ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
790
ERKIN VOHIDOV’NING "NIDO" DOSTONIDA METAFORA USLUBIY VOSITA
SIFATIDA
Hamrayev Ilg’or Aktamovich
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o’qituvchisi.
Orziqulova Nafosat Usmon Qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali,
Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti.
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi
1 - bosqich 103 - guruhi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15208813
Annotasiya.
Ushbu maqolada, oʻzining sodda, teran ravon va mazmunli ijodi, mashhur
shoir “Erkin Vohidov”ning "Nido"dostonidagi qoʻllangan metafora usulini qoʻllanilishi. Ushbu
dostonda oʻzbek xalqining farzandini otasiga boʻlgan mexri va muxabbati, oilasiga boʻlgan
sogʻinch hissi tasvirlangan. Bu dostonda metafora maʼnoni yanada yorqin va taʼsirli anniq va
tez tushunishga, yorqin, taʼsirli qilib yetkazib berish usuli sanaladi va bu usuldan "Erkin
Vohidov"sheʼriyatida mohirona foydalaniladi.
Kalit soʻzlari:
Metafora, oʻxshatish, qiyoslash, sheʼriyat, obraz.
МЕТАФОРА КАК СТИЛЕВОЕ СРЕДСТВО В ПОСЛАНИЕ ЭРКИНА ВОХИДОВА
«НИДО»
Аннотация.
В этой статье анализируется использование метафоры в
стихотворении известного поэта Эркина Вохидова "Нидо". В стихотворении
изображена любовь и привязанность узбекского ребенка к своему отцу, а также глубокая
тоска по своей семье. С помощью метафор поэт ярко и эффективно передает
внутренние переживания, скорби и любовь персонажа. Метафора используется как
эффективный метод для более четкой и мощной передачи смысла. В своей поэзии Эркин
Вохидов мастерски использует этот прием, позволяя читателю понять глубокие
эмоциональные переживания и образы.
Ключевые слова:
Метафора, сравнение, аналогия, поэзия, образность.
METAPHOR AS A STYLISH MEANS IN ERKIN VOHIDOV'S EPISTLE "NIDO"
Abstract.
This article analyzes the use of the metaphor technique in the famous poet
Erkin Vohidov's poem "Nido". The poem portrays the love and affection of an Uzbek child for
their father and the deep longing for their family. Through the use of metaphors, the poem
vividly and effectively expresses the inner struggles, sorrows, and love of the individual.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
791
The metaphor is employed as an effective method to convey meaning more clearly and
powerfully. In his poetry, Erkin Vohidov skillfully utilizes this technique, enabling the reader to
grasp deep emotional expressions and images.
Keywords:
Metaphor, comparison, analogy, poetry, imagery.
Metafora:
- (grekcha-koʻchirish) bir predmet belgisini, harakatning oʻxshash tomonini
koʻchirish degan maʼnoni anglatadi. Metafora-biror narsa yoki harakatni tushuntirish maqsadida
maʼlum bir adabiyot tushuniladi. Oʻxshashlik yoʻq boʻlishi metaforik soʻzlarni oddiy
qoʻllanganligi.
Metafora atamasini ilk bor Izokrat tomonidan "Evagarus "asarida qoʻgllangan. Ingliz
olimi E.Ortani kundalik hayotda metaforani 3ta bosqichini aytib oʻtgan.
1) Metafora bizning nutqimizni yorqin qiladi
2)Metafora bizga qisqacha gapirishni oʻrgatadi
3)Metafora bizga ifodalab boʻlmaydigan narsani tushunishga yordam beradi.
Metafora harakat-hoalat, belgi-xususiyat, oʻxshashlik belgisini ifodalab, sheʼriyatni
tushunishga yordam beradi. Metaforaga juda yaqin oʻxshatishlar boʻlib, ular yordamida biz shaxs
va predmetni bir-biriga oʻxshatamiz. U nafaqat shashlik va qiyoslash solishtirish usullarini ham
mavjud. Metaforaga oʻquvchilarni tushunishga va aniqroq anglashga yordam beradi. oʻzida
ijodkorlikni yanada namoyon qiladi.
Kirish
:
"Erkin Vohidov"sheʼriyat elchisi sifatida ham tanilgan. U oʻzbek shoiri, dramaturgi,
adabiy tarjimoni va davlat arbobi. U sheʼr yozish bilan birga tarjimonlik bilan ham
shugʻullangan.
E.Vohidovning sheʼrlarida, dostonlarida oʻzbek xalqining insoniy fazilatlari,urush
yillaridagi oʻzbek xalqining yashash tarzi, oʻzbek farzandlarinining qay darajada ilm olishga
imkoniyat yoʻqligi,mehrga zor, yaʼni ota mehriga muhtojligi tasvirlab berilgan.
"Nido"dostonida ikkinchi jahon urushidagi holatlar tasvirlab bergan. Erkin Vohidovning
oʻzini bolaligi tasvirlangan boʻlib, urushda halok boʻlgan otasi Chayonboy Vohidovga bagʻishlab
ushbu "Nido"dostonini yozgan hisoblanadi. Oʻsha urush natijasida qanchadan qancha ayollar
turli, bolalar yetim qolgan, gullab yashayotgan qishlogʻ-u shaharlar vayronaga aylangan. Bu
urush insonlarni boshiga juda koʻp kulfatlarni solgan. Bu doston 20 yil avval otasi urishga ketib
halok boʻlgan va xotira-hayollari iztiroblari bilan boshlanadi. Oradan shuncha yil oʻtgan boʻlsa
ham hamon otasini kelishini intiqlik bilan kutayotgan bolani holatini tasvirlangan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
792
Tinchlik uchun insoniyatning baxtli kelajagi uchun kurash nidosi XXI asrda ham, undan
keyin ham insonlar qalbida joʻsh urub turmogʻi zarur.
Muhokama qismi:
"Nido"dostonini oʻzini ham metafora deb olsak boʻladi. Bu soʻz "Nalaya"yoki "Chiroyli
soʻz"maʼnosida ham keladi, lekin bu insonning ichki dardi, ruhiy holati, ichki dunyosini
bildiradi.
Nido dostonining birinchi bandida sheʼriyatning chuqur maʼno tasvir ifoda bilan toʻla aks
etgan.
Hayqiraman,
Tog‘lar bag‘ridan
Gumburlagan sado keladi,
Ona Yerning otash qa’ridan
«O‘g‘lim!» degan nido keladi.
«O‘g‘lim!» Vujudimni chulg‘ar alanga,
Bo‘g‘zimga tiqilar hayajon.
– Mana men, o‘g‘lingiz, Dardli olamga
Sizdan tanho yodgor, So’ylang, otajon!
So’ylang, bir daqiqa quloq solayin,
Ovozingiz tinglab to’yolmaganman.
Bir marta yo’qotib topolmaganman,
Xayolimda tiklab olayin.
Otajon
Men axir qutlug’ bu so’zni
Yigirma yil olmadim tilga,
Yigirma yil saqladim dilda
Armonli o’g’lingiz tinglaydi sizni,
So’ylang, eshitaman.
Vujudim tilka, Yuragimni yoqar o’tli iztirob,
Ammo ko’zlarimda bir tomchi yosh yo’q.
Bag’rim o’yib, Bu kun menga bermoqda azob
Sizning Ko’ksingizni teshgan qora o’q.
Silqib oqayotir Ko’kragimdan qon.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
793
Qalbim o‘rtamoqda so‘ngsiz armonim...
Yurak qonim bilan bitgan dostonim
Sizga bag‘ishladim, Otajon!
Bu bandida metafora juda chiroyli tasvirlangan. Masalan mana shu misralarida shunday
tasvirlangan
Hayqiraman toʻlar bagʻridan
Gumburlagan sado keladi
Bu ikki misrada metafora juda ham taʼsirli tasvirlangan. Bu soʻzlarda toʻlar bagʻridan
gumburlagan sado orqali insonning ichki holatini ruhiy dunyosini, ichidagi dardini togʻlarning
baridan hayqirsa ham dardlari koʻpligi tasvirlangan. Togʻlarnining balandligi va kuchi orqali
insonning his-tuygʻulari taʼsirchan boʻlganligi ifodalanadi. Gumburlagan sado esa tashqaridan
eshitilgan boʻlsa-da aslida ichki dunyodagi iztirob, qiyinchilik, dard, azob sifatida ishlatiladi.
Ona yerning otash qaʼridan
Oʻgʻlim degan nido keladi
Bu yerda "ona yerning "otash qaʼridan kelgan nido insonning ruhiy holati azoblaridan
iztiroblaridan chiqish uchun ilohiy yoki koʻksiga uruvchi chaqiriqdir. Bu nido insonning erkinlik,
begʻuborlik, xursandchilik, magʻrurlikni emas balki ichki dardlarini ifodalaydi.
Ovozingiz tinglab toʻyolmaganman
Bir marta yoʻqotib topolmaganman
Bu soʻzlar orqali sevgi va insonni qoʻllab -quvvatlashga bagʻishlangan ovoziga boʻlgan
ehtiyoj oʻzi sevgan yoki mehrini kutgan insonning yuksak roʼli ifodalanadi. Sevgi va insonni bir
-birini qoʻllab quvvatlashi, ardoqlashi, mehr qoʻyishi, tushunishi, bir biridan kutgan mehrni
yuksak darajaga koʻtarilishi tushuniladi.
Bu "Nido "dostoniga oʻxshash qilib qolgan asarlardagi metafora usulini ham keltirishimiz
mumkin.
Masalan
:"Birinchi Muhabbat", "Yulduzlar", "Yolgʻon dunyo", "Ertak", "Hayot",
Shu kabi asarlarini ham keltirishimiz mumkin, bu asarlarida ham metafora juda ham
chiroyli tasvirlangan, hammasi "Nido"dostoni bilan inson va hayot, sogʻinch hislari tasvirlangan.
"Birinchi muhabbat" A. Oripov sheʼri
Kecha oqshom falakda oy bo’zarib botganda,
Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda
Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg’otganda
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
794
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
Bu doston ham lirik va falsafiy xarakterga ega insonning ichki kurashini va maʼnaviy
izlanishlarni tasvirlaydi. Bu dostondagi oʻxshashlik "Nido"dostonidagi yulduzlarni, tabiat, borliq,
insonning ichki dunyosi orqali tasvirlanadi. "Birinchi muhabbat" bu bugungi yulduzlar va
dengizlar "Nido"dostonidagi muhabbat va umidga bogʻlanadi. Insonni ruhidagi yaʼni tanasidagi
maʼyuslik, sokinlik ham uygʻotolmaydigan boʻlib qolganligi tasvirlangan.
"Yoʻgʻon dunyo"
"Yo‘g‘on dunyo, yo‘g‘on dunyo,
Sening ichingda nima bor?
Nima o‘ylayman, nima qilaman,
Nega men bo‘lib qoldim, nima bo‘ladi?"
Bu asar jan ham Erkin Vohidovning ichki izlanishlarini, insonning ruhiyati ifodalanadi.
Har ikki asarda ham insonning ichki dunyosi oʻzini anglashi toʻsiqlaridan oʻtishi, haqiqiy
baxtni izlash tushiniladi. Bu misrada hayotni ogʻirligi va insonning ichki dunyosini aks ettirgan.
"Yoʻgʻon dunyo"iborasi ogʻir kun, qiyinchilik boʻlgan kun, yaʼni Nido dostonida
qoʻllangan bolani otasiga boʻlgan sogʻinchi bolaning otasizligiga oʻrganishi, kelmasligini bilsada
lekin bunga ishonmasligi ifodalanadi.
Xayolning tumanli pardasi aro
Yillar ko‘z oldimda charx urayotir.
Qishloq ko‘chasidan zanjiday qaro ol
Olov bolaligim yugurayotir.
Dunyo qayg‘usiga bo‘lmagan oshno,
Qah-qah urayotir, Barq urayotir.
Bilmas, boshi uzra bulutli samo
Chaqmoq chaqayotir,
Guldurayotir
Bilmas, yaralangan bu majruh dunyo
Qasos so‘rayotir,
Bong urayotir...
Qadamlar,
Qadamlar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
795
Og‘ir qadamlar..
Etiklar zarbidan titraydi tuproq.
Qayerga ketmoqda shuncha odamlar?
Nahotki, yo‘llari shunchalar yiroq!
- Ana, ko‘ryapsanmi?
Mening dadamlar!
Dada!!!
Ovozim hech chiqmaydi biroq
– Yuguraman - ortga ketar qadamlar,
Yig‘layman - ko‘zimga kelmaydi namlar
Murg‘ak vujudimda faqat zo‘r titroq
Bo‘g‘zimda alamlar
Achchiq alamlar
Yo‘lning o‘rtasida turibman,
Shu choq - Poyezd qichqiradi,
To‘xtang, odamlar!
Qayga ketmoqdasiz?
Qani dadamlar?!
Tepamda yonadi zangori chiroq..
Cho‘chib uyg‘onaman
Onam qoshimda.
Tabiat va insonning ruhiy uygʻunligi
Erkin Vohidov koʻplab joylarda insonni tabiat elementlaridan uning ruhiy holati bilan
uygʻunlashtiradi
Dostonni boshidan boshlab odamning ichki iztiroblari va kashfiyotlarini insonni tabiat
bilan bogʻlaydi.
Olov va alangga: Iztirobning kuchi
Vujudimni chulgʻar alangga
Yuragimni yoqar oʻtli iztirob
Oʻt va alangga obrazlar, iztirobning qaygʻu, azob kutilgan darajada kuchli boʻlishni
taʼkidlaydi. Insonning jismoniy va ruhiy azoblarini ham aks ettirdi. Oʻt-bu nafaqat tashqi
yongʼin, balki ichki dardning kuchli va oʻtkir holatini ifodalaydi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
796
Qon: Iztirobning jismoniy ifodalash
Koʻkragimda qon
Yurak qonim bilan bitgan dostonim
Shu kabi metaforalar bilan qonning tasviri nafaqat biologik jarayonni, balki iztirob va
muommolarning ichki holatdagi ifodasini anglatadi. Qon yurak, dard birgalikda chuqurlik va
kuch beradi.
Qon iztirob va dardning jismoniy va ruhiy oʻrgangan holatini ifodalaydi bir vaqtning
oʻzida faqat tashqi emas, ichki azobni ham aks ettirdi
Oʻlim va jahon: Insonning umidsiz holati
Oʻlim sochmoqdadir
Qon kechib hozir
Bu misrada oʻlim bilan jangni insonning hayotidagi qatʼiyatni, kurashni, chidamlilikni,
sabrni anglatadi. Bular orqali insonni faqat oʻlimdan emas saqlash, asrash uni yoʻqotmaslik
haqida ifodalanadi.
Xulosa
Bu dostondagi hayqiriqlar, togʻlarni ortidan qichqiriqlar hammasi otasiga boʻlgan mehrni,
sogʻinchni, hissiyotni ifodalab keladi. Poyezdga qarab qichqirishlar, odamlarni toʻxtatishlarii
hammasi oʻxshatishlar bilan oʻquvchiga ham har qanday insonga taʼsirli boʻlib ifodalanadi. Bu
dostonda, Nido nafaqat oila, ota-oʻgʻil balki insonni sevgisini ham aks ettiradi. Insonning oʻyi,
dardi, sevgisi, mehr-muhabbati hammasi insonni ichki iztiroblarini bildiradi. Erkin Vohidov oʻz
sheʼrlarida tasvirlashda mukammal va taʼsirli qilib qoʻllagan shoirlardan biridir.
REFERENCES
1.
Adabiyot darsligi 5-sinf adabiyot darsligi 1-qism 144 -bet: Toshkent "Oʻzbekiston
nashriyoti"
2.
Oʻzbek tilidan maʼruzalar toʻplami "N.Erkaboyeva"87-89-bet 2017-yil
3.
Erkin Vohidov (1979-yil) Nido dostoni 5-Sinf 144 bet: "Toshkent "Oʻzbekiston
4.
Abdurazzoqov.M., "Erkin Vohidov hayoti" va ijodi 144-bet 1-qism 5-sinf adabiyot
darsligi"Toshkent "
