ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
780
ERKIN VOHIDOVNING "NIDO" DOSTONING G'OYAVIY VA BADIIY AHAMIYATI
Hamrayev Ilg’or Aktamovich
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali Stajyor o‘qituvchisi.
Usmonova Umida Kamoloddin qizi
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni o’qitish fakulteti
O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2 – bosqich 206 – guruhi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15091215
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri, publitsist, yozuvchi va atoqli olim
Erkin Vohidovning hayoti va ijodidagi o‘ziga xoslik hamda "Nido" dostonining tahlili, uning
badiiy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bayon etiladi.
Kalit soʻzlar:
O‘zbekiston Qahramoni, publitsist, otashqalb shoir, atoqli olim, xalqchil
shoir, qalb nidosi, intim kechinmalar.
ИДЕЙНО-ХУДОЖЕСТВЕННОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПОСЛАНИЯ ЭРКИНА ВОХИДОВА
«НИДО»
Аннотация.
В данной статье представлена своеобразие жизни и творчества
народного поэта Узбекистана, публициста, писателя, видного ученого Эркина Вохидова, а
также дан анализ эпической поэмы «Нидо», ее художественного значения.
Ключевые слова:
Герой Узбекистана, публицист, страстный поэт, выдающийся
ученый, народный поэт, крик души, сокровенные переживания.
THE IDEOLOGICAL AND ARTISTIC SIGNIFICANCE OF ERKIN VOHIDOV'S EPIC
POEM "NIDO"
Abstract.
This article presents the uniqueness of the life and work of the People's Poet of
Uzbekistan, publicist, writer, and prominent scientist Erkin Vohidov, as well as an analysis of the
epic poem "Nido", and its artistic significance.
Keywords:
Hero of Uzbekistan, publicist, passionate poet, outstanding scientist, folk poet,
cry of the heart, intimate experiences.
ERKIN VAHIDOV'UN "NIDO" ADLI EPIK ŞIIRININ IDEOLOJIK VE SANATSAL
ÖNEMI
Özet.
Bu makalede, Özbekistan Halk Şairi, yayıncı, yazar ve tanınmış bilim adamı Erkin
Vahidov'un eşsiz yaşam ve eserleri ele alınmakta, ayrıca "Nido" destanı ve onun sanatsal önemi
analiz edilmektedir.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
781
Anahtar Sözcükler:
Özbekistan kahramanı, yayıncı, Ateşkalp şair, seçkin bilim adamı,
halk şairi, gönül çığlığı, mahrem deneyimler.
Kirish.
O‘zbekiston xalq shoiri, publitsist, atoqli olim Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda,
Fargʻona viloyati, Oltiariq tumanida tavallud topgan. Otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon
urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda
boʻlgan. Onasi Roziyaxon Vohidova bilan Toshkentga koʻchib kelgan. Onasi ham koʻp oʻtmay
olamdan oʻtgan. Vohidov togʻasi Karimboy Sohiboyev qoʻlida katta boʻlgan. Shoirning
sheʼriyatga boʻlgan qiziqishini togʻasi uygʻotgan.
Adib XX asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa boʻlib qo‘shildi. Xalqimiz,
tarixidagi ulkan voqea – Mustaqillik xalq mehrini qozongan otashqalb shoir ijodi va faoliyatiga
kuchli ilhom bag‘ishladi, yangi davlatning azaliy urf-odatlarini hamda qadriyatlarni ulug‘lash,
o‘zlikni anglash yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qildi.
Shoirning ulkan xizmatlari uchun "O‘zbekiston Qahramoni" unvoniga sazovor bo‘lgani
shoir muxlislari ko‘ngliga misilsiz quvonch baxsh etadi. Jamoat arbobi hisoblanmish Erkin
Vohidov uzoq yillik anʼanalarga ega bo‘lgan, tarixi o‘zbek adabiyotini yangi jilolar bilan boyitdi.
Uning ijodida o‘zbek tili xalqona ohanglarda yana ham nafis va betakror namoyon qildi.
U yaratgan obrazlar xuddi xalq qahramonlaridek muhlislar qalbida yashamoqda. Shoir ona
xalqi bilan doim birga bo'ldi, u xalqning dardlarini qalban his etdi va ularni o‘ziga xos uslubda
ifoda etadi:
Mayli, umrim abadiy emas,
Mayli, yashay faqat bir nafas,
Lekin meni oyga qilib teng,
Shu'lalardan yasab koshona.
Quyosh sari uzatgan xalqning
Boshi uzra bo‘lay parvona.
Adibning ilk dostonlaridan biri "Nido" dostoni 1964-yilda yozilgan.1965-yilda "Nido"
she'riy to‘plami chop etilgan. Dostonni muallif ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan otasiga
bagʻishlagan.
Qalbim o‘rtamoqda so‘ngsiz armonim...
Yurak qonim bilan bitgan dostonim
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
782
Sizga bag‘ishladim, Otajon!
Shoirning bu dostoni unga shuhrat olib keldi. Ushbu dostonda xalqning kechinmalari,
harbiy vatanparvarlik, otalar jasorati gʻoyalari ilgari surilgan. "Nido" dostonni ikkinchi jahon
urushida halok bo‘lgan insonlar va bu urush olib kelgan kulfatlar hamda yetkazilgan jarohatlar
haqidadir. Adibning ijodiga xos bo'lgan eng muhim jihat shundaki, unda xalqning ziddiyatga to‘la,
sertashvish, mashaqqatli hayoti haqidagi haqiqat mujassam etilgan. U inson deb atalmish
jumboqning intim kechinmalari-kechmishlarini teran anglaydi va bularning barini dostonda e'tirof
etadi. Shoirning ijodida bolalikka, yoshlikka bag'ishlangan asarlari va she'rlar ko‘p.
Ijodkorning ijodiy merosidagi dostonlarda ham bolalik bilan bogʻliq tasvirlarga alohida
o‘rin ajratilgan:
Xayolning tumanli pardasi aro
Yillar ko‘z oldimda charx urayotir,
Qishloq ko‘chasidan zanjiday qaro
Olov bolaligim yugurayotir...
Shoir ushbu parchada urush tufayli otasidan quvnoq bolaligidan judo bo‘lgan qahramon
iztiroblarini aks ettirar ekan, "zanjirday qaro" "olov bolalik" ifodasini o‘ziga xos tarzda izohlaydiki,
yo‘qtilgan bolalikning azob uqubatlari, sogʻinch iztiroblari o‘quvchi qalbiga ham ko‘chadi.
Dostonda asosan 3 ta obraz faol ishtirok etgan. Ota, ona, bola asarning bosh qahramoni
ya'ni shoirning o‘zi. Doston avtobiografik xarakterga ham ega. Urushdagi otasini ikkala ko‘zi teng
sogʻingani bolalarcha aytayotgan lirik qahramonning ruhiy tasviri bayon etilgan:
Yuragimni yoqar o‘tli iztirob,
Ammo ko‘zlarimda bir tomchi yosh yo‘q.
Bag‘rim o‘yib, Bu kun menga bermoqda azob.
Ota diydoriga to‘ymagan bolaning qalbini o‘rtagan armonlari, sogʻinchi, his-hayajoni,
iztiroblari "Nido" dostini ahamiyatini yanada kuchaytirgan.
O‘zbekiston xalq shoiri A. Oripov shoir ijodini shunday e'tirof etadi: "Mana, bir necha o‘n
yillardirki, biz dilbar bir she'riyatning muattar havosidan bahramand bo‘lib kelayotirmiz. Bu Erkin
Vohidov she'riyatidir. Ona tilimizning ipakdek mayin, kamalakdek rang-barang shamolli g'oyat
nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazil, goh samimiy tabassum uyg'otuvchi tashbehlar, o'tkir
xulosalar-bular bari ulkan shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir.
Erkin Vohidov - xalqchil shoir. Xalqning dardini o‘z dardidek bilib, "Nido" dostonida
batafsil ko‘rsatib bera olgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
783
Sen uchun, men uchun,
O‘z uchun emas,
Faqat o‘zbek va yo
Rus uchun emas,
Butun yer - undagi
Bor avlod uchun,
Dunyoda eng qutlug‘
E’tiqod uchun
Uzoq o‘lkalarda
Qon kechib hozir
Otang hayot uchun
Jang qilayotir.
O‘zbekiston xalq Shoir ushbu parchada qahramonlarning sogʻinchi, iztiroblari, o‘z xalqi
uchun kurashayotgan otasi, xalqning himoya qilish uchun qon tókayotgan insonlarning maqsadi
haqida bolaning onasi bilan suhbati orqali aks ettirilgan. Urush davridagi qiyinchiliklar xalqning
kechinmalari, alamli va iztirobli lavhalar bilan bir qatorda sodda misralar orqali ochib berilgan.
Adibni bu dostonida insoniyatga hamda xalqqa ogʻir judoliklar, bitmas jarohatlar
keltiradigan urush qattiq qoralanadi. Kimningdir otasi, kimningdir akasi va yaqin insonlari bu
urushda halok bo‘lganligi xalqning iztirobli kechinmalari yaqqol aks etgan.
Urush
Noming o‘chsin jahonda
Sen tufayli xonadonda ota nomli buyuk shodlik kam.
Shoirning "Nido" dostonida insoniyatga ogʻir judoliklar, xalqning iztiroblari, bitmas
jarohatlar keltirgan urush qattiq qoralanadi.
Urushlar Qadim-qadimdan insoniyat boshiga ogʻir savdolar, talofatlar, yaqin insonlardan
ajralish, katta kulfatlar solib kelgan. Urushlar tufayli qanchadan qancha odamlar qurbon bo‘lgan,
ayollar tul, bolalar yetim qolgan, gullab- yashnab yotgan shahar va qishloqlar katta talofatlar ko‘rib,
kultepaga aylangan. Shoirning ushbu asarini o‘qib chiqar ekanmiz o‘sha davrdagi kechmishlar,
xalqning ogʻir hayoti, orzu-umidlari, o‘sha vaqtdagi hayotiy voqealar ko‘z oldimizga keladi.
Asarda xalqning ogʻir ahvoldaligi insonlarning ichki kechinmalari shoir tomonidan yaqqol
tasvirlab berilgan. Erkin Vohidovning har bir asarida xalqning umidlari kechinmalari yotadi.
Chunki shoir doim xalqni o‘ylab yashagan. Xalqning dardini ham o‘zining dardi deb bilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
784
Shoir "Nido" asarida xalqning kechmishi, umidlari, ogʻriqlari, iztiroblari juda serjilo tarzda
ifoda etilgani uchun ham xalqimiz bu dostoni sevib o‘qiydi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Erkin Vohidov she'riyati o‘zining samimiy sodda hamda betakrorligi
bilan o‘ziga chorlab turadi. Shoir serqirra ijod sohibi. Shoirning o‘zi aytganidek: "Bunday
qaraganda bitta shoir qilishi mumkin bo‘lgan ishni qilib qo‘ygandekman. Lekin hech qachon o‘z
qilgan ishimdan ko‘nglim to‘lgan emas. Hamisha yozganimdan yozadiganim muhimroq va
azizroq tuyulaveradi. Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo‘shib olib borishdek sharafli
vazifa yukini doimo yelkamda his qilganman. Odamlarga faqat she'ring emas, o‘zing ham
kerakligingni his qilish bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat mehnatidan hech qachon o‘zimni
olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashab, ishlab o‘rganganman go‘shanishinlik
tabiatimga begona" Qolaversa, zabardast shoirning har bir she'rida ulkan mahorat, joziba va
betakrorlik aks etib turadi. Adib har bir asar va she'riga o‘z qalb qo‘rini singdiradi. Shoir,
dramaturg, publitsist va tarjimon, jamoat arbobi Erkin Vohidov xotirasi xalqimiz qalbida abadiy
barhayotdir.
REFERENCES
1.
Vohidov E. "Tarjimai holim" maqolasi. Toshkent."Yoshlik" jurnali. 10-son. 1992.
2.
Vohidov E. "Qalb sadoqati" .5-jild. Toshkent. G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at
nashriyoti. 2018.
3.
Vohidov E. "Dostonlar". Toshkent.G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1976.
4.
Vohidov E. "Muhabbat". Toshkent.G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1976.
5.
Shukur Qurbon. Toshkent. "Ustoz saboqlari". "Sharq" nashriyoti. 2016.
