’uradigan inson sifatida ham tasvirlanadi. Adib davlat

boshqaruvi haqidagi fikrlari, tanqidlari va noroziliklarini hoji obrazi misolida yetkazib bergan.

Asarning bir o’rnida Yusufbek hoji Otabekka: “Men ko’p umrimni shu yurtning tinchligi

va fuqaroning osoyishi uchun sarf qilib, o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil

qilolmadim. Ittifoq neligini bilmagan, yolg’iz o‘z manfaati, shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb ichgan

mansabparast, shuhratparast, muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib bizning odam

bo’lishig’imizg’a aqlim yetmay qoldi… Biz bu holda ketadirgan bo’lsak, yaqindirki o’ris istebdodi

o’zining iflos oyog’i bilan Turkistonimizni bulg’ar va biz bo’lsak o‘z qo’limiz bilan kelgusi

naslimizning bo’yniga o‘ris bo’yinturug’ini kiydirgan bo’larmiz deb aytgan so’zlaridan ham uning

naqadar dono shaxs ekanligini anglash qiyin emas.

Asardagi O‘zbekoyim obrazi ham bekorga kiritilgan emas. Adib uni quyidagicha

tasvirlaydi: “O‘zbekoyim chala-dumbul tabiatliq…” Abdulla Qodiriy O‘zbekoyim ismida ham

ma’nan qoloq fe’l atvori ham ilmdan uzilgan O‘zbek ahlini tasvirlaydi. U o‘z bilganicha yashaydi,

eri Yusufbek hojining hikmatli so’zlarini qabul qilolmaydi. Asarda yozuvchi yusufbek hoji va

O‘zbekoyim obrazlarini qarama-qarshi qo’yish orqali asarning mazmun-mohoyatini ifodalashga

harakat qiladi, Ya’ni agar xalq O‘zbekoyimning g’arib dunyoqarashini tark etib, Yusufbek hoji

tafakkuri bilan yashaganida qulikka mahkum etilmas, sara o’g’lonlarini boy berib, qora kiymasdi

demoqchi bo’ladi.

Asardagi Otabekning ikki xotinligi ha ramziy ma’noga ega. O’sha vaqtda xalqni

“qorachopon” va “qipchoq” qa bo’lish, bir- biriga qayrash avj olgan, xon esa bu ikki toifaning

boshini bir qilish o’rniga birini ikkinchisidan ustun ko’rgandek qipchoq qirg’iniga rozi bo’ladi.

Bir kechada minglab qipchoqlar qirib tashlanadi. Xonning shu ikki toifaga adolat qila

olmagani, oxir-oqibat millatning parokanda bo’lishiga olib kelishiga ishora qiladi. Otabek ham

ikki ayoli, marg’ilonlik Kumush va toshkentlik Zaynab o’rtasida adolat qilolmagani uchun oilasi

parokanda bo’ladi.

Otabekning o‘zi esa asar so’ngida Usta Ali bilan birga shahid ketadi. Bu bilan Abdulla

Qodiriy millatning Otabekdek o’g’lonlari o‘ldi, xalqni himoya qiladigan aqlli erkaklar qolmadi

deydi. O‘zbek xalqining qullikka kirishini esa asar so’ngida “O‘zbekoyim qora kiydi” degan jumla

bilan yakunlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1137

Asarning yana bir muhim jihati shundaki Abdula Qodiriy Otabekning o’g’li Yodgorninfg

o’g’illari timsolida xalqning ikkiga bo’linishini, ya’ni xalqning bir qismi vatan ravnaqi uchun

kurashuvchilar bo’lsa, bir qismi esa umuman vatan taqdiri uchun befarq, sho’ro hukumatiga o‘z

ixtiyorlarini topshirgan kishilar edi.

Xulosa

Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki, adabiyotimizning zabardast vakili, mohir

mo’yqalam sohibi bo’lmish Abdulla Qodiriy shunday degan edi: “Yozganing agar o‘zingni

yig’latmasa-kuldirmasa, o‘zgani hech yig’latmas-kuldirmas.” Yozuvchi o‘z fikrining isboti tarzida

“O‘tkan kunlar” asari orqali butun bir xalqni birgina so’z ta’siri orqali yig’latishga vaqti kelsa

kuldirishga ham erishadi. Qisqacha qilib aytganda adib bir qancha tazyiqlar-u ma’lomatlarga

qaramay u o‘z so’zini ayta oldi.

REFERENCES

1.

Sh. Mirzayev XX asr O’zbek adabiyoti. T.:” Yangi asr avlodi”. s.138.

2.

“O’tkan kunlar” romani Abdulla Qodiriy; -T.: “Ziyo nashr” nashriyoti, 2023-yil s. 323.

3.

Abdula Qodiriy zamondoshlari xotirasida. –T .: adabiyot va san’at, 1986-yil, s. 30.

4.

Abdurahmonova M. Abdulla Qodiriyning psixologik tasvirlash mahorati. –T.: Fan, 1977-

yil, s. 41.

5.

Habibulla Qodiriy. Otam haqida: Xotiralar, - To’ldirilgan 2-nashri, -T.: Adabiyot va san’at

nashriyoti, 1983, s. 62-64.

References

Sh. Mirzayev XX asr O’zbek adabiyoti. T.:” Yangi asr avlodi”. s.138.

“O’tkan kunlar” romani Abdulla Qodiriy; -T.: “Ziyo nashr” nashriyoti, 2023-yil s. 323.

Abdula Qodiriy zamondoshlari xotirasida. –T .: adabiyot va san’at, 1986-yil, s. 30.

Abdurahmonova M. Abdulla Qodiriyning psixologik tasvirlash mahorati. –T.: Fan, 1977-yil, s. 41.

Habibulla Qodiriy. Otam haqida: Xotiralar, - To’ldirilgan 2-nashri, -T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983, s. 62-64.