Authors

  • Ilg’or Hamrayev
  • Durdona Suyunova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82231

Keywords:

O‘zbekiston xalq shoiri erk kuychisi joʻshqin iste'dod egasi oʻzbekning Lermontovi Pushkin

Abstract

Ushbu maqolada shoiri, yozuvchi va erk kuychisi Usmon Nosirning hayoti va ijodidagi o‘ziga xoslik hamda uning she'rlarining bugungi kundagi badiiy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar yoritib berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1291

USMON NOSIR SHE'RLARINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Hamrayev Ilg’or Aktamovich

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi.

Suyunova Durdona Alimardon qizi

Samarqand davlat universiteti Urgut filiali

Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2 – bosqich 206 – guruhi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15279498

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shoiri, yozuvchi va erk kuychisi Usmon Nosirning hayoti

va ijodidagi o‘ziga xoslik hamda uning she'rlarining bugungi kundagi badiiy ahamiyati haqida

fikr-mulohazalar yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar:

O‘zbekiston xalq shoiri, erk kuychisi, joʻshqin iste'dod egasi, oʻzbekning

Lermontovi Pushkin, "yurak", "yoshlik", yangi ohang, yangi ruh.

THE SIGNIFICANCE OF USMAN NASSIR'S POEMS TODAY

Abstract.

This article discusses the uniqueness of the life and work of the poet, writer,

and free verse singer Usman Nasir, as well as the artistic significance of his poems today.

Keywords:

People's poet of Uzbekistan, free-spirited singer, passionate talent, Uzbek

Lermontov Pushkin, "heart", "youth", new melody, new spirit.

ЗНАЧЕНИЕ СТИХОТВОРЕНИЙ УСМАНА НАСИРА СЕГОДНЯ

Аннотация.

В статье рассматривается уникальность жизни и творчества

поэта, писателя и исполнителя верлибра Усмана Насира, а также художественная

значимость его стихов сегодня.

Ключевые слова:

Народный поэт Узбекистана, свободолюбивый певец,

страстный талант, узбекский Лермонтов, Пушкин, «сердце», «юность», новая мелодия,

новый дух.

USMAN NASSIR'IN ŞİİRLERİNİN GÜNÜMÜZDEKİ ÖNEMİ

Özet.

Bu makalede şair, yazar ve serbest nazım sanatçısı Usman Nasir'in hayatının ve

eserlerinin benzersizliği ve şiirlerinin günümüzdeki sanatsal önemi tartışılmaktadır.

Anahtar Sözcükler:

Özbekistan Halk Şairi, özgür ruhlu şarkıcı, tutkulu yetenek, Özbek

Lermontov-Puşkin, "kalp", "gençlik", yeni melodi, yeni ruh.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1292

Kirish.

Shoir, dramaturg, tarjimon, joʻshqin iste'dod egasi boʻlgam Usmon Nosir 1912-yil 13-

noyabr kuni Namangan viloyatining Tongatar mahallasida dunyoga kelgan. Yosh Usmon 4

yoshida otasidan yetim qoladi. Uning onasi Xolambibi Qoʻqonga turmushga chiqqanligi sababli

Usmonni bolalar uyiga topshiradi. So'ng shoir maxsus internatda ta'lim - tarbiya oladi. Otasidan

erta yetim qolgan bo'lajak shoir quydagi satrlar bilan bolaligini yodga oladi.

Otam o‘ldi, men sarson bo‘ldim,

Shum yetim deb so‘kdilar meni.

Ajab kunlarga mubtalo bo‘ldim,

Ko‘chalarga quvdilar meni...

Usmon Nosir 1929-1930-yillarda Moskva Kinematografiya institutining ssenariy

fakultetida bir yil taxsil oladi, ammo oʻqishni tamomlamaydi va Qoʻqonga kelib bir qancha

ishlarda faoliyat olib boradi. Ilm olishdan charchamaydigan shoir 1930-1933-yillarda

Alosher Navoiy nomidagi Samarqand pedagogika akademiyasing til va adabiyot

fakultetida oʻqiydi. 1934-yilga kelib u Toshkentga keladi va shu yerda "Yosh Lelinchi"

gazetadida oʻz faoliyatini olib boradi. Usmon Nosir 18 yoshidan to 24 yoshigacha adabiy

faoliyat bilan shug'illangan boʻlsa-da oʻzing she'rlari bilan xalqimiz qalbidan joy olishga

ulgurgan.

Erk kuychisi Usmon Nosir oʻzing birinchi she'rini 1927-yil "Yangi yoʻl" gazetasida

"Haqiqat qalami" nomi bilan chop etadi. Usmon Nosir qisqa muddat ichida beshta she'riy

toʻplam "Quyosh bilan suxbat", "Safarbar satrlar", "Taraktorobod", "Mehrim", "Yurak", ikkita

doston "Narboʻta" va "Naxshon", yana to'rtta drama "Atlas", "So'ngi kun", "Dushman", "Zafar"

kabi durdona asarlar yozadi. Shoir qizg'in ijod qildi. Uning she'riyat olamiga kirib kelishini

Turob Toʻla shunday ta'riflaydi: "Usmon she'riyatimizga shamolday kirib keldi. Balki boʻronday!

U shunday toʻpolon va toʻlqin bilan keldiki, uncha-muncha she'riy uslub va ijodni toʻs-

toʻs qilib yubordi. Uni oʻzimizda" Oʻzbekning Lermantovi ", Moskva gazetalarida" Sharqda

Pushkin paydo boʻldi "-deb yozishdi.

Shoir tarjima sohasida ham oʻz oʻrniga egadir. U Aleksandr Pushkinning “Bog‘chasaroy

fontani”, Mixail Lermontovning “Iblis” dostonlarini, Nikolay Dobrolyubovning “Haqiqiy kun

qachon keladi?” yirik asarini hamda jahon adabiyotining yirik namoyandalari bo'lgan Geyne,

Gote, Bayron she’rlaridan ham tarjimalar qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1293

Usmon Nosir she'riyati joʻshqinligi, soddaligi, ta'sirchanligi va oʻsha davrda adabiyot

oʻziga yaratib olgan muhitdan, qolipdan tashqariga chiqa olganligi bilan boshqa ijodkorlardan

farq qiladi. Shoirlar Milliy andisha, odob - axloq qolipidan chiqmaslikka harakat qilayotgan bir

paytda Usmon Nosir oʻsha qolipni buzib chiqadi. Bu gaplarimizga misol qilib quydagi satrlarni

keltirish mumkin.

Sevgi!

Sening shirin tilingdan

Kim oʻpmagan, kim tishlamagan?

Darding yoyday tilib koʻksidan,

Kim qalbidan qonlar toʻkmagan?

"Bag'ishlov" she'rida ham shoir uyat andishalik qolipidan erkin chiqqanligini koʻramiz.

Bu satrlarda yorga murojaat etadi uning yo'liga mushtoq ekanligi, koʻz tuta- tuta yuragi

qonga to'lganligini yozadi.

Ko‘z tutdim

Ko‘zlarim nigoron bo‘ldi;

O, dilbar,

Simbarim, yuzlari qirmiz.

Kiprigi ko‘ksiga

Soya solgan qiz,

Ko‘z tutdim,

Yuragim to‘la qon bo‘ldi.

Usmon Nosir she'rlarining yana bir xususiyati borki uni chetda qoldirish mumkin emas.

Bu xususiyat shuki she'rlari orqali o'sha davr insonlariga va hozirgi davr yoshlariga ham

oʻrnak boʻla oladi.

Yoshlik

Yoshligimning tarozisi beposangi,

Bir pallasi bahor toshi bilan og‘ir.

Sevinchim kо‘p, shodligim zо‘r … tilim biyron,

Qaysi umr shunday yoshlik kо‘rdi axir.

Usmon Nosir "Yoshlik" she'rida bolaligi xotirlaydi, u qancha qiyinchilik bilan oʻtmasin,

barbir u yoshligidan mamnun "Qaysi umr shunday yoshlik koʻrdi axir" - deydi. Bu she'ridan biz

hayotdan nolimaslikni, shukur qilishni oʻrganishimiz mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1294

Yurganmisiz birga oy bilan

Yurganmisiz birga oy bilan

Oqshom payti ko’m-ko’k o’rmonda?

Maysalarga shabnam qo’nganda,

Shunday yaxshi tinch bo’lar ekan.

Bu satrlarda tabiat qanchalik chiroyli sokin, tinch ekanligini unda inson oʻzini hotirjam

erkin tuta oloshini aytib oʻtgan. Shoir tabiatni sevadi uni qadrlaydi. Shoir "Yurganmisiz birga

oy bilan", "Dengizga", "Dengiz oyna kabi" kabi tabiat haqida she'rlar bitadi.

Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!

Ko’nglimda ishqingni olib qaytaman.

Sochimni o’ynaydi muzdek sho’x shamol,

Men unga dardimni qanday aytaman?

Usmon Nosir chaqmoq kabi she'riyatga kirib keldi va butun bir jamiyat va she'riyat

a'zolari qalbida chuqur iz qoldirib ketti. О‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Usmon Nosir

haqida shunday deydi: “Usmon Nosir deganda biz kimni tushunamiz? U shunday iste’dod

egasiki, bamisoli tekkan joyini kuydirguvchi olovdir. Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she’riyatning

diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir. U hali qahqahaga aylanmay lablarimizda manguga

qotib qolgan nim tabassumdir. Uning she’rlari kо‘z kabi tirik, jonli, tutquch bermasdir. Biz

Usmon Nosirni qadrlaymiz. Chunki u she’riyatning tabarruk, muqaddas dargohida anvoyi bir

chaman, sira xazon bо‘lmaydigan mо‘jiza bog‘ yaratib ketdi”

Oq yuvib, oq tarab...

Esingdami, g‘arib ona,

U qishlarning zahri?

Yuzni momataloq qilgan

U yillarning qahri?

Usmon Nosir bu she'rini onasiga Samarqandda boʻlgan chog'lari yozadi. Bu misralarda

onasiga boʻlgan chek - chegarasiz mehr- muhabbatini yana onasi bilan qiyinchilik, mashshaqqat

ila birga yashaganligini sezish qiyin emas. Shoirga O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 60-

moddasi 1-qismi bilan “muntazam ravishda millatchilik va aksilinqilobiy tashviqot olib borgani

va Sovet hukumati haqida ommaviy ravishda odobsiz shaklda so‘zlagani” ayblovi qo‘yiladi.

Bo‘lmoq istab, she’riyat uzra darg‘a,

Itardilar meni chuqur bir jarg‘a.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1295

Menga ayon, bulbulning oshiyonig‘a,

Qo‘nolmag‘ay urinish bilan qarg‘a

Bu she'rida shoir yana shu davrdan aziyat chekib yozganligini koʻramiz, shu paytdagi

xasadchilar uni xalq dushmani deya nohaq tuxmat qilyotganlar misralarga muhrlangan. Bu

misralarni Usmon 1937-yil sentabr zindonda ekanligida yozadi.

Unitmas meni bog'im

Ming yillardan keyin ham

Unutmas meni bog‘im.

She’rlarim yangrab qolur…

Bir umrga o‘lmayman.

"Umitmas meni bog'im" she'rida shoir uning she'riyati oʻlmasligiga, bir kun kelib uning "

xalq dushmani" deya qoralangan nomi oqlanishiga ishonch bildiradi. Bog'im deya u xalqni

vatanni nazarda tutmoqda. Haqiqatdan ham bunday otashqalb ijodkorlarimiz nomi oqlandi.

Usmon Nosirga prezidentimiz ham ulkan ehtirom va hurmat ila quydagi jumlalarni

keltiradi:

"Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilindi.

Chunki mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni o‘zining eng

ashaddiy dushmani, deb hisoblar edi. Shuning uchun ham, shoir umrini qamoqxonalarda azob-

uqubatda o‘tkazib, 1944-yili 32 yoshida vafot etadi. Kelgusi yili yurtimizda Usmon Nosir

tavalludining 110-yilligi munosib nishonlanadi”, - degan edi muhtaram prezidentimiz Sh. M.

Mirziyoyev. 2022 yil 10-fevral kuni “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir

tavalludining 110-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Usmon

Nosir she'rlari bugunga kunga kelib ham oʻz ahamiyatini yo'qotgani yoʻq. She'rlari jozibadorligi,

soddaligi, ta'sir doirasi kengligi, tarbiyalovchi harakterda ekanligi, joʻshqinligi bilan hali ham

she'riyat shinavandalarining e'tiborini qaratib kelmoqda. Usmon Nosirdek buyuk ijodkorlar kam

tug'iladi, lekin ular yaratgan durdona asarlar tillardan-tillarga, dillardan - dillarga oʻtib insonlar

qalbida buyuk hayojonni uyg'otib, ularga qalbida muhrlanib qolaveradi.

Xulosa:

Xulosa qilib aytganda 20 asr iste'dodli va betakror shoiri Usmon Nosir o'zining sodda va

samimiy she'rlari bilan oʻziga chorlab turadi.Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang,

yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida

kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1296

Usmon Nosir she’riyati, avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va isyonkorligi, ayni chog‘da

sodda va ravonligi bilan kitobxon qalbidan chuqur o‘rin olgan. Xulosa o‘rnida Abdulla

Oripovning shoir haqidagi fikrini keltiramiz: “Usmon Nosir ulug‘ va abadiy she‘riyatning

diydasini oqib ulgurmagan shabnamdir, u hali qahqahaga aylanmay lablarimizda manguga qotib

qolgan nim tabassumdir”. Shoir, dramaturg, tarjimon Usmon Nosir oʻzining sodda va betakror

she'rlari bilan xalqimiz qalbida abadiy yashaydi.

REFERENCES

1.

Ibrohim qizi M. Shoir boqiy yashaydi // Diydor. – 2002. 3-b.

2.

Matjon S. Chaqmoq umrli shoir // Til va adаbiyot ta’limi. – 1992. –№5-6., 13-14 b.

3.

Hasanova I. Isyonkor shoir nidosi // Zamondosh. – 2002. 4 b.

4.

„Kemerovoda Usmon Nosir haykali ochildi“ (2023-yil 5-sentyabr). 2023-yil 5-sentyabrda

asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.

5.

Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.

6.

Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „Oʻqituvchi“. 2000.

7.

Q. Yo'ldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „O'qituvchi". 2000.

8.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.02.2022-yildagi PQ-125-sonli qarori

References

Ibrohim qizi M. Shoir boqiy yashaydi // Diydor. – 2002. 3-b.

Matjon S. Chaqmoq umrli shoir // Til va adаbiyot ta’limi. – 1992. –№5-6., 13-14 b.

Hasanova I. Isyonkor shoir nidosi // Zamondosh. – 2002. 4 b.

„Kemerovoda Usmon Nosir haykali ochildi“ (2023-yil 5-sentyabr). 2023-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-sentyabr.

Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: „Yozuvchi“, 2000.

Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „Oʻqituvchi“. 2000.

Q. Yo'ldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: „O'qituvchi". 2000.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.02.2022-yildagi PQ-125-sonli qarori